uk
Feedback
EDU.DIGITAL.UZ

EDU.DIGITAL.UZ

Відкрити в Telegram

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi. Muhokama guruhi: @digitaleduchat Elektron pochta: education@digital.uz Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy. Tel: (71) 203-03-43

Показати більше
4 977
Підписники
-624 години
-627 днів
-4230 день
Архів дописів
Repost from Digital.uz
🇺🇿 Raqamli texnologiyalar sohasida strategik rejalashtirish va davlat nazorati takomillashtiriladi – Prezident Farmoni ✍🏻
🇺🇿 Raqamli texnologiyalar sohasida strategik rejalashtirish va davlat nazorati takomillashtiriladi – Prezident Farmoni ✍🏻 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyuldagi PF–141-son Farmoni bilan raqamli texnologiyalar sohasida strategik rejalashtirish tizimini yanada takomillashtirish hamda ushbu sohada davlat nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar tasdiqlandi. ⚡️ Mazkur hujjat bilan mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish, raqamli davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda sohadagi boshqaruv va nazorat mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan qator vazifalar belgilandi. ❗️ Farmonga muvofiq, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi zamonaviy talablar asosida yangilanadi hamda ularning o‘zaro uyg‘unligi ta’minlanadi. 📌 Yangilangan ustuvor yo‘nalishlar quyidagilarni qamrab oladi:
raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalariga oid maqsadli ko‘rsatkichlarni “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga maqsadlariga muvofiqlashtirish; – “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida o‘qitilgan yoshlar sonini 2030-yilga qadar 5 million nafarga yetkazish; – radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish; – raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish darajasini yangi bosqichga olib chiqish orqali tarmoqlar samaradorligini oshirish; – axborot va ommaviy kommunikatsiyalar, telekommunikatsiyalar, raqamli texnologiyalar va noshirlik sohalarida davlat nazoratini mustahkamlash.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/198089 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Xitoyning texnologik kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi 📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Xitoyning “Zhong
+3
Xitoyning texnologik kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Xitoyning “Zhongke Ruiyan (Tianjin) Technology” kompaniyasi vakillari o‘rtasida qo‘shma raqamli ta’lim platformasini yaratish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅Uchrashuv davomida hamkor kompaniya vakillari tomonidan loyiha doirasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda platformani ishlab chiqishning navbatdagi bosqichlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. ✅Mazkur qo‘shma loyiha O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish hamda inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Repost from Digital.uz
#XalqPrezidenti #Xalqyetakchisi
Har bir yangi g‘oya – taraqqiyot sari qadam. Har bir raqamli yechim – inson manfaati uchun xizmat. Har bir islohot – Yangi O‘zbekiston kelajagiga investitsiya
Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar barcha sohalarning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. 🧑‍💻 Davlat boshqaruvini takomillashtirish, aholiga qulay va shaffof davlat xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, AT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom etmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning huquqiy va institutsional asoslari mustahkamlandi, elektron davlat xizmatlari kengaydi, IT Park ekotizimi jadal rivojlandi, dasturiy mahsulotlar eksporti sezilarli darajada oshdi, xalqaro AT-kompaniyalar faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Bugun O‘zbekiston nafaqat Markaziy Osiyo, balki keng mintaqada raqamli innovatsiyalar va texnologiyalar markazlaridan biriga aylanish yo‘lidan izchil odimlamoqda. ➡️ Mazkur islohotlarning xalqaro miqyosdagi e’tirofi ham tobora ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston “Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlangan davlat sifatida e’tirof etildi.
💬Bu kabi o‘zgarishlar zamirida raqamli taraqqiyotni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab bergan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbus va qarorlari muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz Rahbarining aynan shu strategik yondashuvi natijasida raqamli texnologiyalar inson manfaatiga xizmat qiladigan, davlat va jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan samarali tizimga aylanib bormoqda.
Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. 📌Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan hurmatli Prezidentimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Yangi O‘zbekistonning raqamli kelajagini barpo etish yo‘lidagi ezgu islohotlar va tashabbuslar izchil davom etib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! 🇺🇿24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident! 🇺🇿24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud kun. ✅Yurtboshimizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, yuksak g‘ayrat va shijoat, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Repost from Digital.uz
📇 👨‍💻“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! 💡 Hurmatli talaba
📇 👨‍💻Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda! 💡 Hurmatli talabalar (Davlat oliygohida 2-bosqichni bitirib 3-bosqichga o‘tadiganlar uchun)! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat! 🎯Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz, unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Vaqtni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida bepul tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!
📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi; O‘qish davri uchun: – bir mahal issiq ovqat; – rag‘bat puli (oyiga – 1 450 240 so‘m) beriladi. Moddiy texnik ta’minot: – noutbuk; – internet ; – online darsliklar; – amaliyotchi mutaxassislar darslari.
📊 Kursda: “Startup”lar va zamonaviy muammolarni AT yechimlar bilan integratsiya qilish (vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi.
🗓 Hujjatlar qabuli 2026-yil 31-iyul 23:59 ga qadar belgilandi.
🗺Hujjat topshirish: onlayn, ikki bosqichdan iborat. 1. 🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring va ariza qoldiring! 2. 💻 Shaxsiy kabinetga kirib ro‘yxatdagi hujjatlarni yuklang. (Shaxsiy kabinetga kirish uchun arizangizdagi elektron pochtangizga login va parol yuboriladi.) Hujjatlar ro‘yxati: ⏺ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; ⏺ Transkript (GPA); ⏺ Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis); ⏺ Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin): ⏺ Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa); ⏺ Portfolio (OTM da tahsil olish davrida erishilgan yutuqlarni isbotlovchi hujjatlar nusxalari, patent, sertifikat va shu kabi hujjatlar nusxalari). 💼 Barcha hujjatlar bitta *PDF faylga birlashtirilib yuklanishi kerak. Fayl hajmi 10 MB dan oshmasligi lozim. 👨‍💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari 📞 +998 90 177 20 22 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

🌟Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro
🌟Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkaziladi 2026-yil 9–16-avgust kunlari Toshkent shahrida 38-Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqa 97 dan ortiq davlatdan 386 nafar yosh dasturchini jamlaydi. Mezbon mamlakat sifatida O‘zbekiston olimpiadada 2 ta terma jamoa bilan ishtirok etadi. Olimpiada IT sohasini jadal rivojlantirayotgan respublikaning xalqaro hamjamiyatda oʻz mavqeyini yanada oshirishga xizmat qiladi. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/196681 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from Digital.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markaziga tamal toshi qo‘yish va boshqa yangi loyihal
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markaziga tamal toshi qo‘yish va boshqa yangi loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichi fundamental kashfiyotlar bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Buyuk ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nazariy asos solgan algoritmlar bugun global iqtisodiyot o‘zagi va insonlar kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi. Hozirgi dunyoda raqobat yillar yoki oylar bilan emas, balki daqiqalar va soniyalar bilan o‘lchanmoqda. Raqamlashtirishni ortga surgan, sun’iy intellektni o‘zlashtirmagan va innovatsiyalarga sarmoya kiritmagan davlatlar global rivojlanishdan orqada qolishi qayd etildi.
– Hayotimizning barcha jabhalarini raqamlashtirish bilan jiddiy shug‘ullanmasdan turib, rivojlanish mumkin emas. Busiz kelajagimiz yo‘qligini barchamiz teran anglashimiz kerak,
– dedi Prezident. Joriy yilning o‘zida O‘zbekistonda venchur investitsiyalar hajmi 5 barobar ko‘paydi, milliy startap ekotizimi qariyb 4,5 milliard dollarga yetdi. Innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 5 million dollar bo‘lgan Prezident startap tanloviga start berildi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from StartupBase
🌱 AgriTech Gov Challenge uchun arizalar qabuli boshlandi! AgriTech yechimingizni O‘zbekistonning yirik agroklasterlaridan bi
🌱 AgriTech Gov Challenge uchun arizalar qabuli boshlandi! AgriTech yechimingizni O‘zbekistonning yirik agroklasterlaridan biri bilan sinab ko‘rishni istaysizmi? 🟢 StartupBase platformasida mamlakatning yetakchi agroklasterlaridan biri tomonidan 7ta Gov Challenge e’lon qilindi. Ochiq yo‘nalishlar:
🟢Agri EdTech platformasi 🟢 Agrologistika platformasi 🟢 Agromarketpleys 🟢 Aqlli fermani boshqarish uchun ERP tizimi 🟢 AgriFinTech platformasi 🟢 Aqlli qishloq xo‘jaligi uchun IoT platformasi 🟢 Innovatsion AgriTech yechimlari Tanlab olingan startaplar: 🟢 yirik agroklaster bilan pilot loyihani ishga tushirish; 🟢 mahsulotni amaliy sharoitda sinovdan o‘tkazish; 🟢 yirik korporativ buyurtmachi bilan ishlash; 🟢 mijozlar bazasini kengaytirish; 🟢 uzoq muddatli strategik hamkorlik o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🗓 Arizalar 30-iyulgacha qabul qilinadi. 📖 Vazifalar bilan tanishing va ariza topshiring AgriTech startapingizni yangi bosqichga olib chiqing va raqamli transformatsiyaning bir qismiga aylaning! @startupbaseuz Читать на русском Read in English LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Sun’iy intellekt assistenti va agenti farqi nimada? ✅Bugungi kunda ko‘plab ilova va xizmatlarda sun’iy intellekt assistentlar
Sun’iy intellekt assistenti va agenti farqi nimada? ✅Bugungi kunda ko‘plab ilova va xizmatlarda sun’iy intellekt assistentlari hamda agentlaridan foydalanilmoqda. Ular bir-biriga o‘xshash ko‘rinsa-da, vazifalari va imkoniyatlari jihatidan sezilarli farq qiladi.
➡️Sun’iy intellekt assistenti – foydalanuvchining savollariga javob beradi, matn yozadi, ma’lumot izlaydi va tavsiyalar beradi. ChatGPT, Gemini hamda Claude bunga misol bo‘la oladi. ➡️Sun’iy intellekt agenti – foydalanuvchi qo‘ygan maqsadni tushunadi, reja tuzadi va zarur bo‘lsa, vazifani bir necha bosqichda mustaqil bajaradi.
❗️Soddaroq aytganda, assistent savolingizga javob beruvchi yordamchi bo‘lsa, agent topshiriqni boshidan oxirigacha mustaqil bajaruvchi raqamli ijrochidir. ⚡️Siz ham sun’iy intellekt assistentlari va agentlari hamda boshqa zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq aileaders.uz platformasiga tashrif buyuring. Kurslarda tahsil oling! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari boʻlib oʻtdi ⚜️Joriy yilning 17–18
+3
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari boʻlib oʻtdi ⚜️Joriy yilning 17–18-iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvensiya markazida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi o‘tkazildi. Tadbir Adliya vazirligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etildi. ✅Loyiha doirasida respublikaning turli hududlaridan 70 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirok etdi. ✅Shuningdek, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ma’rifiy mashg‘ulotlar tashkil etildi hamda 14 nafar iqtidorli yoshlarga noutbooklar topshirildi. ⚡️Mazkur loyiha inklyuziv jamiyatni rivojlantirish hamda yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

🤩IT-Park rezidenti boʻlgan TOP-5 ta’lim markazlar reytingi (17.07.2026) ❗️Mazkur reyting tegishli mezonlar asosida shakllant
🤩IT-Park rezidenti boʻlgan TOP-5 ta’lim markazlar reytingi (17.07.2026) ❗️Mazkur reyting tegishli mezonlar asosida shakllantirildi. Reyting bilan tanishing: ➡️1. “IT Hub Samarkand 1” MCHJ; ➡️2. “Sensorika” MCHJ; ➡️3. “Mohirdev” MCHJ; ➡️4. “IT Park Xorazm” MCHJ; ➡️5. “Digital Academy Sirdaryo” MCHJ. ✅Maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanadi. ➡️AT taʼlim rezidentlaridan reytingda yuqori o‘rinlarni qayd etish uchun CRM platformasiga maʼlumotlarni to‘liq kiritib borishlarini so‘rab qolamiz! 🔗Farzandi kelajagini oʻylab, ishonchli AT taʼlim markazi qidirib yurgan yaqinlaringizga yuboring! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

IT’ga qiziqasiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? ⚜️Ko‘plab o‘quvchilar IT sohasiga qiziqadi, ammo qaysi yo‘nalishni
IT’ga qiziqasiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? ⚜️Ko‘plab o‘quvchilar IT sohasiga qiziqadi, ammo qaysi yo‘nalishni tanlash va qanday boshlashni bilmaydi.
📖 “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi shu ehtiyojga yechim beradi. Ta’lim, yozgi oromgoh, amaliyot, ish va startap imkoniyatlarini birlashtirgan ushbu kompleks ekotizim Sizga IT sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam beradi.
Kelajak kasblarini maktab davridayoq o‘rganing! Loyiha doirasida o‘quvchilar 8-sinfdan boshlab bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan IT va xorijiy til yo‘nalishlarda 4 yil davomida quyidagi mutlaqo bepul tahsil oladilar:
➡Front-end va UI/UX dizayn; ➡Back-end; ➡DevOps; ➡Kiberxavfsizlik; ➡Ma’lumotlar tahlili (Data Analytics); ➡IoT; ➡O‘yinlar dizayni (Game Design); ➡Mobil dasturlash; ➡Ingliz tili.
Dastur so‘ngida Siz:
➡️ Xalqaro IT va til sertifikatlariga ega bo‘lasiz ➡️ Maktab davridayoq daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz ➡️ Xalqaro IT bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan talabgir mutaxassisga aylanasiz.
Kelajak imkoniyatlarini qo‘ldan boy bermang! 🔊 Respublikamizning barcha hududlarida ochilishi kutilayotgan ushbu loyihaning o‘quvchisiga aylaning va zamonaviy IT ekotizimida o‘z yo‘lingizni boshlang. 🔰Saralash imtihonida ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. havola 🚀Telegram |📷 Instagram

Data center nima va nega ular butun dunyoda ko‘paymoqda? 📌Forbes nashrining xabar berishicha, sun'iy intellekt, bulutli xizm
Data center nima va nega ular butun dunyoda ko‘paymoqda? 📌Forbes nashrining xabar berishicha, sun'iy intellekt, bulutli xizmatlar (Cloud) va raqamli texnologiyalarga talab oshgani sari dunyo bo'ylab data centerlar soni ham tez sur'atlarda ortmoqda.
🔗Data center - internet, mobil ilovalar, sun'iy intellekt va bulutli xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta'minlaydigan serverlar joylashgan texnologik markazdir. Siz video tomosha qilganingizda, fayl yuklaganingizda yoki ChatGPTdan javob olganingizda, aslida aynan shu data centerlardagi serverlar ishlayotgan bo'ladi.
📊Shu sababli bugungi kunda data centerlar, cloud texnologiyalari va sun'iy intellekt bilan ishlashni biladigan mutaxassislarga talab ham tobora ortib bormoqda. 📑Data Center, Cloud va Sun'iy intellekt bo‘yicha bilimlaringizni rivojlantirishni istasangiz, “5 million sun'iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasidagi aileaders.uz platformasida taqdim etilgan Coursera, Oracle va Huawei ta'lim dasturlari asosidagi bepul kurslardan foydalanishingiz mumkin. ⚜️Egallagan bilim va ko‘nikmalaringizni IT-Istedod.uz sayti orqali xalqaro AT sertifikatlari bilan tasdiqlang hamda sertifikat olish uchun sarflagan xarajatingizni my.gov.uz portali orqali kompensatsiya qilib oling. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Best Startup Project Startapingiz bilan yirik investitsiyalar sari qadam
🥇 Dasturlar bilan tanishing. President Tech Award | Best Startup Project Startapingiz bilan yirik investitsiyalar sari qadam tashlashga tayyormisiz?
🔎 Best Startup Project — President Tech Award doirasidagi tanlov yo‘nalishi bo‘lib, eng istiqbolli texnologik startaplarni aniqlash, ularning o‘sishini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya bilan ta’minlashga qaratilgan. G‘olib startaplar investitsiya, ekspert ko‘magi va xalqaro rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kimlar uchun? 🔹FinTech, 🔹Enterprise, 🔹AdTech, 🔹GovTech, 🔹GameDev, 🔹EdTech, 🔹Logistics, 🔹HealthTech 🔹DeepTech Yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan, mahsuloti va bozor natijalariga ega bo‘lgan startup jamoalari uchun.
Nimalarga ega bo‘lasiz? 🥇 1-o‘rin — $125 000 investitsiya 🥈 2-o‘rin — $75 000 investitsiya 🥉 3-o‘rin — $50 000 investitsiya 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 1-iyul – 31-avgust 🏆 G‘oliblar: 30 ta startup 📍 Final: 23-dekabr 🔗 Ro'yxatdan o'ting President Tech Award g‘oliblari safidan joy oling! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Qozogʻistonda IOI 2026 ga tayyorgarlik mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi ✅Joriy yil 3–15-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahridagi “Astana IT University”da “ACTSxCPFED 2026” xalqaro o‘quv-mashg‘ulotlari oʻtkazildi. ✅Mashgʻulotlar Qozog‘iston Sport dasturlash federatsiyasi hamda “Algorithm and Code Training School” xalqaro maktabi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Ozarbayjon milliy terma jamoalari ishtirok etdi. ✅Mashg‘ulotlar IOI 2026 ga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xalqaro murabbiylar ishtirokida oʻtkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a'zosi va 1 nafar murabbiy qatnashdi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari tashkil etiladi ⚜️Joriy yilning 17
“Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va raqamli ta’lim tadbirlari tashkil etiladi ⚜️Joriy yilning 17–18-iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvensiya markazida “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi o‘tkaziladi. Tadbir Adliya vazirligi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati hamda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamkorligida boʻlib oʻtadi. ✅Loyiha doirasida respublikaning turli hududlaridan 70 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirok etadi. Dasturdan “Maftunkor ranglar jilosi” tasviriy san’at ko‘rik-tanlovi hamda shaxmat musobaqasi o‘rin olgan. ✅Shuningdek, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ma’rifiy mashg‘ulotlar tashkil etadi. ⚡️Mazkur loyiha inklyuziv jamiyatni rivojlantirish hamda yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Repost from Aileaders.uz
🟦🟦🟦 🌟 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi o'tkazilgan "Milliy tanlov" da maktab o'quvchilar
🟦🟦🟦
🌟 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi o'tkazilgan "Milliy tanlov" da maktab o'quvchilari va o'qituvchilari hamda universitetlar va talabalar, ish va o'qish bilan band bo'lmagan yoshlar kategoriyasi ishtirok etdi.
🗂 Nima deb o'ylaysiz, kelgusi yilda loyiha rivojiga qo’shgan hissasi uchun yana kimlarni rag’batlantirish kerak? Fikringizni izohlarda qoldiring.
✅ Eng ko'p nomi tilga olingan toifani tanlovga qo'shish masalasi ko'rib chiqiladi.

Hududlardagi "IT shaharcha"larga mentorlikka ishga taklif etamiz 📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-
Hududlardagi "IT shaharcha"larga mentorlikka ishga taklif etamiz 📖 Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlardagi "IT-shaharcha" loyihasi uchun mentorlarni tanlov asosida ishga taklif etadi. "IT-shaharcha" – 5–11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni bepul o‘rgatishga qaratilgan loyiha bo‘lib, har bir markazda yiliga 400 nafargacha o‘quvchi malakali mentorlar rahbarligida tahsil oladi. ✅ Mentorlik yo‘nalishlari:
➡️Kompyuter savodxonligi; ➡️Dasturlash; ➡️Kibersport; ➡️Robototexnika; ➡️Grafik dizayn; ➡️Sun’iy intellekt; ➡️Ingliz tili; ➡️Koreys tili; ➡️Nemis tili
Mentorlikka talablar: ➡️Ingliz tili - IELTS sertifikati 6,0 darajadan yuqori yoki ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha diplom (masalan, CELTA) kabi sertifikat; ➡️Koreys, yapon va nemis tillari: B2-C1 darajasi; ➡️Dasturlash - kamida bitta dasturlash tilini (masalan, Python, Java, C++, JavaScript, Frontend) chuqur bilish. Tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazalari, tarmoq va boshqa asosiy sohalar bo‘yicha chuqur bilim; ➡️Grafik dizayn - sohaga tegishli dasturlar bilan ishlashda mukammal ko‘nikmalar. Har xil turdagi grafikalar, jumladan UI/UX dizayni, 2D va 3D grafikalarni yaratish tajribasi; ➡️Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C#, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi. ➡️IT sohasida ish tajribasi va tegishli sertifikat, diplomlarga ega bo‘lish. ✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar: ➡️O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik; ➡️Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati; ➡️Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak; ➡️Tahliliy ko‘nikmalar.
💰Ish haqi suhbat asosida belgilanadi. 📩 Ariza qoldirish uchun: havola Shoshiling, bunday qulay imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang! 🚀 Telegram

Repost from Sherzod Shermatov
Raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yengillashtirish va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha missiyamizni amalga oshirish jarayonlari doimiy Davlatimiz Rahbarining shaxsiy nazoratlarida bo‘lgani sababli, ko‘z tegmasin, yurtimizda IT sohasi ko‘pchilik boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori sur’atlarda rivojlanishiga erishilmoqda. Nafaqat IT eksporti ilk bor milliard dollardan oshishiga erishildi, balki Startap ekotizimini o‘sish sur’ati bo‘yicha O‘zbekiston “Yil davlati” deb e’tirof etildi. Kuni kecha ham Prezidentimiz tomonlaridan raqamli xizmatlarni aholimiz va tadbirkorlarimiz uchun yana-da qulay qilish, chet ellik kompaniyalarni hududlarga olib kelib, joylarda yuqori daromadli ishchi o‘rinlarni ko‘paytirishga hamda startap ekotizimini yana-da rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Bu yurtimiz yoshlariga kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo‘lishlari uchun yozdagi vaqtlarida ham imkoni boricha xorijiy tillarni hamda zamonaviy kasblarni o‘rganishdan to‘xtamasliklariga ishoradir. Juda ko‘p kurslarni onlayn o‘rgansa ham bo‘ladi: aileaders.uz

Repost from Digital.uz
🏢“Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazining 160 nafar bitiruvchisiga sertifikatlar topshirildi. 🏆 Poytaxtimizda Raqamli texnolo
+9
🏢“Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazining 160 nafar bitiruvchisiga sertifikatlar topshirildi. 🏆 Poytaxtimizda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti hamkorligida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” markazining 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar rahbariyati, jumladan, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirok etdi.
🔗 Ma'lumot o'rnida, ushbu markazda ta’lim jarayonlari 34 hafta davomida ilg'or «Blended learning» (aralash ta’lim) texnologiyasi asosida tashkil etiladi. Bu yilgi o'quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan 160 nafar iqtidorli yoshlar raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yo'nalishlarida chuqur bilim hamda zamonaviy malakaga ega bo'ldilar.
➡ Tadbir davomida bitiruvchilar tomonidan sun’iy intellekt va neyron tarmoqlarga asoslangan eng yaxshi innovatsion loyihalar namoyish etildi. Xususan, markaz tinglovchilari tomonidan yaratilgan "Qaqajon AI" startapi Markaziy Osiyoning eng istiqbolli loyihalari qatorida "Startup Booster Demo Day 2026" dasturida g'olib bo'lib, 25 000 AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritgani alohida e'tirof etildi. ➡️ Marosim so'nggida barcha bitiruvchilarga maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelgusidagi o'qish hamda mehnat faoliyatlariga ulkan zafarlar tilandi. Ushbu imkoniyatdan siz ham foydalanmoqchi bo‘lsangiz Qabul ochiq: Ro‘yxatdan o‘tishMurojaat uchun telefon: 📞(90) 177 20 22; 📞 (95) 474 19 19 🌐dscience.uz 🌐creativetech.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X