Digital.uz
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari Новости Министерства цифровых технологий Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/ Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/ Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
显示更多📈 Telegram 频道 Digital.uz 的分析概览
频道 Digital.uz (@mitcuz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 13 066 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 9 452,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 6 019 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 13 066 名订阅者。
根据 08 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 202,过去 24 小时变化为 3,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 21.39%。内容发布后 24 小时内通常能获得 15.89% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 2 773 次浏览,首日通常累积 2 060 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 0。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari
Новости Министерства цифровых технологий
Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digit...”
凭借高频更新(最新数据采集于 09 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
数据加载中...
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 08 十月 | +15 | |||
| 07 十月 | +15 | |||
| 06 十月 | +17 | |||
| 05 十月 | +15 | |||
| 04 十月 | +2 | |||
| 03 十月 | +10 | |||
| 02 十月 | +3 | |||
| 01 十月 | +9 |
| 2 | 📮 9-oktabr — Butunjahon pochta kuni
Hurmatli pochta xodimlari hamda soha vakillari!
Sizlarni 9-oktabr – Butunjahon pochta kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!
Pochta xizmati insonlarni, shahar va qishloqlarni, mamlakatlarni bir-biriga bog‘lab, maktublar, xabarlar va muhim jo‘natmalarning o‘z manziliga yetib borishini ta’minlaydi.
Bugungi raqamli texnologiyalar davrida ham pochta xizmatlari o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Zamonaviy logistika yechimlari va innovatsion texnologiyalar esa ushbu sohaning imkoniyatlarini yanada kengaytirib, xizmatlar tezkorligi va sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, pochta sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz!Sizlarga mustahkam sog‘liq, mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz.
📨 Bayramingiz muborak boʻlsin!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 164 |
| 3 | 🔖StartupBlink rahbariyati bilan Xorazm startap ekotizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
🟣Xorazmda StartupBlink Global startap ekotizimi xaritasi va tadqiqot markazi asoschisi va Bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi va IT Park Xorazm filiali rahbariyati ishtirok etdi.
⏩StartupBlink Bosh direktori Eli David Rokah bilan bolib o‘tgan uchrashuvda Xorazm viloyatida startap ekotizimini rivojlantirish, mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ularni xalqaro bozorga olib chiqish, StartupBlink xalqaro platformasida Xorazmning ko‘rinuvchanligini oshirish masalalari muhokama etildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/230126
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 184 |
| 4 | Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.
✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.
🏳️🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi:
✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi.
✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi.
✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi.
✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi.
✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi.
✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.
🤖 Hurmatli talabalar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yuqori daromadli kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarini bepul oʻrganing!
🧭 Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z startap loyihalaringizni boshlang: startupbase.uz
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 28 032 |
| 5 | 🇺🇿🇷🇺Rossiya delegatsiyasi Farg‘onadagi dasturchilarni tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi
➡️ O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishida ishtirok etish uchun Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov “Fergana Digital Hub” majmuasida Apple kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan dasturchilarni tayyorlash markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bo‘lim boshlig‘i Obidjon Axmedov dasturchilarni tayyorlash markazining faoliyati, uning tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlar hamda raqamli ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, markazda yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi, xalqaro talablarga mos bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 386 |
| 6 | 📌AIAA bosh ijro direktori bilan IAC-2028ga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
⛓Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amerika Aeronavtika va Astronavtika instituti bosh ijro direktori Kley Mouri bilan uchrashdi.
⏩Muloqotda 2028-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro astronavtika kongressini yuqori saviyada tashkil etish, bu borada xalqaro tajribadan samarali foydalanish hamda tadbirning xalqaro kosmik hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/229924
_______
📌Preparations for IAC-2028 Discussed with AIAA CEO
⛓As part of the 77th International Astronautical Congress (IAC-2026) currently taking place in Antalya, Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov met with Clay Mowry, Chief Executive Officer of the American Institute of Aeronautics and Astronautics (AIAA).
⏩The meeting focused on preparations for hosting the International Astronautical Congress in Samarkand in 2028, including ensuring the event is organized to the highest international standards, making effective use of international best practices, and further enhancing the congress’s profile within the global space community.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/229924
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 348 |
| 7 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на восьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Eighth Consultative Meeting of the Heads of State of Central Asia and Azerbaijan
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 1 835 |
| 8 | 💫NASA rahbariyati bilan kosmik sohadagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🆙Antaliya shahrida o‘tayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari AQShning NASA rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🗺Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov hamda NASA administratori o‘rinbosari Matt Anderson ishtirok etdi.
💬 Muloqot davomida O‘zbekiston va AQShning kosmik sohadagi bugungi ustuvor yo‘nalishlari, istiqboldagi qo‘shma loyihalar va tashabbuslar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/229757
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 3 734 |
| 9 | 📊 Cyber Universityda Palo Alto Networks laboratoriyasi ishga tushirildi
😮 Cyber Universityda kiberxavfsizlik yo‘nalishida amaliy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan Palo Alto Networks o‘quv-tadqiqot laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
➡️ Palo Alto Networks — tarmoq xavfsizligi, kiberxavflarni aniqlash va ularga javob qaytarish, Security Operations hamda zamonaviy korporativ infratuzilmalarni himoyalash bo‘yicha yechimlar ishlab chiquvchi xalqaro kompaniya. Kompaniyaning Cybersecurity Academy dasturi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidagi minglab maktab, kollej va universitetlarda ta’lim jarayonida qo‘llaniladi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/229671
__________
📊 В Cyber University запущена лаборатория Palo Alto Networks
😮 В Cyber University состоялось открытие учебно-исследовательской лаборатории Palo Alto Networks, направленной на расширение возможностей практического обучения по направлению кибербезопасности.
➡️ Palo Alto Networks — международная компания, разрабатывающая решения в области сетевой безопасности, выявления киберугроз и реагирования на них, Security Operations, а также защиты современной корпоративной инфраструктуры. Программа Cybersecurity Academy компании используется в образовательном процессе тысяч школ, колледжей и университетов более чем в 100 странах мира.
Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/229671
In English
Website │Telegram │ Instagram │ Facebook │Youtube │Linkedin | 2 440 |
| 10 | 🟪 Uzcosmos va STAR.VISION o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
🧑💻Antaliya shahrida bo‘lib o‘tayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida Uzcosmos agentligi va STAR.VISION kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
💬 Memorandumni imzolash marosimida Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov hamda STAR.VISION kompaniyasining Guruh bosh ijro direktori Danying Fan ishtirok etdi.
🆙 Mazkur hujjat STAR.VISION kompaniyasining “Giperspektral ma’lumotlar bo‘yicha strategik hamkorlik va “Early Bird” dasturi doirasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Unga ko‘ra, “Samarkand 2028” yuqori samaradorlikka ega giperspektral sun’iy yo‘ldoshi orqali olinadigan ma’lumotlardan foydalangan holda amaliy yechimlarni baholash va ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/229542
_______
🟪Cooperation Memorandum Signed between Uzcosmos and STAR.VISION
🧑💻 As part of the 77th International Astronautical Congress (IAC-2026), currently taking place in Antalya, a cooperation memorandum was signed between the Uzcosmos Agency and STAR.VISION in the presence of Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov.
💬 The signing ceremony was attended by Shuhrat Kadirov, Director of the Uzcosmos Agency, and Danying Fan, Group Chief Executive Officer of STAR.VISION.
🆙The memorandum establishes the key areas of cooperation under STAR.VISION’s “Strategic Cooperation on Hyperspectral Data and Early Bird Program.” In particular, the parties will cooperate on evaluating and developing practical solutions using data obtained from the “Samarkand 2028” high-performance hyperspectral satellite.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/229542
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 295 |
| 11 | 🟣Farg‘onaning AI startapi xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi
➡️5–7-oktabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida nufuzli "ASOCIO Digital & AI Awards 2026" tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo–Okeaniya mintaqasining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
⚡️E’tiborlisi, anjumanda farg‘onalik dasturchi Muhammadqodir Abduvoitov tomonidan yaratilgan "Braille Recognition" startapi yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
⏩Loyiha Osiyo–Okeaniya kompyuter sanoati tashkiloti (ASOCIO) tomonidan ta’sis etilgan "AI for Public Good" — "Jamiyat manfaati uchun sun’iy intellekt" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Mukofotni startap asoschisi Muhammadqodir Abduvoitov tantanali marosimda qabul qilib oldi.
✅"Braille Recognition" — smartfon kamerasi orqali Brayl yozuvini tanib, uni oddiy matnga aylantiruvchi mobil ilova. Loyiha ko‘zi ojiz insonlar, ularning yaqinlari hamda ta’lim sohasi vakillari uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 363 |
| 12 | 📌Cyber University vakillari “Cyberkent 4.0” musobaqasida yuqori natijalarni qayd etdi
“Cyberkent 4.0” musobaqasi yakunlariga ko‘ra, Cyber University talabalari kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Musobaqa Red Team, Blue Team, CTF Master, The AI Underworld hamda Attack Surface AI yo‘nalishlarida tashkil etildi.
CTF Master yo‘nalishining respublika bosqichida 118 ta jamoa ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Cyber Universityning RED TEAM CSU jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Mazkur yo‘nalishning Toshkent viloyati bosqichida esa Cyber University talabalari 1-, 2-, 3- va 4-o‘rinlarni egalladi.
Shuningdek, Attack Surface AI yo‘nalishidagi individual bahslarda universitet talabasi Isfandiyor Jo‘rayev 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Blue Team yo‘nalishining final bosqichida 10 ta jamoa ishtirok etdi. Cyber University vakillari qatnashgan Admin jamoasi 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, EvilCorp — 6-o‘rin, FORT SOC — 8-o‘rinni qayd etdi.
Shu tariqa, Cyber University vakillari “Cyberkent 4.0” doirasida CTF Master, Attack Surface AI va Blue Team yo‘nalishlarida sovrinli natijalarga erishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 539 |
| 13 | 🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
Amazon Web Services {👩💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida!
🔊 AQSHning eng yirik texnologik kompaniyalaridan biri — Amazon Web Services bilan olib borilgan muzokaralar natijasida sun'iy intellekt va AT kurslari ishga tushirildi. Ushbu kurslar shunchaki nazariya emas, balki bevosita amaliyotga asoslangan:
➡️ AWS Certified xodimlari bor tashkilotlarning 91% innovatsiya oshganini, IT rahbarlarining 90% esa unumdorlik yaxshilanganini bildirgan.
🔴 aileaders.uz sahifasida ushbu kurslarni bepul o'qishingiz mumkin:
✅Machine Learning Essentials for Business and Technical Decision Makers;
✅ Planning a Generative AI Project;
✅Security, Compliance, and Governance for AI Solutions;
✅Essentials of Prompt Engineering;
✅Job Roles in the Cloud va boshqalar.
➡️ O'z sohangizning yetakchisi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiriting, it-istedod.uz orqali xarajatlaringizni 100% gacha qaytarib oling!
📃 Batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: 🌟 aileaders.uz
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 201 |
| 14 | 🇹🇷 Turkiy davlatlar kosmik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Antaliyada davom etayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida kosmik sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan “Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha kosmik sanoat sohasidagi dastlabki shartnoma” imzolandi.
Mazkur hujjat TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida kosmik texnologiyalar, sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar, sanoat kooperatsiyasi va salohiyatni oshirish yo‘nalishlarida institutsional hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
———
🇹🇷 Тюркские государства подписали соглашение о развитии сотрудничества в космической сфере
В рамках проходящего в Анталье 77-го Международного астронавтического конгресса состоялась важная встреча, направленная на дальнейшее развитие сотрудничества в космической сфере между государствами – членами Организации тюркских государств (ОТГ). В мероприятии принял участие директор Агентства Uzcosmos Шухрат Кадиров.
В ходе мероприятия Азербайджан, Казахстан, Турция и Узбекистан подписали «Первоначальный рамочный контракт в области космической промышленности по развитию потенциала сотрудничества в рамках Организации тюркских государств».
Подписание документа стало важным шагом на пути к укреплению институционального сотрудничества между государствами – членами ОТГ в области космических технологий, разработки спутников, научных исследований, промышленной кооперации и наращивания потенциала.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 223 |
| 15 | Дунёнинг энг йирик космос тадбири - Халқаро астронавтика конгрессининг очилиш маросимида Ал-Хоразмий, Ал-Беруний, Ал-Фарғоний, Мирзо Улуғбек ва Али Қушчи номларининг ёдга олиниши юртдошларимиз учун катта ғурур бағишлаши аниқ!
Яқинда Балиқчи туманидаги айтишник йигитимизнинг “оддий бир туманнинг йигити бўла туриб, шундай Стартап қилдим” деган сўзларига ҳурматли Президентимизнинг “йўқ, сиз оддий туман йигити эмас, Ал-Хоразмийлар, Берунийлар авлодисиз!” деб айтган гапларининг мазмуни нақадар муҳимлигини ушбу очилиш жараёнидаги видеолавҳани кўрганингиздан кейин яна бир бор тўлиқ англайсиз.
Нафақат очилиш жараёнидаги лавҳада, балки Туркия Президентининг маърузасида, Туркия саноат ва технологиялар вазири нутқида ҳам ушбу олимларимизнинг тарихий ролига алоҳида урғу берилди. Туркиянинг космик компаниясига Ал-Фарғоний номи берилгани ҳам қўшимча эътирофдир.
Президентимиз ёшларимизнинг ушбу аждодларимизга мос авлод бўлиб ўсишлари учун нафақат доимо мотивация беришга ҳаракат қилмоқдалар, балки ёшларимизга яратилаётган имкониятларни кун сайин кенгайтирмоқдалар.
Ёшларимиз фақат беҳуда ишлар билан чалғимасдан, кўпроқ вақтларини замонавий касблар ва чет тилларини ўрганишга ҳамда кўпроқ инсонлар ҳаётини яхшилайдиган стартаплар яратишга сарфласалар бўлди:
- Сунъий интеллект бўйича Coursera орқали замонавий касблар ўрганиш учун: aileaders.uz
- Стартапни ривожлантириш учун: startupbase.uz | 1 598 |
| 16 | 🎉 MyID iBeta xalqaro sinovidan muvaffaqiyatli o‘tdi
✔️ UZINFOCOM’ning MyID biometrik verifikatsiya tizimi Amerikaning “iBeta Quality Assurance” laboratoriyasida ISO/IEC 30107-3, Level 2 xalqaro standartiga muvofiqlik bo‘yicha mustaqil sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
🌎 Eng muhimi, MyID Markaziy Osiyoda iBeta Level 2 sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, to‘liq mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan yagona yechim hisoblanadi. Bu nafaqat UZINFOCOM, balki mintaqaning texnologiya sohasi uchun ham ulkan natija bo‘lib, O‘zbekistonda yaratilgan biometrik texnologiyalarning xalqaro talablarga to‘liq javob berishini tasdiqlaydi.
🔐 Sinov jarayonida MyID tizimining soxta yuz artefaktlaridan foydalangan holda shaxsni soxtalashtirish (o‘rniga kirish) bo‘yicha turli urinishlarga nisbatan chidamliligi tekshirildi. Barcha hujumlar tizim tomonidan muvaffaqiyatli qaytarildi, haqiqiy foydalanuvchilar esa verifikatsiyadan hech qanday to‘siqsiz o‘tishda davom etdi.
🔘 iBeta Quality Assurance — NIST/NVLAP tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan va biometrik texnologiyalarni sinovdan o‘tkazishga ixtisoslashgan AQShning mustaqil laboratoriyasidir. Uning sinov natijalari texnologiya kompaniyalari, moliya institutlari hamda regulyatorlar uchun biometrik yechimlar ishonchliligini baholashda muhim mezon (mo‘ljal) bo‘lib xizmat qiladi.
➡️ MyID uchun bu O‘zbekistonning o‘z ishlanmalari xalqaro talablarga javob bera olishi va global miqyosda raqobatlasha olishining yana bir tasdig‘idir.
________
🎉 MyID успешно прошёл международное тестирование iBeta
✔️ Система биометрической верификации MyID от UZINFOCOM успешно прошла независимое тестирование в американской лаборатории iBeta Quality Assurance на соответствие международному стандарту ISO/IEC 30107-3, Level 2.
🌎 Особенно важно, что MyID — единственное в Центральной Азии решение собственной разработки, успешно прошедшее тестирование iBeta Level 2. Это значимый результат не только для UZINFOCOM, но и для технологической отрасли региона — он подтверждает соответствие разработанных в Узбекистане биометрических технологий международным требованиям.
🔐 В ходе тестирования MyID проверили на устойчивость к различным попыткам подмены личности с использованием поддельных артефактов лица. Все атаки были успешно предотвращены системой, при этом настоящие пользователи продолжали успешно проходить верификацию.
🔘 iBeta Quality Assurance — независимая американская лаборатория, аккредитованная NIST/NVLAP и специализирующаяся на тестировании биометрических технологий. Результаты её испытаний являются важным ориентиром для технологических компаний, финансовых организаций и регуляторов при оценке надёжности биометрических решений.
➡️ Для MyID это очередное подтверждение того, что собственные разработки Узбекистана способны соответствовать международным требованиям и конкурировать на глобальном уровне.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 1 815 |
| 17 | 🇺🇿 🇹🇷 O‘zbekiston delegatsiyasi Antaliyada 77-Xalqaro astronavtika kongressining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi
🔘 Turkiyaning Antaliya shahrida 5–9-oktabr kunlari 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) bo‘lib o‘tmoqda. Turkiya ilk bor mezbonlik qilayotgan nufuzli xalqaro tadbirda dunyoning turli mamlakatlari yetakchi vakillari, kosmik soha mutaxassislari va yetakchi kompaniyalar ishtirok etmoqda.
❕Tadbirning ochilish marosimida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ham ishtirok etib, kosmos sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, umumiy maqsadlar yo‘lida birgalikda harakat qilish va kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish muhimligini ta’kidladi.
📌 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi.
⏩ Kongress O‘zbekistonning xalqaro kosmik hamjamiyat bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda kosmik texnologiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
📌 IAC-2026 doirasida kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sohaning kelajakdagi rivojini ta’minlashga qaratilgan qator uchrashuv va muhokamalar o‘tkazilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 351 |
| 18 | 🌟IAC-2028ni Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolandi
Antaliyada davom etayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida Xalqaro astronavtika federatsiyasi (IAF) bilan 2028-yilda Xalqaro astronavtika kongressini Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha dastlabki shartnoma imzolandi.
Marosimda Xalqaro astronavtika federatsiyasi prezidenti Gabriella Arrigo, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Uzcosmos agentligi direktori Shuhrat Kadirov hamda “Sun’iy intellekt alliyansi” NNT direktori Aziz Muhiddinov ishtirok etishdi.
Mazkur hujjat IAC-2028ni Samarqandda tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlikning muhim amaliy bosqichi hisoblanadi. Endilikda kongressni yuqori darajada tashkil etish, xalqaro ishtirokchilar uchun zarur infratuzilmani tayyorlash va kongress dasturini shakllantirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
________
🌟Подписано соглашение о проведении IAC-2028 в Самарканде
В рамках проходящего в Анталье 77-го Международного астронавтического конгресса подписано предварительное соглашение с Международной астронавтической федерацией (IAF) о проведении Международного астронавтического конгресса 2028 года в Самарканде.
В церемонии подписания приняли участие президент Международной астронавтической федерации Габриэлла Арриго, министр цифровых технологий Республики Узбекистан Шерзод Шерматов, директор Агентства Uzcosmos Шухрат Кадыров, а также директор ННО "Альянс искусственного интеллекта" Азиз Мухиддинов.
Данный документ является важным практическим этапом подготовки к организации и проведению IAC-2028 в Самарканде. На следующем этапе будет продолжена работа по обеспечению высокого уровня проведения конгресса, подготовке необходимой инфраструктуры для международных участников и формированию программы конгресса.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 470 |
| 19 | Toshkentda “Women in Tech Leadership Forum” boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 13-oktabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida “Women in Tech Leadership Forum Uzbekistan 2026” forumi oʻtkaziladi.
Tadbirda Oʻzbekiston va xorijiy davlatlardan yetakchilar, kompaniya asoschilari, soha ekspertlari hamda qaror qabul qiluvchi masʼul shaxslar ishtirok etadi.
Forum doirasida robototexnika, kosmik soha, taʼlim, strategik qarash, yetakchilik, sunʼiy intellekt, moliya, sogʻliqni saqlash va diplomatiya yoʻnalishlarida dunyoni oʻzgartirayotgan gʻoyalar muhokama qilinadi. Xususan, texnologiyalarning mehnat, taʼlim, boshqaruv va kundalik hayotga taʼsiri, bu jarayonda qarorlar kim tomonidan qabul qilinishi hamda kelajakni barpo etishda xotin-qizlarning oʻrni va roli masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Taʼkidlash joizki, mazkur forum Toshkent shahrida ilk bor davlat idorasi maydonida tashkil etilmoqda.
Forum yakunida “Women in Tech CCA Awards” mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi. Unda Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasida salmoqli natijalarga erishgan xotin-qizlar hamda tashabbuslar taqdirlanadi.
🗓 Sana: 2026-yil 13-oktabr
📌Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi
🎟 Ishtirok etish bepul. Oʻrinlar soni cheklangan, oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
___________________________
Tashkent to Host the “Women in Tech Leadership Forum”
On 13 October 2026, the Ministry of Digital Technologies will host the Women in Tech Leadership Forum · Uzbekistan 2026.
The event will bring together leaders, founders, industry experts, and decision-makers from Uzbekistan and abroad.
The Forum will address the ideas reshaping the world across robotics, space, education, vision, leadership, artificial intelligence, finance, health, and diplomacy.
Particular attention will be given to the impact of technology on work, education, governance, and everyday life, to the question of who will make the decisions in this process, and to the role of women in building the future.
Notably, this is the first time the Forum will be held on a government stage in Tashkent.
The Forum will conclude with the Women in Tech CCA Awards Ceremony, recognizing women and initiatives that have made a significant impact across the Caucasus and Central Asia.
🗓 Date: 13 October 2026
📌Venue: Ministry of Digital Technologies of the Republic of Uzbekistan
🎟 Admission is free. Seats are limited, and prior registration is required.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 520 |
| 20 | 📌 IAC-2026: O‘zbekistonning kosmik sohadagi ustuvor yo‘nalishlari xalqaro maydonda taqdim etildi
🔠 Antaliyada o‘tkazilayotgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) doirasida kosmik sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar ishtirokidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
💬Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, mamlakatning kosmik sohani rivojlantirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yondashuvlari haqida so‘z yuritdi.
🎤Davra suhbatida kosmik texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida tajriba va bilim almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/228373
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 2 852 |
