cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy sahifasi 👉Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz https://ijtimoiyhimoyaagentligi.taplink.ws @insonmarkazlari @ziyotaratamiz 🤖 @IHMA_1140

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
18 760
مشترکین
-524 ساعت
+1327 روز
+73830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

01:17
Video unavailableShow in Telegram
"Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlar" xizmatlari ko'lami kengaytirildi 👨‍🦽 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga: - mobil qatnov; - kunduzgi qatnov; - uzoq va qisqa muddatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi. ☺️ Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin. 🥹 Bunda, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalari hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslari bir yilda bir marta imtiyozli toifa sifatida markaz xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. ✅ Markazlarga joylashtirilgan shaxslarga ularning ehtiyoji hamda xohishiga ko‘ra qisqa va uzoq muddat qolish hamda internat uyidan butunlay chiqish imkoniyati mavjud. 👩‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, Markaz xizmatlaridan foydalanuvchilarning ijtimoilashuvini ta’minlash maqsadida mehnat ustaxonalari yo‘lga qo‘yildi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
5555.mp430.73 MB
👍 30👏 3🙏 3🔥 2 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
Камбағалликни қисқартириш бўйича ҳам тизимни ўзгартириш зарурлиги таъкидланди. Маҳалла еттилигида қандай ишлаш кераклиги бўйича тажриба тўпланди, уларга банк-молия инструментлари билан кўмаклашиш жорий қилинди. Шу билан бирга, тизим кенгайган сари янгича ёндашувга эҳтиёж сезилмоқда. Эҳтиёжманд аҳоли даромад манбаи билан таъминланмаса, яна ижтимоий ёрдамга қайта-қайта мурожаат этиши кўрсатиб ўтилди. Шу боис, энди камбағалликни қисқартириш ва ижтимоий ҳимоя битта, яъни Ижтимоий ҳимоя агентлиги тизимида бўлади. Facebook|Instagram|X
نمایش همه...
👍 50
39:40
Video unavailableShow in Telegram
"Parda Podkast" loyihasi doirasida "Ayollar uchun ijtimoiy xizmatlar" mavzusida suhbat tashkil etildi. Ushbu podkast orqali ayollarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va turli imkoniyatlar haqida jamiyatni habardor qilishni maqsad qilganmiz. 🎙 Suhbat davomida: ⏺️ Ayollarga ijtimoiy xizmatlar va ularning afzalliklari ⏺️ Huquqiy yordam va maslahatlar berish ⏺️ Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurash va himoya choralari ⏺️ Birlamchi ko‘mak xonalari ⏺️ Reabilitatsiya dasturlari ⏺️Inson ijtimoiy xizmatlar markazlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. "Parda" Podkast loyihasi - xotin-qizlar muammolarini yoritish, jamoat faollari va ekspertlar bilan birgalikda ularga yechim topish va bu borada ayollarni, jamiyatni xabardor qilishga xizmat qiladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
Ayollar_uchun_ijtimoiy_xizmatlar_Parda_Podkast_1_video_converter.mp4134.02 MB
👍 17 4🔥 2👏 2
Mahallalarda aholi muammolarini aniqlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yangi bosqichga ko'tariladi. Yangi tizimda quyidagilar joriy etiladi: ⏺️Kompleks o‘rganish – Endi bir oilaning barcha muammolari “mahalla yettiligi” tomonidan yagona savolnoma asosida o‘rganiladi. ⏺️ Ijtimoiy pasport – Aniqlangan muammolar asosida fuqaroning “ijtimoiy pasporti” va individual ishlash buyurtmasi shakllantiriladi. ⏺️ Onlayn monitoring – Ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish uchun vazirlik va idoralarga so'rovlar yuboriladi va ularning ijrosi ustidan “mahalla yettiligi” tomonidan onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. ⏺️ Yillik tekshiruvlar – Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash bir yilda kamida ikki marta amalga oshiriladi. ⏺️ Aholining ehtiyojmand toifalari Klassifikatori tasdiqlanadi – Bunda “kimlarga” va “qanday xizmatlar” ko‘rsatilishi aniq belgilab beriladi. ⏺️ Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti belgilanadi - unga ko'ra fuqaro (oilaning) og‘ir hayotiy vaziyatini aniqlash mezonlari, ma’muriy tartibi, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning shartlari (bepul, pullik yoki qisman to‘lash orqali) belgilanadi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
Ijtimoiy himoya milliy agentligi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy sahifasi 👉Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

https://ijtimoiyhimoyaagentligi.taplink.ws

@insonmarkazlari @ziyotaratamiz 🤖 @IHMA_1140

👍 33🔥 4👏 4 1
Photo unavailableShow in Telegram
🖋 Joriy yilning 20-fevral kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida byudjet tashkilotlariga 20 ming nafar, banklarga 1000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish vazifasi yuklatilgan edi. 👮‍♂️ Buning amaldagi ijrosi sifatida hozirda 41 mingga yaqin boʻsh ish oʻrni eʼlonga chiqarilgan boʻlib, 11,7 ming nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etmoqda. Boʻsh ish oʻrinlarining 4,9 mingtasi boʻyicha suhbat jarayoni davom etmoqda. 🤝 Bugungi kun holatiga 2,3 ming nafardan ortiq nogironligi bo'lgan shaxslar suhbatdan o'tib ishga joylashishga yo'naltirilgan. Ishga joylashganlar orasida qishloq xo‘jaligi, sport, maktab va maktabgacha ta'lim, sog‘liqni saqlash sohalarida bandlik nisbatan ko‘proq qayd etildi. 🧠 Ijtimoiy himoya milliy agenligi davlat idoralari o‘rtasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta'minlash bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi (472 nafar). Qolaversa, Agentlik yangi tizim doirasida ajratilgan kvotadan tashqari yana qo‘shimcha 75 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta'minladi.
🇺🇿 Ma'lumot uchun: Hududlar kesimida Toshkent (205), Samarqand (159), Xorazm (145) va Surxondaryo (116) viloyatlarida bandlik ko‘rsatkichlari yuqori. Eng past ko‘rsatkichlar Buxoro (55),Farg‘ona (53) va Navoiy (39) viloyatlarida qayd etildi.
📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
👍 24🔥 3🙏 3
Endilikda “Ijtimoiy karta” tizimi joriy etiladi. 😮 Sohadagi yana bir yangilik “ijtimoiy karta” tizimining joriy etilishi bo‘ladi. Bu orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi. “Ijtimoiy karta” bir vaqtning o‘zida ham to‘lov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdig‘i hisoblanadi. 🖋 Bu tartib dastlab Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda joriy etiladi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi. ↗️ Qog‘oz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablag‘ tejaladi. Soha to‘liq raqamlashtirilishi orqali har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan “ijtimoiy-raqamli pasporti” joriy etiladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
👍 42🔥 5👏 5
Aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan “Inson” loyihasi ishga tushiriladi. 🧠 Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki ishtirokidagi “Inson” loyihasi haqida bo‘ldi. Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan bo‘lib, uning doirasida 55 ta ko‘pfunksiyali hududiy xizmatlar markazi tashkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar ta’limi markazlari tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishiladi: ⏺️57 000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sifatli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺️20 000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs yangi turdagi zamonaviy reabilitatsiya xizmatlarini oladi; ⏺️Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi 7 000 bola hududiy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarida xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺️Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarga 20 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatiladi va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatiladi. 🧮Besh ming nafar xodimning ijtimoiy ish bo‘yicha malakasi oshiriladi. Moslashuvchan ijtimoiy xizmat va yordam bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantiriladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
👍 22👏 1🤝 1
Aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan “Inson” loyihasi ishga tushiriladi. 🧠 Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki ishtirokidagi “Inson” loyihasi haqida bo‘ldi. Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integratsiya qilishga qaratilgan bo‘lib, uning doirasida 55 ta ko‘pfunksiyali hududiy xizmatlar markazi tashkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar ta’limi markazlari tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishiladi: ⏺️57 000 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sifatli ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺️20 000 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs yangi turdagi zamonaviy reabilitatsiya xizmatlarini oladi; ⏺️Ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi 7 000 bola hududiy ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarida xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺️Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarga 20 ta ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatiladi va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatiladi. 🧮Besh ming nafar xodimning ijtimoiy ish bo‘yicha malakasi oshiriladi. Moslashuvchan ijtimoiy xizmat va yordam bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantiriladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...

👨‍🦽 Nogironlikni belgilashda yangi raqamlashtirilgan tizimga o‘tiladi 👨‍🦯 Bunda, nogironlikni belgilashda “tibbiy model” dan “ijtimoiy model” ga o‘tish tartibi belgilanmoqda. 🇺🇿 Xususan, dastlab eksperiment tariqasida Toshkent shahri va Navoiy viloyatida hamda 2025-yil 1-sentyabrga qadar barcha hududlarda katta yoshdagi shaxslarning funksionalligi baholash tizimi joriy etiladi. 😲 Qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda? ✅ amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda bemorning kasalligidan kelib chiqib o‘zgaruvchan davolanish muddatlari belgilanadi; ✅ ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, ta’limga, sportga tavsiya berish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda transport vositasini boshqarish layoqatini belgilash tartibi bekor qilinadi; ✅ tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan ekspert komissiyalari tomonidan tibbiy hujjatlarga tayanib nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinadi; ✅ nogironlikni shaxs sog‘lig‘ining holati va funksionallikni baholash natijalari asosida elektron tarzda belgilash tartibi joriy etiladi; ✅ ixtisoslashtirilgan ekspert komissiyalari tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) Ekspert komissiyalari tomonidan belgilanadi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
نمایش همه...
👍 33🔥 2👏 2🙏 1
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий ҳимоя тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тақдимоти билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией дополнительных мер по совершенствованию системы социальной защиты. #Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #ijtimoiyxizmat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
👍 54👏 3🤝 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.