SSV matbuot kotibi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali Twitter: twitter.com/furqatsanayev Facebook: facebook.com/furkatsanaev Instagram: instagram.com/furkat_sanayev Vazirlik telegram kanali - @ssvuz
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel SSV matbuot kotibi
Channel SSV matbuot kotibi (@ssvmatbuotkotibi) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 126 000 subscribers, ranking 417 in the Politics category and 357 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 126 000 subscribers.
According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -4 387 over the last 30 days and by -246 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 4.62%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 3.17% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 5 823 views. Within the first day, a publication typically gains 4 003 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 4.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali
Twitter: twitter.com/furqatsanayev
Facebook: facebook.com/furkatsanaev
Instagram: instagram.com/furkat_sanayev
Vazirlik telegram kanali - @ssvuz”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Politics category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +5 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
✅ Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Sirdaryo viloyatidagi o‘rganishlari doirasida mas’ullar ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.🔃 Unda sohadagi mavjud muammolar hududlar kesimida atroflicha tahlil qilindi. 🟢 Qayd etilganidek, joriy yilning birinchi yarmida viloyatda profilaktik ko‘riklar 85,6 va skrining tekshiruvlari 94,1 foizga bajarilgan. Biroq Guliston, Oqoltin, Sirdaryo, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida bu boradagi ko‘rsatkichlar ancha past. 🔺 Shuningdek, kafolatlangan paket doirasida birlamchi bo‘g‘in muassasalarini zarur dori vositalari bilan ta’minlash, laboratoriya va diagnostika tekshiruvlarini o‘tkazish holati Sardoba, Xovos, Sayxunobod, Guliston, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida qoniqarsiz. 💻 Reimbursatsiya dasturi bo‘yicha ba’zi tuman va shaharlarda elektron retsept rasmiylashtirish ko‘rsatkichlari ham talab darajasida emas.
Yig‘ilishda ayrim birlamchi tibbiyot muassasalarida klinik protokol va davolash standartlariga to‘liq rioya etilmayotgani, ayniqsa, Sayxunobod tumanida bir qancha bemorlarga dori vositalari klinik jihatdan yetarlicha asoslanmagan holda tayinlangani qattiq tanqid qilindi.➖ Bemorlarni statsionar davolanishga yo‘naltirish bilan bog‘liq jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani, ba’zi tuman va shahar shifoxonalarida kafolatlangan paket doirasida dori vositalari bilan ta’minlanish holati qoniqarsiz ekani qayd etildi. 📋Shu bilan birga, Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, tajriba-sinov loyihasi joriy etilgan Sirdaryo tumanidagi 15 ta oilaviy poliklinikaning faqat 7 tasida stomatologiya xizmatlari autsorsing asosida tashkil etilgani aytib o‘tildi.
🎮— Bugun tizimdagi muammolarning asosiy ildizi joylardagi rahbarlarda menejerlik salohiyati va moliyaviy bilimi yetarli emasligida ham ko‘rinmoqda. Shu bois sohadagi har bir mas’ul o‘z muassasasidagi mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri baholashi, mablag‘lardan oqilona foydalanishi zarur. Agar ularning bu boradagi dunyoqarashi o‘zgarsa, tizimdagi ko‘plab muammolarga yechim topiladi, — dedi vazir.📱 Yig‘ilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar jiddiy ogohlantirildi. 🟡 Yakunda mutasaddilarga birlamchi bo‘g‘in faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat tibbiy sug‘urtasining yangi mexanizmlarini keng joriy qilish, raqamlashtirishni jadallashtirish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish kabi masalalar yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
| 2 | #Yangilik
🔴 🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
❗️Nurafshonda Koreyaning KOFIH jamg‘armasi hamkorligida o‘quv-simulyatsiya markazi ochildi
✅ Nurafshon shahrida Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filiali negizida Koreya Respublikasining KOFIH jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv-simulyatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🏥 Ta’kidlanganidek, yurtimizda Prezidentimiz tomonidan tibbiyotni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar va raqamlashtirish imkoniyatlari asosida uni xalq rozi bo‘ladigan tizimga aylantirishga qaratilgan ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘quv-simulyatsiya markazining ishga tushirilishi bu boradagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
🟢 Bu yerda tez tibbiy yordam shifokor, feldsher va hamshiralarining yurak-o‘pka reanimatsiyasi, og‘ir jarohatlar, insult, o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari, shoshilinch tug‘uruq kabi kritik vaziyatlar bilan bog‘liq amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash uchun barcha sharoit yaratilgan.
🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 2 531 |
| 3 | #Vazir_hududlarda
🔴 ‼️‼️‼️
❗️SSV: Vazir Sirdaryoda aholi va tibbiyot xodimlari bilan muloqot qildi
✅ Bugun tibbiyot tizimi oldiga qo‘yilayotgan talablar kechagidan ancha farqli. Gap faqat xizmat ko‘rsatish haqida emas, uni qanchalik sifatli, qulay va zamonaviy tashkil etish haqida bormoqda.
🔃 Shu bois endilikda sohadagi haqiqiy vaziyatni hisobot yoki qog‘ozlardagi raqamlar orqali baholab bo‘lmaydi. Buning uchun joylardagi real holat bilan tanishish, mavjud muammolarni aniqlash va ularga o‘z vaqtida yechim topish lozim.
📍 Shundan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning Sirdaryo viloyatiga safari davomida hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati, yaratilgan sharoitlar va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati atroflicha o‘rganildi.
🏥 Dastlab vazir Sirdaryo tumanidagi 4-son oilaviy poliklinikada bo‘ldi. Bu yerda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifati hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🟢 Aytish lozimki, Sirdaryo tumani Prezident farmoniga muvofiq, 15 ta namunaviy hudud qatoriga kiritilib, bu yerda sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli yo‘lga qo‘yildi.
🔺 Loyiha doirasida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tashkil etilib, mavjud birlamchi tibbiyot muassasalari oilaviy poliklinikalarga aylantirildi. Shundan 4 tasiga 2-tip, 11 tasiga 1-tip hamda 3 tasiga oilaviy poliklinika filiallari maqomi berildi.
🔬 Vazir 2-tipdagi mazkur oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishishar ekan, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish hamda tibbiy xizmatlar jarayonida raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, bu borada mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.
Vazir shundan so‘ng, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashib, hududda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha galdagi vazifalarni muhokama qildi.
🏥 Safar davomida Guliston shahridagi zamonaviy tibbiyot klasteri faoliyati ham o‘rganildi.
➖ Ushbu majmua 2021-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 4,67 gektar hududni egallagan. 310 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada nevrologiya, pulmonologiya, gematologiya, gemodializ, endokrinologiya, umumiy xirurgiya, ko’z mikrojarrohligi kabi 16 ta ixtisoslashtirilgan bo‘lim faoliyat yuritmoqda.
📱 Klasterdagi shart-sharoitlar bilan tanishish davomida bu yerda aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish lozimligiga alohida urg‘u berildi.
🟡 Shuningdek, yangi turdagi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish, aholiga ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarni hududning o‘zida sifatli ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.
📍Sirdaryo viloyati safari davom etmoqda.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 5 307 |
| 4 | 🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
🥙 Yangi o‘quv yili boshlandi. Bu davrda maktab o‘quvchilarining sog‘lom ovqatlanishi muhim. Shu bois umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va sotish taqiqlangan.
❓ Xo‘sh, ular qaysi mahsulotlar?
📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolik orqali bu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 3 218 |
| 5 | #Tibbiy_talim
🔴 ❗️❗️❗️❗️
✅ 2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
❓ Xo‘sh, bu yangi amaliyot soha mutaxassislariga qanday yengilliklar beradi?
🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 3 991 |
| 6 | 🟦🟦🟦
Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari va ustoz-murabbiylariga
Aziz talabalar!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Fursatdan foydalanib, yurtimiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining minglab talaba-yoshlari, fidoyi professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilariga eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Bugun mamlakatimizdagi 28 ta davlat va nodavlat tibbiyot oliygohida hamda qo‘shma ta’lim yo‘nalishlarida jami 91 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 9 ming nafari xorijiy talabalardir.
Qadrli yoshlar!
Bilasiz, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishida zamonaviy bilimlarga ega, kreativ fikrlaydigan yangi avlod kadrlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotir.
Shu maqsadda tibbiyot oliygohlarida zamonaviy klinik bazalar, simulyatsion markazlar, ilg‘or laboratoriyalar va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Albatta erishilayotgan natijalar quvonarli. Oldimizda esa yanada ulkan vazifalar turibdi. Kuni kecha davlatimiz rahbari tibbiyot va farmasevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishar ekan, bu boradagi ustuvor maqsadlarni belgilab berdi.
Xususan, keyingi o'quv yilidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5+1 modeli asosida amalga oshiriladigan 6 yillik “Umumiy tibbiyot” ta’lim dasturiga transformatsiya qilinadi. Bu model 5 yillik nazariy va amaliy ta’lim hamda 1 yillik uzluksiz klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida AQSHning Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi.
Bunday islohotlardan ko‘zlangan maqsad bitta! U ham bo‘lsa, tibbiyotimiz uchun fidoyi va o‘z kasbiga sodiq yangi avlod tibbiyot xodimlarini tayyorlashdan iborat.
Hurmatli talabalar!
Sizlar — mamlakatimiz tibbiyotining kelajagisiz. Tanlagan kasbingiz inson hayoti va salomatligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shu ma’noda, talabalik yillarini ulkan imkoniyatlar davri sifatida qadrlab, zamonaviy tibbiyot ilmlarini, xorijiy tillarni, raqamli texnologiyalar va yangi innovatsion yondashuvlarni puxta egallashingizga tilakdoshman.
Talabalik davringiz katta yutuqlar va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! Ilm olish va izlanishdan aslo to‘xtamang!
Yangi o‘quv yili barchangizga muborak bo‘lsin!
Eldor ADILOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vaziri.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 5 857 |
| 7 | #Bilishingiz_kerak
🔴 🟦🟦🟦
❗️ Reimbursatsiya: Aholiga 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari tekin berilmoqda
🩺 Yurtimizda aholini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Xususan, Reimbursatsiya dasturiga kirgan arterial gipertoniya, yurak ishemik, qandli diabetning 2-turi, qandsiz diabet, bronxial astma va me’da-ichak tizimi xastaliklari kabi 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari tekin berilayotganidan xabaringiz bor.
🏵 Ammo Reimbursatsiya dasturidan foydalanishni barcha yurtdoshlarimiz birdek yaxshi biladi, deb bo‘lmaydi. Shu bois uni qadam-baqadam tushuntirib o‘tmoqchimiz.
1⃣-QADAM: O‘zingiz biriktirilgan oilaviy shifokorga murojaat qilasiz.
2⃣-QADAM: U klinik protokollar asosida sizni tekshiruvlardan o‘tkazadi.
3⃣-QADAM: Kasallik tasdiqlansa, oilaviy shifokor siz uchun elektron retsept shakllantiradi.
4⃣-QADAM: Elektron retsept Doimiy faoliyatdagi hay’at raisi tomonidan tekshiriladi va tasdiqlanadi.
5⃣-QADAM: Elektron retseptda ko‘rsatilgan dori vositalarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixonadan olasiz. Mablag‘lar ushbu jamg‘arma tomonidan dorixonaga o‘tkazib beriladi.
➡️ Unutmang: 7 kun davomida dorixonaga bormasangiz, elektron retseptni qayta olishingizga to‘g‘ri keladi.
6⃣-QADAM: Elektron retsept asosida olgan dori vositalarini bir oy — 30 kun davomida qabul qilasiz.
7⃣-QADAM: Muayyan vaqtdan keyin tuzalganingiz tasdiqlansa, oilaviy shifokor sizni dispanser ro‘yxatidan chiqaradi.
‼️Eslatib o‘tamiz, agar yotib qolgan bo‘lsangiz, xonadoningizga tibbiy brigada boradi va oilaviy shifokor siz uchun elektron retsept tuzadi. Dori vositalarini oila a’zolaringizdan biri yoki patronaj hamshirasi yetkazib beradi.
💊 Reimbursatsiya dasturi doirasidagi dori vositalarini har oy tekin olishingiz mumkinligini unutmang!
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 8 662 |
| 8 | ⭕️⭕️⭕️
Buxoroda “Arzon apteka bot”dagi e’lonlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 101 turdagi dori vositasi noqonuniy savdodan olindi
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyatida “Arzon apteka bot” mobil ilovasida joylashtirilgan e’lonlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy dori vositalarini realizatsiyasi bilan bog‘liq jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Shuningdek, mazkur ilovada dorixona sifatida ko‘rsatilgan “Onlayn 5” nomli subyektning manzilida dorixona emas aslida “BTS” tezkor pochta xizmatining Buxoro viloyati ofisi faoliyat yuritayotgani fosh etildi.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 3 626 |
| 9 | 🔴 TAYINLOV
✅ Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Ziyayev Yahyo Pazlitdinovich Toshkent shahar hududlararo xospisi davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.
Y. Ziyayev 2012-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Andijon viloyat onkologiya dispanseri shifokori, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy xodimi, xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri, bemorlar kompleks diagnostikasi va davolash bo‘limi shifokori kabi lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Y. Ziyayev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi palliativ davo bo‘limi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 5 858 |
| 10 | 🔴 🟦🟦🟦
✅ Ular — haqiqiy najotkorlar... Inson hayotini saqlab qolish uchun vaqt bilan poygaga kirishadigan fidoyilar.
⏺ Shunga qaramay, ba’zan bu kasb egalarini chaqiruv vaqtida haqorat qiluvchilar, hatto ularga asossiz qo‘l ko‘taradiganlar ham uchrab turadi. Ammo oq xalatli jonkuyarlar har qanday vaziyatda ham bemor hayoti uchun kurashdan chekinmaydi.
📹 Kun.uz ijodkorlari tomonidan Farg‘ona viloyatidan tayyorlangan bu videolavhada tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining mashaqqatli va mas’uliyatli mehnati aks ettirilgan.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 233 |
| 11 | 🟦🟦🟦
Hafta yakuni: sog‘liqni saqlash sohasiga oid haftaning eng muhim voqealari dayjesti.
—
Итоги недели: дайджест важнейших событий в сфере здравоохранения.
—
Weekly review: A digest of the most important healthcare events of the week.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 575 |
| 12 | #Tibbiyot_novatorlari
🔴 🟦🟦🟦
🌟 SSV Matbuot xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan «Tibbiyot novatorlari» medialoyihasining bu galgi mehmoni — jajji yuraklar xaloskori Bobur To‘rayev.
🔺 Endigina 34 yoshni qarshilagan qahramonimiz Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Yaponiya va Avstraliyaning eng nufuzli klinikalarida tajriba orttirib, bugungacha yurtimizda 1000 dan ziyod bemor bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajargan.
📹 Yangicha formatda tayyorlangan ushbu videokontent orqali Toshkent davlat tibbiyot universiteti bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi yosh kardiojarrohining erishgan yutuqlari va operatsiya stoli ortidagi kechinmalari bilan tanishasiz.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 5 276 |
| 13 | #Yangilik
#Tibbiy_malaka
🔴✨✨✨✨
❗️O‘zbekistonda uzluksiz kasbiy ta‘lim tizimi tubdan yangilanmoqda
2027-yildan sohada yagona tartibga soluvchi regulyator, ya’ni Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi faoliyat yurita boshlaydi.
Yangi markaz faoliyati Uzluksiz kasbiy rivojlanish platformasi orqali tashkil etiladi. U 2027-yil 1-yanvarga qadar ishga tushirilib, “Tibbiy malaka” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Mazkur platforma orqali provayderlar va dasturlarning milliy reyestri yuritiladi, har bir mutaxassis uchun shaxsiy kabinet ochiladi, kreditlar hisobi olib boriladi va elektron sertifikatlar avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi.
Ish beruvchilar esa o‘z xodimlarining portfoliosi va yillik hisoboti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yiliga 50 kredit to‘plash (o‘rta tibbiyot xodimlari uchun 28 kredit) endi oddiy formallik bo‘lmay, shifokorning kelajagiga qilinadigan sarmoyaga aylanadi. Ushbu kreditlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va malaka toifasini berish jarayonida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Markaz xalqaro standartlar asosida barcha provayderlar va dasturlarni mustaqil ravishda akkreditatsiyadan o‘tkazadi, shuningdek uzluksiz tibbiy ta’lim bo‘yicha mahalliy akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️В Узбекистане кардинально преобразуется система непрерывного профессионального развития
С 2027 года в отрасли начинает работать единый регулятор — Центр непрерывного профессионального развития.
Работу нового центра обеспечит единая Платформа непрерывного профессионального развития, которую создадут до 1 января 2027 года и интегрируют с информационной системой «Тиббий малака».
Через эту платформу будет вестись национальный реестр провайдеров и программ, личные кабинеты специалистов, учёт кредитов и автоматическое формирование электронных сертификатов, а работодатели получат возможность отслеживать портфолио и годовой отчёт своих сотрудников.
Накопление 50 кредитов в год (для среднего медицинского персонала 28 кредитов) перестаёт быть простой формальностью и становится инвестицией в будущее врача. Эти кредиты будут иметь решающее значение при государственной регистрации и присвоении квалификационной категории.
Центр будет самостоятельно проводить аккредитацию всех провайдеров и программ на основе международных стандартов, а также действовать как местная организация по аккредитации непрерывного медицинского образования.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 7 191 |
| 14 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
#Malaka_oshirish
🔴✨✨✨✨
❗️Endi shifokorlar qaysi muassasada malaka oshirishini mustaqil tanlaydi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz ta’lim provayderini, dasturni va ta’lim shaklini, jumladan, ishdan ajralmasdan o‘qish imkonini beradigan masofaviy va kechki shakllarni ham erkin tanlash huquqi rasman mustahkamlanmoqda.
Shu bilan birga, kasbiy malaka oshirishni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning amaldagi hajmi to‘liq saqlab qolinadi.
Yana bir muhim jihati, moliyaviy resurslar endi vaucherlar tizimi orqali taqsimlanadi, ya’ni mablag‘ markazga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri shifokorga biriktiriladi va u o‘zi xohlagan provayderni tanlaydi.
Bugungi kunda bu sohada raqobat asosida 10 ta oliy ta’lim muassasasi, 29 ta tibbiyot markazi va 30 dan ortiq xususiy provayder faoliyat yuritmoqda. Yaqin yillarda esa ularning soni 100 tadan oshirilishi kutilmoqda.
Ushbu jarayonga butun dunyoda tan olingan hamkorlar, jumladan AQShning uzluksiz tibbiy ta’lim bo‘yicha akkreditatsiya kengashi jalb qilinmoqda. Mutaxassislar Rossiya va boshqa xorijiy davlatlarda tajriba orttiradi, 2030-yilga borib esa qamrov 100 foizga, ya’ni 600 ming nafardan ortiq xodimga yetkaziladi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Впредь врачи будут сами выбирать учреждение для повышения квалификации
За врачами официально закрепляется право свободно выбирать провайдера, программу и форму обучения, включая дистанционный и вечерний форматы, удобные для совмещения с работой.
При этом объём финансирования повышения квалификации за счёт Государственного бюджета сохраняется в полном объёме.
Важно то, что финансовые ресурсы теперь распределяются через систему ваучеров, средства закрепляются не за центром, а напрямую за врачом, который сам выбирает нужного ему провайдера. Сегодня в этой сфере на конкурентной основе ведут деятельность 10 вузов, 29 медицинских центров и более 30 частных провайдеров, а в ближайшие годы их число превысит 100.
К работе привлекаются признанные во всём мире партнёры, такие как Аккредитационный совет по непрерывному медицинскому образованию США. Специалисты будут проходить стажировку в России и в других зарубежных странах, а к 2030 году охват достигнет 100%, то есть более 600 тысяч медицинских работников.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 951 |
| 15 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
🔴✨✨✨✨
❗️Oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida, dunyoning top (1-o‘rin) hamshiralik maktabiga ega bo‘lgan Pensilvaniya universiteti (AQSH) bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi.
“Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” yo‘nalishiga o‘zgartirilib, bitiruvchi ayollarga “hamshira”, erkaklarga esa “tibbiyot og‘asi” kvalifikatsiyasi beriladi.
Bakalavriatga qabul har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi, ta’lim esa yetakchi xorijiy OTMlari bilan qo‘shma dasturlar asosida, ularning o‘quv dasturlarining kamida 70 foizini o‘zlashtirgan holda tashkil etiladi.
Bakalavriatni tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari, magistraturani tamomlaganlarga esa 2 baravari miqdorida ustama to‘lanadi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Медсестры и медбраты с высшим образованием будут получать надбавки
С 2027/2028 учебного года на базе Академии медсестер в Ташкентском государственном медицинском университете создается Школа передового медицинского сопровождения в сотрудничестве с Университетом Пенсильвании (США), чья Школа сестринского дела занимает 1-е место в мире.
Направление бакалавриата «Высшее сестринское дело» будет преобразовано в «Высшее медицинское сопровождение». Выпускникам-женщинам будет присваиваться квалификация «медицинская сестра», мужчинам — «медицинский брат».
Прием на бакалавриат будет ежегодно увеличиваться не менее чем на 20%, а обучение организуют по совместным программам с ведущими зарубежными вузами с внедрением не менее 70% их образовательных программ.
Выпускникам бакалавриата по направлению будет устанавливаться ежемесячная надбавка в размере 1 МРОТ, а выпускникам магистратуры — 2 МРОТ.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 5 862 |
| 16 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
🔴✨✨✨✨
❗️Rezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab shifokor-mutaxassislar tayyorlash to‘liq rezidentura dasturlari orqali amalga oshiriladi. Klinik ordinaturaga qabul to‘xtatiladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli qayta tayyorlash dasturlari orqali yangi tor ixtisoslikka ega bo‘lish amaliyoti bekor qilinadi.
Magistratura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlash bosqichi sifatidagi maqomini yo‘qotib, faqat ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga yo‘naltiriladi. Bunda magistraturada tahsil olishga turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari ham qabul qilinishi mumkin.
Rezidenturada ta’lim davlat granti asosida amalga oshiriladi. Qabul kvotalari hududlar, tibbiyot tashkilotlari ehtiyoji hamda alohida yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligini inobatga olgan holda tasdiqlanadi. Rezidentlar uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,15 baravari miqdorida stipendiya joriy etiladi.
Rezidenturani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga muvofiq diplom beriladi. Ushbu diplom doktoranturada ta’limni davom ettirish huquqini beradi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Резидентура станет единственным путем подготовки врачей узкого профиля
С 2027/2028 учебного года подготовка врачей-специалистов будет полностью осуществляться через программы резидентуры. Прием в клиническую ординатуру прекращается.
Также отменяется получение новой узкой специальности посредством краткосрочных программ переподготовки.
Магистратура перестает быть этапом подготовки узкопрофильных врачей и будет ориентирована исключительно на подготовку научных и научно-педагогических кадров. При этом к обучению в магистратуре смогут допускаться также выпускники смежных направлений подготовки.
Подготовка в резидентуре будет осуществляться на основе государственного гранта. Квоты приема будут утверждаться с учетом текущей потребности регионов, медицинских организаций и дефицита специалистов по отдельным направлениям. Для резидентов вводится повышенная стипендия в размере 2,15 минимального размера оплаты труда.
По завершении обучения выпускники резидентуры будут получать диплом, соответствующий 7 уровню Национальной рамки квалификаций, который предоставит право на продолжение обучения в докторантуре.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 7 338 |
| 17 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
🔴✨✨✨✨
❗️Oliy tibbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlar boshlanmoqda
“Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5+1 modeli asosida amalga oshiriladigan 6 yillik “Umumiy tibbiyot” ta’lim dasturiga transformatsiya qilinadi. Ushbu model 5 yillik nazariy va amaliy ta’lim hamda 1 yillik uzluksiz klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yagona talablar joriy etiladi. Xususan, shifokorlik mutaxassisliklari uchun minimal o‘tish balli 70 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash yo‘nalishlari uchun esa 60 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun minimal o‘tish ko‘rsatkichi kirish imtihonlaridan eng yuqori ballning kamida 60 foizi etib belgilanadi. Bakalavriat ta’lim dasturlariga qabul parametrlari sog‘liqni saqlash tizimining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ayni paytda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun talabalarning uzluksiz amaliy tayyorgarligini ta’minlaydigan o‘z yoki biriktirilgan klinik bazalarga ega bo‘lish bo‘yicha majburiy talablar belgilanadi.
Ta’lim jarayoniga dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari hamda simulyatsiya markazlarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Начинается масштабная реформа системы высшего медицинского образования с упором на качество
Направление «Лечебное дело» преобразуется в 6-летнюю программу «Общая медицина», реализуемую по модели 5+1: пять лет обучения и один год непрерывной клинической практики.
Для повышения качества подготовки вводятся единые требования к освоению образовательных программ: минимальный проходной балл составит 70% для врачебных специальностей и 60% — для подготовки среднего медицинского персонала.
Кроме того, минимальный порог для приема на платно-контрактной основе составит не менее 60% от максимального количества баллов вступительных испытаний. Параметры приема на программы бакалавриата будут формироваться исходя из реальной потребности системы здравоохранения.
Также для медицинских вузов устанавливаются обязательные требования по наличию собственных либо закрепленных клинических баз, обеспечивающих непрерывную практическую подготовку студентов.
В образовательный процесс в обязательном порядке внедряются принципы доказательной медицины и обучение практическим навыкам
в симуляционных центрах.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 505 |
| 18 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
🔴 ✨✨✨✨
❗️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yangi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etilmoqda
Yurtimizda 2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
Mutaxassislarning kasbiy malakasi mustaqil ravishda, shaffoflik prinsiplari asosida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan baholanadi.
2030-yilga qadar ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy, maxsus imtihon orqali yoki malaka toifasi berilayotganda avtomatik tarzda 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Avval berilgan malaka toifalari esa muddati tugagunga qadar kuchda qolib, ustamalar va lavozim huquqlari saqlanadi.
2030-yildan keyin ham imtihondan o‘ta olmagan xodim ishdan chetlatilmaydi, unga bir yil ichida qayta imtihon topshirish huquqi berilib, ish faoliyati davom ettiriladi.
Uch yil va undan ko‘p vaqt davomida ishlamagan xodimlar uchun ham imkoniyat yaratiladi. Ular ixtisoslashuv kurslarini tamomlab, qayta ro‘yxatdan o‘tsa kifoya, muddati tugamagan taqdirda esa imtihon umuman talab etilmaydi.
Kamida 20 yillik ish staji va ilmiy darajaga ega shifokorlar uchun esa eng katta imtiyoz belgilangan. Ular hech qanday imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ko‘p yillik tajriba va ilmiy salohiyat shu tariqa rasman tan olinib, ular qo‘shimcha sinovlardan ozod etiladi.
Baholash tizimi xalqaro darajada to‘liq modernizatsiya qilinadi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Внедряется новая система государственной регистрации медицинских работников
С 1 июля 2027 года в стране запускается новая система государственной регистрации медицинских и фармацевтических работников, полностью соответствующая международным стандартам.
Профессиональная квалификация специалистов независимо, на принципах прозрачности будет оцениваться Центром оценки квалификации медицинских и фармацевтических работников.
До 2030 года регистрация будет осуществляться в добровольном порядке, по результатам специального экзамена, либо автоматически при присвоении квалификационной категории, сроком на 5 лет. При этом ранее присвоенные квалификационные категории сохраняются до истечения срока их действия, а связанные с ними надбавки и должностные права остаются в силе.
Медицинский работник, не сдавший экзамен, не отстраняется от работы, ему предоставляется право пересдачи в течение одного года, и всё это время он продолжает трудовую деятельность. Есть возможность и для тех, кто не работал по специальности три года и более, достаточно пройти курсы повышения квалификации и повторно пройти регистрацию. А если срок действующей регистрации ещё не истёк, сдавать экзамен не требуется.
Для врачей со стажем работы не менее 20 лет и учёной степенью предусмотрена самая значимая льгота, они проходят государственную регистрацию без экзамена. Таким образом, многолетний опыт и научный потенциал получают официальное признание и освобождаются от дополнительных испытаний.
Система оценки будет полностью модернизирована на международном уровне.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 13 454 |
| 19 | 🔴🟦🟦🟦
📋Xabar berganimizdek, kecha Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
🖥🖥🖥 Taqdimotdan so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov hamda vazir o‘rinbosari Adham Xudaykulov bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, belgilab berilgan vazifalar hamda istiqboldagi rejalar haqida “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 6 354 |
| 20 | Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 6 559 |
