Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi • Murojaat yo'llash uchun: @Sirdaryo_MMTB_bot
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi
Channel Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi (@sirdaryommtb) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 10 471 subscribers, ranking 18 698 in the Education category and 7 400 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 471 subscribers.
According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -375 over the last 30 days and by -19 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 13.86%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 9.82% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 452 views. Within the first day, a publication typically gains 1 029 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 3.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi
• Murojaat yo'llash uchun:
@Sirdaryo_MMTB_bot”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | +1 | |||
| 01 September | 0 |
| 2 | ‼️‼️‼️
❗️2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonlari yakunlanishiga 1️⃣ kun qoldi!
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar.
▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.
2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan:
➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti),
➖kechki ta’limda – 4 440 ta,
➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti).
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 245 |
| 3 | #Diqqat_bolalar
Respublikamiz hududi bo'ylab o'tkazilayotgan "Diqqat bolalar" profilaktik oyligi doirasida Sardoba tumani hududidagi 12-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari ishatirokida yo'l harakati qoidalarini o'rgatishga qaratilgan profilaktik targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi 🚸
➡️ Olib borilgan targ'ibot tadbiri davomida o'quvchilarga piyoda, velosipedda hamda yo'lovchi sifatida harakatlanish tartib va me'yorlari, yo'l belgilarining turlari va vazifalari hamda svetofor ishoralari turli xildagi interaktiv o'yinlar orqali tushuntirib o'tildi.
👉 @SirdaryoYPX | 581 |
| 4 | #Intervyu_24 | 07.09.2026
Kim edigu, kim bo'ldik?
mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter) | 684 |
| 5 | 🌿 Maktablarda agrar ta’lim kooperatsiyasi: Boyovut tumanida yangi bosqich!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qarori 4-bandi “a” kichik bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amaliy ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
📌Asosiy yangilik:
Agrar ta’lim kooperatsiyasiga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Boyovut tumani MMTBga qarashli 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026/2027-o‘quv yili uchun yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi.
🧪 Kimyo-biologiya yo‘nalishidagi variativ sinflar:
Sinflar: 7-“A”, 8-“A”, 9-“A”, 10-“A” va 11-“A”
Yondashuv:
Darslar mutlaqo yangicha pedagogik metodlar hamda zamonaviy amaliy uslublar asosida olib borilmoqda.
Asosiy maqsad:
Agrar ta’lim kooperatsiyasini rivojlantirish, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotga keng joriy etish hamda ushbu sohada kelajak mutaxassislarini tayyorlashdan iborat.
#Ta'limIslohoti #Boyovut #VariativSinflar #KimyoBiologiya #AgrarTa'lim
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook
🔹YouTube 🔹Instagram | 701 |
| 6 | 📢💜❤️💙❤️❤️❤️🩵🩷❤️
Maktab psixologi lavozimiga ishga taklif qilamiz!
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab psixologi shtatlari uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinadi.
⌛ Nomzodga qo‘yiladigan asosiy malaka talablari:
🔹 oliy ma’lumotli bo‘lishi, asosan “Psixologiya” yo‘nalishini tamomlagan bo‘lishi;
🔹 bolalar va o‘smirlarning yosh va individual psixologik xususiyatlarini bilishi;
🔹 psixologik diagnostika, maslahat, profilaktika hamda korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
🔹 o‘quvchi, ota-ona va pedagoglar bilan samarali muloqot qila olishi;
🔹 psixologik xizmatga oid hujjatlarni yuritish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlashni bilishi;
Maktab psixologining asosiy vazifasi — o‘quvchilarning psixologik holatini o‘rganish, muammolarini aniqlash, ularga psixologik yordam ko‘rsatish hamda ota-onalar va pedagoglar bilan hamkorlikda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish.
📍Mavjud vakant ish o‘rinlari:
🫥 Boyovut tumani: 42-, 16-maktablar
🫥 Oqoltin tumani: 17-maktab
🫥 Yangiyer shahri: 5-maktab
🫥 Xovos tumani: 10-, 28-maktablar
🫥 Sirdaryo tumani: 9-, 11-, 18-, 21-, 23-, 25-, 27-maktablar
📌Murojaat uchun:
Tel:931268444
🫥Yoki Tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv ta’lim bo‘yicha metodistiga murojaat qilishingiz mumkin.
📲Murojaat qiling va maktab psixologi sifatida jamoamizga qo‘shiling!
#Vakansiya #MaktabPsixologi #Sirdaryo #IshOrni #Psixolog
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook
🔹YouTube 🔹Instagram | 762 |
| 7 | #Xovos_tumani
#Burch_jasorat_mahorat
🇺🇿Burch — mas’uliyat, jasorat — matonat, mahorat esa fidoyilik samarasidir.
👉 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xovos tumani boʻlinmasi tomonidan tumandagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Jasorat sinfi oʻqituvchilari bilan "Burch, jasorat, mahorat" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
👉Suhbat davomida yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, ona yurtga daxldorlik, burchga vijdonan yondashish, jasorat va fidoyilik kabi yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🫡 Zero, haqiqiy jasorat — faqat qiyin vaziyatlarda qo‘rqmaslik emas, balki o‘z zimmasidagi burchni sharaf bilan ado etish, el-yurt manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yish va har qanday vaziyatda mustahkam iroda bilan harakat qilishdir. | 836 |
| 8 | 🏫 Maktablardagi yangi baholash tizimi qanday ishlashini bilasizmi?
➖ Yangi tizim o‘quvchining faqat yodlagan ma'lumotlarini emas, balki mavzuni qanchalik tushungani, mustaqil fikrlashi va bilimini amalda qo‘llay olishini baholashga qaratilgan.
🌟Yangi baholash tizimining asosiy mezonlari (choraklik natija — 100 ball):
👨💻 Formativ baholash (10 ball): Dars davomida o‘quvchining o‘zlashtirishi kuzatiladi, xatolar o‘z vaqtida aniqlanib, ularni tuzatish imkoni beriladi;
📖 BSB – Bob bo‘yicha summativ baholash (50 ball): O‘quvchi har bir mavzu yoki bo‘limni qay darajada o‘zlashtirganini aniqlab beradi;
🗓 CHSB – Chorak bo‘yicha summativ baholash (40 ball): Chorak davomida egallangan umumiy bilim va amaliy ko‘nikmalar yakuniy sarhisob qilinadi;
📌 Yangi baholash tizimi — o‘quvchining bugungi natijasini ko‘rsatib, ertangi natijasini yaxshilashga xizmat qiladigan adolatli yondashuvdir.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 753 |
| 9 | Nuroniylar ta'lim muassasasida
🏫 Yosh avlodimizni barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz!
"Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, nuroniylarning hayotiy tajribasi va ibrati yoshlar tarbiyasida katta maktab".
Shu munosabat bilan Mirzaobod tumanidagi 20-maktabda avlodlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
#Sirdaryo #20Maktab #AvlodlarUchrashuvi
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 729 |
| 10 | #Xorijlik_mutaxassis
🔥Guliston shahar 14-umumiy o’rta ta’lim maktabiga xorijlik mehmon Tony Isaak Luke maktablarda chet tilini o’qitish, sifatini oshirish va o’qituvchilar bilan metod almashish maqsadida keldi. O’qituvchilar va o’quvchilar mehmonni yuqori kayfiyatda kutib oldi. U O’zbekistonlik hamkasblariga zamonaviy dars rejalari tuzish, xalqaro imtihonlarga tayyorlanish va xorijiy ilg’or tajribalarni o’zlashtirishda yordam beradi.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook
🔹YouTube 🔹Instagram | 912 |
| 11 | ‼️‼️‼️
#Йил_ўқитувчиси
📣 “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinov natijalari aniqlandi
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari boʻlib oʻtdi.
➖ Unda tanlovning ikkinchi bosqich natijalari boʻyicha saralab olingan 416 nafar talabgor pedagog oʻzaro bellashdi.
➖ Mazkur bahslarda nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyat taqdimoti 20 ball hamda kitobxonligi kitobxonlik boʻyicha test asosida 80 ballik tizim asosida baholandi. Taqdimot hamda test sinovlari yuzasidan baholash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar murojaatlari apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, nomzodlarning natijalari o‘zgarishsiz qoldirildi.
🔹 Tanlovning uchinchi bosqich natijalari pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.
❗️Tanlov g‘oliblari tog‘risida ma’lumotlar vazirlikning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.
👉 Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, har bir tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻolib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 985 |
| 12 | 🌎 Xorijlik ingliz tili o‘qituvchilari — Shirin shahridagi maktablarda!
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning xorijiy tillarni puxta egallashi hamda zamonaviy ta’lim metodikalarini amaliyotga keng joriy etish borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoniga asosan, 2025/2026-o‘quv yilida Sirdaryo viloyati hokimligi buyurtmasi asosida 80 nafar xorijlik ingliz, nemis, xitoy va fransuz tili o‘qituvchilarini jalb etish belgilangan.
🇵🇭 🇮🇳 Mazkur vazifa ijrosi doirasida Shirin shahridagi 1- va 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga Filippin Respublikasi hamda Hindiston davlatidan malakali ingliz tili o‘qituvchilari jalb qilinib, ular o‘z ish faoliyatini boshladi.
Xorijlik mutaxassislarning ta’lim jarayoniga jalb etilishi o‘quvchilarning ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy va samarali o‘qitish metodikalarini ommalashtirish, xalqaro standartlar asosida ta’lim berish hamda mahalliy pedagoglar bilan tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
📖 Endilikda Shirin shahridagi o‘quvchilar ingliz tilini bevosita xorijlik mutaxassislardan o‘rganish, xalqaro tajriba va zamonaviy metodikalar asosida bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega.
👍 Bu kabi tashabbuslar — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning xorijiy tillarni puxta egallashi va ularning kelajakdagi raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.
📱Telegram | 💬Facebook | 📷Instagram | 816 |
| 13 | ❤️🩵❤️❤️❤️🩵💜❤️🩵❓
✅Bugungi kungacha Sirdaryolik o‘quvchilar orasida qayd etilgan eng yuqori IELTS natijasi necha ball ekanini bilasizmi?
Javob: 8.5 ball!
✅ Ushbu yuqori natijani Yangiyer shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Noraliyev Boburbek qayd etgan.
Sirdaryoda yana qanday iqtidorlar borligini bilasizmi? Bizni kuzatishda davom eting!
#Bilasizmi #SirdaryoTalimi #IELTS #Yoshlar
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook
🔹YouTube 🔹Instagram | 700 |
| 14 | No text... | 766 |
| 15 | #Infografika
Ayrim toifadagi oilalar farzandlarini taʼlimga jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar:
✅Hukumatning tegishli Qaroriga muvofiq, maktablardagi oʻquvchilar qoʻshimcha taʼlimga jalb qilinib, oʻqitish xarajatlarining 80 foizi Davlat budjetidan qoplab berilmoqda.
📊 Qoʻshimcha taʼlimga jalb qilingan oʻquvchilarning 2 484 nafari umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishdi. Shuningdek, 6 590 nafar 11-sinf bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlaridagi oʻrtacha bali 85,4 ni tashkil qildi.
🔹 Buning uchun oʻquvchilarni qoʻshimcha taʼlimga jalb qilish jarayonlarini tashkil etish, monitoringini yuritish hamda toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha kelajak.uzedu.uz elektron platformasi ishga tushirildi.
📊 Bugungi kunda platformada 9 mingdan ortiq davlat maktablari, oʻquv markazlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtgan.
📍 2026-yilning 1-sentabr holatiga 138 813 nafar oʻquvchilar axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, umumtaʼlim fanlari, 1-4-sinflarda uzaytirilgan kun guruhlari va kasb-hunar yoʻnalishidagi toʻgaraklarga jalb qilingan.
2025-2026 oʻquv yilida “Kelajak” markazlarida jami 223 166 nafar oʻquvchilar qoʻshimcha taʼlimga jalb qilingan boʻlib, shundan 21 918 nafar Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari toʻlovlardan ozod qilingan.
📊Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichlarini yanada yaxshilash maqsadida 2026-yilda 1 369 ta mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish orqali 53 219 ta bola oʻrni yaratilgan.
🔰 2026-yilning oʻtgan davri mobaynida 14 492 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 31 728 nafar farzandlarining ota-ona toʻlovi uchun 7,8 mlrd soʻm Davlat budjetidan yoʻnaltirildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin | 816 |
| 16 | 📺 "Najot bilimda" ko'rsatuvi
✅ Obuna bo'ling!
📡 Telegram I 📲 Instagram | 🖥 Youtube | 📱 Facebook | 724 |
| 17 | 📢 BO‘SH ISH O‘RNI MAVJUD!
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Guliston filialida Kadrlar bo‘yicha menejer lavozimiga bo‘sh ish o‘rni e’lon qilinadi!
⏳ Nomzodlardan hujjatlar 2026-yil 17-sentabrga qadar qabul qilinadi.
📌Belgilangan muddatning so‘nggi kuni, 17-sentabr kuni ham hujjatlaringizni taqdim etishingiz mumkin.
📝 Mazkur lavozimga qiziqish bildirgan nomzodlar o‘z hujjatlarini quyidagi veb-sayt orqali elektron shaklda topshirishlari mumkin:
🌐 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN WEB-SAYT - https://vacancy.piima.uz/
🤔 O‘z bilim va tajribangizni ta’lim sohasida namoyon etish, professional jamoamiz safida faoliyat yuritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📣 Hujjatlaringizni belgilangan muddatgacha topshiring!
@alxorazmiyguliston | 858 |
| 18 | #PISA2025
✅ Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida PISA 2025 natijalariga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
⌛️ Forumda PISA 2025 tadqiqotining natijalari, asosiy ko‘rsatkichlari hamda ta’lim tizimi uchun muhim jihatlar muhokama qilindi.
⌛️ Tadbirda Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori G. Berdaliyeva ham ishtirok etdi.
🎙Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi axborot xizmati
Kanalga obuna bo'lish:
📱Telegram|📱Facebook |🌐Website | ▶️YouTube | 📷Instagram | 1 223 |
| 19 | Bugun, 9 sentabr
☀️ +37°...+19°, Ochiq havo
Hozir: ☀️ +20°, ↘️ 0.8 m/s
Tong: ☀️ +28°
Kun: ☀️ +36°
Oqshom: ☀️ +32°
Namlik: 9%
Shamol: Shimoliy-shimoli-g'arbiy, 6.1 m/s
Bosim: 759 mm sim. ust.
Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 05:59
Quyosh botishi: 18:45 | 928 |
| 20 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 723 |
