my.gov.uz
Rasmiy kanal Fikringiz biz uchun muhim: 🤖 @MyGovRasmiyBot 📞 1242 ✉️ epigu@egov.uz 🌐 my.gov.uz 🌐 e-gov.uz 📱@eGovUz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/mygovuzb Instagram: https://www.instagram.com/my.gov.uz
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام my.gov.uz
کانال my.gov.uz (@mygovuz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 260 433 مشترک است و جایگاه 149 را در دسته سیاست و رتبه 104 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 260 433 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 04 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -4 786 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -20 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 26.99% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 11.40% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 70 321 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 29 690 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 49 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Rasmiy kanal
Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz
Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.g...”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 05 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سیاست تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 05 سپتامبر | +38 | |||
| 04 سپتامبر | +101 | |||
| 03 سپتامبر | +113 | |||
| 02 سپتامبر | +51 | |||
| 01 سپتامبر | 0 |
| 2 | 🟡 Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi!
⏱ 2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!
🌐 my.edu.uz hamda my.gov.uz portali orqali yuborilgan barcha onlayn arizalar toʻliq koʻrib chiqildi.
💻 Arizangiz holati va qabul natijasini my.gov.uz orqali bir necha soniyada onlayn tekshirishingiz mumkin.
👉 Magistraturaga qabul natijasini tekshirish
📲 Magistraturaga hujjat topshirgan yaqinlaringiz va do‘stlaringizga ushbu xabarni ulashing!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 38 199 |
| 3 | ☄️ Temir yo‘l chiptalarini xarid qilishning qulay usuli!
🚂 my.gov.uz portali orqali temir yo‘l chiptalarini onlayn tarzda tez va qulay rasmiylashtirish mumkin.
👉 Xizmatdan foydalanish juda oson:
✅ Portaldagi “Temir yo‘l chiptalarini rasmiylashtirish” xizmatini oching;
✅ Jo‘nash va yetib kelish yo‘nalishini tanlang;
✅ O‘zingizga mos vaqt va poyezdni belgilang;
✅ Onlayn to‘lovni amalga oshiring.
❗️Navbatlar, ortiqcha yugur-yugurlar yo‘q — barchasi bir joyda va bir zumda!
🟡 Safaringizni oldindan rejalashtiring, chiptalarni esa my.gov.uz orqali oson va ishonchli tarzda rasmiylashtiring.
📱 my.gov.uz — davlat xizmatlari bir joyda!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 46 074 |
| 4 | ☄️ Talaba bo‘ldingizmi? Ushbu 7️⃣ ta muhim xizmatni saqlab qo‘ying!
👨💻 O‘qish, kontrakt, yotoqxona yoki stipendiya bilan bog‘liq yumushlarni hal qilish uchun idorama-idora yurish shart emas. Barchasini my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan bitirish mumkin.
👉 Talabalar uchun eng kerakli onlayn xizmatlar:
1. Yotoqxonaga joylashish va navbatni tekshirish
⏺ Arizani onlayn yuboring va navbatingizni real vaqt rejimida kuzatib boring.
🗄 Ariza topshirish | Navbatni tekshirish
2. Imtiyozli ta’lim krediti olish
⏺To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim kreditiga ariza berish xizmati.
🗄Kreditga ariza yuborish
3. To‘lov-kontrakt shartnomasini elektron olish
⏺Davlat OTMlari talabalari uchun kontrakt shartnomasini onlayn yuklab olish imkoniyati.
🗄Kontrakt shartnomasini olish
4. Ijara to‘lovlari va kompensatsiya
⏺Oylik ijara to‘lovlari haqida ma’lumot olish hamda ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish uchun ariza topshirish.
🗄Ijara kompensatsiyasiga ariza | Ma’lumot olish
5. Stipendiyalar haqida ma’lumot Hisoblangan stipendiyalar hamda bakalavriat bo‘yicha davlat stipendiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘ling.
🗄Stipendiyani tekshirish | Davlat stipendiyalari
6. O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish
⏺OTMda tahsil olayotganlik haqidagi rasmiy ma’lumotnomani bir necha soniyada elektron shaklda yuklab oling.
🗄Ma’lumotnoma olish
7. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish
⏺Ijarada yashaydigan talaba bo‘lsangiz, ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin.
🗄Ariza yuborish
📱Talabalik davringizni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz o‘tkazing — barcha zarur xizmatlar my.gov.uz’da!
🚀 Ushbu foydali ma’lumotni talaba do‘stlaringizga ham ulashing!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 56 479 |
| 5 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🗣POYDEVOR — 35 yillik taraqqiyot ortidagi insonlar hikoyasi.
📆 1991-yildan 2026-yilgacha O‘zbekiston aloqa va axborot texnologiyalari sohasi oddiy telefon stansiyalaridan zamonaviy ma’lumotlar markazlari, raqamli davlat xizmatlari va yuqori texnologiyalargacha ulkan yo‘lni bosib o‘tdi.
🟡 Ammo bu tarix faqat texnologiyalar haqida emas. Uning ortida insonlar bor.
🎬 “POYDEVOR” hujjatli filmida soha fidoyilarining xotiralari hamda bugungi raqamli infratuzilmani rivojlantirayotgan mutaxassislarning tajribasi bir tarixda jamlangan.
🇺🇿35 yil — bir avlod yaratgan poydevor va keyingi avlod davom ettirayotgan taraqqiyot.
👇 “POYDEVOR” hujjatli filmini to‘liq tomosha qiling:
▶️ https://youtu.be/_5nSF83s7WE
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 45 351 |
| 6 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🟡 O‘tmishning og‘ir yukidan — kelajakning yengil yechimlarigacha!
Bir vaqtlar davlat xizmatidan foydalanish — soatlab navbat kutish, qog‘oz hujjatlarni yig‘ib yurish va ortiqcha ovoragarchilik degani edi.
Bugun esa texnologiyalar bu jarayonni tubdan o‘zgartirmoqda.
Endi ko‘plab davlat xizmatlarini uydan chiqmasdan, navbatsiz va ortiqcha qog‘ozbozliksiz olish mumkin.
Eng muhimi — vaqtingiz tejaladi, jarayon shaffoflashadi va inson omili kamayadi.
Kecha bir necha kun talab qilgan xizmatlar bugun telefoningizdagi bir necha bosish orqali hal bo‘lmoqda.
Raqamli O‘zbekiston — inson uchun qulay, tezkor va zamonaviy davlat xizmatlari sari qadam.
Bugungi qulaylik — o‘tmishning orzusi edi.
▶️ https://youtu.be/KM4jpqtkFWI
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 44 583 |
| 7 | 🇺🇿🇺🇿 ✨ Mustaqillikning 35 yilligi: Raqamli transformatsiya, shaffoflik va inson qadri
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlar sarhisob qilinmoqda. Xususan, raqamlashtirish siyosati aholi uchun shaffof, qulay va adolatli ekotizim yaratishning asosiy omiliga aylandi.
So‘nggi yillarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimida tub sifat o‘zgarishlari amalga oshirildi. Bugun my.gov.uz orqali fuqarolarimiz uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqda. Ushbu tizimning barqaror va xavfsiz ishlashi ortida esa OneID (Yagona identifikatsiya tizimi) hamda Idoralararo integratsiyalashuv platformasi (IIP) kabi ko‘zga ko‘rinmas, ammo strategik ahamiyatga ega infratuzilmalar turibdi. Tizimlararo integratsiya natijasida idoralar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi avtomatlashtirilib, ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt yo‘qotilishiga chek qo‘yildi.
«O’zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar yurtimizda raqamli transformatsiyani yangi bosqichga olib chiqmoqda. Raqamlashtirish yo‘lida to‘g‘ri tanlangan strategik yondashuv — inson qadrini yuksaltirish, uning vaqtini tejash hamda jamiyatda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi.
❗️ Yurtimiz tinchligi va ravnaqi, fuqarolarimiz farovonligi hamda taraqqiyot sari tashlanayotgan har bir qadamimiz bardavom bo‘lsin!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 45 933 |
| 8 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🗣Koreya va O‘zbekiston: Raqamli kelajak sari mustahkam hamkorlik
Koreya-O‘zbekiston Raqamli hukumat markazi rahbari Jeong A Choi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p yillik strategik sheriklik va istiqboldagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ta’kidlanganidek, 2020–2023-yillar davomida IT ta’lim, sun’iy intellekt strategiyasi, BMTning elektron hukumat indeksi hamda raqamli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha samarali loyihalar amalga oshirildi.
Mazkur aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joriy yilning iyun oyida Koreya-O‘zbekiston Raqamli hukumat markazi o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ydi.
Bunda sun’iy intellektga asoslangan zamonaviy davlat xizmatlarini joriy etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun inklyuziv raqamli qulayliklar yaratish, hukumatning raqamli salohiyati va kadrlar tajribasini oshirish asosiy yo’nalishlar bo’lishi belgilab olindi.
Koreya-O‘zbekiston Raqamli hukumat markazi rahbarining samimiy qutlovi hamda Mustaqillikning 35 yillik bayramiga bag‘ishlangan tabrigini videoda tomosha qiling!
▶️https://youtu.be/PGEpqnDyOyQ
🌐 egov.uz
|Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn | 1 |
| 9 | 🇺🇿
❗️ O‘tgan 35 yil ichida aloqa va telekommunikatsiya sohasi qanday tarixiy bosqichlarni bosib o‘tdi?
Bugungi kunda dunyoning istalgan nuqtasi bilan soniyasiga bog‘lanish imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar va raqamli infratuzilmaning shakllanishi oson kechmagani aniq. "Qulay hayot" podkastining Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan maxsus sonida aloqa sohasi faxriysi Hakim Asrorovich Muhitdinov mehmon bo‘ldilar.
❓Mamlakatimiz aloqa tizimi mustaqillik yillarida qanday ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirdi? An'anaviy telegraf va analog stansiyalardan tortib bugungi yuqori tezlikdagi optik tolali va raqamli tarmoqlargacha bo‘lgan yo‘l qanday bosib o‘tildi? Soha faxriylarining tajribasi yosh avlod uchun qanday ibrat maktabi bo‘la oladi?
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan faxriyimiz bilan kechgan ushbu samimiy muloqotda sohaning o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida qiziqarli xotiralar hamda muhim tahlillar o‘rtaga tashlandi.
👇 Podkastni hoziroq tomosha qiling: https://youtu.be/beQVEvzZXT0
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 55 879 |
| 10 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
☄️ Yosh tadbirkorlar va o‘quv markazi rahbarlari diqqatiga!
🏢 Bino ijarasi va jihozlar xarajatini davlat hisobidan qoplash imkoniyati taqdim etilmoqda. Yoshlar ishlari agentligi nodavlat ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.
💻 Endi my.gov.uz orqali noturar joy ijarasi hamda yangi jihoz va asbob-uskunalar xarajatlari uchun “Yoshlar daftari” hisobidan BHMning 50 baravarigacha subsidiya olishingiz mumkin.
👉 Asosiy talab va me’zonlar:
⏺ O‘quv markazingiz olis va chekka hududda joylashgan bo‘lishi;
⏺ Rasmiy ijara shartnomasi mavjudligi;
⏺Hozirda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning kamida 20 foizi Ijtimoiy reyestrdagi oilalar a’zolari (14–30 yosh) bo‘lishi.
📱 Ariza topshirish tartibi:
🗄 my.gov.uz portaliga kirib, OneID orqali avtorizatsiyadan o‘ting.
🗄 Xizmatni tanlab, o‘quv markazi va Ijtimoiy reyestrdagi o‘quvchilar ro‘yxatiga oid hujjatlarni yuklang.
🔔 Arizangiz ko‘rib chiqilgach, rasmiy xabarnomani kuting.
👉 Ariza topshirish havola: my.gov.uz/uz/service/1383
❗️ Bu imkoniyatni o‘quv markazi egasi bo‘lgan tanishlarga ulashib qo‘ying!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 60 563 |
| 11 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🟡 Sizning fikringiz — raqamli xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi!
💻 Onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishda qanchalik tajribaga egasiz? Jarayonlar qulaymi, talablar tushunarlimi, vaqtingiz tejalyaptimi?
🗣Biz buni Sizdan bilishni istaymiz. Onlayn davlat xizmatlari sifatini baholash bo‘yicha so‘rovnomamizda ishtirok eting – bu atigi 2–3 daqiqa vaqtingizni oladi va to‘liq anonim tarzda o‘tkaziladi.
💬 Sizning har bir fikringiz – xizmatlarni soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq qadamlar tashlashimizga yordam beradi.
👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/NFXVSNFDMGryZqYe6
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 73 561 |
| 12 | 🇺🇿 Men – Mustaqillik tengdoshiman!
🗣 O‘z taqdirini yurt taraqqiyoti bilan bog‘lagan mustaqillik farzandlari bugun barcha sohalarda munosib o‘rin egallamoqda. Shunday faol zamondoshlarimizdan biri – Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi yetakchi mutaxassisi Gulruh Rahmatovadir.
🟡 Qahramonimiz my.gov.uz xizmatlarini takomillashtirish, biznes jarayonlarini soddalashtirish va zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
👨💻 Kunduzi mas’uliyatli ish bilan band bo‘lgan Gulruh kechki payt INHA universitetining «Sun’iy intellekt va Data Science» magistraturasida tahsil olib, bugungi bilimlarini ertangi kun texnologiyalari bilan boyitmoqda.
🇺🇿 Mustaqillik bilan ulg‘aygan avlod bugun mamlakatning yangi qiyofasini yaratishda faol ishtirok etmoqda. Zotan, ularning shijoati va intilishi ertangi kunimizning buyuk marralarini kafolatlaydi.
▶️ https://youtu.be/F-ot9w_D7Sc
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 62 301 |
| 13 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
❗️ Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 65 550 |
| 14 | 🇺🇿
❓ Qog‘ozbozlik va navbatlardan charchadingizmi?
✅ Unda barcha hujjatlarni bitta ilovaga jamlash vaqti keldi!
🔵 MyGov — bu sizning smartfoningizdagi shaxsiy yordamchingiz. Millionlab hamyurtlarimiz allaqachon uydan chiqmay turib, hayotini osonlashtirmoqda.
📱MyGov ilovasi tufayli:
⏺Yuzlab davlat xizmatlari: Subsidiya olish, bolani bog'chaga joylashdan tortib, jarimani to'lashgacha.
⏺17 turdagi raqamli hujjat: Pasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqa muhim hujjatlar doimo yoningizda.
💬 Shuningdek, OneID tizimi tufayli parollarni eslab qolish shart emas, Yagona identifikatsiya tizimi orqali xavfsiz va tezkor kirish ta’minlangan.
🟡 Vaqtingizni uzun navbatlarda emas, o‘zingiz va yaqinlaringizga sarflang!
🌎 Raqamli imkoniyatlardan foydalaning!
Ilovalarni hoziroq yuklab oling:
👉 MyGov ilovasi (Google Play va AppStore);
👉 OneID ilovasi (GooglePlay yoki AppStore).
▶️ https://youtu.be/2TqpbvIMklI?si=-ihyPF9L6L4FPEXM
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 55 981 |
| 15 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
☄️ Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi miqdorini onlayn bilish mumkin!
💰 Nafaqa puli qachon tushishi yoki qancha miqdorda tayinlanganini bilish uchun idoralarga borish shart emas.
👉 Xizmatdan foydalanish juda oddiy va bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa vaqt oladi:
🗄 my.gov.uz portali yoki mobil ilovasini oching.
🗄 “Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqasi ma’lumotlari” xizmatini tanlang.
🧑💻 Barcha ma’lumotlar ekranda namoyon bo‘ladi!
🔵 Ma'lumotlar avtomatik shakllanadi, hech qanday ortiqcha hujjat talab etilmaydi.
❗️ Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida homiladorlik va tugʻish nafaqalarini proaktiv shaklda to'lash yo'lga qo'yilgan.
📱my.gov.uz – tezkor, shaffof, eng muhimi, uydan chiqmasdan foydalanish imkoniyati!
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 61 714 |
| 16 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35
🔼 My.gov.uz’da xizmatlar soni 905 taga yetdi
🔠 Bugun dunyoda davlat boshqaruvini raqamlashtirish shunchaki zamonaviy tendensiya emas, balki iqtisodiy taraqqiyot, davlat xizmatlari sifatini oshirish va aholi uchun qulay muhit yaratishning muhim omillaridan biriga aylandi. Raqamli texnologiyalar davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqib, xizmatlardan foydalanish jarayonini tez, shaffof va ortiqcha byurokratik to‘siqlarsiz tashkil etish imkonini bermoqda.
🖥 O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda “Raqamli hukumat” tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, davlat xizmatlarini raqamli formatga o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
☑️ 905 ta xizmat — raqamlashtirish ko‘lamining yangi ko‘rsatkichi
Joriy yilda my.gov.uz portalidagi elektron davlat xizmatlari soni 900 tadan oshib, 905 taga yetdi. Bu raqam davlat xizmatlarining tobora katta qismi elektron shaklga o‘tayotgani va fuqarolar uchun ulardan masofadan turib foydalanish imkoniyatlari kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
📈Portaldagi xizmatlar sonining o‘sish dinamikasiga e’tibor qaratsak, bu jarayonning sur’ati yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, 2024-yilda my.gov.uz orqali 525 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2025-yilda ularning soni 800 taga yetdi. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkich yanada oshib, 905 tani tashkil qildi.
📊 Shunday qilib, ikki yil ichida portal orqali taqdim etilayotgan xizmatlar soni 380 taga ko‘paydi. Ikki yil ichida 525 ta xizmatdan 905 ta xizmatgacha bo‘lgan o‘sish — bu shunchaki statistika emas. Bu davlat xizmatlarining fuqaroga tobora yaqinlashib, davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning raqamli formatga ko‘chayotganini anglatadi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/210220
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X | 63 679 |
| 17 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
✨ my.gov.uz – hayotingizni yengillashtiradi!
🇺🇿 Go‘zal va obod diyorimizda Mustaqillik bayramining 35 yilligi nafasi sezilmoqda.
🗣 Bugun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan qulayliklar hayotimizni har qachongidan ham yengillashtirdi. Endi kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish va yuzlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun uydan chiqish shart emas, hammasi birgina tugma orqali hal bo‘lmoqda. Ortiqcha ovoragarchiliklar va uzundan-uzoq navbatlar esa ortda qoldi.
✅ Eng muhimi, bunday qulayliklar yaqinlarimiz bilan quvonchli damlarni xotirjam o‘tkazishga ko‘proq imkon beradi.
❗️Tinch va obod yurtimizda doimo baxtli yashaylik!
▶️ https://youtu.be/VKIwKmWHfqA
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 62 379 |
| 18 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🛬 Xorijdan qaytdingizmi? Farzandingizni maktabga joylashtirish endi qiyin emas!
👨🏫 Farzandingizning O‘zbekistonda ta’lim olishi masalasida ortiqcha tashvishga o‘rin yo‘q.
📱 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijdan qaytgan farzandlarini maktabga qabul qilish my.gov.uz portali orqali onlayn amalga oshiriladi.
👉 Buning uchun:
🗄 My.gov.uz portaliga kiring;
🗄 Tegishli xizmatni tanlang;
🗄 Arizani to‘ldiring;
🗄 Farzandingizning chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi, notarial tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda yuklang.
⏱️ Arizalar 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
💰 Xizmat bepul.
📚 Shunday qilib, farzandingizning maktabga qabuli bir zumda amalga oshiriladi.
✨ my.gov.uz — oson, tez va qulay!
▶️ https://youtube.com/shorts/4iUsq_eeVRE
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 62 615 |
| 19 | ✅ Mehmonxonangiz uchun “yashil” sertifikatni qo’lga kiritib, xarajatlarning yarmini qaytarib oling!
✨ Bu turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun ajoyib imkoniyat! Mehmonxonalarda ekologik barqarorlikni ta’minlash va “yashil” turizmni rivojlantirish maqsadida yangi davlat xizmati joriy etildi.
📝 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-son qaroriga muvofiq, endilikda mehmonxona xo‘jaligi subyektlariga xalqaro e’tirof etilgan “yashil” sertifikatlarni rasmiylashtirish xarajatlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
👉 Mazkur xizmatdan:
🗄Xalqaro “yashil” sertifikatga ega bo‘lgan va quyidagi talablarga javob beradigan mehmonxonalar:
⏺Soliq va yig‘imlardan qarzdorligi bo‘lmaganlar;
⏺Qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bo‘lmaganlar;
⏺Faoliyati vaqtincha to‘xtatilmaganlar;
⏺Sud qarori bilan to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot) deb topilmaganlar foydalanishi mumkin.
👨💻 Ariza topshirish juda oson va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz kechadi:
💬 my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilasiz.
💬 Portal orqali ariza yuborilganda elektron raqamli imzo (ERI) talab etilmaydi.
🔖 Arizaga quyidagilarni ilova qilishingiz kifoya:
⏺ “Yashil” sertifikat nusxasi;
⏺ Sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan shartnoma va to‘lov hujjatlari.
❓ Natija nima bo‘ladi?
💰 Vakolatli organ arizangizni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqib, ijobiy qaror qabul qilingach, sarflangan mablag‘ning yarmi (50%) to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob raqamingizga o‘tkazib beriladi.
🟡 Mehmonxonangizni xalqaro standartlarga moslashtiring, tabiatni asrang va xarajatlaringizni tejang!
👉 Hoziroq ariza qoldiring: https://my.gov.uz/uz/service/1488
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube
🎰LinkedIn 🚀 Bot | 63 476 |
| 20 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
❗️Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
🟡 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha avgust oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
📝 imtihonning yozma qismi — 24-avgust kuni;
🗣 gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 25-avgustdan 4-sentyabrgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.
🆔 Talabgorlar my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.
🟡 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-08-20-4
🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram🔵Facebook 📷instagram▶YouTube
🎰LinkedIn🚀Bot | 75 990 |
