en
Feedback
Soliq Servis

Soliq Servis

Open in Telegram

"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Soliq Servis

Channel Soliq Servis (@soliqservis) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 34 586 subscribers, ranking 3 473 in the Economy & Finance category and 2 263 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 34 586 subscribers.

According to the latest data from 02 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 385 over the last 30 days and by -52 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 13.12%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 8.13% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 4 542 views. Within the first day, a publication typically gains 2 815 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 6.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 03 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Economy & Finance category.

34 586
Subscribers
-5224 hours
-2947 days
-1 38530 days
Posts Archive
Bilasizmi? 🍔🍟Dunyoning ayrim mamlakatlarida tez tayyorlanadigan va tarkibida yog‘, tuz yoki shakar miqdori yuqori bo‘lgan m
Bilasizmi? 🍔🍟Dunyoning ayrim mamlakatlarida tez tayyorlanadigan va tarkibida yog‘, tuz yoki shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarga maxsus soliqlar joriy etilgan. 🎯 Bunday soliqlarning asosiy maqsadi — aholini sog‘lom ovqatlanishga rag‘batlantirish va noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish. 📈Masalan, ayrim davlatlarda shakar miqdori yuqori bo‘lgan ichimliklar, shirinliklar va boshqa mahsulotlarga qo‘shimcha soliq qo‘llaniladi. Natijada bunday mahsulotlarning narxi oshib, iste’molchilarning tanloviga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. ⌛ Ya’ni, soliq faqat davlat budjetini to‘ldirish vositasi emas — ayrim hollarda u aholining kundalik xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida ham qo‘llaniladi. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🍔🍟В некоторых странах действуют специальные налоги на продукты и напитки с высоким содержанием сахара, соли или жиров. 🎯 Основная цель таких налогов — стимулировать население к более здоровому питанию и снизить риски заболеваний, связанных с неправильным рационом. 📈Например, в отдельных странах дополнительным налогом облагаются сладкие напитки, кондитерские изделия и другие продукты. В результате их цена повышается, что может влиять на выбор потребителей. ⌛ Таким образом, налог может быть не только источником доходов бюджета, но и инструментом, влияющим на повседневное поведение людей. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️Kafillik nima? 💡 Kafillik — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgartiri
Soliq oddiy tilda ⁉️Kafillik nima? 💡 Kafillik — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgartirilganda, soliqlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash usuli. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar soliq to‘lovchi belgilangan muddatda soliq va tegishli penalarni to‘lamasa, kafil uning o‘rniga ushbu summalarni to‘lash majburiyatini oladi. 📌 Masalan: Soliq to‘lovchining soliq to‘lash majburiyati kafillik bilan ta’minlangan. Agar u belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, soliq organi kafilga to‘lovni amalga oshirish talabi bilan murojaat qiladi. ❗️ Muhim: Kafillik soliq organi va kafil o‘rtasidagi shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Kafil yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. ⌛Agar kafil soliq to‘lovchi uchun qarzdorlikni to‘lasa, u keyinchalik soliq to‘lovchidan to‘lagan summalarini, ular bo‘yicha foizlarni va majburiyatni bajarish bilan bog‘liq zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Sayyor soliq tekshiruvi qanday asosda o‘tkaziladi va buyruqda nimalar ko‘rsatiladi? ✔️Javob: Soliq ko
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Sayyor soliq tekshiruvi qanday asosda o‘tkaziladi va buyruqda nimalar ko‘rsatiladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosarining buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchilarning F.I.O.si va lavozimi, tekshiruv muddati hamda tekshiruvning maqsadi ko‘rsatiladi. 📌Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish buyrug‘i — tekshiruvni o‘tkazish uchun asos bo‘lib, unda soliq to‘lovchi, tekshiruvchilar, tekshiruv muddati va tekshiruv maqsadi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 139-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️Bank kafolati nima? 💡Bank kafolati — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o
Soliq oddiy tilda ⁉️Bank kafolati nima? 💡Bank kafolati — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgartirilganda, soliq to‘lash majburiyatini ta’minlash usuli. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar soliq to‘lovchi belgilangan muddatda soliq va tegishli penalarni to‘lamasa, bank (kafil) uning o‘rniga ushbu summalarni to‘lash majburiyatini oladi. 📌 Masalan: Soliq to‘lovchining soliq majburiyati bank kafolati bilan ta’minlangan. Agar u soliqni o‘z vaqtida to‘lamasa, soliq organi bankka talab yuboradi. Bank esa belgilangan tartibda ushbu summani to‘lab beradi. ❗️ Muhim: Bank kafolati qaytarib olinmaydigan va boshqa shaxsga o‘tkazib bo‘lmaydigan bo‘lishi kerak. Uning amal qilish muddati, agar Soliq kodeksida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliqni to‘lash majburiyati bajarilishi kerak bo‘lgan muddat tugaganidan keyin kamida 6 oy davom etishi lozim. 📆Yana bir muhim jihat: Agar soliq to‘lovchi soliqni belgilangan muddatda to‘lamasa, soliq organi 5 kun ichida bankka bank kafolati bo‘yicha pul summasini to‘lash talabini yuboradi. Bank ushbu talabni olgan kundan boshlab 5 kun ichida uni bajarishi kerak. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🔥 XVII asrda Angliyada kamin va o‘choqlarga soliq joriy etilgan. 🌎1662-yilda Angliya va Uelsda Hearth Tax deb no
Bilasizmi? 🔥 XVII asrda Angliyada kamin va o‘choqlarga soliq joriy etilgan. 🌎1662-yilda Angliya va Uelsda Hearth Tax deb nomlangan soliq joriy qilinib, uy egalari yoki xonadon egalari uydagi har bir kamin, o‘choq va pechka uchun yiliga ikki marta to‘lov qilgan. 🪙Soliq miqdori har bir o‘choq uchun 1 shillingdan yiliga ikki marta undirilgan. Shu sababli ayrim odamlar soliqni kamaytirish uchun kaminlarini vaqtincha berkitib qo‘yishga harakat qilgan. ⌛Qizig‘i shundaki, kaminlar soni o‘sha davrda xonadonning boyligini baholash mezonlaridan biri sifatida ishlatilgan. Ushbu soliq Angliyada 1689-yilda bekor qilingan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🔥В XVII веке в Англии существовал налог на камины и очаги. 🌎В 1662 году в Англии и Уэльсе был введён так называемый Hearth Tax — владельцы домов должны были платить за каждый камин, очаг и печь. 🪙 Налог взимался дважды в год. Размер платежа составлял 1 шиллинг за каждый очаг дважды в год. Поэтому некоторые люди пытались временно закладывать или закрывать свои камины, чтобы уменьшить налог. ⌛Интересно, что количество каминов использовалось как один из показателей благосостояния семьи. В Англии этот налог был отменён в 1689 году. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🇺🇿 Qadrli yurtdoshlar! “Soliq-servis” AJ jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati, tinchlik va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ushbu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka, sihat-salomatlik va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning kelajagi yanada porloq bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini qoplash bo‘yicha kameral tekshiruvning o‘ziga xos xususiyat
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini qoplash bo‘yicha kameral tekshiruvning o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? ✔️Javob: Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, QQSning salbiy summasini qoplash bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi soliq organining buyrug‘isiz o‘tkaziladi. QQS summasini qoplash haqidagi xabar berilgan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi. Tekshiruv yakunida soliq organi QQS summasini to‘liq yoki qisman qoplashni rad etish haqida asoslantirilgan qaror qabul qilishi mumkin. 📌QQS summasini qoplash bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi — soliq organining buyrug‘isiz, QQSni qoplash haqidagi xabar berilgan kundan boshlab 30 kun ichida o‘tkaziladigan kameral tekshiruvning alohida turi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Xarajatlar usuli nima? 💡Xarajatlar usuli — nazorat qilinadigan bitimdagi narxning bozor narxlariga mosl
Soliq oddiy tilda ⁉️ Xarajatlar usuli nima? 💡Xarajatlar usuli — nazorat qilinadigan bitimdagi narxning bozor narxlariga mosligini aniqlash usuli bo‘lib, bunda sotuvchining xarajatlar bo‘yicha yalpi rentabelligi o‘xshash bitimlardagi bozor rentabelligi oralig‘i bilan taqqoslanadi. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Sotuvchi mahsulot yoki xizmatni sotishda qancha xarajat qilgani va ushbu xarajatlarga nisbatan qancha daromad olganiga qaraladi. Keyin bu ko‘rsatkich o‘xshash bozordagi bitimlar bilan solishtiriladi. 📌Korxona o‘zaro bog‘liq shaxsga mahsulot sotmoqda. Mahsulotning tannarxi 100 mln so‘m, sotuvchining xarajatlar bo‘yicha rentabelligi esa bozor ko‘rsatkichlariga mos kelishi kerak. Agar rentabellik belgilangan bozor oralig‘ida bo‘lsa, bitimdagi narx bozor narxiga mos deb e’tirof etiladi. ❗️ Muhim: Agar rentabellik belgilangan bozor oralig‘idan past yoki yuqori bo‘lsa, soliq maqsadlarida bitim narxi mahsulot (xizmat)ning haqiqiy tannarxi va bozor rentabelligining o‘rtacha ko‘rsatkichi asosida aniqlanishi mumkin. 🔖Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 190-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 💭XVIII asrda Buyuk Britaniyada kiyim-kechakni parvarish qilishda ishlatiladigan kraxmalga maxsus soliq joriy etil
Bilasizmi? 💭XVIII asrda Buyuk Britaniyada kiyim-kechakni parvarish qilishda ishlatiladigan kraxmalga maxsus soliq joriy etilgan. 🔗1777-yilda kraxmalga soliq solinishi belgilangan bo‘lib, u asosan kiyimlarni, ayniqsa yoqalar va manjetlarni qattiq va shaklli qilib turish uchun ishlatilgan. 🔼O‘sha davrda kraxmallangan kiyimlar nafaqat ozodalik, balki insonning ijtimoiy mavqei va boyligining belgisi ham hisoblangan. Shu sababli kraxmalga soliq qo‘llash orqali davlat aholining farovon qatlamlaridan qo‘shimcha daromad olishga harakat qilgan. 🔽Shunday qilib, bir vaqtlar kiyimni chiroyli va tik tutib turish uchun ishlatiladigan oddiy kraxmal ham soliq solinadigan mahsulotlar qatoriga kirgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 💭В XVIII веке в Великобритании существовал специальный налог на крахмал, который использовали для ухода за одеждой. 🔗 В 1777 году был введён налог на крахмал — вещество, которое использовали для придания жёсткости и формы одежде, особенно воротникам и манжетам. 🔽В то время накрахмаленная одежда считалась не только признаком опрятности, но и символом социального статуса и достатка. Поэтому налог на крахмал позволял государству получать дополнительные доходы с более обеспеченных слоёв населения. 🔼Получается, когда-то даже обычный крахмал, необходимый для того, чтобы одежда держала форму, оказался объектом налогообложения. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi natijasida tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchiga qanday imkoniya
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi natijasida tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchiga qanday imkoniyat beriladi? ✔️Javob: Soliq toʻlovchi tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️Mol-mulk garovi nima? 💡 Mol-mulk garovi — ayrim hollarda soliqlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash usu
Soliq oddiy tilda ⁉️Mol-mulk garovi nima? 💡 Mol-mulk garovi — ayrim hollarda soliqlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash usuli bo‘lib, soliq to‘lovchi o‘z mol-mulkini garovga qo‘yadi. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar soliq to‘lovchi belgilangan soliqlar va penalarni to‘lamasa, soliq organi qarzdorlikni garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymati hisobidan undirish huquqiga ega. 📌 Masalan: Soliq to‘lovchining soliq qarzdorligi mavjud va bu majburiyat mol-mulk garovi bilan ta’minlangan. Agar qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmasa, soliq organi garovdagi mol-mulk qiymati hisobidan qarzdorlikni undirish choralarini ko‘rishi mumkin. ❗️ Muhim: Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Garovga qo‘yuvchi soliq to‘lovchining o‘zi yoki uchinchi shaxs bo‘lishi mumkin. Garovdagi mol-mulk bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirish esa garovga oluvchining roziligi bilan amalga oshiriladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🍇Tarixda ayrim davlatlarda uzumzorlar va uzum yetishtirish bilan bog‘liq maxsus soliqlar mavjud bo‘lgan. 🪙 Bunda
Bilasizmi? 🍇Tarixda ayrim davlatlarda uzumzorlar va uzum yetishtirish bilan bog‘liq maxsus soliqlar mavjud bo‘lgan. 🪙 Bunday soliqlar yer maydoni, yetishtirilgan uzum miqdori yoki undan ishlab chiqarilgan vino hajmiga qarab undirilishi mumkin edi. 🔼 Masalan, Fransiyada vino ishlab chiqarish va uning savdosi tarix davomida turli soliqlar va yig‘imlar bilan tartibga solingan. Uzum yetishtirish esa mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan. 📌 Qiziq tomoni shundaki, tarixda soliq nafaqat tayyor mahsulotga, balki uni yetishtirish uchun foydalanilgan yer va hosilga ham qo‘llanilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🍇В разные исторические периоды в некоторых странах существовали налоги и сборы, связанные с виноградниками и выращиванием винограда. 🪙Такие платежи могли рассчитываться исходя из площади виноградников, количества выращенного винограда или объёма произведённого из него вина. 🔼 Например, во Франции производство и торговля вином на протяжении истории регулировались различными налогами и сборами. Выращивание винограда при этом являлось важной частью экономики страны. 📌Интересно, что исторически налог мог взиматься не только с готового продукта, но и с земли и урожая, благодаря которым этот продукт производился. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🚀 Biznesingiz uchun zamonaviy kassa izlayapsizmi? Savdo, restoran yoki xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritasizmi? Unda “Soliq-servis”ning POS Virtual kassasi siz uchun qulay yechim! 📱 Smartfon uchun mobil kassa ⌨️ Kompyuter va noutbuk uchun virtual kassa 🍽 Restoran va umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun qulay yechim POS Virtual kassa orqali: ✅ Tovarlarni hisobvaraq-faktura asosida kassaga kirim qilish; ✅ Markirovkalangan mahsulotlarni sotish; ✅ Fiskal QR-kodli cheklarni tezkor shakllantirish; ✅ Zarur hollarda chek ma’lumotlarini tahrirlash; ✅ Cheklarni avtomatik ravishda soliq organlarining axborot tizimiga yuborish mumkin. 🎁 Yangi foydalanuvchilar uchun birinchi oy — mutlaqo bepul! Bugungi kunda 4 mingdan ortiq foydalanuvchi POS Virtual kassadan foydalanmoqda. ☄️ POS Virtual kassa — kamroq vaqt, ko‘proq qulaylik va zamonaviy biznes! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Tekshiruvdan oldingi tahlilda tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi nima qilishi kerak? ✔️J
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Tekshiruvdan oldingi tahlilda tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi nima qilishi kerak? ✔️Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, soliq organi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tuzatish kiritish haqida xabarnoma yuboradi. 📌 Soliq to‘lovchi xabarnomani olgan kundan boshlab belgilangan muddatda aniqlangan tafovutlarning asosini taqdim etishi yoki soliq hisobotiga tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim. Mazkur talab bajarilmasa, kameral soliq tekshiruvi tayinlanishi mumkin. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Fidokorona xizmatning munosib e’tirofi! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Soliq qo
+3
Fidokorona xizmatning munosib e’tirofi! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Soliq qo‘mitasi Markaziy apparatining bir guruh xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Soliq qo‘mitasi raisi, rais o‘rinbosarlari, tarkibiy tuzilmalar rahbarlari hamda Markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi. Tantanali marosim davomida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘li, yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, soliq tizimida olib borilgan tub o‘zgarishlar va yangilanishlar alohida ta’kidlandi. Ko‘p yillik samarali mehnati, yuksak kasbiy mahorati, xizmat vazifalarini sidqidildan va vijdonan bajarib kelayotgani, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti va soliq xizmati tizimi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida “Soliq-servis” AJning 4 nafar xodimi ham bor: 🔹 Boytemirov Abror Mahammadi o‘g‘li — direktor o‘rinbosari; 🔹 Xakimov Shuhrat Toshpulatovich — Strategik rejalashtirish va yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i; 🔹 Xudayberdiyev Umid Quvondiqovich — Surxondaryo viloyat markazi bo‘lim boshlig‘i; 🔹 Hasanov Suhrob Quvvatovich — Qashqadaryo viloyat markazi bo‘lim boshlig‘i. “Soliq-servis” AJ jamoasi nomidan hamkasblarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning ko‘p yillik fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi barchamiz uchun ibratdir. Taqdirlangan hamkasblarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilaymiz! Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Umidsiz qarzdorlik nima? 💡 Umidsiz qarzdorlik — belgilangan qonuniy sabablarga ko‘ra undirilishi yoki t
Soliq oddiy tilda ⁉️ Umidsiz qarzdorlik nima? 💡 Umidsiz qarzdorlik — belgilangan qonuniy sabablarga ko‘ra undirilishi yoki to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarzdorlik. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar qarzni undirishning qonuniy imkoniyati qolmagan bo‘lsa, bunday qarzdorlik umidsiz qarzdorlik hisoblanadi. 📌 Masalan: Qarzdor bankrot deb topilgan, tugatilgan yoki vafot etgan bo‘lsa, sud qaroriga ko‘ra majburiyat bekor qilingan bo‘lsa yoki da’vo muddati o‘tgan bo‘lsa, qarzdorlik umidsiz deb e’tirof etilishi mumkin. ❗️ Muhim: Qarzdorlik, shuningdek, Majburiyatlar reyestriga kiritilgan kundan boshlab 10 yil davomida to‘lanmagan bo‘lsa ham umidsiz qarzdorlik sifatida e’tirof etiladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🐎 Bir vaqtlar ayrim davlatlarda ot saqlash yoki undan foydalanish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar mavjud bo‘l
Bilasizmi? 🐎 Bir vaqtlar ayrim davlatlarda ot saqlash yoki undan foydalanish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar mavjud bo‘lgan. 💵 Bunday to‘lovlar otlardan transport vositasi sifatida foydalanish, ularni saqlash yoki xo‘jalik faoliyatida qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin edi. 🚗 Avtomobillar ommalashishidan oldin otlar asosiy transport vositalaridan biri bo‘lgan. Shu sababli ayrim soliq tizimlarida otlar va ot-aravalar ham soliqqa tortish obyekti sifatida ko‘rilgan. 📌 Bugungi kunda esa bunday to‘lovlar ko‘plab mamlakatlarda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, otlar bilan bog‘liq soliqlar o‘rnini zamonaviy transport va mulk soliqlari egallagan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🐎 Когда-то в некоторых странах существовали налоги и сборы, связанные с содержанием или использованием лошадей. 💵 Такие платежи могли быть связаны с использованием лошадей в качестве транспорта, их содержанием или применением в хозяйственной деятельности. 🚗 До массового распространения автомобилей лошади были одним из главных средств передвижения. Поэтому в некоторых налоговых системах лошади и конные экипажи становились объектом налогообложения. 📌 Сегодня подобные налоги в основном имеют историческое значение, уступив место современным транспортным и имущественным налогам. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

⌛ Soliq qonunchiligidagi muhim qoidalar bo‘yicha savollaringizga aniq va tushunarli javoblar berishda davom etamiz. 🎥 Bu galgi videoda: ✔️ Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan soliq to‘lovchilar uchun 0 foizli soliq stavkasi qancha muddatga va qanday daromadlarga nisbatan qo‘llanilishi; ✔️ Kameral soliq tekshiruvida qaysi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanishi; ✔️ Qaysi holatlarda soliq organi soliq to‘lovchini oldindan xabardor qilmasdan soliq auditini boshlashi mumkinligi haqida ma’lumot beriladi. 📌 Soliq qonunchiligidagi yangilik va muhim o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatib boring! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi nima va u qanday ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi nima va u qanday ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, kameral soliq tekshiruvi — soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek, soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjat va ma’lumotlarni tahlil qilish asosida o‘tkaziladigan tekshiruvdir. 📌 Ushbu tekshiruv soliq hisobotlaridagi xatolar, tafovutlar va soliq majburiyatlarining to‘g‘ri hisoblanganligini aniqlashga qaratilgan. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Yakka tartibdagi tadbirkor kim? 💡 Yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkor
Soliq oddiy tilda ⁉️ Yakka tartibdagi tadbirkor kim? 💡 Yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar jismoniy shaxs o‘z nomidan biznes yuritsa, lekin buning uchun alohida korxona yoki yuridik shaxs tashkil qilmasa — u yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. 📌 Masalan: Siz belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tdingiz va o‘z nomingizdan savdo yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanyapsiz. Bunda siz yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) hisoblanasiz. ❗️ Muhim: Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, ammo YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham soliq solish va javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq Servis - Statistics & analytics of Telegram channel @soliqservis