cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Rasmiy: 🌐 www.piima.uz 📱 t.me/piimauz ⌨️ facebook.com/piima.uz 🖥 instagram.com/piima.uz Murojaat: 📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1 📬 [email protected] ☎️ +998(71)207-40-48 🤖 t.me/piimasavollar_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
44 771
Suscriptores
+924 horas
+6047 días
+42130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#ixtisoslashtirilgan_maktablar #qabul_2024 #1_iyundan_20_iyungacha 📣📣📣📣📣 ❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! ⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining: ➖ aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga; ➖ tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi. 🗺 HUDUDIY MAKTABLAR 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#ijod_maktabi #qabul_2024 #1_iyundan_20_iyungacha 📣📣📣📣📣 ❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! ⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ❓Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ❓Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi? ➖ Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi. 📍IJOD MAKTABLARI: 🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi 🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Prezident_maktablari #Qabul_2024 #1_iyundan_20_iyungacha 📣📣📣📣📣 ❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! ⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 🕊PREZIDENT MAKTABLARIPrezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim; ➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). ❗️DIQQAT 🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim. ❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? ➖ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi. 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Mostrar todo...
16:36
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda Ijod maktablari o'quvchilari erishayotgan muvaffaqiyatlar #19may #uzbekiston24 🗺 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
01:31
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda "Bolalarimni o‘qitish uchun mardikorlik qilganman" — ota #kun_uz Bog‘dod tumani Bog‘ishamol qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan. To‘ng‘ich o‘g‘li ta’lim dargohini tamomlab, Turkiya texnika universiteti talabasiga aylandi. Jonkuyar ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qilishadi. Ota o‘zgalarning uyida ishlab topgan pulini o‘g‘illarining bilim olishiga sarflaydi. 📹 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RING Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
00:48
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda Uch farzandi Prezident maktabida o‘qiyotgan ona hikoyasi #hudud_24 Navoiy shahridagi Prezident maktabida bir oiladan birdaniga uch farzand o‘qiyotganini eshitgan borki, kimdir hayratda, kimdir havasda qarashi aniq. Bu bolalarning ota-onasi kim, ular qanday sharoit va muhitda ulg‘ayib, bilim oldi? Bu alohida iste’dodli bolalarga kim ta’lim berdi? Ushbu video hikoya shu uch bolani tarbiyalab, kamolga yetkazgan ona haqida... 📹 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
#Farmon_ijrosi_amalda #Akademik_bilan_muloqot OʻQUVCHILAR AKADEMIKLAR BILAN UCHRASHDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi.
Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi alohida belgilab oʻtilgan.
Farmon ijrosi doirasida Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zFA akademigi Akmal Saidov va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori, OʻzFA akademigi Qalandar Abdurahmonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
#amaliy_seminar MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN TASHKIL ETILGAN SEMINAR YAKUNLANDI Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun tashkil etilgan seminar jarayonlaridan fotoreportaj. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
03:13
Video unavailableShow in Telegram
#New_Uzbekistan_university ⚡️Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga oʻqishga ariza topshirmoqchi boʻlganlar uchun ajoyib yangilik! Germaniyaning Frankfurtdagi Gyote universiteti Nazariy astrofizika kafedrasi mudiri Luciano Rezzolla “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bilan talabalar almashinuvi dasturi yoʻlga qoʻyilishi haqida aytib oʻtdi. Luciano Rezzolla - dunyodagi eng kuchli professorlardan biri boʻlib uning “Hirsh indeksi” 104 ga teng. Suhbat davomida u universitetimiz talabalari uchun darslar tashkil qilmoqchi ekanligi haqida aytib oʻtdi. Shuningdek, mashhur olim fizika fanini oʻrganishning qanchalik dolzarbligi haqida ham fikr bildirdi. 👉 Zamonaviy fizika magistratura mutaxassisligiga qabul davom etmoqda: https://newuu.uz/apply/masters Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#hududlardan_xabarlar #kunlik_dayjest ⏺Nukus shahridagi Prezident maktabi, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari xorijiy OTM vakillari bilan uchrashdi. ⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi "Zakovat" turnirida gʻolib boʻldi. ⏺Guliston shahridagi Prezident maktabida kamondan oʻq otish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. ⏺Andijon shahridagi Prezident maktabi va Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamkorligida ilmiy-adabiy anjuman tashkil etildi. ⏺Xiva Prezident maktabi oʻquvchilari "Breyn ring" intellektual oʻyinida gʻolib boʻldi. ⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida STEM Expo-2024 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. ⏺Jizzax, Samarqand shahridagi Prezident maktablarida rasmlar tanlovi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. ⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari natija hisoboti topshirdi. ⏺Muhammad Yusuf, Ogahiy nomidagi ijod maktablari, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Buxoro, Guliston, Navoiy, Qoʻqon shaharlari, Koson, Yakkabogʻ, Qarshi, Muborak, Uzun, Sherobod, Qiziriq, Oltinsoy, Muzrabot, Qumqoʻrgʻon, Mingbuloq, Yangiqo‘rg‘on, Uchqoʻrgʻon, Qoʻshtepa, Oqdaryo, Parkent, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Olmazor, Baxmal, Jondor, Shofirkon, Buxoro, Kogon tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi. ⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. ⏺Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida fransuz milliy taomlari boʻyicha pazandalik tanlovi oʻtkazildi. ⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi xalqaro taʼlim grantiga sazovor boʻldi. ⏺Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Northumbriya universiteti talabasi ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. ⏺Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ⏺Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Turon yo’lbarslari” harbiy-sport musobaqasi o’tkazildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mostrar todo...