uk
Feedback
Lingvist Iroda Azimova

Lingvist Iroda Azimova

Відкрити в Telegram

Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar

Показати більше
3 844
Підписники
+924 години
+987 днів
+27230 день
Архів дописів
Repost from Uzbekonomics
​​Brown universiteti professori talabalariga oraliq imtihonni uyga berib yuborgan (uydan turib imtihon topshirish uchun). Yakuniy imtihonni esa darsxonada, jonli qilgan. To'q sariq rangda oraliq imtihon baholari, kulrang rangda esa yakuniy imtihon baholari. Farqni qarang. Mening ba'zi talabalarimda ham shuni sezgandam, uy vazifalarida to'liq 100% oladigan talabalar sinfdagi imtixonlardan 50-60% ham olishadi. Ba'zida uy vazifa savolini birga-bir imtixonda qaytarib bersam ham. Bundan bilar edimki o'sha talabalar uy vazifasini juda katta ehtimol bilan AIda qiladi. Browndagi professor shu kuzatuvimni kengroq ko'lamda qilibdi. Xulosa shuki, talabalar uy vazifa/uy imtixonlarini AIda qilishyapti. Sinfda deyarli shu savollarni imtixon qilib bersangiz farq katta. Kuzgi semestrda shuni yana sinab ko'raman. Aytgancha, #1 va #22 talabalarga qoyil! @uzbekonomics

Maʼlumotni shunchaki yetkazish ham aslida talqindir. Buni oyina uz da chiqqan lotin alifbosi bo‘yicha jamoat faollari (xususan mening ham) fikrlarini o‘zgarishsiz berib, ammo uni qanday tartiblaganida ko‘rishimiz mumkin. https://oyina.uz/uz/article/4859 Yashanglar, qoyil! @psixolingvist

O‘g‘limdan aforizmsifat gap: Bo‘yi baland odamga boshqalarning bo‘yi undan qanchalik pastligi qiziq emas, eʼtibor qilmaydi. Lekin bo‘yi pastlarga bo‘yi balandlar undan qanchalik balandligi qiziq. @psixolingvist

Sharhlovchimiz niyatiga yetdi 😒

Shu sharhlovchimiz Messini muxlisimi deyman-da. Tarafkashligini berkita olmayapti.

O‘zbekiston gol urganday xursand bo‘lyapmaneee

2023-yili eʼlon qilgan postimni qayta qo‘yyapman. Post ham emas, filologiya fanlari doktori Aziz Jo‘rayevning kitoblaridan parcha. Kitob 2017-yil chiqqan. Postni 2023da qo‘yganman. O‘sha yili universitetda alifbo islohoti masalasida yig‘ilish bo‘lgan, o‘sha yerda ishlayotgan bo‘lishimga qaramay, shunday yig‘ilish bo‘lganini uyga kelib kechqurun facebookdan bilganman. Tushunishimcha, mening islohotga qarshiligimni bilishgani uchun universitetning ikkita til kafedrasidan bittasining mudiri bo‘lishimga qaramay, meni yig‘ilishga chaqirishmagan. Hozir ham bir narsa o‘zgarishiga ishonmayapmanu, lekin yetuk tilshunos olimning bu mavzu yuzasidan fikrini xalq bilishi kerak deb hisoblaganim uchun ulashyapman: Standart o‘zbek tilining (og‘zaki va yozma lingvodidaktik namunaning) vujudga kelishi va shakllanishini o‘zbek tilining maorif tizimiga kiritilishi, maktabda fan sifatida o‘qitilishi bilan, ya'ni XX asrning boshi bilan, bog‘lashimiz mumkin ( yana qiyoslang: "1930 yilgacha o‘rta maktablarda o‘zbek tilidagi ta'lim tajribaviy xarakterda edi" Arxangel'skiy, 1962, 348, sn. 1). Deyarli bir asr davomida o‘zbek yozuvi va imlosini isloh qilish yoki almashtirish bilan bog‘liq tadbirlar (1922, 1929, 1934, 1940, 1956, 1993, 1995) yozma o‘zbek tilini surunkali beqarorlikka duchor etdi. Buning oqibatida madaniyatimizda matn tanazzuli hodisasi yuz berdi. Islohotlar oralig‘ida yaratilgan lingvodidaktik matnlar orasida yozuv, imlo, talaffuz, punktuatsiya va uslub jihatidan ilgari shakllangan yoki shakllanayotgan uyg‘unlik uzluksiz ravishda buzilib bordi (bu haqda qarang: Aziz B.Džuraev, 2001, 299-300; Aziz B. Djuraev, 2001, 20-29; Djuraev, 2006, 30-33). Alifboning imlo bilan, imloning talaffuz (orfoepiya) bilan, oxirgi ikkalasining matn an'analari bilan, matn an'analarining ritorika bilan, ritorikaning esa uslublar bilan bog‘liqligi har islohotda murakkab o‘zgarishlar zanjirini keltirib chiqaraverdi. Har safar lingvodidaktik namuna sindirilib, yangisini yaratish uchun vaqt, mehnat va pul sarf qilinaverdi. Har safar o‘zbeklar lisoniy ongiga  o‘zgartirish kiritilib,  ongning kodifikatsiyalangan normani his qilish, saralash va nazorat qilish qobiliyati qayta shakllantirilaverdi. Bu hol standart o‘zbek tilining (yozma va og‘zaki lingvodidaktik namunaning) mavjudlik shakliga ta’sir etmay qolmadi. Uning hech bir davrda to‘laqonli rivoj topa olmagani ham shundandir. O‘zbekcha lingvodidaktik namuna tarixidagi murakkabliklar faqat shu bilangina cheklanmaydi. Bu o‘rinda o‘zbek tili tarqalgan asosiy hududning (O‘zbekistonning) kech markazlashishi, o‘zbek tilining lingvodidaktikaga kech kiritilishi, ko‘p shevalilik, ruslashtirish siyosati, aholi etnik integratsiyasining zaifligi, urbanizatsiyaning rivoj topmagani, qashshoqlik, va, nihoyat, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar orasida funksional savodning pastligi tilning standartlashishiga jiddiy to‘g‘anoq bo‘lganini eslatib o‘tish kerak. Standart o‘zbek tili (lingvodidaktik namuna sifatida) XX asr davomida didaktik ratsionalizatsiyalashtirish va davlat miqyosida rasmiylashtirishga urinishning turli shakllarini boshidan kechirdi. Jo‘rayev A. Standart o‘zbek tili. Toshkent, 2017. 8-9. @psixolingvist

#alifbo To‘g‘ri, muhim masalalarda siyosiy iroda bo‘lishi muhim. Men juda hurmat qiladigan jurnalistimiz Ilyos Safarov alifboni shu tarzdagi islohi maʼqul bo‘lgani uchun ham bunga ijobiy munosabat bildiryapti. Men esa avvalboshidan qarshi edim. Chunki alifbodagi islohot insonning harflab emas, yaxlit so‘zni o‘qiy olishiga xizmat qiluvchi omillardan biri — so‘zda harflar sonini o‘zgartiradi. Bu degani butun o‘zbeklarda o‘qish kognitiv jarayoni maʼlum muddat sekinlashadi, degani. Ha, to‘g‘ri, o‘rganib ketamiz... Ammo unga vaqt kerak bo‘ladi. Alifbo islohoti bilan yana "assalom, imlo xatolari" bo‘ladi. Umid qilamanki, shu bilan nuqta qo‘yamiz... Bir soha rivojlanishi uchun maʼlum vaqt barqarorlik kerak... @psixolingvist

Gazeta uz nashrining "Sening yoshliging menda bo‘lsaydi" loyihasida Zulfiya Rashidova. Zulfiya o‘z ishini yaxshi ko‘radigan, yaxshi uddalaydigan, o‘qituvchi bo‘lib nafaqat ishlaydigan balki o‘qituvchilikda yashaydigan mutaxassis. Savollarga samimiy javob berilgani bilan esingizda qoladigan ko‘rsatuv. @psixolingvist

Adolat yuzasidan ushbu ko‘rsatuvni ulashib qo‘yishim kerak deb o‘yladim. Rustam Ashurmatovning intervyusi. Vaziyatga adekvat baho bera olganiga tan berdim. Xususan, tantana bilan kutib olishganidan futbolchilarimiz o‘zlarini noqulay his qilganini, biz bunga arzirlik o‘yin ko‘rsatmadik deb aytganini o‘ziga hurmatim oshdi. O‘n ballik sistemada jamoaning o‘yinini ikkiga baholadi, o‘n bitta gol bu juda ko‘p ekanligini taʼkidladi. Lekin yana jahon chempionatiga chiqamiz va unda o‘zimizni, vatanparvarligimizni yaxshiroq ko‘rsatamiz dedi va men ham chin dildan niyatiga qo‘shildim.

Bugun eshitgan hazilim: "Murabiiyga besh million to‘lab beshu nolga yutqazdik. Pul bermasak bo‘larkan, 0:0 bo‘lsa, harna bir ochko olardik" Manba: https://www.instagram.com/reel/DaCvHxdOKxA/?igsh=MThmdG52ZnJ6cDk3Yw==

Tuzatish Ushbu sheʼr muallifi Mashrab Boboyev ekan. Postni Habiba Hamdam kanalidan qayta ulashganim uchun tahrir qila olmayman.

biz insonmiz: kuchimiz va toqatimizning chegarasi bor, u bitmas-tuganmas emas. Bitmas-tuganmas nima bor bizda? UMID! Biz har
biz insonmiz: kuchimiz va toqatimizning chegarasi bor, u bitmas-tuganmas emas. Bitmas-tuganmas nima bor bizda? UMID! Biz har qanday holatimizda ibodati xarob, toqati shikasta holimizda ham Allohning marhamatiga umid qila olamiz. Va balki mohiyat shu... Insonga berilgan qudrat aynan shu — marhamatga umid qila olish. Chunki bu kontekstda "men" yo‘q, U bor. @psixolingvist

Ustozlik haqida Baxtingdir ustozning qo‘lini olsang, Lekin, ustozni ham tanlab ololsang. Ustozning qimmati menimcha shulkim –
Ustozlik haqida Baxtingdir ustozning qo‘lini olsang, Lekin, ustozni ham tanlab ololsang. Ustozning qimmati menimcha shulkim – Uzoqmi-yaqinmi uni tuyolsang. Mayliga, orangiz bo‘lsa-yu yiroq, U senga har kuni bermasa saboq, Lekin, uning ismin eshitganing choq, Yurakda orziqish his eta olsang. Garchi oylab, yillab seni ko‘rmasin, Peshonangni silab, holing so‘rmasin, Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, tergab turmasin – Bas, uning nigohin sezib turolsang. Ustoz deyilganda nima ko‘rinar? Mukammal inson-u mukammal hunar. Unga, hunariga duch kelganda gar, O‘zing hunaringdan bir oz uyolsang. Ustozlar turlidir – ro‘yi, shaxsiyat: Kimda shakl bor-u, kimda mohiyat. Senga niyat bo‘lsa undagi niyat, Ustozga munosib shogird bo‘lolsang… ©Rauf Parfi, O‘zbekiston xalq shoiri @Habiba_Hamdam

(Bizning) taʼlimda qattiq gapning o‘rni Dars bilan bog‘liq bir holat esimga tushdi. Shu semestrda bir safar talabalarga uy ishini aytib, yozib kelish kerakligini tayinladim. Ammo talabalar og‘zaki gapirsak yetarli deb ijodiy yondashib kelibdi (talabalarning shu ijodiy yondashuvlari har doim o‘zining foydasiga ishlaydiyey). Yozish bu fikrni tizimlashtirish ekanligini tushuntirib, uyda yozmagani uchun darsda yozish uchun vaqt ajratdim va taʼkidladim - guruh ichida sezilmay o‘tib ketaman deb o‘ylamasin hech kim, bittalab o‘zim tekshiraman dedim. Shunga qaramay 5-10 ta talaba baribir yozmagan. Bu vaziyatda asabiylashmaslik mumkinmi?! Qattiq gapirib urishdim, qaysi bet bilan o‘zlarini shunaqa tutishlarini so‘radim, hayot, maqsadlar, ularning bu masʼuliyatsizligi o‘zining hayotiga, jamiyatga qanaqa taʼsir qilishini gapirdim, agarki o‘qishga o‘zi topshirib, o‘z xohishi bilan darsda o‘tirgan ekan maqsad shunchaki "nb" tushirmaslik emas, darsda o‘rgatilganlarni o‘rganishga intilish, aytilgan vazifani bajarish bo‘lishi kerakligini, agarki bu narsa ularga yoqmasa, marhamat qilib, talabalikdan voz kechish kerakligini vajohat bilan tushuntirdim. Ha, vajohat juda muhim bu o‘rinda! Nimaga? Bilmayman! Yoshlarimizning aksariyati yaxshi gapni olmaydi, ularga albatta baqirib-chaqirish kerak, urishish kerak. Oqibati nima bo‘ldi? Yuz foiz talaba maʼruzani diqqat bilan eshitdi. Shu bilan bog‘liq o‘ylab qoldim: biz futbolchilarimizni erkalatvormadikmi? Boshidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida yutqazganda "Kannavaro atay shunaqa qilgandir, raqiblarni chalg‘itish uchun", dedik. Kolumbiyaga yutqazganda "baribir yaxshi o‘ynadi-ku",  dedik. Portugaliyaga yutqazganida yaxshi o‘ynamaganini eʼtirof etgimiz kelmadi va hkz. O‘zi o‘ttiz to‘rt yilda jahon chempionatiga chiqishiga ham urishib-urishib, keskin tanqid, keskin hazillar bilan erishmaganmidik?! Ular endi xotirjam, yaxshi kayfiyatda, qanchadan qancha yosh bolachalarning ko‘z yoshlariga sabab bo‘lganiga zarracha xijolat his qilganini ko‘rsatmasdan (his qilmasdan demadim, his qilishgan degan umidim bor chunki) «orzuyimiz Ronaldo bilan o‘ynash edi» deb o‘tirishibdi. Odam yonishi kerak o‘z ishi uchun... Kumirlar albatta muhim, lekin ular vosita bo‘lishi kerak, maqsad emas... @psixolingvist

Shuning uchun ham bahsda shaxsiyatga o‘tmaslik kerak, gapni aytgan odamga hukm chiqarmaslik kerak, chunki sen uni umringda ko‘rmagansan, u haqida bilmaysan. Bahs-munozarada FIKRga eʼtiroz bo‘lsa, aytish va o‘shani asoslash kerak. Aks holda yuqoridagiday har bitta punkt bo‘yicha — ingliz tili, rus tili va ilm — mutlaqo noo‘rin gap aytib, o‘zi uyalib qolishi mumkin. @psixolingvist

Oyina.uz sahifasida chiqqan materialdagi mana bu joyiga qotdim. AQSH universiteti professori va gazeta uz ga ruscha tahliliy
Oyina.uz sahifasida chiqqan materialdagi mana bu joyiga qotdim. AQSH universiteti professori va gazeta uz ga ruscha tahliliy material yizadigan mutaxassisimizga bildirilgan eʼtiroz... @psixolingvist.

#kitob Syuzanna Tamaroning "Yuraging chorlagan yerga bor" asarini o‘qidim. O‘zi bu kitobni nima uchun sotib oldim, bilmayman. Asar haqida hech qayerda eshitmaganman. Kitob do‘konida eʼtiborimni tortdi, balki sarlavhasi, balki muallif ayol kishi ekanligi, balki muqova dizayni. Ha, varaqlab ko‘rdim. Matnga ko‘z yugurtirdim - tarjima silliq. Oldim. Boshidanoq fikrlar va uni ifodalash usuli menga yoqdi. Originallik bor edi. Kitob buvining nabirasi uchun yozgan kundalik shaklidagi xati sifatida bitilgan. Asarda bir tomondan, yigirmanchi asr davomidagi insoniyat dunyoqarashidagi evrilishlar bir insonning hayotiga qanday taʼsir qilgani yoritilgan, boshqa tomondan abadiy muammo - Chexov talqinida "otalar va bolalar" bo‘lsa, bu asarda onalar va qizlar muammosi yoritilgan. To‘g‘risi, bu kitobni o‘qiguncha buni u qadar katta va og‘riqli muammo sifatida ko‘rmagan edim. Asar qahramoni bir qarasang o‘ta xudbin ko‘rinadi, bir qarasang, mehrga zor o‘tgan va o‘zi ham mehrini ochiq ifodalay olmagan bechoraday. Aqlli gaplari bor, o‘qishga arziydi. Tarjima turkchadan qilingani sezilgan o‘rinlar bor. Shuningdek, ikkita gap grammatik jihatdan mutloq xato edi. Yana ikki yo uchta gapda bir so‘zga tegishli kelishik qo‘shimchasi keyingi so‘zga ham qo‘shvorilgan. Tarjima va tahrirdagi bu xatolar kitob mazmuniga putur yetkazmagan. Muallif katta mazmunni kichkina jumlalarga sig‘dirishga uringan degan taassurot qoldi menda. Shu sababdan ayrim o‘rinlarda mavhumlik va tushunarsizliklar kuzatiladi. O‘zim ham shunaqa yozishimni bilaman. Shundan uslubi menga maʼqul kelgandir balki. Bitta gap bilan ifodalasam: raso aqlli ayol o‘zini va dunyoni tushunishga urinish yo‘lidagi og‘riqlari aks etgan. @psixolingvist

Hammasi bir bo‘ldiyu, "Orzuyimiz Ronaldo bilan bitta maydonda to‘p tepish edi, shunga erishdik" deyishgani bir bo‘ldi! Dastlab o‘sha gapni eshitib, kimdir atay hazil uchun SIda yasagan deb o‘ylabman. Yo‘o‘o‘q, u haqiqiy intervyu ekan. Jahlim chiqdi, xafa bo‘ldim, lekin boshqa tomoni o‘sha futbolchimiz ham bizning bolamiz. Biz uni shunaqa qilib tarbiyalaganmiz. Bizni esa mustamlaka bo‘lgan o‘tmishimiz tarbiyalagan, biz haligacha mustamlaka bo‘lgan xalq tafakkuridan chiqib keta olmadik. Cho‘lpon "kishan kiyma, bo‘yin egma, ki SEN HAM HUR TUG‘ILG‘ONSEN!" deb ketgandi bir asr avval. @psixolingvist

Repost from hujayra.uz
O‘zbekiston universitetlari nima uchun THE World University Rankings ga kira olmayapti? Buning sabablari aslida juda oddiy. Haqiqiy top 1000 talikka kirish 18 ta mezon asosida baholanadi. Bu mezonlar orqali baholanishdan avval universitet so‘nggi besh yilda 1000 ta, har yili kamida 100 ta Web of Science va Scopus bazasidagi nufuzli jurnallarda maqola chop etgan bo‘lishi kerak. Mana shu talab bajarilgachgina keyingi mezonlar ko‘rib chiqiladi. Bizning universitetlar hozircha mana shu ilk talabni bajara olganicha yo‘q.
Xo‘sh, bu talabni bajarish uchun bizga nimalar to‘sqinlik qilmoqda? 1) O‘zbekistondagi aksariyat (barchasi desak ham bo‘ladi) universitetlar o‘qitish muassasalari hisoblanadi. Bizda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan universitetlar deyarli yo‘q hisobida. Bizda OTM professor-o‘qituvchilarining asosiy yuklamasini o‘qitish tashkil etadi. 2) Bizdagi universitetlarda ilmiy-tadqiqot ishlari deyarli moliyalashtirilmaydi. Ayni vaqtdagi top-100 talikdagi universitetlarning boshidagilar bir yilda ilmiy-tadqiqot ishlariga mlrd lab dollar sarmoya kiritadi, tabiiyki bu o‘z mevasini bermay qolmaydi. 3) Yuqori iqtibosli nashrlar ko'pincha xalqaro mualliflar bilan birgalikda yoziladi. Bunday tarmoqlar yoki madaniyat O'zbekistonda hali yetarlicha rivojlanmagan yoki endi-endi rivojlanmoqda. 4) Zamonaviy laboratoriyalar, ma'lumotlar bazalariga obuna, ilmiy jihozlar — bularning barchasi yuqori sifatli tadqiqot uchun zarur, ammo qimmat.
Qisqacha aytganda, asosiy muammo — O‘zbekistonda universitetlar o'qitish muassasasi sifatida shakllangan, tadqiqot markazi sifatida emas. Bu tuzilmaviy o'zgarish bo'lib, bir-ikki yilda emas, o'n yillarda yechiladi. Shu bois mingtalikka kirishni istasak professor-o‘qituvchilarga majburiy xalqaro maqola chiqarish talabini qo‘yishdan maʼni yo‘qligini ertaroq tushunishimiz kerak. Bir-ikki yillik bosim ostida chiqarilgan Q3-Q4 dagi vaqtinchalik Scopus jurnallarda chiqarilgan maqolalar bilan baribir dastlabki talabni bajara olmaymiz. Toki universitetlarimiz tadqiqot markazlariga aylanmas ekan, ilmiy-tadqiqot ishlari universitet tomonidan moliyalashtirilmas ekan mingtalikka kirishimiz orzuligicha qolaveradi. @hujayrauz