Digital.uz
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari Новости Министерства цифровых технологий Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/ Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/ Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Digital.uz
کانال Digital.uz (@mitcuz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 12 956 مشترک است و جایگاه 9 437 را در دسته فناوری و برنامهها و رتبه 6 024 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 12 956 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 06 اکتبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 177 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 6 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 20.73% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 16.66% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 2 685 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 2 158 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 0 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari
Новости Министерства цифровых технологий
Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digit...”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 07 اکتبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامهها تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 07 اکتبر | +13 | |||
| 06 اکتبر | +17 | |||
| 05 اکتبر | +15 | |||
| 04 اکتبر | +2 | |||
| 03 اکتبر | +10 | |||
| 02 اکتبر | +3 | |||
| 01 اکتبر | +9 |
🆙 Mazkur hujjat STAR.VISION kompaniyasining “Giperspektral ma’lumotlar bo‘yicha strategik hamkorlik va “Early Bird” dasturi doirasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Unga ko‘ra, “Samarkand 2028” yuqori samaradorlikka ega giperspektral sun’iy yo‘ldoshi orqali olinadigan ma’lumotlardan foydalangan holda amaliy yechimlarni baholash va ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/229542 _______ 🟪Cooperation Memorandum Signed between Uzcosmos and STAR.VISION 🧑💻 As part of the 77th International Astronautical Congress (IAC-2026), currently taking place in Antalya, a cooperation memorandum was signed between the Uzcosmos Agency and STAR.VISION in the presence of Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov. 💬 The signing ceremony was attended by Shuhrat Kadirov, Director of the Uzcosmos Agency, and Danying Fan, Group Chief Executive Officer of STAR.VISION.
🆙The memorandum establishes the key areas of cooperation under STAR.VISION’s “Strategic Cooperation on Hyperspectral Data and Early Bird Program.” In particular, the parties will cooperate on evaluating and developing practical solutions using data obtained from the “Samarkand 2028” high-performance hyperspectral satellite.In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/229542 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
| 2 | 🟣Farg‘onaning AI startapi xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi
➡️5–7-oktabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida nufuzli "ASOCIO Digital & AI Awards 2026" tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo–Okeaniya mintaqasining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
⚡️E’tiborlisi, anjumanda farg‘onalik dasturchi Muhammadqodir Abduvoitov tomonidan yaratilgan "Braille Recognition" startapi yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
⏩Loyiha Osiyo–Okeaniya kompyuter sanoati tashkiloti (ASOCIO) tomonidan ta’sis etilgan "AI for Public Good" — "Jamiyat manfaati uchun sun’iy intellekt" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Mukofotni startap asoschisi Muhammadqodir Abduvoitov tantanali marosimda qabul qilib oldi.
✅"Braille Recognition" — smartfon kamerasi orqali Brayl yozuvini tanib, uni oddiy matnga aylantiruvchi mobil ilova. Loyiha ko‘zi ojiz insonlar, ularning yaqinlari hamda ta’lim sohasi vakillari uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 704 |
| 3 | 📌Cyber University vakillari “Cyberkent 4.0” musobaqasida yuqori natijalarni qayd etdi
“Cyberkent 4.0” musobaqasi yakunlariga ko‘ra, Cyber University talabalari kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Musobaqa Red Team, Blue Team, CTF Master, The AI Underworld hamda Attack Surface AI yo‘nalishlarida tashkil etildi.
CTF Master yo‘nalishining respublika bosqichida 118 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Cyber Universityning RED TEAM CSU jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Mazkur yo‘nalishning Toshkent viloyati bosqichida esa Cyber University talabalari 1-, 2-, 3- va 4-o‘rinlarni egalladi.
Shuningdek, Attack Surface AI yo‘nalishidagi individual bahslarda universitet talabasi Isfandiyor Jo‘rayev 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Blue Team yo‘nalishining final bosqichida 10 ta jamoa ishtirok etdi. Cyber University vakillari qatnashgan Admin jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, EvilCorp — 6-o‘rin, FORT SOC — 8-o‘rinni qayd etdi.
Shu tariqa, Cyber University vakillari “Cyberkent 4.0” doirasida CTF Master, Attack Surface AI va Blue Team yo‘nalishlarida sovrinli natijalarga erishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 993 |
| 4 | 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
Amazon Web Services {👩💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida!
🔊 AQSHning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri — Amazon Web Services bilan olib borilgan muzokaralar natijasida sun'iy intellekt va AT kurslari ishga tushirildi. Ushbu kurslar shunchaki nazariya emas, balki bevosita amaliyotga asoslangan:
➡️ AWS Certified xodimlari bor tashkilotlarning 91% innovatsiya oshganini, IT rahbarlarining 90% esa unumdorlik yaxshilanganini bildirgan.
🔴 aileaders.uz sahifasida ushbu kurslarni bepul o'qishingiz mumkin:
✅Machine Learning Essentials for Business and Technical Decision Makers;
✅ Planning a Generative AI Project;
✅Security, Compliance, and Governance for AI Solutions;
✅Essentials of Prompt Engineering;
✅Job Roles in the Cloud va boshqalar.
➡️ O'z sohangizning yetakchisi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiriting, it-istedod.uz orqali xarajatlaringizni 100% gacha qaytarib oling!
📃 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: 🌟 aileaders.uz
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 846 |
| 5 | 🇹🇷 Turkiy davlatlar kosmik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Antaliyada davom etayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida kosmik sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan “Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kosmik sanoat sohasidagi dastlabki shartnoma” imzolandi.
Mazkur hujjat TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida kosmik texnologiyalar, sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar, sanoat kooperatsiyasi va salohiyatni oshirish yo‘nalishlarida institutsional hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
———
🇹🇷 Тюркские государства подписали соглашение о развитии сотрудничества в космической сфере
В рамках проходящего в Анталье 77-го Международного астронавтического конгресса состоялась важная встреча, направленная на дальнейшее развитие сотрудничества в космической сфере между государствами – членами Организации тюркских государств (ОТГ). В мероприятии принял участие директор Агентства Uzcosmos Шухрат Кадиров.
В ходе мероприятия Азербайджан, Казахстан, Турция и Узбекистан подписали «Первоначальный рамочный контракт в области космической промышленности по развитию потенциала сотрудничества в рамках Организации тюркских государств».
Подписание документа стало важным шагом на пути к укреплению институционального сотрудничества между государствами – членами ОТГ в области космических технологий, разработки спутников, научных исследований, промышленной кооперации и наращивания потенциала.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 954 |
| 6 | Дунёнинг энг йирик космос тадбири - Халқаро астронавтика конгрессининг очилиш маросимида Ал-Хоразмий, Ал-Беруний, Ал-Фарғоний, Мирзо Улуғбек ва Али Қушчи номларининг ёдга олиниши юртдошларимиз учун катта ғурур бағишлаши аниқ!
Яқинда Балиқчи туманидаги айтишник йигитимизнинг “оддий бир туманнинг йигити бўла туриб, шундай Стартап қилдим” деган сўзларига ҳурматли Президентимизнинг “йўқ, сиз оддий туман йигити эмас, Ал-Хоразмийлар, Берунийлар авлодисиз!” деб айтган гапларининг мазмуни нақадар муҳимлигини ушбу очилиш жараёнидаги видеолавҳани кўрганингиздан кейин яна бир бор тўлиқ англайсиз.
Нафақат очилиш жараёнидаги лавҳада, балки Туркия Президентининг маърузасида, Туркия саноат ва технологиялар вазири нутқида ҳам ушбу олимларимизнинг тарихий ролига алоҳида урғу берилди. Туркиянинг космик компаниясига Ал-Фарғоний номи берилгани ҳам қўшимча эътирофдир.
Президентимиз ёшларимизнинг ушбу аждодларимизга мос авлод бўлиб ўсишлари учун нафақат доимо мотивация беришга ҳаракат қилмоқдалар, балки ёшларимизга яратилаётган имкониятларни кун сайин кенгайтирмоқдалар.
Ёшларимиз фақат беҳуда ишлар билан чалғимасдан, кўпроқ вақтларини замонавий касблар ва чет тилларини ўрганишга ҳамда кўпроқ инсонлар ҳаётини яхшилайдиган стартаплар яратишга сарфласалар бўлди:
- Сунъий интеллект бўйича Coursera орқали замонавий касблар ўрганиш учун: aileaders.uz
- Стартапни ривожлантириш учун: startupbase.uz | 1 471 |
| 7 | 🎉 MyID iBeta xalqaro sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi
✔️ UZINFOCOM’ning MyID biometrik verifikatsiya tizimi Amerikaning “iBeta Quality Assurance” laboratoriyasida ISO/IEC 30107-3, Level 2 xalqaro standartiga muvofiqlik bo‘yicha mustaqil sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
🌎 Eng muhimi, MyID Markaziy Osiyoda iBeta Level 2 sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, to‘liq mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan yagona yechim hisoblanadi. Bu nafaqat UZINFOCOM, balki mintaqaning texnologiya sohasi uchun ham ulkan natija bo‘lib, O‘zbekistonda yaratilgan biometrik texnologiyalarning xalqaro talablarga to‘liq javob berishini tasdiqlaydi.
🔐 Sinov jarayonida MyID tizimining soxta yuz artefaktlaridan foydalangan holda shaxsni soxtalashtirish (o‘rniga kirish) bo‘yicha turli urinishlarga nisbatan chidamliligi tekshirildi. Barcha hujumlar tizim tomonidan muvaffaqiyatli qaytarildi, haqiqiy foydalanuvchilar esa verifikatsiyadan hech qanday to‘siqsiz o‘tishda davom etdi.
🔘 iBeta Quality Assurance — NIST/NVLAP tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va biometrik texnologiyalarni sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan AQShning mustaqil laboratoriyasidir. Uning sinov natijalari texnologiya kompaniyalari, moliya institutlari hamda regulyatorlar uchun biometrik yechimlar ishonchliligini baholashda muhim mezon (mo‘ljal) bo‘lib xizmat qiladi.
➡️ MyID uchun bu O‘zbekistonning o‘z ishlanmalari xalqaro talablarga javob bera olishi va global miqyosda raqobatlasha olishining yana bir tasdig‘idir.
________
🎉 MyID успешно прошёл международное тестирование iBeta
✔️ Система биометрической верификации MyID от UZINFOCOM успешно прошла независимое тестирование в американской лаборатории iBeta Quality Assurance на соответствие международному стандарту ISO/IEC 30107-3, Level 2.
🌎 Особенно важно, что MyID — единственное в Центральной Азии решение собственной разработки, успешно прошедшее тестирование iBeta Level 2. Это значимый результат не только для UZINFOCOM, но и для технологической отрасли региона — он подтверждает соответствие разработанных в Узбекистане биометрических технологий международным требованиям.
🔐 В ходе тестирования MyID проверили на устойчивость к различным попыткам подмены личности с использованием поддельных артефактов лица. Все атаки были успешно предотвращены системой, при этом настоящие пользователи продолжали успешно проходить верификацию.
🔘 iBeta Quality Assurance — независимая американская лаборатория, аккредитованная NIST/NVLAP и специализирующаяся на тестировании биометрических технологий. Результаты её испытаний являются важным ориентиром для технологических компаний, финансовых организаций и регуляторов при оценке надёжности биометрических решений.
➡️ Для MyID это очередное подтверждение того, что собственные разработки Узбекистана способны соответствовать международным требованиям и конкурировать на глобальном уровне.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 666 |
| 8 | 🇺🇿 🇹🇷 O‘zbekiston delegatsiyasi Antaliyada 77-Xalqaro astronavtika kongressining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi
🔘 Turkiyaning Antaliya shahrida 5–9-oktabr kunlari 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) bo‘lib o‘tmoqda. Turkiya ilk bor mezbonlik qilayotgan nufuzli xalqaro tadbirda dunyoning turli mamlakatlari yetakchi vakillari, kosmik soha mutaxassislari va yetakchi kompaniyalar ishtirok etmoqda.
❕Tadbirning ochilish marosimida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ham ishtirok etib, kosmos sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, umumiy maqsadlar yo‘lida birgalikda harakat qilish va kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish muhimligini ta’kidladi.
📌 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi.
⏩ Kongress O‘zbekistonning xalqaro kosmik hamjamiyat bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda kosmik texnologiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
📌 IAC-2026 doirasida kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sohaning kelajakdagi rivojini ta’minlashga qaratilgan qator uchrashuv va muhokamalar o‘tkazilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 185 |
| 9 | 🌟IAC-2028ni Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi
Antaliyada davom etayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Xalqaro astronavtika federatsiyasi (IAF) bilan 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha dastlabki shartnoma imzolandi.
Marosimda Xalqaro astronavtika federatsiyasi prezidenti Gabriella Arrigo, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov hamda “Sun’iy intellekt alliyansi” NNT direktori Aziz Muhiddinov ishtirok etishdi.
Mazkur hujjat IAC-2028ni Samarqandda tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlikning muhim amaliy bosqichi hisoblanadi. Endilikda kongressni yuqori darajada tashkil etish, xalqaro ishtirokchilar uchun zarur infratuzilmani tayyorlash va kongress dasturini shakllantirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
________
🌟Подписано соглашение о проведении IAC-2028 в Самарканде
В рамках проходящего в Анталье 77-го Международного астронавтического конгресса подписано предварительное соглашение с Международной астронавтической федерацией (IAF) о проведении Международного астронавтического конгресса 2028 года в Самарканде.
В церемонии подписания приняли участие президент Международной астронавтической федерации Габриэлла Арриго, министр цифровых технологий Республики Узбекистан Шерзод Шерматов, директор Агентства Uzcosmos Шухрат Кадыров, а также директор ННО "Альянс искусственного интеллекта" Азиз Мухиддинов.
Данный документ является важным практическим этапом подготовки к организации и проведению IAC-2028 в Самарканде. На следующем этапе будет продолжена работа по обеспечению высокого уровня проведения конгресса, подготовке необходимой инфраструктуры для международных участников и формированию программы конгресса.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 311 |
| 10 | Toshkentda “Women in Tech Leadership Forum” boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 13-oktabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida “Women in Tech Leadership Forum Uzbekistan 2026” forumi oʻtkaziladi.
Tadbirda Oʻzbekiston va xorijiy davlatlardan yetakchilar, kompaniya asoschilari, soha ekspertlari hamda qaror qabul qiluvchi masʼul shaxslar ishtirok etadi.
Forum doirasida robototexnika, kosmik soha, taʼlim, strategik qarash, yetakchilik, sunʼiy intellekt, moliya, sogʻliqni saqlash va diplomatiya yoʻnalishlarida dunyoni oʻzgartirayotgan gʻoyalar muhokama qilinadi. Xususan, texnologiyalarning mehnat, taʼlim, boshqaruv va kundalik hayotga taʼsiri, bu jarayonda qarorlar kim tomonidan qabul qilinishi hamda kelajakni barpo etishda xotin-qizlarning oʻrni va roli masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Taʼkidlash joizki, mazkur forum Toshkent shahrida ilk bor davlat idorasi maydonida tashkil etilmoqda.
Forum yakunida “Women in Tech CCA Awards” mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi. Unda Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasida salmoqli natijalarga erishgan xotin-qizlar hamda tashabbuslar taqdirlanadi.
🗓 Sana: 2026-yil 13-oktabr
📌Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi
🎟 Ishtirok etish bepul. Oʻrinlar soni cheklangan, oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
___________________________
Tashkent to Host the “Women in Tech Leadership Forum”
On 13 October 2026, the Ministry of Digital Technologies will host the Women in Tech Leadership Forum · Uzbekistan 2026.
The event will bring together leaders, founders, industry experts, and decision-makers from Uzbekistan and abroad.
The Forum will address the ideas reshaping the world across robotics, space, education, vision, leadership, artificial intelligence, finance, health, and diplomacy.
Particular attention will be given to the impact of technology on work, education, governance, and everyday life, to the question of who will make the decisions in this process, and to the role of women in building the future.
Notably, this is the first time the Forum will be held on a government stage in Tashkent.
The Forum will conclude with the Women in Tech CCA Awards Ceremony, recognizing women and initiatives that have made a significant impact across the Caucasus and Central Asia.
🗓 Date: 13 October 2026
📌Venue: Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan
🎟 Admission is free. Seats are limited, and prior registration is required.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 366 |
| 11 | 📌 IAC-2026: O‘zbekistonning kosmik sohadagi ustuvor yo‘nalishlari xalqaro maydonda taqdim etildi
🔠 Antaliyada o‘tkazilayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) doirasida kosmik sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar ishtirokidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
💬Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, mamlakatning kosmik sohani rivojlantirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yondashuvlari haqida so‘z yuritdi.
🎤Davra suhbatida kosmik texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida tajriba va bilim almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/228373
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 648 |
| 12 | 🔭IAC 2026 arafasida kosmik sohaning dolzarb masalalari muhokama qilindi
5–9-oktabr kunlari Belek shahrida 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC) bo‘lib o‘tadi.
↪️Turli mamlakatlardan keladigan astronavtlar, xalqaro kompaniyalar vakillari va 10 mingdan ortiq ishtirokchini jamlaydigan IAC 2026 kosmik sohadagi ilmiy ishlanmalar, mahsulotlar va ilg‘or texnologiyalarni namoyish etish uchun muhim maydon bo‘ladi.
🆙Kongress dasturidan tajriba almashish va kosmik sanoat kelajagini muhokama qilishga qaratilgan sessiyalar, xalqaro ko‘rgazmalar, yuqori darajadagi rasmiy uchrashuvlar, kompaniyalar taqdimotlari, akademik va texnik yig‘ilishlar, shuningdek, sohadagi eng ilg‘or yutuqlar namoyishi o‘rin olgan.
🗺Ushbu kongress arafasida Xalqaro astronavtika federatsiyasining vazirlar va parlament a’zolarining 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/228041
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 3 552 |
| 13 | “AT sohasiga texnologiyalar emas, yechilmagan muammolar yetaklab kelgan” – Kamola To‘lqunova
Davlat xizmatidan foydalanganda hammasi bir necha daqiqada hal bo‘ladi. Ortida esa yillar davom etadigan ish yotadi: turli idoralarning tizimlarini bir-biriga ulash, ma’lumotlarni tartibga solish, jarayonlarni boshidan qayta qurish. Navbatdagi ruknimiz ana shunday loyihalarni boshqarayotgan Kamola To‘lqunovaga bag‘ishlanadi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi davlat boshqaruvini raqamlashtirish yo‘nalishida ishlayotgan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Kamola OneID, idoralararo integratsiyalashuv platformasi va “Raqamli profil” singari mamlakat miqyosidagi loyihalarda ishtirok etgan. O‘zi bu ishlarni alohida-alohida emas, bir yo‘lning ketma-ket bosqichlari sifatida ko‘radi.
Uning bir fikri e’tiborga loyiq: bugun talab yuqori bo‘lgan texnologiya ertaga yangisiga o‘rin bo‘shatishi mumkin, ammo muammoni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va doimiy o‘rganish ko‘nikmasi hech qachon eskirmaydi.
Qahramonimizning kasbiy yo‘li, loyihalari va yutuqlari bilan karusel orqali batafsil tanishing.
Siz ham “Uzbekistan's IT Drivers” ruknida ishtirok etishni istasangiz yoki shunday mutaxassislarni tanisangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling: o.raximova@it-park.uz
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 600 |
| 14 | ✅Samarqanddagi IT Park filiali qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi
🆙Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahrida barpo etilayotgan IT Park Uzbekistan’ning Samarqand filiali qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
▶️ Tashrif davomida vazirga majmuaning qurilish ishlari, uning kelgusidagi infratuzilmasi hamda rezidentlar va AT sohasi vakillari uchun yaratiladigan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, binoda zamonaviy ofislar, ish va uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan maydonlar hamda AT kompaniyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi zarur infratuzilmani tashkil etish rejalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/227672
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 504 |
| 15 | "Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;
– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;
– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;
– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.
—
«В чем заключается суть происходящих сегодня преобразований в сфере образования?» – такой вопрос вполне закономерен.
Основная идея Президента нашей страны, лежащая в основе объединения двух министерств, состоит в следующем:
– Министерство образования и науки должно организовывать деятельность всех дошкольных учреждений, школ, организаций профессионального образования и вузов, отвечать за их текущую работу, устанавливать требования к образовательной деятельности, проводить аккредитацию и лицензирование;
– Национальное агентство обеспечения качества образования должно стать своего рода лабораторией, которая разрабатывает учебные программы, пособия и методические материалы, внедряет их в практику, отслеживает результаты и совершенствует их с учетом выявленных недостатков. Ориентиром в этой работе станет определенный Президентом нашей страны «портрет выпускника узбекской школы»;
– Администрация Президента и создаваемая при ней специальная рабочая группа разработают структуру нового министерства, пересмотрят его рабочие процессы, подготовят предложения по их совершенствованию и будут определять общую стратегию реформы;
– в высшем образовании необходимо резко сократить вмешательство государства, расширить самостоятельность вузов и создать возможности для негосударственного сектора. А то, какой вуз дает качественное образование, должны показать свободная конкуренция и рыночный спрос.
Facebook|Instagram|X | 1 541 |
| 16 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.
Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.
Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.
Facebook|Instagram|X | 1 157 |
| 17 | MyGov орқали номингизга расмийлаштирилган барча фаол банк карталари ва SIM-карталарни осон ва бепул текширинг!
Агар орасида фойдаланмаётганларингиз бўлса, уларни ўчиртириб қўйинг. Бу карталар ёки SIM-карталардан бошқаларнинг ноқонуний фойдаланиши ва сизга зарар етказилишининг олдини олишга ёрдам беради.
#MyGov — #инсонлар #ҳаётини #енгиллаштиради!
_
Легко и бесплатно проверьте все активные банковские карты и SIM-карты, оформленные на Ваше имя, через MyGov.
Если обнаружите карты или SIM-карты, которыми Вы не пользуетесь, лучше отключить их, чтобы злоумышленники не смогли использовать их в незаконных целях.
Это поможет защитить Вас от возможных проблем в будущем.
#MyGov — #упрощает #жизнь #людей! | 1 650 |
| 18 | 📌Samarqanddagi “Samled” MChJ faoliyati bilan tanishildi
🟢 Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahriga tashrifi doirasida mahalliy yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Samled” MChJ korxonasida bo‘lib, uning ishlab chiqarish quvvatlari va dasturiy ishlanmalari bilan tanishdi.
🗒 “Samled” MChJ zamonaviy kuzatuv kameralari, FaceID texnologiyasiga ega turniketlar, kompyuter qurilmalarini yig‘ish va ularning dasturiy ta’minotini mahalliylashtirish, shuningdek, yoqilg‘i quyish shoxobchalarini raqamlashtirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.
🟢 Tashrif davomida korxona rahbari Jamshed Sattarov “Samled”ning rivojlanish bosqichlari va erishilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/227570
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 267 |
| 19 | 💡TATUda xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
⏩Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrifi davomida xorijlik talabalar bilan uchrashib, ularning ta’lim olish jarayoni, universitetda yaratilgan sharoitlar va raqamli texnologiyalar sohasidagi qiziqishlari bilan yaqindan tanishdi.
🗺Ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbatda talabalar o‘zlari tahsil olayotgan yo‘nalishlar, TATUni tanlash sabablari hamda O‘zbekistonda ta’lim olish tajribasi haqida so‘zlab berdilar. Ular universitetda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy o‘quv bazasi, amaliy mashg‘ulotlar va AT sohasida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun mavjud sharoitlar haqida fikr bildirdi.
✅ Muloqot davomida raqamli texnologiyalar sohasida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar, sun’iy intellekt, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib borayotgani haqida ham fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan vazirga murojaat qilib, ta’lim va kasbiy rivojlanish bo‘yicha taklif hamda mulohazalarini bildirdi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/227415
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 9 124 |
| 20 | 📌 TATUda xalqaro talabalar uchun zamonaviy “International Campus” foydalanishga topshirildi
✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xalqaro talabalar uchun mo‘ljallangan yangi “International Campus”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔠Zamonaviy talabalar kampusi xorijiy talabalar uchun ta’lim olish, yashash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda turli madaniyatlar bilan yaqindan tanishish uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
🆙Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, soha korxonalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
🌟“International Campus” jami 42 ta xonadan iborat bo‘lib, 128 nafar talabani joylashtirish imkoniyatiga ega. Kampusda talabalarning yashashi va kundalik faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/227391
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 334 |
