EDU.DIGITAL.UZ
Kanalga Telegram’da o‘tish
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi. Muhokama guruhi: @digitaleduchat Elektron pochta: education@digital.uz Manzil: 100164, Toshkent shahar, I.Muminov ko‘chasi, 4-uy. Tel: (71) 203-03-43
Ko'proq ko'rsatish5 033
Obunachilar
-324 soatlar
+257 kunlar
-2530 kunlar
Postlar arxiv
5 032
Repost from Digital.uz
“Prezidentimiz biz yoshlarga bergan ishonchini oqlashimiz kerak. Va biz Uchinchi Renessansni birga quramiz.”Bu so‘zlar katta minbarlarda emas, hali hayotning boshida turgan, ammo maqsadlari o‘zidan ancha katta bo‘lgan Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi IT shaharchada tahsil olayotgan o‘quvchilardan biriga tegishli. Videorolikda yoshlar o‘z hayot yo‘li, orzu-maqsadlari va kelajak rejalari haqida samimiy fikr yuritar ekan, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklar, erishgan yutuqlari hamda o‘zlarini ilhomlantirayotgan omillar haqida so‘zlab beradilar. Ularning ayrimlari murakkab hayotiy sinovlarni boshdan kechirgan. Kimdir oilasidan uzoqda ulg‘aymoqda, kimdir qiyin sharoitda yashamoqda. Ammo barchasini birlashtirib turgan jihat bor — bu bilim olish, o‘z ustida ishlash va kelajagini o‘zgartirishga bo‘lgan intilish. Bugun ular AT sohasida bilim olmoqda, yangi ko‘nikmalarni egallamoqda va o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ymoqda. Eng muhimi, ular o‘z kelajagiga befarq emas. Chunki katta yutuqlar ko‘pincha ana shunday kichik qalblardagi katta orzulardan boshlanadi. 🔥 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
5 032
+4
“EGOI — 2026” gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi
⚜️Joriy yilning 12-iyun kuni Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazida Yevropa qizlar informatika olimpiadasi (EGOI — 2026)da muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirda Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori Azamat Eshankulov terma jamoa aʼzolari:
➡️Oysha Mirzatillaeva – Toshkent shahri, Olmazor ixtisoslashtirilgan maktabi; ➡️Malika Khojamuratova – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati; ➡️Rayxona Sanakulova – Navoiy shahridagi Prezident maktabi; ➡️Durdona Akramova – Jizzax viloyati, Jizzax shahri, 1-IMI oʻquvchilarini erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini alohida eʼtirof etdi hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.⚡️Qizlarni yana bir bor bilan tabriklaymiz! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
🤩IT-Park rezidenti boʻlgan TOP-5 ishonchli ta’lim markazlar reytingi (12.06.2026)
❗️Mazkur reyting tegishli mezonlar asosida shakllantirildi.
Reyting bilan tanishing:
➡️1. “IT Hub Samarkand 1” MCHJ; ➡️2. “Sensorika” MCHJ; ➡️3. “Mohirdev” MCHJ; ➡️4. “Digital Academy Sirdaryo” MCHJ; ➡️5. “IT Park Xorazm” MCHJ.✅Maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilanadi. ➡️AT taʼlim rezidentlaridan reytingda yuqori o‘rinlarni qayd etish uchun CRM platformasiga maʼlumotlarni to‘liq kiritib borishlarini so‘rab qolamiz! 🔗Farzandi kelajagini oʻylab, ishonchli AT taʼlim markazi qidirib yurgan yaqinlaringizga yuboring! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
Repost from Digital.uz
+6
⚡️ “Ikkinchi imkon” loyihasiga start berildi, bu yoshlarning kelajakda yuqori daromadli ish bilan ta’minlanishiga zamin bo‘ladi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va hayotda munosib o‘rin egallashi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan qator muhim tashabbuslar ilgari surilgan edi. Mazkur muloqot davomida jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan yoshlarni ozodlikka chiqqanidan keyin jamiyatga tez va samarali moslashtirish maqsadida “Ikkinchi imkon” loyihasi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan.
🕹Loyiha doirasida yoshlar 8–12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o‘qitilishi, shu orqali ularning daromadli ishga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi belgilangan.
🔅 Shu maqsadda, 11-iyun kuni Zangiota tumanida joylashgan 24-son tarbiya koloniyasida “Ikkinchi imkon” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✏️ Tadbirda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha yurtimizda har bir o‘g‘il-qiz taqdiri davlat e’tiborida ekani, inson qadri va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning yana bir amaliy ifodasi ekanini ta’kidladilar.⚜️ Unicon-Soft MChJ tomonidan beg‘araz ko‘mak asosida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha ishtirokchilari intensiv ta’lim dasturlari orqali dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ular ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanib, ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganlar respublika miqyosida tan olinadigan malakaviy sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/177173 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
5 032
Repost from Digital.uz
+6
🇺🇿 🇰🇷 Koreyada raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish dasturi boshlandi
🌐 Koreya Respublikasida Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari salohiyatini rivojlantirish instituti (LOGODI) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari xodimlarining salohiyatini oshirish dasturi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🏛 Dasturda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar, Adliya, Ichki ishlar, Suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, Turizm hamda Soliq qo‘mitasi vakillari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahri Olmazor tumani hokimliklarining raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha mas’ul mutaxassislari ishtirok etmoqda.
🤝 Ochilish marosimida LOGODI prezidenti An Jun Ho, Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Kim Min Je, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda dasturda ishtirok etayotgan vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/177117
___
🇺🇿 🇰🇷 Digitalization and Artificial Intelligence Capacity-Building Program Launched in the Republic of Korea
🌐 The official opening ceremony of the “Local Government Capacity Building Program in Uzbekistan”, implemented in cooperation with the Local Government Capacity Building Institute (LOGODI), was held in the Republic of Korea.
🏛 The program brings together representatives of the Ministries of Digital Technologies, Justice, Internal Affairs, Water Management, Agriculture, and Health of the Republic of Uzbekistan, as well as officials from the Tourism and Tax Committees. The initiative is also attended by specialists responsible for digital transformation and artificial intelligence from the khokimiyats of the Republic of Karakalpakstan, Fergana Region, and Almazar District of Tashkent city.
🤝 The opening ceremony was attended by LOGODI President Ahn Jun-ho, Vice Minister of the Interior and Safety of the Republic of Korea Kim Min-jae, Deputy Minister of Digital Technologies of Uzbekistan Rustam Karimjonov, and representatives of participating ministries and agencies.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/177117
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
5 032
INHADA GRANT ASOSIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI!🎓
Google, Microsoft, Amazon kompaniyalarida ishlash yoki o‘z startapingizni yaratishni orzu qilasizmi?
Toshkent shahridagi Inha universiteti sizga sifatli ta’lim va yorqin kelajak sari yo‘l ochadi.
Koreya 🇰🇷 Buyuk Britaniya 🇬🇧 va Italiya 🇮🇹 dasturlari
Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
• Eng yaxshi abituriyentlar uchun grantlar
• Xalqaro diplom
• Butun dunyo bo‘ylab eng yaxshi professorlar
• Mintaqadagi eng zamonaviy IT va biznes ta’limi
• Ingliz tilidagi muhit va global karyera imkoniyatlari
🖱 Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
🗂 Qabul tartibi
✈️ Murojaat uchun telefon: 71 289 99 94 @admissioniut @askinhabot
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
+6
“Raqamli ta’lim: metodologiya, texnologiya va innovatsiyalar” xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
⚜️Joriy yil 10-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Raqamli ta’lim: metodologiya, texnologiya va innovatsiyalar” (ICDEMTI 2026) mavzusidagi xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
✅Konferensiyada Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori Azamat Eshankulov “Raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
✅Ma’ruzada mamlakatimizda raqamli ta’lim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Shuningdek, konferensiyada O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda magistrantlar ishtirok etib, raqamli ta’limni rivojlantirishning dolzarb masalalari, zamonaviy metodologiyalar, innovatsion texnologiyalar va ilg‘or tajribalar yuzasidan fikr almashdilar.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
Repost from Aileaders.uz
☀️ Yozgi ta’tilni bekor o‘tkazmang — kelajakka investitsiya qiling!
⬇️ Agar sun'iy intellekt (SI) va axborot texnologiyalari (AT) sohasida faoliyat boshlamoqchi bo‘lsangiz, aileaders.uz platformasidagi quyidagi TOP-3 bepul kurslarni tavsiya qilamiz:
➡️ Introduction to Generative AI (Coursera) — SI va generativ SI asoslarini o‘rgatadi. ➡️ Python Programming Basics (Huawei) — Python dasturlash asoslarini o‘rgatib, SI va Data Science uchun poydevor yaratadi. ➡️ MySQL Explorer (Oracle) — SQL va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.👛 SI va ma’lumotlar tahlili sohalarida bilim hamda tajribani rivojlantirish orqali kelgusida quyidagi talab yuqori bo‘lgan (daromadli) kasblarni egallash mumkin:
➡️Data Scientist — 12 mln - 30 mln so‘m; ➡️ML Engineer — 15 mln - 40 mln so‘m; ➡️AI Researcher — 20 mln - 45 mln so‘m; ➡️NLP Engineer — 18 mln - 35 mln so‘m.✅ Yozgi ta’tilni foydali o‘tkazing — yangi bilimlarni aileaders.uz bilan egallang!
5 032
Toshkentda AI ni qayerda eng sifatli o‘rganish mumkin?
⚜Har oy dunyo bo‘ylab 120 mingdan ortiq vakansiyalarda AI ko‘nikmalari talab qilinmoqda. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida 100% dan ko‘proqqa o‘sgan. Shu sabab O‘zbekistondagi TOP AI kurslarni tahlil qildik va ishonchli taʼlim markazlar ro’yxatini shakllantirdik.
⬇O’quv markazlari bilan tanishing:
➡“Mohirdev” MChJ; ➡“IT taʼlim berish markazi U-Study” MChJ; ➡“IT-Loyihalar” MChJ.🔗Ushbu post sunʼiy intellekt yoʻnalishida ishonchli taʼlim markazini izlab yurgan tanishingizga ulashing! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
Sertifikat olish orqali database bilan ishlashda SQL ning qanday qulayliklari borligini o‘rgandim - Oqiljon Qirg‘izboyev
🏷Oqiljon Qirg‘izboyev dasturlash yo‘nalishida 5 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. U mustaqil tayyorlanib, o'zining tinimsiz mehnati natijasida Oracle Database SQL Associate Credential hamda OCP (Professional) kabi xalqaro sertifikatlariga ega bo'ldi.
✅Oqiljon xalqaro AT sertifikatlarini olish uchun sarflagan xarajatlarining OCA darajasi bo‘yicha 40 foizini, OCP darajasi bo‘yicha esa 60 foizigacha qismini zarur hujjatlarni my.gov.uz portali orqali topshirib, kompensatsiya qilib olgan.
⚜️Har qanday sertifikat insonning ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligini tasdiqlaydi. “Olgan bilimlarim amaliyotda samarali natija bermoqda,” deydi qahramonimiz.
📑Siz ham it-istedod.uz saytida koʻrsatilgan xalqaro darajadagi AT sertifikatini qoʻlga kriting va sertifikat olish uchun ketgan xarajatingizni kompensatsiya qilib oling!
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
+9
☄️ O‘zbekiston talabalari Huawei ICT Competition global finalida g‘oliblar qatoridan joy oldi
📈 Xitoyning Shenchjen shahrida Huawei ICT Competition 2025–2026 global finali yakunlandi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston talabalari xalqaro maydonda yuqori natijalarni qayd etib, sovrindorlar safidan joy oldi.
🏆 Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalar jamoasi tanlovning Network Track (tarmoq texnologiyalari) yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🏆 Shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Turin politexnika universiteti talabalaridan tashkil topgan jamoa Cloud Track (bulutli hisoblash) yo‘nalishida 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
✋ Huawei ICT Competition’ning joriy mavsumi musobaqa tarixidagi eng yirik tanlov bo‘ldi. Unda dunyoning 100 mamlakat va mintaqasidagi 2000 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 220 mingdan ziyod talaba va o‘qituvchilar ishtirok etdi. Avvalroq O‘zbekistonning uchta oliy ta’lim muassasasi talabalari va o‘qituvchilari global finalda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 49 mamlakat va mintaqadan 177 ta jamoa global final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/174801
__________
☄️ Студенты Узбекистана вошли в число победителей глобального финала Huawei ICT Competition
📈 В китайском городе Шэньчжэнь завершился глобальный финал Huawei ICT Competition 2025–2026. По итогам соревнований студенты из Узбекистана продемонстрировали высокие результаты на международной арене и вошли в число призёров конкурса.
🏆 Так, команда студентов Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми заняла 1-е место в направлении Network Track (сетевые технологии).
🏆 Кроме того, команда, сформированная из студентов Ташкентского университета информационных технологий, Университета Инха в Ташкенте и Туринского политехнического университета в Ташкенте, завоевала 3-е место в направлении Cloud Track (облачные вычисления).
✋ Текущий сезон Huawei ICT Competition стал самым масштабным за всю историю проведения конкурса. В нём приняли участие более 220 тысяч студентов и преподавателей из свыше 2000 высших учебных заведений 100 стран и регионов мира. Ранее мы сообщали об участии студентов и преподавателей трёх вузов Узбекистана в глобальном финале конкурса. По итогам национальных и региональных этапов отбора путёвки в глобальный финал получили 177 команд из 49 стран и регионов.
Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/174801
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
5 032
“Raqamlashtirish orqali farovonlik sari” loyihasi doirasida darslarning ikkinchi bosqichiga qabul boshlandi!
🏷“Raqamlashtirishdan orqali farovonlik sari” dasturi doirasida itstudy.uz platformasi orqali axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, elektron tijorat, marketing va SMM yo‘nalishlari bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil etilgan edi.✅Dastur doirasida 49 ming nafar yoshlar orasidan 5 ming nafari saralab olinib, professional IT kasblari bo‘yicha 6 oylik intensiv o‘quv dasturlariga jalb etilishi rejalashtirilgan. ❗️Ushbu intensiv oʻquv dasturida tahsil olishni istagan yoshlar hududiy mas’ullarga boʻglanishlari soʻraladi. Hududiy mas’ullar roʻyxati bu yerda. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
GAP ayollar IT-klubi forumiga taklif etamiz!
🏷Hududlarda xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida 10-iyun soat 11:00 da navbatdagi GAP ayollar IT-klubi forum bo‘lib o‘tadi.
➡Forum bu safar quyidagi hududlarni qamrab oladi:
Sirdaryo viloyati 🗺 Yoshlar markazi binosi, 2-qavat IT Park Sirdaryo filiali majlislar zali Farg'ona viloyati 🗺 Farg‘ona shahridagi "Yangi O‘zbekiston" (Eco City) hududida joylashgan IT Park (Fergana Digital Hub) majmuasi, 1-qavat majlislar zali Andijon viloyati 🗺 "Andijan Digital City" texnoparki binosi, 1-qavat majlislar zali Toshkent viloyati 🗺 "CYBER UNIVERSITY" binosi, 1-qavat kutubxona zali Namangan viloyati 🗺IT Park Namangan filiali binosi, 3-qavat majlislar zali.➡️Roʻyxatdan oʻtish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc53PirIHvt7F_f8aD9pZG_QKB-IAu29aciL7LgVa-dOlF0RQ/viewform ⚡️Axborot texnologiyalari sohasiga qiziqadigan, o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirishni istagan barcha xotin-qizlar va yoshlarni forumda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
+2
O‘zbekistonning 12 ta jamoasi "Technovation Girls" xalqaro texnologik tanlovining yarim finaliga chiqdi
🏷Quyda xalqaro yarim finalga yo‘l olgan O‘zbekistonning 12 ta jamoasi loyihalarini taqdim etamiz:
🔹Beginner Division — 1 ta jamoa. Glow up, Toshkent.
Glow Up — qizlarga mo‘ljallangan, sun’iy intellektga asoslangan ilova. U o‘ziga ishonchni rivojlantirish, stressni boshqarish va sog‘lom odatlarni shakllantirish uchun moslashtirilgan kundalik vazifalarni taqdim etadi. 📱 https://youtu.be/4gRgcMFKVBo?si=g4L3J2URpqf7f3KBJunior Division — 4 ta jamoa
🔺OrbitM (Andijon) CardioCare sun’iy intellektli ilovasi — yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun mo‘ljallangan. 📱 https://youtu.be/BnhUhhTjI84 🔺Prettiest girls (Farg‘ona) Medimate sun’iy intellektli ilovasi — uy dori qutichasini boshqarish uchun. 📱https://youtu.be/n4v5rXv7Ipg?si=gAn2qW8V91swAaII 🔺RM Vision (Qarshi) Remu loyihasi — o‘zbek imo-ishora tili bilan so‘zlashuv tili o‘rtasida tarjima qiluvchi sun’iy intellekt platformasi. Imo-ishora tilini o‘rganish uchun darslar va o‘yinlar bilan to‘ldirilgan. 📱 https://youtu.be/wganUJQNIRs?si=_T7g6shVDWwPsci7 🔺WO-manx (Rishton) EqualVoice — ayollarni anonim tarzda hissiy qo‘llab-quvvatlaydigan sun’iy intellektli ilova. Ilovada Farg‘ona vodiysidagi boshpanalar kabi mahalliy mutaxassislarning aloqa ma’lumotlari mavjud. 📱 https://youtu.be/TlG3zIsa1QQ?si=bkjFexrqV4tuf80USenior division — 7 ta jamoa
🔹AtlasDev (Toshkent) va YumZy — diabet, allergiya va oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslikdan aziyat chekadiganlar uchun moslashtirilgan oziq-ovqat xavfsizligi ilovasi. Shtrix-kodni skanerlash orqali xavfli ingrediyentlarni aniqlaydi va xavfsiz muqobillarini taklif qiladi. 📱 https://youtu.be/RgIYcxtAA6o?si=ekxKw4CsleX8VUjs 🔹Hextech girls (Andijon) va ReLink — ijtimoiy yakkalanishdagi o‘smirlarga mo‘ljallangan sun’iy intellektli ilova. 📱 https://www.youtube.com/watch?v=004sbwdF1-Q 🔹Lumina Team va LUMI loyihasi — notanish shaharlarda ayollar, bolalar va sayyohlar uchun xavfsiz navigatsiyani ta’minlovchi hamda ularning xavfsizligini oshirishga mo‘ljallangan mobil ilova. 📱 https://youtu.be/6psVFkf7SWQ?si=jnRsc7V5fTZ5efBU 🔹NextGen Sparks (Toshkent) Hunar loyihasi — ayollarga, ayniqsa, uy bekalari va qishloq ayollariga moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam beradi. 📱https://youtu.be/0gz9zo6BXqc?si=t1ZuFh8iFjMzvwHB 🔹QIZ - Quality. Innovation. Zeal (Toshkent) InsideOut loyihasi — to‘g‘ri savollar berib, moslashtirilgan hissiy yordam ko‘rsatadigan sun’iy intellektli psixologga ega ilova. Zarurat tug‘ilganda, haqiqiy mutaxassislar bilan bog‘laydi. 📱 https://youtu.be/CTVBWXAMtRI?si=rNwNOSw0gRtwt1wi 🔹Unique Peonies (Toshkent) ShaffofSchool loyihasi — ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga maktablar holati, korrupsiya va resurslar tanqisligi haqida real vaqt rejimida xabar berish, mansabdor shaxslarga esa hisobotlarni kuzatib borish va chora ko‘rish imkonini
beradi. 📱 https://youtu.be/mkBoPg7PLGs?si=9kEyf7lM3_NNUURC 🔹Zenova (Namangan) va Yumify — kundalik taom tanlash va sog‘lom ovqatlanishni shakllantirish uchun mo‘ljallangan sun’iy intellektli yordamchi. 📱 https://youtu.be/bxLVHPIcggs?si=5RRIbArRMOdDKSNs❗️Finalga chiqqan jamoalar 2-iyul kuni "Virtual Global Celebration" onlayn marosimida e’lon qilinadi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
+5
“INFOTEACH – 2026” doirasida Toshkent shahrida 400 dan ortiq informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi
🗣Toshkent shahridagi umumta'lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun “INFOTEACH – 2026” forumi tashkil etildi.
⬇️Forumda tajribali mentorlar tomonidan:
➡️ Informatika darslarida zamonaviy raqamli platformalardan foydalanish; ➡️ Zamonaviy dasturlash muhitlari va Python asoslari; ➡️ Kiberxavfsizlik va raqamli mas’uliyat; ➡️ Loyiha asosida o‘qitish (PBL) metodikasi kabi mavzularda amaliy treninglar boʻlib oʻtdi.⚜️Qolaversa, forum davomida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. 📑Maʼlumot uchun, “INFOTEACH – 2026” respublika forumi hozirgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona, Andijon, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Toshkent viloyatlarida tashkil etildi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
🚀 Umummilliy AI Hackathon Andijonda | Final
Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan Umummilliy AI Hackathon muvaffaqiyatli yakunlandi. Kuchli raqobat, innovatsion g‘oyalar va sun’iy intellektga asoslangan yechimlar bilan boy bo‘lgan final bosqichida eng yaxshi jamoalar aniqlandi.
Ishtirokchilar tibbiyot, biznes, sud tizimi va ta’lim yo‘nalishlarida dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar taklif etib, o‘z salohiyatlarini namoyish etdilar.
🏆Andijon viloyati bosqichi g‘oliblari
💊Meditsina treki 🥇ZafarX 🥈Fedora 🥉 xTeam 📎 Biznes treki 🥇 Declarant 🥈 MRFORCE 🥉 zoneX ⚖️ Sud tizimi treki 🥇 AI-Dasturchilari 🥈 Nova 🥉 RYCO 🎙Ta’lim treki 🥇 MBSI team 🥈 Prime 🥉 edu camp 🧠 Maxsus nominatsiyalar : 🤔Eng qiziqarli taqdimot: Eon jamoasi 🤔 Ijtimoiy dolzarb loyiha: MedVision jamoasiBarcha ishtirokchilar, mentorlar va hakamlar hay’atiga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning g‘oyalaringiz va loyihalaringiz mamlakatimizda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. G‘olib jamoalarni tabriklaymiz va ularning loyihalari muvaffaqiyatli startaplar hamda amaliy yechimlarga aylanishini tilab qolamiz! 🚀 📍 Keyingi bosqichda ko’rishguncha! Ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo‘ling: 💯Telegram 😀LinkedIn 😀Instagram
5 032
Repost from Sherzod Shermatov
Siz ham ko‘proq insonlar hayotini yengillashtiradigan g‘oyangizni startapga aylantiring va dunyoda eng tez o‘sayotgan startap ekotizimni yanada o‘sishiga hissa qo‘shing!
Ko‘z tegmasin, o‘z startapini qilayotgan hamyurtlarimiz ko‘payib borayotgani sababli O‘zbekiston dunyoda eng tez o‘sayotgan startap ekotizimiga ega davlat sifatida tan olindi va StartapBlink tomonidan Yil Davlati deb belgilandi.
Bu kabi tez o‘sishni saqlab qolish uchun yanada ko‘proq yoshlarimizni o‘z g‘oyalarini startapga aylantirishga targ‘ib qilishimiz kerak. Hozir, Sun’iy Intellekt sababli g‘oyadan MVPgacha chiqarish etapi ancha yengillashdi, shuning uchun yozni bekor o‘tkazmay, g‘oyalaringizni real loyihalarga aylantiring va kelgusida o‘z Unicorningizga ega bo‘ling!
O‘z startapingizni albatta startapbase.uz da ro‘yxatdan o‘tkazing va u yerdagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalaning!
5 032
+5
“INFOTEACH – 2026” doirasida Toshkent viloyatida 500 dan ortiq informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi
🗣Toshkent viloyatida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun “INFOTEACH – 2026” respublika forumi tashkil etildi.
⬇️Forumda tajribali mentorlar tomonidan:
➡️ Informatika darslarida zamonaviy raqamli platformalardan foydalanish; ➡️ Zamonaviy dasturlash muhitlari va Python asoslari; ➡️ Kiberxavfsizlik va raqamli mas’uliyat; ➡️ Loyiha asosida o‘qitish (PBL) metodikasi kabi mavzularda amaliy treninglar boʻlib oʻtdi.⚜️Qolaversa, forum davomida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. 📑Maʼlumot uchun, “INFOTEACH – 2026” respublika forumi hozirgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona, Andijon, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlarida tashkil etildi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
Qoraqalpogʻiston Respublikasida bank tizimi rahbarlarining sunʼiy intellekt boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirilmoqda
✅Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tijorat banklarining 68 nafar rahbar va mutaxassisi uchun sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanishga bagʻishlangan malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
❗️Mazkur kurslar davomida tinglovchilar sunʼiy intellektning bank sektoridagi amaliy imkoniyatlari, biznes jarayonlarini optimallashtirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda kundalik mehnat faoliyatida zamonaviy AI vositalaridan samarali foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
5 032
+4
Tojikiston Respublikasi vakillari bilan raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
📖Joriy yilning 3-iyun kuni Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi hamda Tojikiston Respublikasining raqamli transformatsiya sohasiga mas’ul davlat tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📈Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga O‘zbekistonda raqamli ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, “IT iste’dod”, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” va “IT-shaharcha” loyihalarining maqsadlari, istiqboldagi rejalari hamda kutilayotgan natijalari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
✅Qolaversa, Raqamli texnologiyalar vazirligi, UNICEF hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan GIGA loyihasi doirasida erishilgan natijalar hamda 10 mingdan ortiq maktabni internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha to‘plangan tajribani Tojikiston Respublikasida joriy etishga doir tavsiyalar taqdim etildi.
✅Shuningdek, uchrashuvda mehmonlarga Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berilib, o‘zaro tajriba almashildi hamda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
