O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali
前往频道在 Telegram
Bojxona qo’mitasi www.bojxona.uz Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08 Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy e-mail: info@customs.uz https://www.facebook.com/UZDBQ
显示更多📈 Telegram 频道 O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali 的分析概览
频道 O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining rasmiy axborot kanali (@customschannel) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 24 528 名订阅者,在 新闻与媒体 类别中位列第 9 831,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 3 272 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 24 528 名订阅者。
根据 13 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -350,过去 24 小时变化为 -7,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 10.41%。内容发布后 24 小时内通常能获得 9.67% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 2 552 次浏览,首日通常累积 2 371 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Bojxona qo’mitasi
www.bojxona.uz
Bog’lanish uchun ishonch telefoni – 11-08
Toshkent shahri Islom Karimov ko’chasi 3-uy
e-mail: info@customs.uz
https://www.facebook.com/UZDBQ”
凭借高频更新(最新数据采集于 14 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 新闻与媒体 类别中的关键影响点。
24 528
订阅者
-724 小时
-677 天
-35030 天
帖子存档
Repost from Saida Mirziyoyeva
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
—
Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.
Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.
Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.
Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
+4
#xavfsiz_mahalla
Milliy kinologiya markazi direktori F.Qaxxorov Sergeli tumanidagi “Daryo bo‘yi” va “Nilufar” mahallalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Mas'ullar “Daryo bo‘yi” mahallasining Nilufar ko‘chasi, 3 va 4-tor ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylar hamda mahalla binosi atrofida tik quduqlar qazish, sug‘orish tizimini yaratish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘rganishdi. Ishlarni sifatli tashkil etish va sovuq kunlar tushmasdan tezroq yakunlash yuzasidan ko'rsatmalar berildi.
“Nilufar” mahallasida esa jinoyatchilikning oldini olish, vaqtincha ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bilan xonadonbay ishlash hamda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Repost from YANGI DAVR - YOSHLAR TV | Rasmiy kanal
Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash jarayonlari tahlil qilindi.
@yangidavr_rasmiy
+2
#tezkor #tamaki
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tezkor tadbir o'tkazildi.
Tadbir davomida Shayxontohur va Uchtepa tumanidagi yashash xonadonlari belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, Shayxontohur tumanidagi xonadonda 6 500 quti, Uchtepa tumanidagi xonadonda esa 25 520 quti tamaki mahsulotlari kelgusida sotish maqsadida noqonuniy tarzda saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan 32 020 tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 1,6 milliard so‘mni tashkil etdi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
+3
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i N.Salimjonov Yangiyer shahrida faoliyat boshlayotgan “Zhongya Anruixin Steel Group” MChJ mas’ullari bilan uchrashdi
Uchrashuvda umumiy qiymati 260 million AQSh dollariga teng investitsiya loyihasini amalga oshirish, korxonada metall mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida A400S va A500S rusumli armatura po‘lati, qurilish simlari, yumaloq po‘lat hamda boshqa metall mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Muloqot davomida investitsiya loyihasini amalga oshirishda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan amaliy yordam, import qilinadigan xomashyo va ishlab chiqarish uskunalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish, shuningdek, bojxona qonunchiligi talablari va bojxona tartib-taomillari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Uchrashuvda korxona vakillarining savollariga batafsil javoblar qaytarilib, bojxona qonunchiligi talablariga rioya qilish va tovarlarni rasmiylashtirishda belgilangan tartiblarga amal qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.Bunday uchrashuvlar investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bojxona organlari bilan ishbilarmonlik hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
#kun_intervyusi
KUN INTERVYUSI (121-son)
Bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarning samarasi yuzasidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘zlari so‘z yuritishadi.
Loyihamizning navbatdagi mehmoni Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Epsilon Development Company” MChJ XK mas'uli Dilmurod Alimov.
Vaziyat 24 | Xitoydan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasida qariyb 25 kilogramm “pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi aniqlandi.
+3
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasida eksportyor va importyor tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi
Unda bojxona boshqarmasi boshlig‘i N. Xashimova, mas’ul xodimlar, hamkor tashkilotlar vakillari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari qatnashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-son Farmoni mazmun-mohiyati, bojxona sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat va qulayliklar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, “Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasi doirasida bojxona tizimini raqamlashtirish, inson omilisiz rasmiylashtirish ko‘lamini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, 2030-yilga qadar inson omilisiz bojxona rasmiylashtiruvi ulushini 60 foizga yetkazish, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini ikki barobar qisqartirish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Farmonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator muhim yengilliklar belgilangan. Xususan, invoys asosida import operatsiyalarida oldindan to‘lovni amalga oshirish imkoniyati, eksport tushumining kamida 50 foizini ta’minlash talabining bekor qilinishi hamda milliy valyutada qarzga eksport qilishga ruxsat berilishi shular jumlasidandir. Bundan tashqari, tovarlar eksportida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish, fumigatsiya xizmatlari va tovarning kelib chiqish sertifikatini olish bilan bog‘liq yig‘im hamda to‘lovlarni 30 foizga kamaytirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, shuningdek, bojxona sohasidagi islohotlar mazmunini keng tushuntirishga xizmat qiladi.
VIO maqomi tadbirkorga amalda nima beradi?
Bu safar javobni biz emas, VIO maqomiga ega tadbirkorning o‘zi beradi.
Sizda ham VIO bo‘yicha savol bormi? Unda t.me/bojxonatadbirkortayanchi telegram guruhi orqali bizga yuboring
+6
Hujjatlarda aks ettirilmagan 1 milliard so'mdan ortiq tovarlar to'xtatib qolindi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali harakatlangan yuk avtotransport vositasining hujjatlari o‘rganilganida deklaratsiyada qayd etilmagan tovarlar mavjud degan shubha uyg‘ondi.
Keyin esa avtotransport vositasi “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilib, bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida 5 turdagi, montaj yelimi, shisha eshiklar uchun qulflar, metall eshik tutqichlari, osma roliklar hamda eshiklarni avtomatik yopuvchi gidravlik moslamalar hujjatlarda aks ettirilmagani ma'lum bo'ldi.
Mazkur tovarlarning dastlabki qiymati 1 milliard 305 million so‘mni tashkil etdi.
Aniqlangan tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu kunlarda markaziy va mahalliy telekanallarda efirga uzatilgan bojxona organlari faoliyatiga oid telelavhalar jamlanmasini e’tiboringizga havola qilamiz.
Vaziyat 24 | “Sergeli” TIF bojxona postida hujjatlarida ko‘rsatilmagan 400 million so‘mdan ortiq tibbiyot buyumlari aniqlandi
#giyohvandlikka_qarshi_kurash
Bojxona tezkor: Pochta jo'natmasi ortidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida yashirin narkolaboratoriya fosh qilindi
Repost from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️ Транспорт-логистика марказлари ва қуруқлик портлари тармоғи кенгайтириладиЎзбекистон Республикаси Президентининг “Транспорт-логистика тизимини ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори (ПҚ–368-сон, 12.10.2026 й.) қабул қилинди.
🔰 Қарорга кўра, 2026–2030 йилларда транспорт-логистика тизимини ривожлантиришнинг асосий мақсадли кўрсаткичлари белгиланди. Жумладан: 🔹 транспорт-логистика марказларининг йиллик қуввати камида 40 млн тоннага етказилади; 🔹 транспорт ва логистика хизматлари экспорти 3,5 млрд АҚШ долларига, республика ҳудуди орқали транзит юк ташиш ҳажми 18,5 млн тоннага етказилади; 🔹 республикадаги барча талабларга жавоб берувчи халқаро қуруқлик портлари сони ҳозирги 24 тадан 30 тага етказилади; 🔹 Давлат чегараси орқали ўтказиш пунктларининг юк ташиш қобилияти ва транспорт-логистика марказларида контейнерларга ишлов бериш қуввати икки баробарга оширилади.🏛 Андижон вилоятининг Хонобод шаҳри, Бухоро вилоятининг Олот тумани, Сурхондарё вилоятининг Термиз тумани ҳамда Тошкент вилоятининг Янгийўл ва Оҳангарон туманлари транспорт-логистика соҳасига ихтисослаштирилади; 💻 транспорт-логистика марказларида терминалларни бошқариш (TOS) ва омборни бошқариш (WMS) тизимлари жорий этилади ҳамда улар 2030 йил охиригача Транспорт вазирлигининг “E-logistika” платформасига уланади; 💰 2040 йилгача транспорт-логистика марказлари ер солиғи ва мол-мулк солиғидан тўлиқ озод қилинади (бунинг учун марказ ЭСКАТО қуруқлик портлари тўғрисидаги битимга киритилган, тизимларни жорий этган ва “E-logistika” платформасида “BB” ва ундан юқори рейтингга эга бўлиши шарт); 🆓 Транспорт-логистика марказлари реестрига киритилган марказлар учун 2029 йил 1 августгача ишлаб чиқарилмайдиган омборхона ускуналари, юк ортиш-тушириш техникаси, агрегатлар ва эхтиёт қисмлар божхона божидан ва мажбурий сертификатлашдан озод қилинади; ✅ 2026 йил 1 ноябрдан халқаро курьерлик жўнатмаларини божхона расмийлаштирувидан ўтказганлик учун амалдаги божхона йиғими ставкаси 20 фоизга пасайтирилади; 📌 Қарорга кўра, 2027 йил 31 декабргача M₂, M₃, N тоифадаги транспорт воситалари ишлаб чиқарувчи корхоналар республикада ишлаб чиқарилмайдиган компонентларни божхона божи тўлашсиз импорт қилиши мумкин. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
UZREPORT TV: Milliy kinologiya markazida xalqaro itlar ko‘rgazmasi bo’lib o’tdi
Repost from HUDUD - MY5 TV | rasmiy kanal
#kun_savoli
2030-yilga borib, deklaratsiyani taqdim etish jarayonida xavflarni boshqarish axborot tizimi yordamida qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlari miqdorini qanchaga yetkazish belgilangan?
#donolar_bisotidan
#kun_hikmati
Donolar bisotidan
Halol kishi doimo xotirjamu tinchlikdadir, birovga xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftordir.
Mahmud az-Zamaxshariy
+5
#giyohvandlikka_qarshi_kurash
Oddiy jo‘natma ortidan yashirin narkolaboratoriya fosh bo‘ldi
“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari va “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan Xitoydan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Hujjatlarga ko‘ra, jo‘natmada oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan rangli qo‘shimchalar borligi ko‘rsatilgan edi. Biroq tekshiruv davomida oq rangli kristallsimon kukun aniqlandi.
Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jo‘natma tarkibida qariyb 25 kilogram “pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Ammo bu hali voqeaning hammasi emas edi! Bojxona xodimlari tomonidan DXX va IIV vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jo‘natma ortidagi jinoiy zanjir ham fosh etildi.
Aniqrog‘i, ushbu yuklar “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “ALTAIR” nomli akkaunt orqali Guliston shahrida yashovchi 2 nafar fuqaro nomiga yuborilgan. Tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar Toshkent shahrida kurerlik jo‘natmasini qabul qilib olayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir Guliston shahrida davom ettirilib, gumonlanuvchi shaxslarning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirildi. Natijada u yerda 8 ming dona bo‘sh kapsula, 300 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan kapsula, ikki dona elektron tarozi, besh juft tibbiy qo‘lqop hamda 5 kilogramm “mefedron” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda aniqlandi.
Eng tashvishli jihati, tezkor tadbir davomida nafaqat kuchli ta’sir qiluvchi moddalar jo‘natmasi, balki yashirin narkolaboratoriya tashkil etishga urinish bilan bog‘liq holat ham fosh bo‘ldi.
E’tiborli tomoni shundaki, ushbu ishlar endigina 20-21 yoshga kirgan, Guliston shahrida yashovchi yosh yigitlar tomonidan amalga oshirilgan. Ya’ni uyushgan jinoiy guruh o‘z faoliyatini internet tarmog‘ida “SIMBIOZ” nomli narkodo‘konida olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
+5
#bojxonachi_tadbirkor_tayanchi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tomonidan “China CAMC Engineering” qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingida 100 ball to‘plab, eng yuqori darajani egallagan mazkur korxona bugungi kunda yirik investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha doirasida yiliga 912 ming tonna chiqindini termik usulda qayta ishlash orqali 390 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bu esa chiqindilarni samarali qayta ishlash, energiya ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, korxona tomonidan davlat byudjetiga 35 milliard so‘m miqdorida tushumlar ta’minlangan. Uchrashuvda bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini tezlashtirish, yuzaga kelayotgan ayrim masalalarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.O‘zaro muloqot davomida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun “China CAMC Engineering” qo‘shma korxonasi vakillari Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
