Bilimni baholash agentligi
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 info@uzbmb.uz 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzb • instagram.com/dtmuzb • youtube.com/@BaholashUz
Mostrar más📈 Análisis del canal de Telegram Bilimni baholash agentligi
El canal Bilimni baholash agentligi (@baholashuz) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 201 880 suscriptores, ocupando la posición 434 en la categoría Educación y el puesto 168 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 201 880 suscriptores.
Según los últimos datos del 06 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 16 885, y en las últimas 24 horas de -466, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 34.46%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 20.92% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 69 571 visualizaciones. En el primer día suele acumular 42 229 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 4.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi
📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• facebook.com/dtmuzb
• instagram.com/dtmuzb
• youtube.com/@BaholashUz”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 07 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
Carga de datos en curso...
| Fecha | Crecimiento de Suscriptores | Menciones | Canales | |
| 06 septiembre | 0 | |||
| 05 septiembre | 0 | |||
| 04 septiembre | +106 | |||
| 03 septiembre | 0 | |||
| 02 septiembre | 0 | |||
| 01 septiembre | 0 |
Hafta voqeliklari dayjesti🖋️ Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, ulkan orzular va katta marralar sari ilk qadam 🖋️ Surxondaryoda yoshlar bilan uchrashuv: bilim va kitobxonlik sari muhim qadam 🖋️ Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi 🖋️ Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi 🖋️ Yoshlar — yangilanish va taraqqiyotning asosiy kuchi 🖋️ Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi 🖋️ 2026-yilning 2-yarmida chet tili va umumta'lim fanlaridan o‘tkaziladigan sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat 🖋️ Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari 🖋️ Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul ✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
| 2 | Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi
😎 Test sinovlari 2026-yil 5-sentyabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
⛳ Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👥 Jarayonda 3700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidani buzgani sababli chetlatildi.
📝 Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 35 864 |
| 3 | Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi
😎 Test sinovlari 2026-yil 5-sentyabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
⛳ Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👥 Jarayonda 3700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidani buzgani sababli chetlatildi.
📝 Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 1 |
| 4 | Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi
😎 Test sinovlari 2026-yil 5-sentyabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
⛳ Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
👥 Jarayonda 3700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidani buzgani sababli chetlatildi.
📝 Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 2 |
| 5 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 30 170 |
| 6 | Yangi sanʼat markazi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 35 055 |
| 7 | Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #talim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 33 986 |
| 8 | #OnlaynTest
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
📆 2026-yil 4-sentyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.
👨💻 Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar hamda imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
👥 Imtihonda 490 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Bir nafar talabgor chetlatildi.
📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 40 859 |
| 9 | #Ovozli_chat #Milliy_sertifikat
2026-yilning 2-yarmida chet tili va umumta'lim fanlaridan o‘tkaziladigan sertifikat imtihonlari bo‘yicha 2026-yil 4-sentyabr kuni o‘tkazilgan ovozli chatning audioyozuvi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 67 879 |
| 10 | Sin texto... | 42 963 |
| 11 | #Qonunchilikdagi_yangiliklar
Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi
Bu haqda Prezidentning “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil
26-avgustdagi PQ–302-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan Jamoat xavfsizligi universitetida ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash hamda qo‘riqlash faoliyati (jamoat xavfsizligini ta’minlash) yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.
Shuningdek, universitetda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishi uchun yurisprudensiya sohasida oliy ma’lumotga ega kadrlarni tayyorlash:
✔️ bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida “Yurisprudensiya (“Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, “Yo‘l harakati xavfsizligi faoliyati” va “Qo‘riqlash faoliyati”)” yo‘nalishlari, masofaviy ta’lim shaklida esa “Yurisprudensiya (“Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash”)” yo‘nalishi bo‘yicha;
✔️ ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kamida besh yillik amaliy xizmat stajiga ega xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun magistraturada o‘qitish “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish” mutaxassisligi;
✔️ Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun mutaxassislarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti asosida;
✔️ masofaviy ta’lim shaklida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun davlat granti asosida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun to‘lov-kontrakt asosida;
✔️ kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Batafsil bu yerda tanishing
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 45 042 |
| 12 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorjа Meloniga maktub yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari Jorja Melonini Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida shu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan Hukumat rahbari sifatida tarix sahifalaridan munosib joy olgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Prezidentimiz ushbu natija Jorja Melonining siyosiy irodasi va qat’iyati, davlatchilik mas’uliyatini chuqur his etishiga Italiya xalqi tomonidan bildirilgan yuksak ishonchning yaqqol tasdig‘i ekanini ta’kidladi.
Prezidentimiz Italiya Hukumati rahbarining O‘zbekistonga nisbatan do‘stona munosabati va ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratayotgan doimiy e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.
Maktub yakunida davlatimiz rahbari Jorja Meloniga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Italiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 41 973 |
| 13 | #Yoshlar_kuni
Yoshlar — yangilanish va taraqqiyotning asosiy kuchi
📆 2026-yil 3-sentyabr kuni Bilimni baholash agentligining Andijon va Navoiy viloyatlari bo‘limlarida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
👥 Yoshlarning fikri, tashabbusi va takliflari tinglangan mazkur muloqotlarda yoshlarning ta’lim, kasbiy rivojlanish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘z salohiyatini namoyon etishi hamda kelgusidagi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
👧 Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvlarda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Bildirilgan fikrlar tinglanib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Agentlik tomonidan bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ta'lim sohasiga daxldor va yoshlar uchun keng imkoniyatlar, huquqiy zamin yaratuvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar normalari mazmun-mohiyati bilan birma-bir tanishtirildi.
‼️ Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning fikr va takliflarini bevosita o‘rganish, ular bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda muhim platforma hisoblanadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 48 683 |
| 14 | #OnlaynTest
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
📆 2026-yil 3-sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalati universiteti va Jizzax politexnika instituti qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Imtihonlar Toshkent shahri va Jizzax viloyatida tashkil etildi.
👨💻 Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar hamda imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
👥 Imtihonlarda 80 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.
📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 43 417 |
| 15 | #Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.
👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 186 286 |
| 16 | #Yoshlar_kuni
Surxondaryoda yoshlar bilan uchrashuv: bilim va kitobxonlik sari muhim qadam
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati bo‘limi xodimlari Angor tumanidagi olis hududda joylashgan 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
👧 Tashrif doirasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ilm-fan va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida maktab kutubxonasiga 80 dan ortiq badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar taqdim etildi.
📚 Kitoblar — inson tafakkurini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan va kelajak sari ishonchli yo‘l ko‘rsatadigan bebaho manbadir. Shu bois yosh avlodda kitobxonlikka mehr uyg‘otish, ularni muntazam mutolaa qilishga chorlash ta’lim-tarbiya jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
📕 Tadbir davomida bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot ham tashkil etildi. Suhbat chog‘ida o‘quvchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi/
📎 Ularga:
⚫️ oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlariga samarali tayyorgarlik ko‘rish;
⚫️ test sinovlarining o‘tkazilish tartibi va baholash mezonlari;
⚫️ bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirish;
⚫️ kelajak kasbini to‘g‘ri tanlash hamda o‘z qiziqish va qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
👥 Uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash, intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayonida duch kelayotgan savollariga amaliy tavsiyalar berish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyat kasb etdi.
🔔 Yangi o‘quv yili arafasida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” ezgu g‘oyasi asosida tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar yoshlarni bilim olishga, izlanishga va o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘yishga undashi shubhasiz.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 43 805 |
| 17 | #Strategiya_2030
#maqsad_74
📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari
📱 Website 📱 Facebook
📱 Instagram 📱 Youtube | 36 496 |
| 18 | Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, ulkan orzular va katta marralar sari ilk qadam!
🔔 2-sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” hamda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda tashkil etildi.
📕 Mazkur tadbirlar o‘quvchilar, ustozlar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida, yangi o‘quv yiliga xos shukuh va yorqin quvonch ta'sirida o‘tdi.
😎 Xususan, Yakkabog‘ tumani “O‘rta” MFY hududida joylashgan 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tantanali tadbirda Bilimni baholash agentligining Qashqadaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i Utkirov Anvar Utkirovich ham ishtirok etdi.
✅ Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan A.Utkirov yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularning bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish, Vatanga munosib farzandlar etib tarbiyalash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
⏰ Tadbir davomida o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i chalindi. Ayniqsa, maktab ostonasini ilk bor hatlab o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchilari uchun ushbu kun alohida hayajon va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
‼️ Maktab – bilim va tarbiya maskani, ustoz – kelajak bunyodkori, o‘quvchi esa yurtimizning ertangi taraqqiyoti!
📚 Yangi o‘quv yilining boshlanishi nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalar va ustozlar uchun ham katta quvonchdir. Zero, har bir yangi o‘quv yili yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari yo‘l ochadi.
🔔 Yurtimizdagi barcha maktab o‘quvchilari, ustoz va murabbiylarni “Bilimlar kuni” bilan muborakbod etamiz!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 45 868 |
| 19 | ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
📣 DIQQAT! E'LON!
🏢 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari tashkil etilmoqda
🗓 iTEP hamda At-tanal Al-Arabi imtihonlari 17- sentabr sanasida bo‘lib o‘tadi
🗓 Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 15- sentabr soat 9:00 ga qadar
📍 Imtihon : Toshkent shahrida
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube | 45 981 |
| 20 | #Ovozli_chat
2-yarim yillik sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat
📣 2026-yil 4-sentyabr kuni soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
🎙️ Ovozli chat davomida 2026-yilning 2-yarmida chet tili va umumta'lim fanlaridan o‘tkaziladigan sertifikat imtihonlariga oid savollarga batafsil javob beriladi.
🧑💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar.
📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 65 648 |
