ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

EDU.DIGITAL.UZ

EDU.DIGITAL.UZ

الذهاب إلى القناة على Telegram

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi. Muhokama guruhi: @digitaleduchat Elektron pochta: education@digital.uz Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy. Tel: (71) 203-03-43

إظهار المزيد
5 154
المشتركون
-424 ساعات
+357 أيام
+20530 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Digital.uz
Vazir o‘rinbosari Farg‘ona viloyatidagi raqamli ta’lim loyihalari faoliyati bilan tanishdi 🗣️Farg‘ona viloyatiga tashrifi da
+7
Vazir o‘rinbosari Farg‘ona viloyatidagi raqamli ta’lim loyihalari faoliyati bilan tanishdi 🗣️Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov “Fergana Digital Hub”dagi raqamli ta’lim loyihalari, shuningdek, “AT-shaharcha”dagi o‘quv jarayonlari va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. ✅Jumladan, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida umumta’lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilariga axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. ✅Ta’kidlash joizki, loyiha doirasida tahsil olish istagini bildirib ro‘yxatdan o‘tgan 1 500 nafar o‘quvchi orasidan saralash natijalariga ko‘ra 180 nafari tanlab olinib, maxsus o‘quv kurslariga jalb etilgan. ✅Shuningdek, Apple kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “iDev Academy” dasturchilarni tayyorlash markazi faoliyati ham o‘rganildi. Ayni paytda markazda 100 nafarga yaqin yosh Apple kompaniyasi tomonidan malakasi oshirilgan mentorlar ko‘magida iOS dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olmoqda. ✅Qolaversa, Fargʻona viloyati Toshloq tumanidagi “AT-shaharcha” faoliyati bilan ham tanishildi. Mazkur maskanda python va flutter dasturlash, grafik va 3D dizayn, robototexnika hamda ingliz tili yo‘nalishlari bo‘yicha 11 nafar mentor 400 nafardan ortiq yoshga ta’lim bermoqda. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

🟦🟦 Onlayn ochiq muloqot boshlandi 🗣️Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida talaba
🟦🟦 Onlayn ochiq muloqot boshlandi 🗣️Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida talabalar uchun onlayn ochiq muloqot tashkil etdi. ✅ Ochiq muloqotda Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi, Uzinfocom hamda UNICON-SOFT mutaxassislari sun’iy intellekt davrida ta’lim olish, talab yuqori boʻlgan kasblarni egallash va oʻz bilimingiz orqali yuqori daromadga chiqish yoʻllari haqida soʻz yuritiladi. ✅Shuningdek, IT Park Uzbekistan tomonidan mamlakatimizdagi startap ekotizimi, uning rivojlanish istiqbollari, talabalar erishayotgan yutuqlar, innovatsion gʻoyalarni biznesga aylantirish imkoniyatlari hamda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. 📊Konferensiya havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=z2OgF0S2HmQ 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Repost from Digital.uz
⚡️ AQŞning yetakçi texnologiya kompaniyalari kurslarini aileaders.uz’da bepul örganing Endi dunyoning eng yirik texnologiya k
⚡️ AQŞning yetakçi texnologiya kompaniyalari kurslarini aileaders.uz’da bepul örganing Endi dunyoning eng yirik texnologiya kompaniyalari tajribasi va bilimlarini özlaştiriş uçun katta mablağ sarflaş şart emas. aileaders.uz platformasida quyidagi bepul kurslar va öquv qöllanmalar mavjud:
➡️ Google — zamonaviy AT texnologiyalari (2 ta öquv qöllanma); ➡️ Meta — dasturlaş va raqamli texnologiyalar (3 ta kurs); ➡️ OpenAI — sun’iy intellekt (1 ta öquv qöllanma); ➡️ NVIDIA — SI va Machine Learning (1 ta öquv qöllanma); ➡️ AWS — bulutli texnologiyalar (21 ta kurs); ➡️ Oracle — ma’lumotlar bazasi (45 ta kurs); ➡️ Coursera — xalqaro ta’lim kurslari (5 ta kurs); ➡️ DataCamp — Data Science va dasturlaş (700 dan ortiq kurs).
Kurslar orqali zamonaviy bilim va könikmalarni egallaş hamda xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassisga aylaning! ➡️ Röyxatdan ötiş va öqişni boşlaş uçun: aileaders.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from Digital.uz
🎮 Farğona viloyatida GameDev va Animatsiya kurslariga start berildi “Mirzo Uluğbek vorislari” markazi metodologiyasi asosida
+6
🎮 Farğona viloyatida GameDev va Animatsiya kurslariga start berildi “Mirzo Uluğbek vorislari” markazi metodologiyasi asosida Farğona viloyatidagi IT Şaharça va Farğona Digital Hubda yoşlar uçun GameDev va Animatsiya yönalişlarida bepul öquv kurslari yölga qöyildi. ⚜️ Uşbu kurslarda yoşlar GameDev va Animatsiya böyiça zamonaviy dasturlar bilan işlaş, amaliy loyihalar yaratiş, portfolio şakllantiriş va işga joylaşiş uçun zarur könikmalarga ega böladilar. ⬇️ Yoşlar uçun quyidagi yönalişlarda bepul ta’lim taşkil etiladi:
➡️ GameDev; ➡️ Animatsiya; ➡️ 3D grafika; ➡️ Öyin yaratiş asoslari; ➡️ Kreativ texnologiyalar.
Kurs davomiyligi — 6 oy: 🔴 4 oy — bazaviy ta’lim 🔴 2 oy — amaliyot ⚜️ GameDev va zamonaviy kreativ texnologiyalar yönalişida ta’lim olişni istagan yoşlar quyidagi havola orqali ariza topşirişlari mumkin! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

IT Study platformasida tahsil olganlarning so‘nggi 10 oydagi natijalari ✅Joriy yilning yanvar–oktabr oylarida itstudy.uz plat
+2
IT Study platformasida tahsil olganlarning so‘nggi 10 oydagi natijalari ✅Joriy yilning yanvar–oktabr oylarida itstudy.uz platformasida yoshlar zamonaviy kasblar bo‘yicha tahsil olib, 122 mingdan ortiq sertifikat qo‘lga kiritdi. ✅Eng ommabop yo‘nalishlar qatoridan:
➡️Elektron tijorat; ➡️Sun’iy intellekt; ➡️SMM; ➡️Ingliz tili va GPT kurslari o‘rin oldi.
✅Hududlar kesimida sertifikatlar soni bo‘yicha Namangan, Samarqand va Andijon viloyatlari yetakchilik qilmoqda. ✅Hozirda platformada 32 ta kurs mavjud bo‘lib, 2026-yilda platformaga 10 ta yangi kurs joylashtirildi. Ularning 4 tasi sun’iy intellekt yo‘nalishiga tegishli. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? ✅Qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalan
Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? ✅Qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanish ortishi bilan is gazidan zaharlanish xavfi ham kuchayadi. Is gazi yoqilg‘ilarning chala yonishi natijasida hosil bo‘ladigan rangsiz, hidsiz va zaharli gaz. Zaharlanishning oldini olish uchun:
➡️Isitish moslamalari va gaz jihozlarining texnik holatini muntazam tekshirtiring; ➡️Mo‘rilar va shamollatish tizimlarining sozligini nazorat qiling; ➡️Xonalarni muntazam shamollatib turing, havo almashinuvi yo‘llarini berkitmang; ➡️Nosoz yoki qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang; ➡️Yopiq xonalarda ko‘mir cho‘g‘i, generator yoki avtomobil dvigatelini ishlatmang; ➡️Xonadonlarga is gazini aniqlovchi maxsus detektorlar o‘rnating.
⏺️Unutmang! Is gazidan zaharlanishning oldini olish o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning eng muhim choralaridan biridir. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

⚡️Talabalarni onlayn oçiq muloqotga taklif etamiz 🗣️Joriy yilning 6-noyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida talabalar uçun onlayn oçiq muloqot taşkil etiladi. ✅ Raqamli taʼlimni rivojlantiriş markazi, Uzinfocom hamda UNICON-SOFT mutaxassislari sun’iy intellekt davrida ta’lim oliş, talab yuqori bölgan kasblarni egallaş va öz bilimingiz orqali yuqori daromadga çiqiş yöllari haqida söz yuritadi. ✅Şuningdek, IT Park Uzbekistan tomonidan mamlakatimizdagi startap ekotizimi, uning rivojlaniş istiqbollari, talabalar erişayotgan yutuqlar, innovatsion ğoyalarni biznesga aylantiriş imkoniyatlari hamda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
⚡️Öz loyihangiz yoki taklifingiz bölsa, quyidagi havola orqali yuboring. Savollaringizni esa izohlarda qoldirişingiz mumkin!
🎁 Eng yaxşi taklif bergan iştirokçilarga qimmatbaho sovğalar (Zamonaviy noutbuk, Ipad planşeti, Coursera xalqaro ta’lim platformasi litsenziyalari) taqdim etiladi. 🗓️Sana: 6-noyabr; ⏰Vaqt: 15:00; 📊Konferensiya havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=z2OgF0S2HmQ Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Dasturchilarni tayyorlash markazlariga mentorlar ishga taklif etiladi! 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlarda A
Dasturchilarni tayyorlash markazlariga mentorlar ishga taklif etiladi! 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hududlarda Apple kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan “iDev Academy” dasturchilarni tayyorlash markazlari uchun iOS dasturlash, AI Product Management, grafik dizayn (UX/UI) va IT Kids yo‘nalishlarida mentorlarni ochiq tanlov asosida ishga taklif etadi. ✅Tanlovda tegishli yo‘nalishda amaliy tajriba, kasbiy bilim va dars berish ko‘nikmasiga ega mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. ✅Nomzodlar hujjatlar va portfolioni baholash, amaliy topshiriq, namunaviy dars hamda suhbat bosqichlari orqali saralanadi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tganlar maxsus trenerlarni tayyorlash (ToT) dasturida o‘qitiladi. 🗣️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin. ✅Batafsil ma’lumot uchun: +998 90 984 97 41, 💬@osaxmedov. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Repost from Aileaders.uz
Hurmatli talabalar, yana qaysi SI platformalaridan bepul foydalanishni xohlar edingiz?
Anonymous voting

Repost from Aileaders.uz

700 dan ortiq premium kurslarda bepul tahsil oling! 🌟“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida tashkil etilgan aileaders.uz platformasi orqali DataCamp’ning 700 dan ortiq premium kurslarida mutlaqo bepul ta’lim olish imkoniyati yaratildi. ✅Ushbu kurslar orqali Data Science, ma’lumotlar tahlili, Python, SQL, Machine Learning va sun’iy intellekt kabi bugungi kunda eng talabgir yo‘nalishlarda bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz mumkin. ✅Zamonaviy kasblarni egallash sari ilk qadamni bugunoq qo‘ying! ⚡️Hoziroq aileaders.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting va xalqaro ta’lim resurslaridan bepul foydalanishni boshlang! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Repost from Digital.uz
🔘Açarya universiteti bilan AT ta’lim va raqamli infratuzilma sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Raqamli texn
+4
🔘Açarya universiteti bilan AT ta’lim va raqamli infratuzilma sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Açarya universiteti boş ijroçi direktori Vineş Çandraşekar bilan uçraşuv ötkazdi. 🗺Muloqot davomida Özbekistonda AT ta’lim tizimini rivojlantiriş, zamonaviy ta’lim yondaşuvlarini joriy etiş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.
↪️ Tomonlar universitetning Özbekistondagi faoliyatini kengaytiriş, ta’lim dasturlarini takomillaştiriş, xalqaro tajriba va ilğor amaliyotlarni öquv jarayoniga tatbiq etiş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşdilar.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/240546 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

“Maqsadim oʻzbekistonlik eng mashhur dasturchi boʻlish” — Ahmadbek Muxtorov 🏷Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi Ahmadbek Muxtorov “Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” dasturi doirasida axborot texnologiyalari kursini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ayni paytda u “IT-shaharcha”da tahsil olib, bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirmoqda. ✅Qahramonimiz o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etib, “Yordamchi” nomli loyihasini ishlab chiqqan. Mazkur loyiha ota-onalarga farzandlarining ta’lim olishi va rivojlanish jarayonini kuzatib borish imkonini beradi. ✅Yosh bo‘lishiga qaramay, Ahmadbek frilanserlik faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan. U mahalliy tadbirkorlar uchun Telegram botlar va veb-saytlar yaratib, o‘z bilimi orqali daromad topmoqda. ✅Ahmadbekning oldiga qoʻygan maqsadlari aniq, u kelajakda oʻzbekistonlik eng mashhur dasturchi boʻlish uchun tun-u kun oʻqib oʻrganmoqda. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Hududlardagi “IT-shaharcha”larga nemis, yapon va koreys tillari mentorlarini ishga taklif etamiz! 📖Raqamli ta’limni rivojlan
Hududlardagi “IT-shaharcha”larga nemis, yapon va koreys tillari mentorlarini ishga taklif etamiz! 📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi “IT-shaharcha”larda yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida malakali mentorlarni ishga taklif etadi. ❗️Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🇩🇪Nemis tili — kamida B2 daraja (Goethe-Zertifikat, telc yoki ÖSD); 🇯🇵Yapon tili — kamida JLPT N2 daraja; 🇰🇷Koreys tili — kamida TOPIK 4-daraja.
✅Shuningdek, dars o‘tish ko‘nikmasi va zamonaviy ta’lim metodlarini bilish talab etiladi. Yuqori til darajasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi. ⚜️Ish haqi va ish vaqti o‘zaro kelishuv asosida belgilanadi. ➡️Talabgorlar quyidagi havola orqali ariza qoldirishlari mumkin! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Farg‘onadagi dasturchilarni tayyorlash markazida navbatdagi saralash bosqichi o‘tkazildi 💸Joriy yilning 7–11-oktabr kunlari
Farg‘onadagi dasturchilarni tayyorlash markazida navbatdagi saralash bosqichi o‘tkazildi 💸Joriy yilning 7–11-oktabr kunlari Farg‘ona shahridagi “Fergana Digital Hub” majmuasida Apple kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan dasturchilarni tayyorlash markaziga o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha navbatdagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. ✅Saralashda ishtirok etish uchun jami 152 ta ariza kelib tushdi. Saralash jarayonida 93 nafar talabgor, jumladan, 76 nafari iOS dasturlash, 17 nafari esa IT Kids yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi. ✅Yakuniy natijalarga ko‘ra, 65 nafar o‘quvchi qabul qilindi. 🗣️Saralashda ishtirok etgan talabgorlar quyidagi havola orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Google Cloud va Coursera tomonidan oʻtkaziladigan vebinarda ishtirok eting ✅Joriy yil 16-noyabr kuni Google Cloud va Coursera
Google Cloud va Coursera tomonidan oʻtkaziladigan vebinarda ishtirok eting ✅Joriy yil 16-noyabr kuni Google Cloud va Coursera tomonidan generativ sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim imkoniyatlari hamda Generative AI Leader xalqaro sertifikatiga tayyorgarlik mavzusida vebinar oʻtkaziladi. Vebinar davomida ishtirokchilar:
➡️Generativ sun’iy intellekt asoslari va undan ish jarayonlarida foydalanish; ➡️Coursera platformasidagi Generative AI Leader o‘quv dasturi va uning 5 ta kursi; ➡️Sun’iy intellekt sohasidagi kasbiy imkoniyatlar; ➡️Google Cloud sertifikatlash imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish va uni topshirish tartibi haqida ma’lumot oladilar.
⏰Vaqti: 16-noyabr, 2026-yil; 🏷️Formati: onlayn. 🗣️Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Xalqaro AT-sertifikat karyeramda muvaffaqiyatga erishishimga yordam berdi — Doston Abdullayev 🗣️Qahramonimiz, 23 yoshli Doston Abdullayev, kiberxavfsizlik yo‘nalishida ustoz sifatida faoliyat yuritmoqda. U o‘z ustida tinimsiz ishlashi natijasida Offensive Security kompaniyasining nufuzli OSCP xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi. ⚜️Shuningdek, Doston my.gov.uz portali orqali ariza qoldirgan holda xalqaro AT-sertifikatini olish uchun sarflagan xarajatlarining 30 foizini kompensatsiya sifatida qaytarib oldi. ✅Siz ham IT-Istedod.uz saytida koʻrsatilgan xalqaro darajadagi AT sertifikatni qoʻlga kiriting va sertifikat olish uchun ketgan xarajatingizni kompensatsiya qilib oling! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Repost from Aileaders.uz
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Katta yangilik! DataCamp’ning 700 dan ortiq kurslari aileaders.uz da mutlaqo BEPUL! Ma'lumotlar tahlili, Sun'iy
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Katta yangilik! DataCamp’ning 700 dan ortiq kurslari aileaders.uz da mutlaqo BEPUL! Ma'lumotlar tahlili, Sun'iy intellekt va dasturlashni dunyoning eng oldi platformalaridan birida o'rganing! ⚜️DataCamp platformasining 700 dan ortiq premium kurslarini aileaders.uz saytida mutlaqo bepul o'qishingiz mumkin! Nimalarni o'rganish mumkin?
✅ Data Science va Ma'lumotlar tahlili (Data Analytics); ✅ Python, SQL, R va boshqa dasturlash tillari; ✅ Machine Learning va Sun'iy intellekt sirlari; ✅ va 700 dan ortiq boshqa kurslar.
🧾Dunyoda minglab dollar turadigan bilimlarni bugun bepul o'zlashtiring va o'z karyerangizda yangi sahifa oching!
⚜️ Yanada yangi va bepul kurslarga ega bo'lishni xohlasangiz bizni kuzatishda davom eting, hali eng zo'rlari oldinda.
🌟 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va o'rganishni boshlang: aileaders.uz

🟦🟦 #BizHaqimizda “IT-shaharcha”da zamonaviy mutaxassislar tayyorlanmoqda ✅Navoiy milliy teleradiokanali ijodkorlari Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan “IT-shaharcha” faoliyati yuzasidan maxsus ko‘rsatuv tayyorladi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Yaponiya bilan AT mutaxassislarini tayyorlash va ishga joylash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi ✅22-oktabr kuni
+3
Yaponiya bilan AT mutaxassislarini tayyorlash va ishga joylash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi ✅22-oktabr kuni Yaponiyaning Yamagata prefekturasi, Yamagata universiteti hamda yapon kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✅Uchrashuvda O‘zbekistonda AT mutaxassislarini tayyorlash tizimi, IT Park tomonidan xorijiy kompaniyalarga ko‘rsatilayotgan ko‘mak hamda yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim loyihalari haqida ma’lumot berildi. ✅Shuningdek, Yaponiya kompaniyalarining ehtiyoj va talablari asosida AT mutaxassislarini tayyorlash, yapon tilini o‘qitishni kengaytirish hamda o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarning Yaponiyada, xususan, Yamagata prefekturasida mehnat faoliyatini olib borish imkoniyatlari muhokama qilindi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin