cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Strategic Focus: Central Asia

⚡️ Strategic Focus: Central Asia" – mintaqadagi xalqaro munosabatlar hamda zamonaviy siyosiy trendlar tahlili bo’yicha o’zbek tilidagi birinchi kanal. 🗳️Taklif va murojaatar: [email protected] ✔️Ekspertlar fikri SFCA pozitsiyasini aks etmaydi.

Більше
Рекламні дописи
6 099
Підписники
-2724 години
-1757 днів
+1 72230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Seminarga qatnashish uchun ariza topshirdingizmi?Anonymous voting
  • Ha
  • Yo’q
  • Endi topshiraman
  • Qatnashmayman
0 votes
Фото недоступнеДивитись в Telegram
⚡️ “Turkiy dunyoning Yangi davri nomli yozgi ilmiy-amaliy seminarga ishtirok etishga taklif etamiz. Tashkilotchilar: Ibn Xaldun Universiteti va Turkiy davlatlar tashkiloti Qachon va qayerda: Istanbul, 29 iyul - 7 avgust Qatnashish narxi: bepul. Ovqatlanish va joylashuvni Ibn Xaldun universiteti tomoni o’z zimmasiga oladi. Bo’lajak ishtirokchilar faqatgina yo’l xarajatlarini qoplashi kerak. Hujjat topshirish muddati: 28 iyun (qabul javobi 30 iyunda chiqadi) Qo’shimcha ma’lumot ilovada. #XalqaroMunosabatlar #Seminar #Tahlil @StratFocusCA
Показати все...
👍 3 3😁 1🫡 1
5-8 iyun kunlari 27-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bo'lib o'tdi. Tadbirda Bosh vazirining o’rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiya ishtirok etdi. Forum doirasida bir qator kelishuvlarga erishildi: 1. O’zbekiston, Rossiya va Belarus qo'shma loyihalarni amalga oshirishda qo’llab-quvvatlash uchun kichik va o’rta biznes uchun "yagona oyna" tizimini yaratishga kelishib oldilar. 2. O’zbekiston, Rossiya, Belarus va Qirg’iziston YOII ishtirokchi mamlakatlari birjalari o’rtasida bitim imzoladilar; ️3. “Gazprom” OAJ va Qozog’iston hukumati Rossiyadan O’zbekistonga gaz tashishni ko’paytirish uchun “O’rta Osiyo – Markaz”- 4 magistral gaz quvuri obyektlarini tayyorlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasini imzoladilar; 4. “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Rosseti” OAJ vakillari hamkorlikning dolzarb vazifalari va Rossiya tarmoq kompleksining o'quv markazlari negizida qo'shma ta'lim loyihalarini amalga oshirishni muhokama qildilar. #XalqaroMunosabatlar #Iqtisodiyot #Tahlil @StratFocusCA
Показати все...
5👍 2🔥 2👏 1
⚡️ Turkiya Xitoyga qarshi savdo urushini boshladimi? Xabarlarga ko’ra, Turkiya Xitoydan avtomobil importiga qo'shimcha 40% boj kiritdi. 10% asosiy bojdan tashqari, xaridorlar Xitoydan kelgan barcha avtomobillar uchun 40% yoki bitta transport vositasi uchun kamida $7000 to'laydilar. Bungacha qo’shimvha to’lov faqat Xitoydan kelgan elektr transport vositalariga tegishli edi. Aytishlaricha, qo’shimcha tariflar Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan mamlakatlardan kiritiladigan ba’zi tovarlarga nisbatan ham joriy etiladi. Mazkur boj to’lovlari Turkiyadagi iqtisodiy va tijorat o’zgarishlarga hamda sanoat ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qabul qilingan. #XalqaroMunosabatlar #Tahlil #Iqtisodiyot @StratFocusCA
Показати все...
👍 23🔥 5👏 5 2🌚 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
AQShning Yaqin Sharqdagi yangi "vassali" Manbalarga ko’ra, amerikaliklar va saudiyaliklar mudofaa shartnomasini tuzmoqchi. Biroq, bu unchalik oson bo’lmaydi. Shartnomani imzolashdan oldin AQSh saudiyaliklarning Isroil bilan munosabatlarini normallashtirishini istaydi. Buning uchun esa 2 shart mavjud: 1. Isroil G'azo sektoridagi urushni tugatishi kerak; 2. Isroil Falastin davlatini tan olishi kerak. Ekspertlarga ko’ra, Saudiya Arabistoni va Isroilning do’stligi Isroilning Arab va musulmon dunyosida ko'proq tan olinishiga xizmat qiladi. Shartnoma AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy rolini kuchaytiradi, bu amerikaliklar uchun husiylar va Hamasga qarshi urush nuqtai nazaridan muhimdir. Saudiya Arabistoni esa o’z yadro dasturini va uranni boyitish tizimini ishlab chiqishda qo'llab-quvvatlanadi. Shubhasiz, mazkur kelishuv mintaqadagi keskinlikni kuchaytiradi. Eron, albatta, bunga qarshi bo'ladi, chunki u Saudiya Arabistonining raqibi va AQShga salbiy munosabatda. Umuman olganda, yuqoridagilar AQShning "ikki tomonlama" siyosatning yaqqol namunasidir. 2018-yilda The Washington Times jurnalisti Jamol Qoshiqchi o'ldirilganda saudiyaliklar bu qotillik uchun javobgarlikni o'z zimmalariga olishdi. Jo Bayden Saudiya Arabistonini “rogue state”ga aylantirishga va'da bergan edi. Shunday qilib AQSh Yaqin Sharqda o'z ta'sirini yo'qotishi fonida Bayden eski dushmanlar orasida yangi do'stlarni izlashga intilyapti. #XavfsizlikMuammolari #Tahlil #YaqinSharq @StratFocusCA
Показати все...
👍 13🔥 4💯 3👎 2 2
S.Bo’ronov: Xitoydan nega xavfsirashimiz kerak? - O’zbekiston va Xitoy munosabati shaklida rivojlanayotgan iqtisodiy aloqalar to’fayli, go’yoki, ba’zi qo’shnilarimiz bilan kuzatilayotgani kabi “qarz qopqoni"ga tushish ehtimoli mavjudligi, shu orqali davlatchilik suverenitetiga ta’sir yuzaga kelishi mumkinligi to’g’risida xatarlar qay darajada haqiqatga yaqin? - Men Xitoyga xitoyliklar tilidagi bir so’z bilan ta’rif beraman: ularda “inqiroz" so’zi bor – ikki iyeroglif bilan yoziladi. Biri inqirozning asl ma’nosini, ikkinchisi esa" imkoniyat" tushunchasini anglatadi. Bu vaziyatda biz Xitoydan faqat “imkoniyat” nuqtai nazaridan foydalanishimiz mumkin. Dunyoning ikkinchi iqtisodiyoti, mintaqamiz qo’shnisi sifatida yirik loyihalar bilan kirib kelayotgan mamlakatdan nega xavfsirashimiz kerak? Masalan, Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’li bizning manfaatimizga juda mos. Agar bu loyiha amalga oshsa, turli savdo yo’laklarga chiqish uchun imkoniyat paydo bo’ladi. Ne-ne davlatlar Xitoydan foydalanishga, Chin yurti bilan yaqin munosabat o’rnatishga intilmoqda, bu diyorning "muammo"sini emas, "imkoniyat"ini o'zlashtirishga harakat qilyapti. Shu ma’noda hali biz Xitoydan foydalanishimiz kerak bo'lgan jihatlar bisyor. #XavfsizlikMuammolari #Tahlil #Munosabat @StratFocusCA
Показати все...
👍 23👎 5🔥 4 3👏 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
Bizga kelgan ma’lumotlarga ko’ra, Turkiya ta'lim vazirligi "Turkiya asri" modeliga muvofiq maktab o'quvchilari uchun tarix bo'yicha yangi o'quv dasturini tasdiqladi. Xususan, Turkiya milliy ta'lim vaziri Yusuf Tekin Turkiya ta'lim va intizom Kengashi tomonidan tasdiqlangan yangi o'quv dasturini tasdiqladi. Hujjat Turkiya ta'lim vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilindi. O'quv dasturiga ba'zi o'zgarishlar kiritildi. O'quv dasturlari tarixiy va ilmiy jihatdan noto'g'ri atamalar va tushunchalardan foydalanishni rad etdi. Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy-gumanitar fanlar kursida "O'rta Osiyo" (Markaziy Osiyo) iborasi bu hududning tarixiy nomi "Turkiston" iborasi bilan almashtiriladi. #XalqaroMunosabatlar #Tarix @StratFocusCA
Показати все...
👍 69 16👎 5👏 4🔥 3
O’zbekistonda AES qurilishi: geosiyosiy tahlil M.Imomov, mustaqil tadqiqotchi Oxirgi vaqtlarda ruslar tomonidan mamlakatimiz hududida AES qurilish masalasi keng muhokama qilinmoqda. Loyihaning ijobiy va salbiy tomonlarini ko’plab faollar va bu kanaldagi ekspertlar yoritib berishdi. Shu bilan birga geosiyosiy omil chetda qolib ketganga o’xshaydi. Quyida shu nuqtai nazardan post yozishga harakat qilaman. Fikrimcha, keng fikrlagan taqdirda bu qaror ortida puxta o’ylangan qadamlarni ko’rish mumkin. Birinchidan, nega katta AES o’rniga (shubhasiz, undan foyda ko’proq bo’lardi) kichik loyihalar amalga oshiriladi? Taxminimcha, katta AES ko’p miqdorda xarajat talab qiladi va shu kichik loyihalar orqali hukumatimiz ortiqcha pul sarflashni oldini olmoqchi. Aytaylik bir loyiha hozir $5-6 mlrd qiymatga ega, 5 yildan keyin (loyiha ishga tushgandan so’ng) bu narxlar 4-5 baravar oshib ketmasligiga kim kafolat beradi? Aynan shu sababdan kichik AESlarni qurish bo’yicha kelishuvlarni qabul qilinishi bizning ham iqtisodiy, ham siyosiy yutug’imizdir. Ikkinchidan, nega aynan rus AESlari (nega Yevropa yoki Osiyoning taraqqiy davlatlari bilan xuddi shunaqa loyiha ishlab chiqilmagan)? Bu borada Moskva va Toshkentning o’zaro bog’liqligi va o’ta yaqin aloqalari asos bo’lishi mumkin. Ya’ni, rasmiy Toshkent Kremlning taklifiga rad javob berishi ikki tomonlama munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishi mumkin edi. Buni esa hech kim xohlamaydi, bu bizning manfaatlarimizga ham to’g’ri kelmaydi (Rossiya bugun eng yirik savdo hamkorimiz). O’ylashimcha, ruslarning kichik AESlari realizatsiya qilinganda so’ng rasmiy Toshkent boshqa davlatlar bilan (birinchi navbatda G’arb) kattaroq AESlar qurish to’g’risida muzokaralar boshlashiga yo’l ochiladi. O’z navbatida, Moskvada e’tiroz bildirishga imkon bo’lmaydi. Bu yerda mustaqil davlatga nisbatan boshqa tomon (bizning holatda Rossiya) qanday qilib mazkur masalalarda e’tiroz bildirishi mumkin degan haqli savol tug’iladi. Biroq, agar siz rus elitalarining geosiyosiy fikrlashini tushunsangiz bu g’alati ko’rinmaydi. Xususan, ular (ruslar) qo’shni mamlakatlarda (post sovet hududi) sodir bo’ladigan har bir voqeani o’ziga yaqin qabul qiladi. O’quv ta’lim dastularidan boshlab til siyosatiga qadar (AES esa o’ta muhim soha hisoblanadi). Umuman olganda, yirik qo’shnimizning manfaatlarini inobatga olmaslik hamda hozirgi geosiyosiy vaziyatda ularga bir “podxod” qilmaslik katta oqibatlarga olib kelishi aniq. Aksincha, Kreml bilan bunday og’ir sharoitda yaxshi aloqalarni ushlab turish bizga, shubhasiz, dividend olib keladi. Shu bilan birga yaqin kelajakda boshqa hamkorlarimiz bilan atom energetikasi sohasida o’zgacha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishimizga yo’l ochiladi. #XalqaroMunosabatlar #Tahlil #AES @StratFocusCA
Показати все...
👍 28👎 25💩 8🔥 5 2💯 2🖕 1
Siyosatshunos, ekspert T.Umarov: Bayroqlar haqidagi suhbatdan kelib chiqqan O'zbekiston haqidagi kutilmagan tezisga alohida to'xtalib o'taman. Fransuz jurnalisti Putinning uchta (imperator, sovet yoki zamonaviy rus) bayroqlaridan qaysi biri "yurakka yaqinroq" ekanligini so'radi. Putin zamonaviy deb javob berdi va shu bilan birga Rossiyaning imperatorlik ambitsiyalari yo'qligi haqida bahslashishga qaror qilib, o'z pozitsiyasini O'zbekiston misolida asoslantorishga qaror qildi.
- Mana, O'zbekiston. U yerda qancha aholi borligini bilasizmi? Bilmayman. Fransiyada hozir qancha? - Ko'p. - Xo'sh, ko'p. 60 million, ha? 65. O'zbekistonda-allaqachon 37. Endi "ekranga" e'tibor bering: har yili million. Million -O'zbekistonda aholining o'sishi. Bunday sur'atda ular tez orada Fransiyani ortda qoldiradilar. Agar siz muhojirlarni ham olib tashlasangiz, yaqinda Fransiyada O'zbekistonda kabi bo'ladi. Endi mavzuga qaytsak. Agar kimdir bizni qandaydir imperatorlik ambitsiyalarida gumon qilsa, siz o’ylab ko’ring: biz Sovet Ittifoqini tiklaymiz va uning asosi Islomiy aholiga bo’ladi. Bu hech qachon xayolingizga kelmadimi?
Shunday qilib, Rossiya rahbarining mantig'i quyidagicha: SSSRni tiklash ilojsiz, chunki ba'zi sobiq respublikalarda Islom aholisi ko'p va ko'payib bormoqda. Ularning 30 yildan ortiq mustaqil davlatligi, suveren rejimligi va ularning jamiyatlari o’zlari SSSRga qaytishini xohlamasliklariga bog’liqmas. O'zingiz xulosalar chiqaring. #XalqaroMunosabatlar #Bayonot @TemurUm @StratFocusCA
Показати все...
😁 22👍 10🤔 5🔥 4 3👎 1😢 1🌭 1💯 1
O’zbekistonda AESni yaratish (maqola 2023-yil chop etilgan) Shavkat Abdukomilov, texnika fanlari nomzodi Energiya barqaror iqtisodiy o'sish va inson farovonligini oshirish uchun zarurdir. Shuning uchun ham BMTning Barqaror rivojlanish bo’yicha maqsadlaridan biri "hamma uchun arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan umumjahon umumiy foydalanishni ta'minlash"dir. Shu ma'noda, atom energetikasi iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish bilan birga, toza, ishonchli, mavjud va arzon energiyadan foydalanish imkonini beradi. U jahon umumiy energiyasining muhim qismini tashkil qiladi va kelgusi o'n yilliklarda undan foydalanishning o'sishi kutilmoqda. Xalgaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ma'lumotlar bazasiga ko’ra, bugungi kunda dunyoda umumiy o’rnatilgan quvvati 377 800 MVt bo'lgan 422 ta yadro reaktori faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu reaktorlar dunyodagi elektr energiyasining (ishlab chiqarilgan) taxminan 10%ni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, hozirda umumiy loyiha quvvati 59 580 MVt bolgan 57 ta yadro reaktori qurilmoqda. Tabiiy uranning katta zaxiralariga (ishlab chiqarish bo’yicha jahonda 6 - o'rinda, zaxiralari bo’yicha 10 - o'rinda) hamda yadro fizikasi sohasida ilmiy-texnik salohiyatga ega bo'lgan O'zbekiston o'z hududida birinchi AESni qurishni rejalashtirmoqda. Ta'kidlash joizki, O'zbekistonning atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishi yangilik emas. 1959-yildan boshlab mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining VVR-S Milliy-tadqiqot yadro reaktori faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekiston olimlari yadroviy quilmalarini ishga tushirish, ishlatish va ularmi boshqarish, yangi va sarflangan yoqilg’ini saqlash, radioaktiv chiqindilardan foydalanish, yadro texnologiyalarini tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi, texnik, zargarlik, tog'-konchilik sanoati va boshga ko'plab sohalarda qo'llash bo'yicha katta tajribaga ega. O'z atom elektr stantsiyasi O'zbekistonga quyidagilar imkonini beradi: - umumiy energiya majmuasiga qo'shimcha 2,4 GVt barqaror ishlab chiqarish quvvatini kiritish; - har yili 3,5 milliard kub metr tabiiy gazni tejash; - atmosferaga issiqxona effektini chagiruvchi gazlar chiqindilarini, xususan, 14 million tonna karbonat angidrid va 36 ming tonna azot dioksidiga kamaytirish; - AES quriladigan mintaganing iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo’shish. Shuni ham ta'kidlash joizki, AES qurilishida va foydalanish jarayonida minglab aholi jalb qilinadi. Mutaxassislarning fikricha, multiplikativ effekti tufayli AES qurilishiga sarflangan har bir dollar kelajakda mamlakat iqtisodiyotiga o'rtacha 5-6 dollar foyda keltiradi. Bundan tashqari, atom energetikasi O’zbekistonning energiya balansini diversifikatsiya qilishga imkon beradi, chunki mamlakatdagi elektr energiyasining 86% tabiiy gaz ta’minotiga bog’liq bo’lgan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. 1. AES qurilishi kerakligini asoslantirib bergan maqola bu ilovada. 2. Aksincha, nega AES qurilish mumkinmasligi haqida kanalimizdagi boshqa maqolada tanishsangiz bo’ladi. (Qizig’i bu post 50dan ortiq marta repost qilingan) #XavfsizlikMuammolari #Tahlil #AES @StratFocusCA
Показати все...
👍 24 3🔥 3💯 3