cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi

📲 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi ✍️ Murojaat yo'llash uchun: https://t.me/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot Kanal admini: @MMTB_axborot_xizmati

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
5 329
مشترکین
-124 ساعت
-137 روز
-20530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Москва шаҳрига амалий ташрифи доирасида Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабанинг 79 йиллигига бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этди. Шу билан Россияга амалий ташриф якунланди. Аэропортда Президентимизни Россия Федерацияси Ҳукумати Раисининг ўринбосари – саноат ва савдо вазири вазифасини бажарувчи Денис Мантуров ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди. Давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в рамках рабочего визита в город Москву принял участие в торжественных мероприятиях в связи с 79-й годовщиной Победы во Второй мировой войне. На этом рабочий визит в Россию завершился. В аэропорту Президента Узбекистана проводили исполняющий обязанности заместителя Председателя Правительства – министра промышленности и торговли Российской Федерации Денис Мантуров и другие официальные лица. Глава нашего государства отбыл в Ташкент. #Mirziyoyev #tashrif #Galaba #xotira Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
👍 4
⚡️Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Bugun viloyatimizda "9-may-Xotira va qadrlash kuni" keng nishonlandi. Guliston shahrida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Nargiza Xolbayeva boshchiligida boshqarma jamoasi ham faol ishtirok etib, ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi va motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi. Tadbir davomida urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat va mardlik namunalarini o‘zida mujassam etgan badiiy chiqishlar, harbiy ko‘rgazmalar ham namoyish etildi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
نمایش همه...
👏 3👍 1🔥 1
Repost from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni Hurmatli vatandoshlar, Qadrli pedagoglar! Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi. Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi. Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
نمایش همه...
⚡️Inson xotira bilan tirik, qadr bilan azizdir! 🕊️ Bu kun vatanimiz ozodligi, tinchligi va farovon kunlar uchun jon fido etgan ajdodlarimizni yod etish, yuksalish va barqarorlik yo‘lida mehnat qilgan va harakatda bo‘lganlarni qadrlash, sharaflash kunidir. 🤍 Xotira bor ekan, umrlar boqiydir, ezgulik unutilmaydi, yaxshilik davom etadi. 📌Qadr bilan hurmat, e’tibor, ehtirom, mehr-oqibat kabi chin insoniylik fazilatlari bardavomdir. 📝Xotira va qadr go‘zal odat, ezgu an’ana, boqiylik mezoni bo‘lib saqlanib qolsin. 🇺🇿Yurtimiz tinch, hayotimiz to‘kin va farovon bo‘lsin! Baxtiyorlik qalbimizda, yuzimizda aks etsin! Barchangizga Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin! Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
نمایش همه...
👍 2
⚡️FRONT ORTI MEHNAT FAXRIYSI HOLIDAN XABAR OLINDI Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulugʻ fazilatlaridan biridir. El-yurt tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardogʻidadir. Ushbu kunda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan yurtdoshlarimiz sharaflanib, safimizda boʻlganlariga gʻamxoʻrlik va eʼtibor, yuksak ehtirom koʻrsatiladi. Jumladan, sana munosabati bilan bugun Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'imi boshqarmasi rahbariyati Boyovut tumani "Anorzor" mahallasida yuz bilan yuzlashayotgan Taylonov Berdikul boboni yo'qlab borishdi. Ayni paytda keksalik gashtini surayotgan Berdiqul bobo 1929-yilda tug'ilgan. Oʻzaro suhbat davomida faxriy oʻzining hayot yoʻllarini xotirlab, hozirgi tinchlikni qadriga yetish, shukronalik keltirish zarurligi haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi. Dorilomon kunlardan mamnunligini aytib, yurtimiz tinchiligi abadiy boʻlsin, deya qoʻllarini duoga ochdi. "Bugun yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Prezidentimizga katta rahmat! Yurtimizda fuqarolar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Faqat harakat qilish kerak" - deb ta'kidladi bobo o'z so'zida. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan tinchlik, ona vatan mavzularida she’rlar o’qildi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining esdalik sovg’asi topshirildi. Hududlar bo’ylab bunday ezgu xotirlash tadbirlari davom etmoqda… 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
نمایش همه...
👍 3🔥 1👏 1
⚡️Xotira -muqaddas, xotira -aziz! 🕊Bugungi obod, ozod kunlarga yetishimizda tinchlik yo'lida hayoti, jonini fido qilgan ota-bobolarimizning tutgan o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. ✅Shuni nazarda tutgan holda, Yangiyer shahridagi 8-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan katta tadbir o‘tkazildi. Bunda pedagog va tarbiyalanuvchilar tomonidan chiroyli, tinch kunlarimiz sababchilari yodga olinib, tinchlik, hurlik va ozodlikni madh etuvchi kuy qo‘shiqlar ijro etildi. 👩‍🏫 Tarbiyachi: M.Shernazarova 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
نمایش همه...
👍 4
#Xotira_va_qadr Ayni kunlarda Sirdaryo viloyatidagi barcha ta'lim muassasalarida xotira tadbirlari tashkil etilmoqda. Jumladan, Guliston tumanidagi 3-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari 9-may Xotira va qadrlash kuni bayram munosabati bilan mehnat faxriylari xonadonalarida bo'lib, ularni suxbatlaridan bahramand bo‘lishdi. Shuningdek, tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlar ham otaxonga bog‘chada yod olgan sherlaridan namunalar o‘qib berishdi. Tadbirdan so'ng bolajonlar "Xotira maydoni"ga tashrif buyurib, "Motamsaro ona haykali" poyiga gullar qo'yishib, chuqur hurmat izhor qilishdi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
نمایش همه...
👍 3
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги — Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
نمایش همه...
آرشیو پست ها