Strategic Focus: Central Asia
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Strategic Focus: Central Asia
El canal Strategic Focus: Central Asia (@stratfocusca) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 14 460 suscriptores, ocupando la posición 3 751 en la categoría Política y el puesto 5 456 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 14 460 suscriptores.
Según los últimos datos del 13 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 473, y en las últimas 24 horas de -16, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 30.08%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 15.16% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 4 356 visualizaciones. En el primer día suele acumular 2 195 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 50.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.
@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa
@stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib
Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Política.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 14 septiembre | +3 | |||
| 13 septiembre | 0 | |||
| 12 septiembre | +991 | |||
| 11 septiembre | +2 | |||
| 10 septiembre | +1 | |||
| 09 septiembre | 0 | |||
| 08 septiembre | +1 | |||
| 07 septiembre | 0 | |||
| 06 septiembre | 0 | |||
| 05 septiembre | 0 | |||
| 04 septiembre | 0 | |||
| 03 septiembre | 0 | |||
| 02 septiembre | 0 | |||
| 01 septiembre | 0 |
| 2 | So‘nggi voqealar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Yaqin Sharqdagi mojaro yangi bosqichga o‘tmoqda. Xususan, Eronga qarshi bosim tobora mintaqaning strategik energetika va dengiz yo‘llari uchun kurashga aylanmoqda.
Buni Saudiya Arabistonining 1200 km uzunlikdagi neft quvuriga zarba berilishi, husiylarning Yamandagi oldinga siljishi va Bob al-Mandab bo‘g‘ozi markazidagi Mayyun orolini egallashi yaqqol ko‘rsatmoqda. Natijada bir vaqtning o‘zida ikki strategik yo‘nalish - Hormuz va Bob al-Mandabga bosim kuchaymoqda.
Bu jahon energetikasi uchun jiddiy xavf. Saudiya quvuri faoliyati tiklanmasa, Yanbu portidagi zaxiralar atigi 5-7 kun eksportni ta’minlashi mumkin. Shundan so‘ng jahon neft ta’minotining 4 foizigacha xavf ostida qolishi mumkin. Hormuzdagi uzilishlar va kemalarga hujumlar esa global dengiz savdosiga qo‘shimcha bosim bermoqda.
Vashington oldida yangi dilemma paydo bo‘lmoqda: Saudiya Arabistoni va xalqaro kemachilikni himoya qilish kerak, biroq husiylarga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotning qayta boshlanishi AQSh uchun Yamanda yangi front ochishi mumkin.
Ayni paytda Eron qo‘shimcha strategik imkoniyatga ega bo‘lmoqda. Tehron Hormuzni ochish masalasini AQSh talablarining bajarilishi bilan bog‘lamoqda. Oʻmon muzokaralarining qoldirilishi esa diplomatik yechim hali shakllanmaganini ko‘rsatmoqda.
Demak, mojaro endi faqat AQSh-Eron qarama-qarshiligi bilan cheklanmayapti. Kurash tobora neft infratuzilmasi, tankerlar va dunyoning eng muhim ikki dengiz darvozasi - Hormuz va Bob al-Mandab ustidan nazorat uchun kechmoqda.
Agar vaziyat shu tarzda davom etsa, urushning keyingi bosqichini raketa zarbalaridan ko‘ra, neft va kemalar harakatini kim nazorat qilishi belgilashi mumkin.
Z.Aliyeva, SFCA kuzatuvchisi
Strategic Focus: Middle East and North Africa | 262 |
| 3 | Davomi
Ikkinchi, Saudiya Arabistoni bilan bevosita harbiy qarama-qarshilikning kengayishi. Agar Husiylar Saudiya hududidagi energetika obyektlari, portlar yoki neft eksport infratuzilmasiga zarbalarni kuchaytirsa, Ar-Riyodning javob harakatlari ham kengayishi ehtimoli ortadi. Sharq-G‘arb neft quvuriga qilingan dron hujumi va uning vaqtincha to‘xtatilishi bu xavfning amaliy ko‘rinishi bo‘ldi.
Bunday holatda mojaro Yaman hukumat kuchlari va Husiylar o‘rtasidagi ichki frontdan chiqib, Husiylar-Saudiya harbiy qarama-qarshiligiga aylanadi. Saudiya havo kuchlarining Bab al-Mandabga yaqin hududlarga zarbalari kuchayishi, Husiylarning esa bunga javoban Saudiya hududidagi strategik obyektlarga raketa va dron hujumlarini ko‘paytirishi mumkin.
Bu ssenariyning asosiy xavfi – zarbalar geografiyasining tez kengayishidir. Ayniqsa energetika infratuzilmasiga katta zarar yetishi Ar-Riyodni cheklangan operatsiyalardan kengroq harbiy kampaniyaga o‘tishga majbur qilishi mumkin.
Uchinchi, AQShning bevosita harbiy aralashuvi. Hozircha bu ssenariyning ehtimoli past, ammo muayyan harbiy omillar yuzaga kelsa, xavf keskin oshadi. Bunday triggerlar qatoriga AQSh harbiy kemalariga hujum, amerikalik harbiy xizmatchilar orasida katta talafot yoki xalqaro kemachilikka qarshi ommaviy hujumlar natijasida Bab al-Mandabdagi navigatsiyaning amalda izdan chiqishi kiradi.
Bunday vaziyatda AQShning javobi qirg‘oqdagi Husiylar raketa pozitsiyalari, radarlar, dron bazalari va qo‘mondonlik obyektlariga qarshi havo-dengiz zarbalari shaklida bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, AQSh uchun keng ko‘lamli quruqlik operatsiyasiga kirishdan ko‘ra, masofadan turib zarba berish va dengiz kommunikatsiyalarini himoya qilish strategik jihatdan ancha maqbul ko‘rinadi.
Shuning uchun AQShning harbiy ishtiroki kuchaysa ham, dastlabki bosqichda asosiy formula “quruqlikdagi urush emas, masofaviy harbiy bosim” bo‘lishi ehtimol yuqori.
To‘rtinchi, “ikki bo‘g‘oz urushi”ning yagona mintaqaviy frontga aylanishi. Bunda Hormuz va Bob al-Mandabdagi qarama-qarshiliklar bir-biridan alohida emas, balki yagona zanjir sifatida harakat qiladi: Eron Hormuz orqali bosimni kuchaytirsa, Husiylar Bob al-Mandabni yopadi, mintaqadagi eronparast guruhlar esa Saudiya Arabistoni va AQSh manfaatlariga qarshi qo‘shimcha zarbalar beradi.
Mazkur vaziyatda Saudiya Arabistoni, AQSh va boshqa ittifoqchilar tomonidan javob harakatlarining kengayishi ehtimoli ortadi. Natijada Yaman, Qizil dengiz, Fors ko‘rfazi va Iroq bir-biriga bog‘langan yagona harbiy makonga aylanishi mumkin.
Harbiy nuqtai nazardan aynan shu ssenariy eng katta xavfni anglatadi. Chunki har bir tomon alohida frontda cheklangan operatsiya olib borayotgan bo‘lsa ham, ularning umumiy ta’siri mintaqaviy eskalatsiyaning zanjirli mexanizmini yaratadi.
Umuman olganda, hozirgi vaziyatda eng ehtimolli yo‘nalish – Husiylarning Bab al-Mandabdagi harbiy pozitsiyalarini mustahkamlab, selektiv dengiz bosimini davom ettirishidir. Biroq vaziyatning keskin burilish nuqtasi ikkita omilga bog‘liq bo‘ladi: Saudiya energetika infratuzilmasiga katta zarar yetkazuvchi hujum yoki AQSh harbiy kuchlariga bevosita zarba.
Agar shunday trigger yuzaga kelsa, Bab al-Mandabdagi mojaro Yaman doirasidagi lokal qarama-qarshilikdan chiqib, Eron-AQSh–Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kengroq mintaqaviy harbiy qarama-qarshilikning yangi frontiga aylanishi mumkin.
Shu sababli Bab al-Mandab ustidan nazorat uchun kurashning haqiqiy strategik qiymati hududning o‘zida emas. Asosiy masala – ushbu tor dengiz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan harbiy, energetik va savdo oqimlarini kim nazorat qila olishi. Zamonaviy mintaqaviy urushlarda aynan mana shu nazorat tobora kuchli strategik qurolga aylanmoqda.
Strategic Focus: Central Asia | 1 078 |
| 4 | 2026-yil 11-sentabrda Husiylarning Bab al-Mandab bo‘g‘ozi va unga tutash hududlarda nazoratni keskin kuchaytirishi Yaqin Sharqdagi harbiy qarama-qarshilikning yangi bosqichini boshlab berdi. Mayyun orolining egallanishi harbiy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega, chunki mazkur orol Bab al-Mandabning markaziy qismida joylashgan va bo‘g‘oz orqali o‘tuvchi dengiz yo‘llarini kuzatish hamda ularga bosim o‘tkazish imkonini beradi.
3-sentabrda boshlangan operatsiya davomida Husiylar 10-sentabr kuni Moxa port shahri va Zukar orolini, 11-sentabrda esa Dhubab va Murad hududlarini egalladi. Natijada Yamaning Qizil dengiz sohilidagi muhim qismlari Husiylar nazoratiga o‘tdi. Hukumat kuchlarining 2 mingdan ortiq harbiy xizmatchisi Hanisha orollarida qurshovda qolgan.
Bu jarayonni faqat Yaman ichidagi harbiy operatsiya sifatida baholash yetarli emas. Bab al-Mandab orqali jahon savdosining qariyb 12%, Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi konteyner tashuvlarining esa 30% o‘tadi. Bundan tashqari, 2025-yilda bo‘g‘oz orqali kuniga taxminan 4,2 mln barrel neft va neft mahsulotlari tashilgan. Shu sababli Husiylarning mazkur hududdagi harbiy pozitsiyalarni mustahkamlashi ularga Yaman chegaralaridan ancha tashqariga chiqadigan strategik bosim vositasini beradi.
Vaziyatning xavfliligini yanada oshirayotgan omil – Bab al-Mandabdagi jarayonlarning Hormuz bo‘g‘ozidagi inqiroz bilan bir vaqtda kechayotganidir. Eron tomonidan Hormuz yo‘nalishiga bosim kuchayishi, Husiylarning esa Qizil dengizga kirish-chiqish yo‘lagida pozitsiyalarini mustahkamlashi natijasida Yaqin Sharqdagi ikki asosiy dengiz kommunikatsiyasi bir vaqtning o‘zida xavf ostida qolmoqda. Ekspertlar buni jahon energetika bozoriga “ikki tomonlama zarba” sifatida koʻrmoqda.
Bu fonda ekspertlar harbiy harakatlar rivojining bir qator ssenariylarini ilgari surmoqda.
Birinchi, cheklangan va selektiv dengiz eskalatsiyasi. Eng ehtimolli variant sifatida Husiylarning Bab al-Mandabni to‘liq yopishdan ko‘ra, uni selektiv bosim vositasi sifatida ishlatishi ko‘rilmoqda. Bunda Saudiya Arabistoni va Isroil bilan bog‘liq kemalarga qarshi tahdid, dron va raketa hujumlari hamda navigatsiyani cheklash davom etishi mumkin, boshqa xalqaro kompaniyalarga esa nisbatan xavfsiz o‘tish imkoniyati qoldiriladi.
Harbiy jihatdan bunday strategiya Husiylar uchun manfaatli: ular bo‘g‘oz ustidan real ta’sirni saqlab qoladi, Saudiya va Isroilga bosimni kuchaytiradi, biroq bir vaqtning o‘zida AQSh va boshqa davlatlarning keng ko‘lamli harbiy operatsiyasini boshlashiga sabab bo‘ladigan darajadagi eskalatsiyadan qochadi. Ya’ni asosiy maqsad bo‘g‘ozni “yopish” emas, balki uning xavfsizligi ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olish bo‘lishi mumkin.
Strategic Focus: Central Asia | 1 064 |
| 5 | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada yomonlashuvi, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohligi hududiga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlari munosabati bilan chuqur xavotir bildiradi.
Tinch aholiga, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatish bilan bogʻliq, shuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligi va xalqaro kema qatnoviga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoralaymiz.
Xalqaro huquq normalariga, jumladan, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillariga qatʼiy rioya etilishi zarur, deb hisoblaymiz.
Yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish faqat siyosiy-diplomatik vositalar orqali, muloqot va oʻzaro hurmat asosida amalga oshirilishi lozim.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va mintaqa davlatlarining Yaqin Sharqda keskinlikni yumshatish, mojaroning yanada kengayishining oldini olish va barqaror tinchlik oʻrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaymiz.
***
Statement by the Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan
The Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan expresses its deep concern over the further deterioration of the situation in the Middle East, including missile and drone attacks on the territory of the Kingdom of Saudi Arabia.
We strongly condemn any actions involving the use of force against civilians and civilian and energy infrastructure, as well as those posing a threat to the security of the states of the region and international navigation.
We stress the need for strict compliance with the norms of international law, including respect for the sovereignty, independence and territorial integrity of states.
Emerging disputes should be resolved exclusively through political and diplomatic means, based on dialogue and mutual respect.
We support the efforts of the United Nations and the states of the region aimed at de-escalating tensions, preventing further spread of the conflict, and establishing lasting peace in the Middle East.
***
Заявление Министерства иностранных дел Республики Узбекистан
Министерство иностранных дел Республики Узбекистан выражает глубокую обеспокоенность в связи с дальнейшим ухудшением обстановки на Ближнем Востоке, включая ракетные и беспилотные атаки по территории Королевства Саудовская Аравия.
Решительно осуждаем любые действия, сопряжённые с применением силы против мирного населения, объектов гражданской и энергетической инфраструктуры, а также создающие угрозу безопасности государств региона и международному судоходству.
Исходим из необходимости неукоснительного соблюдения норм международного права, включая уважение суверенитета, независимости и территориальной целостности государств.
Урегулирование возникающих разногласий должно осуществляться исключительно политико-дипломатическими средствами на основе диалога и взаимного уважения.
Поддерживаем усилия Организации Объединённых Наций и государств региона, направленные на деэскалацию напряжённости, предотвращение дальнейшего распространения конфликта и установление устойчивого мира на Ближнем Востоке.
Facebook | YouTube | Instagram | X | 1 087 |
| 6 | 🇺🇿 O‘zbekiston harbiylari Koreyadagi xalqaro merganlar musobaqasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi
Mudofaa vazirligi merganlar terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan III Xalqaro merganlar musobaqasida 1-o‘rinni egalladi. Sakkizta davlatdan jamoalar qatnashgan musobqada Vetnam ikkinchi va Turkiya uchinchi bo‘ldi.
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈 | 1 598 |
| 7 | 🇩🇪🇷🇺 Россия бизга таҳдид қилмоқда - Германия ташқи ишлар вазири
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россиянинг таҳдиди нафақат ҳарбий соҳада, балки гибрид ҳужумлар, киберҳужумлар, диверсия, дезинформация ва муҳим инфратузилмага ҳужумлар орқали ҳам намоён бўлаётганини айтди.
Strategic Focus: LIVE | 1 637 |
| 8 | Fors ko‘rfazi davlatlari mintaqadagi inqirozga qanday javob bermoqda
Saudiya Arabistoni neft eksportini saqlab qolish uchun muqobil quvurlarga tayanmoqda, biroq budjet taqchilligi va qarz yukining oshishi qirollikning mega-loyihalariga bosim qilmoqda.
BAA esa inqirozni strategik imkoniyatga aylantirishga urinmoqda - Hormuzni chetlab o‘tuvchi yangi eksport yo‘llari va infratuzilmani tezlashtirmoqda.
Qatar uchun esa vaziyat ancha murakkab: suyultirilgan tabiiy gaz eksportining Hormuzga yuqori darajadagi bog‘liqligi mamlakatni mintaqadagi eng zaif bo‘g‘inlardan biriga aylantirmoqda.
O‘mon bir vaqtning o‘zida vositachi davlat va mintaqaning muhim muqobil logistika markaziga aylanmoqda.
Kuvayt va Iroq esa neft eksportiga yuqori qaramlik va muqobil yo‘nalishlarning cheklangani sababli eng katta fiskal xavflarga duch kelmoqda.
Eng muhimi, bu jarayon vaqtinchalik bo‘lmasligi mumkin. Fors ko‘rfazida energetik xavfsizlikning yangi modeli shakllanmoqda: Hormuzga qaramlikni kamaytirish, muqobil quvur va port yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda mudofaa infratuzilmasiga katta investitsiyalar kiritish.
To‘liq materialda har bir davlatning iqtisodiy yo‘qotishlari, qo‘llayotgan strategiyalari, muqobil eksport yo‘llari va inqirozning mintaqa iqtisodiyotiga uzoq muddatli ta’siri tahlil qilinadi. | 2 248 |
| 9 | Davomi
Endi esa masalaning eng muhim geosiyosiy qismiga o‘tamiz – Xitoy.
Xitoy iste’mol qiladigan neftning taxminan 73% import hisobiga to‘g‘ri keladi. Import qilinadigan neftning qariyb 53% Yaqin Sharqdan keladi. Bundan tashqari, urushdan oldin Venesuela va Eron Xitoy uchun nisbatan arzon neftning muhim manbalari bo‘lgan. Venesuela neft eksportining 85%, Eron eksportining esa 90% Xitoyga yo‘nalgan.
Shuning uchun Hormuz ustidan nazorat masalasi Eron bilan tugamaydi. Agar ushbu strategik yo‘lakdagi barqarorlik buzilsa, eng katta tashqi ta’sirlardan birini Osiyo, ayniqsa Xitoy his qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Eron AQSh va Xitoy o‘rtasidagi katta strategik raqobatning muhim geosiyosiy maydoniga aylanmoqda.
Buni sanksiyalar geografiyasining kengayishidan ham ko‘rish mumkin. AQSh Eron neftini sotib olayotgan Xitoy kompaniyalariga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni kuchaytirmoqda. Demak, iqtisodiy bosim faqat Tehronga qaratilmayapti. U Eron bilan savdo qilayotgan uchinchi tomon kompaniyalariga ham ta’sir qilmoqda. Natijada mojaroning iqtisodiy fronti Eron chegaralaridan chiqib, Xitoy iqtisodiyotiga ham kirib bormoqda.
Ammo bu bosim Xitoyni hozircha tizimli inqirozga olib kelgani yo‘q. 2026-yilning dastlabki besh oyida Xitoy neft importi qariyb 5% kamaygan, biroq Pekinning bunga qarshi muhim himoya mexanizmlari mavjud. Xitoyning strategik va tijoriy neft zaxiralari 1 milliard barreldan oshadi. Bundan tashqari, muqobil logistika kanallari va “soya floti” orqali neft tashish davom etmoqda.
Yana bir muhim raqam bor: Eron nefti Xitoyning umumiy energiya balansida atigi 2% ulushga ega. Shuning uchun Pekin uchun Eron neftining yo‘qolishi qisqa muddatda halokatli zarba emas. Ammo masala faqat Eron neftining o‘zida emas. Asosiy xavf – Yaqin Sharqdagi butun energetik ta’minot tizimining beqarorlashuvidir.
Shu sababli 2026-yil kuzidagi vaziyatni men 3 ta parallel front orqali baholagan bo‘lardim.
Birinchisi – harbiy front. Сheklangan zarbalar va Eronning harbiy infratuzilmasiga bosim davom etishi mumkin.
Ikkinchisi – iqtisodiy front. Bu sanksiyalar, neft eksportini qisqartirish va tankerlar faoliyatiga bosim orqali amalga oshiriladi.
Uchinchisi esa eng muhim front – geosiyosiy front. Ya’ni AQSh va Xitoy o‘rtasidagi strategik raqobat. Eron bu uchala yo‘nalish kesishgan nuqtaga aylanmoqda.
Shu sababli kuz uchun eng ehtimoliy ssenariy sifatida to‘liq urushni emas, boshqariladigan qarama-qarshilikni taxmin qilishimiz mumkin. Vashington uchun noyabrdagi saylovlar oldidan katta quruqlik urushiga kirish siyosiy jihatdan xavfli. Shuning uchun cheklangan zarbalar, yangi sanksiyalar, neft eksportiga bosim va tankerlar atrofidagi operatsiyalar davom etishi ehtimoli yuqori.
Bunday sharoitda Brent nefti kuz oylarida 90–120 dollar oralig‘ida qolishi mumkin. Albatta, bu qat’iy prognoz emas. Hormuzdagi vaziyat, Eronning javob harakatlari yoki yangi yirik hujumlar narxni bundan ham yuqoriga olib chiqishi mumkin.
Shunday qilib, bugungi mojaroning mohiyatini faqat “AQSh Eronga qarshi urush olib bormoqda” degan formula bilan tushuntirish yetarli emas. Mojaro bir vaqtning o‘zida uchta maqsad atrofida shakllanmoqda: Eronning harbiy va iqtisodiy imkoniyatlarini cheklash, global neft oqimlariga ta’sir qilish va Xitoyning energetik xavfsizligiga bosim o‘tkazish.
Shuning uchun asosiy savol ham o‘zgaradi. Masala endi faqat Eron taslim bo‘ladimi yoki yo‘qmi, degan savolda emas. Asosiy savol – Vashington Tehronni zaiflashtirish orqali Pekinning strategik imkoniyatlarini ham qisqartirmoqchimi?
Agar javob ha bo‘lsa, unda Eron atrofidagi mojaro oddiy Yaqin Sharq urushi emas. Bu AQSh va Xitoy o‘rtasidagi global raqobatning energetik frontidir. Va bu o‘yinda Eron eng ko‘zga tashlanayotgan figura bo‘lishi mumkin. Ammo taxtaning narigi tomonida ancha katta o‘yinchi – Xitoy turibdi.
Strategic Focus: Central Asia | 1 829 |
| 10 | Neft, Eron va Xitoy: AQShning katta geosiyosiy o‘yini
M.Imomov, Strategic Focus eksperti
2026-yil sentabriga kelib, AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi oddiy harbiy mojaro doirasidan ancha chiqib ketdi. Dastlab asosiy e’tibor Eronning yadroviy dasturiga qaratilgan bo‘lsa, bugungi vaziyatda mojaroning iqtisodiy va geosiyosiy o‘lchami tobora kuchaymoqda. Ya’ni masala endi faqat Tehronning yadroviy salohiyatida emas. Gap neft, energetika yo‘llari, sanksiyalar va eng muhimi, Xitoyning energetik xavfsizligi haqida ham ketmoqda.
Buni voqealar dinamikasining o‘zi ham ko‘rsatadi. 2025-yildagi 12 kunlik urushdan so‘ng 2026-yil boshida AQSh mintaqadagi harbiy ishtirokini kuchaytirdi va 28-fevral kuni “Epik g‘azab” operatsiyasi boshlandi. Keyingi haftalarda mojaro Fors ko‘rfazidagi energetik infratuzilmaga ham ta’sir qila boshladi. 2-mart kuni Saudi Aramco’ning Ras-Tanura neft obyektiga zarba berilishi ortidan neft narxi 140 dollardan oshdi. 18-aprelda esa Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopdi.
Bu yerda bitta raqamning o‘zi vaziyatning strategik ahamiyatini ko‘rsatadi: Hormuz orqali dunyo neftining taxminan 84%, suyultirilgan tabiiy gazning esa 83% tashiladi. Demak, bu bo‘g‘ozdagi har qanday jiddiy inqiroz Eron va Fors ko‘rfazi davlatlarining muammosi bo‘lib qolmaydi. U global energetika bozoriga bevosita ta’sir qiladi.
Shu sababli AQShning bugungi strategiyasini faqat harbiy g‘alaba orqali tushuntirish qiyin. Vashington bir tomondan Eronni kuchsizlantirishga intilmoqda, boshqa tomondan esa to‘liq miqyosdagi quruqlik urushiga kirishni istamaydi. Bosim tobora iqtisodiy urushga aylanmoqda: sanksiyalar, neft eksportini cheklash, tankerlarga zarba berish va Eronning moliyaviy imkoniyatlarini qisqartirish.
Bu strategiyaning yana bir muhim tomoni – neft narxi. Yuqori narxlar AQShning slanets nefti ishlab chiqaruvchilari uchun juda katta daromad manbasiga aylanishi mumkin. Rystad Energy hisob-kitobiga ko‘ra, 2026-yilda AQSh slanets kompaniyalarining daromadi 63,4 milliard dollarga yetishi mumkin.
Ammo bu yerda Vashington uchun paradoks paydo bo‘ladi. Neft narxining oshishi ishlab chiqaruvchilar uchun foydali bo‘lsa-da, oddiy amerikalik iste’molchi uchun aksincha, salbiy oqibatga ega. Avgust oxirida AQShda benzin narxi 1 gallon uchun 4 dollardan oshdi. Bu esa noyabrda bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlari oldidan siyosiy jihatdan sezgir masalaga aylanadi. Shuning uchun AQSh ma’muriyati uchun muhim vazifa – Eronga yetarlicha iqtisodiy bosim o‘tkazish, lekin ichki bozorda yoqilg‘i narxining haddan tashqari oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Strategic Focus: Central Asia | 1 338 |
| 11 | Харитани тўғрилаш дунёни қандай кўришимизни ўзгартирадими? 2/2
Хариталарда XXI аср геосиёсатининг яна бир хусусияти намоён бўлади. Маконни фақат ҳудудлар орқали тушуниб бўлмай қолди. Давлатларнинг қудрати уларнинг майдони билан бир қаторда транспорт йўлаклари, портлар, энергия тармоқлари, молиявий каналлар, маълумот оқимлари ва рақамли инфратузилмалар устидан назорат қилиш қобилияти билан ҳам белгиланади. Дунё харитаси ҳудудлар харитасидан оқимлар ва боғлиқликлар харитасига ҳам айланмоқда.
Бу тенденция Марказий Осиё учун айниқса муҳим. Сабаби минтақанинг глобал аҳамиятини баҳолашда унинг ҳудудий катталигидан кўра транспорт коридорлари, Каспий орқали боғланиш имкониятлари, Европа ва Осиё бозорларига чиқиш каналлари, рақамли ва энергетик тармоқлардаги ўрни тобора кўпроқ аҳамият касб этмоқда. Шу боис геосиёсий харитани тушуниш учун давлатларнинг қаерда жойлашганини билиш билан етарли бўлмайди. Уларнинг қандай боғланганини ҳам кўра билиш керак.
Албатта, "Correct the Map" дунё сиёсий тартиботини бир овоз билан ўзгартирмайди. Африка харитада каттароқ кўриниши билан унинг иқтисодий ёки сиёсий қудрати автоматик равишда ошиб қолмайди. Лекин тасаввур ҳам сиёсатнинг бир қисми. Қайси ҳудуд қандай кўриниши ва қайси минтақа марказ ёки периферия сифатида қабул қилиниши глобал онгга барибир таъсир қилади.
Шунинг учун харитани тўғрилаш ҳақидаги баҳс аслида дунёни қайта кўриш ҳақидаги баҳсдир.
Харита дунёни ўзгартирмайди. Аммо дунёни қандай кўришимизни ўзгартириши мумкин. "Correct the Map" ташаббусининг энг муҳим сиёсий маъноси ҳам шунда.
Глобал Жануб дунё қандай тасвирланиши ҳақидаги қарорларда фаолроқ иштирок этмоқда. Демак, геосиёсатда ҳудуд учун кураш билан бир қаторда дунёни қандай тасаввур қилиш ҳуқуқи учун кураш ҳам кучаймоқда.
@muxtor_nazirov | 1 458 |
| 12 | Харитани тўғрилаш дунёни қандай кўришимизни ўзгартирадими? 1/2
БМТ Бош Ассамблеяси томонидан "Correct the Map" ташаббусини қўллаб-қувватловчи резолюция қабул қилиниши бир қарашда картографияга оид техник масаладек кўринади. Аслида унинг сиёсий маъноси, агар Меркатор проекциясини эътиборга олсак, анча катта.
XVI асрда яратилган бу харита навигация учун жуда қулай бўлган. Унда йўналишлар ва бурчаклар яхши сақланади. Шу сабабли у денгиз саёҳатларида узоқ вақт муҳим восита бўлиб хизмат қилган. Муаммо - қутбларга яқинлашган сари ҳудудларнинг катталашиб кўринишида. Экватор атрофидаги Африка эса ўзининг ҳақиқий майдонига нисбатан анча кичик тасаввур уйғотади. Африка Гренландиядан қарийб 14 марта катта. Меркатор харитасида эса бу фарқни кўз билан илғаш қийин.
Харита инсоннинг дунё ҳақидаги тасаввурини шакллантиради. Ҳудуднинг харитадаги кўриниши унинг ҳажми, аҳамияти ва глобал ўрни ҳақидаги интуитив тасаввуримизга таъсир қилади. Шу нуқтада харита сиёсий масалага айланади.
Европа узоқ вақт давомида дунё хариталарининг марказида турган. У юқорида ва кўпинча марказга яқин жойлаштирилган. Африка ва Жанубий Америка эса нисбатан пастроқ ва кичикроқ кўринган. Бундай жойлашув дунё ҳақидаги муайян психологик кўникмани шакллантиради. Қайси ҳудуд марказда, қайси минтақа чеккада экани визуал образ орқали ҳам қабул қилинади.
Эдвард Саид "Ориентализм" асарида Ғарбнинг Шарқ ҳақидаги тасаввурлари география билан боғлиқ образлар орқали шаклланганини қайд этади. "Ғарб" ва "Шарқ" тушунчалари оддий географик координаталардан кўра кенгроқ маъно касб этган. Кейинчалик танқидий назария мактаблари хариталарнинг ҳам ҳокимият, билим ва сиёсий тасаввурлар билан боғлиқлигини ўрганди.
Демак, харита шунчаки ҳудудни тасвирламайди. У дунёни маълум бир тартибда кўришга ўргатади. Мустамлакачилик тарихи бу фикрни янада яққол тасдиқлайди. Африка харитасидаги кўплаб давлат чегаралари маҳаллий жамиятларнинг тарихий ва ижтимоий тузилишига тўлиқ мос келмайди. XIX аср охирида Европа давлатларининг Африкадаги рақобати натижасида шаклланган ҳудудий чегаралар кейинчалик мустақил давлатларга мерос бўлиб ўтди. Географик маконни қандай бўлишиш масаласи сиёсий ҳокимиятдан ажралмаган эди.
Шу нуқтаи назардан "Correct the Map" ташаббуси Африка ва бошқа минтақаларнинг дунё харитасида қандай кўринишини қайта кўриб чиқишга ундамоқда. Уни деколониал тафаккурнинг замонавий кўринишларидан бири дейиш мумкин.
Того ташаббусининг муҳим жиҳати ҳам шунда. Меркатор проекциясини тарихдан ўчириб бўлмайди, у навигация учун яратилган ва ўз вазифаси учун самарали восита бўлиб қолади. Масала харитани қайси мақсадда ишлатаётганимизда. Майдонларни таққослаш учун бошқа проекциялар аниқроқ тасаввур беради. Equal Earth шундай вариантлардан бири сифатида таклиф қилинмоқда.
Дунёда мутлақо идеал харита мавжуд эмас. Ер шарини текис қоғозга туширишнинг ўзи маълум даражада бузилишни келтириб чиқаради. Бир проекция майдонни яхшироқ сақлайди, бошқаси масофа, шакл ёки йўналишни. Шунинг учун савол "қайси харита тўғри?"дан кўра "қайси мақсад учун қайси харита тўғри?" тарзида қўйилиши керак.
Рақамли даврда бу масала янада долзарб бўлиб қолмоқда. Бугун дунё харитасини атлас ва глобусдан ташқари Google Maps, онлайн платформалар, ахборот сайтлари ва ижтимоий тармоқлар орқали ҳам кўрамиз. Web Mercator каби проекциялар рақамли хариталашда кенг қўлланилади. Шу сабабли харита танлови миллиардлаб одамларнинг кундалик визуал тажрибасига таъсир қилмоқда.
@muxtor_nazirov | 1 428 |
| 13 | Bugungi vaziyatda eng katta xavf Eron va AQSh o‘rtasidagi qarama-qarshilikning aynan Hormuz bo‘g‘ozida yangi bosqichga chiqishi bilan bog‘liq.
Yaqin haftalarda Hormuz bo‘g‘ozida yanada jiddiy to‘qnashuvlar yoki hujumlar sodir bo‘lishi mumkin. Buning sababi oddiy – bugungi kunda Hormuz bo‘g‘ozi Eronning AQShga qarshi eng muhim bosim vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Biroq bu ustunlik doimiy emas. Vashington ham Eronning Hormuz orqali bosim o‘tkazish imkoniyatlarini cheklash va ushbu vositaning strategik ahamiyatini kamaytirishga harakat qilmoqda.
Fikrimizcha, eng katta xavf – noto‘g‘ri hisob-kitobda. Tomonlardan birining cheklangan deb hisoblagan zarbasi ikkinchi tomon tomonidan “qizil chiziq”ning buzilishi sifatida qabul qilinishi mumkin. Bunday holatda keskinroq javob zarbasi beriladi va eskalatsiyani nazorat qilish tobora qiyinlashadi.
Shu sababli hozirgi vaziyatga haddan tashqari optimistik qarash to‘g‘ri emas. Hormuzdagi bitta jiddiy hodisa ham bugungi cheklangan qarama-qarshilikni keng ko‘lamli urushga aylantirishi mumkin.
Strategic Focus: Middle East and North Africa | 1 436 |
| 14 | Даҳшатли мантиқ!
Асосан давлат хизматчилари ўқийдиган каналда бундай мизоген постлар биринчи марта чиқаётгани йўқ. Кўпчиликка ёқса ҳам, юристга ярашмайдиган асоссиз гап.
Ҳеч ким алиментга бирга яшаётган боласига ва аёлига берганчалик кўп пул бермайди. Гап фақат пулда ҳам эмас. Бола ўн саккиз ёшга етганида тугайди бу пул барибир. Ажрашиш ортидан келадиган ноаниқлик, беқарорлик алимент пулига арзимайди.
Аёл "бой эрга тегиб олиш"ни эплаганида ҳам, ҳеч ким алимент ундириш учун ажрашиб кетмайди. Бой одам билан бирга оила бўлиб яшагани ҳар томонлама яхши, агар у оилада жиддий муаммо бўлмаса.
Ҳатто бу абсурд мантиқни давом эттириб, фаразан алимент олишни бизнес деб баҳоласак ҳам, бу энг катта рискли бизнес бўлар эди. Чунки боланинг харажати кўп, 18 йил мунтазам бу харажатлар ортиғи билан ундирилишига кафолат йўқ.
Бўлиши мумкин бўлган нарса шуки, аёллар ўз фарзандларига яхши ота танлашни исташади, бўлажак турмуш ўртоғини шу нуқтаи назардан танлайди, шунинг учун ҳаётида пайдо бўлган энг омадли ва даромадли инсондан фарзанд кўргиси келади. Бу таъминотнинг энг катта кафолати оилани бузмай, эр билан бирга яшаш (агар эр бошқа чора қолдирмаса, ажрашади).
Бунақа постлар оилаларга путур етказади, болаларнинг нормал ҳаёти учун зарур таъминотдан маҳрум қилинишига ҳисса бўлиб қўшилади. Никоҳни расман қайд этиш хоҳишини камайтиради. Боласига алимент бераётган оталар ўзини алданган ва "соғилаётган" ҳисоблаб алиментдан қочишга уриниш кўпаяди, давлат тузилмаларига юкламалар ортади.
Юз минглаб одамларга гапираётганда, фикрининг жамиятга, айниқса унинг энг ожиз қатлами манфаатига қандай таъсир қилишини ўйлаш керак, сўз масъулияти, оддий инсонийлик бу.
Давлат алиментни болага белгилайди. Бола манфаати ҳамма нарсадан устун.
Шундай фикрлайдиган эркакларни тўққиз ой қорнига юк бойлаб юргизиб, 16 соат тўлғоқ азобини торттириб, 3 йил тунда ухлатмаслик, кейин бир умр боласига ҳам ота, ҳам она бўлиб, барча инжиқликлари ва муаммоларини ёлғиз кўтаришга мажбурлаш керак. Шунда "бола туғишни бизнес қилиб олиш" деган мантиқсиз фикрни ўйлашга ҳам ҳоли бўлмайди.
@shahnozxon | 1 653 |
| 15 | ➖ Prezidentning Qirg‘izistonga tashrifi, O‘zbekiston yetakchisi o‘tkazgan samarali uchrashuvlar;
➖ ShHTning Bishkek sammiti, unda muhokama qilingan mavzular yuzasidan siyosatshunos bilan suhbat;
➖ Bir asrlik binoga qayta hayot bergan Zamonaviy san’at markazidan reportaj.
“Yangi zamon”da bugun ushbu mavzular tahlili va tafsilotini tomosha qiling.
⏰ Bugun, soat 20:20 da
📺 “Sevimli” telekanalida
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈 | 1 630 |
| 16 | Munirga berilgan keng vakolatlar Pokiston harbiy siyosatida jiddiy o‘zgarishlarni anglatadi. Endilikda u parlamentning alohida roziligisiz harbiy kuchlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Eng avvalo, bu vakolatlar Afg‘onistondagi TTP va boshqa qurolli guruhlarga qarshi harbiy operatsiyalarni kuchaytirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Xullas, Tolibon uchun vaziyat ancha murakkablashmoqda. | 1 723 |
| 17 | Pokiston Parlamenti mamlakat tarixida ilk bor quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Asim Munirga misli ko‘rilmagan vakolatlarni berdi. Endilikda Munir Pokistonning quruqlikdagi qo‘shinlari, Harbiy-dengiz kuchlari va Harbiy-havo kuchlarining yagona qo‘mondoni maqomiga ega bo‘ldi.
Endi u Hukumat roziligisiz barcha qo‘shin turlaridagi harbiy xizmatchilarni lavozimidan ozod etish, zaxiraga chiqarish yoki xizmatda qoldirish huquqiga ega. Uning besh yillik vakolat muddati kamida 2030-yilgacha davom etadi.
Strategic Focus: Central Asia | 1 909 |
| 18 | 🌍 Rossiya: "G'arb Afg'onistonni bahona qilib, Markaziy Osiyoda harbiy infratuzilma o'rnatmoqchi"
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o'rinbosari Aleksey Shevtsov Sharqiy iqtisodiy forumida (EEF) Yevroosiyo mintaqasidagi geosiyosiy vaziyat va logistika yo'laklari atrofidagi kurashlar haqida qator keskin bayonotlar berdi.
Asosiy tezislar:
▪️ Markaziy Osiyodagi harbiy qiziqishlar: G'arb davlatlari Afg'onistondan keladigan xavfni ataylab bo'rttirib ko'rsatmoqda. Asosiy maqsad — ushbu bahona ostida Markaziy Osiyo davlatlari hududida o'z harbiy infratuzilmasini joylashtirish.
▪️ Yevroosiyo resurslari va logistikasi: Afrikadagi ta'sir doirasini yo'qotayotgan G'arb mamlakatlari endilikda Yevroosiyoning boy resurslari va muhim logistika yo'nalishlariga chiqishga harakat qilmoqda.
▪️ Mintaqaviy ziddiyatlar: Ukraina, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Afg'oniston va Tayvan bo'g'ozidagi keskinliklar — mintaqani beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarning bir qismidir.
▪️ Kavkazdagi tranzit loyihalari: Armanistondagi tranzit loyihasi iqtisodiy jihatdan samarasiz bo'lsa-da, u orqali AQSh Eron chegaralari yaqinida o'z razvedka va harbiy infratuzilmasini o'rnatishni ko'zlamoqda.
▪️ Xavfsizlik arxitekturasi: Mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy hamkorlikni ta'minlashda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) va Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) markaziy rolni o'z zimmasiga olishi lozim.
Shevtsovning qo'shimcha qilishicha, joriy yilda NATO mamlakatlari 100 dan ortiq harbiy mashg'ulotlar o'tkazgan. Ularning aksariyati alyansning sharqiy qanotida bo'lib o'tgan va mudofaadan ko'ra ko'proq hujumkor operatsiyalarga, jumladan, mudofaa chiziqlarini yorib o'tish va hududlarni egallashga qaratilgan.
Manba: Ariana
👉@suhrob_buranov👈 | 1 691 |
| 19 | Aziz doʻstlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Ushbu ulug‘ va qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, hayotingizga farovonlik va osoyishtalik tilaymiz.
Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha ahil va farovon bo‘lsin! O‘zbekistonimizning mustaqilligi abadiy, kelajagi buyuk, davlat bayrog‘i esa hamisha baland hilpirab tursin!
Hurmat bilan,
Strategic Focus jamoasi
Strategic Focus: Central Asia | 7 694 |
| 20 | Hech shubhasiz, AQSh Eron ustidan ulkan harbiy ustunlikka ega. Ammo asosiy muammo boshqa joyda: uzoq davom etayotgan urush Amerika armiyasi uchun aynan katta mojaro olib borishda zarur bo‘lgan resurslarni tobora kamaytirmoqda.
Urushning 39 kunlik eng intensiv bosqichida AQSh yetti turdagi muhim yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilardan to‘rttasi bo‘yicha urushgacha bo‘lgan zaxiraning yarmidan ko‘prog‘ini sarflagan.
Jumladan, 1000 dan ortiq Tomahawk raketasi; qariyb 1100 ta JASSM raketasi; PrSM raketalarining deyarli butun zaxirasi; THAAD raketalari zaxirasi fevral oyidan beri uchdan ikki qismdan ko‘proqqa kamaygan.
Bu endi faqat bitta harbiy kampaniyaning narxi masalasi emas.
CSISga ko‘ra, zaxiralarni tiklash 1 yildan 4 yilgacha vaqt olishi mumkin.
Tomahawk ishlab chiqarishini yiliga 1000 dan ortiq raketagacha, THAAD ishlab chiqarishini esa hozirgi 96 tadan 400 tagacha oshirish rejalashtirilmoqda. Patriot tizimi uchun PAC-3 MSE ishlab chiqarilishi esa 2030 yilga borib 2000 donaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ammo AQSh oldida yana bir muammo bor.
Amerika qurolli kuchlari Yaqin Sharqdagi urush bilan bir vaqtda boshqa ehtimoliy mojaro yo‘nalishlarini ham hisobga olishi kerak. Eng avvalo, Hind-Tinch okeani mintaqasini (Xitoy).
Shuning uchun Eron bilan urushning davom etishi faqat Pentagon xarajatlari bilan o‘lchanmaydi.
Yaqin Sharqdagi har bir qo‘shimcha raketa, tutib qoluvchi tizim yoki aviatashuvchi guruh - boshqa strategik yo‘nalishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan resursdir.
Bundan tashqari, inson omili ham bor.
Abraham Lincoln aviatashuvchisi 260 kundan ortiq vaqt davomida safarbarlikda bo‘ldi. Shu davrda ta’minotdagi uzilishlar va ekipajning ruhiy holati yomonlashgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Shuning uchun Vashington tobora murakkab tanlovga duch kelmoqda: urushni davom ettirib, uzoq davom etadigan mojaroning narxini oshirish yoki harbiy ustunlik hali saqlanib turgan paytda siyosiy yechim izlash.
Shu sababli AQShning yuqori aniqlikdagi qurollar zaxirasining kamayishi Vashingtonni yana muzokaralar stoliga qaytishga undashi mumkin bo‘lgan muhim omillardan biridir.
Strategic Focus: Atlantic | 6 033 |
