en
Feedback
Adolat SDP Farg'ona viloyati Kengashi (RASMIY KANAL)

Adolat SDP Farg'ona viloyati Kengashi (RASMIY KANAL)

Open in Telegram

🇺🇿 “Адолат” СДП Фарғона вилояти кенгашининг телеграмдаги расмий саҳифаси 🏛️ Фарғона шаҳри, Мураббийлар кўчаси, 2-уй. Мўлжал: Фарғона шаҳар давлат хизматлари маркази 📞 Боғланиш учун: +99894-812-06-36 +99891-651-40-12 +99873-244-61-44

Show more
504
Subscribers
-324 hours
-197 days
-9030 days
Posts Archive
#Муносабат #АДОЛАТ_СДП Ўзбекистон ва Сербия: стратегик шериклик — янги имкониятлар сари муҳим қадам Ўзбекистон Республикаси П
#Муносабат #АДОЛАТ_СДП Ўзбекистон ва Сербия: стратегик шериклик — янги имкониятлар сари муҳим қадам
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Сербия Республикасига ташрифи доирасида икки давлат ўртасида стратегик шериклик муносабатларини ўрнатиш тўғрисида қўшма декларация имзолангани мамлакатимиз ташқи сиёсатида муҳим воқеа бўлди. Айниқса, ташриф якунлари бўйича меҳнат мобиллиги, транспорт, қишлоқ ва сув хўжалиги, божхона, савдо, «яшил» энергетика, фармацевтика, туризм, рақамлаштириш, ахборот-коммуникация технологиялари, экология, маданият ва бошқа қатор йўналишларда ҳамкорликни ривожлантиришга қаратилган ҳужжатларнинг имзоланиши шерикликнинг кенг қамровли эканини кўрсатмоқда.
Батафсил;https://www.facebook.com/share/p/1LhYLE8qRJ/ Шаҳноза Ғаниева, Халқ депутатлари Фарғона вилояти Кенгаши депутати Bizni kuzatib boring: ⚖️ adolat.uz | 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 Instagram

❇️Mahallada bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi Xalq deputatlari Dang'ara tuman Kengashi deputati D
+1
❇️Mahallada bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi Xalq deputatlari Dang'ara tuman Kengashi deputati Doston Dadamirzayev tuman hokimligi mas’ullari bilan birgalikda Teleming MFYda bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, mavjud yer maydonlari va tomorqalardan samarali foydalanish, xonadonlar daromadini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, tadbirkorlik va kasanachilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarning taklif va muammolari o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Fuqarolarning daromad manbaini kengaytirish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

❇️Deputat tashabbusi bilan piyodalar yo‘lakchasi tashkil etiladi Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi deputati Qosimjon U
+1
❇️Deputat tashabbusi bilan piyodalar yo‘lakchasi tashkil etiladi Xalq deputatlari Beshariq tuman Kengashi deputati Qosimjon Uzoqov tashabbusi bilan Uzun MFY hududidagi yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi. O‘rganish davomida Ziyo nur ko‘chasining 800 metr, Xalqsevar ko‘chasining 4 kilometr qismida yo‘llarni dastlabki shag‘allashtirish ishlari yakunlangani ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, mazkur ko‘chalardan maktab o‘quvchilari muntazam harakatlanishi inobatga olinib, ularning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Deputat tashabbusi mas’ullar bilan muhokama qilinib, piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish vazifasi belgilandi.

❇️IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Er
+3
❇️IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda 2-Saxovat saylov okrugi deputati S.Azizov tomonidan Ipakchi mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida Bog‘chasaroy ko‘chasidagi umumiy foydalanishdagi ko‘p qavatli uy aholisi uchun muhim bo‘lgan umumiy hojatxonani ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda bajarilmagani aniqlandi. Mazkur ta’mirlash ishlari uchun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi qarori asosida 120 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddat o‘tganiga qaramay, ishlar yakunlanmagan. Holat yuzasidan mas’ullarga ta’mirlash ishlarini tezkor boshlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazoratida qoladi. Ishlarning borishi, sifati va

#deputat_nazorati “MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA Marg‘ilon shahridagi mahallalarda aholi uchun qulay va ba
+4
#deputat_nazorati
“MA’ORIF” MAHALLASIDAGI LOYIHA DEPUTAT E’TIBORIDA
Marg‘ilon shahridagi mahallalarda aholi uchun qulay va barqaror sharoitlar yaratish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. “Ochiq budjet” tashabbusli budjet jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholining kundalik hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar ham e’tibordan chetda qolmayapti.
Xususan, “Ma’orif” mahallasidagi elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Salimova tomonidan tanlab olindi.
Mazkur loyiha mahallada elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish, elektr infratuzilmasini yaxshilash hamda aholiga yanada barqaror va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, elektr ta’minotidagi barqarorlik — xonadonlar, ijtimoiy obyektlar, tadbirkorlik subyektlari va mahalla hududidagi boshqa infratuzilmalar faoliyati uchun muhim omillardan biridir. Shu bois mazkur loyihaning qo‘llab-quvvatlanishi “Ma’orif” mahallasi aholisi uchun muhim va quvonchli yangilikdir. Loyiha mahalliy Kengash deputatlarining ham doimiy nazoratida bo‘lib kelmoqda. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hududlarda aholi bilan uchrashuvlar, sayyor qabullar va deputatlik o‘rganishlari davomida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yib, ularning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Zero, deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — muammoni shunchaki aniqlash emas, balki uning aniq yechimi va ijrosini ta’minlashdir. “Ochiq budjet” jarayonida yetarli ovoz to‘play olmagan bo‘lsa-da, ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan ushbu loyihaning deputat tomonidan tanlab olinishi aholi murojaatlari va ehtiyojlari e’tiborsiz qolmayotganining amaliy ifodasidir. “Ma’orif” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan loyiha — aholi manfaatlari yo‘lida deputatlik tashabbusi, mahalliy Kengash deputatlarining nazorati va hamkorlikdagi sa’y-harakatlarning navbatdagi amaliy natijasidir. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

❇️Aholi bandligi — e’tibor markazida Toshloq tumanida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb
+4
❇️Aholi bandligi — e’tibor markazida Toshloq tumanida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi. O‘rganishda Toshloq tumani hokimligi kotibiyati mudiri Mohiraxon Qoraboyeva, Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati Gulchehraxon Sobirova, «Adolat» SDP Toshloq tuman Kengashi raisi G‘ayratjon Yuldashev hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Nodirbek Mo‘minov ishtirok etdi. Muloqot davomida aholini ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish va fuqarolar murojaatlarini manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi. Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Aholi bandligi — oila farovonligi va barqaror daromadning muhim kafolatidir.

Saylovchilar murojaatlari va deputatlar faoliyati muhokama qilindi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Farg‘ona viloyatidan sa
+4
Saylovchilar murojaatlari va deputatlar faoliyati muhokama qilindi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Farg‘ona viloyatidan saylangan «Adolat» SDP deputatlari qonun ijodkorligi, parlament nazorati va saylovchilar manfaatlarini ifoda etish yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda. Deputatlarning hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, infratuzilmaga oid muammolar va fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularning qonuniy yechimini topish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Saylovchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarni tizimli o‘rganish va ular yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni to‘g‘ri qayd etish, shuningdek, deputatlar faoliyatini jamoatchilikka muntazam va xolis yoritib borish muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu masalalar yuzasidan «Adolat» SDP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Orifjon O‘lmasov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yordamchilari bilan muloqot o‘tkazdi. Batafsil :

🟦🟦🟦🟦 Йўл ҳаракати қоидаларини бузганлик учун жазо чоралари бор. Назорат ҳам бор. Аммо шунга қарамай, йўлларда хавфли вазиятлар ва қоидабузарликлар учрамоқда. Унда муаммо қаерда?
"Ўзбекистон" телеканалида эфирга узатилган "Муносабат" кўрсатувида йўл ҳаракати хавфсизлигига доир долзарб масалалар "Адолат" СДП масъуллари, ЙПХ ходимлари, соҳа мутахассислари ва жамоатчилик вакиллари иштирокида очиқ муҳокама қилинди.
Баҳс давомида фақат қоидабузарликнинг оқибатлари эмас, балки унинг сабаблари, ҳайдовчи ва пиёданинг масъулияти, назоратнинг самарадорлиги ҳамда йўл ҳаракати маданиятини шакллантириш каби муҳим жиҳатларга эътибор қаратилди.
"Адолат" СДП Сиёсий Кенгаши раиси ўринбосари Ислом Ҳамроев мазкур масалалар юзасидан ўз фикрларини билдирди.
Батафсил юқоридаги лавҳада 👆 ⚖️Расмий саҳифаларимиз

#munosabat Samarqanddagi XII Jahon yosh parlamentariylar konferensiyasi — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni Alimardon
#munosabat Samarqanddagi XII Jahon yosh parlamentariylar konferensiyasi — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni Alimardon Akramov, Xalq Deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐 farkengash.uz |✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz

AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati B.Axmadaliyev hamda Kengash kotibiyati b
+2
AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati B.Axmadaliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Mansurov 21-Jo‘ydam saylov okrugidagi “Sovurbuloq” mahallasida navbatdagi o‘rganishni o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla faollari hamda Sanoat va Sovurbuloq ko‘chalarida yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.
Fuqarolar Sanoat ko‘chasidagi “Omad” baliqxonasi ro‘parasida jamoat transporti bekati mavjud bo‘lsa-da, avtobuslar ushbu bekatda to‘xtamayotgani sababli yo‘lovchilar uchun noqulaylik yuzaga kelayotganini bildirishdi. Shuningdek, Sanoat va Sovurbuloq ko‘chalari kesishmasidagi svetofor oldida qariyb 80 metr masofada piyodalar yo‘lagi mavjud emas. Natijada fuqarolar, ayniqsa maktab o‘quvchilari, katta yo‘l yoqasidan yurishga majbur bo‘lmoqda.
Ko‘tarilgan har ikki masala yuzasidan deputat tomonidan Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi kiritish belgilandi. @deputataxmadaliyev

MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Bunyod Axmadaliyev 21-Jo‘ydam saylov okrugid
+1
MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Bunyod Axmadaliyev 21-Jo‘ydam saylov okrugidagi “Sovurbuloq” MFYda navbatdagi o‘rganishni o‘tkazdi. Unda Prezidentning PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosi hamda mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 59 nafar xotin-qiz bilan olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, 16 nafar ayol ishga joylashtirilgan, 2 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 1 nafari oliy ta’limga hujjat topshirgan. 32 nafar fuqaroga huquqiy, 6 nafariga psixologik yordam ko‘rsatilgan. Deputat ijtimoiy reyestrda kambag‘al oila toifasida turgan fuqarolar bilan ham suhbatlashdi. Ularga mavjud imtiyoz va imkoniyatlar tushuntirilib, mahalladagi ishlab chiqarish sexlarida ishga joylashish masalasi bo‘yicha takliflar bildirildi. O‘rganish yakunida mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati B.Axmadaliyev hamda Kengash kotibiyati b
+2
AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati B.Axmadaliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Mansurov 21-Jo‘ydam saylov okrugidagi “Sovurbuloq” mahallasida navbatdagi o‘rganishni o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla faollari hamda Sanoat va Sovurbuloq ko‘chalarida yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.
Fuqarolar Sanoat ko‘chasidagi “Omad” baliqxonasi ro‘parasida jamoat transporti bekati mavjud bo‘lsa-da, avtobuslar ushbu bekatda to‘xtamayotgani sababli yo‘lovchilar uchun noqulaylik yuzaga kelayotganini bildirishdi. Shuningdek, Sanoat va Sovurbuloq ko‘chalari kesishmasidagi svetofor oldida qariyb 80 metr masofada piyodalar yo‘lagi mavjud emas. Natijada fuqarolar, ayniqsa maktab o‘quvchilari, katta yo‘l yoqasidan yurishga majbur bo‘lmoqda.
Ko‘tarilgan har ikki masala yuzasidan deputat tomonidan Farg‘ona shahar hokimi o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi kiritish belgilandi. @deputataxmadaliyev

“SOVURBULOQ”DA MUHIM INFRATUZILMA LOYIHALARI AMALGA OSHIRILMOQDA Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Bunyod Ax
+1
“SOVURBULOQ”DA MUHIM INFRATUZILMA LOYIHALARI AMALGA OSHIRILMOQDA
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Bunyod Axmadaliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Mansurov 21-Jo‘ydam saylov okrugidagi “Sovurbuloq” mahallasida navbatdagi o‘rganishni o‘tkazdi.
O‘rganish davomida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning ijrosi ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, aholini bir necha yildan buyon qiynab kelayotgan suv tizimi bilan bog‘liq muammoni yaxshilash borasidagi ishlar e’tiborda bo‘ldi.
Bugungi kunga qadar mahallada 530 metr beton ariq yotqizildi, 5,8 kilometr SIP kabel tortildi, aholi ehtiyoji uchun 400 lik 3 ta transformator punkti o‘rnatildi. Shuningdek, suv ta’minoti uchun 1 ta tik quduq qazilib, drenaj tizimi uchun 200 metr quvur yotqizildi.
Dastur doirasida belgilangan boshqa loyihalar ijrosi ham ko‘rib chiqilib, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. @deputataxmadaliyev

MAHALLADAGI IQTISODIY IMKONIYATLAR O‘RGANILDI Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Bunyod Axmadaliyev “Sovurbul
+1
MAHALLADAGI IQTISODIY IMKONIYATLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Bunyod Axmadaliyev “Sovurbuloq” MFYda navbatdagi o‘rganishni o‘tkazdi.
O‘rganish hokim yordamchisi E.Abdulaxatovning yilning birinchi yarmida amalga oshirgan ishlari va aholini daromadli mehnatga jalb etish borasidagi faoliyatiga qaratildi. Suhbatda MFYning asosiy iqtisodiy drayverlari — chorvachilik, dehqonchilik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.
Yil boshida “Ijtimoiy reyestr”ning uchta yo‘nalishida 32 ta fuqaro qayd etilgan bo‘lsa, ayni paytda ularning soni 22 taga kamaygan. Mahallada fuqarolarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha 10 ta vaucher berilgan. 22 ta jismoniy shaxsga tegishli mikroloyiha va 7 ta yuridik mikroloyiha amalga oshirilib, natijada 70 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan.
O‘rganish yakunida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, hali yechimini kutayotgan masalalar ham ko‘rib chiqildi. @deputataxmadaliyev

MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Bunyod Axmadaliyev 21-Jo‘ydam saylov okrugid
+1
MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati Bunyod Axmadaliyev 21-Jo‘ydam saylov okrugidagi “Sovurbuloq” MFYda navbatdagi o‘rganishni o‘tkazdi.
Unda Prezidentning PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosi hamda mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 59 nafar xotin-qiz bilan olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, 16 nafar ayol ishga joylashtirilgan, 2 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 1 nafari oliy ta’limga hujjat topshirgan. 32 nafar fuqaroga huquqiy, 6 nafariga psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Deputat ijtimoiy reyestrda kambag‘al oila toifasida turgan fuqarolar bilan ham suhbatlashdi. Ularga mavjud imtiyoz va imkoniyatlar tushuntirilib, mahalladagi ishlab chiqarish sexlarida ishga joylashish masalasi bo‘yicha takliflar bildirildi.
O‘rganish yakunida mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi. @deputataxmadaliyev

❇️XALQ E’TIROFI — FIDOYI MEHNATGA BAHO Farg‘ona shahri “Oqila ayollar” harakati a’zolari xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Diloromxon Mehmonova bilan uchrashib, uning xotin-qizlar va oilalar bilan ishlashdagi samarali faoliyatini e’tirof etdilar. Diloromxon Mehmonova deputatlik faoliyati davomida minglab xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi va daromad manbaiga ega bo‘lishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatgani barchaga ma’lum. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va yechim topishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgani alohida ta’kidlandi. Ana shu fidoyilik va amaliy ishlari uchun “Oqila ayollar” harakati vakillari fidoiy deputatga tashakkurnoma topshirdilar. Xalqning duosi va minnatdorchiligi — har qanday mehnatning eng katta e’tirofidir. D. Mehmonovaga xalq ishonchi va e’tirofiga munosib faoliyatida kuch-g‘ayrat, yangi tashabbuslar va yana ko‘plab ezgu natijalar tilaymiz.

#ИҚТИБОС
Адолат — фақат қонунда эмас, балки ҳар бир инсоннинг фикр ва ҳаракатида яшаши керак. Маҳмудхўжа Беҳбудий
⚖️ Расмий саҳифаларимиз

❇️MAHALLADAGI MASALALAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiyev Dang‘ara tuman
+3
❇️MAHALLADAGI MASALALAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiyev Dang‘ara tuman Kengashi deputati, «Adolat» SDP deputatlik guruhi rahbari Doston Dadamirzayev bilan birgalikda Toypoq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi loyihalar, ichki yo‘llar va infratuzilma masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, «Tashabbusli byudjet» jarayonlari, aholining loyihalar tanlovidagi ishtiroki hamda sheriklik asosidagi 50/50 moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Muloqot davomida bildirilgan taklif va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga kelishib olindi. Bizni kuzatib boring: ⚖️ adolat.uz | 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 Instagram

❇️MAHALLADAGI MASALALAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiyev Dang‘ara tuman
+3
❇️MAHALLADAGI MASALALAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiyev Dang‘ara tuman Kengashi deputati, «Adolat» SDP deputatlik guruhi rahbari Doston Dadamirzayev bilan birgalikda Toypoq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi loyihalar, ichki yo‘llar va infratuzilma masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, «Tashabbusli byudjet» jarayonlari, aholining loyihalar tanlovidagi ishtiroki hamda sheriklik asosidagi 50/50 moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Muloqot davomida bildirilgan taklif va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilashga kelishib olindi.

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ Deputatlar hududlarda 🇺🇿 Viloyat Kengashi deputati R.Yakubjonov tomonidan Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi muassasalarda 2026 yilda Investisiya dasturi hamda “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash holati o'rganilmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐 farkengash.uz |✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz