Digital.uz
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari Новости Министерства цифровых технологий Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/ Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/ Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала Digital.uz
Канал Digital.uz (@mitcuz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 13 165 подписчиков, занимая 9 574 место в категории Технологии и приложения и 6 043 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 13 165 подписчиков.
Согласно последним данным от 15 октября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 330, а за последние 24 часа — 2, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Верифицирован (официально подтверждён Telegram)
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 20.57%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 19.00% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 2 707 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 2 500 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 0.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari
Новости Министерства цифровых технологий
Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digit...”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 16 октября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Технологии и приложения.
Загружаем данные
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 16 октября | +9 | |||
| 15 октября | +7 | |||
| 14 октября | +14 | |||
| 13 октября | +12 | |||
| 12 октября | +11 | |||
| 11 октября | +9 | |||
| 10 октября | +32 | |||
| 09 октября | +132 | |||
| 08 октября | +20 | |||
| 07 октября | +15 | |||
| 06 октября | +17 | |||
| 05 октября | +15 | |||
| 04 октября | +2 | |||
| 03 октября | +10 | |||
| 02 октября | +3 | |||
| 01 октября | +9 |
| 2 | 🏆Zamonaviy kasblar” tanlovi — barcha hududlarda!
🟪Besh tashabbus olimpiadasi yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Zamonaviy kasblar” tanlovi doirasida respublikamizning barcha hududlarida saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda.
📈 Tanlov 3 ta yo‘nalishni qamrab oldi:
- Eng yaxshi mobilografiya ishi
- Eng yaxshi veb-sayt
- Eng yaxshi grafik dizayn
Ishtirokchilar o‘z bilimlari, ijodkorligi va amaliy ko‘nikmalarini tanlov davomida namoyish etishmoqda.
💡Eslatib o’tamiz, 1-o’rin sohiblariga Changan Uni-E avtomobili, 2-o’rin uchun 75 million so’m va 3-o’rin sohiblari uchun 50 million pul yutuqlari ajratilingan.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 307 |
| 3 | ✅DataVolt rahbariyati IT Park Uzbekistan hududida ma’lumotlar markazi qurilishi jarayonlari bilan tanishdi
Vision Invest Group kompaniyasi raisi, DataVolt direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayyan va kompaniya bosh ijrochi direktori Rajit Nanda IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurdi. Delegatsiyaga Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Sultonov hamrohlik qildi.
Tashrif DataVolt kompaniyasining IT Park majmuasida joylashgan ofisida boshlandi. U yerda delegatsiya kompaniya jamoasi bilan loyihaning joriy holati, amalga oshirilayotgan ishlar va tashkiliy masalalarni muhokama qildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/233875
___
✅DataVolt Leadership Reviews Data Center Construction Progress at IT Park Uzbekistan
Mohammad Abynayyan, Vision Invest Group Chairman, DataVolt Board Member, and Rajit Nanda, the company’s Chief Executive Officer, visited the IT Park Uzbekistan complex. The delegation was accompanied by Ayubkhon Sultonov, First Deputy Minister of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan.
The visit began at DataVolt’s office located within the IT Park complex, where the delegation discussed the current status of the project, ongoing operations, and organizational matters with the company’s team.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/233875
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 538 |
| 4 | 🏆O‘zbekiston ayollari xalqaro texnologiyalar sahnasida: “Women in Tech CCA Awards 2026” g‘oliblari taqdirlandi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Women in Tech Leadership Forum 2026” yakunida Kavkaz va Markaziy Osiyoda texnologiyalar rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan xotin-qizlarni taqdirlashga qaratilgan “Women in Tech CCA Awards” mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
🆙Toʻrtinchi marta oʻtkazilgan tanlovda 9 ta nominatsiya boʻyicha 46 nafar finalchi gʻoliblik uchun bellashdi. Ular orasida Oʻzbekistondan 15 nafar nomzod ishtirok etdi: bu koʻrsatkich 2024-yilda 9 nafarni, 2025-yilda esa 3 nafarni tashkil etgan.
✔️Mukofot to‘qqizta yo‘nalish — “Aspiring Teen”, “Most Disruptive”, “Best Ally”, “Most Impactful Initiative”, “Woman in Web3”, “Tech Diplomacy”, “Start-Up”, “Global Leadership” va “Lifetime Achievement” nominatsiyalari bo‘yicha topshirildi.
G‘oliblar ro‘yxati:
Aspiring Teen Award — Dilafruzxon Jo'raboyeva
Best Ally Award — Anora Amirova
Start-Up Award — Maftuna Karimova (Femmy startapi)
Global Leadership Award — Ummatoy Yo'ldosheva
⏩Mintaqaviy bosqich g‘oliblari 2026-yil 3-dekabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan “Women in Tech Global Awards” xalqaro mukofotining global bosqichida Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi sharafini himoya qiladi.
🌟Ta’kidlash joizki, “Women in Tech CCA Awards” marosimi 2024-yilda ham Toshkent shahrida o‘tkazilgan. Mazkur tadbirning O‘zbekistonda tashkil etilishi mamlakatimizda xotin-qizlarning texnologiyalar sohasidagi ishtirokini kengaytirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarning muhim e’tirofidir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 807 |
| 5 | ✅Sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda soha vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda Qonunchilik palatasi deputatlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash, Transport, Energetika va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari mas’ul xodimlari, faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Muloqot avvalida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos kirish so‘zga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar haqida so‘z yuritdi.
Muloqotda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda mazkur sohada tizimli huquqiy va institutsional asoslar yaratilib, davlat rahbarining tegishli qarorlari bilan 2030-yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Unda davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish vazifalari belgilandi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/233713
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 115 |
| 6 | 🔖Ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini ta’minlash bo‘yicha Milliy dastur amalga oshirilishi boshlanmoqda
Dasturni ishlab chiqish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Inson kapitalini rivojlantirish loyihalar ofisi tomonidan muvofiqlashtirildi. Mazkur ofis dastur ijrosini ham muvofiqlashtirib boradi.
Dastur xodimlarning huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish, tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitish holatlarining oldini olish, shuningdek, huquqbuzarliklar yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishning samarali mexanizmlarini yaratishga qaratilgan.
Dasturni amaliyotga joriy etish bo‘yicha galdagi vazifalar Toshkent shahrida davlat organlari, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar vakillari ishtirokida muhokama qilindi. Tadbirda 100 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Batafsil: 👉https://digital.uz/oz/news/view/233560
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 948 |
| 7 | 🟢 IT Park Uzbekistan fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026 mukofotida Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eng yaxshi bilimlar zonasi deb e’tirof etildi
⚡️IT Park Uzbekistan Financial Times Group tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan fDi Intelligence nashri tomonidan tashkil etilgan Global Free Zones of the Year Awards 2026 xalqaro mukofotida "Yilning eng yaxshi bilimlar zonasi — Osiyo-Tinch okeani mintaqasi" (Knowledge Zone of the Year – Asia-Pacific) nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
📌Ushbu e’tirof IT Park Uzbekistanning raqobatbardosh texnologik ekotizimni rivojlantirish, xalqaro kompaniyalar va investitsiyalarni jalb etish hamda mamlakatning raqamli kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasidagi yutuqlarini aks ettiradi. Shuningdek, O‘zbekistonning texnologik ta’lim, kadrlar tayyorlash va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlarini e’tirof etadi.
Batafsil: 👉https://digital.uz/oz/news/view/233556
_____
🟢 IT Park Uzbekistan признан лучшей зоной знаний Азиатско-Тихоокеанского региона на премии fDi Intelligence Global Free Zones Awards 2026
⚡️IT Park Uzbekistan стал победителем в номинации «Зона знаний года — Азиатско-Тихоокеанский регион» (Knowledge Zone of the Year – Asia-Pacific) международной премии Global Free Zones of the Year Awards 2026, организованной fDi Intelligence — специализированным изданием, входящим в Financial Times Group.
📌Награда отмечает достижения IT Park Uzbekistan в развитии конкурентоспособной технологической экосистемы, привлечении международных компаний и инвестиций, а также укреплении кадрового потенциала страны в сфере цифровых технологий. Признание также отражает масштабную работу Узбекистана по развитию технологического образования, подготовке специалистов и поддержке инноваций.
Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/233556
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 697 |
| 8 | 📌Toshkent — mintaqaviy texnologik yetakchilik markazi: Poytaxtimizda “Women in Tech Leadership Forum” xalqaro Forumi bo‘lib o‘tdi
🔠Raqamli texnologiyalar vazirligida o‘tkazilgan forum Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida texnologik kelajak kun tartibini belgilab bergan muhim voqeaga aylandi. Anjumanda 10 dan ortiq davlatdan 300 ga yaqin xalqaro ekspertlar, Hukumat va AT-hamjamiyat yetakchilari jam bo‘ldi.
🟢Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir raqamli iqtisodiyotning jadal o‘sishi bevosita xotin-qizlarning AT va innovatorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga bog‘liq ekanini ta’kidladi.
⚡️Dunyoda 60 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Women in Tech Global harakati butun dunyo bo‘ylab 1 million ayolni qamrab olgani aynan Toshkentda e’lon qilindi.
📌Eslatib o‘tamiz, Tashkilot va Vazirlik o‘rtasidagi rasmiy hamkorlik 2024-yil mart oyida, Markaziy Osiyodagi birinchi vakillik bevosita Vazirlik binosida ochilishi bilan boshlangan. Bu sheriklik gender tafovutini qisqartirish, ayollar AT-tadbirkorligini va ustozlik (mentorship) dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
⚡️ Asosiy natijalar va yangi tashabbuslar:
Xalqaro loyihalar: O‘zbekiston-Latviya qo‘shma “Women Leadership in ICT” dasturi taqdim etildi va 8 dan ortiq davlat hududiy direktorlari 2031-yilgacha mo‘ljallangan strategik majburiyatlarni (commitments) qabul qildilar.
Dolzarb muhokamalar: AI va kelajak ko‘nikmalari, venchur investitsiyalar, fintech, robototexnika, kosmos hamda FemTech yo‘nalishlarida muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/233491
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 280 |
| 9 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning yettinchi sammitidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на седьмом саммите Совещания по взаимодействию и мерам доверия в Азии
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan at the Seventh Summit of the Conference on Interaction and Confidence Building Measures in Asia
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 546 |
| 10 | 🇺🇿Zulfiyanomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda
Yurtimizdagi eng nufuzli mukofotlardan biri bo‘lgan mazkur e’tirof o‘z sohasining chinakam yetakchisi bo‘lgan, iqtidorli va tashabbuskor qizlarimizni izlamoqda.
Mukofotga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan, a’lo xulqi, noyob iste’dodi hamda so‘nggi uch yil mobaynida xalqaro yoki respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan xotin-qizlar nomzod sifatida qatnashishi mumkin.
Joriy yilgi tanlovning eng muhim yangiligi shundaki, an’anaviy ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati yo‘nalishlari qatoriga “tibbiyot” yo‘nalishi ham qo‘shildi. Endilikda iqtidorlar 9 ta yo‘nalish bo‘yicha saralanadi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi hamda o‘z hujjatlarini doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.
O‘z iqtidoringizni namoyon eting va yuksak e’tirofga sazovor bo‘ling!
✔️Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 3 193 |
| 11 | 🇺🇿🇨🇳 Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda biznes ochish va texnologik hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda
IT Park Uzbekistan Qianfan Tuohai Consulting Services (Shenzhen) Co., Ltd. delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar Xitoy texnologik kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishi, yangi biznes yo‘nalishlarini rivojlantirishi va investitsiyaviy imkoniyatlarni o‘rganishga qaratildi.
Mingshang Technology Co., Ltd. va Shenzhen Jurui Cloud Control Technology Co., Ltd. O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi. Tomonlar kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ofis infratuzilmasi, xorijiy biznes uchun qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, raqamli infratuzilma va ma’lumotlar markazlari yo‘nalishidagi istiqbollarni muhokama qildilar.
🤝 Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirokidagi “Khan Tengri Innovation Hub” tashabbusiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur tashabbus Markaziy Osiyo texnologiya kompaniyalarining Xitoy bozoriga kirishi, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishi hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Batafsil:👉 https://digital.uz/oz/news/view/232932
—
🇺🇿🇨🇳 Chinese Tech Companies Explore Business Expansion and Technology Partnerships in Uzbekistan
IT Park Uzbekistan held a meeting with a delegation from Qianfan Tuohai Consulting Services (Shenzhen) Co., Ltd. Discussions focused on opportunities for Chinese technology companies to enter the Uzbek market, establish local operations, explore new business opportunities, and assess investment prospects.
Mingshang Technology Co., Ltd. and Shenzhen Jurui Cloud Control Technology Co., Ltd. expressed interest in establishing operations in Uzbekistan. The parties discussed company registration procedures, office infrastructure, support mechanisms for foreign businesses, and opportunities in digital infrastructure and data centers.
🤝 The meeting also highlighted the Khan Tengri Innovation Hub initiative, involving Uzbekistan and Kazakhstan. The initiative aims to support Central Asian technology companies in entering the Chinese market, building business connections, and expanding international cooperation.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/232932
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 362 |
| 12 | Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
Kecha Davlatimiz Rahbari tomonidan Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonlari bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida qatnashib, shijoatli yoshlarimizni ko‘rib juda quvondik.
Bu g‘alaba yana bir bor yoshlarimizning orzularini cheklamasliklari zarurligini ko‘rsatib berdi.
Bizning yoshlarimiz juda ko‘p natijalarga erishishga qodirlar, shuning uchun katta maqsadlar qo‘yib, o‘qish, izlanish va harakatdan to‘xtamasliklari kerak.
Vaqtni behuda sarflamay, Siz ham ko‘proq yangi ko‘nikmalarni o‘rganing! Buning uchun aileaders.uz orqali bepul kurslar soni va imkoniyatlar kun sayin ortmoqda! Yaqinda «Google Gemini AI Plus» xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati ham qo‘shildi.
Ko‘proq insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan o‘z loyihangizni boshlang, startupbase.uz orqali uni rivojlantiring, raqamli startaplar dasturiga qo‘shiling. | 1 629 |
| 13 | 🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, robototexnika hamda raqamli hukumat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
💬 Shuningdek, joriy yilning sentabr oyida ikki davlat rahbarlari ishtirokidagi o‘tkazilgan oliy darajadagi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/232684
___
🇺🇿 🇰🇷 Uzbekistan and Korea Discuss Expanding Cooperation in Artificial Intelligence and Digital Education
Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Korea to Uzbekistan Won Do-yeon.
The meeting focused on expanding cooperation between Uzbekistan and Korea in artificial intelligence, digital education, robotics, and digital government.
💬 The sides also exchanged views on the next steps to implement the initiatives proposed at the Central Asia–Republic of Korea Summit, held in September this year with the participation of the leaders of the two countries.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/232684
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 3 312 |
| 14 | ✅“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi
🇰🇷Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 7–10-oktyabr kunlari oʻtkazilgan “First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, 16 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi va 637 ball bilan musobaqa rekordini oʻrnatdi.
↪️ Ushbu natija bilan vakillarimiz qariyb 190 mamlakat yoshlarini birlashtirgan nufuzli musobaqada mamlakatimizning ilm-fan, muhandislik va texnologiyalar sohasidagi salohiyatini namoyon etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi va shu kuni “Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida xalqaro musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevlar ishtirok etib, musobaqa gʻoliblari va ularning murabbiylariga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdilar.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/232558
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 5 091 |
| 15 | INHA UNIVERSITETI SANOAT MASLAHAT KENGASHI TASHABBUSINI YO‘LGA QO‘YDI
▫️ Toshkent shahridagi Inha universiteti IT sohasi, davlat sektori va biznes vakillarini birlashtiruvchi Sanoat maslahat kengashi tashabbusini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi universitet va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.
💼 Muhokamalar davomida kengashning ta’lim dasturlarini takomillashtirish, o‘quv rejalarini mehnat bozorining o‘zgaruvchan talablariga moslashtirish hamda raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘rni ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sun’iy intellektning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalarga ta’siriga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu tashabbus universitetning innovatsiyalarni rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotning kelajakdagi talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.
➖➖➖
INHA LAUNCHES THE INDUSTRY ADVISORY BOARD INITIATIVE
▫️ Inha University in Tashkent has launched the Industry Advisory Board initiative, an advisory council that brings together representatives of the IT industry, the public sector, and the business community. The main goal of this initiative is to strengthen cooperation between the university and industry.
💼 The discussion focused on the board’s role in improving educational programs, adapting curricula to changing labour market demands, and preparing highly qualified specialists for the digital economy. Particular attention was given to industry feedback and the impact of artificial intelligence on education and professional skills.
This initiative reflects university’s commitment to fostering innovation and preparing future-ready specialists for the evolving digital economy.
➖➖➖
УНИВЕРСИТЕТ ИНХА ЗАПУСТИЛ ИНИЦИАТИВУ INDUSTRY ADVISORY BOARD
▫️ Университет Инха в Ташкенте запустил инициативу Industry Advisory Board — консультативного совета, объединяющего представителей IT-индустрии, государственного сектора и бизнеса. Главная цель инициативы — укрепление сотрудничества между университетом и индустрией.
💼 В ходе обсуждения была рассмотрена роль совета в совершенствовании образовательных программ, адаптации учебных планов к меняющимся требованиям рынка труда и подготовке высококвалифицированных специалистов для цифровой экономики. Особое внимание уделили обратной связи от представителей индустрии и влиянию искусственного интеллекта на образование и профессиональные навыки.
Эта инициатива отражает стремление университета развивать инновационную среду и готовить специалистов, способных отвечать требованиям цифровой экономики будущего.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 440 |
| 16 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении победителей международного турнира по робототехнике и их тренеров»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 817 |
| 17 | 📈O‘zbekiston xalqaro pochta aloqasi rivojlanishi reytingida 11 pog‘ona yuqoriladi
📈Umumjahon pochta ittifoqining Xalqaro pochta aloqasi rivojlanish indeksi (2IPD) bo‘yicha O‘zbekiston 181 ta davlat orasida 64-o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz avvalgi natijaga nisbatan 11 pog‘ona yuqorilab, xalqaro reytingda sezilarli o‘sishga erishdi. Avval O‘zbekiston ushbu reytingda 75-o‘rinda qayd etilgan edi.
▶️Xalqaro pochta aloqasi rivojlanish indeksi mamlakatlarning pochta sohasidagi taraqqiyotini baholash, milliy pochta tizimlarining samaradorligi va xalqaro pochta tarmoqlariga integratsiyalashuv darajasini tahlil qilishda muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
🗺Bugungi kunda pochta aloqasi nafaqat an’anaviy xat va jo‘natmalarni yetkazib berish, balki elektron tijoratni rivojlantirish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay logistika xizmatlarini taqdim etish hamda xalqaro savdo aloqalarini qo‘llab-quvvatlashda ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois pochta infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va raqamli yechimlarni joriy etish sohaning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⬆️O‘zbekistonning xalqaro reytingda 11 pog‘ona yuqorilashi milliy pochta tizimini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini izchil oshirish va mamlakatning global pochta tarmog‘idagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi ijobiy natijalardan biridir.
📊 Ma'lumot uchun: 2023-yilning 5-oktabr kuni Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabistoni)da bo‘lib o‘tgan UPUning IV-Favqulodda Kongressining Strategik sammitida O‘zbekiston Respublikasi “Pochta taraqqiyotining yuksaluvchi yulduzi” mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Butunjahon pochta ittifoqining 2023-yilda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, “O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasini rivojlantirish indeksida yuqori o‘rinni qayd etib, 115-o‘rindan 74-o‘ringa ko‘tarilgandi.
На русском
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 445 |
| 18 | 🇺🇿 🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🆙Uchrashuvda Sun’iy intellekt bo‘yicha Butunjahon hamkorlik tashkiloti (WAICO) doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonning tashkilot faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish hamda sun’iy intellekt sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
⚡️Tomonlar AT yo‘nalishini rivojlantirish va joriy etishda xalqaro hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/231698
_______
🇺🇿 🇨🇳 Uzbekistan and China Discuss the Development of Cooperation in Artificial Intelligence
Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with Yu Jun, the newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the People’s Republic of China to the Republic of Uzbekistan.
🆙The meeting focused on developing bilateral cooperation within the World AI Cooperation Organization (WAICO), expanding Uzbekistan’s participation in the organization’s activities, and implementing joint projects in artificial intelligence.
⚡️The sides emphasized the importance of international cooperation in advancing and deploying information technology (IT) and discussed prospects for collaboration in ensuring data security.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/en/news/view/231698
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 276 |
| 19 | 🏆UNICON-SOFT — ASOCIO Digital & AI Awards 2026 g‘olibi!
📌“Unicon Soft” kompaniyasi Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi nufuzli ASOCIO Digital & AI Awards 2026 xalqaro mukofotining “Digital Government” (Raqamli hukumat yo‘nalishidagi loyihalari uchun) nominatsiyasida g‘olib deb topildi! Mukofotlar Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda topshirildi.
🆙ASOCIO (Asian-Oceanian Computing Industry Organization) — Osiyo va Okeaniyadagi 25 ta mamlakatning IT-assotsiatsiyalarini birlashtirgan xalqaro federatsiya. Uning tarmog‘i 29 mingdan ziyod ICT kompaniyasini qamrab oladi, a’zo davlatlar iqtisodiyoti esa global YaIMning qariyb 45 foizini tashkil etadi.
Ushbu mukofot raqamli hukumat sohasida yaratayotgan yechimlarimizning xalqaro e’tirofidir.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 072 |
| 20 | 🇺🇿🇫🇷 Fransuz IT kompaniyalarini O‘zbekistonda qanday imkoniyatlar kutmoqda?
9-oktabr kuni IT Park Uzbekistan va Fransiya–O‘zbekiston savdo-iqtisodiy palatasi hamkorligida ICT Week Decoded brifingi bo‘lib o‘tdi. Unda ICT WEEK Uzbekistan 2026 yakunlari va fransuz biznesi bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan va Enterprise Uzbekistan vakillari xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar, sun’iy intellektni rivojlantirish hamda yangi texnologik yurisdiksiyani tashkil etish haqida ma’lumot berdilar.
🤝 Fransiya kompaniyalari vakillari O‘zbekiston bozoriga kirish imkoniyatlari va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ham muhokama qildilar.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/231628
—
🇺🇿🇫🇷 What opportunities does Uzbekistan offer French technology companies?
On October 9, IT Park Uzbekistan and the Franco-Uzbek Chamber of Commerce and Industry hosted the ICT Week Decoded briefing to review the outcomes of ICT WEEK Uzbekistan 2026 and explore new opportunities for cooperation with French businesses.
Representatives of the Ministry of Digital Technologies, IT Park Uzbekistan, and Enterprise Uzbekistan presented the benefits and incentives available to foreign companies, developments in artificial intelligence, and plans for a dedicated technology jurisdiction.
🤝 French companies also discussed opportunities to enter the Uzbek market and explore new areas of bilateral cooperation.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/231628
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 221 |
