uk
Feedback
Strategic Focus: Central Asia

Strategic Focus: Central Asia

Відкрити в Telegram

Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Strategic Focus: Central Asia

Канал Strategic Focus: Central Asia (@stratfocusca) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 13 717 підписників, посідаючи 3 938 місце в категорії Політика та 5 817 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 13 717 підписників.

За останніми даними від 01 вересня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -427, а за останні 24 години на -12, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 17.29%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 22.33% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 2 373 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 3 065 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 42.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 02 вересня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Політика.

13 717
Підписники
-1224 години
-1167 днів
-42730 днів
Архів дописів
Aziz doʻstlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ushbu
Aziz doʻstlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ushbu ulug‘ va qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, hayotingizga farovonlik va osoyishtalik tilaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha ahil va farovon bo‘lsin! O‘zbekistonimizning mustaqilligi abadiy, kelajagi buyuk, davlat bayrog‘i esa hamisha baland hilpirab tursin! Hurmat bilan, Strategic Focus jamoasi Strategic Focus: Central Asia

Hech shubhasiz, AQSh Eron ustidan ulkan harbiy ustunlikka ega. Ammo asosiy muammo boshqa joyda: uzoq davom etayotgan urush Amerika armiyasi uchun aynan katta mojaro olib borishda zarur bo‘lgan resurslarni tobora kamaytirmoqda. Urushning 39 kunlik eng intensiv bosqichida AQSh yetti turdagi muhim yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilardan to‘rttasi bo‘yicha urushgacha bo‘lgan zaxiraning yarmidan ko‘prog‘ini sarflagan. Jumladan, 1000 dan ortiq Tomahawk raketasi; qariyb 1100 ta JASSM raketasi; PrSM raketalarining deyarli butun zaxirasi; THAAD raketalari zaxirasi fevral oyidan beri uchdan ikki qismdan ko‘proqqa kamaygan. Bu endi faqat bitta harbiy kampaniyaning narxi masalasi emas. CSISga ko‘ra, zaxiralarni tiklash 1 yildan 4 yilgacha vaqt olishi mumkin. Tomahawk ishlab chiqarishini yiliga 1000 dan ortiq raketagacha, THAAD ishlab chiqarishini esa hozirgi 96 tadan 400 tagacha oshirish rejalashtirilmoqda. Patriot tizimi uchun PAC-3 MSE ishlab chiqarilishi esa 2030 yilga borib 2000 donaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ammo AQSh oldida yana bir muammo bor. Amerika qurolli kuchlari Yaqin Sharqdagi urush bilan bir vaqtda boshqa ehtimoliy mojaro yo‘nalishlarini ham hisobga olishi kerak. Eng avvalo, Hind-Tinch okeani mintaqasini (Xitoy). Shuning uchun Eron bilan urushning davom etishi faqat Pentagon xarajatlari bilan o‘lchanmaydi. Yaqin Sharqdagi har bir qo‘shimcha raketa, tutib qoluvchi tizim yoki aviatashuvchi guruh - boshqa strategik yo‘nalishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan resursdir. Bundan tashqari, inson omili ham bor. Abraham Lincoln aviatashuvchisi 260 kundan ortiq vaqt davomida safarbarlikda bo‘ldi. Shu davrda ta’minotdagi uzilishlar va ekipajning ruhiy holati yomonlashgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Shuning uchun Vashington tobora murakkab tanlovga duch kelmoqda: urushni davom ettirib, uzoq davom etadigan mojaroning narxini oshirish yoki harbiy ustunlik hali saqlanib turgan paytda siyosiy yechim izlash. Shu sababli AQShning yuqori aniqlikdagi qurollar zaxirasining kamayishi Vashingtonni yana muzokaralar stoliga qaytishga undashi mumkin bo‘lgan muhim omillardan biridir. Strategic Focus: Atlantic

Aksariyat ekspertlar qayd etishicha, Hoʻrmuz bo‘g‘ozining ochilishi masalasi bugun Eron-AQSh qarama-qarshiligida Tehronning eng muhim bosim vositasiga aylanmoqda. Urushgacha bo‘lgan davrda jahon dengiz orqali tashiladigan neft savdosining 20-25% va suyultirilgan tabiiy gazning qariyb 20% aynan shu bo‘g‘oz orqali o‘tardi. Oddiy sharoitda bu yerda kuniga qariyb 85 ta kema harakatlangan. 23-avgust kuni esa atigi 3 ta tranzit qayd etildi. Hisob-kitoblarga koʻra, 17-23 avgust kunlari bo‘g‘oz orqali jami 121 ta kesib o‘tish qayd etilgan. Shu bilan birga, kemalarning qariyb 80% identifikatsiya tizimlarini o‘chirgan holda harakatlangan. Harbiy xavf sug‘urtasi mukofoti esa kemaning qiymatiga nisbatan 7,5-10%gacha ko‘tarilgan. Urushgacha bu ko‘rsatkich 1-3% edi. Vashington esa dengiz blokadasini kuchaytirmoqda: hududda 20 dan ortiq harbiy kema, qariyb 1500 ta eskort kema mavjud. Taxminan 750 mln barrel neft xavfli hududdan chiqarilgan. Biroq Tehron blokada sharoitida ham neft eksportini davom ettirish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidlamoqda. Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhsin Rizoiy bir-ikki oy ichida blokadani chetlab o‘tib 70 mln barrel neft sotilganini ma’lum qilgan. Shu sababli AQShning 30 avgust kuni Larak oroliga bergan zarbasi oddiy harbiy operatsiyadan ko‘ra muhimroq. Vashingtonning da’vosiga ko‘ra, aynan shu hududda Hoʻrmuz bo‘g‘oziga dengiz minalarini joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan buyon Fors ko‘rfazida kamida 6000 nafar dengizchi qolib ketgan, 19 kishi halok bo‘lgan, kemalarga qarshi kamida 70 ta hujum qayd etilgan. Demak, Hoʻrmuz endi nafaqat harbiy, balki global energetika uchun ham asosiy kurash maydoniga aylandi. Eron Hoʻrmuz orqali kemalar harakatiga ta’sir qila olar ekan, Tehron Vashingtonni o‘z manfaatlarini hisobga olishga majbur qiladigan eng muhim vositalardan birini saqlab qoladi. Strategic Focus: Middle East and North Africa

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili S
+4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял специального посланника Президента США по Южной и Центральной Азии Серджио Гора. #Mirziyoyev #uchrashuv #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kobuldan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonning ayrim shimoliy va g‘arbiy viloyatlarida muxolif qurolli guruhlarning faolligi oshib bormoqda. Eng keskin o‘sish Badaxshonda kuzatilmoqda. 2026-yil yanvar-iyul oylarida viloyatda qurolli to‘qnashuvlarning 22 ta holati qayd etilgan. Taqqoslasak, 2025-yil iyun-dekabr oylarida bunday hodisalar soni atigi 4 ta bo‘lgan. Mutaxassislar fikricha, bu o‘sishni faqat bitta mahalliy mojaro bilan izohlash noto‘g‘ri. Badaxshonda Tolibonning markazlashtirish siyosati, mahalliy qo‘mondonlarning manfaatlari, oltin konlari ustidan nazorat va aholining iqtisodiy noroziligi bir-birini kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, qurolli faollikning o‘sishi faqat Badaxshon bilan cheklanmayapti. Masalan, Hirotda to‘qnashuvlar soni 5 tadan 14 taga, Bag‘lon va Panjsherda esa mos ravishda 6 tadan 7 taga va 4 tadan 5 taga oshgan. Balxda ham bunday hodisalar 1 tadan 3 taga ko‘paygan. Biroq Kobuldan kelayotgan ma’lumotlarda yana bir muhim tendensiya ko‘zga tashlanadi: vaziyat barcha hududlarda bir xil rivojlanmayapti. Qunduzda qurolli to‘qnashuvlar 23 tadan 16 taga, Toxarda esa 11 tadan atigi 2 taga kamaygan. Demak, hozircha Afg‘oniston shimolida yagona, markazlashgan muxolifat harakati shakllangani haqida gapirish qiyin. Ekspertlar fikricha, hozirgi vaziyatni Tolibonga qarshi keng ko‘lamli qo‘zg‘olon sifatida emas, balki turli hududlarda alohida sabablarga ko‘ra yuzaga kelayotgan mahalliy qurolli qarama-qarshiliklar yig‘indisi sifatida baholash to‘g‘riroq. Biroq ularning bir vaqtda kuchayishi markaziy hokimiyat uchun xavfsizlik bosimini oshirmoqda. Badaxshonda Juma Xon Fateh guruhining Tolibon bilan qarama-qarshiligi bunga yaqqol misol bo‘ldi. Fatehning 17-avgust kuni taslim bo‘lishi bevosita mojaroning keskinligini pasaytirgan bo‘lsa-da, hududdagi boshqa qurolli guruhlar faoliyati saqlanib qolmoqda. Yana bir xavf - mahalliy beqarorlikdan “IShID - Xuroson” kabi radikal guruhlarning foydalanish ehtimoli. Badaxshon va Hirotdagi xavfsizlik bo‘shliqlari ularga yangi yashirin boʻlinmalarni yaratish yoki alohida hujumlar uyushtirish uchun imkoniyat berishi mumkin. Shu sababli, Kobuldagi vaziyat bo‘yicha asosiy prognoz shundan iboratki, yaqin istiqbolda Afg‘oniston shimolida yirik front shakllanishidan ko‘ra, lokal to‘qnashuvlar davom etishi ehtimoli yuqori. Biroq markaziy hokimiyatning mahalliy qo‘mondonlarga nisbatan bosimi kuchayishi, iqtisodiy manfaatlarning cheklanishi yoki tashqi kuchlarning muxolif guruhlarni qo‘llab-quvvatlashi vaziyatni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Eng katta xavf esa mahalliy beqarorlikning asta-sekin transchegaraviy muammoga aylanishidir. Strategic Focus: Central Asia

“Жанубий тўртлик” доктринаси: Ўзбекистон учун бу нега муҳим? Марказий Осиё халқлари ўзининг жанубий қўшнилари – Туркия, Эрон,
“Жанубий тўртлик” доктринаси: Ўзбекистон учун бу нега муҳим? Марказий Осиё халқлари ўзининг жанубий қўшнилари – Туркия, Эрон, Афғонистон ва Покистонга ҳалига қадар ё собиқ колония томонидан, ёки Ғарб томонидан шакллантирилган нуқтайи назар билан қарайди, шунинг учун бу давлатларга нисбатан ўзида бегоналашувни ҳис қилади. Ваҳоланки, биз айнан мана шу тўртта давлат билан ўзликлар асосидаги, тенг ҳуқуқли фундаментал алянслар шакллантириш имкониятига эгамиз. Сиёсатшунос Камолиддин Раббимовнинг Kun.uz'даги колонкаси 📹 ВИДЕОШАРҲНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

Ishonch” gazetasining 29-avgustdagi sonida G‘ulomjon Mirahmedovning “1381 oqlov yoxud tarixiy adolatni tiklashga qaratilgan umummilliy ish haqida o‘ylar” nomli maqolasi e’lon qilindi. Unda sovet davrida qatag‘on qilingan yurtdoshlarimizning nomini tiklash, ularning hayoti va merosini o‘rganish, arxiv hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda tarixiy adolatni qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi. Muallif oqlash jarayonining mazmun-mohiyatini ochib berar ekan, uni shunchaki huquqiy jarayon emas, balki milliy xotirani tiklash, ajdodlar sha’nini qayta tiklash va tarix haqiqatini kelajak avlodga yetkazishga xizmat qilayotgan muhim umummilliy ish sifatida baholaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, amalga oshirilgan ishlar natijasida 2021-yil 25-avgustda 115 nafar, 2022-yil 6-yanvarda 120 nafar, 19-dekabrda 173 nafar, 2023-yil 19-aprelda 208 nafar, 24-avgustda 240 nafar, 2024-yilda 205 nafar hamda 2026-yilda 161 nafar shaxs oqlandi. Natijada sovet davri qatag‘onlari qurboni bo‘lgan jami 1381 nafar yurtdoshimizning nomi oqlandi. Har bir raqam ortida alohida inson taqdiri, bir oila boshidan kechirgan iztirob va yillar davomida aytilmay kelgan haqiqat mujassam. Shu ma’noda, bu oqlovlar tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi muhim qadamdir. Strategic Focus: Central Asia

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantana
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiВыступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 35-летию государственной независимости Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Erondagi hokimiyat markazi o‘zgardimi?   Yaqin Sharqdagi oxirgi voqealar fonida ekspertlar Eronda kuzatilayotgan hokimiyat taqsimotini faol muhokama qilmoqdalar. Tahlillarga ko‘ra, Oliy rahbar Ali Xomanaiyning o‘limi va urush sharoiti mamlakatdagi an’anaviy siyosiy muvozanatni keskin o‘zgartirgan: rasmiy jihatdan hokimiyat tizimi saqlanib qolgan bo‘lsa-da, amalda qaror qabul qilish markazi tobora Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Oliy milliy xavfsizlik kengashi atrofida jamlanmoqda.   Ekspertlar, xususan, IIQK bosh qo‘mondoni Ahmad Vohidiy va uning atrofidagi xavfsizlik apparati bugungi Eronda urush, sulh, tashqi siyosat va mintaqadagi harbiy faoliyat bo‘yicha eng katta ta’sirga ega bo‘lgan kuchga aylanganini qayd etmoqda. Yangi Oliy rahbar Mojtaba Xomanaiy esa ko‘proq ushbu qarorlarni legitimlashtiruvchi siyosiy-diniy figura sifatida namoyon bo‘layotgani, Prezident Pezeshkiyonning esa xavfsizlik va harbiy masalalardagi real vakolatlari sezilarli darajada qisqargani ta’kidlanmoqda.   Bu jarayonni oddiy “harbiy to‘ntarish” deb baholash esa to‘liq to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Eronning o‘ziga xos tizimi hokimiyatni bir nechta institutlar o‘rtasida taqsimlab, tashqi tomondan avvalgi siyosiy arxitekturani saqlab qolish imkonini bermoqda. Parlament, prezidentlik instituti, ruhoniylar va Oliy rahbar lavozimi o‘z o‘rnida qolmoqda, biroq urush sharoitida real operativ resurslar (qurolli kuchlar, razvedka, raketa va dron salohiyati hamda xavfsizlik apparati) kimning qo‘lida bo‘lsa, siyosiy ta’sir ham tobora o‘sha markazga siljimoqda.   Eng muhim jihat shundaki, bu o‘zgarish Eronning tashqi siyosatiga ham bevosita ta’sir qilishi mumkin. Kelgusidagi AQSh bilan muzokaralar, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasi, Isroil bilan qarama-qarshilik va mintaqadagi ittifoqchilar bilan aloqalarda Tehronning rasmiy diplomatik bayonotlaridan ko‘ra, xavfsizlik apparatining pozitsiyasi muhimroq bo‘lib borishi ehtimoli yuqori. Shu sababli xalqaro aktorlar uchun asosiy savol endi “Eronning rasmiy vakili kim?” emas, balki “Eron nomidan yakuniy qarorni kim qabul qila oladi?” degan masalaga aylanmoqda.   Ekspertlar oldida turgan asosiy ochiq savol esa shunday: IIQK atrofida shakllangan ushbu hokimiyat konfiguratsiyasi urush davridagi vaqtinchalik holatmi yoki Eron siyosiy tizimining uzoq muddatli transformatsiyasiga aylanadimi? Bugungi manzara shuni ko‘rsatmoqdaki, Eronning rasmiy institutlari o‘zgarmagan bo‘lsa-da, hokimiyatning real markazi sezilarli darajada siljigan. Strategic Focus: Central Asia

Repost from Sardor Ali
#mulohaza Ko‘pchilik “Tolibon” haqida yozgan so‘nggi postimdan keyin meni yomon ko‘ra boshladi. Aslida esa men “Tolibon” haqida bugun yoki kecha yozishni boshlagan emasman. Bu mavzuga avval ham ko‘p bor murojaat qilganman. Xususan, siyosiy fanlar doktori, dotsent Suhrob Bo‘ronovning tadqiqot va kitoblaridan juda ko‘plab muhim ma’lumotlarni kanalga ulashganman. Jamiyatimizda “Tolibon”ga nisbatan ma’lum darajada yon bosish bor. Buni tushunish mumkin: Afg‘onistondagi urushlar, chet el harbiy kuchlarining aralashuvi va yillar davom etgan beqarorlik ko‘pchilikda “Tolibon — G‘arbga qarshi kuch” degan tasavvurni shakllantirgan. Ammo masalaga faqat “G‘arbga qarshi” yoki “Islom tarafdori” degan ikki xil mezon bilan qarash yetarli emas. Geosiyosatda har qanday siyosiy harakatning ortida turgan manfaatlar, uning kimlar bilan qanday munosabatda bo‘lgani va mintaqadagi kuchlar muvozanatida qanday rol o‘ynayotgani ham tahlil qilinishi kerak. “Tolibon”ni ham aynan shu nuqtayi nazardan o‘rganish zarur. Qolaversa, “Tolibon”ning amaliy siyosati ham ko‘plab savollarni tug‘diradi. Agar biror siyosiy kuch o‘zini Islom tamoyillarining himoyachisi sifatida ko‘rsatsa, uning ayollarning ta’lim olishi va jamiyatdagi ishtirokiga qo‘ygan keskin cheklovlari, ilm-fan va ta’lim sohasidagi siyosati, shuningdek, madaniy merosga munosabati haqida savol berish tabiiy. Islomni faqat bayroq, shior va siyosiy da’volar orqali baholab bo‘lmaydi. Har qanday guruhning asl mohiyatini uning amaliy ishlari, insonlarga munosabati va jamiyatga olib kirayotgan natijasi orqali baholash kerak. Menimcha, eng to‘g‘ri yo‘l — hissiyotga berilmasdan, bu guruhlarning kelib chiqishi, moliyaviy va siyosiy aloqalari, mintaqadagi manfaatlar hamda ularning amaliy faoliyatini faktlar asosida tahlil qilish. Chunki Islom nomidan gapirayotgan har qanday guruh avtomatik ravishda Islomning o‘zi degani emas. Bayroq boshqa, uning ortidagi siyosiy manfaat boshqa bo‘lishi mumkin. 👉SardorAli

Xalqaro kun tartibining qaysi mavzulari sizni eng ko‘p qiziqtiradi - fikringizni yozib qoldiring, shu yo‘nalishlarga ko‘proq e’tibor qaratamiz. Strategic Focus: Central Asia

Tehrondan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Eron siyosiy doiralarida Vashington tomonidan e’lon qilingan yangi iqtisodiy bosimga qanday javob qaytarish masalasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Asosiy bahs Eronning mavjud iqtisodiy bosimga bardosh berish imkoniyatlari, diplomatik yo‘lni saqlab qolish zarurati va AQShga qarshi javob choralarining ko‘lami atrofida kechmoqda.   Eron rahbariyatidagi so‘nggi bayonotlar mamlakat ichida vaziyatga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Prezident M.Pezeshkiyon va parlament spikeri M.Qolibof urushning davom etishi mamlakat iqtisodiy barqarorligiga jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidlab, siyosiy kelishuv izlash tarafdori bo‘lsa, kuch tuzilmalari vakili M.Rizoiy AQSh va uning mintaqadagi hamkorlariga qarshi bosimni kuchaytirish zarurligini ilgari surmoqda.   Shu nuqtayi nazardan, Tehron oldida bir nechta ehtimoliy yo‘nalish mavjud. Birinchi variant – AQSh Kongressiga noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlargacha vaziyatni cho‘zish va shu vaqt davomida keng ko‘lamli eskalatsiyadan tiyilish. Bunda Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va neft bozori orqali Vashingtonga bosim o‘tkazish imkoniyatini saqlab qolishga urinishi mumkin.   Ikkinchi yo‘nalish – vositachilar orqali muzokaralarni qayta tiklash. Pokiston va Ummonning so‘nggi diplomatik faolligi Tehron va Vashington o‘rtasidagi siyosiy muloqot uchun imkoniyatlar hali mavjudligini ko‘rsatmoqda. Bunday format Eron uchun iqtisodiy bosimni yumshatish bilan birga, kelishuvni bevosita taslim bo‘lish sifatida ko‘rsatmaslik imkonini beradi.   Uchinchi va eng xavfli ehtimol esa keskinlikning yangi bosqichiga o‘tishdir. Agar AQSh sanksiyalari Eronning iqtisodiy barqarorligiga tobora kuchliroq ta’sir ko‘rsatsa, Tehron AQSh va uning mintaqadagi manfaatlari uchun ham xarajatlarni oshirish strategiyasini tanlashi mumkin. Bunday holatda energetika infratuzilmasi va mintaqadagi Amerika biznes manfaatlari bosim vositasiga aylanishi ehtimoli mavjud.   Bu jarayondagi asosiy paradoks shundaki, Vashington Eronning iqtisodiy va diplomatik manevr imkoniyatlarini qanchalik toraytirsa, Tehronning keskin javob choralariga o‘tish ehtimoli shunchalik ortadi. Ya’ni, iqtisodiy bosim Eronni murosa tomon undash bilan bir qatorda, aksincha, eskalatsiyani rag‘batlantiruvchi omilga ham aylanishi mumkin.   Shu bilan birga, Eronning sanksiyalarga qay darajada bardosh bera olishi ko‘p jihatdan Xitoyning pozitsiyasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Pekin Eron neftini xarid qilish va muqobil savdo kanallarini saqlab qolishda davom etsa, AQShning yangi sanksiya siyosati kutilgan darajada samarali bo‘lmasligi mumkin.   Shu sababli bugungi Eron-AQSh qarama-qarshiligini faqat ikki davlat o‘rtasidagi mojaro sifatida baholash yetarli emas. Uning ortida Yaqin Sharqdagi energetika oqimlari, savdo yo‘llari va mintaqaning Xitoy bilan iqtisodiy aloqalari ustidan ta’sir uchun kurash tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Strategic Focus: Middle East and North Africa

Kobuldan kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda harbiy-siyosiy vaziyat so‘nggi haftalarda sezilarli darajada keskinlashgan. Xususan, mamlakatning shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatida qurolli qarshilik harakatlarining faollashuvi, yangi guruhlarning paydo bo‘lishi va hujumlar geografiyasining kengayishi kuzatilmoqda.   Mazkur jarayon hozircha Kobuldagi Tolibon hokimiyatining yaqin istiqboldagi qulashi haqida gapirish uchun asos bermaydi. Biroq vaziyatdagi muhim o‘zgarish shundaki, muxolif kuchlarning bir qismi siyosiy muloqotdan voz kechib, qurolli qarshilikni kuchaytirmoqda.   Badaxshonning alohida ahamiyati uning geografik joylashuvi bilan bog‘liq. Tojikiston, Xitoy va Pokiston bilan chegaradosh, tog‘li va nazorat qilish qiyin hudud markaziy hokimiyat uchun doimiy xavfsizlik muammosini yuzaga keltiradi. Bunday sharoit partizanlik harakatlari, yashirin logistika va noqonuniy transchegaraviy faoliyat uchun qulay imkoniyat yaratadi.   Biroq masalaning ildizi faqat geografiyada emas. Badaxshonda mahalliy tojik aholi va shia jamoasining markaz tomonidan tayinlangan, asosan pushtun kelib chiqishiga ega amaldorlar bilan munosabatlarida tobora ko‘proq ziddiyatlar kuzatilmoqda. Mahalliy kadrlarning hokimiyat tizimidan siqib chiqarilishi ayrim hududlarda norozilik kayfiyatini kuchaytirmoqda. Hatto Tolibon safidagi ayrim tojik qo‘mondonlarining markaziy buyruqlarga bo‘ysunishni istamasligi ham Kobul uchun ichki boshqaruv muammosining chuqurlashayotganini ko‘rsatadi.   Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham vaziyatni murakkablashtirmoqda. Ko‘knori yetishtirishga qo‘yilgan cheklovlar qishloq xo‘jaligiga bog‘liq hududlarda daromad manbalarini qisqartirgan. Shu bilan birga, oltin va lazurit konlarini nazorat qilish masalasi mahalliy aholi bilan markaziy tuzilmalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirmoqda. Demak, qurolli qarshilik faqat siyosiy masala emas, balki resurslar, mahalliy boshqaruv va iqtisodiy manfaatlar bilan ham bevosita bog‘lanmoqda.   2026 yil iyul–avgust oylarida yuz bergan voqealar vaziyatning yangi bosqichga o‘tayotganini ko‘rsatdi. 17-iyul kuni “Sipahiyon-e Mihan” guruhi Yaftal-e-Payin hududida qisqa muddatli hujum uyushtirdi. 22–24 iyul kunlari esa “Afg‘oniston ozodlik fronti” Badaxshonning Zebak tumanida Tolibon kuchlari bilan bir necha kun davom etgan janglarga kirishdi. 28 iyul kuni Fayzobod-Bahorak yo‘lida mahalliy axborot va madaniyat boshqarmasi rahbari o‘ldirildi; hujum uchun Islomiy davlat - Xuroson guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Avgust oyida esa sobiq general Sami Sadat boshchiligidagi “Afg‘oniston birlashgan fronti” mamlakatning janubiy va shimoliy hududlarini qamrab oluvchi “Muharib” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.   Shu bilan birga, muxolifatning eng katta zaifligi uning parokandaligicha qolmoqda. Ahmad Masud boshchiligidagi “Milliy qarshilik fronti”, “Afg‘oniston ozodlik fronti”, “Afg‘oniston birlashgan fronti” hamda xorijdagi Milliy qarshilik oliy kengashi o‘rtasida yagona harbiy qo‘mondonlik, umumiy siyosiy dastur va barqaror ta’minot tizimi mavjud emas. “Islomiy davlat – Xuroson” esa o‘zining radikal mafkurasi sabab boshqa muxolif kuchlardan mustaqil harakat qilmoqda.   Shu sababli yaqin istiqbolda Kobuldagi hokimiyatni harbiy yo‘l bilan ag‘darish ehtimoli yuqori emas. Tolibon hali ham son jihatidan ustun kuchlar, og‘ir qurollar va davlat apparatini nazorat qilish imkoniyatiga ega.   Ammo strategik xavf boshqa joyda. Badaxshonning uzoq muddatli beqarorlik zonasiga aylanishi Kobulni muntazam ravishda qo‘shimcha harbiy kuchlarni shimoli-sharqqa yo‘naltirishga majbur qilishi mumkin. Bu esa mamlakatning boshqa hududlaridagi nazoratni zaiflashtirib, Tolibon uchun resurslarni bir nechta front o‘rtasida taqsimlash muammosini kuchaytiradi.   Eng muhim jihat shundaki, Badaxshondagi vaziyat endilikda faqat Afg‘onistonning ichki xavfsizlik masalasi sifatida qaralmasligi kerak. Tojikiston, Xitoy va Pokiston bilan chegaradosh hududda qurolli guruhlarning faollashuvi transchegaraviy qurol-yarog‘ savdosi, noqonuniy logistika, ekstremistik tarmoqlarning kengayishi va chegaraga yaqin hududlarda xavfsizlik insidentlari xavfini oshiradi.   Shunday qilib, Afg‘onistondagi asosiy tendensiya hozircha hokimiyatning almashinuvi emas, balki uzoq davom etishi mumkin bo‘lgan ko‘p markazli beqarorlikning shakllanishidir. Badaxshon esa ushbu jarayonning eng muhim strategik tugunlaridan biriga aylanmoqda. Strategic Focus: Central Asia

Xitoy diplomatiyasida siyosiy iyerarxiya va mansab darajasiga alohida e’tibor qaratiladi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston P
+1
Xitoy diplomatiyasida siyosiy iyerarxiya va mansab darajasiga alohida e’tibor qaratiladi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashuvi alohida e’tiborga loyiq. Chjao Letszi Xitoy siyosiy tizimidagi eng yuqori rahbariyatning 7 nafar doimiy a’zosidan biri bo‘lib, mamlakat siyosiy iyerarxiyasida Si Szinpin va Li Syandan keyingi yuqori pog‘onada turadi. Shu sababli Pekindagi bunday darajadagi muzokara keng siyosiy mazmunga ega. Ayniqsa, Chjao Letszining O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari bilan muzokara o‘tkazgani Pekinning Saida Mirziyoyevaga bo‘lgan siyosiy e’tibori va uning O‘zbekiston davlat boshqaruvidagi roliga berayotgan ahamiyatini ko‘rsatuvchi diplomatik signal sifatida baholanishi mumkin. Buni, albatta, kelajakdagi siyosiy tayinlovlar yoki ichki siyosiy jarayonlarga oid aniq prognoz sifatida emas, balki uning amaldagi siyosiy salmog‘i va xalqaro aloqalardagi roliga berilayotgan e’tibor sifatida talqin qilish to‘g‘riroq bo‘ladi. Bundan tashqari, Saida Mirziyoyevaning Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi devoni rahbari va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Van I Xitoyning tashqi siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda markaziy o‘rin tutuvchi siyosiy arboblardan biri hisoblanadi. Van I bilan suhbatda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, madaniy aloqalar, shuningdek, global va mintaqaviy masalalar bo‘yicha umumiy qarashlarni shakllantirish masalalarining muhokama qilingani ham e’tiborlidir. Bu jihat Saida Mirziyoyevaning xalqaro faoliyatida iqtisodiy yoki ijtimoiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda, davlatlararo siyosiy muloqot va strategik masalalar tobora muhimroq o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi. Xususan, avval uning faoliyati asosan madaniyat, ta’lim, xotin-qizlar huquqlari va media kabi “yumshoq kuch” yo‘nalishlari bilan bog‘langan bo‘lsa, bugungi muzokaralar transport, iqtisodiyot, investitsiya va davlatlararo hamkorlik kabi strategik masalalar ham uning faoliyat doirasidan tobora kengroq o‘rin olayotganini ko‘rsatmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Pekindagi Chjao Letszi va Van I kabi Xitoy siyosiy tizimining yuqori darajadagi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarni Saida Mirziyoyevaning xalqaro siyosiy faoliyatida yangi bosqich shakllanayotganini ko‘rsatuvchi muhim diplomatik signallar sifatida baholash mumkin. Bu uchrashuvlarning ketma-ketligi, ishtirokchilarning siyosiy maqomi va muhokama qilingan masalalar ko‘lami uning O‘zbekiston siyosiy arxitekturasidagi roli bilan bir qatorda, xalqaro aloqalardagi subyekt sifatidagi faolligi ham kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Strategic Focus: Central Asia

Repost from Saida Mirziyoyeva
Pekin | 26.08.2026 — Пекин | 26.08.2026

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Moskvaga kelgani haqidagi xabarlar faol muhokama qilinmoqda. Agar bu ma’lumotlar tasdiqlansa, tashrif ortida AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yopiq strategik muzokaralar turgan bo‘lishi mumkin. Buning geosiyosiy mantiqi ham bor.   Bugungi vaziyatga qaraydigan bo‘lsak, Vashington Eron masalasida kutilgan tezkor natijaga erisha olmadi. Tehronga nisbatan harbiy va iqtisodiy bosim kuchaytirildi, biroq Eron taslim bo‘lmadi. Aksincha, mojaroning cho‘zilishi AQSh uchun yangi siyosiy, harbiy va iqtisodiy xarajatlarni yuzaga keltirmoqda.   Shu fonda Moskvaning roli tobora muhimlashmoqda. Rossiyaning Tehron bilan diplomatik, razvedka va harbiy-texnik aloqalari mavjud. Demak, Eron atrofidagi vaziyatni Moskvaning pozitsiyasini hisobga olmasdan boshqarish Vashington uchun tobora qiyinlashmoqda.   Aynan shu nuqtada eng qiziq versiya paydo bo‘ladi: Vashington Rossiyaning Yaqin Sharqdagi pozitsiyasini yumshatish evaziga Moskva bilan boshqa yo‘nalishlarda murosa qilishga urinayotgan bo‘lishi mumkin. Ayrim tahlillarda buning evaziga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish yoki Ukraina masalasida Kiyevga hududiy yon berishlar bo‘yicha bosim o‘tkazish ehtimoli tilga olinmoqda.   Albatta, bu hozircha tasdiqlanmagan taxmin. Ammo bunday ssenariyning geosiyosiy asosi mavjud: Vashington bir vaqtning o‘zida Rossiya va Eron bilan qarama-qarshilikni maksimal darajada davom ettirish o‘rniga, bir frontdagi vaziyatni yumshatib, ikkinchisida o‘ziga strategik ustunlik yaratishga urinishi mumkin.   Bu yerda tashrifning o‘zi ham alohida ahamiyatga ega. Agar MRB rahbarining Moskvaga kelgani tasdiqlansa, gap oddiy diplomatik muloqotdan ko‘ra ancha yopiq darajadagi muzokaralar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday kanallar odatda ommaviy bayonotlar uchun emas, balki tomonlarning haqiqiy pozitsiyasi, “qizil chiziqlari”, ehtimoliy kelishuvlari va yopiq takliflarini muhokama qilish uchun ishlatiladi.   Eng katta paradoks esa shundaki, Vashington uzoq vaqt davomida Rossiyani xalqaro miqyosda izolyatsiya qilishga urinib keldi. Ammo Eron atrofidagi inqiroz chuqurlashgani sari Moskva bilan gaplashishga ehtiyojning o‘zi kuchaymoqda.   Agar AQSh haqiqatan ham Rossiyaga Eron masalasida qandaydir taklif bilan murojaat qilayotgan bo‘lsa, bu Vashingtonning dastlabki strategik hisob-kitoblari kutilganidek ishlamaganidan darak berishi mumkin. Shu sababli bugungi asosiy masala AQSh Rossiyaga nima taklif qilayotgani emas, balki Rossiya buning evaziga Vashingtondan nimani talab qilishi bilan bog‘liq.   Hozircha Moskvadagi tashrif va uning ehtimoliy kun tartibi rasman tasdiqlanmagan. Ammo agar bu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur uchrashuv Eron atrofidagi mojaroning yangi bosqichi va AQSh–Rossiya munosabatlarida yangi geosiyosiy savdolashuv boshlanganining jiddiy signali bo‘lishi mumkin. Strategic Focus: Atlantic

Davomi   Mavjud vaziyatdagi eng katta muammo – tomonlarning Ho‘rmuz bo‘g‘ozining kelajakdagi rejimi haqidagi qarashlari keskin farq qilayotganidir.   AQSh kemalar harakatining avvalgi tartibini tiklashni talab qilmoqda. Tehron esa urushdan oldingi status-kvoga shartsiz qaytishni rad etmoqda.   Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining kelajagini o‘zining va Ummonning ishtirokisiz hal qilishga qarshi. Shuningdek, Tehron bo‘g‘ozning to‘liq ochilishini AQSh harbiy-dengiz kuchlarining hududdan chiqishi, blokadaning olib tashlanishi, muzlatilgan aktivlarning qaytarilishi va boshqa talablar bilan bog‘lamoqda.   Shuning uchun bu yerda gap shunchaki “bo‘g‘oz ochiladimi yoki yopiq qoladimi?” degan savol haqida emas. Asosiy savol – Ho‘rmuzdagi yangi tartibni kim belgilaydi?   Vashington bunga xalqaro kemalar harakati va erkin navigatsiya nuqtai nazaridan qaramoqda. Tehron esa masalani suverenitet, mintaqaviy xavfsizlik va o‘zining strategik nazorati doirasida ko‘rmoqda.   AQShning yangi sanksiyalar paketi Eron bilan bog‘liq bir qator strategik sektorlar va shaxslar hamda tashkilotlarga qarshi qaratilgan. Shu bilan bir vaqtda Vashington Eronga muzokara orqali chiqish imkoniyatini ham taklif qilmoqda. Bu AQSh strategiyasidagi asosiy paradoksni ko‘rsatadi: bir qo‘lida sanksiyalar, ikkinchi qo‘lida muzokara taklifi.   Muammo shundaki, Tehron buni bosim ostidagi muzokara sifatida qabul qilmoqda. Natijada AQShning iqtisodiy bosimi Eronni avtomatik ravishda yon berishga majbur qilish o‘rniga, aksincha, Tehronning o‘zini mustaqilroq tutish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish istagini oshirmoqda.   Bundan tashqari, Xitoyning AQShning bir tomonlama sanksiyalariga qarshi chiqayotgani Eron uchun muhim tashqi tayanch saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.   Vaziyatni yanada murakkablashtirayotgan omil – Eronda urush va tinchlik masalalarida qaror qabul qilish markazining fuqarolik diplomatiyasidan xavfsizlik va kuch tuzilmalariga tobora ko‘proq siljiyotgani haqidagi tahlillar.   Agar bu tendensiya davom etsa, Araqchi yoki boshqa diplomatik vakillarning kelishuvga tayyorligi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Har qanday kelishuv Eronning xavfsizlik va harbiy blokining roziligisiz amalga oshishi qiyinlashadi.   Bu esa vositachilar uchun eng katta muammo: ular faqat Tashqi ishlar vazirligi bilan emas, balki Tehrondagi kuch markazlarining umumiy pozitsiyasi bilan hisoblashishi kerak.   Xulosa qilib aytganda, bugungi vaziyatdan ko‘rinadiki, yaqin haftalarda katta siyosiy kelishuvdan ko‘ra, kichik va bosqichma-bosqich texnik kelishuvlar ehtimoli yuqori. Eng real ssenariy – Ummon va Eron o‘rtasida Ho‘rmuz orqali kemalar harakatini qisman tiklash bo‘yicha kelishuv. Bu esa bo‘g‘ozning to‘liq ochilishi yoki AQSh va Eron o‘rtasidagi strategik qarama-qarshilik tugaganini anglatmaydi.   Shu bilan birga, Pokiston va Qatar orqali olib borilayotgan siyosiy muzokaralar davom etadi. Ammo ularning muvaffaqiyati AQShning o‘z talablarini qanchalik yumshatishiga va Tehrondagi kuch tuzilmalarining kelishuvga qanchalik tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi.   Eng qiziq jihat esa shundaki, Vashingtonning bosim siyosati o‘z-o‘zidan diplomatiyani yo‘q qilgani yo‘q – aksincha, AQShni tobora ko‘proq vositachilar orqali gaplashishga majbur qilmoqda. Bir vaqtlar Vashington Tehronga shart qo‘yayotgan edi. Bugun esa o‘sha shartlarni Ummon, Pokiston va Qatar orqali yetkazish uchun diplomatik kanallar izlamoqda.   Shu ma’noda, Ho‘rmuz atrofidagi bugungi kurash faqat neft va kemalar harakati uchun emas. Bu – Yaqin Sharqdagi xavfsizlik arxitekturasini kim belgilashi, AQShning mintaqadagi bosim imkoniyatlari qanchalik saqlanib qolishi va Eronning mintaqaviy o‘yinchi sifatidagi mustaqil manevr maydoni qanchalik kengayishi uchun kurashdir.   Strategic Focus: Central Asia

Eron atrofidagi diplomatik faollik: Vashington bosimi va Tehronning strategiyasi   A.Ziyodov, mustaqil ekspert   25-avgust kuni Eron atrofidagi diplomatik faollik bir vaqtning o‘zida Ummon, Pokiston va Qatar kanallari orqali kuchaydi. Tashqi ko‘rinishda bu uch yo‘nalish turli tashabbuslar sifatida namoyon bo‘lsa-da, ularning markazida bitta masala – Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi kemalar harakatini tiklash va Vashington bilan Tehron o‘rtasida muzokaralarni qayta boshlash masalasi turibdi.   Eng muhimi, bu jarayonni oddiy vositachilik sifatida baholash noto‘g‘ri bo‘ladi. Aslida, AQSh Eronni iqtisodiy va harbiy bosim orqali yon berishga majburlashga urinayotgan bir paytda, ayni bosimning o‘zi Vashingtonni vositachilar izlashga majbur qilmoqda.   Hozircha eng amaliy natija berayotgan yo‘nalish – Ummon va Eron o‘rtasidagi muzokaralar. Ummon tashqi ishlar vazirining Tehronga tashrifi Hormuz bo‘g‘ozidagi kemalar harakati va uning xavfsizligi masalalariga qaratildi.   Bu yerda muhim jihat shundaki, Tehron mazkur muzokaralarni AQSh bilan bog‘liq jarayon sifatida emas, aynan bo‘g‘ozga tutash ikki davlat – Eron va Ummon o‘rtasidagi masala sifatida ko‘rsatmoqda. Eron uchun bu prinsipial ahamiyatga ega: Tehron Ho‘rmuzdagi tartibni tashqi kuchlar emas, mintaqa davlatlari belgilashi kerakligini ta’kidlamoqda.   Shu sababli, yaqin istiqbolda Ho‘rmuz orqali kemalar harakatini qisman tiklash bo‘yicha texnik kelishuv paydo bo‘lishi ehtimoli siyosiy kelishuvga qaraganda ancha yuqori.   Pokiston armiyasi rahbari Asim Munirning Tehronga tashrifi esa jarayonga boshqa o‘lcham qo‘shdi. Manbalar qayd etishicha, AQSh Prezidenti D.Tramp Munir bilan shaxsan bog‘lanib, Islomobodning Eronga ta’siridan foydalanib, Tehronni muzokara stoliga qaytarishni so‘ragan. Keyinchalik AQSh taklifi Pokiston kanali orqali Eronga yetkazilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu holatning o‘zi juda muhim signal.   Vashington Tehron bilan bevosita muzokarada kerakli natijaga erisha olmayotgani sababli, mintaqadagi vositachilar tarmog‘iga tobora ko‘proq tayanmoqda. Ya’ni, AQShning bosim siyosati saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, diplomatik aloqa uchun uchinchi tomonlarga ehtiyoj kuchaymoqda.   Eron esa bu vositachilikni to‘liq rad etmayapti. Aksincha, Pokiston tashabbusiga ijobiy munosabat bildirilmoqda. Biroq Tehron bir vaqtning o‘zida AQShning “bosim va qo‘rqitish” siyosatini o‘zgartirishini talab qilmoqda.   Demak, Eronning pozitsiyasi: muzokaraga qarshi emasmiz, ammo muzokara shartlarini Vashington bir tomonlama belgilamaydi.   Qatar ham AQSh va Eron o‘rtasidagi aloqa kanallarini faol ushlab turibdi. Doha vakillarining har ikki tomon bilan muntazam telefon muloqotlari olib borayotgani va Pokiston bilan birgalikda muzokaralarni qayta tiklash yo‘llarini izlayotgani qayd etilgan.   Ammo Qatar Ummon kabi faqat texnik masalaga yopishib qolmayapti. Doha uchun Ho‘rmuz muammosi mintaqaviy masala hisoblanadi va uning yechimi ham mintaqaviy bo‘lishi kerak.   Shu jihatdan uchta kanal o‘rtasida o‘ziga xos taqsimot shakllanmoqda: Ummon – texnik muzokara; Pokiston – siyosiy vositachilik; Qatar – kengroq mintaqaviy diplomatik kanal. Strategic Focus: Central Asia

Repost from Saida Mirziyoyeva
Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligidagi oliy martabali mehmonlarimizni va u
+8
Kuni kecha yurtimizga tashrif buyurgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligidagi oliy martabali mehmonlarimizni va ularning oila a’zolarini katta ehtirom bilan kutib oldik. Mamlakatlarimiz o‘zgacha birodarlik rishtalari bilan bog‘langan. Bu iliqlik nafaqat rasmiy aloqalarda, balki xalqlarimizning bir-biriga cheksiz mehr-oqibatida doim sezilib turadi. Tariximiz, madaniyatimiz va anʼanalarimizdagi mushtaraklik bugun infratuzilmadan to investitsiyalargacha — ko‘plab sohalardagi yangi qo‘shma loyihalar ko‘rinishida yanada boyimoqda. Ushbu tashrif ko‘p qirrali aloqalarimiz tarixida yana bir muhim sahifani ochdi. Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi va nazarimda, ushbu hujjatning nomiyoq bugun O‘zbekiston hamda Ozarbayjonni bog‘lab turgan rishtalarning tub mohiyatini aniq ifodalaydi. Ozarbayjonlik do‘stlarimizni O‘zbekistonda ko‘rishdan har doim xursandmiz. Hamisha bag‘rini ochib sizni qarshi oladigan diyorimizga xush kelibsiz, aziz qardoshlar! — В эти дни мы принимали в Узбекистане дорогих гостей из Азербайджана во главе с Президентом Ильхамом Алиевым и его семью. Наши страны связывает особая дружба. Она чувствуется не только в отношениях между государствами, но и в том, как тепло относятся друг к другу наши народы. У нас много общего в истории, культуре, традициях, и сегодня к этому добавляются новые совместные проекты в самых разных сферах: от инфрастуктурных до инвестиционных. Этот визит стал ещё одной важной страницей наших отношений. Подписан Договор о вечной дружбе, и мне кажется, само его название очень точно передаёт то, что сегодня связывает Узбекистан и Азербайджан. Рады видеть наших азербайджанских друзей в Узбекистане. Добро пожаловать в страну, где вас всегда ждут.

🇺🇿🇺🇦Президент Шавкат Мирзиёев Украина мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан мамлакат Президенти Володимир Зеленски
🇺🇿🇺🇦Президент Шавкат Мирзиёев Украина мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан мамлакат Президенти Володимир Зеленскийга табрик йўллади Володимир Зеленский табрик учун миннатдорлик билдириб, Украина Ўзбекистон билан ҳамкорликни янада кенгайтиришга содиқ эканини таъкидлади.
“Украина Ўзбекистон билан анъанавий дўстликни юксак қадрлайди ва икки томонлама ҳамкорлик, савдо ва иқтисодий алоқаларни кенгайтиришга содиқ қолади. Президент Мирзиёевга мустаҳкам соғлиқ ва муваффақиятлар, Ўзбекистон халқига эса тинч ва фаровон келажак тилайман”, — деб ёзди Украина етакчиси.
Strategic Focus: LIVE