ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Strategic Focus: Central Asia

Strategic Focus: Central Asia

Открыть в Telegram

Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала Strategic Focus: Central Asia

Канал Strategic Focus: Central Asia (@stratfocusca) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 13 764 подписчиков, занимая 3 911 место в категории Политика и 5 741 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 13 764 подписчиков.

Согласно последним данным от 02 ноября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -430, а за последние 24 часа — -23, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 16.88%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 9.04% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 2 326 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 1 245 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 78.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin”

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 03 ноября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Политика.

13 764
Подписчики
-2324 часа
-1087 дней
-43030 дней
Архив постов
AQŞ Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari böyiça yordamçisi Pol Kapur rasmiy taşrif bilan Aşxobodga keldi.

Vaşingtondan kelgan ma’lumotlarga köra, AQŞ va Eron örtasida harbiy harakatlarni töxtatişga qaratilgan muzokaralarda jiddiy tafovutlar saqlanib qolmoqda. Vositaçilar, jumladan Qatar, sönggi 8 kun davomida muhokama qilinayotgan kelişuv loyihasini yaqinlaştirişga urinayotganiga qaramay, tomonlar hozirça murosaga kelişdan uzoq.   Tehronning pozitsiyasi esa tobora aniq şakllanmoqda: Hormuz böğozini oçiş masalasi böyicha Eron şartlari bajarilmagunça, yadroviy dastur yuzasidan muzokaralar başlanmaydi. Eron tomoni Vaşingtonning ortiqça talablarini qabul qilmasligini bildirmoqda. Bu pozitsiya muzokaralarning oddiy ketma-ketligini özgartiradi. Ya’ni AQŞ uçun asosiy masala bö‘lgan yadroviy kelişuv Tehron tomonidan mintaqaviy xavfsizlik va dengiz kommunikatsiyalari bilan boğlab qöyilmoqda.   Vaziyatning harbiy jihati ham keskinligiça qolmoqda. AQŞ Qeşm oroliga zarbalar berganini, nişonlar AQŞ obyektlariga qarşi ishlatilishi mumkin bölgan zenit-raketa tizimlari ekanini ma’lum qildi. Eron Islom inqilobi qöriqçilari esa Hormuz böğozi şarqida AQŞning MQ-9 uçuvçisiz apparatini urib tuşirganini bildirdi. Demak, diplomatik kanallar faol ishlayotgan bir paytda, harbiy qarama-qarşilik ham davom etmoqda.   Biroq etibor qaratish lozim bölgan yana bir muhim jarayon bor: mintaqaviy xavfsizlik böyicha alohida diplomatik format şakllanmoqda. Eron Taşqi işlar vaziri A.Araqçining ma’lum qilişicha, Tehron va Riyod örtasidagi muloqot davom etmoqda. Bundan taşqari, ö‘tgan hafta Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonning yuqori martabali vakillari Tehronda Eron rasmiylari bilan uçraşdi. Uşbu muloqotlarning asosiy maqsadi – mintaqaviy xavfsizlikni taşqi harbiy kuçlar iştirokisiz ta’minlaş böyicha yangi mexanizmlarni muhokama qiliş.   Bu yerda Saudiya Arabistonining pozitsiyasi alohida ahamiyatga ega. Çunki Yamandagi husiylar bilan keskinlaşuv, Bab-al-Mandab böğoziga yaqin hududlarda harbiy faollik va Saudiya energetika infratuzilmasiga hujumlar Riyod uçun xavfsizlik masalasini faqat Eron bilan munosabatlar doirasida emas, balki butun mintaqaviy transport va energetika tizimi nuqtayi nazaridan kö‘rib çiqişni taqozo etmoqda.   Voqealar tahlilidan kelib çiqsak, hozirgi jarayonlarda uçta tendensiya kuzatilmoqda:   1. Hormuz – muzokaralarning asosiy geosiyosiy vositasi. Tehron dengiz kommunikatsiyalari ustidan öz tasirini AQŞ bilan muzokaralarda muhim siyosiy va iqtisodiy omil sifatida ishlatmoqda.   2. Saudiya Arabistoni va Eron örtasidagi muloqot yangi bosqiçqa çiqmoqda. Tomonlar örtasidagi kelişmovçiliklar saqlanib qolayotgan bölsa-da, harbiy eskalatsiyaning iqtisodiy oqibatlari mintaqaviy diplomatiyani faollaştirmoqda.   3. Turkiya va Pokistonning iştiroki mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasi masalasini kengaytirmoqda. Bu davlatlar Eron va arab mamlakatlari örtasidagi muloqotda vositaçilik yoki diplomatik muvofiqlaştiriş uçun qöşimça platforma vazifasini bajarişi mumkin.   Xulosa qilib aytganda, Vaşington va Tehron örtasidagi qarama-qarşilik endilikda faqat yadroviy dastur yoki harbiy zarbalar masalasi bilan çeklanmayapti. Hormuz va Bab-al-Mandab böğozlari, Saudiya xavfsizligi hamda taşqi kuçlarning Fors körfazidagi harbiy iştiroki yagona geosiyosiy kun tartibiga birlaşmoqda. Şu sababli, hatto AQŞ va Eron örtasida vaqtinçalik kelişuvga erişilgan taqdirda ham, mintaqadagi xavfsizlik muammolari avtomatik ravişda hal bölmaydi. Strategic Focus: Central Asia

Eron TIV rahbari A.Araqçining Aşxobodga tashrifi ortidan yaqin kunlarda Vaşington tomonidan ham diplomatik javob qadami kutilishi mumkin. Yuqori ehtimol bilan, AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio jamoasining vakillari eng yaqin vaqt ichida Aşxobodga tashrif buyurib, AQŞning mintaqadagi manfaatlari va taʼsir doirasini yana bir bor namoyon etishga urinadi. Tehron Aşxobod orqali Markaziy Osiyo davlatlariga özining xavfsizlik, iqtisodiy va logistika manfaatlari borasida signal yuborgan bölsa, Vaşington ham Turkmaniston maydonçasida öz pozitsiyalarini mustahkamlaşga intilişi tabiiy. Strategic Focus: Central Asia

+6
Президент китобининг Пекиндаги тақдимоти: Тошкент қандай сигнал бермоқда? 30 октябрь куни Пекинда Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Ўзбекистон барқарор тараққиёт ва фаровонлик йўлида” китобининг хитой тилидаги нашри тақдим этилди. Китобни Хитой Коммунистик партиясининг 1921-йилда ташкил топган биринчи нашриёти — “Женмин” чоп этди. Тақдимот ҳақида Синхуа агентлиги ва “Женмин жибао” газетаси хабар берди. Китобнинг хитой тилида чиқишида Ўзбекистоннинг Хитойдаги элчихонаси ташаббускорлар сафида бўлди. Элчихона Пекинда гуманитар йўналишда ҳам фаол ишламоқда: яқинда у “Ўзбекистон — Хитой: цивилизациялар мулоқоти ва умумий мерос” тадбирини ўтказди, китоб тақдимотидан бир кун олдин эса Пекинда Ўзбекистон маданияти кунлари очилди. Бу воқеани оддий маданий тадбир сифатида баҳолаш етарли эмас. Унда камида учта сигнал бор. Биринчидан, Пекин Ўзбекистоннинг тараққиёт моделини ўрганишга арзийдиган тажриба сифатида қабул қилмоқда. Хитой матбуоти китобни икки давлат ўртасидаги давлат бошқаруви тажрибаси алмашинувининг амалий кўриниши деб атади. Тақдимотда сўзга чиққан хитойлик экспертлар эса Ўзбекистон ўз шароитига мос тараққиёт йўлини танлаганини алоҳида қайд этди. Иккинчидан, китобнинг тузилиши Ўзбекистон ташқи сиёсатининг мантиғини кўрсатади. Саккиз бобнинг учтаси “Марказий Осиё”, “Минтақавий боғлиқлик” ва “Ўзбекистон ва ШҲТ” мавзуларига бағишланган. Яъни Тошкент Хитой аудиториясига ўзини алоҳида давлат сифатида эмас, минтақавий ҳамкорликнинг фаол ташаббускори сифатида тақдим этмоқда. Учинчидан, вақт тасодифий эмас. Бу йил икки давлат ҳар томонлама стратегик шериклигига 10 йил тўлди. 2027-йилнинг 2-январида эса дипломатик муносабатларга 35 йил тўлади. Хитой вакили Лю Хайсин тақдимотда китоб 31-август куни Бишкекда эълон қилинган икки томонлама муносабатларнинг янги “олтин ўн йиллиги” сари йўлда икки мамлакатни янада яқинлаштиришга хизмат қилишини таъкидлади. Асосий хулоса шуки, Тошкент Пекин билан муносабатларда ўз тажрибасини таклиф қила оладиган шерик сифатида гапиришни бошлади. Бу, аввало, ўз йўлини аниқ белгилаган давлатнинг позициясидир.   Strategic Focus: LIVE

Eron Tashqi işlar vaziri A.Araqçining Aşxobodga taşrifi - bu Tehronning yaqinda Samarqandda AQŞ davlat kotibi M.Rubio iştirokida ötkazilgan “C5+1” formati uşraşuviga javoban bergan proaktiv signalidir. Vaşington asosiy Yevroosiyo davlatlarini çetlab ötuvçi yangi logistika yönalişlarini faol ilgari surayotgan bir paytda, Eron Markaziy Osiyo davlatlarining AQŞ sanksiyalariga qöşilib qolişiga olib kelişi mumkin bölgan har qanday urinişlarning oldini olişga intilmoqda. Uşbu xabarni yetkaziş uçun Aşxobod maydonçasi tasodifan tanlanmagan: Turkmanistonning betaraf maqomi muzokaralarni ortiqça siyosiy şov-şuvsiz ötkaziş imkonini beradi. Yaqindagi diplomatik janjaldan söng Toşkentga boriş esa imkonsiz edi, çunki bu “keçirim söraş” va zaiflik belgisi sifatida qabul qilingan bölardi - bu esa Eron diplomatiyasi uçun qabul qilib bölmas holdir. Tehron Markaziy Osiyo mamlakatlarining köpvektorliligi va AQŞ bilan hamkorligiga pragmatik munosabatda, biroq qatʼiy “qizil çiziq”ni belgilamoqda: mintaqa Eronning quruqlikdagi va logistik blokadasining elementiga aylanişi mumkin emas. Qöşnilar bilan quruqlikdagi chegaralar - Islom Respublikasining milliy xavfsizligi va iqtisodiy omon qolişining poydevoridir. Mintaqa infratuzilmasini anti-Eron izolyatsiya mexanizmlariga integratsiya qiliş eng qatʼiy javobga duç keladi. Umuman olganda, Araqçining taşrifi qöşni davlatlarga Eron yaxşi qöşniçilik munosabatlariga intilişini, şuningdek, boşqa davlatlarning geosiyosiy öyinlariga aralaşmaslik tarafdori ekanligini eslatişga qaratilgan. Strategic Focus: Central Asia

Eron Taşqi işlar vazirining Turkmanistonga taşrifi ortidan qanday maqsadlar turibdi? Strategic Focus: Central Asia

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi yangi diplomatik bosqiçga kirmoqda. Tehron va Vashington örtasidagi muzokaralarda Qatar vositaçilik qilmoqda. Eron delegatsiyasi ketma-ket uçıñçi kundirki, Dohada Qatar rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda.   Eng muhim jihat – muzokaralar faqat harbiy harakatlarni töxtatiş bilan çeklanmayapti. Tomonlar Hormuz böğozini qayta oçiş masalasini ham muhokama qilmoqda.   Eron Taşqi işlar vaziri A.Arağçi ma'lum qilişiça, Tehron va Doha vakillari Vashington bilan ehtimoliy kelişuvga erişilgan taqdirda, atigi 48 soat içida Hormuz böğozini oçişni nazarda tutuvçi taklif ustida işlamoqda. Hozirça yakuniy kelışuv yöq.   Vaziyatning uçta muhim jihati bor:   Birinçisi – AQŞning siyosiy taqvimi. Donald Tramp 3-noyabrdagi oraliq saylovlargaca Eronga yangi zarbalar berilmasligini bildirgan. Biroq saylovlardan keyingi harbiy ssenariyni istisno qilmagan. Demak, hozirgi diplomatik tanaffus uruşning yakunlanishini emas, Vashington uçun siyosiy jihatdan qulayroq vaqtni kutişni ham anglatishi mumkin.   Ikkinçisi – Eronning ikki tomonlama strategiyasi. Tehron muzokaralarni davom ettirayotgan bir paytda, oliy rahbar M.Xomanaiy qurolli kuçlarga ehtimoliy hujumga tayyor turiş böyiça körsatma bergan. Arağçi ham Eron diplomatiya va mudofaaga birdek tayyor ekanini ta'kidlamoqda. Bu Tehron muzokaralar stolida yon berişdan köra, harbiy bosim ostida öz pozitsiyalarini mustahkamlaşga urinayotganini körsatadi.   Uçinçisi – Hormuz omili. Böğozning oçilişi oddiy transport masalasi emas. Bu global neft ta'minoti, energiya narxlari va butun Yaqin Şarqdagi xavfsizlik muvozanatiga bevosita ta'sir qiladi. Şu sababli Hormuz böyiça 48 soatlik taklif Eronning muzokaralardagi eng muhim geoiqtisodiy kartalaridan biri bölib qolmoqda.   Qatar esa Tehron va Vashington örtasidagi vositaçilik orqali mintaqaviy diplomatiyadagi rolini yana bir bor namoyon etmoqda. Muzokaralar Vashington bilan muntazam aloqalar muvofiqlashtirilgan holda olib borilmoqda.   Xulosa qilib aytganda, hozirça heç bir tomon strategik maqsadlaridan voz keçgani yöq. AQŞ harbiy bosim imkoniyatini saqlab qolmoqda, Eron esa Hormuz va mintaqaviy xavfsizlik omillaridan foydalanib, öziga qulay kelışuvga erişişga urinmoqda. 3-noyabrdan keyingi davr esa haqiqiy sinov bölişi mumkin. Agar diplomatik jarayon natija bermasa, bugungi muzokaralar uruşdagi navbatdagi harbiy eskalatsiya oldidan vaqtinçalik tanaffus bölib qolişi ehtimoli mavjud. Strategic Focus: Central Asia

2024-yilda SFCA tomonidan ötkazilgan sörovnomada 92% kuzatuvçimiz yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardan olişini qayd etişgan.

📱 Ўзбекистонда Telegram телевидениедан ўзиб кетган Медиа истеъмоли бўйича миллий тадқиқотга кўра, аҳоли мамлакатдаги янгилик
📱 Ўзбекистонда Telegram телевидениедан ўзиб кетган Медиа истеъмоли бўйича миллий тадқиқотга кўра, аҳоли мамлакатдаги янгиликларни асосан қуйидаги манбалардан олади: ▪️ Telegram каналлари — 51,6%; ▪️ Телевидение — 44,6%; ▪️ Ижтимоий тармоқлар — 41,6%; ▪️ YouTube ва видеоблоглар — 31,3%; ▪️ Интернет нашрлари ва янгилик сайтлари — 30%; ▪️ Радио — 7,2%; ▪️ Босма газета ва журналлар — 5,2%. 18–24 ёшдагиларнинг 66,2 фоизи Telegram каналларидан фойдаланса, 55 ёшдан катталарнинг 77,4 фоизи телевидениедан янгилик олади. Strategic Focus: LIVE

Turkiy davlatlar taşkilotining Anqara sammitida Prezident Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan taşabbuslar 🔹 “TDT plyus” formati. Uçinçi mamlakatlar bilan hamkorlikni sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş. Maqsad savdo, transport va investitsiya sohalarida aniq qöşma loyihalarni amalga oşiriş. 🔹 “Turkiy dunyo – 100” dasturi. 100 ta strategik qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dastur. Loyihalarga Turkiy investitsiya jamğarmasi va xalqaro moliyaviy institutlar mablağlari yönaltiriladi. 🔹 Tadbirkorlar huquqini himoya qiliş. “Tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş töğrisida”gi köp tomonlama şartnoma işlab çiqiş. Şuningdek, huquqiy yordam sörovlari va hujjatlarni elektron almaşiş uçun raqamli platforma yaratiş. 🔹 Logistika tarmoği. Örta koridorni yaxlit iqtisodiy tizimga aylantiriş uçun Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmoğini tuziş va uni birgalikda boşqariş. 🔹 Turkiy turizm alyansi. Birgina 2025-yilda davlatlarimizga 100 milliondan ziyod xorijiy sayyoh taşrif buyurdi. Alyans turkiy xalqlarning tarixiy şaharlari, tabiati va madaniyatini dunyoga birgalikda taqdim etadi. 🔹 Fuqarolarning özaro safarlari töğrisidagi bitim. ID karta bilan safar qiliş imkoniyatini kengaytiriş, çegaradan ötiş tartibini soddalaştiriş. 🔹 Ta’lim grantlari. “Yangi Özbekiston” stipendiyasi doirasida 500 nafar xorijiy talabaga grant asosida ta’lim oliş imkoniyati yaratilgan. Endi Turkiy davlatlar yoşlariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratiladi. 🔹 “Umumturkiy sözlar luğati”. Barça turkiy xalqlar uçun tuşunarli bölgan muştarak sözlarni jamlaydigan luğat yaratiş. 🔹 2027-yil – “Tabiatni asraş yili”. Özbekistonning 2027-yilni Taşkilot doirasida “Tabiatni asraş yili” deb e’lon qiliş taşabbusi qöllab-quvvatlandi. Ustuvor vazifalar Antaliyada ötadigan COP-31 doirasida ekologiya vazirlari yiğilişida körib çiqiladi. 🔹 Yangi Boş kotib. Özbekiston vakili Mirvohid Azimovning Taşkilot Boş kotibi lavozimiga nomzodi qöllab-quvvatlandi. 📌 Özbekiston Taşkilotning navbatdagi sammitini kelgusi yili ötkazişga tayyor. “Biz bir bölsak – yanada qudratlimiz.” deya so’zini yakunladi Prezidentimiz.

Repost from Otabek Akromov
Ўзбекистонга бориш хавфлими? Кеча австралиялик талабаларимдан бири олдимга келиб, бироз ийманиб, Ўзбекистонга саёҳат қилиш бў
Ўзбекистонга бориш хавфлими? Кеча австралиялик талабаларимдан бири олдимга келиб, бироз ийманиб, Ўзбекистонга саёҳат қилиш бўйича маслаҳат сўради. "Ўзбекистонга боришни режалаштиряпман. Лекин у ер хавфсизми? Австралия ҳукуматининг расмий саёҳат тавсиялари сайтида мамлакатга боришда юқори даражада эҳтиёткорлик тавсия қилинган экан", деди у. Сайтда терроризм, зўравонлик билан боғлиқ жиноятлар ва фуқаролик тартибсизликлари хавфи тилга олинган. Мен эса унга дарҳол: "Ўзбекистон дунёдаги энг хавфсиз мамлакатлардан бири", деб жавоб бердим. Қизиғи, АҚШ ва Буюк Британияда ўзимни хавфсиз ҳис қилмадим, турли отишмалар, ўғрилик ва ирқчилик сабаби, аммо улар "хавфсиз" давлатлар рўйхатига киради. Менимча, туризм ва ташқи алоқалар бўйича ташкилотлар бу масалага эътибор қаратиши керак (фақат Австралия эмас, балки бошқа давлатларга ҳам): чунки сайёҳлар мамлакатимиз ҳақидаги тасаввурни кўпинча расмий тавсиялардан олади. Баъзан бир неча жумланинг ўзи уларни саёҳатдан воз кечишга ундаши мумкин. 👉🏿 https://t.me/otabek_akromov

Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalariga yaqinda maktablarda joriy etilga
Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalariga yaqinda maktablarda joriy etilgan hijob taqiqi sababli ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ozarbayjonlik o‘quvchilarni qabul qilishga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berdi. Orif yakshanba kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan xabarida hijob o‘raydigan va o‘z mamlakatida ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ozarbayjonlik qizlarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan Fan vazirligi faoliyatini yuqori baholadi. Shuningdek, u Sog‘liqni saqlash va Ta’lim vazirlariga, shuningdek, Islom Azad universiteti rahbariga ozarbayjonlik maktab o‘quvchilari va universitet talabalarining o‘qishni davom ettirishlari uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha murojaat qildi. Strategic Focus: Middle East and North Africa

Erdog‘an Ozarbayjon bilan munosabatlarni tiklash maqsadida maslahatchisini ishdan bo‘shatdi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog‘an Anqara va Boku o‘rtasidagi diplomatik keskinlik fonida o‘z maslahatchisi O.Saralni lavozimidan ozod etdi. Mojaroga Saralning Ozarbayjon maktablarida hijob kiyishga qo‘yilgan cheklovlarni tanqid qilgani sabab bo‘ldi. Maslahatchi ushbu choralarni nomaqbul deb atab, Ozarbayjon hukumatini qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan. Ta’kidlanishicha, Saralni lavozimidan bo‘shatish Boku tomonidan ilgari surilgan talablardan biri bo‘lgan. Turkiya rahbariyati kelishmovchiliklarni bartaraf etish va Ozarbayjon Prezidenti I.Aliyevning Anqarada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirokini ta’minlashga intilmoqda. Strategic Focus: Central Asia

№12 Navbatdagi #DiplomaticQuiz. Bu safar viktorinamiz konsullik masalalariga bağişlanadi. 📝 5 ta savolga javob bering va kon
№12 Navbatdagi #DiplomaticQuiz. Bu safar viktorinamiz konsullik masalalariga bağişlanadi. 📝 5 ta savolga javob bering va konsullik xizmatlari, hujjatlar hamda fuqarolarga körsatiladigan konsullik yordami böyiça bilimlaringizni sinab köring! Bilimingizni sinab körişga tayyormisiz? @TIVmatbuot

Repost from Fikrat
Сиёсий таҳлилчига позиция керак. Лекин кимнинг позицияси? ОАВда сиёсий таҳлилчилар иштирокидаги мунозараларда «сиёсатшуноснинг аниқ позицияси бўлиши керак» деган фикр тез-тез янграйди. Бир қарашда, бу талаб ўринли. Сиёсий жараёнларни шарҳлайдиган мутахассиснинг ўз қарашлари бўлиши табиий. Аммо бу ерда муҳим савол бор: аниқ позиция деганда нимани тушунамиз? Муайян сиёсий томонни қўллаб-қувватлашними ёки воқеаларга мустақил баҳо беришними? Бу икки тушунчани аралаштирмаслик керак. Акс ҳолда, сиёсий таҳлил билан сиёсий тарғибот ўртасидаги чегара йўқолади. Сиёсий таҳлилчи муайян давлат, ҳукумат ёки сиёсий кучни доимо қўллаб-қувватлаши шарт эмас. Унинг вазифаси — воқеаларнинг сабабларини тушунтириш, иштирокчилар манфаатларини очиб бериш ва эҳтимолий оқибатларни тафаккур қилишдир. Баъзан бу бир томонни қўллаб-қувватлашни талаб қилади. Бошқа ҳолларда эса уни танқид қилишга тўғри келади. Сиёсий таҳлилчига позиция керак. Бу позиция мустақил фикр, далилларга содиқлик ва изчил мезонларга таяниши лозим. Агар «аниқ позиция» деганда ҳар қандай вазиятда бир томонни танлаш тушунилса, бундай талаб муаммоли. Чунки у экспертдан мустақил таҳлилни эмас, сиёсий садоқатни кутишга олиб келади. Гўё ҳар бир масалада кескин баёнот бериш ва қатъий ҳукм чиқариш шарт... Мақолани тўлиқ ўқиш: https://fikratonline.uz/siyosiy-tahlilchiga-poziciya-kerak-lekin-kimning-poziciyasi/ @fikrat

Repost from Ilyos Safarov
Eronning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Ali Iskandariy Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, unga norozilik notasi tutqazilibdi. Bunga bir neça kun avval Eronning xorijdagi elçixonalari tomonidan Samarqand va boşqa tarixiy şaharlarimiz va me’rosimizni biryoqlama, siyosiy maqsadda talqin qiluvçi materiallar eʼlon qilgani sabab bölgan. Birinçidan, Eron va AQŞ örtasidagi ziddiyatga unga mutlaqo neytral turgan davlatlarni yoki ularning me’rosini aralaştiriş diplomatik etikaga ham, xalqaro huquqqa ham töğri kelmaydi. Eron tomoni bu masalada jiddiy xatoga yöl qöydi. Mamlakat qançalik oğir ahvolda bölmasin, siyosatçilar bunday masalalarda özini tuta olişi kerak. Ikkinçidan, Taşqi işlar vazirligimizning bu masalada tezda eʼtiroz bildirib, rasmiy nota topşirgani va öşa sahifalardan materiallarni olib taşlaş talabini qöygani töğri va öz vaqtida taşlangan qadam. Har qanday xorijiy diplomatik vakolatxona döstona munosabatlarni qadrlaşi va milliy merosimizni siyosiylaştirişdan tiyilişi şart, zarur. Uçinçidan, keling, suverenitetimiz va milliy qadriyatlarimizni himoya qilişda tuşunçalar va xatti-harakatlar kim tomonidan sodir etilişidan qat'i nazar, bir xil darajada prinsipial bölsin. Ya’ni masalan, şunday qat’iyatni rossiyaliklar tomonidan suverenitetimiz, milliy qadriyatlarimiz yoki vatandoşlarimizga nisbatan tez-tez körsatib kelinadigan hurmatsizlik va tahqirlovçi ritorikalar işlatilganda ham qöllay olaylik. @haqiqatdqilyos

Repost from PolicyLab.UZ

🔴Ўзбекистонда никоҳлар сони кетма-кет тўрт йилдан буён камаймоқда Ўзбекистонда оила қураётганлар сони йил сайин қисқармоқда.
🔴Ўзбекистонда никоҳлар сони кетма-кет тўрт йилдан буён камаймоқда Ўзбекистонда оила қураётганлар сони йил сайин қисқармоқда. Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда мамлакатда 267,1 мингта никоҳ қайд этилган. Бу сўнгги йиллардаги энг паст кўрсаткичлардан бири. Қизиғи, 1991 йилда Ўзбекистон аҳолиси қарийб 21 миллион киши бўлган ва ўша йили 270,3 мингта никоҳ тузилган. 2025 йилга келиб аҳоли сони 38 миллиондан ошганига қарамай, никоҳлар сони мустақилликнинг илк йилидаги кўрсаткичдан ҳам паст бўлган. ✔️ Рақамлар нима дейди? 2018 йил — 311,4 мингта; 2021 йил — 305,2 мингта; 2022 йил — 296,7 мингта; 2023 йил — 283,8 мингта; 2024 йил — 271,8 мингта; 2025 йил — 267,1 мингта. Демак, 2021 йилдан 2025 йилгача никоҳлар сони 38,1 мингтага ёки 12,5 фоизга камайган. 2026 йилнинг биринчи ярмида эса 92,3 мингта никоҳ расмийлаштирилган. Никоҳлар сонининг камайишига ёшларнинг оила қуришни кечиктириши, уй-жой масаласи, тўй харажатлари, меҳнат миграцияси ва иқтисодий омиллар таъсир кўрсатаётган бўлиши мумкин. ❓Сиз нима деб ўйлайсиз, бугун ёшларнинг оила қуришга шошилмаётганига асосий сабаб нима — иқтисодий қийинчиликларми, тўй харажатларими ёки қадриятлар ўзгараётганими? Telegram | Instagram |  You Tube | Facebook | X

O'zbek tili bayrami kuni barchamizga muborak bo'lsin! https://t.me/SShMirziyoyeva/4480

Repost from Saida Mirziyoyeva
Janob Davlat kotibi Marko Rubio, faoliyatimizni yuksak e’tirof etganingiz uchun minnatdorlik bildiraman. — Господин Государственный секретарь Марко Рубио, благодарю Вас за высокую оценку нашей деятельности.