Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Ir al canal en Telegram
Mostrar más
736
Suscriptores
-224 horas
-107 días
-1030 días
Archivo de publicaciones
Akadem so'zining tarixini bilarmidingiz?!
"Sofiyanning dunyosi" kitobini o'qiyotgandim. Platonning asarlari bizgacha deyarli to'liq yetib kelganiga sabab sifatida uning falsafa maktabi keltiriladi.
Platon o'z maktabini "Akademiya" deb atagan. Bu maktab yunon mifologiyasi qahramoni "Akadem" ismidan olingan bo'lib, boshqa qahramonlardan farqli ravishda jangchi emas, balki dono va hurmat qilinadigan zot deb tilga olingan.
Afsonaga ko'ra, Helena o'g'irlanganda akalari uni qidirib, Afinaga kelishadi. Ular Afinada Akademga duch kelishadi. Akadem ularga Helena qayerda yashirilganini aytib beradi. Shu sabab spartaliklar Troya janglari davomida Akademning bog'iga zarar yetkazishmagan ekan. Keyinchalik bog' Akadem ismi sharafiga "Akademiya" deb atala boshlangan.
Platonning falsafa maktabidan so'ng bu nom "ilm-fan maskani" ma'nosida butun dunyoga tarqalgan.
#Qabul2026 #Abituriyent2026
SAT sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!🧾 “Scholastic Aptitude Test – SAT” sertifikatiga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida test sinovlarida ishtirok etish bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etilgan. Xususan: ✔️1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. ✔️2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. 📱 SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan. ‼️ SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi. Batafsil bu yerda tanishing ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR!
Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
+1
#Yutuqlar
#Chet_tilini_bilish_darajasi
🔆Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchilari Durdona Halimova va Madinabonu Olimova ingliz tili fanidan B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritib, o‘zlarining bilim va salohiyatini namoyon etishdi.
➡️Mazkur natija o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, muntazam izlanishlari hamda ustozlari ko‘magida olib borgan samarali mehnatning yorqin ifodasidir.
💡O'quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+1
#Yutuq
#Chet_tilini_bilish_darajasi
🔆Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi Saidabonu Bobirova ingliz tili fanidan B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritib, o‘zining bilim va salohiyatini namoyon etdi.
➡️Mazkur natija o‘quvchining til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, muntazam izlanishlari hamda ustozlari ko‘magida olib borgan samarali mehnatning yorqin ifodasidir.
💡O'quvchimizning ushbu muvaffaqiyati tengdoshlari uchun ham munosib namuna bo‘lib xizmat qiladi.
💫Saidabonuni va ustozlarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etishni tilab qolamiz.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+4
#Jondor_tuman_ixtisoslasjtirilgan_maktab_kutubxonasi
⏩#Dolzarb90Kun | #BizKitobniSevamiz
🔄 Kitob – bilim manbai, tafakkur qanoti, kelajak sari mustahkam qadam!
🟥 "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Jondor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Men sevgan asar" kitobxonlik soati tashkil etildi.
⚡️ Tadbir davomida o'quvchilar o'zlari sevib mutolaa qilgan kitoblari haqida fikr almashdilar, kun kitobi qilib Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichkina shaxzoda" asarlaridan parchalar o'qib berdilar hamda asar haqida o'z fikrlarini o'rtoqlashdilar.
✅✨ Kitobxonlik soati yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mustaqil fikrlash va ma'naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+9
#Imtihon_2026
✨ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlari
🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda uning hududlardagi filiallariga 2026–2027-o‘quv yili uchun 7-, 8-, 9- va 10-sinflarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
+9
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
✅ "Fan olimpiadalarida erilishilgan yutuqlar va yurtimizda o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik jarayonlari" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik mas‘ullari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Fan olimpiadalari markazi direktori Toʻraboy Shermatov, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shomansur Sagdullayev va OAV xodimlari qatnashdi.➖ Tadbir avvalida o‘quvchilarimiz tomonidan erishilayotgan natijalar va O‘zbekistonda ilk bora o‘tkazilayotgan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari haqida so‘z yuritildi. 🔰 Shundan so‘ng jurnalistlar tomonidan berilgan: ➖O‘zbekiston terma jamoasining xalqaro olimpiadalardagi ishtiroki, ➖o‘quvchilarimiz tomonidan yo‘nalishlar va yillar kesimida erishilayotgan natijalar, ➖terma jamoalarni tayyorlovchi trenerlarni shakllantirish va olimpiada g‘oliblari bilan kelgusida ham ishlash kabi yo‘nalishlarda barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. ⏰ Eslatib o‘tamiz, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi 10-19-IYUL kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda 96 ta mamlakat ishtirok etishi kutilmoqda. 🌐 PRESS-RELIZ O‘ZBEK TILIDA 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
O‘zbekiston gerbi 34 yoshda
1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi.
👉 @huuquq_pro👈
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Eng_kitobxon_maktab
🤩🤩🤩🤩🤩🤩 📢📢📢📢📢 🤩🤩🤩
🏆 Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
🏆 Viloyat bolalar kutubxonasi hamda
🏆 Viloyat Kelajak markazi tomonidan "KITOBXONLIK FESTIVALI" doirasida "ENG KITOBXON MAKTAB" koʻrik-tanlovi o'tkaziladi.
➡️ Tanlovda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, maktab kutubxonachisi, 2 nafar o‘quvchi (1 nafar qiz, 1 nafar o‘g‘il) ishtirok etadi.
⚡️ Tanlov shartlari bilan quyidagi 👉 NIZOM orqali tanishishingiz mumkin.
✔️ tanlovning 2-3-shartlari bo'yicha ADABIYOTLAR RO'YXATI
1️⃣-bosqich: tuman (shahar) bosqichi 2026-yil 8-iyulga qadar
2️⃣-bosqich: viloyat bosqichi 2026-yil 14-iyulda bo'lib o'tadi
⭐️ Tanlov g'oliblari va sovrindorlari 🥇🥈🥉o'rinlar va quyidagi nominatsiyalar bilan taqdirlanadi.
➡️ “Eng faol maktab”,
➡️ “Eng tashabbuskor maktab”,
➡️ ”Eng iqtidorli maktab”
✔️ Tanlov ishtirokchilari I,II,III-darajali Diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi
📍 Tanlovning viloyat bosqichi Viloyat bolalar kutubxonasi binosida o'tkaziladi.
🌐Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi kanallariga a'zo bo'ling👇
✅ Telegram ✅Facebook 📹 You Tube 🌐 Instagram 🌐 Web site
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Aziz o‘g‘il-qizlarim! Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman. Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang! Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor! Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!”– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Facebook|Instagram|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с молодежью по случаю 30 июня – Дня молодежи.
#Mirziyoyev #uchrashuv #yoshlar #muloqot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Yoshlar_kuni #Prezident_nutqi
Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi.
“Ularga buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xorijiy tillarda kontent tayyorlashni o‘rgatsak, yurtimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shib, yuqori daromadga ham ega bo‘ladi”,– dedi Prezidentimiz. Shu maqsadda “raqamli kontent” platformasi ishga tushirilib, har yili 20 milliard so‘mdan ajratib boriladi. Hozirda 150 mingdan ziyod yoshlar xorijda ta’lim olyapti, ilm-fan bilan shug‘ullanyapti. Yurtimiz turizm va eksport salohiyatini oshirishda bu yoshlarning imkoniyatidan foydalanib, ularni o‘ziga ham daromad keltiradigan tizim yaratiladi. Talabalar o‘zi o‘qiyotgan davlatdagi bozor, mahsulot va xizmatlarga talabni tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazadi, yurtimiz salohiyatini namoyish etadigan stendlarni joylashtirib, turistik marshrut va mahalliy mahsulotlarni taqdimot qilib boradi. Buning uchun ularga grantlar ajratiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Sevara Shakirova
#30_iyun_Yoshlar_kuni
✨ 30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
✅ Har gal sizlarning yutuqlaringiz haqida eshitsam, Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir bor amin bo‘laman. Bugun Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar tufayli yoshlarimiz dunyoning eng nufuzli universitetlariga grant asosida o‘qishga kirayotgani, xalqaro fan olimpiadalari, sport va ijodiy tanlovlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgani barchamiz uchun cheksiz faxrdir.
🇺🇿 Joriy yilda ham bu yutuqlar yuksak e’tirof etildi. Prezidentimizning qarorlari bilan agentligimiz tizimidagi ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi Daler Rahimov va Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Paxlavon G‘ulomov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Bu — bilim, mehnat va fidoyilik munosib qadrlanayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
🌿 Aziz yoshlar, hech qachon orzu qilishdan va o‘rganishdan to‘xtamang. O‘z kuchingizga ishoning, katta maqsadlar sari dadil intiling. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz nafaqat shaxsiy yutug‘ingiz, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.✅ Rasmiy sahifalar
Repost from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
🟢“IBRAT FARZANDLARI” OLIMPIADASI: VILOYATNING ENG BILIMDON YOSHLARI SARALANADI!
📌Buxoro viloyatining bilimga chanqoq, intiluvchan va iqtidorli o‘quvchilari diqqatiga!
🔆5–9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan, salohiyati yuqori yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ibrat farzandlari” Viloyat ochiq fan olimpiadasi – Hokim kubogi tashkil etilmoqda.
➡️Ushbu olimpiada nafaqat bilimlar bellashuvi, balki o‘z iste’dodingizni namoyon etish, tengdoshlaringiz orasida yetakchi bo‘lish va munosib e’tirofga sazovor bo‘lish imkoniyatidir.
⚡️ Olimpiada 5-7 va 8-9-sinflar kesimida 3 bosqichda o‘tkaziladi:
✅1-bosqich – Maktab bosqichi
O‘quvchilar Ibrat Academy ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, 20- iyulga qadar A2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritishlari talab etiladi.
✅ 2-bosqich – Tuman (shahar) bosqichi
📅30-iyul Har bir tuman va shaharda test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
✅3-bosqich – Viloyat bosqichi
📅10-avgust
Tuman (shahar) bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
💫Viloyat bosqichi g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
🔆1-o‘rin — planshet
🔆2-o‘rin — televizor
🔆3-o‘rin — termopot
📌Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havola ustiga bosing: 👉 [HAVOLA]
✨ Bilimingizni sinovdan o‘tkazing, xorijiy tillardagi salohiyatingizni namoyon eting va Hokim kubogi uchun kurashda ishtirok eting!
🟡Kelajagingiz sari dadil qadam tashlang — “Ibrat farzandlari” safida sizni ham kutamiz!
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram
Repost from Saida Mirziyoyeva
Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.
Giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qiladi. Bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba.
Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq.
—
Президент подписал закон, направленный на бескомпромиссную борьбу с наркоторговлей и защиту общества от этой угрозы.
Наркотики разрушают жизни, семьи и здоровье детей. Это прямой удар по генофонду страны и её будущему.
Новый закон учитывает современные способы распространения наркотиков, усиливает ответственность за такие преступления, и особо направлен на защиту несовершеннолетних.
Я взяла этот вопрос под личный контроль.
В этой борьбе нельзя оставаться в стороне. Очень многое зависит и от нас самих: от родителей, школ, махаллей и каждого, кто видит, что происходит рядом.
+6
Jondorda "Yoshlar tashabbuslari marafoni" ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
Bugun Jondor tumanida yoshlarning iqtidorini namoyon etish, ularning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan "Yoshlar tashabbuslari marafoni" ko‘tarinki kayfiyat va yuqori ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Jondor tumani hokimi Jamshid Xudoyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tuman rahbari o‘z nutqida bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda tuman taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida ta’kidladi. Shuningdek, tadbir davomida 2025-2026-o‘quv yilini oltin va kumush medal bilan tugallagan bitiruvchi yoshlar ham taqdirlandi. Jumladan Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining uch nafar bitiruvchilari:Ro‘ziyeva Muslima Raximov Lazizbek Fayzullayev Shiddat oltin medal bilan taqdirlanishdi. 🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Instagram|Telegram|Facebook|You tube
🌍🌍
🖌 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi jamoasi yurtimizda so‘z erkinligi, oshkoralik va ijtimoiy faollikni targ‘ib etayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, axborot xizmatlari xodimlari hamda faol blogerlarni ushbu kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!
👧 Ularga sihat-salomatlik, ijodiy parvoz, tinchlik va xonadonlariga fayz-u baraka tilaydi!
✅ Mas’uliyatli va sharafli faoliyatda doimo yutuq va muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
