EDU.DIGITAL.UZ
رفتن به کانال در Telegram
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi. Muhokama guruhi: @digitaleduchat Elektron pochta: education@digital.uz Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy. Tel: (71) 203-03-43
نمایش بیشتر5 038
مشترکین
+1524 ساعت
+677 روز
+12830 روز
آرشیو پست ها
5 038
Repost from Aileaders.uz
Diqqat eslatma!
Sovg‘alarni yutib olishga tayyormisiz?
🌟 Bu yil ham “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida Milliy tanlov o‘tkaziladi!
🗣Yil yakunlari bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim muassasalari munosib taqdirlanadi.
✅Bugundan aileaders.uz platformasidagi kurslarda o‘qib bilimlaringizni oshiring navbatdagi g‘olib siz bo‘lishingiz mumkin!
⚡️Tanlovga oid yangiliklarni esa sahifamizda kuzatib boring!
💬Rasmiy telegram kanal – @aileaders_uz.
5 038
⚡️ SAMARQANDDA IT SOHASINI BEPUL O‘RGANISH IMKONIYATI!
IT sohasida karyera boshlamoqchimisiz? Tajribangiz yo‘qmi? Muammo emas!
School 21 Samarqand kampusida dasturlashni noldan o‘rganing va kelajak kasbingiz sari ilk qadamni qo‘ying!
🔥 Sizni nimalar kutmoqda?
✅ 100% bepul ta’lim
✅ 15 ta zamonaviy IT yo‘nalishi
✅ Tajriba va diplom talab etilmaydi
✅ Haq to‘lanadigan amaliyot imkoniyati
✅ Davlat namunasidagi diplom
✅ 24/7 ochiq zamonaviy kampus
🏠 Boshqa viloyatdanmisiz? Yotoqxona — oyiga atigi 100 000 so‘m!
⏳ Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish 16-oktabrgacha!
🚀 Saralash bosqichi 19-oktabrda boshlanadi!
📍 Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17A
👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting:
🌐 21-school.uz
🤖 @school21_mainbot
📍 Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17A
IT’dagi kelajagingiz Samarqanddan boshlanishi mumkin! 💙
5 038
Repost from Digital.uz
🇺🇿Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda
Yurtimizdagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lgan mazkur e’tirof o‘z sohasining chinakam yetakchisi bo‘lgan, iqtidorli va tashabbuskor qizlarimizni izlamoqda.
Mukofotga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, a’lo xulqi, noyob iste’dodi hamda so‘nggi uch yil mobaynida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.
Joriy yilgi tanlovning eng muhim yangiligi shundaki, an’anaviy ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari qatoriga “tibbiyot” yo‘nalishi ham qo‘shildi. Endilikda iqtidorlar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha saralanadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi hamda o‘z hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.
O‘z iqtidoringizni namoyon eting va yuksak e’tirofga sazovor bo‘ling!
✔️Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
5 038
Repost from Sherzod Shermatov
Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
Kecha Davlatimiz Rahbari tomonidan Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularnining murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonlari bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida qatnashib, shijoatli yoshlarimizni ko‘rib juda quvondik.
Bu g‘alaba yana bir bor yoshlarimizning orzularini cheklamasliklari zarurligini ko‘rsatib berdi.
Bizning yoshlarimiz juda ko‘p natijalarga erishishga qodirlar, shuning uchun katta maqsadlar qo‘yib, o‘qish, izlanish va harakatdan to‘xtamasliklari kerak.
Vaqtni behuda sarflamay, Siz ham ko‘proq yangi ko‘nikmalarni o‘rganing! Buning uchun aileaders.uz orqali bepul kurslar soni va imkoniyatlar kun sayin ortmoqda! Yaqinda «Google Gemini AI Plus» xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati ham qo‘shildi.
Ko‘proq insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan o‘z loyihangizni boshlang, startupbase.uz orqali uni rivojlantiring, raqamli startaplar dasturiga qo‘shiling.
5 038
AT sohasidagi o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda
🏷Hozirgi kunda “IT talents” loyihasi doirasida bitiruvchilari AT-eksport kompaniyalariga ishga joylashgani uchun 12 ta o‘quv markazi davlat subsidiyalarini qo‘lga kiritdi.
➡️ Subsidiya olgan o‘quv markazlari:
➡️“Open Web Academy” MChJ (Qashqadaryo); ➡️“Bogg Express Logistics School” MChJ (Samarqand); ➡️“Upro-Learning Center” MChJ (Xorazm): ➡️“Intention Academy” MChJ (Xorazm); ➡️“IT Park Xorazm” MChJ (Xorazm); ➡️“Micros Training Centre” MChJ (Toshkent sh); ➡️“Bilim Tech” MChJ (Toshkent sh); ➡️“MAAB Innovation” MChJ (Toshkent sh); ➡️“My Career 4 Future” MChJ (Toshkent sh); ➡️“Marokand logistics academy” MChJ (Samarqand); ➡️“Skillbridge” MChJ (Xorazm); ➡️“Myresult” MChJ (Andijon);🔗Eslatib o‘tamiz: loyiha doirasida IT Park ta’lim rezidentlari har bir ishga joylashgan bitiruvchisi uchun 33 million so‘mgacha subsidiya olishlari mumkin. 🔊 Subsidiya olish uchun o‘quvchilaringiz haqidagi ma’lumotlarni CRM platformasiga to‘liq kiritib boring: http://crm.digital.uz/ ☎️ Murojaat uchun: 71 203-03-43 (104) 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 038
+4
🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, robototexnika hamda raqamli hukumat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, joriy yilning sentabr oyida ikki davlat rahbarlari ishtirokidagi o‘tkazilgan oliy darajadagi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/232684
___
🇺🇿 🇰🇷 Uzbekistan and Korea Discuss Expanding Cooperation in Artificial Intelligence and Digital Education
Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Korea to Uzbekistan Won Do-yeon.
The meeting focused on expanding cooperation between Uzbekistan and Korea in artificial intelligence, digital education, robotics, and digital government.
💬 The sides also exchanged views on the next steps to implement the initiatives proposed at the Central Asia–Republic of Korea Summit, held in September this year with the participation of the leaders of the two countries.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/232684
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
5 038
Repost from Digital.uz
+9
✅“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi
🇰🇷Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 7–10-oktyabr kunlari oʻtkazilgan “First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi va 637 ball bilan musobaqa rekordini oʻrnatdi.
↪️ Ushbu natija bilan vakillarimiz qariyb 190 mamlakat yoshlarini birlashtirgan nufuzli musobaqada mamlakatimizning ilm-fan, muhandislik va texnologiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi va shu kuni “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevlar ishtirok etib, musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylariga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdilar.Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/232558 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
5 038
+3
Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va DataCamp onlayn ta’lim platformasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi
📖Hamkorlik doirasida o‘zbekistonlik yoshlar, talabalar va o‘qituvchilarga DataCamp’ning premium obunasi grant asosida bepul taqdim etiladi. Shuningdek, DataCamp’dagi kurslar aileaders.uz platformasiga integratsiya qilinadi.
✅“Premium talaba” obunasi orqali foydalanuvchilar ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt yo‘nalishidagi kurslardan cheksiz foydalanish hamda xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
✅Ma’lumot uchun, DataCamp dunyoning 180 dan ortiq davlatida 19 milliondan ziyod foydalanuvchiga ega bo‘lib, 790 dan ortiq interaktiv kurslarni taklif etadi.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 038
“Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturida tahsil olganimdan so‘ng oilamga yordam bermoqchiman — Feruza Qobilova
🏷Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi Feruza Qobilova “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturi doirasida grafik dizayn yo‘nalishidagi intensiv kurslarda tahsil olmoqda.
✅Feruza axborot texnologiyalari sohasiga oilasini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy mustaqillikka erishish maqsadida qiziqa boshlagan.
✅Qahramonimiz hozirgi intensiv o‘quv kursini yakunlagach frilanser sifatida faoliyat boshlashni rejalashtirayotganini ta’kidladi.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 038
+3
“IT-shaharcha” bitiruvchisi oʻzining startap loyihasini ishlab chiqdi
🖥Sirdaryodagi “IT-shaharcha”da dasturlash yo‘nalishida tahsil olgan Axmadbek Muxtorov egallagan bilim va ko‘nikmalari asosida o‘zining ilk loyihasini ishlab chiqdi.
✅Axmadbekning loyihasi sun’iy intellektga asoslangan “Yordam” nomli dastur boʻlib, mazkur loyiha alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning ota-onalariga farzandlarining kundalik holati hamda xavfsizligini masofadan kuzatish imkonini beradi.
✅Siz ham Axmadbek Muxtorov kabi IT sohasida muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, hududingizdagi “IT-shaharcha”da tahsil olish uchun quyidagi havola orqali ariza topshiring.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 038
Repost from Sherzod Shermatov
🌷 Qizlar ta’limi — otalar nigohida
11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni
munosabati bilan bu masalada otalar ovozini eshitish va yana bir bor qizlar ta'limiga e'tibor qaratish muhimdir.
⚡️ Prezidentimiz olib borayotgan siyosatlari natijasida mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Buni raqamlar ham yaqqol tasdiqlaydi.O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 900 mingdan ortiq qiz tahsil olmoqda — bu barcha talabalarning yarmidan ko'pini tashkil qiladi (54 foizi). Coursera platformasida generativ sun’iy intellekt kurslariga yozilgan o‘zbekistonliklarning 58,9 foizi — xotin-qizlar. Bu yo'nalishda O‘zbekiston - Dunyo Yetakchisi sifatida tan olindi. So‘nggi ikki yilda mamlakatimiz startap ekotizimi global reytingda 31 pog‘onaga ko‘tarildi. StartupBlink O‘zbekistonni “Yil mamlakati” deb e’tirof etdi, Toshkent esa Markaziy Osiyo shaharlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu yutuqlarda xotin-qizlarning ham munosib hissasi bor: ✅1 600 dan ortiq raqamli startapning 220 dan ziyodiga ayollar rahbarlik qiladi; ✅investitsiya bitimlarining 21 foizi ayollar boshchiligidagi startaplarga to‘g‘ri keladi; ✅President Tech Award g‘oliblarining har uchtasidan biri — ayollar boshchiligidagi loyiha.
Aziz qizlar, orzularingizdan qaytmang, bilim oling, oldinga intiling — siz uchun barcha yo‘llar ochiq! Hurmatli otalar, qizingizga bildirgan ishonchingiz — uning eng katta tayanchi.Quyidagi havolalar orqali imkoniyatlardan foydalaning: • “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” — aileaders.uz • Coursera kurslari — ite-association.uz/coursera • Startap boshlamoqchimisiz? - startupbase.uz • GAP Women It Club
5 038
Repost from Aileaders.uz
🟦🟦🟦
“Google Gemini AI Plus” obunasini aileaders.uz platformasi orqali bepul faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma
✅Avvalroq, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Google hamkorligida Google’ning xalqaro verifikatsiya hamkori SheerID O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergan edik.
✅Ushbu imkoniyat orqali o‘zbekistonlik talabalar Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, qiymati 60 dollar bo‘lgan bir yillik “Google Gemini AI Plus” obunasidan mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin.
⚜️Mazkur imkoniyatdan foydalanish va “Google Gemini AI Plus” obunasini bepul faollashtirish tartibi bilan ilova qilingan videoyo‘riqnoma orqali batafsil tanishishingiz mumkin!
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 038
🟦🟦🟦
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mentorlar diqqatiga!
🗣Joriy yilning 14-oktabr — 19-noyabr kunlari Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Apple kompaniyasi tomonidan mentorlar malakasini oshirishga qaratilgan onlayn trening tashkil etiladi.
✅Mazkur trening iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha malakali mentorlarni tayyorlash, ularni Apple ekotizimi, Swift dasturlash tili hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan.
⬇️Treningda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
➡️OOP yoki funksional dasturlash, API, ma’lumotlar bazalari hamda Git bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish; ➡️Flutter, Android yoki Kotlin bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish (qo‘shimcha ustunlik sifatida baholanadi); ➡️Google, Meta, Microsoft, AWS, Oracle, Coursera yoki boshqa tan olingan xalqaro sertifikatlardan kamida bittasiga ega bo‘lish; ➡️axborot texnologiyalari va xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lish; ➡️tegishli yo‘nalishda professional va pedagogik tajribaga ega bo‘lish; ➡️murakkab texnik mavzularni yangi boshlovchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkaza olish; ➡️o‘quvchilarning bilim darajasi va ehtiyojidan kelib chiqib, dars jarayonini moslashtira olish; ➡️ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish; ➡️ijodkorlik, jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. 📞Murojaat uchun telefon: +998909849741. ⚡️️Maʼlumot uchun, treningni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Apple kompaniyasining sertifikatlari topshiriladi. Shuningdek, dasturchilarni tayyorlash markazlarida mentor sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 038
Repost from Rustam Karimjonov
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.
✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
🏳️🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi: ✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi. ✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi. ✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi. ✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi. ✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi. ✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.🤖 Hurmatli talabalar, vaqtingizni bekorchi narsalarga sarflamang, Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib yuqori daromad kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarni bepul o'rganing! 🧭 Sun'iy intellekt texnologiyalarini o’rganib o’z oldingizga yuqori maqsad qo’ying, SI yordamida o'z start-up loyihalaringizni boshlang startupbase.uz ❤ https://t.me/rkarimjonov
5 038
Repost from Aileaders.uz
"Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi bilan o‘z kelajagingizni quring!
👨👦👦 2025-yil start berilgan "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasida jahonning eng nufuzli xalqaro va mahalliy onlayn ta'lim platformalari bilan hamkorlik o‘rnatildi.
📃Hozirgi kunda aileaders.uz platformasida jami 200 ga yaqin zamonaviy SI va IT kurslari mavjud! O‘zingizga mos platformani tanlang va ta'lim oling:
✅ Oracle — 45 ta; ✅ MohirDev — 26 ta; ✅ IT-study — 26 ta; ✅ Huawei — 24 ta; ✅ AWS — 21 ta; ✅; eOppiva — 17 ta; ✅ Alison — 5 ta; ✅ Apolitical — 5 ta; ✅ Meta — 3 ta; ✅ Skillbox — 2 ta; ✅ omp.aistudy.uz — 4 ta; ✅ Coursera — 5 ta.📑 Eng asosiysi — nufuzli xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiriting va it-istedod.uz platformasi orqali o‘qish uchun ketgan xarajatlaringizni 100% gacha qaytarib oling! 🌟 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: aileaders.uz
5 038
Repost from Creative Tech
🎮 Bir kun siz yaratgan o‘yinni minglab odamlar o‘ynashi mumkin. Hammasi esa ilk qadamdan boshlanadi!
📣 Farg‘ona yoshlari uchun maxsus imkoniyat!
Endilikda Farg‘ona Digital Hub va IT shaharchasida GameDev - kompyuter va mobil o‘yinlar yaratish yo‘nalishida bepul ta’lim olishingiz mumkin!
GameDev - bu g‘oyani odamlar o‘ynaydigan o‘yinga aylantirish: qahramonlar, ularning vazifalari, o‘yin dunyosi va qoidalarini o‘ylab topish hamda dasturlash orqali ularni harakatga keltirishdir. Xayolingizda ajoyib o‘yin g‘oyasi bormi? Balki siz o‘ylagan qahramon yoki sarguzasht hali hech qaysi o‘yinda yo‘qdir. Endi shu g‘oyalarni amalga oshirishni o‘rganish vaqti keldi! ✨ O‘yinlarga bo‘lgan qiziqishingiz kelajak kasbingizga aylanishi mumkin. Buning uchun qiziqish bilan birga o‘rganishga, izlanishga va o‘z ustingizda ishlashga tayyorlik ham kerak.Qanday qatnashish mumkin? 🔵 Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🔵Qisqa test savollariga javob bering. 🔵Javoblaringizda o‘z fikringiz va ijodkorligingizni namoyon qiling. 🚀 Xayolingizdagi o‘yin hozircha g‘oya. Uni yaratish sari birinchi qadamni bugun qo‘ying! ➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: Creativetech.uz 💬 Siz yaratadigan o‘yinda bosh qahramon kim bo‘lardi va uning vazifasi nima bo‘lardi? Izohlarda yozing! O‘yinlarga qiziqadigan do‘stingizga ham yuboring - balki kelajakdagi jamoangizni birga tuzarsiz!
5 038
🤩IT-Park rezidenti boʻlgan TOP-5 ta’lim markazlar reytingi (08.10.2026)
❗️Mazkur reyting tegishli mezonlar asosida shakllantirildi.
Reyting bilan tanishing:
➡️1. “IT Hub Samarkand 1” MCHJ;
➡️2. “Sensorika” MCHJ;
➡️3. “DEVOPS IT Center” MCHJ;
➡️4. “Mohirdev” MCHJ;
➡️5. “IT Park Xorazm” MCHJ;
✅Maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanadi.
➡️AT taʼlim rezidentlaridan reytingda yuqori o‘rinlarni qayd etish uchun CRM platformasiga maʼlumotlarni to‘liq kiritib borishlarini so‘rab qolamiz!
⚡️Ma’lumot uchun, bitiruvchilari eksportyor kompaniyalarga ishga joylashgan AT ta’lim markazlari belgilangan talablar asosida har bir ishga joylashgan bitiruvchisi uchun 46 mln 200 ming so‘mgacha subsidiya olishi mumkin.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 038
+3
Xorijiy yuqori martabali mehmonlar dasturchilarni tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi
⚡️O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyatiga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov “Fergana Digital Hub” majmuasidagi Apple kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan dasturchilarni tayyorlash markaziga tashrif buyurdi.
✅Tashrif davomida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i Obidjon Axmedov dasturchilarni tayyorlash markazi faoliyati, uning tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlar hamda raqamli ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
✅Shuningdek, markazda yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi, xalqaro talablarga mos bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 038
+9
Farg‘ona axborot texnologiyalari sohasida yirik xabga aylanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishida ishtirok etish uchun viloyatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov Farg‘ona shahridagi IT Park majmuasi faoliyati bilan tanishdi.
Mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamrohlik qildi.
—
Фергана становится крупным хабом в сфере информационных технологий
—
Fergana Is Becoming a Major Information Technology Hub
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
5 038
Repost from Aileaders.uz
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
Amazon Web Services {👩💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida!
🔊 AQSHning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri — Amazon Web Services bilan olib borilgan muzokaralar natijasida sun'iy intellekt va AT kurslari ishga tushirildi. Ushbu kurslar shunchaki nazariya emas, balki bevosita amaliyotga asoslangan:
➡️ AWS Certified xodimlari bor tashkilotlarning 91% innovatsiya oshganini, IT rahbarlarining 90% esa unumdorlik yaxshilanganini bildirgan.
🔴 aileaders.uz sahifasida ushbu kurslarni bepul o'qishingiz mumkin: ✅Machine Learning Essentials for Business and Technical Decision Makers; ✅ Planning a Generative AI Project; ✅Security, Compliance, and Governance for AI Solutions; ✅Essentials of Prompt Engineering; ✅Job Roles in the Cloud va boshqalar.➡️ O'z sohangizning yetakchisi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiriting, it-istedod.uz orqali xarajatlaringizni 100% gacha qaytarib oling! 📃 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: 🌟 aileaders.uz
