Edu.uz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала Edu.uz
Канал Edu.uz (@eduuz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 151 215 подписчиков, занимая 753 место в категории Образование и 273 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 151 215 подписчиков.
Согласно последним данным от 25 августа, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -17 352, а за последние 24 часа — -387, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Верифицирован (официально подтверждён Telegram)
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 11.35%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 11.29% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 17 179 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 17 087 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 23.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 26 августа, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Образование.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 26 августа | +6 | |||
| 25 августа | +253 | |||
| 24 августа | +35 | |||
| 23 августа | +46 | |||
| 22 августа | +16 | |||
| 21 августа | +108 | |||
| 20 августа | +1 770 | |||
| 19 августа | +360 | |||
| 18 августа | +343 | |||
| 17 августа | +76 | |||
| 16 августа | +8 | |||
| 15 августа | 0 | |||
| 14 августа | +55 | |||
| 13 августа | +4 | |||
| 12 августа | +28 | |||
| 11 августа | +30 | |||
| 10 августа | +5 | |||
| 09 августа | 0 | |||
| 08 августа | 0 | |||
| 07 августа | +4 | |||
| 06 августа | +39 | |||
| 05 августа | 0 | |||
| 04 августа | 0 | |||
| 03 августа | +2 | |||
| 02 августа | +58 | |||
| 01 августа | +189 |
| 2 | #Mustaqillik_35 #Ilmning_mukofoti
Ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan olim
Farg'ona davlat texnika universiteti professori Sirojiddin Fayozovich 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 120 dan ortiq ilmiy maqola, 9 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 8 ta patent va 15 ta dasturiy mahsulot guvohnomasi muallifidir.
Uning ilmiy rahbarligida Farg‘ona shahri hududidagi Marg‘ilonsoyda 2 ta hamda Marhamat tumanida 1 ta, har biri 50 kVt quvvatga ega mikro-GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Professor xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga ham faol hissa qo‘shib, xorijiy ilmiy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunda u 3 nafar doktorant va 2 nafar mustaqil izlanuvchiga ilmiy rahbarlik qilib, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Professor Ergashev Sirojiddin Fayozovich II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 4 145 |
| 3 | “35 000 tashabbus” — yoshlar g‘oyalarini kelajak loyihalariga aylantiramiz!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tashabbusi bilan “35 000 tashabbus” loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat.
💡 Har bir g‘oya — yangi imkoniyat.
🚀 Har bir tashabbus — taraqqiyot sari qadam.
🇺🇿 35 000 tashabbus — yagona maqsad, buyuk kelajak!
O‘z tashabbusingizni bildiring va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
📲Tashabbusingizni qoldiring:
➡️tashabbus.yito.uz
🚀 Sizning g‘oyangiz — katta o‘zgarishlarning boshlanishi!
#35000Tashabbus #Yoshlar #Innovatsiya #Tashabbus
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 5 305 |
| 4 | #Mustaqillik_35
Yangi O‘zbekiston: oliy ta’limdagi islohotlar – kelajakka sarmoya
Oliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar qabul jarayonlarini yanada adolatli, shaffof va qulay qilishga qaratilmoqda.
“Avval test, keyin tanlov” tamoyili, qabul jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilishi, beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati yoshlarga o‘z kelajagini ongli belgilash uchun keng imkoniyat yaratmoqda.
Bugungi kunda 21 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan talaba, 50 mingdan ziyod ijtimoiy reyestrga kiritilgan talaba oliy ta’limda tahsil olmoqda.
Talabalarning 54,5 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani esa ta’limda gender tengligiga alohida e’tibor qaratilayotganining muhim ko‘rsatkichidir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 7 222 |
| 5 | Shavkat Mirziyoyev: "Mustaqillikning qadr-qimmati farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar mehnatida namoyon"
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident.
Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 46 787 |
| 6 | 🔴DIQQAT! Soxta akkauntlardan ehtiyot boʻling.
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat organlari rahbarlari nomidan fuqarolarga xabar yuborayotgan soxta akkauntlar aniqlanmoqda.
❗ESLATIB OʻTAMIZ: Hech bir taniqli shaxs yoki rahbar nomidan yuborilgan shubhali xabarlarga ishonmang, shaxsiy axborot, bank karta maʼlumotlari yoki pul mablagʻlaringizni bermang.
🇺🇿Maʼlumotlarni faqat Ichki ishlar vazirligining rasmiy manbalari orqali tekshiring.
Soxta akkauntlarga aldanmang — hushyor boʻling!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 13 549 |
| 7 | Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshiradi.
—
Сегодня в резиденции «Куксарой» Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды по случаю 35-й годовщины независимости нашей страны.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 9 097 |
| 8 | #dual_taʼlim #energetika
Energiya samaradorligini oshirish va ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlar davom etmoqda
Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda hududlarda energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, ayni kunlarda Sharof Rashidov tumani elektr ta’minoti korxonasiga qarashli “Beshqishloq” fiderida mavjud muammolar institut professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan viloyatdagi qator korxona va tashkilotlarda energiya auditi ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, dual ta’lim tizimi asosida o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil: https://jizpi.uz/uz/yangiliklar/698/
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 8 918 |
| 9 | #Magistratura2026 #Tahrirlash
⚠️ ESLATMA!
⚡️ Bugun soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga my.edu.uz orqali ariza yuborgan va arizasi turli kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga bugun, 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar arizasini qayta tahrirlash imkoniyati berilgan.
❗️Aniqlangan kamchiliklar shu muddatgacha bartaraf etilishi lozim. Soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlashga imkoniyat berilmaydi.
☝️ Muhim: talab darajasidagi xorijiy til sertifikati mavjud emasligi yoki sertifikat talabga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday arizalar qayta topshirilgan taqdirda ham ko‘rib chiqilmaydi.
📲 Arizani tahrirlash: my.edu.uz
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 29 146 |
| 10 | #Mustaqillik35 #TalabagaQulaylik
SamDTUning 500 o‘rinli yangi talabalar turar joyi ishga tushirildi
Yangi oʻquv yili arafasida yurtimiz oliy taʼlim muassasalarida talabalar uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy oʻquv binolari va talabalar turar joylarini barpo etish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ana shu islohotlarning amaliy natijasi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov boshchiligida bir qancha oliy taʼlim tashkilotlarida yangi oʻquv va turar joy binolarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham 500 oʻrinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 8 898 |
| 11 | #Olimlar_minbari
#17-23.08.2026
«Высшее образование — фундамент третьего Ренессанса» — Конгратбай ШАРИПОВ, Министр высшего образования, науки и инноваций;
“Ta’lim va iqtisodiyot uyg‘unligi oliy o‘quv yurtlari uchun ham muhim chaqiriq” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori;
«Фундамент новой промышленной революции» — Садриддин ТУРАБДЖАНОВ, ректор Ташкентского государственного технического университета имени Ислама Каримова, академик;
“Topshiriqdan ijrogacha yoxud hududlar yuksalishida ta’lim va ilm-fan integratsiyasi” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;
«Махалля – территория инициатив» — Ихтиёр ЖАЛИЛОВ, доктор философии по историческим наукам;
“Pillachilik: xonadondan sanoatlashishgacha” — Chorshanbi BEKKAMOV, Toshkent davlat agrar universiteti professori;
“Mustaqillikning g‘oyaviy-badiiy asosi yoxud madaniyatda milliy ruh masalasi” — Abduxalil MAVRULOV, tarix fanlari doktori, professor;
«Как обучить конкурентоспособного специалиста?» — Абудугаффор КИРГИЗБОЕВ, ректор Наманганского государственного университета, доктор исторических наук, профессор;
“Kelajak muhandislarini tayyorlash — taraqqiyotning muhim sharti” — Najmiddin MIRZAEV, Toshkent davlat texnika universiteti Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent;
«От цифровой инфраструктуры к экономике знаний» — Мехрибону КАЮМОВА, доцент ТГЭУ, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам;
«Человеческий капитал, знания и инновации — стратегические ресурсы Нового Узбекистана» — Камол ШОТУРСУНОВ, ассистент кафедры Ташкентского государственного аграрного университета.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 11 109 |
| 12 | #Agroakselerator #ICBAAgricu
Qoraqalpog‘istonda fermerlar va agrotadbirkorlar agroakseleratsiya dasturida ishtirok etyapti
2026-yil 3-avgustdan boshlab Nukus shahrida “Ekinlar qiymat zanjirini rivojlantirish va tijoratlashtirish bo‘yicha fermerlar hamda agrotadbirkorlar akselerator dasturi” amalga oshirilmoqda.
Mazkur dastur Innovatsion rivojlanish agentligi hamda International Center for Biosaline Agriculture (ICBA) hamkorligida, Abu Dhabi Fund for Development (ADFD) moliyaviy ko‘magida tashkil etilgan. Dasturning asosiy tadbirlari Nukus yoshlar texnoparkida o‘tkazilmoqda.
Agroakselerator dasturida jami 207 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 122 nafari, ya’ni 59 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Batafsil: https://gov.uz//edu/news/view/210467
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 12 059 |
| 13 | Yangi oʻquv yili arafasida 7 ta oliy taʼlim muassasasining zamonaviy yangi binolari ishga tushirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Yangi oʻquv yili arafasida ijtimoiy sohada ham koʻplab zamonaviy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda. Ular orasida 36 ta bolalar bogʻchasi, 43 ta maktab, 7 ta oliy taʼlim muassasasi va 3 ta shifoxona bor.
Yangi Toshkent hududida jahon standartlari asosida 10 gektar maydonda barpo etilgan Yangi Oʻzbekiston universitetining zamonaviy majmuasi shular jumlasidandir. Bu yerda 7 ming nafar talaba tahsil olishi uchun sharoit yaratilgan.
Oliy ta’lim muassasasida Garvard universiteti bilan hamkorlikda Rektorlar maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Oksford universiteti bilan birgalikda davlat xizmatchilarining malakasini oshirish boʻyicha “Taʼlim xabi” tashkil etiladi. 1-oktabrdan Sunʼiy intellekt instituti ish boshlaydi.
Shuningdek, 30 ming kvadrat metr maydonga ega besh qavatli yangi Milliy kutubxona eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. U bir vaqtning oʻzida 1,5 ming nafar kitobxonga xizmat koʻrsata oladi. Bu yerda 28 dan ziyod oʻquv xonasi va zallar, turli sigʻimdagi konferensiya zallari tashkil etilgan, 200 mingdan ortiq kitob jamlangan.
Qarshi shahrida 400 milliard soʻmlik Iqtisodiyot va pedagogika universitetining zamonaviy bino va inshootlari barpo etildi. Bu yerda 3 ming nafar talaba tahsil oladi, 700 nafar aholi daromadli ish bilan taʼminlanadi.
Fargʻona viloyatidagi yangi zamonaviy tibbiyot muassasasida esa yiliga 60 ming nafar bemorni davolash va 30 ming nafar ayolni skriningdan oʻtkazish imkoniyati yaratildi.
Davlatimiz rahbari yangi obyektlarni barpo etishda ishtirok etgan investor va tadbirkorlar mehnatini yuksak baholadi.
– Siz kiritayotgan har bir investitsiya Oʻzbekiston kelajagining poydevorini mustahkamlaydi. Siz yaratayotgan har bir ish oʻrni oilalar farovonligiga xizmat qiladi. Siz ishlab chiqarayotgan har bir mahsulot mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Siz eksport qilayotgan har bir tovar Oʻzbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi,
– dedi Prezidentimiz.
#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #obyektlar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 16 589 |
| 14 | “Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida nutq soʻzladi.
“Bugun axborot chegara bilmaydi. Bir voqea haqidagi xabar sanoqli soniyalarda millionlab odamlarga yetib boradi. Biroq axborot bilan birga yolgʻon, manipulyasiya, feyk xabarlar va axborot xurujlari ham tez tarqalmoqda. Shuning uchun bugun jurnalistika oldidagi eng muhim vazifalardan biri — ishonchli axborotni taʼminlashdir”, — dedi u.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegramu | 14 535 |
| 15 | #Magistratura2026 #Tahrirlash
⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan.
❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.
❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
☝️Muhim eslatma!
❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi.
🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 149 949 |
| 16 | #2026_2027OʻquvYili
2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim sanalar va vazifalar belgilandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.
📌 “Dolzarb qirq kunlik”
Joriy yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davr oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish, ularni turar joy bilan ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi.
📖 2026/2027-o‘quv yili:
🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
🔹 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan boshlanadi.
💳 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
Talabalikka tavsiya etilgan shaxslarga to‘lov-kontrakt mablag‘larini shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to‘lagunga qadar farmoyish asosida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat beriladi.
👩🎓 1-bosqich talabalari uchun
Yangi o‘quv yili doirasida:
▪️ talabalarni tantanali kutib olish;
▪️ “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi;
▪️ “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlarini samarali tashkil etiladi.
🇺🇿 “Mustaqillik darslari”
Sentyabr oyida ta’lim tashkilotlarida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tadi.
Darslar doirasida jadidlik harakati namoyandalari va qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, viktorina va ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari o‘tkaziladi.
🗓 Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari oldiga o‘quv binolari va talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 65 029 |
| 17 | #Mustaqillik_tuhfasi #Mustaqillik35 #TalabagaQulaylik
Urganch davlat universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi ishga tushirildi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy tipda barpo etilgan 5 qavatli, 400 o‘rinli yangi Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Eng muhimi, ushbu yangi maskanning foydalanishga topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida talaba-yoshlarimizga munosib va ajoyib tuhfa bo‘ldi.
Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6052
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 18 975 |
| 18 | #Qabul2026 #Imkoniyat #Tanlov
“Bunker”, “paravoz”, “X variant”dan adolatli tanlovgacha: abituriyentlar unutgan azob
Oliy ta‘limga qabul, yoshlar uchun tubdan o‘zgargan sharoit va imkoniyatlar tahlili "O‘zbekiston 24" telekanalida
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram | 25 957 |
| 19 | #Mustaqillik35 #TalabagaQulaylik
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi
Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yili oldidan munosib tuhfa bo‘ldi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/209898
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 13 784 |
| 20 | #SavolJavob #soʻragan_edingiz
Ta’lim krediti ololasizmi yoki yo‘q?
Ta’lim krediti olmoqchisiz, lekin shartlarga mos kelamanmi-yo‘qmi deb ikkilanayapsizmi?
Endi buni my.edu.uz platformasi orqali bir necha soniyada aniqlash imkoni bor!
Jarayon juda oddiy:
🔆 my.edu.uz saytiga kirasiz;
🔆 JSHSHIR (PINFL) raqamingizni kiritasiz;
🔆 Tizim ma’lumotlaringizni avtomatik tahlil qilib, ta’lim krediti talablariga qanchalik mosligingizni ko‘rsatib beradi.
🔗Imkoniyatingizni hoziroq my.edu.uz dan tekshiring
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram | 26 395 |
