Bilimni baholash agentligi
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Bilimni baholash agentligi
کانال Bilimni baholash agentligi (@baholashuz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 198 686 مشترک است و جایگاه 460 را در دسته آموزش و رتبه 179 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 198 686 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 25 اوت, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 16 889 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 1 841 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 41.35% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 29.81% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 82 080 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 59 180 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 7 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 اوت, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 26 اوت | +189 | |||
| 25 اوت | +1 841 | |||
| 24 اوت | +561 | |||
| 23 اوت | +326 | |||
| 22 اوت | 0 | |||
| 21 اوت | +252 | |||
| 20 اوت | +448 | |||
| 19 اوت | 0 | |||
| 18 اوت | 0 | |||
| 17 اوت | 0 | |||
| 16 اوت | 0 | |||
| 15 اوت | +2 146 | |||
| 14 اوت | +1 603 | |||
| 13 اوت | +6 324 | |||
| 12 اوت | +3 078 | |||
| 11 اوت | +2 487 | |||
| 10 اوت | +1 621 | |||
| 09 اوت | +182 | |||
| 08 اوت | +250 | |||
| 07 اوت | 0 | |||
| 06 اوت | +240 | |||
| 05 اوت | +2 412 | |||
| 04 اوت | 0 | |||
| 03 اوت | +27 | |||
| 02 اوت | +465 | |||
| 01 اوت | +990 |
| 2 | Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun o‘qishga qabul imtihonlari
📝 Bugun, 2026-yil 25-avgust kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston milliy universiteti, Namangan davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Buxoro davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun o‘qishga qabul imtihonlari, shu bilan bir qatorda, Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlari uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasining «Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishiga hamda Jamoat xavfsizligi universitetining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
📆 Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👥 Jarayonlarda 6000 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
📝 Imtihon natijalari hisoblanib, qaydnomalar rasmiylashtirilgandan keyin belgilangan tartibda tegishli oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 43 170 |
| 3 | #Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda
📝 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda.
💼 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.
✅ Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlashtirilmagan bo‘lishi lozim.
📨 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
⛳ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 51 564 |
| 4 | #adliya_xabari
✅ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 175-son qarori bilan ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiya sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslarga 60 ga yaqin turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda belgilangan yig‘im va to‘lovlarni undirishda ushbu to‘lovlarning 50 foizi miqdorida imtiyoz qo‘llanilishi nazarda tutildi.
Bularga quyidagi davlat xizmatlarini misol qilib keltirish mumkin:
1. Umumta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish
2. Chet tilini bilish darajasini aniqlash
3. Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish
4. Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish
5. Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash
6. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
7. Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash
8. Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash
9. Ko‘chmas mulk obyektlariga (noturar bino va inshootlarga oid hamda turar joy fondiga oid qismlariga) hamda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mulkka kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
10. Qurilish tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish
11. Yer uchastkalariga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
12. Ko‘chmas mulk buzilishga tushganligi yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish
13. Shaxsning nomida ko‘chmas mulk (turar va noturar joy) mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish
14. Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish
15. Yuridik va jismoniy shaxslarni gaz tarmoqlariga ulash
16. Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash
17. Yuridik va jismoniy shaxslarni issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulash
18. Yuridik va jismoniy shaxslarni suv ta’minoti va suv chiqarib tashlash tarmoqlariga ulash
19. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan arxiv ma’lumotnomalari berish
20. Statistika ma’lumotlarini taqdim etish
➡️ Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda loyiha ko‘rib chiqish jarayonida.
Loyihada pedagog shaxslarga tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilish hollaridan tashqari barcha davlat xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari bo‘yicha ellik foizli chegirma qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Prezidentning “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida” 2025-yil 9-noyabrdagi PQ–336-son qaroriga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vazirligiga davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni kamaytirishga oid imtiyozlarni qo‘llash hamda qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish borasida takliflar tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot | 45 314 |
| 5 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari hamrohligida Buxoroning jahonga mashhur tarixiy obidalarini ziyorat qildilar.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 53 615 |
| 6 | #Chet_tili_imtihoni
〰️〰️〰️
Chet tillidan sertifikat imtihonlari
📝 Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
📆 Imtihonlar 2026-yil 24-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👥 Ularda salkam 19 ming nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 39 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
🎶 Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi
25-avgustdan 4-sentyabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkazilishi belgilangan.
📝 Imtihon natijalari VMning 73-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq e’lon qilinadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 61 766 |
| 7 | 🎙 TOSHKENT SHAHRIDA ILK BOR — COLLEGE BOARD SAT | AP DAY XALQARO TADBIRI!
🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrida “College Board SAT | AP Day” xalqaro tadbiri o‘tkaziladi.
🤝 Mazkur tadbir ta’lim sohasidagi mutaxassislar, umumta’lim va oliy ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ta’lim dasturlariga qiziquvchi pedagoglar hamda ta’lim sohasi ekspertlarini bir maydonga jamlaydi.
🔰 Tadbir doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
🔹 SAT va AP dasturlarining ta’limdagi o‘rni va imkoniyatlari;
🔹 xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar;
🔹 o‘quvchilarning akademik salohiyatini xalqaro mezonlar asosida baholash;
🔹 xalqaro ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar;
🔹 College Board va boshqa xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot hamda hamkorlik istiqbollari.
👧 Tadbir ishtirokchilar uchun xalqaro baholash va oliy ta’limga qabul jarayonlaridagi so‘nggi tendensiyalar bilan yaqindan tanishish, shuningdek, soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkonini beradi.
🗓 Sana: 2026-yil 12-oktabr
🕘 Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent shahri
📝 Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi:
🔗 https://shorturl.at/MFfKM
Xalqaro ta’lim va baholash sohasidagi nufuzli tadbirda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube | 50 606 |
| 8 | 🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev
✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.
Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.
Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.
Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi.
Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.
✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 55 232 |
| 9 | Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 27-abgust kuni o‘tkaziladi.
📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. | 51 703 |
| 10 | Davlat rahbarlari Yangi Toshkentda "Ozarbayjon" bog‘iga asos soldilar.
—
Главы государств основали парк «Азербайджан» в Новом Ташкенте.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 55 264 |
| 11 | Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdilar.
—
Президенты Шавкат Мирзиёев и Ильхам Алиев открыли новый кампус Педагогического университета имени Низами.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 54 119 |
| 12 | #Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
DIQQAT, E'LON!
Qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
2026-2027-oʻquv yili qoʻshimcha tanlov uchun vakant oʻrinlar mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati shakllantirildi.
Roʻyxatda KUNDUZGI, KECHKI va MASOFAVIY ta'lim shakllari bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar taqsimoti keltirilgan.
OTMlar, taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakli, taʼlim tili kesimida amalga oshirilgan vakant oʻrinlar taqsimoti va fanlar majmuasi bilan yuqorida berilgan PDF fayl orqali batafsil tanishish mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 111 792 |
| 13 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida ”gi Farmoni
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 61 645 |
| 14 | #Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov
📣 Abituriyentlar diqqatiga!
🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi.
📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.
Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 106 380 |
| 15 | #Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
DIQQAT, E'LON!
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 95 195 |
| 16 | #Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
DIQQAT, E'LON!
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
2026/2027-o‘quv yilida jami 80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.
2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan, vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 30 050 |
| 17 | #Qabul2026
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindi
📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShSHIR) kiritgan holda bilishlari mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 83 687 |
| 18 | #Qabul2026
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha natijalar e’lon qilindi
📣 Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning joriy yil 19-20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy(ijodiy) imtihon natijalari qo‘shilgan holda e’lon qilindi.
👨💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShSHIR) kiritgan holda bilishlari mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 |
| 19 | Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining magistraturasiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
👮♀️ 2026-yil 21-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha imtihon o‘tkazildi.
📍 Imtihon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 6-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida Agentlikning Toshkent viloyati bo‘limi binosida tashkil etildi va unda 774 nafar talabgor ishtirok etdi.
📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 67 760 |
| 20 | 📣 DIQQAT, E'LON!
Oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi
📆 2026-yil 25-avgust (seshanba) kuni oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilish bo’yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
⛳ Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
👨💻 Imtihonda ishtirok etadigan talabgorlar o‘z ruxsatnomalarini Agentlikning my.uzbmb.uz saytidagi o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali "Toshkent davlat yuridik universiteti Ikkinchi ta'limga qabul" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.
⏳ Talabgorlar imtihonga o‘z ruxsatnomalarida belgilangan sana va vaqtda ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzildagi binoga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari (ID-karta yoki biometrik pasport) hamda imtihon ruxsatnomasi bilan yetib kelishlari kerak. Talabgorlarni imtihonga kiritish soat 07:30 dan amalga oshiriladi. Soat 08:15 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
📎 Ma’lumot uchun : Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qaroriga asosan talabgorlar Agentlikning my.uzbmb.uz sayti orqali Toshkent davlat yuridik universitetining “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishining maxsus uch yillik taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilish bo’yicha ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 10-iyulidan 10-avgustiga qadar amalga oshirilgan.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 82 427 |
