AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 53 749 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 450,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 380 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 53 749 名订阅者。
根据 12 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 1 622,过去 24 小时变化为 -462,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 24.26%。内容发布后 24 小时内通常能获得 18.63% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 149 次浏览,首日通常累积 10 098 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 112。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 13 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
53 749
订阅者
-46224 小时
+2 8237 天
+1 62230 天
帖子存档
53 964
💫 Perseid meteorit yomg’iri butun dunyo osmonini yoritdi
Qum donasidek meteoritlar Yer atmosferasiga 215 000 km/soat tezlikda kirib, chiroyli manzara yaratadi – bu sayyora uchun xavfsiz.
Ispaniyalik fotograf meteor va Somon yo’lini suratga oldi. Boshqa fotograf esa Uay vodiysida (Buyuk Britaniya) 3 soat vaqt o’tkazib, ko’plab meteoritlarni suratga oldi va ularni bitta rasmga birlashtirdi.
Siz ham shunday manzara guvohi bo’ldingizmi?
📟 DigiTech
53 964
🔊ChatGPT o’rnatilgan dunyodagi birinchi Bluetooth-kolonka namoyish etildi
Vifa ChatMini ChatGPT asosidagi ovozli yordamchi bilan jihozlangan. Odatiy suhbatlar va savollarga javoblardan tashqari, Vifa ChatMini foydalanuvchilarni emotsional holatiga qarab tinchlantirishi, ko’nglini ko’tarishi va maslahatlar berishi mumkin.
Ingliz va xitoy tillarini qo’llab-quvvatlaydi. AQShdagi narxi 259 dollar.
📟 DigiTech
53 964
🥣 Yangi Zelandiyadagi oziq-ovqat do’koni oshpaz neyrotarmoqni yaratdi
Supermarketdagilar mahsulotlar qoldiqlaridan taom retseptini tuzib beruvchi neyrotarmoq yaratishdi. Ishlatish oson, muzlatgichda qanday mahsulotlar borligini kiritish kifoya va sun’iy intellekt sizga taom retseptini yozib beradi.
Biz ham sinab ko’rdik, endi bizda «mazali olmali va pomidorli tovuq go’shti» retsepti mavjud :)
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
53 964
🚛 Masofaviy pultda boshqariladigan kichik mashinalar bilan hechkimni hayratlantirib bo’lmaydi, pultda boshqariladigan katta yuk mashinasi bilanchi?
📟 DigiTech
53 964
▪️ChatGPT AQSh ta’lim muassasalarini yillar bo’yicha orqaga surmoqda
Talabalar ChatGPT-dan faol foydalanishadi va o’qituvchilar talabaning haqiqiy ishini neyron tarmoq tomonidan yozilganidan ajrata olishmaydi. Tobora ko’proq ta’lim muassasalari raqamli tizimdan voz kechishmoqda (kompyuterda nazorat ishlari va imtihonlar) va yana qog’ozli tizimga o’tishmoqda.
Bundan tashqari, endi talabalar o’z fikrlari mustaqil ekanligini isbotlash uchun qoralama ko’rsatishlari kerak.
📟 DigiTech
53 964
🔊 Urbanista startapi quvvatlantirilishi shart bo’lmagan Bluetooth-kolonkani namoyish etdi. U o’rnatilgan quyosh panelidan quvvatlanadi.
Kolonka ikkita 10 vattli dinamikga ega va IP67 standarti bo’yicha namlikdan himoyalangan. To’liq zulmatda batareya 30 soatga yetadi, to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurida ideal sharoitda esa "cheksiz" ishlaydi.
Narxi — 149 dollar.
📟 DigiTech
53 964
▪️Google Chrome maqolalarni qisqacha tavsiflashni o’rgandi
Ilovaning IOS va Android uchun beta-versiyasida “Generate” tugmasi paydo bo’ldi, uni bosganingizdan so’ng sun’iy intellekt sizga sahifa mazmunini qisqacha yozib beradi.
Kompyuterdagi Chrome uchun ham bu funksiya tez orada qo’shiladi. Ommaviy versiyasi bir oy ichida chiqarilishi kutilmoqda.
📟 DigiTech
53 964
🚘 Lamborghini kompaniyasi o’zining birinchi elektromobilini namoyish etdi
Italiyaliklar elektromobillarni Lanzador sport kross-kupesidan boshlab ishlab chiqarishga o’tishga qaror qilishdi. U to’rt o’rindiqli, keng bagajga va sport avtomobillari standartlari bo’yicha ancha baland klirensga ega.
Avtomobil xususiyatlari haqida ma’lumot berishmadi. Avtomobil hozircha eng sodiq va badavlat Lamborghini xaridorlari uchun kichik partiyalarda ishlab chiqariladi, seriyali versiyasi esa faqat 2028-yilda chiqadi.
📟 DigiTech
53 964
🦖Yaponiyada dinozavrli poyezd ishga tushirildi. U dinozavrlar suyaklari qazish joyi yaqinida joylashgan mamlakatdagi eng yirik paleontologik muzeylardan biriga e’tiborni tortish uchun yaratilgan.
Elektr poyezdning o’zi 1973-85 yillarda Tokyo Sharyo zavodi tomonidan qurilgan 12 nusxadan biridir. 2021 yilda u mahalliy tashuvchilar tomonidan sotib olindi va rassomlarga qayta ishlash uchun berildi.
📟 DigiTech
53 964
▪️Google hayotiy maslahatlar beruvchi va hayotiy tajribalar bilan o’rtoqlashuvchi sun’iy intellekt yordamchisini sinovdan o’tkazmoqda
Google hozircha generativ sun’iy intellektlar bo’yicha raqobatda ancha orqada va so’nggi oylarda ushbu sohadagi tadqiqotlar samaradorligini oshirish yo’llarini qidirmoqda.
Ularning asosiy maqsadi hayotdagi barcha vaziyatlarda shaxsiy murabbiy va maslahatchi bo’la oladigan sun’iy intellekt yaratish.
📟 DigiTech
53 964
🍽️ Kitchen Robotics kompaniyasi soatiga 75 ta taom tayyorlaydigan robot-oshpazni namoyish etdi
Retseptlarni o’zingiz kiritishingiz mumkin: bu sho’rvalar, salatlar, spagetti, kotlet bilan kartoshka pyuresi va boshqalar bo’lishi mumkin.
Robot obuna orqali oyiga 3 970 dollar evaziga sotiladi - narx o’rnatish, texnik xizmat ko’rsatish va 24/7 qo’llab-quvvatlashni o’z ichiga oladi.
📟 DigiTech
53 964
⌚️Apple butunlay yangi Apple Watch X ni ishlab chiqmoqda
Soat yangi dizaynda ishlab chiqariladi va ancha yupqaroq bo’ladi - bu 7-seriyadan keyingi birinchi yirik yangilanish. To'qqizinchi avlod esa tashqi ko’rinishda o’zgarmaydi.
Ma’lumki, Apple Watch X ga qon bosimi sensori o’rnatiladi. Ekran miniLED texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqariladi - bu qurilmani bir zaryadda ko’proq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi.
Qurilma 2024 yoki 2025 yillarda chiqishi kutilyapti - bu Apple aqlli soatlarining o’n yilligiga to’g’ri keladi.
📟 DigiTech
53 964
▪️X ijtimoiy tarmog’i Twitter brendi ostidagi ofis buyumlarini auktsionga qo’yadi
X ijtimoiy tarmog’i rebrendingdan so’ng Twitter timsollari, turli eski, keraksiz buyumlar va yaxshi holatda bo’lgan mulklar, shuningdek ofis buyumlarini auktsionga qo’yishga qaror qildi.
Heritage Global Partners auktsion uyi ma’lumotlariga ko’ra, X mulki 12 dan 14 sentyabrgacha kim oshdi savdosiga qo’yiladi, kompaniya 584 ta lotni qo’yadi.
Twitter ofisidan biror narsa olishni xohlarmidingiz?
📟 DigiTech
53 964
📲 iPhone 15 Pro birinchi bor benchmarkda sinovdan o’tkazildi
Apple kompaniyasining yangi liniyasidagi smartfon Geekbench benchmarkida sinovdan o’tkazildi. Sinov natijasiga ko’ra, platforma 6 yadroga ega va maksimal chastotasi 3,7 gigagerts.
Bir yadroli testda qurilma 3269 ball, ko’p yadroli testda esa 7666 ball to’pladi. Natija hozirgi modelga qaraganda ancha yaxshiroq.
📟 DigiTech
53 964
🤖 Xitoyning Unitree robo-itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, H1 odamsimon robotlarni ishlab chiqarishni boshladi
1,8 metr bo’yi va 47 kg og’irlikdagi prototip allaqachon yaxshi yuradi va hatto qattiq tepganda ham muvozanatni saqlay oladi. Unga 3D LiDAR sensori, chuqurlik kamerasi va Intel Core chiplari o’rnatilgan.
Ular 3-10 yil ichida uni ideal darajaga yetkazishga va narxi 90 000 dollardan past bo’lishiga va’da berishmoqda.
📟 DigiTech
53 964
🎥 Netflix sun’iy intellekt bilan bog’liq, ish haqi 900 000 dollargacha bo’lgan ish o’rinlarini ochdi
Netflix yiliga 300 000 dan 900 000 dollargacha maosh oladigan sun’iy intellekt platformasi mahsulotlari menejeri uchun ish o’rinlarini ochdi.
Kompaniya sun’iy intellektdan nafaqat yangi tavsiyalar algoritmlarini ishlab chiqish uchun, balki "ajoyib kontent yaratish" uchun ham foydalanish niyatida.
📟 DigiTech
53 964
📱OnePlus kompaniyasi smartfondan yomg’irda foydalanish imkonini beruvchi texnologiyani namoyish etdi
Aksariyat smartfonlarga suv tushganda noto’g’ri teginishlarni ham xisoblaydigan sensorli displeylar o’rnatiladi. Yangi OnePlus Rain Water Touch texnologiyasi maxsus chip va bir nechta algoritmlardan foydalangan holda, hatto kuchli yomg’irda ham displeydan muammosiz foydalanish imkonini beradi, buni kompaniya OnePlus Ace 2 Pro’ni iPhone 14 Pro bilan solishtirish orqali ko’rsatdi.
Sizni ham telefoningiz ekraniga bir tomchi suv tushsa o’zidan - o’zi ishlab ketadimi? 😄
📟 DigiTech
53 964
53 964
🗂️ Excel bo’yicha jahon chempionati borligini bilasizmi?
Ketma-ket uchinchi yil va hatto Microsoft ko’magida o’tkazilmoqda! Bu yil final Las-Vegasda bo’lib o’tadi va g’olib 15 400 dollar oladi.
Tanlovning mohiyati shundan iboratki, ishtirokchilar cheklangan vaqt ichida jadvallar yordamida turli masalalarni yechadilar. Qancha ko’p to’g’ri javob bo’lsa, shuncha ko’p ball.
📟 DigiTech
53 964
🎥 Bu video to’liq Heygen neyrotarmog’ida generatsiya qilingan
Ovoz, yuz ifodalari, imo-ishoralar - bularning barchasini sun’iy intellekt generatsiya qilgan. Ishlab chiquvchilarning so’zlariga ko’ra, virtual avatar yaratish uchun 2 daqiqa vaqt ketgan.
Neyrotarmoq hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, barcha uchun ishlatish ochilganida albatta kanalda e’lon qilamiz.
Bu video neyrotarmoq tomonidan yaratilganligini bilmaganingizda, haqiqiy videodan ajrata olarmidingiz?
📟 DigiTech
