en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

šŸ“ˆ Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 53 994 subscribers, ranking 2 450 in the Technologies & Applications category and 1 380 in the Uzbekistan region.

šŸ“Š Audience metrics and dynamics

Since its creation on невіГомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 53 994 subscribers.

According to the latest data from 12 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 1 622 over the last 30 days and by -462 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 24.26%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.63% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 149 views. Within the first day, a publication typically gains 10 098 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 112.

šŸ“ Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
ā€œTexnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_adsā€

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 13 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

53 994
Subscribers
-46224 hours
+2 8237 days
+1 62230 days
Posts Archive
šŸ’« Perseid meteorit yomg’iri butun dunyo osmonini yoritdi Qum donasidek meteoritlar Yer atmosferasiga 215 000 km/soat tezlikd
+1
šŸ’« Perseid meteorit yomg’iri butun dunyo osmonini yoritdi Qum donasidek meteoritlar Yer atmosferasiga 215 000 km/soat tezlikda kirib, chiroyli manzara yaratadi – bu sayyora uchun xavfsiz. Ispaniyalik fotograf meteor va Somon yo’lini suratga oldi. Boshqa fotograf esa Uay vodiysida (Buyuk Britaniya) 3 soat vaqt o’tkazib, ko’plab meteoritlarni suratga oldi va ularni bitta rasmga birlashtirdi. Siz ham shunday manzara guvohi bo’ldingizmi? šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ”ŠChatGPT o’rnatilgan dunyodagi birinchi Bluetooth-kolonka namoyish etildi Vifa ChatMini ChatGPT asosidagi ovozli yordamchi bilan jihozlangan. Odatiy suhbatlar va savollarga javoblardan tashqari, Vifa ChatMini foydalanuvchilarni emotsional holatiga qarab tinchlantirishi, ko’nglini ko’tarishi va maslahatlar berishi mumkin. Ingliz va xitoy tillarini qo’llab-quvvatlaydi. AQShdagi narxi 259 dollar. šŸ“Ÿ DigiTech

🄣 Yangi Zelandiyadagi oziq-ovqat do’koni oshpaz neyrotarmoqni yaratdi Supermarketdagilar mahsulotlar qoldiqlaridan taom rets
🄣 Yangi Zelandiyadagi oziq-ovqat do’koni oshpaz neyrotarmoqni yaratdi Supermarketdagilar mahsulotlar qoldiqlaridan taom retseptini tuzib beruvchi neyrotarmoq yaratishdi. Ishlatish oson, muzlatgichda qanday mahsulotlar borligini kiritish kifoya va sun’iy intellekt sizga taom retseptini yozib beradi. Biz ham sinab ko’rdik, endi bizda Ā«mazali olmali va pomidorli tovuq go’shtiĀ» retsepti mavjud :) šŸ‘‰ Sinab ko’rish uchun havola. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸš› Masofaviy pultda boshqariladigan kichik mashinalar bilan hechkimni hayratlantirib bo’lmaydi, pultda boshqariladigan katta yuk mashinasi bilanchi? šŸ“Ÿ DigiTech

ā–ŖļøChatGPT AQSh ta’lim muassasalarini yillar bo’yicha orqaga surmoqda Talabalar ChatGPT-dan faol foydalanishadi va o’qituvchil
ā–ŖļøChatGPT AQSh ta’lim muassasalarini yillar bo’yicha orqaga surmoqda Talabalar ChatGPT-dan faol foydalanishadi va o’qituvchilar talabaning haqiqiy ishini neyron tarmoq tomonidan yozilganidan ajrata olishmaydi. Tobora ko’proq ta’lim muassasalari raqamli tizimdan voz kechishmoqda (kompyuterda nazorat ishlari va imtihonlar) va yana qog’ozli tizimga o’tishmoqda. Bundan tashqari, endi talabalar o’z fikrlari mustaqil ekanligini isbotlash uchun qoralama ko’rsatishlari kerak. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ”Š Urbanista startapi quvvatlantirilishi shart bo’lmagan Bluetooth-kolonkani namoyish etdi. U o’rnatilgan quyosh panelidan qu
+2
šŸ”Š Urbanista startapi quvvatlantirilishi shart bo’lmagan Bluetooth-kolonkani namoyish etdi. U o’rnatilgan quyosh panelidan quvvatlanadi. Kolonka ikkita 10 vattli dinamikga ega va IP67 standarti bo’yicha namlikdan himoyalangan. To’liq zulmatda batareya 30 soatga yetadi, to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurida ideal sharoitda esa "cheksiz" ishlaydi. Narxi — 149 dollar. šŸ“Ÿ DigiTech

ā–ŖļøGoogle Chrome maqolalarni qisqacha tavsiflashni o’rgandi Ilovaning IOS va Android uchun beta-versiyasida ā€œGenerateā€ tugmasi paydo bo’ldi, uni bosganingizdan so’ng sun’iy intellekt sizga sahifa mazmunini qisqacha yozib beradi. Kompyuterdagi Chrome uchun ham bu funksiya tez orada qo’shiladi. Ommaviy versiyasi bir oy ichida chiqarilishi kutilmoqda. šŸ“Ÿ DigiTech

🚘 Lamborghini kompaniyasi o’zining birinchi elektromobilini namoyish etdi Italiyaliklar elektromobillarni Lanzador sport kro
+5
🚘 Lamborghini kompaniyasi o’zining birinchi elektromobilini namoyish etdi Italiyaliklar elektromobillarni Lanzador sport kross-kupesidan boshlab ishlab chiqarishga o’tishga qaror qilishdi. U to’rt o’rindiqli, keng bagajga va sport avtomobillari standartlari bo’yicha ancha baland klirensga ega. Avtomobil xususiyatlari haqida ma’lumot berishmadi. Avtomobil hozircha eng sodiq va badavlat Lamborghini xaridorlari uchun kichik partiyalarda ishlab chiqariladi, seriyali versiyasi esa faqat 2028-yilda chiqadi. šŸ“Ÿ DigiTech

+2
šŸ¦–Yaponiyada dinozavrli poyezd ishga tushirildi. U dinozavrlar suyaklari qazish joyi yaqinida joylashgan mamlakatdagi eng yirik paleontologik muzeylardan biriga e’tiborni tortish uchun yaratilgan. Elektr poyezdning o’zi 1973-85 yillarda Tokyo Sharyo zavodi tomonidan qurilgan 12 nusxadan biridir. 2021 yilda u mahalliy tashuvchilar tomonidan sotib olindi va rassomlarga qayta ishlash uchun berildi. šŸ“Ÿ DigiTech

ā–ŖļøGoogle hayotiy maslahatlar beruvchi va hayotiy tajribalar bilan o’rtoqlashuvchi sun’iy intellekt yordamchisini sinovdan o’t
ā–ŖļøGoogle hayotiy maslahatlar beruvchi va hayotiy tajribalar bilan o’rtoqlashuvchi sun’iy intellekt yordamchisini sinovdan o’tkazmoqda Google hozircha generativ sun’iy intellektlar bo’yicha raqobatda ancha orqada va so’nggi oylarda ushbu sohadagi tadqiqotlar samaradorligini oshirish yo’llarini qidirmoqda. Ularning asosiy maqsadi hayotdagi barcha vaziyatlarda shaxsiy murabbiy va maslahatchi bo’la oladigan sun’iy intellekt yaratish. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ½ļø Kitchen Robotics kompaniyasi soatiga 75 ta taom tayyorlaydigan robot-oshpazni namoyish etdi Retseptlarni o’zingiz kiritishingiz mumkin: bu sho’rvalar, salatlar, spagetti, kotlet bilan kartoshka pyuresi va boshqalar bo’lishi mumkin. Robot obuna orqali oyiga 3 970 dollar evaziga sotiladi - narx o’rnatish, texnik xizmat ko’rsatish va 24/7 qo’llab-quvvatlashni o’z ichiga oladi. šŸ“Ÿ DigiTech

āŒšļøApple butunlay yangi Apple Watch X ni ishlab chiqmoqda Soat yangi dizaynda ishlab chiqariladi va ancha yupqaroq bo’ladi - b
āŒšļøApple butunlay yangi Apple Watch X ni ishlab chiqmoqda Soat yangi dizaynda ishlab chiqariladi va ancha yupqaroq bo’ladi - bu 7-seriyadan keyingi birinchi yirik yangilanish. To'qqizinchi avlod esa tashqi ko’rinishda o’zgarmaydi. Ma’lumki, Apple Watch X ga qon bosimi sensori o’rnatiladi. Ekran miniLED texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqariladi - bu qurilmani bir zaryadda ko’proq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi. Qurilma 2024 yoki 2025 yillarda chiqishi kutilyapti - bu Apple aqlli soatlarining o’n yilligiga to’g’ri keladi. šŸ“Ÿ DigiTech

ā–ŖļøX ijtimoiy tarmog’i Twitter brendi ostidagi ofis buyumlarini auktsionga qo’yadi X ijtimoiy tarmog’i rebrendingdan so’ng Twi
ā–ŖļøX ijtimoiy tarmog’i Twitter brendi ostidagi ofis buyumlarini auktsionga qo’yadi X ijtimoiy tarmog’i rebrendingdan so’ng Twitter timsollari, turli eski, keraksiz buyumlar va yaxshi holatda bo’lgan mulklar, shuningdek ofis buyumlarini auktsionga qo’yishga qaror qildi. Heritage Global Partners auktsion uyi ma’lumotlariga ko’ra, X mulki 12 dan 14 sentyabrgacha kim oshdi savdosiga qo’yiladi, kompaniya 584 ta lotni qo’yadi. Twitter ofisidan biror narsa olishni xohlarmidingiz? šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ“² iPhone 15 Pro birinchi bor benchmarkda sinovdan o’tkazildi Apple kompaniyasining yangi liniyasidagi smartfon Geekbench ben
šŸ“² iPhone 15 Pro birinchi bor benchmarkda sinovdan o’tkazildi Apple kompaniyasining yangi liniyasidagi smartfon Geekbench benchmarkida sinovdan o’tkazildi. Sinov natijasiga ko’ra, platforma 6 yadroga ega va maksimal chastotasi 3,7 gigagerts. Bir yadroli testda qurilma 3269 ball, ko’p yadroli testda esa 7666 ball to’pladi. Natija hozirgi modelga qaraganda ancha yaxshiroq. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ¤– Xitoyning Unitree robo-itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, H1 odamsimon robotlarni ishlab chiqarishni boshladi 1,8 metr bo’yi va 47 kg og’irlikdagi prototip allaqachon yaxshi yuradi va hatto qattiq tepganda ham muvozanatni saqlay oladi. Unga 3D LiDAR sensori, chuqurlik kamerasi va Intel Core chiplari o’rnatilgan. Ular 3-10 yil ichida uni ideal darajaga yetkazishga va narxi 90 000 dollardan past bo’lishiga va’da berishmoqda. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸŽ„ Netflix sun’iy intellekt bilan bog’liq, ish haqi 900 000 dollargacha bo’lgan ish o’rinlarini ochdi Netflix yiliga 300 000
šŸŽ„ Netflix sun’iy intellekt bilan bog’liq, ish haqi 900 000 dollargacha bo’lgan ish o’rinlarini ochdi Netflix yiliga 300 000 dan 900 000 dollargacha maosh oladigan sun’iy intellekt platformasi mahsulotlari menejeri uchun ish o’rinlarini ochdi. Kompaniya sun’iy intellektdan nafaqat yangi tavsiyalar algoritmlarini ishlab chiqish uchun, balki "ajoyib kontent yaratish" uchun ham foydalanish niyatida. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ“±OnePlus kompaniyasi smartfondan yomg’irda foydalanish imkonini beruvchi texnologiyani namoyish etdi Aksariyat smartfonlarga suv tushganda noto’g’ri teginishlarni ham xisoblaydigan sensorli displeylar o’rnatiladi. Yangi OnePlus Rain Water Touch texnologiyasi maxsus chip va bir nechta algoritmlardan foydalangan holda, hatto kuchli yomg’irda ham displeydan muammosiz foydalanish imkonini beradi, buni kompaniya OnePlus Ace 2 Pro’ni iPhone 14 Pro bilan solishtirish orqali ko’rsatdi. Sizni ham telefoningiz ekraniga bir tomchi suv tushsa o’zidan - o’zi ishlab ketadimi? šŸ˜„ šŸ“Ÿ DigiTech

+1
šŸ–±ļøKickstarter platformasida har qanday sirtda ishlatish mumkin bo’lgan sichqonchani ishlab chiqarish uchun muvaffaqiyatli pul yig’ishdi. U barmoqqa kiyiladi, kursorni harakatlantirish uchun qo’lni qimirlatish yetarli. Sotuvlar shu kuzda 65 dollardan boshlanadi. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ—‚ļø Excel bo’yicha jahon chempionati borligini bilasizmi? Ketma-ket uchinchi yil va hatto Microsoft ko’magida o’tkazilmoqda! Bu yil final Las-Vegasda bo’lib o’tadi va g’olib 15 400 dollar oladi. Tanlovning mohiyati shundan iboratki, ishtirokchilar cheklangan vaqt ichida jadvallar yordamida turli masalalarni yechadilar. Qancha ko’p to’g’ri javob bo’lsa, shuncha ko’p ball. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸŽ„ Bu video to’liq Heygen neyrotarmog’ida generatsiya qilingan Ovoz, yuz ifodalari, imo-ishoralar - bularning barchasini sun’iy intellekt generatsiya qilgan. Ishlab chiquvchilarning so’zlariga ko’ra, virtual avatar yaratish uchun 2 daqiqa vaqt ketgan. Neyrotarmoq hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, barcha uchun ishlatish ochilganida albatta kanalda e’lon qilamiz. Bu video neyrotarmoq tomonidan yaratilganligini bilmaganingizda, haqiqiy videodan ajrata olarmidingiz? šŸ“Ÿ DigiTech