cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevfb.com/xushnudjohntwitter.com/xushnudbeckinstagram.com/xushnudbektiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

نمایش بیشتر
أوزبكستان36زبان مشخص نشده استدین و مذهبی14
Advertising posts
515 562مشترکین
-4 09324 ساعت
-12 3577 روز
+26 39330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi) Ivan Bunin. Yoshlik va keksalik (hikoya) Izoh: Ushbu hikoya inson umrining qanchalik tez o‘tishi, uni qanday o‘tkazish esa o‘ziga havola ekanligi ta’kidlangan. Hikoyadagi keksa kurd inson hayoti turli davrlarga bo‘linishini, o‘sha davrlarda ham inson inson bo‘lib qolishi kerakligini ta’riflab bergan. 📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/ivan-bunin-yoshlik-va-keksalik 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/LwM1UCAEzDI 🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda. #kechki_mutolaa 🔘 @xushnudbekuz
نمایش همه...
Uzbekistan’s club jurnalining AQSh mavsumiga bag‘ishlangan ikkinchi soni taqdim qilinadi Jurnalning bu galgi sonida siyosat arboblari, jamoatchilik faollari bilan ham intervyular berilgan. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov, Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, o‘zbek sportining afsonasi Oksana Chusovitina, jamoatchilik faollari media rezidentlar Hikmat Abdurahmonov, Otabek Bakirov, Shahnoza Soatova va AQShda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonlik vatandoshlarimizdan iborat jamoa ushbu jurnalning asosiy qiyofalari sifatida gavdalanishgan. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Bog‘ — xalqniki bo‘lishi kerak, bog‘lardan qo‘lingizni torting, uyatsizlar! "Abdulla Qodiriy" hamda "Do‘stlik" (sobiq "Bobur") bog‘i atrofidagi gap-so‘zlarni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Toshkent shahridagi ushbu bog‘larini xususiy investorga berishmoqchi ekan. Investor ham bir dunyo rejalarini to‘lqinlanib, aytib beribdi. Ya’ni bog‘ juda zo‘r bo‘larmish, hozir qarovsiz ekan. Singapurda ochilgani aytilayotgan, lekin tagini yaxshilab surishtirsa, o‘zimizning qorako‘zlar bo‘lib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan bu investor shunchaki bu xalqni sevgani, shu xalqdan o‘zini qarzdor deb hisoblagani uchungina bu bog‘larni o‘zidan-o‘zi, beminnat rekonstruksiya qilishiga sizlar ishonasizlarmi? Men ishonmayman, bunaqa ertaklarga ishonmay qo‘yganman. Juda ko‘p davlat mulklari, ko‘plab korxonalar atayin qarovsiz tashlab qo‘yilib, ahvoli rasvo bo‘lgandan keyin xususiy qo‘llarga tekinga berib yuborilganini ko‘p ko‘rdik. Mayli, dedik, qo‘l siltadik. Lekin hech bo‘lmasa, bog‘larga tegmanglarey, baraka topgurlar. Shundoq ham ekologiyamiz ahvoli o‘ta rasvo darajaga kelganda, shaharning o‘pkasi bo‘lgan bog‘lar taqdirini xavf ostida qoldirish jinoyat bilan teng. ‼️ Odamlarga tinch va sokin, hech qanday attraksionsiz, hech qanday shovqin-suronsiz, hech qanday do‘konlaru, savdogarlarsiz bog‘lar kerak. Bunday bog‘lar bilan ta’minlash davlatning MAJBURIYATI. Yanada aniqroq aytsak, shaharlarda bu MAJBURIYATNI shahar hokimligi ta’minlab berishi SHART! Toshkent shahar hokimligida insofli va xalq uchun haqiqatda qayg‘uradigan mas’ullar bo‘lsa, unda xususiy investorlarga ushbu bog‘larni topshirish fikridan qaytishi kerak. Agar topshiriq "yuqoridan" berilgan bo‘lsa, unda o‘sha "yuqoridagi" vallomatlar ham insofga kelishsin va bu qarordan qaytishsin, deb duodamiz. Va o‘z navbatida insofli deputatlarimizdan ham iltimos qilamiz (aslida talab qilishimiz kerak), katta-kichikligidan qat’i nazar, mamlakatdagi barcha bog‘larga UMUMMILLIY BOYLIK, umumxalq mulki maqomini berish va ularni har qanday tajovuzdan, har qanday tadbirkor hamlasidan asrovchi qonun tashabbusini bildirishsin. Uyg‘oq deputatlarimiz sanoqli bo‘lsa ham bor-ku, xalq uchun foydali harakatni boshlashsin. Bu qonun nafaqat bugun uchun, balki millat kelajagi uchun ham juda muhim. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko‘plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:xalqaro olimpiada g‘oliblari; ➖ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirgan oila a’zolari; ➖Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga. ✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar: –top 10% talabalarga 100% grant; –keyingi 10% talabalarga 70% grant; –keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi. ❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Universitetda o‘qishga arizalar qabuli davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Reklama
نمایش همه...
O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish uchun Balxga jo‘nab ketdi. Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev "Telefonsiz maktab" loyihasini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 300 million soʻm pul mukofotini topshirdi. Ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Toshkent viloyatining 19 ming 723 ta ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda. Shundan: ● Turar joylar — 18 ming 773 ta; ● Noturar joylar — 891 ta; ● Ko‘p qavatli uylar — 52 ta. Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 6 ming 556 ta, O'rta Chirchiq tumanidan jami 3 ming 167 ta obyekt o‘tkazilmoqda. Ma’lumot uchun, 2023-yilning 18-mart kuni Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygan edi. Ushbu shahar 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘lib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etilmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
Toshkent amaliy fanlar universitetida “Xotin-qizlar va erkaklarning uzluksiz ta’lim olish imkoniyatlarini rag‘batlantirish: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro forum o‘tkazildi. Tadbirda dunyo bo‘ylab o‘qish imkoniyatlari, turli tillarni o‘rganish, ayollar va erkaklar uchun ta’limdagi yutuqlar va muammolar kabi mavzular muhokama qilindi. Forumda professorlar, ilmiy tadqiqotchilar va chet ellik olimlar ishtirok etishdi. 📸 Forumdan lavhalar 📄 Litsenziya (№ 029914, 14.06.2022-y.) Telegram | Instagram | Veb-sayt | Reklama
نمایش همه...
Uraaaa! 🇺🇿O'zbekiston futzal terma jamoasi qiyin o‘yinda 🇻🇳Vetnamni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo kubogida yarim finalga chiqdi! Dastlabki taymda 1:0 ga yutqazayotgan edik, ikkinchi taymda tenglashtirdik va oxirgi daqiqada g‘alaba golini urib ketdik. Zo‘r! Barakalla! Endi 26-aprel kuni yarim finalda o‘ta kuchli 🇮🇷Eron bilan o‘ynaymiz. Olg‘a, yigitlar! 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...