Repost from Sherzod Shermatov
Vodiylik yoshlar uchun yaxshi xabar: INHA University endi Farğonada ham böladi!
Bir xil yuqori ta’lim sifati endi Sizlar uchun yanada yaqinligi - öqish davrida transport va yashash uchun xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi!
13 yil avval bu universitetni poytaxtimizda ochishga harakat qilganimizda koreyalik universitet rahbarlarining juda köp xavotirlari sababli, ularni zörğa köndirgan edik.
Mana hozir, köz tegmasin, Prezidentimiz tashabbuslariga köra barcha hududlarni rivojlantirish böyicha amalga oshirilayotgan katta özgarishlarni Farğona viloyati misolida öz közlari bilan joyida körib, u yerda ham kampus ochish rejasini ma’qullashdi.
INHA Universityga topshirmoqchı bölgan yoshlarimiz hozirdan ingliz tili, matematika va fizikani yaxshiroq örganishni boshlashlari kerak! Kuchli bilim va tirishqoqliksiz uni muvaffaqiyatli bitirish qiyin bölgani uchun bitiruvchilar sıfatı indexida INHA yetakchilar qatorida.
PS. Sun’iy intellekt kelajak kasblarini juda tez özgartirayapi, oddiy kod yozuvchi bölib qolmang, doimo aileaders.uz orqali malakangizni oshiring. Misol uchun shu kabi videoni siz hozir Gemini orqali bemalol hech qanday yordamchilarsiz, aktyor, kamerachi, montaj qiluvchilarsiz, oddiy prompt orqali qilishingiz mumkin…
29 نوامبر, 12:27
