fa
Feedback
Soliq Servis

Soliq Servis

رفتن به کانال در Telegram

"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Soliq Servis

کانال Soliq Servis (@soliqservis) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 34 916 مشترک است و جایگاه 3 464 را در دسته اقتصاد و امور مالی و رتبه 2 249 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 34 916 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 25 اوت, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -1 414 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -56 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 13.17% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 8.53% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 4 603 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 2 980 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 6 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 26 اوت, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته اقتصاد و امور مالی تبدیل کرده‌اند.

34 916
مشترکین
-5624 ساعت
-3547 روز
-1 41430 روز
آرشیو پست ها
⌛ Soliq qonunchiligidagi muhim qoidalar bo‘yicha savollaringizga aniq va tushunarli javoblar berishda davom etamiz. 🎥 Bu galgi videoda: ✔️ Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan soliq to‘lovchilar uchun 0 foizli soliq stavkasi qancha muddatga va qanday daromadlarga nisbatan qo‘llanilishi; ✔️ Kameral soliq tekshiruvida qaysi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanishi; ✔️ Qaysi holatlarda soliq organi soliq to‘lovchini oldindan xabardor qilmasdan soliq auditini boshlashi mumkinligi haqida ma’lumot beriladi. 📌 Soliq qonunchiligidagi yangilik va muhim o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatib boring! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi nima va u qanday ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi nima va u qanday ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, kameral soliq tekshiruvi — soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek, soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjat va ma’lumotlarni tahlil qilish asosida o‘tkaziladigan tekshiruvdir. 📌 Ushbu tekshiruv soliq hisobotlaridagi xatolar, tafovutlar va soliq majburiyatlarining to‘g‘ri hisoblanganligini aniqlashga qaratilgan. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Yakka tartibdagi tadbirkor kim? 💡 Yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkor
Soliq oddiy tilda ⁉️ Yakka tartibdagi tadbirkor kim? 💡 Yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar jismoniy shaxs o‘z nomidan biznes yuritsa, lekin buning uchun alohida korxona yoki yuridik shaxs tashkil qilmasa — u yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. 📌 Masalan: Siz belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tdingiz va o‘z nomingizdan savdo yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanyapsiz. Bunda siz yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) hisoblanasiz. ❗️ Muhim: Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, ammo YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham soliq solish va javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? ⭐ XVIII asrda Buyuk Britaniyada dori vositalariga maxsus soliq solingan. 💊 💵Dorilarni sotish va ayrim tibbiy vos
Bilasizmi? ⭐ XVIII asrda Buyuk Britaniyada dori vositalariga maxsus soliq solingan. 💊 💵Dorilarni sotish va ayrim tibbiy vositalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarga gerb yig‘imi (stamp duty) undirilgan. 🎯Maqsad: Ushbu to‘lov davlat xazinasiga qo‘shimcha daromad keltirish va dori vositalari savdosini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan. 📌 Bunday gerb yig‘imlari XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘llanilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? ⭐ В XVIII веке в Великобритании существовала гербовая пошлина на лекарства. 💊 💵 Сбор взимался с документов, связанных с продажей лекарств и оформлением некоторых медицинских средств. 🎯Цель: Такой сбор приносил дополнительные доходы государственной казне и использовался для регулирования торговли лекарствами. 📌 Подобные гербовые пошлины действовали в Великобритании в XVIII веке. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 Savol: Sayyor soliq tekshiruvi nima va uning asosiy maqsadi nimadan iborat? Javob: Soliq kodeksining 139-modda
#KUN_SAVOLI 📚 Savol: Sayyor soliq tekshiruvi nima va uning asosiy maqsadi nimadan iborat? Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, sayyor soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlarni hisoblash hamda to‘lash, shuningdek, soliq qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishini tekshirishdir. Tekshiruv davomida hisob hujjatlari, tovar-moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari harakati hamda soliq to‘lovchining faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar tahlil qilinadi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — bu nima? 💡Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalang
Soliq oddiy tilda ⁉️Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — bu nima? 💡Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — tegishli shartnoma asosida ixtiyoriy ravishda birlashadigan yuridik shaxslar guruhi bo‘lib, uning maqsadi guruh ishtirokchilarining xo‘jalik faoliyatidagi umumiy moliyaviy natijani hisobga olgan holda foyda solig‘ini hisoblash va to‘lashdan iborat. 💬Oddiy qilib aytganda: o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta kompaniyalar soliqqa tortish maqsadida birlashadi va foyda solig‘ini hisoblashda ularning umumiy moliyaviy natijasi hisobga olinadi. 📌Muhim: bunday guruh yangi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi. Ishtirokchilardan biri mas’ul ishtirokchi etib belgilanadi. Aynan u butun guruh bo‘yicha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash uchun javob beradi. 🔗Guruhni tashkil etish uchun, jumladan, bir yuridik shaxs boshqa ishtirokchilarning ustav fondi (ustav kapitali)da bevosita yoki bilvosita kamida 90 foiz ulushga ega bo‘lishi kerak. 🔗Ishtirokchilar tomonidan to‘langan ayrim soliqlarning jami summasi kamida 100 mlrd so‘m, tushum va boshqa daromadlarning jami hajmi kamida 500 mlrd so‘m, aktivlarning jami qiymati esa kamida 1 trln so‘m bo‘lishi kerak. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 61–64-moddalari. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🔖 “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun malaka oshirish mashg‘ulotlari yakunlandi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida tashkil etilgan ikki kunlik malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilarning faoliyatida bevosita qo‘llaniladigan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari mustahkamlandi. Xususan, quyidagi mavzularga alohida e’tibor qaratildi: 🔺 “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalarida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar; 🔺 Fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya xizmati ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish, xizmat turlari hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari; 🔺 Soliq to‘lovchilarni jalb qilish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, samarali kommunikatsiya va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 🔺 Buxgalteriya xizmatlari sifati va ichki nazorat tizimini tashkil etish, hujjatlarni tekshirish, hisobotlarni nazorat qilish hamda xatolarning oldini olish; 🔺 Xizmat ko‘rsatish madaniyati, brendni to‘g‘ri namoyon qilish, mijoz ehtiyojlarini aniqlash va xizmatlarni professional tarzda taqdim etish; 🔺 “Soliq-servis” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan markaziy xizmatlar, jumladan, markshederlik va Tax Free yo‘nalishlari; 🔺 Ichki nazorat tizimlari, komplayens nazorat va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish; 🔺 Jamiyatning ichki tartib-qoidalari, EDO tizimi va mehnatga oid masalalar. 🎯 Mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy bilimlarini mustahkamlash, aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash borasida yangi bilimlarga ega bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish asnosida faoliyatdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🧤 XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘lqoplarga maxsus soliq solingan. 💵Qo‘lqop sotib olishda xaridorlardan belgila
Bilasizmi? 🧤 XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘lqoplarga maxsus soliq solingan. 💵Qo‘lqop sotib olishda xaridorlardan belgilangan miqdorda qo‘shimcha soliq undirilgan. 🎯Maqsad: Ushbu soliq davlat xazinasiga qo‘shimcha daromad keltirish maqsadida joriy etilgan. 📌 Qo‘lqoplarga solinadigan soliq XVIII asrda Buyuk Britaniyada amal qilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🧤В XVIII веке в Великобритании существовал специальный налог на перчатки. 💵 При покупке перчаток с покупателей взимался дополнительный налог. 🎯Цель: Налог был введён для пополнения государственной казны. 📌 Налог на перчатки действовал в Великобритании в XVIII веке. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga qanday soliq imtiyozlari beriladi? ✔️ Javob: Soliq ko'deksini
#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga qanday soliq imtiyozlari beriladi? ✔️ Javob: Soliq ko'deksining 473-moddasiga asosan investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilish, shuningdek, foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi. 📌Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga soliq imtiyozlari — investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda foyda solig‘i bo‘yicha taqdim etiladigan imtiyozlardan iborat. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🧼Buyuk Britaniyada bir vaqtlar sovunga maxsus soliq joriy etilgan. 💵Ushbu soliq sababli kundalik gigiyenada ishl
Bilasizmi? 🧼Buyuk Britaniyada bir vaqtlar sovunga maxsus soliq joriy etilgan. 💵Ushbu soliq sababli kundalik gigiyenada ishlatiladigan sovun narxi oshgan. 🎯Maqsad: Soliq davlat byudjetiga qo‘shimcha daromad keltirish uchun undirilgan. 📌 Sovunga solinadigan soliq 1833-yilda bekor qilingan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🧼В Великобритании когда-то существовал специальный налог на мыло. 💵 Из-за этого налога обычное средство для гигиены становилось дороже для покупателей. 🎯Цель: Налог вводился для получения дополнительных доходов государством. 📌 Налог на мыло был отменён в 1833 году. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ REPO — bu nima? 💡 REPO — qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan bitim bo‘lib, unga ko‘ra bitimni
Soliq oddiy tilda ⁉️ REPO — bu nima? 💡 REPO — qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan bitim bo‘lib, unga ko‘ra bitimning bir tomoni ikkinchi tomonga qimmatli qog‘ozlarni sotadi va ma’lum muddatdan so‘ng ularni oldindan belgilangan narxda qayta sotish yoki sotib olish majburiyatini oladi. Bunda shartnomadagi narx qimmatli qog‘ozlarning bozor narxidan farq qilishi mumkin. 💬Oddiy qilib aytganda: REPO — qimmatli qog‘ozlarni vaqtincha sotish va kelishilgan muddatdan keyin ularni oldindan belgilangan shartlarda qayta sotib olishga asoslangan moliyaviy bitim. 📌Masalan: korxona vaqtincha mablag‘ga muhtoj bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlarini REPO orqali sotadi va belgilangan muddatdan keyin ularni qayta sotib oladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 52-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🔖 Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘z yakuniga yetdi! “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun tash
+3
🔖 Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘z yakuniga yetdi! “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun tashkil etilgan ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlarining ikkinchi kuni ham mazmunli va samarali tarzda yakunlandi. 🔺Ikki kun davomida ishtirokchilar kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, zamonaviy yondashuvlar, amaliy masalalar va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan mavzular bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 🤝 Mashg‘ulotlar nafaqat yangi bilim va tajriba, balki hamkasblar bilan fikr almashish va o‘zaro tajriba ulashish uchun ham yaxshi imkoniyat bo‘ldi. 🏛️ O‘quv dasturining mazmunli qismi sifatida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markaziga ham tashrif buyurdilar. Markazda ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi, islom olamining sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishildi. ✨ Ikki kun — yangi bilimlar, yangi taassurotlar va yangi maqsadlar sari muhim qadam!Soliq-servis” AJ jamoasi uchun bunday o‘quv va rivojlanish dasturlari kelgusida ham davom etadi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🔖 Bilim — rivojlanishning eng muhim omili! ➡️ “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun ikki kunlik o
+6
🔖 Bilim — rivojlanishning eng muhim omili! ➡️ “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi. 🔺 Ikki kun davomida ishtirokchilar kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, yangi yondashuvlarni o‘rganish hamda kundalik faoliyatda samaradorlikni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. 🎯 Maqsad bitta — bilimni oshirish, tajribani boyitish va natijadorlikni yanada yuksaltirish! 💡 Ikki kun — yangi bilimlar, amaliy tajriba va foydali muloqotlar uchun yangi imkoniyat. 👨‍💻 O‘quv mashg‘ulotlari davomida dolzarb masalalar muhokama qilinib, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashadilar. Ikki kunlik intensiv mashg‘ulotlar boshlandi! 🚀 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning qanday turlari bor? ✔️ Javob: Alko
#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning qanday turlari bor? ✔️ Javob: Alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im undiriladi. 📌Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im — alkogol mahsulotlarini chakana sotish yoki umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘im hisoblanadi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 455-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Xedjirlash — bu nima? 💡 Xedjirlash — soliq to‘lovchi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay moliya
Soliq oddiy tilda ⁉️ Xedjirlash — bu nima? 💡 Xedjirlash — soliq to‘lovchi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay moliyaviy oqibatlarni kamaytirish yoki qoplash maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar (yoki operatsiyalar majmui). Bunday noqulay oqibatlarga zarar ko‘rish, tushum yoki foydaning kamayishi, mol-mulkning bozor qiymati pasayishi, majburiyatlarning ortishi, shuningdek narx, foiz stavkasi yoki valyuta kursining o‘zgarishi sababli yuzaga keladigan yo‘qotishlar kiradi. 💬Oddiy qilib aytganda: xedjirlash — bu bozor sharoitlarining noqulay o‘zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlardan oldindan himoyalanish usuli. 📌 Masalan: korxona valyuta kursining o‘zgarishi sababli zarar ko‘rishidan xavotirda bo‘lsa, ehtimoliy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun tegishli moliyaviy vositadan foydalanishi mumkin. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 51-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 📰 Buyuk Britaniyada gazetalar uchun maxsus soliq mavjud bo‘lgan. 💵 1712-yilda hukumat gazetalar va boshqa bosma
Bilasizmi? 📰 Buyuk Britaniyada gazetalar uchun maxsus soliq mavjud bo‘lgan. 💵 1712-yilda hukumat gazetalar va boshqa bosma nashrlarga “Stamp Duty” deb atalgan maxsus soliq joriy qilgan. Nashriyotlar har bir gazeta uchun belgilangan bojni to‘lashlari kerak edi. 📊 Soliqning yuqoriligi gazeta narxining oshishiga olib kelgan va kichik nashriyotlar uchun faoliyat yuritishni qiyinlashtirgan. 🗞 Shuningdek, bu soliq matbuot faoliyatini cheklash vositasi sifatida ham tanqid qilingan. 📌 Gazetalarga solinadigan ushbu soliq 1855-yilda bekor qilingan va bu Britaniya matbuotining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 📰 В Великобритании когда-то существовал специальный налог на газеты. 💵 В 1712 году правительство ввело на газеты и другие печатные издания специальный сбор, известный как Stamp Duty. Издатели должны были платить установленную пошлину за каждый экземпляр. 📊 Из-за налога стоимость газет увеличивалась, а небольшим издательствам становилось сложнее работать. 🗞 Кроме того, этот налог критиковали за то, что он ограничивал развитие независимой прессы. 📌 Налог на газеты был отменён в 1855 году, что стало важным шагом для развития британской прессы. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

⌨️ new.soliqservis.uz tizimini o‘z dasturingizga integratsiya qilish mumkinligini bilarmidingiz? Endilikda elektron hujjat almashinuvi jarayonlarini o‘z ichki yoki biznes dasturingiz orqali avtomatlashtirishingiz mumkin. ✅ Elektron hisobvaraq-fakturalarni tezkor shakllantirish va yuborish ✅ Inson omili bilan bog‘liq xatolarni kamaytirish ✅ Qog‘oz va hujjatlarni saqlash xarajatlarini qisqartirish ✅ Elektron hujjatlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish ⚙️ Integratsiya orqali hisobvaraq-faktura, ishonchnoma, TTY, dalolatnoma, shartnoma, solishtirma dalolatnoma, erkin shakldagi hujjatlar va boshqa elektron hujjatlar bilan ishlash mumkin. 🚀 new.soliqservis.uz — biznes jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish uchun qulay yechim! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Qaysi yuk avtotransport vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquq
#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Qaysi yuk avtotransport vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘im undiriladi? ✔️ Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 455-moddasiga asosan, yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransport vositalari va tirkamalaridan avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanish huquqi uchun yig‘im undiriladi. 📌Oddiy qilib aytganda: 🚚 Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va tirkamalar avtomobil yo‘llaridan foydalanish huquqi uchun yig‘im to‘laydi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 📰 Buyuk Britaniyada gazetalar uchun maxsus soliq mavjud bo‘lgan. 💵 1712-yilda hukumat gazetalar va boshqa bosma
Bilasizmi? 📰 Buyuk Britaniyada gazetalar uchun maxsus soliq mavjud bo‘lgan. 💵 1712-yilda hukumat gazetalar va boshqa bosma nashrlarga “Stamp Duty” deb atalgan maxsus soliq joriy qilgan. Nashriyotlar har bir gazeta uchun belgilangan bojni to‘lashlari kerak edi. 📊 Soliqning yuqoriligi gazeta narxining oshishiga olib kelgan va kichik nashriyotlar uchun faoliyat yuritishni qiyinlashtirgan. 🗞 Shuningdek, bu soliq matbuot faoliyatini cheklash vositasi sifatida ham tanqid qilingan. 📌 Gazetalarga solinadigan ushbu soliq 1855-yilda bekor qilingan va bu Britaniya matbuotining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 📰 В Великобритании когда-то существовал специальный налог на газеты. 💵 В 1712 году правительство ввело на газеты и другие печатные издания специальный сбор, известный как Stamp Duty. Издатели должны были платить установленную пошлину за каждый экземпляр. 📊 Из-за налога стоимость газет увеличивалась, а небольшим издательствам становилось сложнее работать. 🗞 Кроме того, этот налог критиковали за то, что он ограничивал развитие независимой прессы. 📌 Налог на газеты был отменён в 1855 году, что стало важным шагом для развития британской прессы. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Qadrli tadbirkor va ishbilarmonlar! Sizlarni mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan Tadbirkorlar kuni bil
Qadrli tadbirkor va ishbilarmonlar! Sizlarni mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan Tadbirkorlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Tadbirkorlik — bu nafaqat biznes yuritish, balki tashabbus ko‘rsatish, yangi imkoniyatlarni ko‘ra bilish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishdir. Bugun yurtimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, yangi loyihalarning amalga oshirilishi va minglab ish o‘rinlarining yaratilishida sizlarning mehnatingiz va tashabbuslaringiz alohida ahamiyat kasb etmoqda. “Soliq-servis” AJ uchun ham tadbirkorlik subyektlariga qulay, zamonaviy va sifatli xizmatlarni taqdim etish, ularning ishini yengillashtirish hamda raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ko‘maklashish muhim vazifalardan biridir. Zero, tadbirkor uchun yaratilgan har bir qulaylik — iqtisodiyot rivoji uchun yaratilgan imkoniyatdir. Hurmatli tadbirkorlar! Sizning har bir tashabbusingiz — yangi imkoniyat, har bir loyihangiz — yangi ish o‘rni, har bir yutug‘ingiz esa yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir. Shu qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, faoliyatingizda muvaffaqiyat, biznesingizga baraka va yangi marralarni zabt etishingizni tilayman. Tashabbuslaringiz doimo qo‘llab-quvvatlansin, mehnatingiz samarasi yanada ziyoda bo‘lsin! Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram