Strategic Focus: Central Asia
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Strategic Focus: Central Asia
کانال Strategic Focus: Central Asia (@stratfocusca) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 13 778 مشترک است و جایگاه 3 907 را در دسته سیاست و رتبه 5 741 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 13 778 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 01 نوامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -413 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -7 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 16.67% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 9.02% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 2 300 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 1 245 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 74 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.
@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa
@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib
Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 02 نوامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سیاست تبدیل کردهاند.
در حال بارگذاری دادهها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 02 نوامبر | 0 | |||
| 01 نوامبر | 0 |
| 2 | Eron Taşqi işlar vazirining Turkmanistonga taşrifi ortidan qanday maqsadlar turibdi?
Strategic Focus: Central Asia | 1 188 |
| 3 | AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi yangi diplomatik bosqiçga kirmoqda. Tehron va Vashington örtasidagi muzokaralarda Qatar vositaçilik qilmoqda. Eron delegatsiyasi ketma-ket uçıñçi kundirki, Dohada Qatar rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Eng muhim jihat – muzokaralar faqat harbiy harakatlarni töxtatiş bilan çeklanmayapti. Tomonlar Hormuz böğozini qayta oçiş masalasini ham muhokama qilmoqda.
Eron Taşqi işlar vaziri A.Arağçi ma'lum qilişiça, Tehron va Doha vakillari Vashington bilan ehtimoliy kelişuvga erişilgan taqdirda, atigi 48 soat içida Hormuz böğozini oçişni nazarda tutuvçi taklif ustida işlamoqda. Hozirça yakuniy kelışuv yöq.
Vaziyatning uçta muhim jihati bor:
Birinçisi – AQŞning siyosiy taqvimi. Donald Tramp 3-noyabrdagi oraliq saylovlargaca Eronga yangi zarbalar berilmasligini bildirgan. Biroq saylovlardan keyingi harbiy ssenariyni istisno qilmagan. Demak, hozirgi diplomatik tanaffus uruşning yakunlanishini emas, Vashington uçun siyosiy jihatdan qulayroq vaqtni kutişni ham anglatishi mumkin.
Ikkinçisi – Eronning ikki tomonlama strategiyasi. Tehron muzokaralarni davom ettirayotgan bir paytda, oliy rahbar M.Xomanaiy qurolli kuçlarga ehtimoliy hujumga tayyor turiş böyiça körsatma bergan. Arağçi ham Eron diplomatiya va mudofaaga birdek tayyor ekanini ta'kidlamoqda. Bu Tehron muzokaralar stolida yon berişdan köra, harbiy bosim ostida öz pozitsiyalarini mustahkamlaşga urinayotganini körsatadi.
Uçinçisi – Hormuz omili. Böğozning oçilişi oddiy transport masalasi emas. Bu global neft ta'minoti, energiya narxlari va butun Yaqin Şarqdagi xavfsizlik muvozanatiga bevosita ta'sir qiladi. Şu sababli Hormuz böyiça 48 soatlik taklif Eronning muzokaralardagi eng muhim geoiqtisodiy kartalaridan biri bölib qolmoqda.
Qatar esa Tehron va Vashington örtasidagi vositaçilik orqali mintaqaviy diplomatiyadagi rolini yana bir bor namoyon etmoqda. Muzokaralar Vashington bilan muntazam aloqalar muvofiqlashtirilgan holda olib borilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, hozirça heç bir tomon strategik maqsadlaridan voz keçgani yöq. AQŞ harbiy bosim imkoniyatini saqlab qolmoqda, Eron esa Hormuz va mintaqaviy xavfsizlik omillaridan foydalanib, öziga qulay kelışuvga erişişga urinmoqda. 3-noyabrdan keyingi davr esa haqiqiy sinov bölişi mumkin. Agar diplomatik jarayon natija bermasa, bugungi muzokaralar uruşdagi navbatdagi harbiy eskalatsiya oldidan vaqtinçalik tanaffus bölib qolişi ehtimoli mavjud.
Strategic Focus: Central Asia | 1 290 |
| 4 | 2024-yilda SFCA tomonidan ötkazilgan sörovnomada 92% kuzatuvçimiz yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardan olişini qayd etişgan. | 1 226 |
| 5 | 📱 Ўзбекистонда Telegram телевидениедан ўзиб кетган
Медиа истеъмоли бўйича миллий тадқиқотга кўра, аҳоли мамлакатдаги янгиликларни асосан қуйидаги манбалардан олади:
▪️ Telegram каналлари — 51,6%;
▪️ Телевидение — 44,6%;
▪️ Ижтимоий тармоқлар — 41,6%; ▪️ YouTube ва видеоблоглар — 31,3%;
▪️ Интернет нашрлари ва янгилик сайтлари — 30%;
▪️ Радио — 7,2%;
▪️ Босма газета ва журналлар — 5,2%.
18–24 ёшдагиларнинг 66,2 фоизи Telegram каналларидан фойдаланса, 55 ёшдан катталарнинг 77,4 фоизи телевидениедан янгилик олади.
Strategic Focus: LIVE | 1 215 |
| 6 | Turkiy davlatlar taşkilotining Anqara sammitida Prezident Şavkat Mirziyoyev ilgari surgan taşabbuslar
🔹 “TDT plyus” formati. Uçinçi mamlakatlar bilan hamkorlikni sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş. Maqsad savdo, transport va investitsiya sohalarida aniq qöşma loyihalarni amalga oşiriş.
🔹 “Turkiy dunyo – 100” dasturi. 100 ta strategik qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dastur.
Loyihalarga Turkiy investitsiya jamğarmasi va xalqaro moliyaviy institutlar mablağlari yönaltiriladi.
🔹 Tadbirkorlar huquqini himoya qiliş. “Tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş töğrisida”gi köp tomonlama şartnoma işlab çiqiş. Şuningdek, huquqiy yordam sörovlari va hujjatlarni elektron almaşiş uçun raqamli platforma yaratiş.
🔹 Logistika tarmoği. Örta koridorni yaxlit iqtisodiy tizimga aylantiriş uçun Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmoğini tuziş va uni birgalikda boşqariş.
🔹 Turkiy turizm alyansi. Birgina 2025-yilda davlatlarimizga 100 milliondan ziyod xorijiy sayyoh taşrif buyurdi. Alyans turkiy xalqlarning tarixiy şaharlari, tabiati va madaniyatini dunyoga birgalikda taqdim etadi.
🔹 Fuqarolarning özaro safarlari töğrisidagi bitim. ID karta bilan safar qiliş imkoniyatini kengaytiriş, çegaradan ötiş tartibini soddalaştiriş.
🔹 Ta’lim grantlari. “Yangi Özbekiston” stipendiyasi doirasida 500 nafar xorijiy talabaga grant asosida ta’lim oliş imkoniyati yaratilgan. Endi Turkiy davlatlar yoşlariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratiladi.
🔹 “Umumturkiy sözlar luğati”. Barça turkiy xalqlar uçun tuşunarli bölgan muştarak sözlarni jamlaydigan luğat yaratiş.
🔹 2027-yil – “Tabiatni asraş yili”. Özbekistonning 2027-yilni Taşkilot doirasida “Tabiatni asraş yili” deb e’lon qiliş taşabbusi qöllab-quvvatlandi. Ustuvor vazifalar Antaliyada ötadigan COP-31 doirasida ekologiya vazirlari yiğilişida körib çiqiladi.
🔹 Yangi Boş kotib. Özbekiston vakili Mirvohid Azimovning Taşkilot Boş kotibi lavozimiga nomzodi qöllab-quvvatlandi.
📌 Özbekiston Taşkilotning navbatdagi sammitini kelgusi yili ötkazişga tayyor.
“Biz bir bölsak – yanada qudratlimiz.” deya so’zini yakunladi Prezidentimiz. | 1 592 |
| 7 | Ўзбекистонга бориш хавфлими?
Кеча австралиялик талабаларимдан бири олдимга келиб, бироз ийманиб, Ўзбекистонга саёҳат қилиш бўйича маслаҳат сўради. "Ўзбекистонга боришни режалаштиряпман. Лекин у ер хавфсизми? Австралия ҳукуматининг расмий саёҳат тавсиялари сайтида мамлакатга боришда юқори даражада эҳтиёткорлик тавсия қилинган экан", деди у. Сайтда терроризм, зўравонлик билан боғлиқ жиноятлар ва фуқаролик тартибсизликлари хавфи тилга олинган. Мен эса унга дарҳол: "Ўзбекистон дунёдаги энг хавфсиз мамлакатлардан бири", деб жавоб бердим.
Қизиғи, АҚШ ва Буюк Британияда ўзимни хавфсиз ҳис қилмадим, турли отишмалар, ўғрилик ва ирқчилик сабаби, аммо улар "хавфсиз" давлатлар рўйхатига киради. Менимча, туризм ва ташқи алоқалар бўйича ташкилотлар бу масалага эътибор қаратиши керак (фақат Австралия эмас, балки бошқа давлатларга ҳам): чунки сайёҳлар мамлакатимиз ҳақидаги тасаввурни кўпинча расмий тавсиялардан олади. Баъзан бир неча жумланинг ўзи уларни саёҳатдан воз кечишга ундаши мумкин.
👉🏿 https://t.me/otabek_akromov | 2 196 |
| 8 | Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalariga yaqinda maktablarda joriy etilgan hijob taqiqi sababli ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ozarbayjonlik o‘quvchilarni qabul qilishga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berdi.
Orif yakshanba kuni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan xabarida hijob o‘raydigan va o‘z mamlakatida ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan ozarbayjonlik qizlarni qabul qilishga tayyorligini bildirgan Fan vazirligi faoliyatini yuqori baholadi.
Shuningdek, u Sog‘liqni saqlash va Ta’lim vazirlariga, shuningdek, Islom Azad universiteti rahbariga ozarbayjonlik maktab o‘quvchilari va universitet talabalarining o‘qishni davom ettirishlari uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha murojaat qildi.
Strategic Focus: Middle East and North Africa | 1 991 |
| 9 | Erdog‘an Ozarbayjon bilan munosabatlarni tiklash maqsadida maslahatchisini ishdan bo‘shatdi
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog‘an Anqara va Boku o‘rtasidagi diplomatik keskinlik fonida o‘z maslahatchisi O.Saralni lavozimidan ozod etdi.
Mojaroga Saralning Ozarbayjon maktablarida hijob kiyishga qo‘yilgan cheklovlarni tanqid qilgani sabab bo‘ldi. Maslahatchi ushbu choralarni nomaqbul deb atab, Ozarbayjon hukumatini qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Ta’kidlanishicha, Saralni lavozimidan bo‘shatish Boku tomonidan ilgari surilgan talablardan biri bo‘lgan.
Turkiya rahbariyati kelishmovchiliklarni bartaraf etish va Ozarbayjon Prezidenti I.Aliyevning Anqarada bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirokini ta’minlashga intilmoqda.
Strategic Focus: Central Asia | 2 521 |
| 10 | №12 Navbatdagi #DiplomaticQuiz.
Bu safar viktorinamiz konsullik masalalariga bağişlanadi.
📝 5 ta savolga javob bering va konsullik xizmatlari, hujjatlar hamda fuqarolarga körsatiladigan konsullik yordami böyiça bilimlaringizni sinab köring!
Bilimingizni sinab körişga tayyormisiz?
@TIVmatbuot | 2 150 |
| 11 | Сиёсий таҳлилчига позиция керак. Лекин кимнинг позицияси?
ОАВда сиёсий таҳлилчилар иштирокидаги мунозараларда «сиёсатшуноснинг аниқ позицияси бўлиши керак» деган фикр тез-тез янграйди. Бир қарашда, бу талаб ўринли. Сиёсий жараёнларни шарҳлайдиган мутахассиснинг ўз қарашлари бўлиши табиий. Аммо бу ерда муҳим савол бор: аниқ позиция деганда нимани тушунамиз? Муайян сиёсий томонни қўллаб-қувватлашними ёки воқеаларга мустақил баҳо беришними?
Бу икки тушунчани аралаштирмаслик керак. Акс ҳолда, сиёсий таҳлил билан сиёсий тарғибот ўртасидаги чегара йўқолади. Сиёсий таҳлилчи муайян давлат, ҳукумат ёки сиёсий кучни доимо қўллаб-қувватлаши шарт эмас. Унинг вазифаси — воқеаларнинг сабабларини тушунтириш, иштирокчилар манфаатларини очиб бериш ва эҳтимолий оқибатларни тафаккур қилишдир. Баъзан бу бир томонни қўллаб-қувватлашни талаб қилади. Бошқа ҳолларда эса уни танқид қилишга тўғри келади.
Сиёсий таҳлилчига позиция керак. Бу позиция мустақил фикр, далилларга содиқлик ва изчил мезонларга таяниши лозим. Агар «аниқ позиция» деганда ҳар қандай вазиятда бир томонни танлаш тушунилса, бундай талаб муаммоли. Чунки у экспертдан мустақил таҳлилни эмас, сиёсий садоқатни кутишга олиб келади. Гўё ҳар бир масалада кескин баёнот бериш ва қатъий ҳукм чиқариш шарт...
Мақолани тўлиқ ўқиш: https://fikratonline.uz/siyosiy-tahlilchiga-poziciya-kerak-lekin-kimning-poziciyasi/
@fikrat | 1 842 |
| 12 | Eronning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Ali Iskandariy Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, unga norozilik notasi tutqazilibdi. Bunga bir neça kun avval Eronning xorijdagi elçixonalari tomonidan Samarqand va boşqa tarixiy şaharlarimiz va me’rosimizni biryoqlama, siyosiy maqsadda talqin qiluvçi materiallar eʼlon qilgani sabab bölgan.
Birinçidan, Eron va AQŞ örtasidagi ziddiyatga unga mutlaqo neytral turgan davlatlarni yoki ularning me’rosini aralaştiriş diplomatik etikaga ham, xalqaro huquqqa ham töğri kelmaydi. Eron tomoni bu masalada jiddiy xatoga yöl qöydi. Mamlakat qançalik oğir ahvolda bölmasin, siyosatçilar bunday masalalarda özini tuta olişi kerak.
Ikkinçidan, Taşqi işlar vazirligimizning bu masalada tezda eʼtiroz bildirib, rasmiy nota topşirgani va öşa sahifalardan materiallarni olib taşlaş talabini qöygani töğri va öz vaqtida taşlangan qadam. Har qanday xorijiy diplomatik vakolatxona döstona munosabatlarni qadrlaşi va milliy merosimizni siyosiylaştirişdan tiyilişi şart, zarur.
Uçinçidan, keling, suverenitetimiz va milliy qadriyatlarimizni himoya qilişda tuşunçalar va xatti-harakatlar kim tomonidan sodir etilişidan qat'i nazar, bir xil darajada prinsipial bölsin. Ya’ni masalan, şunday qat’iyatni rossiyaliklar tomonidan suverenitetimiz, milliy qadriyatlarimiz yoki vatandoşlarimizga nisbatan tez-tez körsatib kelinadigan hurmatsizlik va tahqirlovçi ritorikalar işlatilganda ham qöllay olaylik.
@haqiqatdqilyos | 1 581 |
| 13 | بدون متن... | 1 995 |
| 14 | 🔴Ўзбекистонда никоҳлар сони кетма-кет тўрт йилдан буён камаймоқда
Ўзбекистонда оила қураётганлар сони йил сайин қисқармоқда. Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда мамлакатда 267,1 мингта никоҳ қайд этилган. Бу сўнгги йиллардаги энг паст кўрсаткичлардан бири.
Қизиғи, 1991 йилда Ўзбекистон аҳолиси қарийб 21 миллион киши бўлган ва ўша йили 270,3 мингта никоҳ тузилган. 2025 йилга келиб аҳоли сони 38 миллиондан ошганига қарамай, никоҳлар сони мустақилликнинг илк йилидаги кўрсаткичдан ҳам паст бўлган.
✔️ Рақамлар нима дейди?
2018 йил — 311,4 мингта;
2021 йил — 305,2 мингта;
2022 йил — 296,7 мингта;
2023 йил — 283,8 мингта;
2024 йил — 271,8 мингта;
2025 йил — 267,1 мингта.
Демак, 2021 йилдан 2025 йилгача никоҳлар сони 38,1 мингтага ёки 12,5 фоизга камайган.
2026 йилнинг биринчи ярмида эса 92,3 мингта никоҳ расмийлаштирилган.
Никоҳлар сонининг камайишига ёшларнинг оила қуришни кечиктириши, уй-жой масаласи, тўй харажатлари, меҳнат миграцияси ва иқтисодий омиллар таъсир кўрсатаётган бўлиши мумкин.
❓Сиз нима деб ўйлайсиз, бугун ёшларнинг оила қуришга шошилмаётганига асосий сабаб нима — иқтисодий қийинчиликларми, тўй харажатларими ёки қадриятлар ўзгараётганими?
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X | 2 420 |
| 15 | O'zbek tili bayrami kuni barchamizga muborak bo'lsin!
https://t.me/SShMirziyoyeva/4480 | 2 484 |
| 16 | Janob Davlat kotibi Marko Rubio, faoliyatimizni yuksak e’tirof etganingiz uchun minnatdorlik bildiraman.
—
Господин Государственный секретарь Марко Рубио, благодарю Вас за высокую оценку нашей деятельности. | 2 427 |
| 17 | Марказий Осиё геоиқтисодий рақобат шароитида
Мақолада АҚШ ва Марказий Осиё ўртасидаги иқтисодий ҳамкорликнинг геоиқтисодий рақобат шароитидаги устувор йўналишлари C5+1 мулоқоти мисолида таҳлил қилинган. Критик минераллар, инвестициялар, илғор технологиялар ва транспорт-логистика соҳаларидаги ҳамкорликнинг минтақавий иқтисодий жараёнларга таъсири очиб берилган. Ўзбекистоннинг миллий иқтисодий манфаатларини таъминлаш, ташқи иқтисодий алоқаларни диверсификация қилиш ва хорижий инвестициялардан узоқ муддатли тараққиёт мақсадларида фойдаланиш имкониятлари ҳамда улар билан боғлиқ чекловлар кўриб чиқилган.
@muxtor_nazirov
Батафсил:
https://xs.uz/uz/news/-662fe224 | 2 822 |
| 18 | Putin AQSh va Xitoyga dunyoni bo‘lib olishni taklif qildi. Qaysi mamlakatlar kimning ta’sir doirasiga o‘tishi kerak?
Vladimir Putin jahon siyosatini 1945-yildagi Yalta konferensiyasi formatiga qaytarishga urinmoqda. The Wall Street Journal nashrining ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti 9-oktabr kuni Donald Tramp bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Si Szinpin ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qilgan. Uchrashuvni 18-19-noyabr kunlari Shenchjenda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida tashkil etish nazarda tutilgan.
Kremlning asosiy maqsadi - uchta superdavlat o‘rtasida ta’sir doiralarining yangi taqsimotini mustahkamlash hamda Ukrainani va AQShning Yevropadagi ittifoqchilarini muzokaralar jarayonidan butunlay chetlashtirish.
Moskva ta’sir doiralarini qayta taqsimlash orqali nimaga erishmoqchi?
1. Rossiyaning mas’uliyat doirasi
Moskva NATOning Sharqqa tomon birinchi yirik kengayishidan oldingi, ya’ni shartli ravishda 1997-yil chegaralariga qaytishni talab qilmoqda.
Sobiq SSSR hududi ustidan to‘liq nazorat. Rossiyaning Ukraina, Belarus, Moldova, Kavkaz mamlakatlari (Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon) va Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) ustidan alohida huquq va ta’sirga ega ekanini tan olish.
NATO infratuzilmasini ortga qaytarish. 1997-yildan keyin NATOga qo‘shilgan mamlakatlardan — Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Ruminiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya va Vengriyadan — alyans qo‘shinlari, harbiy bazalari va zarba beruvchi tizimlarini olib chiqish talabi. Bu davlatlar rasman NATO tarkibida qoladi, biroq ularda AQSh yoki G‘arb davlatlarining doimiy harbiy kontingenti joylashtirilmaydi.
Ukraina masalasi. Rossiya egallab olgan hududlarni o‘zida saqlab qolishini mustahkamlash va Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini huquqiy jihatdan taqiqlash. Uch tomonlama uchrashuv formati Kiyevning taqdiri uning o‘zi ishtirokisiz va Yevropa fikri hisobga olinmagan holda hal etilishini anglatadi. Shuningdek, Ukrainaning NATOga kirishiga to‘liq taqiq qo‘yish, G‘arbning unga og‘ir qurol-yarog‘ yetkazib berishini to‘xtatish va Rossiya bosib olgan hududlarni uning nazorati ostida ekanini tan olish nazarda tutiladi.
2. Xitoyning mas’uliyat doirasi
Pekinga Osiyoda asosiy hukmron kuch va mintaqaviy tartibning kafolati rolini berish taklif etilmoqda.
Tinch okeanining g‘arbiy qismi va Janubi-Sharqiy Osiyo. Xitoyning mintaqadagi asosiy yetakchi maqomini mustahkamlash. Bu Tayvan atrofida va Janubiy Xitoy dengizida AQSh harbiy ishtirokining bosqichma-bosqich qisqarishi, shuningdek, ASEAN mamlakatlariga - Vyetnam, Filippin, Indoneziya va boshqalarga - nisbatan bosimning kamayishini anglatadi.
Rossiya bilan ta’sir doiralarini chegaralash. Markaziy Osiyo Rossiyaning ustuvor yoki ikki davlatning umumiy manfaatlar hududi sifatida e’tirof etiladi. Xitoy esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi savdo yo‘llari va dengiz kommunikatsiyalarida yetakchilikni mustahkamlaydi.
3. AQShning mas’uliyat doirasi
Ushbu sxemada Vashingtonga o‘zining makromintaqasiga e’tibor qaratish va “dunyo politsiyachisi” rolidan voz kechish taklif qilinmoqda.
Shimoliy va Janubiy Amerika. Lotin Amerikasi va Markaziy Amerikada qarorlar qabul qilish bo‘yicha AQShning to‘liq ustunligini ta’minlash, o‘z chegaralari hamda G‘arbiy yarimshardagi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish.
Global harbiy ishtirokni qisqartirish. Rossiya va Xitoy G‘arbiy yarimshodagi ishlarga aralashmasligi evaziga AQShning kontinental Yevropa va Osiyo materigidagi harbiy ishtirokini kamaytirish.
Pekin, agar Tramp rozi bo‘lsa, uchrashuvga qarshi emas. AQSh tomoni ham ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda: Davlat kotibi Marko Rubio muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan. Tramp esa urushni tezda tugatish haqidagi va’dasini bajarish maqsadida bunday qadamga borishi mumkin.
Strategic Focus: Central Asia | 3 368 |
| 19 | Prezident Shavkat Mirziyoyev va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 300 nafarga yaqin tadbirkorlar bilan family photoda. | 2 344 |
| 20 | ✈️ Mayami — Oʻzbekiston: toʻgʻridan-toʻgʻri reys ochilishi mumkin
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Oʻzbekistonning mintaqadagi o‘rni haqida gapirdi. Asosiy tezislar:
🔹 Oʻzbekiston — mintaqaning tayanchi. Bu eng aholisi ko'p davlat. Men bu yerda ilgari bo'lmaganman, hozirgina keldim, yana kelish niyatim bor.
🔹 Iqtisodiy oʻsish haqida. YaIM oʻsishi deyarli 8 foiz. AQSh bu tendensiya davom etishini qoʻllab-quvvatlamoqchi. Rubioning fikricha, yana bir shunday oʻn yillik boʻlsa, Oʻzbekiston hozirgidan ham ajoyibroq mamlakatga aylanadi.
🔹 Turizm. Rubio Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar soni uni hayratda qoldirganini, unga bu raqam syurpriz boʻlganini aytdi.
🔹 200 ta Amerika kompaniyasi. Delegatsiya tarkibida biznes vakillari ham bor. Forum yakunida aniq bitimlar eʼlon qilinishi kutilyapti. Rubio buni shunday izohladi: “Bu oxiri emas, bu boshlanishi.”
🔹 Markaziy Osiyoga eʼtibor. Rubio soʻnggi 20 yilda Vashington mintaqaga munosib eʼtibor qaratmaganini tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, endi vaziyat oʻzgaryapti va C5+1 uchrashuvining Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgani ham shuning belgisi.
Video o‘zbekcha subtitr bilan.
👉 @xushnudbek 👈 | 2 295 |
