uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 53 563 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 467-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 388-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 53 563 obunachiga ega bo‘ldi.

13 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 1 378 ga, so‘nggi 24 soatda esa -453 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 24.50% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 19.07% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 13 171 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 10 252 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 113 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 14 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

53 563
Obunachilar
-45324 soatlar
+2 5777 kunlar
+1 37830 kunlar
Postlar arxiv
🎙️Ovozni klon qiluvchi neyrotarmoq PlayHT neyrotarmog’i yordamida ovozni klonlash va u bilan istalgan videoga ovoz berish mumkin. Buning uchun qisqa audio yozib yuklash kifoya. O’zbek tilida klonlash hozircha mavjud emas, lekin boshqa ko’plab tillarda ovozni klonlash mumkin. Bepul, chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚘 1360 ot kuchiga ega Lamborghini Lanzador elektromobili aks etgan birinchi video. 📟 DigiTech

⌚️95% bilaguzuklarda xavfli bakteriyalar mavjud Olimlar tasodifiy ko’ngillilarning 20 ta bilaguzuklarini o’rganishdi va deyar
⌚️95% bilaguzuklarda xavfli bakteriyalar mavjud Olimlar tasodifiy ko’ngillilarning 20 ta bilaguzuklarini o’rganishdi va deyarli barcha bilaguzuklar teri bakteriyalari va 60% infektsiyani keltirib chiqaradigan ichak bakteriyalari bilan ifloslanganligini aniqlashdi. Eng ko’p bakteriyalar matoli bilaguzuklarda, keyin plastik, kauchuk va terida. Eng kam bakteriyalar esa oltin bilaguzuklarda. 📟 DigiTech

⏰ Tenerife orolida vaqtni sekinlashtiradigan noyob anomaliya topildi Atlantika okeanidagi Tenerife orolida hayratlanarli tabi
Tenerife orolida vaqtni sekinlashtiradigan noyob anomaliya topildi Atlantika okeanidagi Tenerife orolida hayratlanarli tabiiy hodisa - vaqtning sekinlashishiga olib keladigan gravitatsiya effekti topildi. Bosh tadqiqotchi ushbu hodisa orol aholisiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini, buning natijasida ular uzoq umr ko’rishlarini qo’shimcha qildi. Kanar orollari ma’lumotlariga ko’ra, Tenerifeda umr ko’rish davomiyligi 15 yilga oshgan va o’sishda davom etmoqda. Olimlarning ishonchi komilki, bu kashfiyot gravitatsion to’lqin bo’yicha keyingi tadqiqotlar uchun muhim qadam bo’ladi. Misha okean atmen, orolga ko’chamiz :) 📟 DigiTech

💫 Perseid meteorit yomg’iri butun dunyo osmonini yoritdi Qum donasidek meteoritlar Yer atmosferasiga 215 000 km/soat tezlikd
+1
💫 Perseid meteorit yomg’iri butun dunyo osmonini yoritdi Qum donasidek meteoritlar Yer atmosferasiga 215 000 km/soat tezlikda kirib, chiroyli manzara yaratadi – bu sayyora uchun xavfsiz. Ispaniyalik fotograf meteor va Somon yo’lini suratga oldi. Boshqa fotograf esa Uay vodiysida (Buyuk Britaniya) 3 soat vaqt o’tkazib, ko’plab meteoritlarni suratga oldi va ularni bitta rasmga birlashtirdi. Siz ham shunday manzara guvohi bo’ldingizmi? 📟 DigiTech

🔊ChatGPT o’rnatilgan dunyodagi birinchi Bluetooth-kolonka namoyish etildi Vifa ChatMini ChatGPT asosidagi ovozli yordamchi bilan jihozlangan. Odatiy suhbatlar va savollarga javoblardan tashqari, Vifa ChatMini foydalanuvchilarni emotsional holatiga qarab tinchlantirishi, ko’nglini ko’tarishi va maslahatlar berishi mumkin. Ingliz va xitoy tillarini qo’llab-quvvatlaydi. AQShdagi narxi 259 dollar. 📟 DigiTech

🥣 Yangi Zelandiyadagi oziq-ovqat do’koni oshpaz neyrotarmoqni yaratdi Supermarketdagilar mahsulotlar qoldiqlaridan taom rets
🥣 Yangi Zelandiyadagi oziq-ovqat do’koni oshpaz neyrotarmoqni yaratdi Supermarketdagilar mahsulotlar qoldiqlaridan taom retseptini tuzib beruvchi neyrotarmoq yaratishdi. Ishlatish oson, muzlatgichda qanday mahsulotlar borligini kiritish kifoya va sun’iy intellekt sizga taom retseptini yozib beradi. Biz ham sinab ko’rdik, endi bizda «mazali olmali va pomidorli tovuq go’shti» retsepti mavjud :) 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚛 Masofaviy pultda boshqariladigan kichik mashinalar bilan hechkimni hayratlantirib bo’lmaydi, pultda boshqariladigan katta yuk mashinasi bilanchi? 📟 DigiTech

▪️ChatGPT AQSh ta’lim muassasalarini yillar bo’yicha orqaga surmoqda Talabalar ChatGPT-dan faol foydalanishadi va o’qituvchil
▪️ChatGPT AQSh ta’lim muassasalarini yillar bo’yicha orqaga surmoqda Talabalar ChatGPT-dan faol foydalanishadi va o’qituvchilar talabaning haqiqiy ishini neyron tarmoq tomonidan yozilganidan ajrata olishmaydi. Tobora ko’proq ta’lim muassasalari raqamli tizimdan voz kechishmoqda (kompyuterda nazorat ishlari va imtihonlar) va yana qog’ozli tizimga o’tishmoqda. Bundan tashqari, endi talabalar o’z fikrlari mustaqil ekanligini isbotlash uchun qoralama ko’rsatishlari kerak. 📟 DigiTech

🔊 Urbanista startapi quvvatlantirilishi shart bo’lmagan Bluetooth-kolonkani namoyish etdi. U o’rnatilgan quyosh panelidan qu
+2
🔊 Urbanista startapi quvvatlantirilishi shart bo’lmagan Bluetooth-kolonkani namoyish etdi. U o’rnatilgan quyosh panelidan quvvatlanadi. Kolonka ikkita 10 vattli dinamikga ega va IP67 standarti bo’yicha namlikdan himoyalangan. To’liq zulmatda batareya 30 soatga yetadi, to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurida ideal sharoitda esa "cheksiz" ishlaydi. Narxi — 149 dollar. 📟 DigiTech

▪️Google Chrome maqolalarni qisqacha tavsiflashni o’rgandi Ilovaning IOS va Android uchun beta-versiyasida “Generate” tugmasi paydo bo’ldi, uni bosganingizdan so’ng sun’iy intellekt sizga sahifa mazmunini qisqacha yozib beradi. Kompyuterdagi Chrome uchun ham bu funksiya tez orada qo’shiladi. Ommaviy versiyasi bir oy ichida chiqarilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Lamborghini kompaniyasi o’zining birinchi elektromobilini namoyish etdi Italiyaliklar elektromobillarni Lanzador sport kro
+5
🚘 Lamborghini kompaniyasi o’zining birinchi elektromobilini namoyish etdi Italiyaliklar elektromobillarni Lanzador sport kross-kupesidan boshlab ishlab chiqarishga o’tishga qaror qilishdi. U to’rt o’rindiqli, keng bagajga va sport avtomobillari standartlari bo’yicha ancha baland klirensga ega. Avtomobil xususiyatlari haqida ma’lumot berishmadi. Avtomobil hozircha eng sodiq va badavlat Lamborghini xaridorlari uchun kichik partiyalarda ishlab chiqariladi, seriyali versiyasi esa faqat 2028-yilda chiqadi. 📟 DigiTech

+2
🦖Yaponiyada dinozavrli poyezd ishga tushirildi. U dinozavrlar suyaklari qazish joyi yaqinida joylashgan mamlakatdagi eng yirik paleontologik muzeylardan biriga e’tiborni tortish uchun yaratilgan. Elektr poyezdning o’zi 1973-85 yillarda Tokyo Sharyo zavodi tomonidan qurilgan 12 nusxadan biridir. 2021 yilda u mahalliy tashuvchilar tomonidan sotib olindi va rassomlarga qayta ishlash uchun berildi. 📟 DigiTech

▪️Google hayotiy maslahatlar beruvchi va hayotiy tajribalar bilan o’rtoqlashuvchi sun’iy intellekt yordamchisini sinovdan o’t
▪️Google hayotiy maslahatlar beruvchi va hayotiy tajribalar bilan o’rtoqlashuvchi sun’iy intellekt yordamchisini sinovdan o’tkazmoqda Google hozircha generativ sun’iy intellektlar bo’yicha raqobatda ancha orqada va so’nggi oylarda ushbu sohadagi tadqiqotlar samaradorligini oshirish yo’llarini qidirmoqda. Ularning asosiy maqsadi hayotdagi barcha vaziyatlarda shaxsiy murabbiy va maslahatchi bo’la oladigan sun’iy intellekt yaratish. 📟 DigiTech

🍽️ Kitchen Robotics kompaniyasi soatiga 75 ta taom tayyorlaydigan robot-oshpazni namoyish etdi Retseptlarni o’zingiz kiritishingiz mumkin: bu sho’rvalar, salatlar, spagetti, kotlet bilan kartoshka pyuresi va boshqalar bo’lishi mumkin. Robot obuna orqali oyiga 3 970 dollar evaziga sotiladi - narx o’rnatish, texnik xizmat ko’rsatish va 24/7 qo’llab-quvvatlashni o’z ichiga oladi. 📟 DigiTech

⌚️Apple butunlay yangi Apple Watch X ni ishlab chiqmoqda Soat yangi dizaynda ishlab chiqariladi va ancha yupqaroq bo’ladi - b
⌚️Apple butunlay yangi Apple Watch X ni ishlab chiqmoqda Soat yangi dizaynda ishlab chiqariladi va ancha yupqaroq bo’ladi - bu 7-seriyadan keyingi birinchi yirik yangilanish. To'qqizinchi avlod esa tashqi ko’rinishda o’zgarmaydi. Ma’lumki, Apple Watch X ga qon bosimi sensori o’rnatiladi. Ekran miniLED texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqariladi - bu qurilmani bir zaryadda ko’proq vaqt xizmat qilishini ta’minlaydi. Qurilma 2024 yoki 2025 yillarda chiqishi kutilyapti - bu Apple aqlli soatlarining o’n yilligiga to’g’ri keladi. 📟 DigiTech

▪️X ijtimoiy tarmog’i Twitter brendi ostidagi ofis buyumlarini auktsionga qo’yadi X ijtimoiy tarmog’i rebrendingdan so’ng Twi
▪️X ijtimoiy tarmog’i Twitter brendi ostidagi ofis buyumlarini auktsionga qo’yadi X ijtimoiy tarmog’i rebrendingdan so’ng Twitter timsollari, turli eski, keraksiz buyumlar va yaxshi holatda bo’lgan mulklar, shuningdek ofis buyumlarini auktsionga qo’yishga qaror qildi. Heritage Global Partners auktsion uyi ma’lumotlariga ko’ra, X mulki 12 dan 14 sentyabrgacha kim oshdi savdosiga qo’yiladi, kompaniya 584 ta lotni qo’yadi. Twitter ofisidan biror narsa olishni xohlarmidingiz? 📟 DigiTech

📲 iPhone 15 Pro birinchi bor benchmarkda sinovdan o’tkazildi Apple kompaniyasining yangi liniyasidagi smartfon Geekbench ben
📲 iPhone 15 Pro birinchi bor benchmarkda sinovdan o’tkazildi Apple kompaniyasining yangi liniyasidagi smartfon Geekbench benchmarkida sinovdan o’tkazildi. Sinov natijasiga ko’ra, platforma 6 yadroga ega va maksimal chastotasi 3,7 gigagerts. Bir yadroli testda qurilma 3269 ball, ko’p yadroli testda esa 7666 ball to’pladi. Natija hozirgi modelga qaraganda ancha yaxshiroq. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning Unitree robo-itlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, H1 odamsimon robotlarni ishlab chiqarishni boshladi 1,8 metr bo’yi va 47 kg og’irlikdagi prototip allaqachon yaxshi yuradi va hatto qattiq tepganda ham muvozanatni saqlay oladi. Unga 3D LiDAR sensori, chuqurlik kamerasi va Intel Core chiplari o’rnatilgan. Ular 3-10 yil ichida uni ideal darajaga yetkazishga va narxi 90 000 dollardan past bo’lishiga va’da berishmoqda. 📟 DigiTech

🎥 Netflix sun’iy intellekt bilan bog’liq, ish haqi 900 000 dollargacha bo’lgan ish o’rinlarini ochdi Netflix yiliga 300 000
🎥 Netflix sun’iy intellekt bilan bog’liq, ish haqi 900 000 dollargacha bo’lgan ish o’rinlarini ochdi Netflix yiliga 300 000 dan 900 000 dollargacha maosh oladigan sun’iy intellekt platformasi mahsulotlari menejeri uchun ish o’rinlarini ochdi. Kompaniya sun’iy intellektdan nafaqat yangi tavsiyalar algoritmlarini ishlab chiqish uchun, balki "ajoyib kontent yaratish" uchun ham foydalanish niyatida. 📟 DigiTech