Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
رفتن به کانال در Telegram
نمایش بیشتر
714
مشترکین
-124 ساعت
-17 روز
-530 روز
آرشیو پست ها
Repost from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
❗️❗️❗️❗️❗️
PEDAGOGLAR DIQQATIGA: USHBU RASMIY PLATFORMA HAQIDA BILARMIDINGIZ?
❕ Imtihon zaliga kirishdan oldin haqiqiy attestatsiya muhitini his qilishni, testlar formati va taymer bilan ishlashni xohlaysizmi?
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining demotest.uzedu.uz rasmiy platformasi orqali attestatsiyaning spetsifikatsiyalari bo‘yicha namunaviy testlarni mutlaqo BEPUL ishlashingiz mumkin!
⁉️ DEMO-PLATFORMA SIZGA NIMA BERADI?
✔️ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash: Haqiqiy imtihon rejimida ishlasangiz, har bir savolga necha daqiqa sarflashingizni aniq tushunasiz.
✔️ Interfeysga ko‘nikish: Imtihonda texnik tushunmovchiliklar va kompyuter bilan ishlashdagi qo‘rquvlarni oldindan yo‘qotasiz.
✔️ O‘z bilimingizni baholash: Test yakunida o‘z natijangizni ko‘rib, qaysi mavzularda bo‘shliq borligini bilib olasiz.
Eslatma: Malaka sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishda har bir fan bo‘yicha e’lon qilingan rasmiy spetsifikatsiyalar va adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishib chiqishni unutmang.🔃 Postni saqlab qo‘ying va attestatsiyaga tayyorlanayotgan hamkasblaringizga ulashing! #foydali #attestatsiya #demotest #pedagogikmahorat 📱 Telegram|🌐 Facebook | 📱Instagram | 🌐 Web site | 📹 You Tube |😀Linkedin
🏃♂️ ERTALABNI HARAKAT BILAN BOSHLAGAN O‘QUVCHI — KUNNI FAOLLIK BILAN DAVOM ETTIRADI!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kunni tetik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari muntazam tashkil etilmoqda.
Ertalabki jismoniy mashqlar orqali o‘quvchilar:
- chiniqadi va jismonan faollashadi;
- tetiklik va energiyaga ega bo‘ladi;
- kayfiyatini ko‘taradi;
-dars mashg‘ulotlariga yanada yuqori tayyorgarlik bilan kirishadi.
Sog‘lom tana — tiniq fikr, faol hayot va yorqin kelajak garovidir!
Sog‘lom avlod — yurt ustuni!
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
#Ustozimga_rahmat
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz — millat kelajagining bunyodkori” g‘oyasi ostida o‘qituvchi va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini e’zozlash maqsadida Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-D sinf o‘quvchilari o‘z ustozlariga “Ustozga ehtirom” tashabbusi asosida o‘quvchilarning ustozlariga bo‘lgan hurmat va minnatdorligini aks ettiruvchi videolavha tayyorlashdi.
O‘quvchilarning yutuq va natijalarga erishishida katta hissa qo‘shgan ustozlarimizga minnatdorlik bildiramiz.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
#Ustozimga_rahmat
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz — millat kelajagining bunyodkori” g‘oyasi ostida o‘qituvchi va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini e’zozlash maqsadida Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-A sinf o‘quvchilari o‘z ustozlariga “Ustozga ehtirom” tashabbusi asosida o‘quvchilarning ustozlariga bo‘lgan hurmat va minnatdorligini aks ettiruvchi videolavha tayyorlashdi.
O‘quvchilarning yutuq va natijalarga erishishida katta hissa qo‘shgan ustozlarimizga minnatdorlik bildiramiz.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
Jondor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bugun “Kelajak soati” darslari mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Barcha sinflarda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar maktab rahbariyati bilan birgalikda ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.
Dars davomida o‘quvchilar bilan bugungi kun yoshlari oldida turgan muhim vazifalar, kelajak sari intilish, bilim va ta’limning inson hayotidagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Direktorning bevosita dars jarayonida ishtirok etishi o‘quvchilarning faolligini oshirib, ular bilan samimiy muloqot qilish uchun yanada yaxshi imkoniyat yaratdi.
Kelajak — bugungi bilim, tarbiya va intilishlarimiz bilan bunyod etiladi!
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+8
#Jondor_IM
#ERTALABKI_BADANTARBIYA
🇺🇿Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish va rivojlantirish to‘g‘risida” 2026-yil 8-iyundagi 96-AF-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Ertalabki badantarbiya” mashg‘ulotlari tashkil etildi.
💪 Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning kunni tetik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlashi, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.
🏃♀️ Mashg‘ulotni jismoniy tarbiya rahbari M.Boboyeva tashkil etdilar.
“Sport — bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuchdir.” Sh.M. Mirziyoyev🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇 Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+7
Jondor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bugun “Kelajak soati” darslari mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Barcha sinflarda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar maktab rahbariyati bilan birgalikda ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.
Dars davomida o‘quvchilar bilan bugungi kun yoshlari oldida turgan muhim vazifalar, kelajak sari intilish, bilim va ta’limning inson hayotidagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Direktorning bevosita dars jarayonida ishtirok etishi o‘quvchilarning faolligini oshirib, ular bilan samimiy muloqot qilish uchun yanada yaxshi imkoniyat yaratdi.
Kelajak — bugungi bilim, tarbiya va intilishlarimiz bilan bunyod etiladi!
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+7
#Psixologik _test
✨✨✨✨✨✨
#SIZ QAYSI TEMPERAMENTGA MANSUBSIZ?
✨✨✨✨✨✨
💻Temperamentini aniqlovchi test olindi.
✅ Temperament haqida tushuncha berildi.
✅ O'quvchilar qaysi Temperamentga mansub ekanliklarini bilib olishdi.
✅ Temperamentga berilgan ta'riflar aytildi.
👩🏫Maktab psixologi: Rasulova M
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
+5
#Jondor_IM
#KELAJAK_SOATI
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi “Kelajak soatlari” mashg‘ulotlari barcha sinflarda yuqori saviyada tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilash hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Qiziqarli suhbatlar, fikr almashishlar va interaktiv mashg‘ulotlarga boy o‘tgan “Kelajak soatlari” o‘quvchilar uchun mazmunli va foydali bo‘ldi.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
📣 #bilimlar_kuni
#Jondor_IM
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BOʻLIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
📘 Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yagona Vatan, Yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni yarataylik!" shiori ostida bilimlar kuni keng nishonlandi.
✅Tadbirda mahalla faollari, ota-onalar, tuman hokimlik vakillari, IIB bòlim xodimlari, faxriy òqituvchilar hamda òquvchilar qatnashdilar.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+5
#Jondor_IM
#Kelajak_soati_darslaridan_lavha
🏢Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik—milliy taraqqiyot va kelajak poydevori” mavzusida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.
🔔Dars davomida o‘quvchilarga mustaqillikning tarixiy ahamiyati, yurtimiz taraqqiyotida erishilgan yutuqlar, yoshlar zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat va kelajakka bo‘lgan ishonch haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar mustaqillik yillarida erishilgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida qizg‘in fikr almashdilar.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
+4
📣 #bilimlar_kuni
#Jondor_IM
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BOʻLIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
📘 Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yagona Vatan, Yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni yarataylik!" shiori ostida bilimlar kuni keng nishonlandi.
✅Tadbirda mahalla faollari, ota-onalar, tuman hokimlik vakillari, IIB bòlim xodimlari, faxriy òqituvchilar hamda òquvchilar qatnashdilar.
✅ Jondor tuman faxriylar kengashi a‘zosi Sulaymonov V.N.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o'quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigini o‘qib eshittirdi.
✅ Yangi qabul qilingan òquvchilar yuqori kayfiyatda maktab ostonasiga qadam qòydilar va ularning porlab turgan kòzlarida bir olam g‘ayrat, shijoat Vatanimiz kelajagi uchun kamarbasta komil inson bòlib o‘z oldilariga maqsad qo‘yganliklari yaqqol o‘z ifodasini beradi.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
Repost from E’zoza Karimova
Qadrli o‘quvchilar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!
Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman.
Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi.
Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yagona_Vatan_35
#Jondor_IM
Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi.
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BOʻLIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!”
✨ BIZ BILIMLAR KUNIGA TAYYORMIZ.
🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram|Telegram|Facebook|You tube
Repost from E’zoza Karimova
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar!
Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash.
Hurmatli ustozlar!
Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz!
Aziz yurtdoshlar!
Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
#Mustaqillik_shukuhi
#YagonaVatan35
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar!
🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8-B sinf o'quvchisi Bobirova Saidabonuning O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Mening maktabim - Yangi O'zbekiston kelajagi" shiori ostida tayyorlagan videoroligi
