Adolat SDP Farg'ona viloyati Kengashi (RASMIY KANAL)
Відкрити в Telegram
🇺🇿 “Адолат” СДП Фарғона вилояти кенгашининг телеграмдаги расмий саҳифаси 🏛️ Фарғона шаҳри, Мураббийлар кўчаси, 2-уй. Мўлжал: Фарғона шаҳар давлат хизматлари маркази 📞 Боғланиш учун: +99894-812-06-36 +99891-651-40-12 +99873-244-61-44
Показати більше389
Підписники
-224 години
-1207 днів
-21230 днів
Архів дописів
+2
❇️Ko‘p qavatli uylarda tozalik va yoritish holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Dilorom Mehmonova tomonidan Zebuniso mahallasida mahalla faollari va ko‘cha boshilari ishtirokida o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari , yerto‘lalari, atrof hududlarining sanitariya holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda tungi yoritish tizimlarining ishlash holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, boshqaruv kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan mahalla faollari va ko‘cha boshilarining fikr-mulohazalari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
+4
❇️Nazorat tadbirlari davom etadi
“Adolat” SDP Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlik guruhi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Bandlikka ko‘maklashish markazida jami zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari — 602 ta bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 118 nafar ehtiyojmand oila vakillari, 102 nafari nogiroligi bo‘lgan fuqarolar, 8 nafar oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan 28 nafar shaxslar ishga joylashtirilgan.
Deputatlar o‘rganish davomida 965-son qaror ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.
+3
❇️IJTIMOIY HIMOYA VA BANDLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA
«Adolat» SDP deputatlik guruhi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlarining amaldagi holati o‘rganildi.
O‘rganish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori talablari asosida olib borildi.
Natijalarga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun 300 ta ish o‘rni zaxiraga qo‘yilgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 111 ta ish o‘rni ajratilib, zarur mehnat sharoitlari yaratilgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida zaxira ish o‘rinlari hisobidan 100 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan.
«Adolat» SDP uchun ijtimoiy adolat — har bir fuqaroning mehnat qilish va munosib daromad topish imkoniyatini ta’minlashdan boshlanadi.
+5
YO‘L INFRATUZILMASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashi deputati Mirzoamin Iftixonov va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Sebzor MFY” ko‘chasida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilish ishlari o‘rganildi.
Loyihaga ko‘ra, ko‘chaning 1100 metr qismi ta’mirlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 309 mln 31 ming so‘mni tashkil etadi. Hozirga qadar 500 metr qismi to‘liq bajarilib, foydalanishga topshirilgan. Qolgan qismida ishlar belgilangan reja asosida davom etmoqda.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, mablag‘larning maqsadli sarflanishi va loyihaning belgilangan muddatda to‘liq yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.
Repost from Adolat SDP | Rasmiy kanal
🟦🟦🟦
Қонунчилик палатасининг навбатдаги ялпи мажлиси
🔴 Муҳаммаджон Валиев, Олий Мажлис Қонунчилик палатасидаги “Адолат” СДП фракцияси раҳбари ўринбосариБатафсил юқоридаги лавҳада 👆 ⚖️ Расмий саҳифаларимиз
+1
❇️КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК — ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИДА
🔹 Халқ депутатлари туман Кенгашининг 6-«Иттифоқ» сайлов округидан сайланган депутат А.Қўчқоров ҳамда туман Кенгаши котибияти мудири С.Собиров томонидан Кенгаш қарори асосида кўп қаватли уйларни куз-қиш мавсумида табиий газ билан узлуксиз таъминлаш бўйича амалга оширилаётган ишлар ўрганилди.
🔹 Ўрганиш жараёнида газлаштириш учун ажратилган маблағларнинг мақсадли сарфланиши, кўп қаватли уйларга алоҳида тармоқ орқали газ етказиб бериш учун олиб келинган газ қувурлари ва махсус ускуналарнинг ҳолати, шунингдек, бажарилаётган ишлар юзасидан депутатлик назорати амалга оширилди.
+3
❇️“Adolat» SDP loyihasi doirasida ”Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi
Qo‘qon shahridagi 7-son bolalar va o‘smirlar musiqa maktabida «Adolat» SDPning «Uch avlod uchrashuvi» loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Unda Qo‘qon shahar Kengashi deputati, faxriy shifokor M. Ahmedova ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda deputat o‘zining ko‘p yillik kasbiy va hayotiy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kasbga sadoqat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishga chaqirdi.
Loyiha doirasida avlodlar o‘rtasida tajriba almashish, yoshlarga ibratli hayotiy saboqlarni yetkazishga alohida e’tibor qaratildi.
Repost from Adolat SDP | Rasmiy kanal
#ИҚТИБОС
Маориф ва билим адолат асосида тарқалса, халқ ҳақиқатан ҳам озод ва тараққий қилган бўлади. Абдулла Авлоний⚖️Расмий саҳифаларимиз
+6
❇️AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILMOQDA
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati Nodirjon Olimov tashabbusi bilan aholi murojaatlari asosida Qo‘qonboy, Chirkay va Ardaxshon mahallalarida jami 4 kilometr ichki ariqlar betonlashtirilmoqda.
Avvallari yoz oylarida suv ko‘payishi natijasida ariqlardan suv toshib, ko‘cha va xonadonlarga kirishi aholiga qator noqulayliklar tug‘dirar edi. Ayni paytda tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan ariqlarni ta’mirlash va betonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Deputat N.Olimov Ekspertlar guruhi vakili T.Yo‘ldashev bilan birgalikda Qo‘qonboy MFYdagi ishlar jarayonini o‘rganib, qurilish sifati, texnik talablarga rioya etilishi va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalariga e’tibor qaratdi.
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida suv yo‘qotishlari kamayib, Chirkay MFY hududiga suvni barqaror yetkazib berish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.
+3
❇️MILLIY MADHIYAMIZ — MILLIY G‘URURIMIZ!
Furqat tumanidagi 37-umumta’lim maktabida “Milliy madhiyamiz — milliy g‘ururimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda “Adolat” SDP Furqat tuman Kengashi raisi Nilufar Qodirova ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosining yuksak ma’naviy ahamiyati, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida tushunchalar berdi.
Ta’kidlanganidek, Davlat madhiyasi — xalqimizning milliy g‘ururi, Vatanga bo‘lgan muhabbati va istiqlolimiz ramzlaridan biridir. Madhiyaga hurmat — yurtga, davlatga va milliy qadriyatlarga hurmatning yorqin ifodasidir.
Tadbir davomida o‘quvchilarga davlat ramzlariga ehtirom ruhida tarbiya berish, ularning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish hamda yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
+1
❇️Ehtiyojmand oilaning turmush sharoiti o‘rganildi
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati Murodjon Rahimov tomonidan Turk MFY, Saxovat ko‘chasida istiqomat qiluvchi M. Karimovaning oilaviy va ijtimoiy-maishiy sharoiti o‘rganildi.
O‘rganish davomida oilaning ehtiyojlari tahlil qilinib, uni tegishli ijtimoiy reyestrga kiritish, mehnatga layoqatli oila a’zolarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.
+2
❇️Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bandligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodir Karimov, deputatlar Ozodaxon Dadajonova va Shuhrat Rahimovlar ishtirokida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori ijrosi yuzasidan tumanda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun zaxira qilingan ish o‘rinlaridan foydalanish holati tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
+4
❇️“ Jaholatga qarshi ma’rifat — ogohlik davr ”
Sharqiy harbiy okr” SDP Farg‘ona viloyat Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi hamda Farg‘ona shahar Radikalizmga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor guruhi hamkorligida 529-Safarbarlik chaqiruvi rezervi bataloni harbiy xizmatchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda diniy aqidaparastlik, odam savdosi, ekstremizm va terrorizm kabi tahdidlarning oldini olish, yot va zararli g‘oyalarga qarshi ma’rifat va ogohlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, hushyorlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.
+1
❇️FUQAROLAR MUROJAATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan.
Shu maqsadda O‘zbekiston tumani Xalq deputatlari Kengashi kotibiyat mudiri N. Eshmatov hamda tuman Kengashi deputati M. Xamidova tomonidan Buziqo‘rg‘on MFYda yashovchi fuqaro N. Mamarizayevning murojaati o‘rganildi.
Fuqaro xonadoniga artezian quvuri o‘tkazish uchun 2 000 metr quvur ajratilishida amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani qonunchilik talablari asosida ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Murojaatlarni joyida o‘rganish va har bir muammoning qonuniy yechimini ta’minlash deputatlik nazoratining ustuvor vazifalaridan biridir.
+1
❇️Xosilot mahallasida bandlik masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuhratjon Rahimov hamda tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovalar tomonidan Xosilot mahallasida «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonun talablari ijrosi yuzasidan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni daromad manbalariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
+2
❇️Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M. Ahmedova tomonidan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-415-sonli «Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganishda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ijtimoiy kafolatlarning amalda ta’minlanishiga e’tibor qaratildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qon shahrida 8 581 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 620 nafari o‘zgalar parvarishiga muhtoj.
Muhokama yakunida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, ehtiyojmand fuqarolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi.
+4
❇️Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Marg‘ilon shahar Kengashi raisi S. Azizov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Marg‘ilon shahar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Yoshlar ishlari agentligi Marg‘ilon shahar bo‘limi rahbari F. Raimdjanov tomonidan bo‘limning asosiy vazifalari, yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari asosida yoshlar masalalariga oid vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
+2
❇️Kambag‘allikni qisqartirish — amaliy harakat va manzilli yondashuv
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muhammadjon Valiyev hamda Dang‘ara tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i D. Dadamirzayev bilan birgalikda hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, oilalar daromadini oshirish va murojaatlarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishni yangi, manzilli tizim asosida tashkil etish vazifasi belgilab berildi.
Endilikda asosiy e’tibor — har bir oila, har bir fuqaroning imkoniyati va ehtiyojini o‘rganish, uni barqaror daromad manbaiga ega qilishga qaratilmoqda.
Yil yakuniga qadar 350 ming nafar aholini doimiy ishga joylashtirish, 1 million nafar aholining daromadini oshirish va 230 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifalari belgilangan.
+4
❇️YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI
«Adolat» SDP Marg‘ilon shahar Kengashi raisi S. Azizov tomonidan Yoshlar ishlari agentligi Marg‘ilon shahar bo‘limi faoliyati bilan tanishish maqsadida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida Yoshlar ishlari agentligi Marg‘ilon shahar bo‘limi rahbari F. Raimdjonov tomonidan bo‘limning asosiy vazifalari, yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar bilan ishlash, yoshlarning muammolarini aniqlash va hal etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Repost from Adolat SDP | Rasmiy kanal
#ИҚТИБОС
Ҳақиқат ва шаъний одиллик ҳар бир инсоннинг юрагида яшаши лозим, чунки адолатсизлик инсонни ва жамиятни камол топтирмайди
Пиримқул Қодиров
⚖️ Расмий саҳифаларимиз
