Adolat SDP Farg'ona viloyati Kengashi (RASMIY KANAL)
رفتن به کانال در Telegram
🇺🇿 “Адолат” СДП Фарғона вилояти кенгашининг телеграмдаги расмий саҳифаси 🏛️ Фарғона шаҳри, Мураббийлар кўчаси, 2-уй. Мўлжал: Фарғона шаҳар давлат хизматлари маркази 📞 Боғланиш учун: +99894-812-06-36 +99891-651-40-12 +99873-244-61-44
نمایش بیشتر314
مشترکین
-924 ساعت
-237 روز
-7930 روز
آرشیو پست ها
Repost from Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
🏢XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI
Bugun O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va tashabbuskorligi parlamentlararo hamkorlikda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xususan, Tanzaniyaning Arusha shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 153-assambleyasi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik va barqaror taraqqiyot masalalarini muhokama qilishga qaratilgan muhim maydon bo‘ldi.🚨 BATAFSIL 🏢 Veb-sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook| 📱 YouTube | 📱 Instagram| 📱 X | 🔄 ParlamentTV_RADIO | ◽️ Yoshlar parlamenti
+2
❇️IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
«Adolat» SDPdan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I. Fayzullayev «Sobir Abdulla» mahallasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida Yangi dehqon ko‘chasi, 10-B-uyda yashovchi Y. Komilov xonadonida bo‘lib, uning ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud muammolari bilan tanishildi.
Muloqot chog‘ida fuqaro son protezi bilan ta’minlangani, biroq undan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy xodimga fuqaroni Farg‘ona shahridagi reabilitatsiya markaziga yo‘llash uchun zarur yo‘llanmani rasmiylashtirish masalasini hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi va nazoratga olindi.

+6
HAR BIR YOSHNING KELAJAGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
«Adolat» SDP vakillari Istiqlol mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandilar.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G. Sobirova, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi M. Mahmudov hamda «Adolat» SDP tuman Kengashi raisi G‘. Yo‘ldoshev ishtirokida mahallada yoshlar bilan ishlash samaradorligi 24 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha tahlil qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Istiqlol mahallasida 1 159 nafar yosh istiqomat qiladi. Yoshlar yetakchisi O. Mo‘ydinov ko‘magida 78 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlangan, 2 nafar yoshga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit ajratilgan. Joriy yilda esa 25 nafar yosh oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.
O‘rganish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarga amaliy yechim topish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
❇️TA’LIM MUASSASALARI SHAROITI VA MUAMMOLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati R. Yakubjonov tashabbusi bilan Dang‘ara tumanidagi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va mavjud shart-sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganishda tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi I. Ergashev hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Sodiqov ishtirok etdi.
O‘rganish davomida 26-sonli umumta’lim maktabida jiddiy muammo aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, «Agro Rishton ta’mir servis» MCHJ tomonidan joriy yil iyul oyidan buyon maktab hududidagi maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmagan.
Ushbu holat yuzasidan soha mas’ullari bilan muhokama o‘tkazilib, muammoni bartaraf etish, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
«Adolat» SDP deputatlari ta’lim muassasalarida nazorat ishlarini davom ettiradi.
TA’LIM MUASSASALARI SHAROITI VA MUAMMOLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA

+4
❇️MAHSULOT SIFATI VA NARHLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
«Adolat» SDPdan Xalq deputatlari Uchko‘prik tuman Kengashi deputati Lazizjon To‘ranov «Yangi bog‘» MFY hududidagi savdo shoxobchalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Jumladan, Dilfuza Davronovaga tegishli oziq-ovqat do‘konida aholi uchun zarur mahsulotlar mavjudligi, go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sifati, narxlarning mutanosibligi hamda savdo madaniyatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahsulotlarni saqlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, narxlar barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishdir.
«Adolat» — xalq manfaati va farovon hayot uchun!
Repost from Adolat SDP | Rasmiy kanal
+4
🟦🟦🟦
🎖Бағдодда партиямиз фидойиси тақдирланди
"Адолат" СДП Сиёсий Кенгаши раиси ўринбосари Ислом Ҳамроев Фарғона вилоятига хизмат сафари давомида Бағдод туманидаги "Самандарак" маҳалласида бўлди.
➡️"Еттилик" аъзолари ва аҳоли вакиллари билан мулоқотда бугунги ўзгаришлар, ижтимоий масалалар ҳамда уларни ҳал этишда партия ва депутатларнинг ўрни атрофлича муҳокама қилинди.Ислом Ҳамроев маҳалладаги муҳит, одамлар билан мулоқот қилиш тизими ва ҳудудни обод этишда кўрсатилаётган хайрли ташаббусларга алоҳида тўхталди. Айниқса, бир вақтнинг ўзида ҳам маҳалла раиси, ҳам партия туман кенгаши раҳбари ҳамда маҳаллий Кенгаш депутати сифатида меҳнат қилаётган Исломжон Аҳмедовнинг фаолиятини юқори баҳолади.
➡️ — Депутатлик — сайловчи муаммосидан қочмай, ечим излаш дегани. Шу боис, орамизда фидойи, ташаббускор ва кенг фикрлайдиган халқ вакиллари кўпайишини хоҳлаймиз. Чунки депутатларимиз қанчалик фаол бўлса, партиямиз обрўси шунча юксалади. Аксинча бўлса, ишончи йўқолади. Исломжон бу борада бошқаларга ўрнак қилиб кўрсатса арзийдиган сафдошларимиздан, — деди Сиёсий Кенгаш раиси ўринбосари.Тадбирда Ислом Ҳамроев И.Аҳмедовга "Адолат" кўкрак нишони ҳамда кундалик фаолиятида фойдаланиш учун замонавий моноблок жамланмасини топширди. Ўз навбатида, Исломжон Аҳмедов юксак эътибор учун миннатдорлик билдириб, аҳоли манфаати йўлида бундан буён ҳам сидқидилдан меҳнат қилишини таъкидлади. ⚖️ Расмий саҳифаларимиз
Repost from Adolat SDP | Rasmiy kanal
+1
Манзура САЛИМОВА,
ХАЛҚАРО АЛОҚАЛАРНИНГ ЯНГИ БОСҚИЧИ
Дунёнинг 130 дан ортиқ мамлакатларидан 700 га яқин парламент вакиллари иштирок этган анжуманда Ўзбекистон делегацияси ҳам мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар, устувор ташаббуслар ва халқаро ҳамкорликка доир ёндашувларни илгари сурди.⚖️ Расмий саҳифаларимиз