cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Adolat SDP Farg'ona viloyati Kengashi (RASMIY KANAL)

Farg'ona viloyati Kengashining rasmiy telegram kanali

Show more
Advertising posts
17 304
Subscribers
-7924 hours
+15 8377 days
+15 78430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

“Adolat” SDP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi, tadbirkor Shaxnoza G‘aniyeva Farg'onada bo‘lib o‘tgan tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqotda ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish va 2024-yil 30-may kunidagi PQ-200-sonli qarorining ijrosini ta'minlash va qarorning mazmun mohiyatini tadbirkorlarga etkazish maqsadida Farg'ona viloyatida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o’rinbosari v.v.b. N.Umarova hamda matasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida turli sohalarda faoliyat olib borayotgan 115 nafar xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Show all...
👍 3
#adolat_sdp_fargona #donorlar_kuni
Donorlar kuni Farg‘onada keng nishonlandi.
14-iyun – Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyat qon quyish stansiyasida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Adolat” SDP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Sh.G‘aniyeva, deputatlar hamda partiya faollari faol ishtirok etdilar. Partiya yetakchisi Sh.G‘aniyeva donorlik qilish orqali o‘zgalarga ko‘mak berib kelayotgan qahramonlarga partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, qon quyish stansiyasi bilan hamkorlikda donorlik tadbirlarida faol ishtirok etib kelgan bir guruh “Adolat” SDP faollari viloyat hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Show all...
👍 1
01:23
Video unavailableShow in Telegram
#NO_COMMENT #adolat_sdp_fargona #tazyiq_va zoravonlik
Farg‘ona shahridagi Yormozor mahalla fuqarolar yig‘ini binosida “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish muhim vazifa” mavzusida xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Show all...
10.24 MB
👍 2🏆 1
#adolat_sdp_fargona #tazyiq_va zoravonlik
Farg‘ona shahridagi Yormozor mahalla fuqarolar yig‘ini binosida “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish muhim vazifa” mavzusida xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
“Adolat” SDP Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Sh.G‘aniyeva xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy hayotdagi rolini kuchaytirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar hususida so‘z yuritib, ayollarga huquqiy maslahatlar berdi. Hususan, xotin-qizlarining oilaviy turmush muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish, hayotiy haq-huquqlarini munosib himoya qilish, ularning maishiy zo‘ravonlik qurboniga aylanib qolishlarini oldini olish, hayotini qayta yo‘lga qo‘yishda moddiy va ma’naviy, tibbiy-psixologik yordam berish borasida tizimli hamkorlik ishlari olib borilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Show all...
👍 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Furqat tumani "Qo‘qonboy" MFY hududida joylashgan 67- sonli oilaviy poliklinikaning Qo‘qonboy bo‘limi filialida O‘zbekiston “Adolat” SDPning "Sog‘lom turmush tarzi yo‘lida birlashaylik" loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Kun mavzusi yuzasidan mahallalarda, xonadonlarda olib borilayotgan targibot ishlari o‘zaro muhokama etildi va kelgusida hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.
Tadbir so‘ngida 10 nafar tibbiyot hodimlari partiya safiga kirish istagini bildirdilar.
Show all...
👍 2 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari X.Abdug‘aniyeva, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi rahbari O.Dadajonova hamda “Oqila ayollar” harakati” a‘zolari ishtirokida tumanda istiqomat qiluvchi oilalar bilan uchrashib, xotin-qizlarining oilaviy turmush muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish, hayotiy haq-huquqlarini munosib himoya qilish, ularning maishiy zo‘ravonlik qurboniga aylanib qolishlarini oldini olish, hayotini qayta yo‘lga qo‘yishda moddiy va ma’naviy, tibbiy-psixologik yordam berish kabi masalalarda suhbat qurildi.
Show all...
👍 2👏 1
Фарғона туманидаги “Аввал” қишлоғида жойлашган “Етти булоқ” зиёратгоҳи, “Хўжам Пошшо” мақбараси билан боғлиқ тарихий манбалар ҳар бир ватандошимизни бу сўлим масканларга зиёратга чорлайди. Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партияси Фарғона вилоят Кенгаши раиси Шаҳноза Ғаниева бошчилигидаги партия фаоллари мазкур зиёратгоҳларда бўлиб, зиёратчилар учун яратилган шарт-шароитлар билан танишдилар. Нафақат Фарғона водийси, балки воҳанинг турли вилоятларидан келган юртдошларимиз етти булоқнинг ўзига хос тарихи, одамларнинг турмуш шароитлари ва гўзал табиатининг тароватидан баҳра олиб, гўзал таассуротлар билан қайтмоқдалар. Жамоатчилик назорати жараёнида туризм соҳасида фаолият юритаётган тадбиркорлик субъектлари учун қўшимча имкониятлар яратиш, замонавий хизматлар инфратузилмасини жадал ривожлантириш, шунингдек, аҳолини иш билан таъминлаш ва уларнинг даромад манбаини кенгайтириш борасида таклиф ва мулоҳазалари ўрганилди, фаолиятни янада ривожлантиришга доир зарур тавсиялар берилди.
Show all...
❇️Фарғона туманидаги “Аввал” қишлоғида жойлашган “Етти булоқ” зиёратгоҳи, “Хўжам Пошшо” мақбараси билан боғлиқ тарихий манбалар ҳар бир ватандошимизни бу сўлим масканларга зиёратга чорлайди. Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партияси Фарғона вилоят Кенгаши раиси Шаҳноза Ғаниева бошчилигидаги партия фаоллари мазкур зиёратгоҳларда бўлиб, зиёратчилар учун яратилган шарт-шароитлар билан танишдилар. Нафақат Фарғона водийси, балки воҳанинг турли вилоятларидан келган юртдошларимиз етти булоқнинг ўзига хос тарихи, одамларнинг турмуш шароитлари ва бетакрор табиатининг тароватидан баҳра олиб, гўзал таассуротлар билан қайтмоқдалар. Жамоатчилик назорати жараёнида туризм соҳасида фаолият юритаётган тадбиркорлик субъектлари учун қўшимча имкониятлар яратиш, замонавий хизматлар инфратузилмасини жадал ривожлантириш, шунингдек, аҳолини иш билан таъминлаш ва уларнинг даромад манбаини кенгайтириш борасида таклиф ва мулоҳазалари ўрганилди, фаолиятни янада ривожлантиришга доир зарур тавсиялар берилди.
Show all...
👍 3 1
#fergana_adolat #tok_shou #press_service #hayot_uchun_muhim #donorlar_kuni O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona viloyati Kengashi, Farg‘ona viloyat Qon quyish stansiyasi hamda Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 14-iyun – Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan “Hayot uchun muhim” mavzusida shok-tou suratga olindi. Tez kunda ushbu ko‘rsatuv efir yuzini ko‘radi.
Show all...
👍 5🏆 1