SSV matbuot kotibi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali Twitter: twitter.com/furqatsanayev Facebook: facebook.com/furkatsanaev Instagram: instagram.com/furkat_sanayev Vazirlik telegram kanali - @ssvuz
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام SSV matbuot kotibi
کانال SSV matbuot kotibi (@ssvmatbuotkotibi) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 126 501 مشترک است و جایگاه 418 را در دسته سیاست و رتبه 351 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 126 501 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 05 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -4 348 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -417 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 4.58% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 3.04% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 5 800 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 3 846 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 4 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanali
Twitter: twitter.com/furqatsanayev
Facebook: facebook.com/furkatsanaev
Instagram: instagram.com/furkat_sanayev
Vazirlik telegram kanali - @ssvuz”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 06 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته سیاست تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 06 سپتامبر | 0 | |||
| 05 سپتامبر | 0 | |||
| 04 سپتامبر | 0 | |||
| 03 سپتامبر | 0 | |||
| 02 سپتامبر | 0 | |||
| 01 سپتامبر | 0 |
🌟 SSV Matbuot xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan «Tibbiyot novatorlari» medialoyihasining bu galgi mehmoni — jajji yuraklar xaloskori Bobur To‘rayev.🔺 Endigina 34 yoshni qarshilagan qahramonimiz Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Yaponiya va Avstraliyaning eng nufuzli klinikalarida tajriba orttirib, bugungacha yurtimizda 1000 dan ziyod bemor bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajargan. 📹 Yangicha formatda tayyorlangan ushbu videokontent orqali Toshkent davlat tibbiyot universiteti bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi yosh kardiojarrohining erishgan yutuqlari va operatsiya stoli ortidagi kechinmalari bilan tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
| 2 | #Yangilik
#Tibbiy_malaka
🔴✨✨✨✨
❗️O‘zbekistonda uzluksiz kasbiy ta‘lim tizimi tubdan yangilanmoqda
2027-yildan sohada yagona tartibga soluvchi regulyator, ya’ni Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi faoliyat yurita boshlaydi.
Yangi markaz faoliyati Uzluksiz kasbiy rivojlanish platformasi orqali tashkil etiladi. U 2027-yil 1-yanvarga qadar ishga tushirilib, “Tibbiy malaka” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Mazkur platforma orqali provayderlar va dasturlarning milliy reyestri yuritiladi, har bir mutaxassis uchun shaxsiy kabinet ochiladi, kreditlar hisobi olib boriladi va elektron sertifikatlar avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi.
Ish beruvchilar esa o‘z xodimlarining portfoliosi va yillik hisoboti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yiliga 50 kredit to‘plash (o‘rta tibbiyot xodimlari uchun 28 kredit) endi oddiy formallik bo‘lmay, shifokorning kelajagiga qilinadigan sarmoyaga aylanadi. Ushbu kreditlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va malaka toifasini berish jarayonida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Markaz xalqaro standartlar asosida barcha provayderlar va dasturlarni mustaqil ravishda akkreditatsiyadan o‘tkazadi, shuningdek uzluksiz tibbiy ta’lim bo‘yicha mahalliy akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️В Узбекистане кардинально преобразуется система непрерывного профессионального развития
С 2027 года в отрасли начинает работать единый регулятор — Центр непрерывного профессионального развития.
Работу нового центра обеспечит единая Платформа непрерывного профессионального развития, которую создадут до 1 января 2027 года и интегрируют с информационной системой «Тиббий малака».
Через эту платформу будет вестись национальный реестр провайдеров и программ, личные кабинеты специалистов, учёт кредитов и автоматическое формирование электронных сертификатов, а работодатели получат возможность отслеживать портфолио и годовой отчёт своих сотрудников.
Накопление 50 кредитов в год (для среднего медицинского персонала 28 кредитов) перестаёт быть простой формальностью и становится инвестицией в будущее врача. Эти кредиты будут иметь решающее значение при государственной регистрации и присвоении квалификационной категории.
Центр будет самостоятельно проводить аккредитацию всех провайдеров и программ на основе международных стандартов, а также действовать как местная организация по аккредитации непрерывного медицинского образования.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 152 |
| 3 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
#Malaka_oshirish
🔴✨✨✨✨
❗️Endi shifokorlar qaysi muassasada malaka oshirishini mustaqil tanlaydi
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz ta’lim provayderini, dasturni va ta’lim shaklini, jumladan, ishdan ajralmasdan o‘qish imkonini beradigan masofaviy va kechki shakllarni ham erkin tanlash huquqi rasman mustahkamlanmoqda.
Shu bilan birga, kasbiy malaka oshirishni Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning amaldagi hajmi to‘liq saqlab qolinadi.
Yana bir muhim jihati, moliyaviy resurslar endi vaucherlar tizimi orqali taqsimlanadi, ya’ni mablag‘ markazga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri shifokorga biriktiriladi va u o‘zi xohlagan provayderni tanlaydi.
Bugungi kunda bu sohada raqobat asosida 10 ta oliy ta’lim muassasasi, 29 ta tibbiyot markazi va 30 dan ortiq xususiy provayder faoliyat yuritmoqda. Yaqin yillarda esa ularning soni 100 tadan oshirilishi kutilmoqda.
Ushbu jarayonga butun dunyoda tan olingan hamkorlar, jumladan AQShning uzluksiz tibbiy ta’lim bo‘yicha akkreditatsiya kengashi jalb qilinmoqda. Mutaxassislar Rossiya va boshqa xorijiy davlatlarda tajriba orttiradi, 2030-yilga borib esa qamrov 100 foizga, ya’ni 600 ming nafardan ortiq xodimga yetkaziladi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Впредь врачи будут сами выбирать учреждение для повышения квалификации
За врачами официально закрепляется право свободно выбирать провайдера, программу и форму обучения, включая дистанционный и вечерний форматы, удобные для совмещения с работой.
При этом объём финансирования повышения квалификации за счёт Государственного бюджета сохраняется в полном объёме.
Важно то, что финансовые ресурсы теперь распределяются через систему ваучеров, средства закрепляются не за центром, а напрямую за врачом, который сам выбирает нужного ему провайдера. Сегодня в этой сфере на конкурентной основе ведут деятельность 10 вузов, 29 медицинских центров и более 30 частных провайдеров, а в ближайшие годы их число превысит 100.
К работе привлекаются признанные во всём мире партнёры, такие как Аккредитационный совет по непрерывному медицинскому образованию США. Специалисты будут проходить стажировку в России и в других зарубежных странах, а к 2030 году охват достигнет 100%, то есть более 600 тысяч медицинских работников.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 3 463 |
| 4 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
🔴✨✨✨✨
❗️Oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida, dunyoning top (1-o‘rin) hamshiralik maktabiga ega bo‘lgan Pensilvaniya universiteti (AQSH) bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi.
“Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” yo‘nalishiga o‘zgartirilib, bitiruvchi ayollarga “hamshira”, erkaklarga esa “tibbiyot og‘asi” kvalifikatsiyasi beriladi.
Bakalavriatga qabul har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi, ta’lim esa yetakchi xorijiy OTMlari bilan qo‘shma dasturlar asosida, ularning o‘quv dasturlarining kamida 70 foizini o‘zlashtirgan holda tashkil etiladi.
Bakalavriatni tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari, magistraturani tamomlaganlarga esa 2 baravari miqdorida ustama to‘lanadi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Медсестры и медбраты с высшим образованием будут получать надбавки
С 2027/2028 учебного года на базе Академии медсестер в Ташкентском государственном медицинском университете создается Школа передового медицинского сопровождения в сотрудничестве с Университетом Пенсильвании (США), чья Школа сестринского дела занимает 1-е место в мире.
Направление бакалавриата «Высшее сестринское дело» будет преобразовано в «Высшее медицинское сопровождение». Выпускникам-женщинам будет присваиваться квалификация «медицинская сестра», мужчинам — «медицинский брат».
Прием на бакалавриат будет ежегодно увеличиваться не менее чем на 20%, а обучение организуют по совместным программам с ведущими зарубежными вузами с внедрением не менее 70% их образовательных программ.
Выпускникам бакалавриата по направлению будет устанавливаться ежемесячная надбавка в размере 1 МРОТ, а выпускникам магистратуры — 2 МРОТ.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 204 |
| 5 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
🔴✨✨✨✨
❗️Rezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab shifokor-mutaxassislar tayyorlash to‘liq rezidentura dasturlari orqali amalga oshiriladi. Klinik ordinaturaga qabul to‘xtatiladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli qayta tayyorlash dasturlari orqali yangi tor ixtisoslikka ega bo‘lish amaliyoti bekor qilinadi.
Magistratura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlash bosqichi sifatidagi maqomini yo‘qotib, faqat ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga yo‘naltiriladi. Bunda magistraturada tahsil olishga turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari ham qabul qilinishi mumkin.
Rezidenturada ta’lim davlat granti asosida amalga oshiriladi. Qabul kvotalari hududlar, tibbiyot tashkilotlari ehtiyoji hamda alohida yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligini inobatga olgan holda tasdiqlanadi. Rezidentlar uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,15 baravari miqdorida stipendiya joriy etiladi.
Rezidenturani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga muvofiq diplom beriladi. Ushbu diplom doktoranturada ta’limni davom ettirish huquqini beradi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Резидентура станет единственным путем подготовки врачей узкого профиля
С 2027/2028 учебного года подготовка врачей-специалистов будет полностью осуществляться через программы резидентуры. Прием в клиническую ординатуру прекращается.
Также отменяется получение новой узкой специальности посредством краткосрочных программ переподготовки.
Магистратура перестает быть этапом подготовки узкопрофильных врачей и будет ориентирована исключительно на подготовку научных и научно-педагогических кадров. При этом к обучению в магистратуре смогут допускаться также выпускники смежных направлений подготовки.
Подготовка в резидентуре будет осуществляться на основе государственного гранта. Квоты приема будут утверждаться с учетом текущей потребности регионов, медицинских организаций и дефицита специалистов по отдельным направлениям. Для резидентов вводится повышенная стипендия в размере 2,15 минимального размера оплаты труда.
По завершении обучения выпускники резидентуры будут получать диплом, соответствующий 7 уровню Национальной рамки квалификаций, который предоставит право на продолжение обучения в докторантуре.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 5 337 |
| 6 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
🔴✨✨✨✨
❗️Oliy tibbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlar boshlanmoqda
“Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5+1 modeli asosida amalga oshiriladigan 6 yillik “Umumiy tibbiyot” ta’lim dasturiga transformatsiya qilinadi. Ushbu model 5 yillik nazariy va amaliy ta’lim hamda 1 yillik uzluksiz klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yagona talablar joriy etiladi. Xususan, shifokorlik mutaxassisliklari uchun minimal o‘tish balli 70 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash yo‘nalishlari uchun esa 60 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun minimal o‘tish ko‘rsatkichi kirish imtihonlaridan eng yuqori ballning kamida 60 foizi etib belgilanadi. Bakalavriat ta’lim dasturlariga qabul parametrlari sog‘liqni saqlash tizimining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ayni paytda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun talabalarning uzluksiz amaliy tayyorgarligini ta’minlaydigan o‘z yoki biriktirilgan klinik bazalarga ega bo‘lish bo‘yicha majburiy talablar belgilanadi.
Ta’lim jarayoniga dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari hamda simulyatsiya markazlarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Начинается масштабная реформа системы высшего медицинского образования с упором на качество
Направление «Лечебное дело» преобразуется в 6-летнюю программу «Общая медицина», реализуемую по модели 5+1: пять лет обучения и один год непрерывной клинической практики.
Для повышения качества подготовки вводятся единые требования к освоению образовательных программ: минимальный проходной балл составит 70% для врачебных специальностей и 60% — для подготовки среднего медицинского персонала.
Кроме того, минимальный порог для приема на платно-контрактной основе составит не менее 60% от максимального количества баллов вступительных испытаний. Параметры приема на программы бакалавриата будут формироваться исходя из реальной потребности системы здравоохранения.
Также для медицинских вузов устанавливаются обязательные требования по наличию собственных либо закрепленных клинических баз, обеспечивающих непрерывную практическую подготовку студентов.
В образовательный процесс в обязательном порядке внедряются принципы доказательной медицины и обучение практическим навыкам
в симуляционных центрах.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 3 508 |
| 7 | #Yangilik
#Tibbiy_talim
🔴 ✨✨✨✨
❗️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yangi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etilmoqda
Yurtimizda 2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
Mutaxassislarning kasbiy malakasi mustaqil ravishda, shaffoflik prinsiplari asosida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan baholanadi.
2030-yilga qadar ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy, maxsus imtihon orqali yoki malaka toifasi berilayotganda avtomatik tarzda 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Avval berilgan malaka toifalari esa muddati tugagunga qadar kuchda qolib, ustamalar va lavozim huquqlari saqlanadi.
2030-yildan keyin ham imtihondan o‘ta olmagan xodim ishdan chetlatilmaydi, unga bir yil ichida qayta imtihon topshirish huquqi berilib, ish faoliyati davom ettiriladi.
Uch yil va undan ko‘p vaqt davomida ishlamagan xodimlar uchun ham imkoniyat yaratiladi. Ular ixtisoslashuv kurslarini tamomlab, qayta ro‘yxatdan o‘tsa kifoya, muddati tugamagan taqdirda esa imtihon umuman talab etilmaydi.
Kamida 20 yillik ish staji va ilmiy darajaga ega shifokorlar uchun esa eng katta imtiyoz belgilangan. Ular hech qanday imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ko‘p yillik tajriba va ilmiy salohiyat shu tariqa rasman tan olinib, ular qo‘shimcha sinovlardan ozod etiladi.
Baholash tizimi xalqaro darajada to‘liq modernizatsiya qilinadi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
———————
🔴 🔰🔰🔰🔰
❗️Внедряется новая система государственной регистрации медицинских работников
С 1 июля 2027 года в стране запускается новая система государственной регистрации медицинских и фармацевтических работников, полностью соответствующая международным стандартам.
Профессиональная квалификация специалистов независимо, на принципах прозрачности будет оцениваться Центром оценки квалификации медицинских и фармацевтических работников.
До 2030 года регистрация будет осуществляться в добровольном порядке, по результатам специального экзамена, либо автоматически при присвоении квалификационной категории, сроком на 5 лет. При этом ранее присвоенные квалификационные категории сохраняются до истечения срока их действия, а связанные с ними надбавки и должностные права остаются в силе.
Медицинский работник, не сдавший экзамен, не отстраняется от работы, ему предоставляется право пересдачи в течение одного года, и всё это время он продолжает трудовую деятельность. Есть возможность и для тех, кто не работал по специальности три года и более, достаточно пройти курсы повышения квалификации и повторно пройти регистрацию. А если срок действующей регистрации ещё не истёк, сдавать экзамен не требуется.
Для врачей со стажем работы не менее 20 лет и учёной степенью предусмотрена самая значимая льгота, они проходят государственную регистрацию без экзамена. Таким образом, многолетний опыт и научный потенциал получают официальное признание и освобождаются от дополнительных испытаний.
Система оценки будет полностью модернизирована на международном уровне.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 7 765 |
| 8 | 🔴🟦🟦🟦
📋Xabar berganimizdek, kecha Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
🖥🖥🖥 Taqdimotdan so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov hamda vazir o‘rinbosari Adham Xudaykulov bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, belgilab berilgan vazifalar hamda istiqboldagi rejalar haqida “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 584 |
| 9 | Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 5 086 |
| 10 | 6-sentabr, yakshanba, soat 10:00 da!
@ssvuz va @ssvmatbuotkotibi kanallarida! | 4 131 |
| 11 | #Bilishingiz_kerak
🔴 🟦🟦🟦
❓ Davlat tibbiy sug‘urtasi: Imtiyozli toifadagi shaxslarga davolanish uchun yo‘llanma qanday rasmiylashtiriladi?
📄 Bu boradagi tartib “Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.
🩺 Unga ko‘ra, bemor imtiyozli yo‘llanma asosida tibbiy yordam olish uchun o‘zi biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi. Oilaviy shifokor bemorni ko‘rikdan o‘tkazib, uning ambulator yoki statsionar davolanishga ehtiyojini belgilaydi.
🔬 Agar statsionar davolanish zarur deb topilsa, bemor DMED tizimi orqali elektron yo‘llanma asosida tuman yoki shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi tor soha mutaxassisiga yo‘naltiriladi. Tor soha mutaxassisi zarur hollarda qo‘shimcha laborator va instrumental tekshiruvlar tayinlaydi.
👨💻 Natijalarga ko‘ra, bemor shifoxonada davolanishi zarur deb topilsa, tegishli xulosa va tekshiruv natijalari DMED axborot tizimiga kiritiladi. Bemor imtiyozli toifaga kirishi axborot tizimlari integratsiyasi orqali aniqlanadi va uning hujjatlari hudud darajasidagi tibbiy tanlov komissiyasiga yuboriladi.
🏥 Komissiya bemor uchun qanday muolaja zarurligi va uni qaysi darajadagi tibbiyot muassasasida davolash maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Ya’ni bemor tuman-shahar, viloyat yoki respublika darajasidagi muassasada davolanishi bo‘yicha xulosa chiqariladi.
🇷🇺 Agar bemorni respublika darajasida davolash zarur bo‘lsa, uning o‘zi emas, hujjatlari DMED orqali respublika komissiyasiga yuboriladi. Respublika komissiyasi davolanishni ma’qullashi yoki bemorni hudud darajasida davolash mumkinligi haqida xulosa berishi mumkin.
✅ Respublika darajasida davolanish tasdiqlangach, bemorga tibbiyot tashkilotini tanlash huquqi beriladi. Tanlov bemorning o‘zi yoki uning xohishiga ko‘ra oilaviy shifokor orqali DMED tizimida amalga oshiriladi.
🔎 Tizimda bemorning tashxisi va zarur tibbiy amaliyot bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat berilgan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxati shakllanadi.
🗓 Bemor ushbu ro‘yxatdan o‘ziga ma’qul tibbiyot tashkilotini 30 kun ichida tanlab, yo‘llanmani tasdiqlashi kerak.
📱 Shundan so‘ng bemor tegishli yo‘nalish bo‘yicha elektron navbatga qo‘yiladi. Navbat yetib kelgach, yo‘llanma avtomatik tasdiqlanadi va tibbiyot tashkiloti bemorni xabardor qiladi.
‼️ Bemor yo‘llanma tasdiqlangan kundan boshlab 10 kun ichida tibbiyot tashkilotiga kelishi lozim. Aks holda yo‘llanma o‘z kuchini yo‘qotadi va bemor qaytadan navbatga turishi kerak bo‘ladi.
💉 Shu bilan yo‘llanma rasmiylashtirish va elektron navbatga qo‘yish jarayoni yakunlanib, bemorni davolash bosqichi boshlanadi.
➡️ Davolash va tashxislash belgilangan standartlar, klinik protokollar hamda tibbiy ko‘rsatmalar asosida amalga oshiriladi. Yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatishda ham belgilangan tartibga rioya qilinadi.
📌 Muolaja uchun zarur bo‘lgan dori vositalari, qimmatbaho tibbiy buyumlar va boshqa tegishli xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan. Shu sababli mazkur davolanish doirasida bemordan qo‘shimcha to‘lov olinmaydi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 5 165 |
| 12 | 🔴#Mustaqil_yurt_tibbiyoti
❓ Raqamli tibbiyot: Qancha dorixona “Elektron retsept” tizimida ishlayapti?
🖥 “Elektron retsept” DMED tizimidagi asosiy modullardan biri bo‘lib, aholi va tibbiyot xodimlari uchun ko‘plab qulayliklar yaratayotganligi bilan e’tiborga molik.
🗓 Joriy etish muddatlari:
📍 2025-yil 10-dekabrdan Toshkent shahri hamda tajriba-sinov tariqasida belgilangan 15 ta tuman (shahar)da amaliyotga kiritildi.
📍 2027-yil 1-yanvardan yurtimizning qolgan hududlarida ham to‘liq joriy etiladi.
⚙️ Ishlash tartibi:
👨💻 Shifokor bemor uchun “Elektron retsept” moduli orqali QR-kodli elektron retseptni shakllantiradi va u avtomatik tarzda dorixonalrning axborot tizimiga uzatiladi.
❌ Elektron retseptni soxtalashtirib bo‘lmaydi. Chunki, shifokor, klinika va dorixona ma’lumotlari avtomatik tarzda qayd etib boriladi.
😀 “Elektron retsept” moduli hozirga qadar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi axborot tizimi hamda Soliq qo‘mitasi Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi bilan integratsiya qilindi.
💻 Shuningdek, ushbu modul dorixonalardagi 40 ga yaqin axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirildi.
💊 Natijada bugun yurtimizdagi 11 mingdan ziyod dorixonalar “Elektron retsept” tizimi asosida faoliyat olib bormoqda.
❓Bu nima berdi?
💊 Dori vositalarini tayinlash tizimli nazoratga olindi.
❌ Antibiotiklarni ko‘rsatmasiz sotish barham topyapti.
‼️Umuman, bu modul tufayli qog‘oz shaklidagi retsept, shifokor qabuliga uzundan uzoq navbat va ortiqcha byurokratik to‘siqlar hamda boshqa noxush holatlar tarixga aylanmoqda.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 015 |
| 13 | 🔴📌📌📌📌📌
❓So‘nggi 10 yilda Yangi O‘zbekiston tibbiyotida nimalar o‘zgardi?
✅ Bu savolga yuzlab aniq misollar bilan asosli javoblar berish mumkin. O‘sish dinamikasi, rivojlanish ko‘rsatkichlari ham islohotlar samarasini ifodalovchi barometrdir. Ammo haqqoniy natijalar qiyoslarda, xalqning e’tirofi, bahosi va roziligida yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
🎥 Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va SSV Matbuot xizmati hamkorligida tasvirga olingan ko‘rsatuvda tibbiyotimizning kechagi va bugungi kuni ta’sirchan misollar orqali tahlil qilinadi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 3 873 |
| 14 | #Mustaqillik_35_yil
🔴📌📌📌📌📌
✅ So‘nggi o‘n yilda Prezidentimiz boshchiligida tez tibbiy yordam tizimida amalga oshirilgan islohotlar tufayli soha tubdan yangilandi.
🚑 Natijada zamonaviy infratuzilma, raqamli texnologiyalar, yangi avtotransport vositalari va malakali kadrlarni birlashtirgan, aholiga tezkor hamda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga qodir yagona tizim yaratildi.
🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada sohadagi ana shunday yangilanishlar haqida so‘z yuritiladi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
_______________________________
✅ За последние десять лет благодаря реформам, реализованным под руководством Президента нашей страны, система скорой медицинской помощи претерпела кардинальные изменения.
🚑 В результате создана единая современная система, объединяющая развитую инфраструктуру, цифровые технологии, новый автотранспорт и квалифицированные кадры, что позволяет обеспечивать населению оперативную и качественную медицинскую помощь.
🎥 В видеоматериале, подготовленном Пресс-службой Министерства здравоохранения, рассказывается о масштабных преобразованиях и современных изменениях, произошедших в системе скорой медицинской помощи.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 260 |
| 15 | #Mustaqillik_35_yil
🔴📌📌📌📌📌
✅ So‘nggi o‘n yilda Prezidentimiz boshchiligida tez tibbiy yordam tizimida amalga oshirilgan islohotlar tufayli soha tubdan yangilandi.
🚑 Natijada zamonaviy infratuzilma, raqamli texnologiyalar, yangi avtotransport vositalari va malakali kadrlarni birlashtirgan, aholiga tezkor hamda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga qodir yagona tizim yaratildi.
🎥 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada sohadagi ana shunday yangilanishlar haqida so‘z yuritiladi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
_______________________________
✅ За последние десять лет благодаря реформам, реализованным под руководством Президента нашей страны, система скорой медицинской помощи претерпела кардинальные изменения.
🚑 В результате создана единая современная система, объединяющая развитую инфраструктуру, цифровые технологии, новый автотранспорт и квалифицированные кадры, что позволяет обеспечивать населению оперативную и качественную медицинскую помощь.
🎥 В видеоматериале, подготовленном Пресс-службой Министерства здравоохранения, рассказывается о масштабных преобразованиях и современных изменениях, произошедших в системе скорой медицинской помощи.
🚑 Пресс-служба Минздрава.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 1 |
| 16 | 🔴 🟦🟦🟦
🏫 Sog‘liqni saqlash vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari Jaloliddin Asamutdinov yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 258-umumta'lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar va ularning ustozlari bilan muloqot qildi.
📌 Uchrashuv davomida o‘g‘il-qizlarning har tomonlama yetuk insonlar bo‘lib kamol topishida maktab muhim poydevor ekani, shu bois bu davrda puxta bilim olish, kelajak uchun mustahkam zamin yaratish zarurligi qayd etildi.
📚 Muloqot yakunida ta'lim maskani jamoasiga o‘quv jihozlari va kitoblar topshirildi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 3 882 |
| 17 | 🔴 TIBBIYOT 360°
➡️ Yangi o‘quv yili boshlandi. O‘quvchilar maktab oshxonasida taomlanishda nimalarga e’tibor qaratishi lozim? Javob
➡️ Kafolatlangan tibbiy xizmatlar hajmi nima? Javob
➡️ Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi? Javob
➡️ Faringit qanday kasallik, uning oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Javob
➡️ Oshqozonosti bezi saratoni: Sezilarli alomatlarsiz paydo bo‘ladigan xastalikmi? Javob
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 355 |
| 18 | 🔴 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
💻 Har yili yurtimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. SSV Matbuot xizmati ushbu sana oldidan soha vakillarining fidoyiligi, sharafli mehnati va matonatini aks ettiruvchi turkum kontentlar tayyorlashga kirishgan.
🏥 Shulardan biri —"Navbatchi" medialoyihasining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tungi faoliyatidan tayyorlangan yangi soni qator internet resurslarida keng yoritildi.
⬇️ Quyida yangicha rakurs va o‘zgacha uslubdagi ushbu videolavha e'lon qilingan ba'zi manbalar havolalarini taqdim etamiz:
Kun uz — https://t.me/kunuzofficial/173564
Davletovuz — https://t.me/davletovuz/26303
Rasul Kusherbayev — https://t.me/r_kusherbayev/16681
Rasmiy axborot — https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17806
MANIFEST — https://t.me/manifestcanal/5036
ХАЛҚ НАЗОРАТИ — https://t.me/XalqNazorati/21269
Shokirjonov news — https://t.me/shokirjonov/10974
Zafarbek Solijonov — https://t.me/Zafarbek_Solijonov/14823
Геосиёсат — https://t.me/GeoPolitico/24640
UZ24 uz — https://t.me/uz24newsuz/20155
Бургут — https://t.me/burgutuzb/23724
Долзарб хабарлар — https://t.me/dolzarb_xabarlar12/22386
Kun Yangiliklari 24 — https://t.me/kun_yangiliklari24_xabarlar_uz/34577
Kun Xabarlari — https://t.me/kun_yangiliklar_xabarlar/2672
Times uz — https://t.me/times_officialuz/29731
TezkorYangilik24 — https://t.me/Tezkor_Yangilik_24/2568
Мaҳалла еттилиги — https://t.me/mahalla_raisi/20761
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 272 |
| 19 | 🔴 🖥🖥🖥
🕒 2026-yil 2-sentabr soat 19:00 holatiga ko‘ra:
📄 Prezidentimizning "Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori doirasida:
📊 6 682 nafar bemor bola tibbiyot muassasalariga yotqizilib, ularning 6 043 nafarida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi;
📊 1 639 nafar onkologik, gematologik va onkogematologik tashxis qo‘yilgan bemor tibbiyot muassasalariga joylashtirilib, ularning 491 nafarida murakkab jarrohlik operatsiyasi bajarildi;
📊 266 nafar shaxs tibbiyot muassasalariga yotqizildi va ularning 186 nafarida jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 4 415 |
| 20 | 🔴 🟦🟦🟦
🏫 Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari o‘zlari tahsil olgan maktablarda bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazdi.
✅ Xususan, vazir Eldor Adilov O‘rta Chirchiq tumanidagi 16-maktabda, vazirning birinchi o‘rinbosari Otabek Imamov Shayxontohur tumanidagi 39-maktabda, vazir o‘rinbosarlari — Adham Xudaykulov Qarshi shahridagi 23-maktabda, Olim Omonov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 6-maktabda, Ilxomjon Umrzaqov Buloqboshi tumanidagi 25-maktabda hamda Sherzod Muxamedov Toshkent tumanidagi 14-maktabda o‘tkazilgan bayram tadbirlarida ishtirok etdi.
💬 Unda mehmonlar o‘zlarining o‘quvchilik yillari, ustozlardan olgan saboqlari va ilm olish mas'uliyati haqida o‘gil-qizlarga so‘zlab berdi. Shuningdek, yoshlarni ulkan maqsadlar sari dadil intilishga va kelajakda Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorladi.
📚 Tadbirda ta’lim muassasalariga o‘quv jihozlari va kitoblar topshirildi.
🚑 SSV Matbuot xizmati.
🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram | 5 314 |
