en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

šŸ“ˆ Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 53 994 subscribers, ranking 2 450 in the Technologies & Applications category and 1 380 in the Uzbekistan region.

šŸ“Š Audience metrics and dynamics

Since its creation on невіГомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 53 994 subscribers.

According to the latest data from 12 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 1 622 over the last 30 days and by -462 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 24.26%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.63% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 149 views. Within the first day, a publication typically gains 10 098 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 112.

šŸ“ Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
ā€œTexnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_adsā€

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 13 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

53 994
Subscribers
-46224 hours
+2 8237 days
+1 62230 days
Posts Archive
šŸŽ„ Bu video to’liq Heygen neyrotarmog’ida generatsiya qilingan Ovoz, yuz ifodalari, imo-ishoralar - bularning barchasini sun’iy intellekt generatsiya qilgan. Ishlab chiquvchilarning so’zlariga ko’ra, virtual avatar yaratish uchun 2 daqiqa vaqt ketgan. Neyrotarmoq hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, barcha uchun ishlatish ochilganida albatta kanalda e’lon qilamiz. Bu video neyrotarmoq tomonidan yaratilganligini bilmaganingizda, haqiqiy videodan ajrata olarmidingiz? šŸ“Ÿ DigiTech

🦮 Xiaomi robo-itni namoyish etdi Xiaomi kompaniyasi o’zining CyberDog 2 robo-itining ikkinchi avlodini namoyish etdi. Uning og’irligi 8,9 kg, balandligi esa 36,7 sm. Robotda shuningdek, 19 ta sensor: RGB kamera, LiDAR, ultratovush sensori, sun’iy intellektli kamera va to’rtta ToF sensori mavjud. CyberDog 2 buyruqlarni bajarishi, yurishi, panjasini berishi, salto qilishi va hatto skeytbord minishi mumkin. Narxi 1784 dollar. šŸ“Ÿ DigiTech

Yashirin xona ichidagi maxfiy xonadagi yashirin xona 🤯 Xitoylik yigit o’z tashvishlari va tanishlaridan yashirinadigan yashirin uyni qurdi. Kimdir uni topsa yana va yana yashirinadi. Hamma yoshligida shunday yashirin xonalari bo’lishini orzu qilgan bo’lsa kerak. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ’° Hamyonbop narxdagi doā€˜kon izlayapsizmi? Unda ā€œRABADā€ qurilish savdo markazida barpo etilayotgan doā€˜konlarni ijaraga olish yoki sotib olishga shoshiling! Savdo majmuasining umumiy maydoni 40 000 m² bo’lib, u "Yangi Oā€˜zbekiston" hududida joylashgan. šŸ— Ta’mirlash, qurilish va uy-joyni jihozlash sohasida 350 dan ortiq doā€˜kon; ā˜•ļø Fud-kortdagi ovqatlanish shoxobchalari va qahvaxonalar uchun hudud; 🧳 Mulkdorlar va ijarachilarga marketing, logistika, yuridik va buxgalteriya hisobi borasida koā€˜mak. Muvaffaqiyatli biznes sarmoyadan boshlanadi. Hoziroq oā€˜zingizga mos hududni tanlang va ijaraga oling yoki xarid qiling! šŸ“ Savdo ofisi: Yashnobod tumani, Parkent koā€˜chasi, 170-uy. šŸ“ž Telefon: + 998781130570 Sayt | Telegram | Instagram | Facebook

šŸŒ‡ Xitoyda eng Ā«aqlli va yashilĀ» osmono’par bino – 210 metrlik Daxia ofis markazi quriladi. Bino mashhur Zaha Hadid arxitektu
+3
šŸŒ‡ Xitoyda eng Ā«aqlli va yashilĀ» osmono’par bino – 210 metrlik Daxia ofis markazi quriladi. Bino mashhur Zaha Hadid arxitektura firmasi tomonidan loyihalashtiriladi. Binoda texnik ehtiyojlar uchun yomg’ir suvini yig’ish tizimi, avtomatik havo sirkulyatsiyasi va energiya sarfini aqlli nazorat qilish tizimi o’rnatiladi. Ular shuningdek, quyosh nuri yaxshi o’tishi uchun shishali pollar va bo’sh joylarni o’simliklar bilan to’ldirishni va’da qilishmoqda. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸš† Yaponiya temir yo’l vokzallarida turistlarga xodimlar bilan muloqot qilishda yordam beradigan ā€œaqlliā€ tarjimon ekranlari o’rnatildi. Stendda mikrofonlar o’rnatilgan bo’lib, so’zlangan nutqning tarjimasini bir zumda aks ettiruvchi shaffof displey mavjud. Hozircha 12 ta til, shu jumladan ingliz tili qo’llab-quvvatlanadi, o’zbek tili tabiyki hozircha ular ro’yxatida yo’q. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸŽ„ NeRF texnologiyasi qanday ishlashiga misol Professional video tahrirchi xuddi Kristofer Nolanning ā€œInceptionā€ filmidagi kabi neyron tarmoq yordamida atrofdagi voqelikni aylantirib ko’rsatish mahoratini namoyish etdi. Qiziq, Gollivuddagi VFX mutaxassislar bunday ish uchun qancha maosh olishadi? šŸ“Ÿ DigiTech

🌿 Startap mini uy bog’i kapsulasini namoyish etdi Minoraga o’xshash kapsulani ichida don ekiladigan tuproqsiz bo’limlar mavjud. Ishlatish uchun kapsulaga suv va o’g’it solinadi. Shundan so’ng, u butun jarayonni nazorat qilib, o’zi yetishtirib beradi. Ko’katlar, mevalar va hatto piyozni butun yil davomida yetishtirish mumkin. Sotuvlar oktyabr oyida boshlanadi, narxi 599 dollardan. šŸ“Ÿ DigiTech

MohirDev kompaniyasidan Marketing vakansiyalar to’plami! šŸ›„ Ish o’rni: Raqamli Marketolog šŸ’¶ Oylik maosh: Kelishuv asosida šŸ“–
MohirDev kompaniyasidan Marketing vakansiyalar to’plami! šŸ›„ Ish o’rni: Raqamli Marketolog šŸ’¶ Oylik maosh: Kelishuv asosida šŸ“– Tillar: Ingliz, Rus tillari šŸ›„ Ish o’rni: Digital Marketing Intern šŸ’¶ Oylik maosh: Kelishuv asosida šŸ“– Tillar: Ingliz, Rus tillari šŸ›„ Ish o’rni: Sotuv Menejer šŸ’¶ Oylik maosh: Kelishuv asosida šŸ“– Tillar: Ingliz, Rus tillari šŸ’» Ofisda šŸ“ Toshkent āœ… Havola orqali o’tib ish o’rinlariga ariza topshiring

šŸ” Learning Prompting - bu sun’iy intellektlardan to’g’ri foydalanishni o’rgatadigan ochiq manbali sayt U saytdan siz chatbot
šŸ” Learning Prompting - bu sun’iy intellektlardan to’g’ri foydalanishni o’rgatadigan ochiq manbali sayt U saytdan siz chatbotlardan foydalanish va boshqalar haqida ko’plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Shuningdek, sun’iy intellekt haqidagi bilimlaringizni kengaytirishga yordam beradigan video darsliklar ham mavjud, lekin ingliz tilida. šŸ‘‰ Sinab ko’rish uchun havola. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ‘ Telegram'ning so’nggi beta-versiyasida Premium obunasisiz stories joylash imkoniyati paydo bo’ldi Premium foydalanuvchilar
šŸ‘ Telegram'ning so’nggi beta-versiyasida Premium obunasisiz stories joylash imkoniyati paydo bo’ldi Premium foydalanuvchilar uchun, obunasiz foydalanuvchilardan farqli o’laroq, ba’zi eksklyuziv funksiyalar saqlanib qolinadi: – O’chib ketish vaqtini belgilash (standart 24 soat o’rniga 6 dan 48 soatgacha); – Prioritet stories (Premium storieslar ro’yxatning boshida ko’rsatiladi); – Boshqa odamlarning storieslarini anonim ko’rish imkoniyati; – Boshqa odamlarning storieslarini yuklab olish imkoniyati (agar muallif buni taqiqlamagan bo’lsa); – Stories tavsifida ikki barobar ko’proq belgilar chegarasi; – Matnni tahrirlash va tavsifda havolalarni qoldirish imkoniyati. Yangilanish katta ehtimol bilan ilovaning 10 yilligi kuni 14-avgustda chiqadi. šŸ“Ÿ DigiTech

​Universitetning bir yillik to'lov kontraktini amalga oshirish imkoniyati. Ha, to'g'ri eshitdingiz! šŸ”„ Bu muammolarga yechim bor. 9 yillik tajriba va Toshkent shahrining o'zida 12 ta filialga ega Cambridge o'quv markazining DAY-X taqdimotini kuzating va o'z savollaringizga javob oling. šŸ“Œ 12-avgust kuni soat 20:00 da Cambridge YouTube sahifasi orqali taqdimotni jonli kuzatishingiz mumkin. āœ… Premyera havolasi: https://youtu.be/lDIgap8t2AE

šŸŽ„ Yana bir zo’r tahrirlangan video Xitoylik bloger minglab fotosuratlarni olib, ularni ajoyib stop-motion videoga birlashtirdi. Agar suratga olish tafsilotlari bilan qiziqsangiz, muallif YouTube-da barcha sirlarni ochib bergan. Masalan, burilishlarni mukammal suratga olish uchun ip ishlatilgan: bir uchi kiyimga, ikkinchisi esa stabilizatorga bog’langan. šŸ“Ÿ DigiTech

ā–ŖļøTadqiqot: mikroto’lqinli pechda isitilgan plastmassadan milliardlab zararli nanozarrachalar ajralib chiqadi Amerikalik olim
ā–ŖļøTadqiqot: mikroto’lqinli pechda isitilgan plastmassadan milliardlab zararli nanozarrachalar ajralib chiqadi Amerikalik olimlar bolalar ovqatlari uchun idishdagi suvni 3 daqiqa davomida 1000 vatt quvvatda qizdirishdi. Natijada idishning 1 sm² maydonidagi suvda 4,22 million mikroplastik zarrachalari va 2,11 milliard nanoplastik zarrachalari topilgan. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bunday zarralar ichak va tanadagi asosiy biologik jarayonlar uchun zararli bo’lishi mumkin. Mikroto’lqinli pechga plastik idishlarni solmaslikni maslahat beramiz. šŸ“Ÿ DigiTech

šŸ‰ Rossiyada pishgan tarvuzlarni aniqlovchi dastur yaratildi Smartfoningizni tarvuz ustiga qo’yib, skanerlash jarayonini bosh
šŸ‰ Rossiyada pishgan tarvuzlarni aniqlovchi dastur yaratildi Smartfoningizni tarvuz ustiga qo’yib, skanerlash jarayonini boshlash kifoya: telefon Wi-Fi signalini o’tkazib yuboradi - u shakar tarkibiga qarab o’zgaradi. Signaldan dastur eng shirin va pishgan tarvuzni aniqlaydi. Baribir o’zingiz taqillatib, ovozidan aniqlaganingizga nima yetsin :) šŸ“Ÿ DigiTech

ā–ŖļøSteam Deck va ROG Ally cho’ntak konsollarining asosiy raqobatchisi Lenovo kompaniyasining konsoli bo’ladi Go deb nomlangan
ā–ŖļøSteam Deck va ROG Ally cho’ntak konsollarining asosiy raqobatchisi Lenovo kompaniyasining konsoli bo’ladi Go deb nomlangan cho’ntak konsoli AMD protsessori va 8 dyuymli displey bilan jihozlanadi. Taqqoslash uchun, Steam va Asus'ning variantlari 7 dyuymli matritsaga ega. Konsol Windows 11 da ishlaydi. To’liq taqdimot shu yil oxirida bo’lib o’tadi. šŸ“Ÿ DigiTech

🚘 Toyota yangi Land Cruiser Prado'ni namoyish etdi: u yo’l tanlamas gibridga aylandi va ikki xil dizaynda – dumaloq va kvadr
+5
🚘 Toyota yangi Land Cruiser Prado'ni namoyish etdi: u yo’l tanlamas gibridga aylandi va ikki xil dizaynda – dumaloq va kvadrat faralar bilan chiqadi. Oxirgi versiyasida 330 ot kuchiga ega dvigatel o’rnatilgan, salon esa yetti o’rindiqli. Sotuvlar 2024-yildan, narxi esa 50 000 dollardan boshlanadi. Keyingi yil kvadrat dizayndagi mashinalar trendda bo’ladi shekilli. šŸ“Ÿ DigiTech

🧩 Google haqiqiy suratlar orasidan neyron tarmoqlar tomonidan yaratilgan tasvirlarni topishingiz kerak bo’lgan boshqotirmali saytni ishga tushirdi. Bir qarashda, bu oson tuyuladi, lekin aslida unday emas. Hammasi bo’lib to’rtta jon beriladi va har daraja oshganida, tanlash uchun vaqt kamayib boradi. Sinab ko’ring, natijalar bilan izohlarda bo’lishing. šŸ‘‰ Sinab ko’rish uchun havola. šŸ“Ÿ DigiTech

SQL — ma’lumotlar bilan ishlovchi mutaxassis uchun poyga mashinasidir. Uning yordamida: — gigabaytlab ma’lumotlarga ega faylni tezda ochish; — soniyada ushbu fayldan yuzlab kerakli yozuvlarni olish; — bitta so’rov bilan takrorlangan qatorlarni o’chirish; — tarixdan obyekt holatini so’rash, atribut o’zgarishlar zanjirini kuzatish va boshqalar. 1,5 oy ichida o’z rezyumeingizni yangilang — Yandex Praktikum kursida SQL asoslarini o’rganing. Bu vaqt davomida talabalar to'liq biznes loyihalarda ma’lumotlar bazasiga so’rovlarni yozishni o’rganadilar. → Kursga yozilish uchun ustiga bosing

šŸ“ŗ Buklanadigan smartfon bilan hech kimni hayron qoldirib bo’lmaydi. Buklanadigan televizorlar vaqti keldi! TCL displey yarmigacha buklanib, stendga yig’iladigan televizor prototipini namoyish etdi. Lekin bu nimaga kerak va nimasi qulay degan savolga kompaniya izoh bermadi. Sizni fikringiz qanday? šŸ“Ÿ DigiTech