Soliq Servis
"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Soliq Servis
Channel Soliq Servis (@soliqservis) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 34 410 subscribers, ranking 3 477 in the Economy & Finance category and 2 278 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 34 410 subscribers.
According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 355 over the last 30 days and by -56 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 12.80%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 8.00% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 4 405 views. Within the first day, a publication typically gains 2 754 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 5.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“"Soliq-servis" AJ
https://soliqservis.taplink.ws/
"Soliq-servis"
jamiyatining rasmiy kanali
soliq-servis.uz
soliqservis.uz
📞1198”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Economy & Finance category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +2 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +1 |
| 2 | Soliq oddiy tilda
⁉️ Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli nima?
💡Oddiy tilda:
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli — nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha tovarlar, ishlar yoki xizmatlarning narxini mustaqil tomonlar o‘rtasida amalga oshirilgan o‘xshash bitimlardagi bozor narxlari bilan taqqoslash orqali aniqlash usuli.
Ya’ni, bog‘liq korxonalar o‘rtasidagi bitimda belgilangan narx bozor sharoitidagi narx bilan solishtiriladi. Agar bozorda xuddi shunday yoki o‘xshash tovar mustaqil xaridorlarga boshqa narxda sotilayotgan bo‘lsa, ushbu narx bitim narxining bozor sharoitlariga mosligini baholash uchun asos bo‘lishi mumkin.
📌Masalan:
«A» korxonasi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan «B» korxonasiga 1 dona mahsulotni 80 000 so‘mdan sotdi.
Shu vaqtda «A» korxonasi xuddi shunday mahsulotni mustaqil xaridorlarga 100 000 so‘mdan sotayotgan bo‘lsa, 100 000 so‘mlik narx taqqoslash uchun bozor mezoni sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
🔎Bunda mahsulotning sifati, miqdori, yetkazib berish shartlari, bozordagi sharoit va boshqa muhim omillar ham hisobga olinadi.
🔴Nima uchun kerak?
Ushbu usulning asosiy maqsadi — o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasidagi bitimlarda narx bozor sharoitlariga qanchalik mos kelishini aniqlash va soliqqa tortish uchun haqqoniy narxni belgilashga yordam berishdir.
👉Qisqacha:
Bozorda o‘xshash bitim qanday narxda amalga oshirilgan bo‘lsa, shu narx nazorat qilinayotgan bitim narxini baholashda asos bo‘lishi mumkin.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 1 702 |
| 3 | Bilasizmi?
🇨🇴Kolumbiyada bir martalik plastik mahsulotlarga maxsus milliy soliq mavjud.
💵Ushbu soliq tovarlarni qadoqlash, saqlash yoki tashishda ishlatiladigan ayrim bir martalik plastik mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Qizig‘i shundaki, soliq tovarning narxiga emas, balki plastikning og‘irligiga qarab hisoblanadi.
⚖️Soliq stavkasi bir martalik plastik qadoqlash materialining har bir grammi uchun 0,00005 UVT miqdorida belgilanadi.
🌱Ushbu soliqning asosiy maqsadi — bir martalik plastikdan foydalanishni kamaytirish va ekologik jihatdan yanada maqbul muqobillardan foydalanishni rag‘batlantirish.
📌Qizig‘i shundaki, 2025-yildan boshlab ayrim hollarda import qilinadigan plastik qadoqlarga ham ushbu soliq qo‘llanila boshlandi.
💡 Ya’ni Kolumbiyada soliqni hisoblashda tovarning o‘zi emas, uning tarkibidagi plastikning og‘irligi muhim bo‘lishi mumkin.
⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰
Знаете ли вы?
🇨🇴В Колумбии действует специальный национальный налог на одноразовые пластиковые изделия.
💵Этот налог применяется к определённым одноразовым пластиковым изделиям, используемым для упаковки, хранения или транспортировки товаров. Интересно, что налог рассчитывается не от стоимости товара, а от веса пластика.
⚖️Ставка составляет 0,00005 UVT за каждый грамм одноразового пластикового упаковочного материала.
🌱Основная цель налога — сократить использование одноразового пластика и стимулировать переход к более экологичным альтернативам.
📌Интересно, что с 2025 года в определённых случаях налог также применяется к импортируемой пластиковой упаковке.
💡Получается, что в Колумбии при расчёте налога важна не стоимость самого товара, а количество пластика, использованного для его упаковки.
В Колумбии налог считают в граммах — но не товара, а пластика!
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 2 220 |
| 4 | Soliq oddiy tilda
⁉️Foydani taqsimlash usuli - nima?
💡Foydani taqsimlash usuli — o‘zaro bog‘liq korxonalar o‘rtasidagi bitim bo‘yicha olingan umumiy foydani ular bajargan funksiyalar, foydalangan aktivlar va zimmasidagi xatarlarga qarab taqsimlash usuli.
📌 Masalan: ikki bog‘liq korxona birgalikda mahsulot ishlab chiqardi va sotdi. Bitimdan 1 mlrd so‘m umumiy foyda olindi. Ushbu foyda har bir korxonaning ishdagi hissasi, funksiyalari va xatarlariga qarab taqsimlanadi.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 3 374 |
| 5 | #KUN_SAVOLI 📚
❓ Savol:
Soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqishda muhim tartib-taomillar buzilsa, qanday oqibat kelib chiqadi?
✔️Javob:
Soliq kodeksining 157-moddasiga asosan, agar soliq to‘lovchining tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqishda shaxsan yoki vakili orqali ishtirok etishi hamda tushuntirish berish imkoniyati ta’minlanmasa, bu muhim tartib-taomil buzilishi hisoblanadi.
📌Bunday holat soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish yoki soliq summalarini qo‘shib hisoblash haqidagi qarorini yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilinishiga asos bo‘lishi mumkin.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 3 146 |
| 6 | Bilasizmi?
🇬🇷 Gretsiyada turistlar "Iqlim inqiroziga chidamlilik yig‘imi” (Climate Crisis Resilience Charge)ni to‘laydi.
💵Ushbu yig‘im mehmonxona, apartament va boshqa turar joylarda tunab qolish uchun undiriladi. Uning miqdori turar joy turi va yil fasliga qarab farq qiladi: sayyohlik mavsumida yig‘im miqdori yuqoriroq bo‘ladi.
🗺Yig‘imdan tushadigan mablag‘lar mamlakatning iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlar oqibatlariga tayyorgarligini kuchaytirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
📌Qizig‘i shundaki, Gretsiyada sayyohlik uchun olinadigan ushbu yig‘imning nomi oddiy “turistik yig‘im” emas, balki “iqlim inqiroziga chidamlilik yig‘imi” deb ataladi.
⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰
Знаете ли вы?
🇬🇷 Греции туристы платят «сбор за устойчивость к последствиям климатического кризиса» (Climate Crisis Resilience Charge).
💵Этот сбор взимается за проживание в отелях, апартаментах и других объектах размещения. Его размер зависит от типа размещения и времени года — в туристический сезон сумма выше.
🗺Средства от сбора направляются на меры, связанные с повышением устойчивости страны к последствиям изменения климата и природных катастроф.
📌Интересно, что в Греции туристический сбор получил необычное название — «сбор за устойчивость к последствиям климатического кризиса», подчёркивающее его связь с климатической политикой.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 2 968 |
| 7 | Soliq oddiy tilda 🧾
⁉️ Soliq imtiyozi nima?
💡 Soliq imtiyozi — qonunda belgilangan ayrim yengilliklar bo‘lib, soliqni kamaytirish yoki undan ozod bo‘lish imkonini beradi.
📌 Kimlarga va qanday hollarda berilishi, undan foydalanish tartibi haqida videoda batafsil bilib oling!
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 3 137 |
| 8 | #KUN_SAVOLI 📚
❓ Savol:
Sayyor soliq tekshiruvi qancha muddat davom etadi va uning boshlanishi hamda tugash sanasi qanday belgilanadi?
✔️ Javob:
Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, sayyor soliq tekshiruvi 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
📌Buyruqda ko‘rsatilgan sana tekshiruvning boshlanish sanasi hisoblanadi. Soliq to‘lovchiga tekshiruv dalolatnomasining topshirilgan yoki shaxsiy kabinetiga elektron hujjat tarzida yuborilgan kun esa tekshiruv muddati tugagan sana hisoblanadi.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 3 197 |
| 9 | Soliq oddiy tilda
⁉️Mol-mulkni xatlash nima?
💡Mol-mulkni xatlash — soliq qarzdorligini undirishni ta’minlash maqsadida soliq to‘lovchi — yuridik shaxsning o‘z mol-mulkiga bo‘lgan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqlarini cheklashdir.
🙂 Oddiy qilib aytganda:
Agar soliq to‘lovchi soliq qarzdorligini belgilangan muddatda bartaraf etmasa, soliq organi qarzdorlikni undirishni ta’minlash uchun uning mol-mulkini xatlashi mumkin.
📌 Masalan:
Soliq qarzdorligini qoplash to‘g‘risidagi talab yuborilganidan keyin 15 kalendar kuni ichida qarzdorlik to‘liq bartaraf etilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda mol-mulkni xatlash chorasi qo‘llanilishi mumkin.
❗️ Muhim: Mol-mulkni xatlash to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin. Xatlangan mol-mulkni sotish, yashirish yoki sarflashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan soliq organining nazorati yoki ruxsati ostida amalga oshiriladigan holatlar mustasno.
✅ Soliq qarzdorligi to‘langanda va (yoki) mol-mulkni garovga qo‘yish to‘g‘risida shartnoma tuzilganda, mol-mulkni xatlash haqidagi qaror bekor qilinishi mumkin.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 3 152 |
| 10 | Bilasizmi?
👠 Usmonli imperiyasida etikdo‘zlar va boshqa hunarmandlar faoliyati bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar mavjud bo‘lgan.
💵Davlat hunarmandchilik ustaxonalari, savdo va bozorlarda mahsulot sotish bilan bog‘liq turli soliqlarni undirilgan. Etikdo‘zlar ham hunarmandchilik uyushmalari tarkibida faoliyat yuritgan va tegishli hunarmandchilik hamda savdo yig‘imlariga tortilgan.
🛍 Qizig‘i shundaki, soliq faqat tayyor mahsulotning o‘ziga emas, balki ustaxona yoki do‘kon faoliyatiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin edi.
📌Ya’ni tarixda soliq nafaqat mahsulot uchun, balki biznes yuritish faoliyati uchun ham undirilgan.
⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰
Знаете ли вы?
👠 В Османской империи существовали налоги и сборы, связанные с деятельностью сапожников и других ремесленников.
💵Государство взимало различные налоги с ремесленных мастерских, торговли и продажи товаров на рынках. Сапожники, как и другие ремесленники, работали в рамках организованных ремесленных объединений и могли облагаться соответствующими ремесленными и торговыми сборами.
🛍Интересно, что налог мог быть связан не только с самим товаром, но и с деятельностью мастерской или магазина.
📌Получается, что исторически налог мог взиматься не только за товар, но и непосредственно за ведение предпринимательской деятельности.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 3 102 |
| 11 | #KUN_SAVOLI 📚
⁉️Savol: Sayyor soliq tekshiruvi davrida soliq organlari qanday tadbirlarni amalga oshirishi mumkin?
✔️Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, soliq organlari profilaktika tadbirlari va xronometraj kuzatuvlarini o‘tkazishi, nazorat-kassa texnikasi hamda to‘lov terminallaridan foydalanish tartibini tekshirishi, shuningdek, soliq nazoratining boshqa tadbirlarini amalga oshirishi mumkin.
📌Sayyor soliq tekshiruvi davridagi tadbirlar — profilaktika tadbirlari, xronometraj kuzatuvlari, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallaridan foydalanish tartibini tekshirish hamda boshqa soliq nazorati tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 139-moddasi.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 3 620 |
| 12 | Bilasizmi?
🍔🍟Dunyoning ayrim mamlakatlarida tez tayyorlanadigan va tarkibida yog‘, tuz yoki shakar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarga maxsus soliqlar joriy etilgan.
🎯 Bunday soliqlarning asosiy maqsadi — aholini sog‘lom ovqatlanishga rag‘batlantirish va noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish.
📈Masalan, ayrim davlatlarda shakar miqdori yuqori bo‘lgan ichimliklar, shirinliklar va boshqa mahsulotlarga qo‘shimcha soliq qo‘llaniladi. Natijada bunday mahsulotlarning narxi oshib, iste’molchilarning tanloviga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
⌛ Ya’ni, soliq faqat davlat budjetini to‘ldirish vositasi emas — ayrim hollarda u aholining kundalik xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida ham qo‘llaniladi.
⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰
Знаете ли вы?
🍔🍟В некоторых странах действуют специальные налоги на продукты и напитки с высоким содержанием сахара, соли или жиров.
🎯 Основная цель таких налогов — стимулировать население к более здоровому питанию и снизить риски заболеваний, связанных с неправильным рационом.
📈Например, в отдельных странах дополнительным налогом облагаются сладкие напитки, кондитерские изделия и другие продукты. В результате их цена повышается, что может влиять на выбор потребителей.
⌛ Таким образом, налог может быть не только источником доходов бюджета, но и инструментом, влияющим на повседневное поведение людей.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 3 441 |
| 13 | Soliq oddiy tilda
⁉️Kafillik nima?
💡 Kafillik — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgartirilganda, soliqlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash usuli.
🙂 Oddiy qilib aytganda:
Agar soliq to‘lovchi belgilangan muddatda soliq va tegishli penalarni to‘lamasa, kafil uning o‘rniga ushbu summalarni to‘lash majburiyatini oladi.
📌 Masalan:
Soliq to‘lovchining soliq to‘lash majburiyati kafillik bilan ta’minlangan. Agar u belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, soliq organi kafilga to‘lovni amalga oshirish talabi bilan murojaat qiladi.
❗️ Muhim:
Kafillik soliq organi va kafil o‘rtasidagi shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Kafil yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.
⌛Agar kafil soliq to‘lovchi uchun qarzdorlikni to‘lasa, u keyinchalik soliq to‘lovchidan to‘lagan summalarini, ular bo‘yicha foizlarni va majburiyatni bajarish bilan bog‘liq zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 3 617 |
| 14 | #KUN_SAVOLI 📚
⁉️Savol: Sayyor soliq tekshiruvi qanday asosda o‘tkaziladi va buyruqda nimalar ko‘rsatiladi?
✔️Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosarining buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchilarning F.I.O.si va lavozimi, tekshiruv muddati hamda tekshiruvning maqsadi ko‘rsatiladi.
📌Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish buyrug‘i — tekshiruvni o‘tkazish uchun asos bo‘lib, unda soliq to‘lovchi, tekshiruvchilar, tekshiruv muddati va tekshiruv maqsadi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 139-moddasi.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 4 110 |
| 15 | Soliq oddiy tilda
⁉️Bank kafolati nima?
💡Bank kafolati — ayrim hollarda, jumladan, soliq majburiyatini bajarish muddatlari o‘zgartirilganda, soliq to‘lash majburiyatini ta’minlash usuli.
🙂 Oddiy qilib aytganda:
Agar soliq to‘lovchi belgilangan muddatda soliq va tegishli penalarni to‘lamasa, bank (kafil) uning o‘rniga ushbu summalarni to‘lash majburiyatini oladi.
📌 Masalan: Soliq to‘lovchining soliq majburiyati bank kafolati bilan ta’minlangan. Agar u soliqni o‘z vaqtida to‘lamasa, soliq organi bankka talab yuboradi. Bank esa belgilangan tartibda ushbu summani to‘lab beradi.
❗️ Muhim: Bank kafolati qaytarib olinmaydigan va boshqa shaxsga o‘tkazib bo‘lmaydigan bo‘lishi kerak. Uning amal qilish muddati, agar Soliq kodeksida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliqni to‘lash majburiyati bajarilishi kerak bo‘lgan muddat tugaganidan keyin kamida 6 oy davom etishi lozim.
📆Yana bir muhim jihat:
Agar soliq to‘lovchi soliqni belgilangan muddatda to‘lamasa, soliq organi 5 kun ichida bankka bank kafolati bo‘yicha pul summasini to‘lash talabini yuboradi. Bank ushbu talabni olgan kundan boshlab 5 kun ichida uni bajarishi kerak.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 4 030 |
| 16 | Bilasizmi?
🔥 XVII asrda Angliyada kamin va o‘choqlarga soliq joriy etilgan.
🌎1662-yilda Angliya va Uelsda Hearth Tax deb nomlangan soliq joriy qilinib, uy egalari yoki xonadon egalari uydagi har bir kamin, o‘choq va pechka uchun yiliga ikki marta to‘lov qilgan.
🪙Soliq miqdori har bir o‘choq uchun 1 shillingdan yiliga ikki marta undirilgan. Shu sababli ayrim odamlar soliqni kamaytirish uchun kaminlarini vaqtincha berkitib qo‘yishga harakat qilgan.
⌛Qizig‘i shundaki, kaminlar soni o‘sha davrda xonadonning boyligini baholash mezonlaridan biri sifatida ishlatilgan. Ushbu soliq Angliyada 1689-yilda bekor qilingan.
⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰
Знаете ли вы?
🔥В XVII веке в Англии существовал налог на камины и очаги.
🌎В 1662 году в Англии и Уэльсе был введён так называемый Hearth Tax — владельцы домов должны были платить за каждый камин, очаг и печь.
🪙 Налог взимался дважды в год. Размер платежа составлял 1 шиллинг за каждый очаг дважды в год. Поэтому некоторые люди пытались временно закладывать или закрывать свои камины, чтобы уменьшить налог.
⌛Интересно, что количество каминов использовалось как один из показателей благосостояния семьи. В Англии этот налог был отменён в 1689 году.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 4 051 |
| 17 | 🇺🇿 Qadrli yurtdoshlar!
“Soliq-servis” AJ jamoasi nomidan barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ ne’mati, tinchlik va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka, sihat-salomatlik va farovonlik tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning kelajagi yanada porloq bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 6 354 |
| 18 | #KUN_SAVOLI 📚
⁉️Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini qoplash bo‘yicha kameral tekshiruvning o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat?
✔️Javob: Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, QQSning salbiy summasini qoplash bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi soliq organining buyrug‘isiz o‘tkaziladi. QQS summasini qoplash haqidagi xabar berilgan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi. Tekshiruv yakunida soliq organi QQS summasini to‘liq yoki qisman qoplashni rad etish haqida asoslantirilgan qaror qabul qilishi mumkin.
📌QQS summasini qoplash bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi — soliq organining buyrug‘isiz, QQSni qoplash haqidagi xabar berilgan kundan boshlab 30 kun ichida o‘tkaziladigan kameral tekshiruvning alohida turi.
🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasi.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 5 620 |
| 19 | Soliq oddiy tilda
⁉️ Xarajatlar usuli nima?
💡Xarajatlar usuli — nazorat qilinadigan bitimdagi narxning bozor narxlariga mosligini aniqlash usuli bo‘lib, bunda sotuvchining xarajatlar bo‘yicha yalpi rentabelligi o‘xshash bitimlardagi bozor rentabelligi oralig‘i bilan taqqoslanadi.
🙂 Oddiy qilib aytganda:
Sotuvchi mahsulot yoki xizmatni sotishda qancha xarajat qilgani va ushbu xarajatlarga nisbatan qancha daromad olganiga qaraladi. Keyin bu ko‘rsatkich o‘xshash bozordagi bitimlar bilan solishtiriladi.
📌Korxona o‘zaro bog‘liq shaxsga mahsulot sotmoqda. Mahsulotning tannarxi 100 mln so‘m, sotuvchining xarajatlar bo‘yicha rentabelligi esa bozor ko‘rsatkichlariga mos kelishi kerak. Agar rentabellik belgilangan bozor oralig‘ida bo‘lsa, bitimdagi narx bozor narxiga mos deb e’tirof etiladi.
❗️ Muhim:
Agar rentabellik belgilangan bozor oralig‘idan past yoki yuqori bo‘lsa, soliq maqsadlarida bitim narxi mahsulot (xizmat)ning haqiqiy tannarxi va bozor rentabelligining o‘rtacha ko‘rsatkichi asosida aniqlanishi mumkin.
🔖Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 190-moddasi.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 4 811 |
| 20 | Bilasizmi?
💭XVIII asrda Buyuk Britaniyada kiyim-kechakni parvarish qilishda ishlatiladigan kraxmalga maxsus soliq joriy etilgan.
🔗1777-yilda kraxmalga soliq solinishi belgilangan bo‘lib, u asosan kiyimlarni, ayniqsa yoqalar va manjetlarni qattiq va shaklli qilib turish uchun ishlatilgan.
🔼O‘sha davrda kraxmallangan kiyimlar nafaqat ozodalik, balki insonning ijtimoiy mavqei va boyligining belgisi ham hisoblangan. Shu sababli kraxmalga soliq qo‘llash orqali davlat aholining farovon qatlamlaridan qo‘shimcha daromad olishga harakat qilgan.
🔽Shunday qilib, bir vaqtlar kiyimni chiroyli va tik tutib turish uchun ishlatiladigan oddiy kraxmal ham soliq solinadigan mahsulotlar qatoriga kirgan.
⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰
Знаете ли вы?
💭В XVIII веке в Великобритании существовал специальный налог на крахмал, который использовали для ухода за одеждой.
🔗 В 1777 году был введён налог на крахмал — вещество, которое использовали для придания жёсткости и формы одежде, особенно воротникам и манжетам.
🔽В то время накрахмаленная одежда считалась не только признаком опрятности, но и символом социального статуса и достатка. Поэтому налог на крахмал позволял государству получать дополнительные доходы с более обеспеченных слоёв населения.
🔼Получается, когда-то даже обычный крахмал, необходимый для того, чтобы одежда держала форму, оказался объектом налогообложения.
📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram | 4 451 |
