es
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Ir al canal en Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram AI | DigiTech

El canal AI | DigiTech (@digitechai) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 53 994 suscriptores, ocupando la posición 2 450 en la categoría Tecnologías y Aplicaciones y el puesto 1 380 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 53 994 suscriptores.

Según los últimos datos del 12 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de 1 622, y en las últimas 24 horas de -462, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 24.26%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 18.63% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 13 149 visualizaciones. En el primer día suele acumular 10 098 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 112.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 13 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Tecnologías y Aplicaciones.

53 994
Suscriptores
-46224 horas
+2 8237 días
+1 62230 días
Archivo de publicaciones
💫 Perseid meteorit yomg’iri butun dunyo osmonini yoritdi Qum donasidek meteoritlar Yer atmosferasiga 215 000 km/soat tezlikd
+1
💫 Perseid meteorit yomg’iri butun dunyo osmonini yoritdi Qum donasidek meteoritlar Yer atmosferasiga 215 000 km/soat tezlikda kirib, chiroyli manzara yaratadi – bu sayyora uchun xavfsiz. Ispaniyalik fotograf meteor va Somon yo’lini suratga oldi. Boshqa fotograf esa Uay vodiysida (Buyuk Britaniya) 3 soat vaqt o’tkazib, ko’plab meteoritlarni suratga oldi va ularni bitta rasmga birlashtirdi. Siz ham shunday manzara guvohi bo’ldingizmi? 📟 DigiTech

🔊ChatGPT o’rnatilgan dunyodagi birinchi Bluetooth-kolonka namoyish etildi Vifa ChatMini ChatGPT asosidagi ovozli yordamchi bilan jihozlangan. Odatiy suhbatlar va savollarga javoblardan tashqari, Vifa ChatMini foydalanuvchilarni emotsional holatiga qarab tinchlantirishi, ko’nglini ko’tarishi va maslahatlar berishi mumkin. Ingliz va xitoy tillarini qo’llab-quvvatlaydi. AQShdagi narxi 259 dollar. 📟 DigiTech

🥣 Yangi Zelandiyadagi oziq-ovqat do’koni oshpaz neyrotarmoqni yaratdi Supermarketdagilar mahsulotlar qoldiqlaridan taom rets
🥣 Yangi Zelandiyadagi oziq-ovqat do’koni oshpaz neyrotarmoqni yaratdi Supermarketdagilar mahsulotlar qoldiqlaridan taom retseptini tuzib beruvchi neyrotarmoq yaratishdi. Ishlatish oson, muzlatgichda qanday mahsulotlar borligini kiritish kifoya va sun’iy intellekt sizga taom retseptini yozib beradi. Biz ham sinab ko’rdik, endi bizda «mazali olmali va pomidorli tovuq go’shti» retsepti mavjud :) 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚛 Masofaviy pultda boshqariladigan kichik mashinalar bilan hechkimni hayratlantirib bo’lmaydi, pultda boshqariladigan katta yuk mashinasi bilanchi? 📟 DigiTech

▪️ChatGPT AQSh ta’lim muassasalarini yillar bo’yicha orqaga surmoqda Talabalar ChatGPT-dan faol foydalanishadi va o’qituvchil
▪️ChatGPT AQSh ta’lim muassasalarini yillar bo’yicha orqaga surmoqda Talabalar ChatGPT-dan faol foydalanishadi va o’qituvchilar talabaning haqiqiy ishini neyron tarmoq tomonidan yozilganidan ajrata olishmaydi. Tobora ko’proq ta’lim muassasalari raqamli tizimdan voz kechishmoqda (kompyuterda nazorat ishlari va imtihonlar) va yana qog’ozli tizimga o’tishmoqda. Bundan tashqari, endi talabalar o’z fikrlari mustaqil ekanligini isbotlash uchun qoralama ko’rsatishlari kerak. 📟 DigiTech

🔊 Urbanista startapi quvvatlantirilishi shart bo’lmagan Bluetooth-kolonkani namoyish etdi. U o’rnatilgan quyosh panelidan qu
+2
🔊 Urbanista startapi quvvatlantirilishi shart bo’lmagan Bluetooth-kolonkani namoyish etdi. U o’rnatilgan quyosh panelidan quvvatlanadi. Kolonka ikkita 10 vattli dinamikga ega va IP67 standarti bo’yicha namlikdan himoyalangan. To’liq zulmatda batareya 30 soatga yetadi, to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurida ideal sharoitda esa "cheksiz" ishlaydi. Narxi — 149 dollar. 📟 DigiTech

▪️Google Chrome maqolalarni qisqacha tavsiflashni o’rgandi Ilovaning IOS va Android uchun beta-versiyasida “Generate” tugmasi paydo bo’ldi, uni bosganingizdan so’ng sun’iy intellekt sizga sahifa mazmunini qisqacha yozib beradi. Kompyuterdagi Chrome uchun ham bu funksiya tez orada qo’shiladi. Ommaviy versiyasi bir oy ichida chiqarilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Lamborghini kompaniyasi o’zining birinchi elektromobilini namoyish etdi Italiyaliklar elektromobillarni Lanzador sport kro
+5
🚘 Lamborghini kompaniyasi o’zining birinchi elektromobilini namoyish etdi Italiyaliklar elektromobillarni Lanzador sport kross-kupesidan boshlab ishlab chiqarishga o’tishga qaror qilishdi. U to’rt o’rindiqli, keng bagajga va sport avtomobillari standartlari bo’yicha ancha baland klirensga ega. Avtomobil xususiyatlari haqida ma’lumot berishmadi. Avtomobil hozircha eng sodiq va badavlat Lamborghini xaridorlari uchun kichik partiyalarda ishlab chiqariladi, seriyali versiyasi esa faqat 2028-yilda chiqadi. 📟 DigiTech

+2
🦖Yaponiyada dinozavrli poyezd ishga tushirildi. U dinozavrlar suyaklari qazish joyi yaqinida joylashgan mamlakatdagi eng yirik paleontologik muzeylardan biriga e’tiborni tortish uchun yaratilgan. Elektr poyezdning o’zi 1973-85 yillarda Tokyo Sharyo zavodi tomonidan qurilgan 12 nusxadan biridir. 2021 yilda u mahalliy tashuvchilar tomonidan sotib olindi va rassomlarga qayta ishlash uchun berildi. 📟 DigiTech

▪️Google hayotiy maslahatlar beruvchi va hayotiy tajribalar bilan o’rtoqlashuvchi sun’iy intellekt yordamchisini sinovdan o’t
▪️Google hayotiy maslahatlar beruvchi va hayotiy tajribalar bilan o’rtoqlashuvchi sun’iy intellekt yordamchisini sinovdan o’tkazmoqda Google hozircha generativ sun’iy intellektlar bo’yicha raqobatda ancha orqada va so’nggi oylarda ushbu sohadagi tadqiqotlar samaradorligini oshirish yo’llarini qidirmoqda. Ularning asosiy maqsadi hayotdagi barcha vaziyatlarda shaxsiy murabbiy va maslahatchi bo’la oladigan sun’iy intellekt yaratish. 📟 DigiTech

🍽️ Kitchen Robotics kompaniyasi soatiga 75 ta taom tayyorlaydigan robot-oshpazni namoyish etdi Retseptlarni o’zingiz kiritishingiz mumkin: bu sho’rvalar, salatlar, spagetti, kotlet bilan kartoshka pyuresi va boshqalar bo’lishi mumkin. Robot obuna orqali oyiga 3 970 dollar evaziga sotiladi - narx o’rnatish, texnik xizmat ko’rsatish va 24/7 qo’llab-quvvatlashni o’z ichiga oladi. 📟 DigiTech

⌚️Apple butunlay yangi Apple Watch X ni ishlab chiqmoqda Soat yangi dizaynda ishlab chiqariladi va ancha yupqaroq bo’ladi - b
⌚️Apple butunlay yangi Apple Watch X ni ishlab chiqmoqda Soat yangi dizaynda ishlab chiqariladi va ancha yupqaroq bo’ladi - bu 7-seriyadan keyingi birinchi yirik yangilanish. To'qqizinchi avlod esa tashqi ko’rinishda o’zgarmaydi. Ma’lumki, Apple Watch X ga qon bosimi sensori o’rnatiladi. Ekran miniLED texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqariladi - bu qurilmani bir zaryadda ko’proq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi. Qurilma 2024 yoki 2025 yillarda chiqishi kutilyapti - bu Apple aqlli soatlarining o’n yilligiga to’g’ri keladi. 📟 DigiTech

▪️X ijtimoiy tarmog’i Twitter brendi ostidagi ofis buyumlarini auktsionga qo’yadi X ijtimoiy tarmog’i rebrendingdan so’ng Twi
▪️X ijtimoiy tarmog’i Twitter brendi ostidagi ofis buyumlarini auktsionga qo’yadi X ijtimoiy tarmog’i rebrendingdan so’ng Twitter timsollari, turli eski, keraksiz buyumlar va yaxshi holatda bo’lgan mulklar, shuningdek ofis buyumlarini auktsionga qo’yishga qaror qildi. Heritage Global Partners auktsion uyi ma’lumotlariga ko’ra, X mulki 12 dan 14 sentyabrgacha kim oshdi savdosiga qo’yiladi, kompaniya 584 ta lotni qo’yadi. Twitter ofisidan biror narsa olishni xohlarmidingiz? 📟 DigiTech

📲 iPhone 15 Pro birinchi bor benchmarkda sinovdan o’tkazildi Apple kompaniyasining yangi liniyasidagi smartfon Geekbench ben
📲 iPhone 15 Pro birinchi bor benchmarkda sinovdan o’tkazildi Apple kompaniyasining yangi liniyasidagi smartfon Geekbench benchmarkida sinovdan o’tkazildi. Sinov natijasiga ko’ra, platforma 6 yadroga ega va maksimal chastotasi 3,7 gigagerts. Bir yadroli testda qurilma 3269 ball, ko’p yadroli testda esa 7666 ball to’pladi. Natija hozirgi modelga qaraganda ancha yaxshiroq. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning Unitree robo-itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, H1 odamsimon robotlarni ishlab chiqarishni boshladi 1,8 metr bo’yi va 47 kg og’irlikdagi prototip allaqachon yaxshi yuradi va hatto qattiq tepganda ham muvozanatni saqlay oladi. Unga 3D LiDAR sensori, chuqurlik kamerasi va Intel Core chiplari o’rnatilgan. Ular 3-10 yil ichida uni ideal darajaga yetkazishga va narxi 90 000 dollardan past bo’lishiga va’da berishmoqda. 📟 DigiTech

🎥 Netflix sun’iy intellekt bilan bog’liq, ish haqi 900 000 dollargacha bo’lgan ish o’rinlarini ochdi Netflix yiliga 300 000
🎥 Netflix sun’iy intellekt bilan bog’liq, ish haqi 900 000 dollargacha bo’lgan ish o’rinlarini ochdi Netflix yiliga 300 000 dan 900 000 dollargacha maosh oladigan sun’iy intellekt platformasi mahsulotlari menejeri uchun ish o’rinlarini ochdi. Kompaniya sun’iy intellektdan nafaqat yangi tavsiyalar algoritmlarini ishlab chiqish uchun, balki "ajoyib kontent yaratish" uchun ham foydalanish niyatida. 📟 DigiTech

📱OnePlus kompaniyasi smartfondan yomg’irda foydalanish imkonini beruvchi texnologiyani namoyish etdi Aksariyat smartfonlarga suv tushganda noto’g’ri teginishlarni ham xisoblaydigan sensorli displeylar o’rnatiladi. Yangi OnePlus Rain Water Touch texnologiyasi maxsus chip va bir nechta algoritmlardan foydalangan holda, hatto kuchli yomg’irda ham displeydan muammosiz foydalanish imkonini beradi, buni kompaniya OnePlus Ace 2 Pro’ni iPhone 14 Pro bilan solishtirish orqali ko’rsatdi. Sizni ham telefoningiz ekraniga bir tomchi suv tushsa o’zidan - o’zi ishlab ketadimi? 😄 📟 DigiTech

+1
🖱️Kickstarter platformasida har qanday sirtda ishlatish mumkin bo’lgan sichqonchani ishlab chiqarish uchun muvaffaqiyatli pul yig’ishdi. U barmoqqa kiyiladi, kursorni harakatlantirish uchun qo’lni qimirlatish yetarli. Sotuvlar shu kuzda 65 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🗂️ Excel bo’yicha jahon chempionati borligini bilasizmi? Ketma-ket uchinchi yil va hatto Microsoft ko’magida o’tkazilmoqda! Bu yil final Las-Vegasda bo’lib o’tadi va g’olib 15 400 dollar oladi. Tanlovning mohiyati shundan iboratki, ishtirokchilar cheklangan vaqt ichida jadvallar yordamida turli masalalarni yechadilar. Qancha ko’p to’g’ri javob bo’lsa, shuncha ko’p ball. 📟 DigiTech

🎥 Bu video to’liq Heygen neyrotarmog’ida generatsiya qilingan Ovoz, yuz ifodalari, imo-ishoralar - bularning barchasini sun’iy intellekt generatsiya qilgan. Ishlab chiquvchilarning so’zlariga ko’ra, virtual avatar yaratish uchun 2 daqiqa vaqt ketgan. Neyrotarmoq hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, barcha uchun ishlatish ochilganida albatta kanalda e’lon qilamiz. Bu video neyrotarmoq tomonidan yaratilganligini bilmaganingizda, haqiqiy videodan ajrata olarmidingiz? 📟 DigiTech