uz
Feedback
Strategic Focus: Central Asia

Strategic Focus: Central Asia

Kanalga Telegram’da o‘tish

Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali Strategic Focus: Central Asia analitikasi

Strategic Focus: Central Asia (@stratfocusca) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 14 546 obunachidan iborat bo'lib, Siyosat toifasida 3 795-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 5 607-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 14 546 obunachiga ega bo‘ldi.

11 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -675 ga, so‘nggi 24 soatda esa -20 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 15.75% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 8.93% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 2 295 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 1 301 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 38 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating. @stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa @stratfocusmena - Yaqin Sharq va Mag’rib Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 12 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Siyosat toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

14 546
Obunachilar
-2024 soatlar
-1797 kunlar
-67530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyul '26
Iyul '26
+24
5 kanalda
Iyun '26
+82
7 kanalda
Get PRO
May '26
+69
7 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+1 614
10 kanalda
Get PRO
Mart '26
+5 417
15 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+2 133
9 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+3 039
13 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+15 707
29 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+157
15 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+346
24 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+404
25 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+131
20 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+2 281
35 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+398
37 kanalda
Get PRO
May '25
+1 102
55 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+630
19 kanalda
Get PRO
Mart '25
+909
22 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+254
10 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+143
16 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+457
34 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+647
15 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+4 267
33 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+243
14 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+723
32 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+1 138
23 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+1 480
23 kanalda
Get PRO
May '24
+2 321
30 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+311
18 kanalda
Get PRO
Mart '24
+630
19 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+5 138
14 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
12 Iyul0
11 Iyul+2
10 Iyul+4
09 Iyul+4
08 Iyul+1
07 Iyul+1
06 Iyul+4
05 Iyul+4
04 Iyul+4
03 Iyul0
02 Iyul0
01 Iyul0
Kanal postlari
Ўзбекистон ва Озарбайжон Каспийда қўшма флот ташкил этишни режалаштирмоқда Ўзбекистон ва Озарбайжон Каспий денгизида қўшма транспорт флотини ташкил этиш ҳамда денгиз логистикаси соҳасида қўшма корхона тузиш имкониятларини фаол муҳокама қилмоқда. Лойиҳа Хитой ва Марказий Осиёни Европа билан боғлайдиган энг йирик муқобил йўналиш – Транскаспий халқаро транспорт йўлаги, яъни “Ўрта коридор” (Middle Corridor)ни ривожлантиришга қаратилган муҳим стратегик ташаббуслардан бири сифатида баҳоланмоқда. Ўзбекистон инвестициялар, саноат ва савдо вазирининг ўринбосари Хуррам Тешабаевнинг Озарбайжоннинг “Report” агентлигига берган интервьюсида маълум қилишича, мазкур режа доирасида “Ўзтемирйўлкарго” АЖ ҳамда Озарбайжоннинг “ASCO” (Azerbaijan Caspian Shipping Company) миллий денгиз кемачилиги ширкати ўртасида қўшма корхона ташкил этиш, шунингдек, Каспий денгизида умумий юк флотини шакллантириш бўйича амалий музокаралар олиб борилмоқда. Дунё харитасида икки карра қуруқлик билан ўралган (очиқ денгизга чиқиш учун камида икки давлат чегарасини кесиб ўтиши шарт бўлган) Ўзбекистон учун ушбу ташаббус денгиз логистикаси имкониятларини кенгайтириш ва транспорт харажатларини сезиларли даражада қисқартириш йўлида тарихий аҳамиятга эга. Ташкил этилажак қўшма флот Каспий денгизи орқали юк ташиш тезлиги ва самарадорлигини кескин ошириб, “Ўрта коридор”нинг умумий ўтказувчанлик қобилиятини кенгайтиради. Бу эса Марказий Осиё минтақасидан Кавказ ва Европа бозорларига чиқувчи мултимодал транспорт занжирининг рақобатбардошлигини кучайтириш баробарида, Тошкент ва Боку ўртасидаги савдо-иқтисодий алоқаларни янада чуқурлаштиришга хизмат қилади. Сўнгги йилларда дунёдаги геосиёсий ўзгаришлар ва Евроосиё қитъасидаги янги логистика эҳтиёжлари туфайли Қозоғистон ва Ўзбекистондан Каспий денгизи орқали Озарбайжонга, у ердан эса Грузия ва Туркия орқали Европага чиқадиган ушбу йўлакнинг аҳамияти геометрик суръатда ортиб бормоқда. Мазкур транспорт тизимининг энг марказий ва нозик бўғини ҳисобланган Каспий денгизида янги лойиҳанинг ишга туширилиши денгиз орқали қатнайдиган паром ва юк кемалари имкониятларини кенгайтиради. Натижада товарларни якуний манзилга етказиб бериш муддатлари қисқариб, маҳаллий экспортчиларнинг харажатлари камаяди ва ҳар икки республиканинг транзит салоҳияти янада мустаҳкамланади. @gayratkhodjasaydaliev

2
Netanyaxu davri yakunlanmoqdami? Isroil siyosatida kuchlar muvozanati o‘zgarmoqda Isroilda o‘tkazilgan so‘nggi ijtimoiy so‘rov natijalari mamlakat siyosiy hayotida jiddiy burilish yuz berayotganini ko‘rsatmoqda. “Channel 13”telekanali e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil sentyabrida tashkil etilgan va sobiq Bosh shtab boshlig‘i Gadi Ayzenkot boshqarayotgan “Yashar” partiyasi ilk bor hukmron “Likud”ni ortda qoldirdi. So‘rov natijalarida “Yashar” 23 ta, “Likud” esa 22 ta parlament o‘rniga ega bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu esa ko‘p yillardan buyon Isroil siyosatining markaziy figurasi bo‘lib kelgan Binyamin Netanyaxu uchun jiddiy siyosiy signal hisoblanadi. Bundan ham muhim jihat shundaki, bosh vazir lavozimiga munosib nomzod sifatida respondentlarning 46 foizi Gadi Ayzenkotni, 36 foizi esa Netanyaxuni qo‘llab-quvvatlagan. Bu ko‘rsatkichlar Isroil jamiyatida xavfsizlik masalalarida tajribaga ega, biroq urushni cheksiz davom ettirish tarafdori bo‘lmagan yangi yetakchiga talab ortayotganini anglatadi. Ayzenkot G‘azodagi urush vaqtida o‘g‘li va ikki jiyanini yo‘qotganiga qaramay, harbiy operatsiyalarni siyosiy maqsadlarga aylantirishga qarshi chiqdi, otashkesim zarurligini ilgari surdi va shu sababli harbiy kabinetni tark etdi. Ushbu pozitsiya uni urushdan charchagan elektorat uchun muqobil siyosiy figura sifatida shakllantirdi. So‘rov natijalari parlamentdagi kuchlar nisbatida ham tub o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda. Agar saylovlar bugun o‘tkazilsa, Netanyaxu boshchiligidagi hukmron koalitsiya atigi 51 ta o‘rin, muxolifat esa 69 ta o‘rin qo‘lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, hukumatning ultrao‘ng qanotdagi asosiy ittifoqchilaridan biri bo‘lgan Smotrich partiyasi hatto parlamentga kirish uchun zarur bo‘lgan saylov to‘sig‘idan ham o‘ta olmayotgani qayd etilmoqda. Bu esa Netanyaxuning siyosiy tayanchi tobora zaiflashayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda Knessetni tarqatib yuborish masalasi kun tartibiga chiqishi kutilmoqda, navbatdagi parlament saylovlari esa joriy yilning oktyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Demak, Isroil siyosati hal qiluvchi bosqichga kirib bormoqda. Agar mavjud tendensiyalar saqlanib qolsa, bu nafaqat hukumat almashinuvi, balki Isroilning G‘azo mojarosi, Falastin masalasi va umuman Yaqin Sharqdagi strategiyasini qayta ko‘rib chiqish ehtimolini ham oshiradi. Ayzenkotning hokimiyatga kelishi xavfsizlik masalalarida qat’iy pozitsiyani saqlab qolgan holda, diplomatik vositalarga ko‘proq urg‘u beruvchi siyosatga yo‘l ochishi mumkin. Bugungi so‘rovlar hali saylov natijasi emas. Biroq ular bir narsani aniq ko‘rsatmoqda: Isroilda Netanyaxuning siyosiy monopoliyasi ilk bor jiddiy sinovga duch kelmoqda va mamlakat yangi siyosiy davr ostonasida turibdi. Strategic Focus: Central Asia
1 354
3
Foreign Policy: Netanyaxu nega Turkiyani yangi asosiy tahdid sifatida ko‘rsatmoqda? Foreign Policy yozishicha, AQSH va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik yana kuchaygan bir paytda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu asosiy e’tiborni Eronga emas, tobora ko‘proq Turkiyaga qaratmoqda. Nashrga ko‘ra, bu faqat xavfsizlik masalasi emas, unda ichki siyosiy hisob-kitob ham bor. Maqolada qayd etilishicha, Netanyaxu Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi Turkiyani Isroil uchun uzoq muddatli strategik raqib sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Anqaraning Suriya va mintaqadagi ta’siri kuchayishi, harbiy salohiyati hamda Falastin masalasidagi keskin pozitsiyasi Isroilda xavotir uyg‘otmoqda. Biroq nashrning asosiy fikri shuki, Netanyaxu Turkiya tahdidini bo‘rttirayotgan bo‘lishi mumkin. Isroilda 2026-yil oktabrida saylovlar kutilayotgan bir paytda, tashqi dushman obrazini kuchaytirish Netanyaxuga o‘zini mamlakat xavfsizligining asosiy kafolati sifatida ko‘rsatishga yordam beradi. Shu sababli Isroil-Turkiya ziddiyati endi faqat ikki davlat o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat emas. U Netanyaxuning ichki siyosiy kurashi va hokimiyatni saqlab qolish strategiyasining ham bir qismiga aylanmoqda.
1 233
4
AQSH va Eron o‘rtasidagi muvaqqat sulhning barbod bo‘lishi ortidan Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlik yangi va yanada xavfli bo
AQSH va Eron o‘rtasidagi muvaqqat sulhning barbod bo‘lishi ortidan Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlik yangi va yanada xavfli bosqichga kirdi. AQSH harbiy kuchlari tomonidan Eronning Goliston viloyatidagi strategik ahamiyatga ega Oq Taqeh Xon temir yo‘l ko‘prigiga berilgan raketa zarbasi nafaqat harbiy, balki geoiqtisodiy maqsadlarni ham ko‘zlagan operatsiya sifatida baholanmoqda. Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) hujumni AQSH amalga oshirganini tasdiqladi. Insoniy talofatlar qayd etilmagan bo‘lsa-da, zarba mintaqadagi muhim logistika zanjirlarining uzilishiga olib keldi. Hujum vaqti tasodifiy tanlanmagan. Ko‘prikning ishdan chiqishi Tehron hamda Eron janubidan Mashhad shahriga qatnovchi yo‘lovchi va yuk poyezdlarini to‘liq to‘xtatdi. Aynan shu kuni Mashhadda joriy yil fevral oyi oxirida AQSH - Isroil qo‘shma zarbalari oqibatida halok bo‘lgan Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning vidolashuv va kechiktirilgan dafn marosimi bo‘lib o‘tayotgan edi. Shu sababli Eron davlat temir yo‘llari yo‘lovchilarni avtomobil transporti orqali tashishga majbur bo‘ldi. Mazkur voqea 2-iyul kuni Xatam al-Anbiya markaziy shtabi qo‘mondoni Ali Abdollohiy tomonidan AQSH va Isroilga nisbatan yangragan keskin ogohlantirishlardan so‘ng sodir bo‘lgani ham e’tiborga loyiq. Oq Taqeh Xon ko‘prigi Oq Qal’a – Inche Burun temir yo‘l yo‘nalishining ajralmas qismi bo‘lib, Eronni Xitoy, Qozog‘iston, Turkmaniston va Rossiya bilan bog‘lovchi strategik transport koridorida joylashgan. Ushbu yo‘nalish Xitoyning Sian va Ivu shaharlaridan boshlanib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston orqali Tehron yaqinidagi Aprin quruqlik portigacha 10 400 kilometrdan ortiq masofani qamrab oladi. “Tehran Times” ma’lumotlariga ko‘ra, koridorning yillik tranzit quvvati 1 million tonnadan ortiq yukni tashkil etadi va haftasiga 5 tagacha yuk poyezdi qatnovini ta’minlaydi. WANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 9 oy davomida ushbu yo‘nalish orqali Xitoydan Eronga 43 ta yuk poyezdi yetib kelgan bo‘lib, bu avvalgi davrga nisbatan qariyb 6 baravar ko‘pdir. Mazkur poyezdlar asosan quyosh panellari, elektr stansiyalari uskunalari hamda sanoat ehtiyot qismlarini (katta ehtimol bilan, harbiy texnika ham) tashigan. 2025-yil oxiridan boshlab Rossiya ham Eronga yuk tashish uchun ushbu temir yo‘l marshrutidan faol foydalana boshlagan edi. Hormuz bo‘g‘ozidagi xavfsizlik tahdidlari ortib borayotgan bir paytda mazkur quruqlik koridori Xitoy, Eron va Markaziy Osiyo uchun muqobil strategik yo‘nalishga aylangan edi. Mazkur zarbalar 17-iyun kuni Pokiston vositachiligida AQSH va Eron o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumining amalda barbod bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Hujjat 28-fevralda boshlangan urushni to‘xtatish, Eron yadroviy dasturini cheklash hamda Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini xavfsiz ta’minlash maqsadida 60 kunlik muzokaralar davrini nazarda tutgan edi. Biroq Hormuz bo‘g‘ozida uchta kemaga hujum uyushtirilganidan so‘ng AQSH prezidenti Donald Tramp kelishuv “yakunlandi” deya e’lon qildi. Shundan keyin AQSH Eronning boshqa infratuzilma obyektlariga ham zarbalar berdi. Eron esa javoban Bahrayn va Kuvaytdagi AQSH obyektlariga hujum qildi, keyinchalik Iordaniya, Kuvayt va Iroqdagi obyektlarga qo‘shimcha zarbalar yo‘lladi. Umuman olganda, Oq Taqeh Xon ko‘prigiga berilgan zarba AQSH strategiyasining yangi bosqichini anglatadi. Endilikda asosiy nishon faqat harbiy obyektlar emas, balki Eronni Xitoy, Rossiya va Markaziy Osiyo bilan bog‘lovchi transport hamda logistika infratuzilmasidir. Bu holat Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham yangi xavflarni yuzaga chiqarmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston ishtirok etayotgan xalqaro transport yo‘laklari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, mintaqaviy tranzit barqarorligini zaiflashtirishi va logistika xavfsizligi bo‘yicha yangi geosiyosiy tahdidlarni kuchaytirishi mumkin. G.Komilova, mustaqil ekspert Strategic Focus: Central Asia
1 463
5
Davomi Hech shubhasiz, Vashington va Tehron o‘rtasidagi qarama-qarshilik yana eng yuqori keskinlik bosqichiga chiqdi. Tramp 17-iyunda imzolangan va Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini avgust oyigacha uzaytirgan vaqtinchalik kelishuvni amalda yakunlangan deb e’lon qildi. AQSh Eron neftining eksportiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalardan vaqtinchalik ozod qilish rejimini ham bekor qildi. Keyingi bosqichda Vashington Eronning dengiz blokadasini qayta tiklashga urinishi ehtimoldan xoli emas. 28-fevral kuni AQSh va Isroil tashabbusi bilan boshlangan harbiy qarama-qarshilik endilikda to‘liq miqyosli mintaqaviy mojaroning yangi bosqichiga aylanib bormoqda. Vashington infratuzilmaga bosim o‘tkazish orqali Tehronni o‘zi uchun maqbul kelishuvga majbur etishga intilmoqda. Biroq Eronning javob zarbalari hamda IIQKning Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq falaj qilish haqidagi tahdidlari yaqin kunlarda yirik harbiy to‘qnashuvlar xavfini yanada oshirmoqda. M.Imomov, Strategic Focus eksperti Strategic Focus: Central Asia
1 649
6
8-apreldagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan so‘ng AQSh ilk bor Erondagi yirik fuqarolik infratuzilmasiga keng ko‘lamli z
8-apreldagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan so‘ng AQSh ilk bor Erondagi yirik fuqarolik infratuzilmasiga keng ko‘lamli zarbalar berdi. Bu safargi operatsiya faqat an’anaviy harbiy nishonlar bilan cheklanmay, Vashingtonning Tehronga nisbatan strategiyasida tub burilish yuz berganini ko‘rsatmoqda. AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kemalari va qiruvchi samolyotlari bir kecha ichida 90 dan ortiq nishonni yakson qildi. Bu joriy yil boshidagi harbiy harakatlar avj olgan davrdan buyon eng yirik zarbalar seriyasi hisoblanadi. Hujumlar Eronning 1 100 kilometrdan ortiq qirg‘oq hududini qamrab oldi. Eron OAVlariga ko‘ra, portlashlar Fors ko‘rfazidagi Bushehr viloyatidan Hind okeani sohilidagi, Pokiston chegarasi yaqinida joylashgan Chobahor portigacha bo‘lgan hududlarda kuzatilgan. Shuningdek, Bandar-Abbos, Sirik, Xarg va Lavan orollaridagi qirg‘oq infratuzilmasi ham nishonga olingan. Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ikki kunlik hujumlar oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 78 kishi esa yaralangan. Eng muhim jihatlardan biri shundaki, AQSh qanotli raketalari Mashhad yo‘nalishidagi temir yo‘l ko‘priklarini, jumladan Oq Taqeh Xon ko‘prigini nishonga oldi. Ushbu ko‘prik Eronni Turkmaniston va Qozog‘iston orqali Rossiya hamda Xitoy bilan bog‘lovchi xalqaro strategik transport yo‘lagining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. AQSh rasmiylari mazkur yo‘nalish harbiy texnika tashishda qo‘llanilganini da’vo qilmoqda. Biroq bunday zarba transchegaraviy savdo yo‘laklariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi va Tehronning strategik hamkorlariga ham siyosiy signal sifatida qabul qilinishi mumkin. AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) operatsiya Hormuz bo‘g‘ozida tijorat kemalariga uyushtirilgan dron hujumlariga javob ekanini hamda uning asosiy maqsadi Eronning dengiz qatnoviga tahdid solish salohiyatini zaiflashtirishdan iboratligini bildirdi. Eron Tashqi ishlar vazirligi esa fuqarolik infratuzilmasiga qilingan zarbalarni “og‘ir urush jinoyati” deb baholadi. Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) bunga javoban Bahrayn, Kuvayt va Qatardagi AQSh harbiy obyektlariga raketa zarbalari berganini ma’lum qildi. Ekspertlar aytishicha, Tramp ma’muriyati Tehronga nisbatan “kuch diplomatiyasi” strategiyasiga qaytmoqda. Aprel oyining boshida D.Tramp Eron urushni yakunlash bo‘yicha taklif bermasa, mamlakatning ko‘priklari va energetika infratuzilmasi tizimli ravishda yo‘q qilinishidan ogohlantirgan edi. O‘sha paytda Karaj yaqinida qurilayotgan yirik B1 osma ko‘prigiga berilgan zarba Tehronni muzokaralar stoliga qaytishga majbur qilgan. Biroq iyun oyida imzolangan vaqtinchalik kelishuvdan keyingi ikki bosqichli muzokaralar ham asosiy kelishmovchiliklarni bartaraf eta olmadi. Bugungi asosiy qarama-qarshilik Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat masalasiga borib taqalmoqda. AQSh Eronni o‘tgan hafta Oʻmon sohili yaqinida muqobil yo‘nalishlarda harakatlangan kemalarga uyushtirilgan 3 ta hujum uchun javobgar deb hisoblamoqda.
1 565
7
O’zbekiston madhiyasini qo’lini ko’ksiga qo’ygancha tinglagan Lukashenko Davlatimiz rahbarining Belarusga amalga oshirgan ras
O’zbekiston madhiyasini qo’lini ko’ksiga qo’ygancha tinglagan Lukashenko Davlatimiz rahbarining Belarusga amalga oshirgan rasmiy tashrifi juda sermahsul o’tdi. O’zbekiston Prezidenti va delegatsiyasiga katta ehtirom ko’rsatildi. Bu ko’plab detallarda namoyon bo’ldi. Ulardan biri Minskdagi Mustaqillik saroyida davlatimiz rahbarini kutib olish marosimida, vatanimiz madhiyasi yangrayotgan paytda Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko ham qo’lini ko’ksiga qo’yib turgani bo’ldi. Bu Aleksandr Lukashenko tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev va o’zbek xalqiga ko’rsatilgan yuksak hurmat-ehtirom belgisi, desak, adashmaymiz. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
1 280
8
Belarusga rasmiy tashrifini yakunlagan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Prezident Aleksandr Lukashenko kuzatib qo‘ydi. — Презид
Belarusga rasmiy tashrifini yakunlagan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Prezident Aleksandr Lukashenko kuzatib qo‘ydi. — Президента Шавката Мирзиёева, завершившего официальный визит в Беларусь, проводил Президент Александр Лукашенко. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 291
9
Lukashenko Mirziyoyevdan nimani kutmoqda? Diplomatik protokol ortida kechadigan yopiq muzokaralar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
Lukashenko Mirziyoyevdan nimani kutmoqda? Diplomatik protokol ortida kechadigan yopiq muzokaralar tahlili shuni ko‘rsatadiki, A.Lukashenko uchun Sh.Mirziyoyev bilan uchrashuv nafaqat siyosiy ramz, balki Belarusning geosiyosiy va iqtisodiy barqarorligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish imkoniyati hamdir. Ayrim ekspertlar fikricha, Minsk bugungi murakkab xalqaro vaziyatda Toshkentni ishonchli va pragmatik hamkor sifatida ko‘rmoqda. Avvalo, Belarus O‘zbekistonni G‘arb va Xitoy bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan kam sonli neytral davlatlardan biri sifatida baholaydi. Shu bois Lukashenko Mirziyoyevdan O‘zbekistonning Pekin, Vashington va Yevropa davlatlari bilan shakllangan ishonchli aloqalaridan foydalanib, ayrim gumanitar yoki iqtisodiy masalalar bo‘yicha norasmiy muloqot kanallarini saqlab qolishda ko‘mak so‘rashi mumkin. Toshkent Minsk uchun xalqaro maydonga ochiladigan neytral diplomatik ko‘prik vazifasini bajarishi ehtimoldan xoli emas. Bundan tashqari, Belarus sanoati G‘arb sanksiyalari tufayli mikroelektronika, yuqori texnologiyalar va ayrim sanoat komponentlari taqchilligini boshdan kechirmoqda. Shu sababli Minsk O‘zbekiston bilan mavjud sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish, qo‘shma korxonalar orqali yangi logistika va ta’minot zanjirlarini rivojlantirish masalasini ham ilgari surishi mumkin. Bunday hamkorlik Belarus uchun ishlab chiqarish barqarorligini saqlash, O‘zbekiston uchun esa zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatini yaratadi. Yana bir muhim masala Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish bilan bog‘liq. Yevropa yo‘nalishlaridagi cheklovlar va Rossiya portlari orqali tranzit xarajatlarining ortishi Belarusni yangi logistika yo‘laklarini izlashga majbur qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, Termiz xalqaro savdo markazi, Transafg‘on transport yo‘lagi va Pokiston portlariga chiqish imkoniyatlari Minsk uchun strategik ahamiyat kasb etadi. Lukashenko O‘zbekistonning ushbu transport salohiyatidan foydalanish orqali Belarus mahsulotlarini Afg‘oniston, Pokiston va Janubiy Osiyo bozorlariga yetkazish imkoniyatlarini muhokama qilishi ehtimol qilinadi. Xulosa qilib aytganda, rasmiy uchrashuvlarda sanoat kooperatsiyasi, savdo va investitsiyalar asosiy mavzu sifatida tilga olinayotgan bo‘lsa-da, yopiq muzokaralarda Belarus uchun geosiyosiy manevr imkoniyatlarini kengaytirish, yangi logistika yo‘laklarini ochish va xalqaro iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish masalalari ustuvor bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev bunday takliflarni faqat O‘zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan va mamlakatni ikkilamchi sanksiyalar xavfi ostiga qo‘ymaydigan doirada ko‘rib chiqishi ehtimoli yuqori. S.Pinxasova, Strategic Focus eksperti Strategic Focus: Central Asia
2 020
10
Moskvadagi siyosiy va ekspert doiralari Shavkat Mirziyoyevning Minskka tashrifini ikki tomonlama baholamoqda. Bir tomondan, K
Moskvadagi siyosiy va ekspert doiralari Shavkat Mirziyoyevning Minskka tashrifini ikki tomonlama baholamoqda. Bir tomondan, Kreml ushbu tashrifni Rossiya manfaatlariga zid hodisa sifatida qabul qilmaydi, ikkinchi tomondan esa O‘zbekistonning ortib borayotgan geosiyosiy salohiyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Rossiya uchun eng muhim jihatlardan biri - Belarus iqtisodiyotining barqarorligini saqlab qolishdir. 2025-yilda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 965 mln dollarga, Belarusning ijobiy savdo saldosi esa 517 mln dollardan ortiq ko‘rsatkichga yetdi. Kreml buni pragmatik nuqtayi nazardan ijobiy baholaydi, chunki Belarus iqtisodiyotining O‘zbekiston bozori hisobiga qo‘llab-quvvatlanishi Rossiyaning Minskni doimiy subsidiyalash yukini qisman kamaytiradi. Ayrim tahlilchilar fikricha, O‘zbekiston - Belarus yo‘nalishida shakllanayotgan yangi logistika va savdo zanjirlari ham Moskva manfaatlariga qisman mos keladi. Shu bilan birga, Kreml Shavkat Mirziyoyevning “aqlli neytralitet” siyosatini yaxshi tushunadi. O‘zbekiston G‘arb sanksiyalariga qo‘shilmagan, Rossiya bilan strategik aloqalarni saqlab qolgan va bir vaqtning o‘zida boshqa geosiyosiy markazlar bilan ham faol hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda. Shu sababli Mirziyoyevning Minskka tashrifi Rossiyaga qarshi qadam sifatida emas, balki ittifoqchi davlatlar o‘rtasidagi tabiiy muloqot sifatida qabul qilinmoqda. Biroq parda ortida boshqa tendensiya ham kuzatilmoqda. Toshkentning Belarusga yangi iqtisodiy, investitsiyaviy va logistika imkoniyatlarini taqdim etayotgani Rossiya ekspertlari orasida O‘zbekistonning tobora mustaqil geosiyosiy markazga aylanayotgani haqidagi qarashlarni kuchaytirmoqda. Bu esa Kremlni ehtiyotkorlik bilan vaziyatni kuzatishga majbur qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, Moskva ushbu tashrifga ochiq e’tiroz bildirmaydi va rasmiy bayonotlarda uni MDH doirasidagi tabiiy integratsiya jarayoni sifatida talqin qiladi. Ammo parda ortida Kreml hushyorlikni saqlab qolmoqda. Sababi, Toshkent tomonidan Belarusga berilayotgan iqtisodiy va logistika imkoniyatlari Aleksandr Lukashenkoning muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlashi hamda Minskning kelajakda Kreml bilan munosabatlarda yanada mustaqilroq siyosat yuritishiga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, Rossiyada O‘zbekistonning nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun Yevrosiyo makonida mustaqil strategik o‘yinchi sifatidagi mavqei tobora mustahkamlanayotgani haqidagi qarashlar ham kuchayib bormoqda. B.Karimov, mustaqil ekspert Strategic Focus: Central Asia
1 638
11
K.Ametov: 2025-yilda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 965 mln dollarga yetdi, shundan Belarusning ijobiy savdo saldosi 517 mln dollardan oshdi. 2026-yilning dastlabki oylarida esa o‘zaro savdo hajmi qariyb 50 foizga oshdi. Bu Belarus iqtisodiyoti uchun O‘zbekiston bozori tobora strategik ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Tashrif doirasida Minskda O‘zbekiston Savdo uyining ochilishi, 100 dan ortiq qo‘shma korxonaning faoliyati hamda traktorsozlik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi texnikasi va oziq-ovqat sanoatidagi investitsiya loyihalari ikki davlat iqtisodiy hamkorligini yangi bosqichga olib chiqdi. Eng muhim jihati shundaki, Toshkent ushbu hamkorlikni hech qanday mafkuraviy yoki siyosiy shartlar bilan bog‘lamayapti. Natijada Belarus nafaqat barqaror eksport bozori va valyuta tushumiga ega bo‘lmoqda, balki G‘arb sanksiyalari sharoitida o‘z sanoat mahsulotlari uchun ishonchli xaridor va uzoq muddatli iqtisodiy sherikni ham saqlab qolmoqda. Strategic Focus: Central Asia
1 752
12
S.Pinxasova: Toshkent Belarusga siyosiy tayanch berar ekan, buning evaziga sanoat texnologiyalari, ishlab chiqarish kompetensiyalari va yangi investitsiyalarni O‘zbekistonga jalb qilmoqda. Ya’ni, Shavkat Mirziyoyev Minskda nafaqat siyosatchi, balki uzoqni ko‘ra oladigan investor sifatida harakat qilmoqda. Belarusning murakkab geosiyosiy vaziyatini hisobga olib, Toshkent siyosiy ishonchni iqtisodiy dividendlarga aylantirmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokidagi 100 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Toshkent viloyatida “BELARUS” traktorlarini yig‘ish, “Enco Group” bilan kabel mahsulotlari ishlab chiqarish hamda “UzShoes” loyihasi doirasidagi poyabzal sanoati shular jumlasidandir. Eng muhimi, Belarus o‘z sanoati uchun yangi buyurtmalar va eksport bozorini saqlab qolayotgan bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat, yangi ish o‘rinlari va zamonaviy texnologiyalar aynan O‘zbekiston iqtisodiyotida shakllanmoqda. Shu ma’noda, Toshkent geosiyosiy vaziyatni o‘zining uzoq muddatli sanoat modernizatsiyasi manfaatlariga xizmat qildirmoqda. Strategic Focus: Central Asia
1 618
13
M.Imomov: Minsk bugun xalqaro legitimlikka muhtoj, Toshkent esa aynan shu siyosiy kapitalni taqdim eta oladigan kam sonli hamkorlardan biridir. Shavkat Mirziyoyevning Minskka tashrifi, avvalo, A.Lukashenko uchun muhim diplomatik yutuqdir. 2020-yildan keyin Belarus G‘arbning keng ko‘lamli sanksiyalariga duch keldi, Yevropa davlatlari bilan oliy darajadagi siyosiy muloqot keskin qisqardi. Moskva bosimi kuchaygan va manevr imkoniyatlari toraygan bir paytda Belarus rahbariga mustaqil tashqi siyosat yuritayotgan nufuzli sherik zarur edi. Mirziyoyevning ikki kunlik rasmiy tashrifi Minsk uchun Belarusning xalqaro maydonda hanuz ishonchli hamkorlari borligini ko‘rsatadigan muhim diplomatik signalga aylandi. Bu Kremlga ham aniq ishora bo‘ldi: Minsk hali ham muqobil diplomatik aloqalarga ega va butunlay yolg‘iz emas. Strategic Focus: Central Asia
1 693
14
2026-yil 8–9-iyul kunlari Toshkent va Minsk o‘rtasidagi muzokaralar global siyosatdagi jiddiy o‘zgarishlar fonida bo‘lib o‘tmoqda. Manbalarga ko‘ra, ushbu uchrashuvning tashabbuskori va undan eng ko‘p manfaatdor tomon aynan Belarusdir. Strategic Focus: Central Asia
1 704
15
O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. — Президенты Узбекистана и Беларуси провели неформальную
O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. — Президенты Узбекистана и Беларуси провели неформальную встречу. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 435
16
Afsuski, bildirilgan fikrlar geosiyosiy voqelikka juda mos keladi va bugungi manzara buni toʻliq tasdiqlamoqda. Vashingtonning Fors koʻrfazidagi harbiy infratuzilmani shoshilinch ravishda modernizatsiya qilishi va logistik zaxiralarni kuchaytirishi - shunchaki "tiyilish strategiyasi" (deterrence) doirasidagi profilaktika emas, balki mintaqada yirik eskalatsiyaning navbatdagi bosqichiga jiddiy tayyorgarlikdan dalolat beradi. Tarix va harbiy tahlil shuni koʻrsatadiki, bu kabi keng koʻlamli moddiy-texnik safarbarlik hech qachon shunchaki "zaxira" sifatida qolib ketmaydi. Ayniqsa, har ikki qarama-qarshi tomon 60 kunlik muddatni yakuniy yechim emas, balki faqat vaqtinchalik taktik tanaffus (re-grouping) deb baholayotgan bir paytda. Diplomatik bayonotlar ortiga yashiringan bu harbiy harakatlar yaqin istiqbolda mintaqada "gibrid urush" formatidan toʻgʻridan-toʻgʻri kinetik toʻqnashuvgacha boʻlgan stsenariylarning ehtimoli yuqoriligini koʻrsatadi. Farxod aka haq, urush tugagani yoʻq, u shunchaki yangi, yanada shafqatsizroq bosqich oldidan kuch toʻplamoqda. Bugungi vaziyatda ijobiy tendensiyalarga umid qilish - geosiyosiy realizmdan yiroq boʻlgan optimizmdir. M.Imomov, Strategic Focus eksperti Strategic Focus: Middle East and North Africa
1 924
17
AQSh Fors koʻrfazidagi harbiy bazalarini yana qurol-yarogʻ bilan toʻldirib tashlamoqda. Tinchlikni xohlasang urushga tayyorlan deganimikin bu, yoki tinchlik bahona yangi urushga zahiramikin? Xullas, urush hali tugamadi, bunisi aniq. 60 kundan keyin barcha muammolar hal boʻlmasligini har ikki tomon qaytarib turganda, ijobiy tendensiyalarni kutish befoydaga oʻxshaydi.
1 783
18
Moskvadagi manbalarga ko‘ra, Kremlda A.Lukashenkoning so‘nggi siyosatidan norozilik tobora kuchaymoqda. Asosiy sabab - Belarus Rossiyadagi yoqilg‘i inqirozidan iqtisodiy foyda ko‘rayotgani va avvalroq V.Putinga berilgan “inqirozdan spekulyativ maqsadlarda foydalanmaslik” haqidagi va’dalarga amal qilmayotganidir. Rossiyada chuqurlashib borayotgan yoqilg‘i taqchilligi fonida Belarus Rossiyaga eksport qilinayotgan AI-92 benzini narxini so‘nggi bir hafta ichida yana 6 foizga oshirdi (1 tonna uchun 127 ming rubl). May oyidan buyon esa narx deyarli 1,8 baravar qimmatlashgan. E’tiborlisi, Belarusning ishlab chiqarish xarajatlari amalda o‘zgarmagan. Mamlakat hamon Rossiyadan imtiyozli narxlarda neft olmoqda, logistika xarajatlari va yoqilg‘i sifati ham avvalgidek qolmoqda. Shunga qaramay, Minsk Rossiyadagi taqchillik va vahimadan foydalanib, eksport narxlarini muntazam oshirib bormoqda. Iyun oyida Belarus neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya bozoriga qariyb 80 ming tonna benzin yetkazib bergan bo‘lsa-da, bu narxlarni pasaytirish o‘rniga ularning yanada oshishiga to‘sqinlik qilmadi. Aksincha, Minsk Rossiya bozoridagi og‘ir vaziyatni o‘zining tijoriy manfaatlari yo‘lida maksimal darajada ishlatmoqda. Mazkur holat Kremlning ittifoqchilik tizimi tobora pragmatik tus olayotganini ko‘rsatmoqda. Rossiyaning eng yaqin hamkori hisoblangan Belarus ham siyosiy birdamlikdan ko‘ra iqtisodiy manfaatni ustun qo‘ymoqda. Bu esa Vladimir Putinning nafaqat G‘arb bilan, balki eng yaqin ittifoqchilari orasida ham siyosiy tayanchi zaiflashib borayotganini anglatadi. Agar hatto Belarus ham Rossiyaning inqirozidan foyda olishni afzal ko‘rayotgan bo‘lsa, bu Kremlning geosiyosiy ta’siri va ittifoqchilik modelida jiddiy yemirilish boshlanganidan dalolat beradi. Strategic Focus: Atlantic
2 414
19
3-iyul kuni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi rasmiy delegatsiyaning Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning dafn marosimida ishtirok etishi mintaqaviy diplomatiyada muhim siyosiy signal bo‘ldi. Mazkur tashrif Ar-Riyod va Tehron o‘rtasidagi munosabatlarning tiklanishi davom etayotganini hamda Saudiya Arabistoni hozircha Eron tomonidan “nodo‘st davlat” sifatida ko‘rilmayotganini namoyish etdi. Muhimi, bunday darajadagi tashrif oldindan rasmiy taklif va ikki tomonlama kelishuvsiz amalga oshirilmaydi. Eronning Saudiya delegatsiyasini dafn marosimiga taklif qilgani Tehronning ongli ravishda Ar-Riyod bilan muloqotni saqlab qolish va qo‘shnichilik siyosatini davom ettirish niyatini ko‘rsatadi. Eron TIV vakili Ismoil Baqoiyning bayonotiga ko‘ra, AQSh va Isroil hujumlariga nisbatan “nomaqbul pozitsiya” tutgan davlatlar marosimga taklif etilmagan. Shu nuqtai nazardan, Saudiya Arabistoni delegatsiyasining ishtiroki so‘nggi oylardagi harbiy keskinlik va o‘zaro ishonchsizlikka qaramay, ikki davlat qarama-qarshilikni chuqurlashtirishdan ko‘ra siyosiy muloqotni afzal ko‘rayotganini anglatadi. Biroq ushbu tashrif Isroil axborot maydonida turli talqinlarga sabab bo‘ldi. Ayrim sharhlarda marosim davomida o‘qilgan Qur’on oyatlari yoki delegatsiya kiyimlari orqali yashirin siyosiy ramzlar izlashga urinishlar kuzatildi. Bunday narrativlarning asosiy maqsadi Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi yaqinlashuvning siyosiy ahamiyatini pasaytirish hamda tashrifni qarama-qarshilik belgisi sifatida talqin qilishdan iborat edi. Bu esa Tel-Avivning Eron-Isroil qarama-qarshiligi natijasida Tehron va Ar-Riyod o‘rtasida chuqur uzilish yuz beradi, degan kutgan natijasi amalga oshmaganini ko‘rsatmoqda. Dafn marosimi Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasidagi yangi siyosiy konfiguratsiyani ham namoyon etdi. Saudiya Arabistoni, Qatar va Ummon rasmiy delegatsiyalar yuborgan bo‘lsa, BAA, Bahrayn va Quvayt vakillari marosimda ishtirok etmadi. Bu holat Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (Kengash) ichidagi kuchlar muvozanati o‘zgarayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, mintaqadagi jarayonlarni qat’iy ikki lagerga bo‘lish ham to‘liq to‘g‘ri emas. Xususan, Quvaytning Eron bo‘yicha pozitsiyasi BAA yoki Bahraynnikiga nisbatan ancha ehtiyotkor bo‘lib qolmoqda. Mamlakat Falastin masalasida avvalgi siyosatini saqlab kelmoqda va Ibrohim kelishuvlarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Shu sababli Kengash doirasida Eronga qarshi yagona front shakllanishi ehtimoli hozircha past baholanmoqda. Xulosa qilib aytganda, Saudiya Arabistoni delegatsiyasining Tehronga tashrifi nafaqat diplomatik protokol, balki Fors ko‘rfazida urushdan keyingi xavfsizlik arxitekturasi va yangi geosiyosiy muvozanat shakllanayotganining muhim indikatoridir. Kengash davlatlari Eron tahdidini turlicha baholayotgani sababli, kelajakdagi mintaqaviy xavfsizlik tizimi ham yagona blok emas, balki pragmatik va ko‘p qutbli manfaatlar muvozanati asosida shakllanishi kutilmoqda. Strategic Focus: Middle East and North Africa
1 860
20
O‘zbekistonning narkotrafikka qarshi siyosati o‘z samarasini bermoqda Afg‘oniston bo‘yicha taniqli ekspert A.Serenko o‘zining
O‘zbekistonning narkotrafikka qarshi siyosati o‘z samarasini bermoqda Afg‘oniston bo‘yicha taniqli ekspert A.Serenko o‘zining so‘nggi tahlilida Tolibon narkotarmoqlari uchun eng muhim tranzit yo‘nalishlaridan biri sifatida O‘zbekiston tanlanayotganini, biroq Toshkent tomonidan amalga oshirilayotgan qat’iy siyosat ushbu rejalarni izdan chiqarayotganini tan oldi. Xususan, 2026-yil 17-may kuni Termiz chegara bojxona postida Afg‘onistondan olib kirilayotgan ekskavator ichidan 593 kg gashish va 3 kg opiy - jami 596 kg giyohvand modda musodara qilindi. Bu so‘nggi yillardagi eng yirik ushlashlardan biri bo‘ldi. 2-iyun kuni esa Turkmaniston bilan chegaradagi “Oplot” postida Rossiyaga tranzit qilinayotgan yuk tarkibidan 13 kilogrammga yaqin geroin aniqlandi. Oradan ikki hafta o‘tib, 17-iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar Surxondaryoda 25,4 kg opiy va 11 kg dan ortiq gashish, jami qariyb 38 kg giyohvand moddani musodara qilib, ushbu yukni qabul qilishi kerak bo‘lgan shaxslarni Samarqandda qo‘lga oldi. A.Serenko qayd etishicha, Saida Mirziyoyeva tomonidan giyohvandlikka qarshi yangi qonun ijrosining shaxsiy nazoratga olinishi narkotrafikka qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqdi. Unga ko‘ra, qo‘lga olinayotgan yuklar hajmi Tolibon ortida turgan yirik transmilliy narkotarmoqlar faoliyat yuritayotganini ko‘rsatsa, ularning ketma-ket fosh etilishi O‘zbekistonning chegara xavfsizligi va tezkor xizmatlari samaradorligi sezilarli darajada oshganini tasdiqlaydi. Keltirilgan faktlar shuni ko‘rsatadiki, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda narkotrafikka qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chegara xavfsizligini mustahkamlash, zamonaviy nazorat mexanizmlarini joriy etish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi natijasida O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-harakatlari xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan ham ijobiy baholanmoqda. Bugungi kunda mamlakat nafaqat o‘z xavfsizligini, balki butun Markaziy Osiyoda transmilliy narkotrafikka qarshi kurashning muhim tayanchlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Strategic Focus: Central Asia
14 954