BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot veb-sayt: https://buxedu.uz Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
El canal BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal (@bvmmtb) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 30 589 suscriptores, ocupando la posición 6 246 en la categoría Educación y el puesto 2 629 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 30 589 suscriptores.
Según los últimos datos del 13 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 1 626, y en las últimas 24 horas de -81, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 6.54%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 4.81% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 1 995 visualizaciones. En el primer día suele acumular 1 469 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 3.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_P...”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 14 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 14 julio | +86 | |||
| 13 julio | +8 | |||
| 12 julio | 0 | |||
| 11 julio | 0 | |||
| 10 julio | +1 | |||
| 09 julio | 0 | |||
| 08 julio | +1 | |||
| 07 julio | +7 | |||
| 06 julio | +4 | |||
| 05 julio | 0 | |||
| 04 julio | +4 | |||
| 03 julio | +16 | |||
| 02 julio | +20 | |||
| 01 julio | +1 |
| 2 | ⚠️Diqqat,e'lon
⚡️Hurmatli ota-onalar!
🔆Buxoro viloyatida joriy hafta davomida havo haroratining 44–45°C gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
📌Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, ularni jazirama issiqning salbiy ta'siridan asrash maqsadida, Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining xulosasiga muvofiq, 2026-yil 15–17-iyul kunlari Buxoro viloyatidagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
➡️Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan belgilangan tartibda yana o‘z faoliyatini davom ettiradi.
⚡️Hurmatli ota-onalar!
🔵Mazkur vaqtinchalik cheklov faqatgina farzandlarimizning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan profilaktik chora hisoblanadi. Sizlardan ushbu qarorni to‘g‘ri tushunishingizni hamda ushbu kunlarda bolalarning salomatligiga alohida e'tibor qaratishingizni so‘raymiz.
⚡️Farzandlarimiz salomatligi va xavfsizligi — barchamiz uchun ustuvor vazifadir.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati | 82 873 |
| 3 | 🟢O‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi so‘z va atamalar ro‘yxati e’lon qilindi
🔆O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid atamalar muntazam ravishda tahlil qilinib, ularning milliy til me’yorlariga mos muqobillari ishlab chiqilmoqda hamda belgilangan tartibda rasmiy iste’molga kiritilmoqda
Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/147485
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 2 164 |
| 4 | #Xavfsiz_va_sog‘lom_yurt
📌 Birgina SMS kod, bitta shubhali havola yoki noma’lum qo‘ng‘iroq — bank kartangizdagi mablag‘ingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz xavf ostida qolishiga sabab bo‘lishi mumkin
⚠️Kiberfiribgarlar har kuni yangi usullarni o‘ylab topmoqda. Ularning quroli — sizning ishonchingiz va shoshqaloqligingiz.
📌Esda tuting:
🔹Kodlaringizni hech kimga bermang.
🔹Noma’lum havolalarni bosmang.
🔹Bank xodimi deb tanishtirgan har bir insonning gapiga darhol ishonmang.
🔹Avval tekshiring, keyin qaror qabul qiling.
⚡️Ogoh bo‘ling! O‘zingizni va yaqinlaringizni kiberfiribgarlardan himoya qiling.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 2 383 |
| 5 | ‼️‼️‼️
#Jasorat_maktabi
📣 "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshqa kunga ko‘chiriladi
Hurmatli ota-onalar!
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 17-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtishi belgilangan edi.
☀️ Ayni kunlarda yurtimiz hududiga kirib kelgan anomal issiq ob-havo haroratini inobatga olgan holda, mazkur sinov jarayonlari joriy yilning 5-6-avgust kunlari boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.
💬 Eslatma: sinov jarayonlari quyidagi manzillarda boʻlib oʻtadi.
📞 Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun qisqa telefon raqami: 1206
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 1 800 |
| 6 | 🟢"ENG KITOBXON OILA" KO‘RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
🔆Buxoro viloyat Bolalar kutubxonasi hamda "Kelajak" markazlari hamkorligida "Kitobxonlik festivali" doirasida "Eng kitobxon oila" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
➡️Tanlovda viloyatning barcha 13 ta tuman va shahridan tashrif buyurgan kitobxon oilalar ishtirok etib, mutolaa madaniyati, adabiy bilimlari hamda oilaviy kitobxonlik an'analarini namoyish etdilar.
⚡️Ishtirokchilar tanlovning:
🎥"Oilaviy kutubxona",
🎥 "O‘zbek adiblari hayoti va ijodi",
🎥"O‘zbek va jahon adabiyoti bilimdoni" shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
🔵Hakamlar hay'ati baholariga ko‘ra:
✅ 1-o‘rin — Jondor tumani Sulaymonovlar oilasi;
✅ 2-o‘rin — Vobkent tumani Asadovlar oilasi;
✅ 3-o‘rin — G‘ijduvon tumani Hoshimovlar oilasi qo‘lga kiritdi.
💫G‘oliblar hamda tanlovning barcha ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 2 241 |
| 7 | 🟢Inklyuziv ta'lim – har bir bolaning sifatli ta'lim olish huquqini ta'minlaydi
📍 Qorako'l tumani 15-son umumta'lim maktabida alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim samarali yo'lga qo'yilgan. Mazkur ta'lim tizimi orqali bolalarning tengdoshlar qatorida bilim olishi, ijtimoiylashuvi hamda o'z qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
➡️Shunday o'quvchilardan biri Shaxrizoda Muhammadqulova bo'lib, u ham inklyuziv ta'limga jalb etilgan. Maktabda Shaxrizoda kabi alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo'lgan o'quvchilar bilan maxsus pedagog va psixolog muntazam ishlaydi. Mutaxassislar tomonidan o'quvchilarning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta'lim jarayoniga moslashishlari, bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishlari hamda ruhiy qo'llab-quvvatlanishlari ta'minlanmoqda.
🔵 Inklyuziv ta'lim nafaqat alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo'lgan bolalarning sifatli ta'lim olishini, balki ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini ham ta'minlaydi. Bu esa har bir bolaning o'z salohiyatini namoyon etishi va kelajakda mustaqil hayot kechirishi uchun muhim omil hisoblanadi.
📎Ma'lumot o'rnida ta'kidlash joizki, 2026-yil 1-iyul holatiga ko'ra, Buxoro viloyatidagi 172 ta umumta'lim maktabida inklyuziv ta'lim tashkil etilgan. Mazkur maktablarda 378 nafar alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo'lgan bolalar tahsil olib, ular uchun zarur pedagogik va psixologik qo'llab-quvvatlash xizmatlari yo'lga qo'yilgan.
⚡️Inklyuziv ta'limni rivojlantirish orqali har bir bolaning ta'lim olish huquqini ta'minlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo'llab-quvvatlash va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 602 |
| 8 | ‼️‼️‼️
#Jasorat_maktabi
📣 "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshqa kunga ko‘chiriladi
Hurmatli ota-onalar!
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning 17-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtishi belgilangan edi.
☀️ Ayni kunlarda yurtimiz hududiga kirib kelgan anomal issiq ob-havo haroratini inobatga olgan holda, mazkur sinov jarayonlari joriy yilning 5-6-avgust kunlari boʻlib oʻtishini maʼlum qilamiz.
💬 Eslatma: sinov jarayonlari quyidagi manzillarda boʻlib oʻtadi.
📞 Qoʻshimcha maʻlumotlar uchun qisqa telefon raqami: 1206
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 1 747 |
| 9 | #qabul_2026
#imtihon_natijalari
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA!
✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor | 1 428 |
| 10 | 🎨 “Canva for Education” — maktablarda kreativlik, raqamli savodxonlik va innovatsiyalar davri!
➖ Yurtimizdagi umumta’lim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilarida kreativ tafakkur hamda zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan ulkan loyiha — “Canva” kompaniyasi bilan yirik grant kelishuvi imzolandi.
⌨️ Ushbu grantning umumiy qiymati 20 million AQSH dollariga teng boʻlib, u orqali respublikamizdagi 10 mingdan ziyod maktab 3 yil davomida platformadan mutlaqo bepul foydalanishi mumkin.
📝 “Canva for Education” oʻzida quyidagi 5 ta muhim yoʻnalishni qamrab oladi:
➖ Kreativ tafakkurni rivojlantirish — minglab shablonlar orqali ijodiy yondashuv;
➖ Taqdimot va infografika koʻnikmalari — zamonaviy vizual materiallar yaratish;
➖ Sunʼiy intellekt asosidagi vositalar — SI yordamida tezkor va sifatli kontent tayyorlash;
➖ Jamoa boʻlib ishlash — onlayn tarzda guruhlarda hamjihatlikda ishlash;
➖ Raqamli savodxonlik — zamonaviy raqamli dunyo uchun eng muhim koʻnikmalar.
📋 Maʼlumot uchun: Canva – bugungi kunda dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida keng qoʻllanilayotgan yetakchi platforma hisoblanadi.
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook | 1 217 |
| 11 | #Jarayon
🟢Buxoro viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati kompleks o‘rganilmoqda
🔆Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlari sifatini takomillashtirish, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni belgilash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ishchi guruhi ayni kunlarda Buxoro viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
➡️O‘rganishlar davomida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va ovqatlantirish jarayoni, pedagog kadrlar faoliyati, boshqaruv tizimi hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi atroflicha tahlil qilinmoqda.
⚡️Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni joyida bartaraf etish, tashkilot rahbarlariga uslubiy ko‘mak hamda amaliy tavsiyalar berish, mavjud tajribalarni ommalashtirish va tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 704 |
| 12 | 🟢Buxoro viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati kompleks o‘rganilmoqda
🔆Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlari sifatini takomillashtirish, tizimdagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni belgilash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ishchi guruhi ayni kunlarda Buxoro viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
➡️O‘rganishlar davomida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va ovqatlantirish jarayoni, pedagog kadrlar faoliyati, boshqaruv tizimi hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi atroflicha tahlil qilinmoqda.
⚡️Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni joyida bartaraf etish, tashkilot rahbarlariga uslubiy ko‘mak hamda amaliy tavsiyalar berish, mavjud tajribalarni ommalashtirish va tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 |
| 13 | #sohaga_doir_hujjatlar
#eslatma
📣 Nodavlat taʼlim tashkilotlarini ichki va tashqi kameralar bilan taʼminlash majburiy etib belgilangan
✅ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi yagona Nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan. Unga koʻra:
👉 1-iyuldan boshlab — nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatiladigan bino va xonalar onlayn translyatsiya qilish imkoniyatiga ega boʻlgan, ovoz yozish moslamalik ichki va tashqi kameralar bilan taʼminlanishi majburiy talab sifatida belgilangan.
🔹 Bunda videoyozuv qaydlari kamida olti oygacha saqlab boriladi.
➖ Maʼlumot uchun: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan hozirga qadar faoliyat yuritib kelayotgan va yangi ish boshlayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlarida mazkur qonunchilik talablarini bajarish hamda uning uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida zarur choralar koʻrilmoqda.
❗️ Bu muhim: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga ko‘ra, belgilangan litsenziya talablari va shartlarining buzilishi litsenziyani bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 1 342 |
| 14 | 🟢Vobkent tumanidagi 14- umumta’lim maktabi zamonaviy qiyofaga kirmoqda
🔆Respublika Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-sonli "Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida Vobkent tumanidagi ta’lim maskanlari qatorida 14-sonli umumta’lim maktabi binosini ham mukammal ta’mirlash ishlari jadal sur’atda amalga oshirilmoqda.
📌Batafsil
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 610 |
| 15 | #KelajakMarkazlari
#MaktabMaslahatchisi
🔆Zamonaviy yo‘lboshchilar safi kengaymoqda!
📍Buxoro viloyatida maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovning 2-mavsumi suhbat bosqichi davom etmoqda.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 206 |
| 16 | 📌2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul jarayonlari davom etmoqda
🔆Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.
📌Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda barcha tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzurida ham 1-sinfga qabul jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus shtablar tashkil etilgan.
💠Fuqarolar quyidagi mas’ul telefon raqamlari orqali ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:
✅Buxoro viloyati — 93 626 12 53
✅Buxoro shahri — 90 635 98 96
✅ Kogon shahri — 93 665 33 36
✅ Buxoro tumani — 91 311 91 17
✅ Vobkent tumani — 99 065 70 42
✅ Jondor tumani — +998 99 700 43 75
✅ Kogon tumani — 93 689 69 39
✅ Olot tumani — 93 471 17 27
✅ Peshku tumani — 99 702 32 74
✅ Romitan tumani — 99 590 04 75
✅ Shofirkon tumani — 95 191 06 09
✅ Qorako‘l tumani — 93 458 38 40
✅ Qorovulbozor tumani — 91 649 18 70
✅ Gʻijduvon tumani — 90 512 81 15
⚡️ Hurmatli ota-onalar! Farzandingizning ta’lim olishi bilan bog‘liq muhim jarayonlarda elektron xizmatlardan unumli foydalaning hamda zarurat tug‘ilganda yuqoridagi aloqa vositalari orqali mutaxassislardan maslahat oling.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 412 |
| 17 | #Diqqat
🟢"VATANIM ISTIQLOLI – NIGOHIMDA" SHE'RLAR TANLOVI E'LON QILINADI!
🔆O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida Buxoro viloyatidagi umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 7–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Vatanim istiqloli – nigohimda" mavzusida viloyat she'rlar tanlovi o‘tkaziladi.
➡️Tanlov Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi hamkorligida tashkil etilmoqda.
📌Tanlovning maqsadi – yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, istiqlol g‘oyalarini tarannum etuvchi ijodiy ishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda iste'dodli yosh ijodkorlarni kashf etishdan iborat.
👥Tanlovda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 2025–2026-o‘quv yilida 7–10-sinflarni tamomlagan o‘quvchilar quyidagi ikki yosh toifasida ishtirok etadi:
✅1-toifa: 7–8-sinf bitiruvchilari;
✅2-toifa: 9–10-sinf bitiruvchilari.
✍️Tanlov shartlari:
✅Har bir ishtirokchi o‘zining mualliflik she'ri bilan qatnashadi;
✅She'r hajmi kamida 8 misra bo‘lishi lozim;
✅She'r avval boshqa tanlovlarda g‘olib bo‘lmagan bo‘lishi kerak;
✅ Ijodiy ish tanlov mavzusiga to‘liq mos bo‘lib, Vatanimiz istiqloli, uning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni va muallif qalbidagi iftixorni badiiy ifodalashi zarur.
💠Ijodiy ishlar 2026-yil 10-iyuldan 1-avgustga qadar @sherlar_bvmmtb_bot orqali qabul qilinadi.
🏆 Viloyat bosqichi g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — planshet
🥈 2-o‘rin — televizor
🥉 3-o‘rin — termopot
📢Tanlov natijalari avgust oyining ikkinchi o‘n kunligida Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy Telegram kanalida e'lon qilinadi. G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida tantanali ravishda taqdirlanadi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 4 446 |
| 18 | #Dolzarb_90_kun
#KelajakMarkazlari
🟢 Kasblar festivali — kelajak sari ilk qadam
🔆G‘ijduvon tumanidagi "Kelajak" markazi tashabbusi bilan “Bolalar sayyorasi” oromgohida tashkil etilgan “Kasblar festivali” bolajonlar uchun qiziqarli va mazmunli taassurotlarga boy tarzda o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar shifokor, oshpaz, tikuvchi, dizayner, veterinar hamda boshqa ko‘plab kasb egalari bilan bevosita muloqot qilib, ularning faoliyati, mehnati va kasb sir-asrorlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
🔵Festival doirasida 40 dan ortiq kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha interaktiv taqdimotlar va amaliy ko‘rgazmalar tashkil etilib, bolalarning bilim doirasi kengaydi, kasblarga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi.
💫Mazkur tadbir nafaqat bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularning qiziqish va iste’dodlarini yuzaga chiqarish, kelajak kasbini ongli tanlashga dastlabki motivatsiyani shakllantirishga xizmat qildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 827 |
| 19 | #Diqqat!
📌Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi!
🔆Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mavjud bo‘lgan vakant o‘rinlar uchun malakali nomzodlar o‘rtasida ochiq tanlov o‘tkaziladi.
📍Vakant o‘rinlar quyidagi hududlar kesimida:
🔆Buxoro shahri
Maktablar: 5-, 10-, 13-, 24-, 34-,41
DMTTlar: 8-, 20-, 29-,30-, 39-, 50-, 75-, 78-, 81
🔆Kogon shahri
Maktablar: 9-, 10-, 11
DMTTlar: 1-, 4-, 7-, 13-, 14-, 19
🔆Buxoro tumani
Maktablar: 8-, 10-, 12-, 21-, 32-, 33-, 34-, 40-, 52
DMTTlar: 30-, 41-, 44-,50
🔆Vobkent tumani
Maktablar: 3-, 7-, 11-, 14-, 17-, 20-, 22-, 23-, 25-, 31-, 33-, 38-, 39-. 41-, 42
DMTTlar: 6-, 7-, 8-, 9-, 13-, 14-, 15-, 21-, 24-, 26-, 28-, 29-, 31-, 32-, 33-, 39-, 40
🔆Jondor tumani
Maktablar: 2-, 4-, 12-, 22-, 44-, 45
DMTTlar: 5-,9-, 11-, 13-, 15-,18-, 30-, 33-
🔆Kogon tumani
Maktablar: 6-, 24-, 25
DMTTlar: 5-, 9-, 14-, 17-, 18
🔆Olot tumani
Maktablar: 4-, 11-, 15-, 17-, 20-, 21-, 28-, 31-, 33
DMTTlar: 1-, 4-, 8-, 11-, 15-, 18-, 26-, 27-, 31-, 32-, 33
🔆Romitan tumani
Maktablar: 2-, 12-, 17-, 19-, 20-, 22-, 26-,29
DMTTlar: 7-, 16, 26-, 31-, 35-, 36-, 37
🔆 Peshku tumani
Maktablar:2-, 4-, 5-, 7-, 10-, 14-, 20-, 21-, 23-, 24-, 26-, 31-, 35-, 39-, 40-, 42-, 46-
DMTTlar: 2-, 4-, 11-, 12-, 16-, 18-, 25-, 26-, 30-, 31-, 40-, 44-, 47
🔆Qorako‘l tumani
Maktablar:4-, 5-, 7-, 8-, 10-, 13-, 17-, 23-, 24-, 27-, 28-, 35-, 36-, 37-, 38-, 46-, 49-, 50-, 51
DMTTlar: 1-, 6-, 13-, 17-, 18-, 21-, 26-, 30-, 32-, 33-, 34-, 35-, 36-, 37-, 38-, 39-, 40-, 41-, 42-, 44-, 44-, 45-, 47
🔆Qorovulbozor tumani
Maktablar: 3
DMTTlar: 7
🔆Shofirkon tumani
Maktablar: 2-, 3-, 8-, 13-, 15-, 20-, 30-, 34-, 42
DMTTlar: 25-, 31-, 46-, 47-, 50
🔆G‘ijduvon tumani
Maktablar: 5-, 12-, 20-, 23-, 26-, 33-, 50-, 58-, 66-, 69
DMTTlar: 17-, 30-,43-,57-,65-, 66-,68-, 69-, 71
📌Tanlovda menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
➡️Nomzodlar arizalarini manager.uzedu.uz (maktablar uchun), managerpro.uzedu.uz (MTTlar uchun) platformasi orqali onlayn tarzda topshirishlari lozim.
🗓 Arizalar qabul qilish muddati:
2026-yil 14-iyuldan 18-iyulga qadar.
ℹ️Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | 8 649 |
| 20 | 🤩🤩🤩🤩🤩🤩
📢📢📢📢📢 🤩🤩🤩
📌 Ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish “EKSPRES TEXNOLOG” o‘quv markazi hamda Viloyat Bolalar kutubxonasi hamkorligida IT va kompyuter savodxonligi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etilganligini ma'lum qiladi.
🔆 Zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganishni istagan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolarni mazkur kurslarga taklif etamiz.
⚡️Kurs davomida:
— Kompyuter savodxonligi asoslari;
— Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint);
— Internet va elektron xizmatlardan samarali foydalanish;
— Sun'iy intellekt (AI) vositalaridan foydalanish;
— Boshlang‘ich dasturlash va zamonaviy IT ko‘nikmalari o‘rgatiladi.
🔄 Darslar tajribali mutaxassislar tomonidan zamonaviy o‘quv dasturlari asosida olib boriladi.
💫Kelajagingizni bugundan boshlang! IT olamiga biz bilan qadam qo‘ying!
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1 652 |
