cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

BBA | Sirdaryo viloyati (rasmiy kanal)

Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati boʻlimining rasmiy telegram kanaliga hush kelibsiz! Murojaatlar, takliflar va savollarni shu yerga yuboring @sirdaryodtm_bot

Show more
Advertising posts
1 239
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-5130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from huquqplus.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar! 🎙 Huquqplus.uz — nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus huquqiy axborot veb-portalida chop etilgan huquqiy maqolalarni sizlar bilan muhokama qilish va savollaringizga javob berish maqsadida Huquq+ podkastni davom etamiz! 🔜 22-iyun soat 17:00 da "Nogironligi bo‘lgan shaxslar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlarga ega?" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i — Odilov Jamshidbek To‘lqinboy o‘g‘li bilan ovozli chat tashkil etamiz. 🎤Boshlovchi: Ulug‘bek Mamatxonov 🔗 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.me/huquqplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying! ❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | YouTube #podkast
Show all...
Ulanish uchun
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika ⚡️20242025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot 🖥 2024-yil 21-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 528 055 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. 📎Shundan: 🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti: 👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 25 808 nafar 👉 Andijon viloyati  -- 40 744 nafar 👉 Buxoro viloyati -- 29 707 nafar 👉 Farg‘ona viloyati -- 49 928 nafar 👉 So‘x tumani -- 1 116 nafar 👉 Jizzax viloyati -- 26 783 nafar 👉 Namangan viloyati -- 32 879 nafar 👉 Navoiy viloyati -- 29 452 nafar 👉 Qashqadaryo viloyati -- 53 316 nafar 👉 Samarqand viloyati -- 55 722 nafar 👉 Sirdaryo viloyati -- 17 699 nafar 👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 22 871 nafar 👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 11 848 nafar 👉 Toshkent shahri --92 702 nafar 👉 Xorazm viloyati -- 37 480 nafar 🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:              👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --294 393 nafar       💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 233 662 nafar 👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:      🤵‍♂️ erkaklar -- 247 714 nafar      👩🏻‍🔧 ayollar -- 280 341 nafar 📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti: 🇺🇿 o‘zbek tili -- 460 171 nafar 🇷🇺 rus tili -- 53 963 nafar 🔘  qoraqalpoq tili -- 12 246 nafar 🔘  boshqa tillar -- 1 675 nafar ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi ✅ 2024-yil 11-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. ❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. ‼️ Abituriyentlarga eslatma: chet tilidan tegishli daraja (B2 va undan yuqori daraja)dagi millliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlardan oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishda sertifikatni yuklash talab etilmaydi. Sertikat haqidagi ma'lumotlar tizimda to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi! ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Repost from N/a
Nega ayrim sport faoliyati yo‘nalishlari chiqmayapti? #abituriyent   #qabul2024 ✅ Javob: Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda ushbu ta’lim yo‘nalishlaridan birini tanlashi lozim. Bunda ayrim sport faoliyati yo‘nalishlari (misol uchun “Sport faoliyati: eshkak eshish” yo‘nalishi) kimlardadir chiqayotgani, kimlardadir esa chiqmayotgani to‘g‘risida murojaatlar bo‘lmoqda. Prezidentning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qarorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinishi belgilangan. Shu sababli O‘zDJTSU va uning filiallaridagina mavjud bo‘lgan sport faoliyati yo‘nalishlarini kamida ikkinchi sport razryadiga ega bo‘lgan abituriyentlargina tanlay oladi. ❕ Bunda kamida ikkinchi sport razryadiga ega bo‘lmagan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda ushbu ta’lim yo‘nalishlari chiqmaydi. @jtodilov
Show all...
#Ovozli_chat #Qabul2024 #Abituriyent 🎙 2024-yil 21-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatning to‘liq audiosi 👉 @bbasirdaryo
Show all...
Bilimni baholash agentligi – OTMga qabul.ogg18.95 MB
Repost from Xushnudbek.uz
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
#Ovozli_chat Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat 📆 Bugun 14:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi. ❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. ❕ Iltimos, oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasin. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
☝️Agarda test sinovlari bilan bogʻliq firibgarlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz quyidagi raqamlarga zudlik bilan murojaat qiling.👇 ☎️ Bog‘lanish manbalari: Bosh Prokuratura: 🔸 Ishonch telefoni: (71) 232-10-07; 🔸 Call-markaz: 1007 (qisqa raqam). Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: 🔹 Ishonch telefoni: (71) 202 04 02 (431); 🔹 Call-markaz: 1253 (qisqa raqam). Bilim va malakalarni baholash agentligi: 👉 Ishonch telefoni: (95) 199-19-14; 👉 Xolis fuqaro: uzbmb.uz/page/reception; 👉 Elektron pochta: [email protected]; 👉 Telegram-bot: @dtm_antikor_bot. 👉 @bbasirdaryo 👈
Show all...
Repost from N/a
🎙 Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha ovozli chat Bugun 14:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da  ovozli chat o‘tkaziladi. Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin. ❕ Iltimos, oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasin. @jtodilov
Show all...
01:34
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 Произведение оплаты за участие в тестовых испытаниях (на русском языке) Просмотр на YouTube (в формате HD) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
To‘lovni amalga oshirish - ru~2.mp49.71 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.