Vaşingtondan kelgan ma’lumotlarga köra, AQŞ va Eron örtasida harbiy harakatlarni töxtatişga qaratilgan muzokaralarda jiddiy tafovutlar saqlanib qolmoqda. Vositaçilar, jumladan Qatar, sönggi 8 kun davomida muhokama qilinayotgan kelişuv loyihasini yaqinlaştirişga urinayotganiga qaramay, tomonlar hozirça murosaga kelişdan uzoq.
Tehronning pozitsiyasi esa tobora aniq şakllanmoqda:
Hormuz böğozini oçiş masalasi böyicha Eron şartlari bajarilmagunça, yadroviy dastur yuzasidan muzokaralar başlanmaydi. Eron tomoni Vaşingtonning ortiqça talablarini qabul qilmasligini bildirmoqda. Bu pozitsiya muzokaralarning oddiy ketma-ketligini özgartiradi. Ya’ni AQŞ uçun asosiy masala bö‘lgan yadroviy kelişuv Tehron tomonidan mintaqaviy xavfsizlik va dengiz kommunikatsiyalari bilan boğlab qöyilmoqda.
Vaziyatning harbiy jihati ham keskinligiça qolmoqda. AQŞ Qeşm oroliga zarbalar berganini, nişonlar AQŞ obyektlariga qarşi ishlatilishi mumkin bölgan zenit-raketa tizimlari ekanini ma’lum qildi. Eron Islom inqilobi qöriqçilari esa Hormuz böğozi şarqida AQŞning MQ-9 uçuvçisiz apparatini urib tuşirganini bildirdi. Demak, diplomatik kanallar faol ishlayotgan bir paytda, harbiy qarama-qarşilik ham davom etmoqda.
Biroq etibor qaratish lozim bölgan yana bir muhim jarayon bor: mintaqaviy xavfsizlik böyicha alohida diplomatik format şakllanmoqda. Eron Taşqi işlar vaziri A.Araqçining ma’lum qilişicha, Tehron va Riyod örtasidagi muloqot davom etmoqda. Bundan taşqari, ö‘tgan hafta Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonning yuqori martabali vakillari Tehronda Eron rasmiylari bilan uçraşdi. Uşbu muloqotlarning asosiy maqsadi – mintaqaviy xavfsizlikni taşqi harbiy kuçlar iştirokisiz ta’minlaş böyicha yangi mexanizmlarni muhokama qiliş.
Bu yerda
Saudiya Arabistonining pozitsiyasi alohida ahamiyatga ega. Çunki Yamandagi husiylar bilan keskinlaşuv, Bab-al-Mandab böğoziga yaqin hududlarda harbiy faollik va Saudiya energetika infratuzilmasiga hujumlar Riyod uçun xavfsizlik masalasini faqat Eron bilan munosabatlar doirasida emas, balki butun mintaqaviy transport va energetika tizimi nuqtayi nazaridan kö‘rib çiqişni taqozo etmoqda.
Voqealar tahlilidan kelib çiqsak, hozirgi jarayonlarda uçta tendensiya kuzatilmoqda:
1. Hormuz – muzokaralarning asosiy geosiyosiy vositasi. Tehron dengiz kommunikatsiyalari ustidan öz tasirini AQŞ bilan muzokaralarda muhim siyosiy va iqtisodiy omil sifatida ishlatmoqda.
2. Saudiya Arabistoni va Eron örtasidagi muloqot yangi bosqiçqa çiqmoqda. Tomonlar örtasidagi kelişmovçiliklar saqlanib qolayotgan bölsa-da, harbiy eskalatsiyaning iqtisodiy oqibatlari mintaqaviy diplomatiyani faollaştirmoqda.
3. Turkiya va Pokistonning iştiroki mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasi masalasini kengaytirmoqda. Bu davlatlar Eron va arab mamlakatlari örtasidagi muloqotda vositaçilik yoki diplomatik muvofiqlaştiriş uçun qöşimça platforma vazifasini bajarişi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Vaşington va Tehron örtasidagi qarama-qarşilik endilikda faqat yadroviy dastur yoki harbiy zarbalar masalasi bilan çeklanmayapti. Hormuz va Bab-al-Mandab böğozlari, Saudiya xavfsizligi hamda taşqi kuçlarning Fors körfazidagi harbiy iştiroki yagona geosiyosiy kun tartibiga birlaşmoqda. Şu sababli, hatto AQŞ va Eron örtasida vaqtinçalik kelişuvga erişilgan taqdirda ham, mintaqadagi xavfsizlik muammolari avtomatik ravişda hal bölmaydi.
Strategic Focus: Central Asia