cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi telegram sahifasi

📲 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi ✍️ Murojaat yo'llash uchun: https://t.me/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot Kanal admini: @MMTB_axborot_xizmati

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
5 258
Suscriptores
-224 horas
-787 días
-20930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#Jonli_efir 📣 Hurmatli pedagoglar!Ertaga — 16-may kuni soat 12:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi. Xususan: ➖ 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun belgilangan fanlar va imtihonlarning bo‘lib o‘tish tartibi, sanalari, ➖ Imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, imtihon savollari spesifikatsiyasining ishlab chiqish jarayonlari, ➖ Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga yakuniy attestatsiya imtihonlarida beriladigan imtiyozlar, ➖ Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga taqdim etiladigan oltin va kumush medallarining berilish tartibi va shartlari haqida so'z yuritiladi. ❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi. 🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
⚡️ "Nurli maskan" maktab-internati o‘quvchilaridan navbatdagi g'alaba Golbol parasport turi zaif ko‘ruvchi hamda ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasida o‘tkazilib kelinadi. Yaqinda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Sirdaryo viloyati Guliston tumanida joylashgan "Nurli maskan" maktab-internati o‘quvchilari ham faol ishtirok etishib, xalqaro turnirda 3-o‘rinni egallashdi. Ushbu yutuq bilan maktab jamoasini samimiy tabriklaymiz! "Nurli maskan"ning iqtidorli o'quvchilari bilan faxrlanamiz va kelgusida, xalqimiz va vatanimizga chin ma’noda xizmat qiluvchi vatanparvar inson bo‘lib yetishishingizga ishonamiz! Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Mostrar todo...
#xushxabar_ #IMAS_ #xalqaro_olimpiada ⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabi 6-sinf o'quvchisi Muhammadjon Olimboyev Xalqaro matematika olimpiadasida munosib ishtirok etib, oltin medal sohibi bo’ldi. 🔖Ma'lumot o'rnida ushbu xalqaro olimpiada (IMAS) oʻrta boshlangʻich, yuqori boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari uchun jahon darajasidagi matematik bilimlarni baholash sinovidir. 🎉O‘quvchimizning mehribon va g'amxo'r ota-onasi hamda jonkuyar ustozlarini ushbu natijalar bilan samimiy tabriklab, uning kelgusidagi o‘qishlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🖇Bizni kuzatishda davom eting:   📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Mostrar todo...
👍 11🔥 2
⚡️“INKLYUZIV TA’LIM: BARCHA BOLALAR UCHUN TЕNG IMKONIYATLAR” Mirzaobod tumanidagi 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Inklyuziv ta’lim: barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirda Mirzaobod, Oqoltin hamda Sardoba tumanlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, metodistlari, psixologlari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish respublika tashxis markazi” metodisti Mastura Talipova O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etishning nomativ-huquqiy asoslari, inklyuziv ta’limning maxsus ta’limdan farqi va afzalliklari, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi inklyuziv sinflarga jalb etish bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Mastura Talipova har bir bola ta’lim olishda teng huquqli bo‘lishi, o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Mostrar todo...
👍 1
Shirin shahrida "Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i kubogi"ning shahar bosqichi o‘tkazildi Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish maqsadida shahrimizdagi taʼlim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida sportning futbol va voleybol turlari bo‘yicha "Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i kubogi" uchun sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra: erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabi jamoasi; ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan sportning voleybol turi bo‘yicha 2-umumiy o‘rta taʼlim maktabi jamoasi qo‘lga kiritib, turnirning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar Shirin shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Mostrar todo...
👍 1
⚡️“INKLYUZIV TA’LIM: BARCHA BOLALAR UCHUN TЕNG IMKONIYATLAR” MAVZUSIDA SЕMINAR O‘TKAZILDI Guliston shahridagi QUVONCH nomli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Inklyuziv ta’lim: barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirda 52 nafar Guliston shahar va Guliston tumani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, metodistlari, psixologlari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda “O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish respublika tashxis markazi” metodisti Mastura Talipova O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkil etishning nomativ-huquqiy asoslari, inklyuziv ta’limning maxsus ta’limdan farqi va afzalliklari, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi inklyuziv sinflarga jalb etish bo‘yicha yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berdi. 📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇 💬 Telegram | 🌐 Facebook 🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Mostrar todo...
👍 1
📣 Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi. ❗️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi. 👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi. Har oylik ustama toʻlanadigan pedagoglar roʻyxati Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
✅ Bugun Samarqand viloyati, “Sazagan” poligonida “Vatan tayanchi” bolalar va o’smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati aʼzolari oʻrtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi. Tadbirning ochilish marosimida qator mutasaddi xodimlar, jamoatchilik tashkiloti vakillari, faxriy keksalar ishtirok etishdi. Soʻngra musobaqaning asosiy shartlariga koʻra jamoalar “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish”, “Turnikka tortilish” va “Mohir mergan” shartlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi. Ushbu musobaqada vazir kubogi uchun “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolaridan tuzilgan 14 ta jamoa kuch sinashishmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
👍 2
#Attestatsiya #Bayonot_23 ✅ VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Mostrar todo...
Turon maktab teatri tanlovi | Sirdaryo viloyati hududiy bosqichi #14may #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Mostrar todo...
👍 1