Strategic Focus: Central Asia
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала Strategic Focus: Central Asia
Канал Strategic Focus: Central Asia (@stratfocusca) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 14 983 подписчиков, занимая 3 725 место в категории Политика и 5 482 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 14 983 подписчиков.
Согласно последним данным от 22 июня, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -825, а за последние 24 часа — -16, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Не верифицирован
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 19.79%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 9.58% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 2 965 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 1 435 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 27.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.
@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa
@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib
Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 23 июня, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Политика.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 23 июня | +10 | |||
| 22 июня | 0 | |||
| 21 июня | +2 | |||
| 20 июня | +5 | |||
| 19 июня | +3 | |||
| 18 июня | +1 | |||
| 17 июня | +5 | |||
| 16 июня | 0 | |||
| 15 июня | 0 | |||
| 14 июня | +5 | |||
| 13 июня | +3 | |||
| 12 июня | +5 | |||
| 11 июня | +2 | |||
| 10 июня | +1 | |||
| 09 июня | 0 | |||
| 08 июня | +3 | |||
| 07 июня | 0 | |||
| 06 июня | +1 | |||
| 05 июня | +3 | |||
| 04 июня | +1 | |||
| 03 июня | 0 | |||
| 02 июня | 0 | |||
| 01 июня | +2 |
| 2 | Geopolitical Futures: Yaqin Sharq uchun kurash – kim mintaqaning yetakchi kuchiga aylanadi?
Ridvan Bari Urkosta fikricha, Yaqin Sharq yangi tarixiy bosqichga kirmoqda. AQSh mintaqadagi harbiy mavjudligini kamaytirishga harakat qilayotgan bir paytda, mintaqada uchta asosiy kuch markazi shakllanmoqda: Turkiya boshchiligidagi sunniy davlatlar bloki, Isroil va Eron. Kelgusi o‘n yillikda aynan shu kuchlar o‘rtasidagi raqobat Yaqin Sharq taqdirini belgilaydi.
Ta’kidlanishicha, Turkiya so‘nggi 15 yil ichida eng katta geosiyosiy yutuqqa erishgan davlatlardan biri bo‘ldi. 2021-yildagi Shusha deklaratsiyasidan so‘ng Anqara Janubiy Kavkaz, Markaziy Osiyo, Pokiston va hatto Afrika bilan aloqalarni kuchaytirib, keng geosiyosiy tarmoq yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Turkiya atrofida shakllanayotgan norasmiy “Katta To‘rtlik” – Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr va Pokiston – kelajakdagi yangi musulmon geosiyosiy markazi sifatida ko‘rilmoqda. Pokistonning yadro quroliga egaligi esa ushbu blokning salohiyatini yanada oshiradi.
Ayni paytda Isroil ham mintaqadagi yetakchi kuch bo‘lishga intilmoqda. Tel-Aviv Turkiyaning Suriyadagi ta’siri ortayotganidan xavotirda. Shu sababli Isroil Gretsiya, Kipr, Fransiya, BAA va qisman Hindiston bilan hamkorlikni kengaytirib, o‘zining geosiyosiy ittifoqlar tizimini shakllantirmoqda. Bugungi kunda Isroil-Turkiya raqobati Livan va Suriyadan tashqari Afrika hamda Hind okeanigacha yoyilmoqda.
Eron esa urush va siyosiy zarbalarga qaramay, mintaqadagi ta’sirini saqlab qolishga urinmoqda. Biroq Tehron endi avvalgidek mafkuraviy emas, balki ancha pragmatik siyosat yuritmoqda. Eron asosiy e’tiborni Hormuz bo‘g‘ozi, Fors ko‘rfazi va Iroqdagi ta’sirini mustahkamlashga qaratmoqda. Shu bilan birga, Livan, Iroq va boshqa hududlardagi ittifoqchilaridan ham voz kechishni istamayapti.
Shunday qilib, Yaqin Sharq endi AQSh va Rossiya kabi tashqi kuchlar hukmron bo‘lgan davrdan uzoqlashmoqda. Mintaqada uchta yirik kuch markazi – Turkiya boshchiligidagi sunniy blok, Isroil va Eron – o‘z ta’siri uchun kurashmoqda. AQSh esa bu raqobatni boshqarishga va kuchlar muvozanatini saqlab turishga urinadi. Kelgusi yillarda asosiy geosiyosiy savol “kim Yaqin Sharqni boshqaradi?” emas, balki Turkiya, Isroil va Eron o‘rtasidagi raqobat qanday shakl oladi? degan masala bo‘ladi. | 1 054 |
| 3 | Ким эдигу ким бўлдик?
Сўнгги бир неча кунни Сиднейда ўтказдим. Архитектураси, мукаммал йўллари, табиатни асраб, эски ва замонавийликни уйғунлаштирган шаҳар муҳити мени ҳайратда қолдирди. Канберра ҳам шундай — нисбатан янги шаҳар, лекин инфратузилмаси ва яшаш сифати билан дунёдаги энг қулай жойлардан бири.
Энг қизиғи, Австралияни барпо этганларнинг катта қисми бир пайтлар маҳкумлар ва жиноятчиларнинг авлодлари эди. Биз эса Амир Темур, Алишер Навоий, Бобур каби буюк аждодлар билан фахрланамиз. Лекин миллатнинг тақдирини аждодлар эмас, авлодлар белгилайди. Кеча ким бўлганингиз эмас, бугун ким эканингиз муҳим. Ўтмиш — мерос, лекин келажак — масъулият. Аждодлар билан фахрланиш осон, уларга муносиб авлод бўлиш эса қийин.
🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU | 1 106 |
| 4 | Мақоланинг матнини бу ерда ўқинг
🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU | 1 521 |
| 5 | Дўстлар, "Ватан" журналида навбатдаги мақолам чоп этилди. Марказий Осиёда ўзлик сиёсати ҳақида ёздим. Асосий ғоя – қачон МО давлатлари "ўтмишни" талашишни бас қилиб "тарихни" бўлишишни ўрганишсагина, минтақада тўлақонли регионализм шакилланади. Ушбу мавзуни мақоламда ўзлик хавфсизлик (ontological security) назарияси орқали тахлил қилдим.
🌟 Otabek Akromov | PhD Bio ANU | 1 524 |
| 6 | Марказий Осиё ва Афғонистон муносабатларининг энг сўнгги таҳлилига бағишланган мақоламиз The Diplomat нашриётида !
Агар ушбу йўналишда билимларингизни update қилиб олишни истасангиз, мақоламизни қуйидаги ҳавола орқали ўқинг:
https://thediplomat.com/2026/06/central-asias-relations-with-taliban-ruled-afghanistan-continue-to-deepen/
P.s. One more time Bobur is a True Warrior! | 1 470 |
| 7 | Bugun natija ko‘ngildagidek bo‘lmadi. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvda Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ammo bir narsani unutmaslik kerak: biz bugun oddiy futbol o‘yinini emas, tarixiy voqeani kuzatdik. O‘zbekiston ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida maydonga tushdi. Bu natijadan ham kattaroq voqea.
Ha, xatolar bo‘ldi. Ha, raqib tajribaliroq va sovuqqonroq harakat qildi. Ammo maydondagi futbolchilarimiz oxirigacha kurashdi, taslim bo‘lmadi va Jahon chempionati darajasida raqobatlasha olishini ko‘rsatdi.
Eng muhimi - bu turnir endi boshlandi. Oldinda yana ikki uchrashuv bor. Birinchi mag‘lubiyat hali hech narsani hal qilmaydi. Jahon chempionatlari tarixida ilk o‘yinda yutqazib, keyinchalik guruhdan chiqqan jamoalar ko‘p bo‘lgan.
Bugun tanqid qilish emas, qo‘llab-quvvatlash kuni. Yigitlar millionlab o‘zbekistonliklarning orzusini ro‘yobga chiqardi va mamlakat bayrog‘ini dunyoning eng katta futbol sahnasiga olib chiqdi.
Boshni baland tutamiz. Tajriba olamiz. Xulosa qilamiz. Va keyingi o‘yinlarga yanada kuchliroq qaytamiz.
Biz sizlar bilan faxrlanamiz, yigitlar. Hammasi hali oldinda.
Strategic Focus: Central Asia | 3 907 |
| 8 | Bishkekdan kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston siyosiy sahnasining parda ortida juda qiziq va ayni paytda jiddiy jarayonlar kechmoqda. Prezident Sadir Japarov mamlakatdagi kuch ishlatar tuzilmalar tizimini tubdan qayta qurib, asosiy ta’sir va nazorat mexanizmlarini bevosita o‘z qo‘liga jamlamoqda.
Jogorku Keneshga kiritilgan yangi qonun loyihasi oddiy idoralararo vakolatlarni qayta taqsimlash emas. Aslida, bu 2026-yil fevral oyida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisligidan ketgan Kamchibek Tashiyev davrida shakllangan monopoliyani tugatishga qaratilgan strategik qadam sifatida baholanmoqda.
Tashiyev rahbarligi davrida MXDQ amalda davlat ichidagi “super-tuzilma”ga aylangan edi. Qo‘mita nafaqat milliy xavfsizlik va chegara masalalarini, balki korrupsiyaga qarshi kurash, iqtisodiy tergovlar hamda mamlakatdagi qurol-yarog‘ zaxiralarining (15% dan ortiq) muayyan qismini ham nazorat qilgan.
Tashiyevning lavozimdan ketishidan so‘ng tizimda keng ko‘lamli o‘zgarishlar boshlandi. MXDQning 17 nafar hududiy rahbari ishdan olinib, qo‘mita rahbariyatining qariyb 40 foizi yangilandi. Shuningdek, Maxsus aloqa boshqarmasi va Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati qo‘mita tarkibidan chiqarildi.
Yangi qonun loyihasiga muvofiq, Davlat chegara xizmati Qurolli Kuchlar tarkibiga o‘tkaziladi va MXDQning uning faoliyatiga aralashuvi cheklanadi. Shu bilan birga, chegarachilarning qurol qo‘llash vakolatlari ham kengaytirilmoqda.
Eng katta e’tiborni tortayotgan o‘zgarishlardan biri Davlat qo‘riqlash xizmati (DQX) bilan bog‘liq. Endilikda ushbu tuzilma oddiy qo‘riqlash yoki tansoqchilar xizmati bo‘lib qolmay, mustaqil budjet, alohida shtat va kengaytirilgan vakolatlarga ega bo‘lgan yangi kuch markaziga aylantirilmoqda. Unga aksilrazvedka faoliyatini olib borish hamda ayrim hollarda jinoyat ishlari qo‘zg‘atish vakolati ham berilishi ko‘zda tutilgan.
Natijada, Japarov MXDQga asosan terrorizm, ekstremizm va klassik razvedka faoliyatiga oid vazifalarni qoldirayotgan bo‘lsa, DQXni esa davlat rahbarining xavfsizligini ta’minlash va ehtimoliy ichki siyosiy tahdidlarga qarshi turuvchi muqobil kuch markazi sifatida shakllantirmoqda.
Kengroq siyosiy nuqtayi nazardan qaralganda, ushbu islohotlar Qirg‘izistondagi norasmiy “ikki markazli hokimiyat” modeliga barham berish va hokimiyat vertikalini yanada mustahkamlashga qaratilgan harakat sifatida ko‘rilmoqda. Bu orqali mamlakat rahbariyati ichki elita guruhlari o‘rtasidagi ehtimoliy qarama-qarshiliklar xavfini kamaytirish va barcha kuch tuzilmalarini yagona boshqaruv markazi atrofida birlashtirishni maqsad qilgan.
Shunday qilib, bugungi o‘zgarishlar oddiy kadrlar almashinuvi yoki idoraviy islohot emas, balki Qirg‘iziston xavfsizlik tizimining butun arxitekturasini qayta shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli institutsional transformatsiya sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Strategic Focus: Central Asia | 3 397 |
| 9 | Isroil muxolifati yetakchilari Netanyahuni AQSh va Tehron oʻrtasidagi “muzokaralarning barbod boʻlishi”da hamda Isroilning harbiy muvaffaqiyatlarini rivojlantira olmaganlikda ayblamoqda.
“Davlat lageri” partiyasi rahbari Beni Gans va sobiq bosh vazir Exud Barak amaldagi hukumat rahbarini “diplomatik va strategik muvaffaqiyatsizlik”da aybladi. Isroil radiosiga bergan intervyusida Gans shunday dedi: “Eron va Livan hamon oʻzaro bogʻliqligicha qolayotgani - bu muvaffaqiyatsizlikdir. Amerikaliklar bilan munosabatlarda “boshqa ligaga” chiqqanini daʼvo qilgan Netanyahu bu ustida ishlashi kerak edi, biroq muvaffaqiyatga erisha olmadi”.
Hal qiluvchi pallada Netanyahu Amerikaning bosimiga taslim boʻldimi, degan savolga Gans: “Ha. Bu Netanyahuning xatosi”, deb javob berdi. U qoʻshimcha qildiki: “Boy berilgan strategik imkoniyat hissi saqlanib qolmoqda. Biz na Livanda, na Eronda va na ular oʻrtasidagi aloqalar kontekstida erishilgan harbiy muvaffaqiyatlarni strategik darajada amalga oshira oldik. Shakllanayotgan kelishuv oʻta muhim boʻlgan koʻplab prinsiplarni chetga surib qoʻymoqda va juda kam narsani kafolatlamoqda. Isroil kelgusi yillarda ushbu haqiqat bilan toʻqnash kelishga tayyorlanishi kerak boʻladi”.
Barak “Kan Reshet Bet” radiostansiyasi efirida Isroil uchun vaziyatni “oʻta ogʻir” deb taʼrifladi: “Bu juda yomon. Isroil Netanyahuning kibri va koʻrligi, shuningdek, uning Trampni manipulyatsiya qilishga urinishlari evaziga badal toʻlamoqda”.
Uning soʻzlariga koʻra, “Eron ushbu vaziyatdan kuchli chiqdi, Isroil esa zaiflashdi va bu Netanyahuning shaxsiy strategik masʼuliyatidir. U magʻlubiyatga uchradi”.
Strategic Focus: Middle East and North Africa | 2 614 |
| 10 | Rossiya o‘zining “yaqin xorij”ini yo‘qotdi — The Wall Street Journal
Keysi Mishelning ta’kidlashicha, Ukraina qarshilik ko‘rsatayotgan bir paytda, Belarusdan tashqari deyarli barcha sobiq sovet respublikalari Moskvadan uzoqlashmoqda.
Rossiya o‘nlab yillar davomida sobiq sovet respublikalarining aksariyatini o‘zi “yaqin xorij” deb ataydigan hudud sifatida talqin qilib keldi. Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi ushbu davlatlar rasman mustaqil bo‘lsa-da, Moskva ularga nisbatan ma’lum darajada ta’sir o‘tkazish va ularning ichki ishlariga aralashish huquqini saqlab qolgan deb hisoblab kelgan.
Bu qarash Vladimir Putin hokimiyatga kelishidan ancha oldin, Sovet Ittifoqi parchalangan dastlabki yillardan boshlab shakllangan edi. Mintaqaviy gegemonlik Putinning Rossiyani yana buyuk davlat maqomiga qaytarish haqidagi strategiyasining muhim qismi bo‘lib kelgan.
Muallif fikricha, AQSHning qator prezidentlari ham amalda Rossiyaning mintaqadagi yetakchi roliga ko‘z yumgan. Jumladan, Bill Klinton Qozog‘iston va Ukrainani yadro qurollaridan voz kechib, ularni Rossiyaga topshirishga undagan bo‘lsa, Barak Obama Rossiyaning Gruziyaga qarshi harbiy harakatlari hamda 2014 yilda Ukrainaga qarshi dastlabki harakatlariga nisbatan cheklangan munosabat bildirgan.
Biroq Ukrainadagi urush boshlanganidan bir necha yil o‘tib, Putinning Rossiyani buyuk davlat sifatida tiklash haqidagi orzulari amalga oshmay qoldi. Muallifning ta’kidlashicha, Rossiya endi ilgari o‘z ta’sir doirasida deb hisoblangan hududlarda ham yetakchi mintaqaviy kuch maqomini saqlab qola olmayapti.
Buning eng yorqin misoli Ukraina hisoblanadi. Putinning hatto Donbassning qolgan qismini ham to‘liq egallashi mumkinligi haqidagi tasavvurlari tobora reallikdan uzoqlashmoqda va Rossiyaning mintaqaviy gegemonlik da’volari qanchalik zaiflashganini ko‘rsatmoqda.
Sobiq sovet hududidagi boshqa davlatlar ham o‘z yo‘lini tanlamoqda. Moldovada Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgan Dnestrbo‘yi mintaqasi iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda va mamlakat bilan qayta integratsiyalashuv tarafdorlari soni ortmoqda.
Armaniston esa tobora G‘arbga yaqinlashmoqda. Mamlakat yaqinda Yevropa Ittifoqi bilan ilk ikki tomonlama sammitini o‘tkazdi. Hatto Putin Yerevanga “Ukraina ssenariysi” bilan tahdid qilganidan keyin ham Armaniston rahbariyati o‘z siyosatidan chekinmadi.
Markaziy Osiyo ham Rossiya ta’sir doirasidan asta-sekin uzoqlashmoqda. Bu nafaqat iqtisodiy aloqalarda, balki mintaqaning Xitoy bilan tobora chuqurlashayotgan hamkorligida ham namoyon bo‘lmoqda.
Qozog‘iston yaqinda o‘z tarixiy ildizlarini Rossiya yoki SSSR bilan emas, balki Oltin O‘rda davlati bilan bog‘lashini ta’kidladi. Bu yondashuvda Moskvaning ta’siri imperiyaviy hukmronlik sifatida talqin qilinmoqda.
May oyida rossiyalik tarixchilar Qirg‘iziston hech qachon Moskvaning “mustamlakasi” bo‘lmaganini ta’kidlaganida, qirg‘iz olimlari bu fikrga qat’iy qarshi chiqdi. Qirg‘iz-amerikalik tadqiqotchi Erika Maratning yozishicha, Ukrainadagi urushdan keyin Qirg‘izistonda Rossiyaga bo‘lgan munosabat sezilarli darajada o‘zgargan. Ayniqsa, yosh avlod vakillari sovetlashuv jarayonini Afrika va Osiyodagi Yevropa mustamlakachiligi bilan qiyoslanadigan kolonial tajriba sifatida baholamoqda.
Muallifning fikricha, sobiq mustamlakalarning avvalgi imperiyalardan uzoqlashishi tarixda ko‘p kuzatilgan hodisa. Ukrainadagi urush Rossiya uchun strategik muvaffaqiyatsizlikka aylanib borayotgan bir paytda, sobiq ittifoqdosh va qaram hududlarning Moskvadan uzoqlashishi tabiiy jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Rossiya hanuz Belarusda ma’lum darajada ta’sirini saqlab qolmoqda. Belarus Moskvaning “yaqin xorij”dagi yagona yaqqol ittifoqchisi bo‘lib qolmoqda. Muallif buni umumiy tendensiyadan istisno holat sifatida baholaydi.
Maqola yakunida Rossiyaning mintaqaviy ta’siri Ukrainadagi harbiy muvaffaqiyatlari susaygani sari kamayib borayotgani ta’kidlanadi. Muallif xulosasiga ko‘ra, Rossiya bugungi kunda nafaqat global, balki mintaqaviy yetakchi davlat maqomini ham tobora yo‘qotib bormoqda. | 2 592 |
| 11 | Prognozlar tasdiqlandi: Pokiston Afg‘oniston ichkarisiga kirib bormoqda
Bir necha kun avval Pekindagi muzokaralar ortida muhim bir signal yashiringanini yozgan edik. O‘shanda Pokiston endi terrorchilik tahdidlariga faqat chegarada javob bermasligi, balki zarurat tug‘ilganda Afg‘onistonning istalgan hududidagi nishonlarga ham zarba berishga tayyorlanayotgani haqida xulosa qilgan edik.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmadi. Pokiston aviatsiyasi 9-10 iyun kunlari Kunar, Xost va Paktika viloyatlaridagi nishonlarga zarba berdi. Rasmiy bayonotlarda gap TTP va IShID-Xuroson jangarilari haqida ketmoqda. Ammo bu voqealarning haqiqiy ahamiyati terrorchilarning yo‘q qilingan sonida emas.
Muhim jihat boshqa yerda. Islomobod amalda yangi qoidani joriy qilmoqda: agar tahdid Afg‘oniston hududidan chiqayotgan bo‘lsa, chegara endi to‘siq emas. Bu esa Pokiston xavfsizlik doktrinasida tub burilish hisoblanadi. Endi asosiy maqsad chegarani himoya qilish emas, balki tahdid manbaini qayerda bo‘lishidan qat’i nazar yo‘q qilishdir.
Voqealarning yana bir qiziq tomoni bor. Zarbalar Afg‘oniston mudofaa vaziri Mulla Yoqubning Moskvadan qaytganidan ko‘p o‘tmay amalga oshirildi. Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha erishilgan kelishuvlardan keyin Kobulda ayrim doiralar Pokiston yanada ehtiyotkor harakat qiladi degan tasavvur paydo bo‘lgan edi.
Ammo Islomobod boshqacha javob berdi. Diplomatik bayonotlar bilan emas. Harbiy samolyotlar bilan. Natijada 9 - 10 iyun voqealari nafaqat TTPga qarshi operatsiya, balki butun mintaqaga yuborilgan siyosiy signalga aylandi. Bu signalning mazmuni oddiy: Pokiston o‘z xavfsizligi masalasida hech kimning kafolatiga tayanmaydi va tahdidni qayerda ko‘rsa, o‘sha yerda bartaraf etishga tayyor.
Eng e’tiborlisi esa, bu voqealar aynan Shahboz Sharifning Pekinga tashrifidan keyin sodir bo‘lmoqda. Pokiston aviatsiyasining ushbu amaliyoti Pekindagi uchrashuvlar faqat iqtisodiyot haqida bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda. Ko‘rinib turibdiki, Afg‘oniston hududidan kelayotgan xavfsizlik tahdidlari va ularga qarshi qat’iy choralar masalasi ham ikki tomon kun tartibining markaziy mavzularidan biri bo‘lgan.
Shunday qilib, bir necha kun oldin ehtimol sifatida ko‘rilgan ssenariy bugun amaliyotga aylanmoqda. Savol endi Pokiston yana zarba beradimi yoki yo‘qmi, degan masalada emas. Savol shundaki, Afg‘oniston hududida bunday operatsiyalar qanchalik tez-tez va qanchalik chuqur davom etadi?
Strategic Focus: Central Asia | 3 005 |
| 12 | Reuters manbalariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari Eronning muzlatib qo‘yilgan 10-20 milliard dollarlik aktivlarini bosqichma-bosqich yechishga rozilik bergan bo‘lib, ushbu mablag‘larning qariyb 3 milliard dollari allaqachon Tehron tasarrufiga o‘tkazilgani aytilmoqda.
Rasmiy Abu-Dabi bu ma’lumotlarni inkor etayotgan bo‘lsa-da, vaziyatning geosiyosiy mantiqi mazkur ma’lumotlar jiddiy tahlil qilishni talab qiladi. Gap shundaki, Amirliklar Eron bilan yuzaga kelgan keskinlik davrida bir vaqtning o‘zida ham G‘arbning strategik hamkori, ham mintaqaviy vositachi sifatida harakat qilgan kam sonli davlatlardan biri bo‘ldi.
So‘nggi yillarda BAAning Yaqin Sharqdagi siyosati tobora pragmatik tus olmoqda. Bir tomondan, Abu-Dabi AQSh va uning ittifoqchilari bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni saqlab qolmoqda, ikkinchi tomondan esa Eron bilan iqtisodiy va diplomatik aloqalarni uzmaslikka intilmoqda. Shu sababli Eron aktivlari masalasi nafaqat moliyaviy, balki mintaqadagi yangi kuchlar muvozanatining elementi sifatida ham ko‘rilishi mumkin.
Agar mazkur xabarlar tasdiqlansa, bu BAAning Tehron bilan munosabatlarni barqarorlashtirish va mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan strategik hisob-kitobining bir qismi bo‘lishi mumkin. Biroq rasmiy rad etishlar ushbu jarayonning yuqori darajadagi siyosiy sezgirlikka ega ekanini va muzokaralarning katta qismi yopiq formatda olib borilayotganini ko‘rsatmoqda.
Yaqin Sharqda harbiy qarama-qarshiliklar fonida aynan moliyaviy instrumentlar va muzlatilgan aktivlar masalasi tobora muhim geosiyosiy vositaga aylanib bormoqda. Bu esa mintaqadagi kelishuvlar endilikda faqat jang maydonida emas, balki bank hisoblari va yopiq diplomatik kanallar orqali ham shakllanayotganini anglatadi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa | 2 099 |
| 13 | CENTCOM Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari ishtirokidagi eng yirik mashg'ulotni yakunladi
AQSh Markaziy qo'mondonligi (CENTCOM) Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari ishtirokidagi eng yirik o'quv tadbirining yakunlanganini e'lon qildi. Mashg‘ulotlarda 10 ta davlatdan 350 dan ortiq harbiy xizmatchilar, shuningdek, AQSh Milliy gvardiyasining 10 ta bo'linmasi ishtirok etdi. Ikki haftalik mashg'ulotlar harbiy sohada ishonchni mustahkamlashga qaratilgan edi. CENTCOM bunday tadbirlar hamkorlikni kengaytirish va ishtirokchi mamlakatlar qurolli kuchlarining o'zaro moslashuvini oshirishga hissa qo'shishini ta'kidladi.
👉@suhrob_buranov👈 | 2 316 |
| 14 | “Нетаньяху Эрон масаласида хатоларга йўл қўйди, аммо у АҚШ учун яхши ҳамкор”
АҚШ ва Эрон ўртасида ядровий дастурни музлатиш бўйича қалтис музокаралар кетаётган ҳамда Вашингтон Эрон урушидан чиқиш йўлларини излаётган бир пайтда, Оқ уй Исроил билан муносабатлардаги масофани расман намойиш эта бошлади. АҚШ Вице-президенти Жей Ди Вэнс “Sunday Morning” дастурига берган интервьюсида Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяху Эрон билан бўлган уруш ва минтақавий инқирозда “айрим стратегик хатоларга” йўл қўйганини очиқ тан олди. Вэнс Исроил АҚШнинг энг яқин иттифоқчиси бўлиб қолишини таъкидлаган бўлса-да, ушбу ҳамкорлик доирасида ҳам Вашингтон ва Тель-Авив манфаатлари ҳар доим ҳам тўлиқ мос келавермаслигини ва бундан буён Америка фақат ўз миллий манфаатларидан келиб чиқиб ҳаракат қилишини қатъий билдирди.
АҚШ вице-президенти Нетаньяху билан ишлаш жараёнида унинг ўз мамлакати манфаатларини ниҳоятда қатъият билан ҳимоя қилаётганига гувоҳ бўлганини, бу ҳолат эса баъзан икки давлатнинг бир хил фикрда эканини, баъзан эса мутлақо айро йўллардан кетаётганини англатишини тушунтириб ўтди. У Нетаньяхунинг йўл қўйган аниқ хатоларини жамоатчилик олдида муҳокама қилишни истамай, бундай нозик геосиёсий мавзуларни ёпиқ, хусусий суҳбатларда қолдирган маъқуллигини қайд этди. Шунга қарамай, Вэнс Исроил бош вазирини умумий маънода “яхши ҳамкор” деб атаб, Оқ уй у билан Олий даражадаги алоқаларни сақлаб қолишини, аммо икки давлат позицияси тўқнаш келган бошқа стратегик нуқталарда Қўшма Штатлар Исроилнинг ҳарбий кампаниясига кўр-кўрона шерик бўлмай, фақат ўз давлати манфаатларини биринчи ўринга қўйишини эслатиб қўйди.
@gayratkhodjasaydaliev | 2 537 |
| 15 | Pokiston–Eron quruqlik yo‘laklari Markaziy Osiyo savdosiga yangi imkoniyat ochmoqda
Central Asia-Caucasus Analyst e'lon qilgan maqolaga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlari uzoq yillardan beri dengiz portlariga chiqish uchun asosan Eron yo‘nalishiga tayanib kelgan. Biroq 2026 yilda Eron atrofidagi harbiy vaziyat va Hormuz bo‘g‘ozidagi inqiroz sabab Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlari orqali savdo qilish qiyinlashdi. Shu sharoitda Pokiston va Eron yangi yechim topib, Pokistonning Gwadar, Karachi va Port Qosim portlarini Eron chegarasidagi Gabd va Taftan punktlari bilan bog‘laydigan 6 ta yangi avtomobil yo‘nalishini ishga tushirdi.
25 aprel kuni Pokiston hukumati yangi tranzit tartibini qabul qildi va yuklarni Pokiston portlaridan avtomobillarda Eron hududiga olib o‘tishga ruxsat berdi. Natijada ilgari Hormuz bo‘g‘ozi orqali Eron portlariga boradigan yuklar endi Pokiston portlariga tushirilib, quruqlik orqali Eronga yetkazilmoqda.
Bu qarorning natijalari allaqachon sezilmoqda. Masalan, 2025 yil davomida Gvadar porti orqali atigi 8,3 ming konteyner o‘tgan bo‘lsa, 2026 yil aprel oyining bir necha haftasida port 11 ming konteynerni qayta ishladi. Shu bilan birga, Karachi portida Eronga yuborilishi kerak bo‘lgan 3 mingdan ortiq konteyner yig‘ilib qolgan.
Bu holat Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham yangi imkoniyat yaratmoqda. Bugungi kunda ular janubiy yo‘nalishlarga katta qiziqish bildirmoqda. Avvallari Pokiston portlariga chiqish uchun Afg‘oniston orqali o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Ammo Afg‘onistondagi xavfsizlik muammolari va Pokiston-Afg‘oniston munosabatlarining yomonlashuvi bu yo‘nalishni xavfli qilib qo‘ydi.
Endi esa yuklar Pokiston portlariga yetib kelgach, Afg‘oniston hududiga kirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron chegarasiga olib borilishi va u yerdan Eronning rivojlangan avtomobil hamda temiryo‘l tarmoqlari orqali Markaziy Osiyoga yetkazilishi mumkin.
Shunday qilib, Pokiston va Eron o‘rtasidagi yangi 6 ta quruqlik koridori Markaziy Osiyo davlatlariga dengiz portlariga chiqish uchun yangi alternativ imkoniyat yaratmoqda. Agar Pokiston portlari samaradorligi va yo‘llar xavfsizligi ta’minlansa, ushbu yo‘nalish kelajakda Markaziy Osiyo savdosining muhim transport koridorlaridan biriga aylanishi mumkin.
https://t.me/policylaab | 2 674 |
| 16 | Rossiyaning Checheniston muammosi
Geopolitical Futures nashrida chop qilingan maqolaga ko'ra, Checheniston rahbari Ramzan Kadirovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirlar Rossiya uchun yangi geosiyosiy muammoga aylanishi mumkin. Masala faqat bir mintaqa rahbarining almashinuvi emas, balki Vladimir Putinning butun siyosiy merosi bilan bog‘liq. Checheniston Rossiyaning eng kambag‘al hududlaridan biri bo‘lsa-da, uning siyosiy ahamiyati juda katta. Aynan Chechen urushlari Vladimir Putinning siyosiy yuksalishiga asos bo‘lgan. 1990-yillarda Checheniston de-fakto mustaqillikka erishgan, Rossiya esa birinchi urushda jiddiy mag‘lubiyatga uchragan edi. 1999 yilda ikkinchi Chechen urushi Putinni “Rossiyani tiklagan lider” sifatida namoyon qildi va uning prezidentlikka yo‘lini ochdi.
Shu sababli bugungi kunda Chechenistondagi har qanday beqarorlik Kreml uchun oddiy mintaqaviy muammo emas, balki Putinning asosiy siyosiy narrativiga zarba bo‘lishi mumkin. Chunki Putin hokimiyatining eng muhim da’volaridan biri - Rossiya 1990-yillardagi tartibsizliklarni yengib, Chechenistonni nazorat ostiga qaytargani haqidagi tezisdir.
Maqolada ta’kidlanishicha, Kadirov Chechenistonda deyarli mutlaq hokimiyat tizimini yaratgan. Shu sabab uning ketishi butun tizimni izdan chiqarishi mumkin. So‘nggi yillarda Kadirov o‘g‘illarini yuqori lavozimlarga tayinlab, hokimiyatni oilaviy merosga aylantirishga urinmoqda. Dastlab asosiy voris sifatida uning o‘g‘li Adam Kadirov ko‘rilayotgan edi. Biroq 2026 yil boshidagi jiddiy avtohalokatdan keyin uning mavqei pasaygani aytilmoqda. Hozir e’tibor boshqa o‘g‘li - Ahmat Kadyrov kichikka qaratilgan.
Biroq Kreml uchun oilaviy meros modeli maqbul bo‘lmasligi mumkin. Rossiya xavfsizlik tizimi Chechenistonning amalda sulolaviy islomiy hokimiyatga aylanishidan xavotirda. Shu sabab Moskva uchun muqobil nomzod sifatida Ukrainadagi urushda tanilgan chechen qo‘mondoni Apti Alaudinov tilga olinmoqda. U Kremlga yaqinroq va Rossiya davlat tizimi uchun qabul qilinadigan figura sifatida ko‘rilmoqda.
Shunday qilib, agar Kadirov kutilmaganda siyosiy maydonni tark etsa, Chechenistonda klanlararo kurash, xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi raqobat va diniy radikal guruhlarning faollashuvi xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda Rossiya Ukrainadan resurslarni olib chiqib, Shimoliy Kavkazdagi vaziyatni nazorat qilishga majbur bo‘ladi. | 2 511 |
| 17 | Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyevning ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga javoblari
Savol: Jahon chempionati davrida AQSH va Meksikaga borayotgan oʻzbekistonlik muxlislarga Tashqi ishlar vazirligining qanday tavsiyalari bor?
Javob: Maʼlumki, 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada futbol boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mamlakatimiz tarixida ilk bor ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida AQSH va Meksikaga safar qilishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizga bir qator muhim tavsiyalarni eslatib oʻtmoqchimiz.
Avvalo, safar oldidan mezbon davlatlarga kirish, viza va migratsiya talablari bilan sinchiklab tanishib chiqish, barcha zarur hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va ularning amal qilish muddatini tekshirib qoʻyish lozim.
Safar davomida pasport va boshqa muhim hujjatlarning asl nusxalari hamda ularning elektron va qogʻoz koʻchirmalarini saqlash, mahalliy qonunchilik, huquq-tartibot organlari talablari va umumqabul qilingan jamoatchilik xulq-atvor qoidalariga qatʼiy rioya qilishni soʻraymiz.
Shuningdek, harakatlanish marshrutlarini oldindan rejalashtirish, transport va rasmiy axborot xizmatlaridan foydalanish, odamlar gavjum joylarda shaxsiy xavfsizlik choralariga amal qilish hamda ruxsat etilmagan ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlar, hujjatlarni yoʻqotish yoki boshqa masalalar yuzaga kelgan taqdirda mahalliy tezkor xizmatlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilish lozim.
Barcha muxlislarimizni milliy terma jamoamizni munosib qoʻllab-quvvatlashga, mezbon mamlakatlar qonun-qoidalariga, jamoat tartibiga, mahalliy anʼanalar va madaniyatga hurmat bilan munosabatda boʻlishga chaqiramiz.
Shuni unutmaslik muhimki, har qanday qonunbuzarlik shaxsiy javobgarlikka sabab boʻladi. Ayrim shaxslarning nooʻrin xatti-harakati esa butun oʻzbek jamoatchiligi va mamlakatimiz haqidagi tasavvurga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Jahon chempionati kabi yirik xalqaro sport musobaqalari davrida Oʻzbekiston va uning fuqarolariga boʻlgan eʼtibor yanada ortadi. Shu bois har bir vatandoshimiz xorijda nafaqat muxlis, balki Oʻzbekistonning munosib vakili sifatida ham namoyon boʻlishini unutmasligi lozim. Ularning madaniyatli, masʼuliyatli va qonunlarga hurmat ruhidagi xatti-harakati mamlakatimiz haqidagi ijobiy tasavvurlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarimizning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini doimiy eʼtibor markazida saqlaydi hamda zarur hollarda konsullik-huquqiy yordam koʻrsatishga tayyorligini yana bir bor bildiradi.
@TIVmatbuot | 2 395 |
| 18 | The Economist: Armanistondagi saylovlar Putin uchun navbatdagi mag‘lubiyat bo‘ldi
7 iyun kuni Armanistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari postsovet hududida Rossiya ta’sirining asta-sekin qisqarayotganini namoyish etdi.
Moskvaning iqtisodiy bosimi, informatsion kampaniyalari va Nikol Pashinyanga qarshi ochiq tanqidlariga qaramay, uning "Fuqarolik shartnomasi" partiyasi qariyb 50 foiz ovoz olib, parlamentda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi.
Rossiya saylovlar oldidan Armanistondan import qilinadigan qator mahsulotlarni taqiqladi, Kremlga yaqin siyosatchilar esa Pashinyanning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashuvini tanqid qildi. Biroq bu bosim aks ta’sir ko‘rsatib, saylovchilar orasida Rossiyaga nisbatan salbiy kayfiyatni kuchaytirdi.
Qolaversa, saylov natijalari arman jamiyatining Rossiyaga tayanish siyosatidan uzoqlashib, Yevropa, AQSh, Turkiya va Ozarbayjon bilan pragmatik hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanini ko‘rsatdi. Pashinyan tinchlik, iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy integratsiyani asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida ilgari surmoqda. | 2 701 |
| 19 | Dunyo xavfsizlik tizimi tobora beqarorlashmoqda
Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqotlari Instituti jahondagi vaziyat bo'yicha o'z xulosalarini chop etdi. Unga ko'ra, bugungi kunda dunyo xavfsizlik muhiti tobora beqarorlashib bormoqda. Buyuk davlatlar raqobati kuchaymoqda, qurollanish poygasi jadallashmoqda, qurol nazorati tizimlari esa zaiflashmoqda. Rossiya-Ukraina urushi, Yaqin Sharqdagi mojarolari va boshqa nizolar xalqaro tizimda kuch siyosatining qayta tiklanayotganini ko‘rsatmoqda. Asosiy xulosalar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, xalqaro tartib parchalanmoqda. AQSh ittifoq tizimlarining zaiflashuvi, Rossiya va Xitoyning kuchayishi hamda ko‘p tomonlama institutlarning samarasizligi (BMT) global xavfsizlik arxitekturasini qayta shakllantirmoqda.
Ikkinchidan, harbiy kuch yana asosiy geosiyosiy vositaga aylanmoqda. Hududlarni kuch bilan egallashga qarshi xalqaro norma zaiflashmoqda. Ukraina, G‘azo va boshqa mojarolar buning yaqqol misoli sifatida ko‘rilmoqda
Uchinchidan, urushlarning tabiati o‘zgarmoqda. Dronlar, sun’iy intellekt, yuqori aniqlikdagi raketalar va kiberhujumlar zamonaviy jang maydonining ajralmas qismiga aylandi.
To‘rtinchidan, yadroviy xavf yana ortmoqda. Yadro quroliga ega barcha davlatlar arsenallarini modernizatsiya qilmoqda. Qurol nazorati bo‘yicha kelishuvlar yemirilmoqda.
Beshinchidan, iqtisodiy va texnologik raqobat harbiy sohaga ko‘chmoqda. Ta’minot zanjirlari, noyob minerallar, mikrochiplar va sun’iy intellekt strategik ustunlikning muhim omiliga aylanmoqda.
Shu bilan birga, jahon harbiy xarajatlari 2025 yilda 2,9 trillion dollarga yetib, tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. AQSh harbiy xarajatlari 954 mlrd dollar, Xitoyniki 336 mlrd dollar, Rossiyaniki 190 mlrd dollar bo‘ldi. 2021–2025 yillarda qurol savdosi Sovuq urush tugaganidan buyon eng yuqori darajaga chiqdi. Dunyoda jami 12 187 ta yadro kallagi mavjud bo‘lib, ulardan qariyb 9 745 tasi harbiy zaxirada saqlanmoqda. 2025 yilda qurolli mojarolar kuzatilgan davlatlar soni 49 tani tashkil etdi. Mojarolar oqibatida dunyo bo‘ylab 117 milliondan ortiq kishi majburiy ko‘chirilgan. | 2 864 |
| 20 | Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yondashuvi alohida ahamiyat kasb etadi. Toshkent Afg‘oniston masalasida izolyatsiya va bosim siyosati samara bermasligini ta’kidlab, aksincha, muloqot va konstruktiv jalb etish strategiyasini ilgari surib kelmoqda. O‘zbekiston fikricha, Afg‘onistondagi xavfsizlik muammolarini faqat harbiy yoki siyosiy vositalar bilan emas, balki iqtisodiy rivojlanish, transport-kommunikatsiya loyihalari va mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish orqali ham hal qilish mumkin.
Bugungi kunda Toshkent Markaziy Osiyoda shakllangan xavfsizlik arxitekturasini qo‘llab-quvvatlab, Afg‘oniston bo‘yicha barcha mintaqaviy muloqot formatlarida faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, Kobul bilan tashqi siyosat, chegara xavfsizligi, terrorizmga qarshi kurash, suv resurslarini boshqarish va gumanitar masalalar bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirmoqda.
O‘zbekistonning asosiy tashvishlaridan biri Afg‘onistondagi murakkablashayotgan gumanitar vaziyatdir. Xalqaro yordam hajmining qisqarishi, qochqinlar oqimi, iqlim o‘zgarishi oqibatlari va Pokiston bilan munosabatlarning keskinlashuvi mamlakatdagi beqarorlik xavfini yanada oshirmoqda. Shu sababli Toshkent Afg‘onistonni xalqaro va mintaqaviy jarayonlardan chetlatish emas, balki uni iqtisodiy va siyosiy hamkorlikka kengroq jalb etish tarafdori hisoblanadi.
Tarix shuni ko‘rsatadiki, yakkalash radikallashuvni kuchaytiradi, muloqot esa mo‘tadil kuchlarning pozitsiyasini mustahkamlaydi. Afg‘onistonni iqtisodiy loyihalar, transport yo‘laklari va mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etish esa uzoq muddatda xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Shu bois “Janubiy Turkiston” kabi etnik-siyosiy loyihalar mintaqada yangi bo‘linish chiziqlarini yaratishi mumkin bo‘lsa, O‘zbekiston ilgari surayotgan yondashuv aksincha, Afg‘onistonni umumiy mintaqaviy makonga integratsiya qilishga qaratilgan. Bugungi geosiyosiy sharoitda aynan integratsiya va muloqot strategiyasi Afg‘onistonni navbatdagi mojarolar maydoniga aylanishdan saqlab qolishning eng maqbul yo‘li bo‘lib ko‘rinmoqda.
Strategic Focus: Central Asia | 3 598 |
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
