cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi

📲 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi ✍️ Murojaat yo'llash uchun: https://t.me/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
11 811
المشتركون
-4424 ساعات
-1357 أيام
-1 30330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Vazir_soati Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yaxlit tizimi yaratiladi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida sohaga doir qator masalalarga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Xususan, “maktab–ota-ona–mahalla” tizimini joriy etish, yangicha o‘qitish va baholash uslubini qo‘shimcha 1 000 ta maktabda tashkil etish, poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyo ta’limi forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi. ✔️Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi. Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, o‘tgan haftada Davlatimiz rahbariga ta’limi sifati hamda pedagoglar malakasini oshirish, adolatli baholash va rag‘bat tizimini takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti qilinganligini aytib o‘tdi. ❕ Qayd etilganidek, ta’lim sifatini oshirish, eng avvalo, pedagoglarning bilimi va malakasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlari malakasini oshirishning yagona va yaxlit tizimini joriy etishga qaratilgan tegishli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, vazirlik huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududlarda Pedagogik mahorat markazlari tashkil etilmoqda. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1661 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! 📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. 📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. ✅ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#60daqiqaliktalaba 📚tarbiya aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon. 📚ta’limta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagra
إظهار الكل...
#HAMKORLIK 🔰Sankt-Peterburg gubernatorining Sirdaryo viloyati hokimiga yuborgan taklif xatiga asosan, viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10 nafar 11-sinf bitiruvchilari mas’ullar hamrohligida joriy yil 28-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan “Алые паруса” (Qizil yelkanlar) nomli bitiruv kechasida ishtirok etishdi. Tashrif doirasida sirdaryolik o'quvchilar Sank- Peterburg shahrining diqqatga sazovar joylarini tomosha qilishdi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube | 🌐 Instagra
إظهار الكل...
👍 1
[ Альбом ] #HAMKORLIK 🔰Sankt-Peterburg gubernatorining Sirdaryo viloyati hokimiga yuborgan taklif xatiga asosan, viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 15 nafar 11-sinf bitiruvchilari mas’ullar hamrohligida joriy yil 28-iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan “Алые паруса” (Qizil yelkanlar) nomli bitiruv kechasida ishtirok etishdi. Tashrif doirasida sirdaryolik o'quvchilar Sank- Peterburg shahrining diqqatga sazovar joylarini tomosha qilishdi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube | 🌐 Instagra
إظهار الكل...
Repost from Eco-schools Uzbekistan
Photo unavailableShow in Telegram
👋☺️ Hammaga salom! 🏖 Ta’tillaringiz qanday o‘tmoqda? 📰 2024-yil 12–16-avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan "Central Asia & Türkiye Youth Talks"da ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinishini e’lon qilamiz. 🌏 "Central Asia & Türkiye Youth Talks" — Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 30 nafar yoshlarni birlashtiradigan almashinuv va ta’lim tadbiridir. Tadbir 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga fikr, g‘oya va yutuqlarni almashish uchun munozara maydonini taqdim etadi, shuningdek, ularning hamjamiyatlarida o‘zaro o‘rganish va rivojlanishga yordam beradi. 🔔 Ariza berishning oxirgi kuni — 3-iyul (shu kuni ham). Batafsil ma’lumot bu yerda. — 👋☺️ Всем привет! 🏖 Как проходят ваши каникулы? 📰 Мы к вам с интересной новостью: Всемирный банк и Программный офис ОБСЕ в Душанбе объявили о приёме заявок на участие в «Central Asia & Türkiye Youth Talks», которые состоятся 12–16 августа 2024 года в Стамбуле, Турция. 🌏 Central Asia & Türkiye Youth Talks — это мероприятие по обмену и обучению, которое соберет 30 молодых людей из Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана, Турции, Туркменистана и Узбекистана. Мероприятие предоставит молодым людям от 18 до 25 лет дискуссионную площадку для обмена взглядами, идеями и достижениями, а также будет способствовать взаимному обучению и развитию в их сообществах. 🔔 Последний день подачи заявок — 3 июля (включительно) Более подробная информация здесь. 🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
إظهار الكل...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 1
⚡️2 iyul –O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun 🇺🇿 Milliylikka yo‘g‘rilgan davlat timsoli. O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi ana shunday yurtimiz, xalqimiz boyliklari, qadriyatlari, mustaqilligimiz ramzidir. Tom ma’noda milliy g‘ururimiz va iftixorimiz numunasidir. Gerbimiz tasviri doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlari, Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Respublika davlat boshqaruvi organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Markaziy bank, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sudlar, prokuratura organlari, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarining old tomoniga joylashtiriladi. 🇺🇿 Madhiyamiz bo‘ladimi, bayrog‘imiz yohud gerbimiz - Respublikamiz davlat ramzlarining har biri xalqimizning shon - sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotga, yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchni ifodalaydi. 🇺🇿 Gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, xo‘jalik, jug‘rofiy, etnik va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O‘zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan. 🇺🇿 Gerbimizdagi jannatmakon diyorimiz manzaralari xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlari ifodasi bo‘lsa, quyosh, yarim oy, yulduz jamiyatimiz jipsligi belgisidir. Omad, olijanoblik, erksevarlik va fidoyilik ramzi bo‘lgan afsonaviy Humo qushi ham millatimiz, xalqimiz hayoti, tarixi, ruhiyati va an’analari bilan chambarchas bog‘liq timsoldir. 🇺🇿 Davlat gerbi yurtimizdagi kattayu kichikka birdek qadrlidir va u mustaqil vatanimizning muhim nishoni, ramzi sifatida hamisha alohida ehtirom namunasi bo‘lib qoladi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
إظهار الكل...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
إظهار الكل...
👍 3
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.