uk
Feedback
Soliq Servis

Soliq Servis

Відкрити в Telegram

"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

Показати більше

📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу Soliq Servis

Канал Soliq Servis (@soliqservis) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 34 771 підписників, посідаючи 3 435 місце в категорії Економіка та фінанси та 2 245 місце у регіоні Узбекистан.

📊 Показники аудиторії та динаміка

З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 34 771 підписників.

За останніми даними від 28 серпня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -1 408, а за останні 24 години на -42, загальне охоплення залишається високим.

  • Статус верифікації: Не верифікований
  • Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 13.10%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 8.35% реакцій від загальної кількості підписників.
  • Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 4 561 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 2 909 переглядів.
  • Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 6.

📝 Опис та контентна політика

Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 29 серпня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Економіка та фінанси.

34 771
Підписники
-4224 години
-3487 днів
-1 40830 день
Архів дописів
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini qoplash bo‘yicha kameral tekshiruvning o‘ziga xos xususiyat
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasini qoplash bo‘yicha kameral tekshiruvning o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? ✔️Javob: Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, QQSning salbiy summasini qoplash bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi soliq organining buyrug‘isiz o‘tkaziladi. QQS summasini qoplash haqidagi xabar berilgan kundan boshlab 30 kun ichida amalga oshiriladi. Tekshiruv yakunida soliq organi QQS summasini to‘liq yoki qisman qoplashni rad etish haqida asoslantirilgan qaror qabul qilishi mumkin. 📌QQS summasini qoplash bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi — soliq organining buyrug‘isiz, QQSni qoplash haqidagi xabar berilgan kundan boshlab 30 kun ichida o‘tkaziladigan kameral tekshiruvning alohida turi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Xarajatlar usuli nima? 💡Xarajatlar usuli — nazorat qilinadigan bitimdagi narxning bozor narxlariga mosl
Soliq oddiy tilda ⁉️ Xarajatlar usuli nima? 💡Xarajatlar usuli — nazorat qilinadigan bitimdagi narxning bozor narxlariga mosligini aniqlash usuli bo‘lib, bunda sotuvchining xarajatlar bo‘yicha yalpi rentabelligi o‘xshash bitimlardagi bozor rentabelligi oralig‘i bilan taqqoslanadi. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Sotuvchi mahsulot yoki xizmatni sotishda qancha xarajat qilgani va ushbu xarajatlarga nisbatan qancha daromad olganiga qaraladi. Keyin bu ko‘rsatkich o‘xshash bozordagi bitimlar bilan solishtiriladi. 📌Korxona o‘zaro bog‘liq shaxsga mahsulot sotmoqda. Mahsulotning tannarxi 100 mln so‘m, sotuvchining xarajatlar bo‘yicha rentabelligi esa bozor ko‘rsatkichlariga mos kelishi kerak. Agar rentabellik belgilangan bozor oralig‘ida bo‘lsa, bitimdagi narx bozor narxiga mos deb e’tirof etiladi. ❗️ Muhim: Agar rentabellik belgilangan bozor oralig‘idan past yoki yuqori bo‘lsa, soliq maqsadlarida bitim narxi mahsulot (xizmat)ning haqiqiy tannarxi va bozor rentabelligining o‘rtacha ko‘rsatkichi asosida aniqlanishi mumkin. 🔖Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 190-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 💭XVIII asrda Buyuk Britaniyada kiyim-kechakni parvarish qilishda ishlatiladigan kraxmalga maxsus soliq joriy etil
Bilasizmi? 💭XVIII asrda Buyuk Britaniyada kiyim-kechakni parvarish qilishda ishlatiladigan kraxmalga maxsus soliq joriy etilgan. 🔗1777-yilda kraxmalga soliq solinishi belgilangan bo‘lib, u asosan kiyimlarni, ayniqsa yoqalar va manjetlarni qattiq va shaklli qilib turish uchun ishlatilgan. 🔼O‘sha davrda kraxmallangan kiyimlar nafaqat ozodalik, balki insonning ijtimoiy mavqei va boyligining belgisi ham hisoblangan. Shu sababli kraxmalga soliq qo‘llash orqali davlat aholining farovon qatlamlaridan qo‘shimcha daromad olishga harakat qilgan. 🔽Shunday qilib, bir vaqtlar kiyimni chiroyli va tik tutib turish uchun ishlatiladigan oddiy kraxmal ham soliq solinadigan mahsulotlar qatoriga kirgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 💭В XVIII веке в Великобритании существовал специальный налог на крахмал, который использовали для ухода за одеждой. 🔗 В 1777 году был введён налог на крахмал — вещество, которое использовали для придания жёсткости и формы одежде, особенно воротникам и манжетам. 🔽В то время накрахмаленная одежда считалась не только признаком опрятности, но и символом социального статуса и достатка. Поэтому налог на крахмал позволял государству получать дополнительные доходы с более обеспеченных слоёв населения. 🔼Получается, когда-то даже обычный крахмал, необходимый для того, чтобы одежда держала форму, оказался объектом налогообложения. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi natijasida tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchiga qanday imkoniya
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi natijasida tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchiga qanday imkoniyat beriladi? ✔️Javob: Soliq toʻlovchi tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️Mol-mulk garovi nima? 💡 Mol-mulk garovi — ayrim hollarda soliqlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash usu
Soliq oddiy tilda ⁉️Mol-mulk garovi nima? 💡 Mol-mulk garovi — ayrim hollarda soliqlarni to‘lash majburiyatini ta’minlash usuli bo‘lib, soliq to‘lovchi o‘z mol-mulkini garovga qo‘yadi. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar soliq to‘lovchi belgilangan soliqlar va penalarni to‘lamasa, soliq organi qarzdorlikni garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymati hisobidan undirish huquqiga ega. 📌 Masalan: Soliq to‘lovchining soliq qarzdorligi mavjud va bu majburiyat mol-mulk garovi bilan ta’minlangan. Agar qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmasa, soliq organi garovdagi mol-mulk qiymati hisobidan qarzdorlikni undirish choralarini ko‘rishi mumkin. ❗️ Muhim: Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Garovga qo‘yuvchi soliq to‘lovchining o‘zi yoki uchinchi shaxs bo‘lishi mumkin. Garovdagi mol-mulk bilan bog‘liq bitimlarni amalga oshirish esa garovga oluvchining roziligi bilan amalga oshiriladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🍇Tarixda ayrim davlatlarda uzumzorlar va uzum yetishtirish bilan bog‘liq maxsus soliqlar mavjud bo‘lgan. 🪙 Bunda
Bilasizmi? 🍇Tarixda ayrim davlatlarda uzumzorlar va uzum yetishtirish bilan bog‘liq maxsus soliqlar mavjud bo‘lgan. 🪙 Bunday soliqlar yer maydoni, yetishtirilgan uzum miqdori yoki undan ishlab chiqarilgan vino hajmiga qarab undirilishi mumkin edi. 🔼 Masalan, Fransiyada vino ishlab chiqarish va uning savdosi tarix davomida turli soliqlar va yig‘imlar bilan tartibga solingan. Uzum yetishtirish esa mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan. 📌 Qiziq tomoni shundaki, tarixda soliq nafaqat tayyor mahsulotga, balki uni yetishtirish uchun foydalanilgan yer va hosilga ham qo‘llanilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🍇В разные исторические периоды в некоторых странах существовали налоги и сборы, связанные с виноградниками и выращиванием винограда. 🪙Такие платежи могли рассчитываться исходя из площади виноградников, количества выращенного винограда или объёма произведённого из него вина. 🔼 Например, во Франции производство и торговля вином на протяжении истории регулировались различными налогами и сборами. Выращивание винограда при этом являлось важной частью экономики страны. 📌Интересно, что исторически налог мог взиматься не только с готового продукта, но и с земли и урожая, благодаря которым этот продукт производился. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🚀 Biznesingiz uchun zamonaviy kassa izlayapsizmi? Savdo, restoran yoki xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritasizmi? Unda “Soliq-servis”ning POS Virtual kassasi siz uchun qulay yechim! 📱 Smartfon uchun mobil kassa ⌨️ Kompyuter va noutbuk uchun virtual kassa 🍽 Restoran va umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun qulay yechim POS Virtual kassa orqali: ✅ Tovarlarni hisobvaraq-faktura asosida kassaga kirim qilish; ✅ Markirovkalangan mahsulotlarni sotish; ✅ Fiskal QR-kodli cheklarni tezkor shakllantirish; ✅ Zarur hollarda chek ma’lumotlarini tahrirlash; ✅ Cheklarni avtomatik ravishda soliq organlarining axborot tizimiga yuborish mumkin. 🎁 Yangi foydalanuvchilar uchun birinchi oy — mutlaqo bepul! Bugungi kunda 4 mingdan ortiq foydalanuvchi POS Virtual kassadan foydalanmoqda. ☄️ POS Virtual kassa — kamroq vaqt, ko‘proq qulaylik va zamonaviy biznes! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Tekshiruvdan oldingi tahlilda tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi nima qilishi kerak? ✔️J
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Tekshiruvdan oldingi tahlilda tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi nima qilishi kerak? ✔️Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, soliq organi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tuzatish kiritish haqida xabarnoma yuboradi. 📌 Soliq to‘lovchi xabarnomani olgan kundan boshlab belgilangan muddatda aniqlangan tafovutlarning asosini taqdim etishi yoki soliq hisobotiga tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim. Mazkur talab bajarilmasa, kameral soliq tekshiruvi tayinlanishi mumkin. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Fidokorona xizmatning munosib e’tirofi! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Soliq qo
+3
Fidokorona xizmatning munosib e’tirofi! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Soliq qo‘mitasi Markaziy apparatining bir guruh xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Soliq qo‘mitasi raisi, rais o‘rinbosarlari, tarkibiy tuzilmalar rahbarlari hamda Markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi. Tantanali marosim davomida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘li, yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, soliq tizimida olib borilgan tub o‘zgarishlar va yangilanishlar alohida ta’kidlandi. Ko‘p yillik samarali mehnati, yuksak kasbiy mahorati, xizmat vazifalarini sidqidildan va vijdonan bajarib kelayotgani, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti va soliq xizmati tizimi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida “Soliq-servis” AJning 4 nafar xodimi ham bor: 🔹 Boytemirov Abror Mahammadi o‘g‘li — direktor o‘rinbosari; 🔹 Xakimov Shuhrat Toshpulatovich — Strategik rejalashtirish va yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i; 🔹 Xudayberdiyev Umid Quvondiqovich — Surxondaryo viloyat markazi bo‘lim boshlig‘i; 🔹 Hasanov Suhrob Quvvatovich — Qashqadaryo viloyat markazi bo‘lim boshlig‘i. “Soliq-servis” AJ jamoasi nomidan hamkasblarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning ko‘p yillik fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi barchamiz uchun ibratdir. Taqdirlangan hamkasblarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilaymiz! Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Umidsiz qarzdorlik nima? 💡 Umidsiz qarzdorlik — belgilangan qonuniy sabablarga ko‘ra undirilishi yoki t
Soliq oddiy tilda ⁉️ Umidsiz qarzdorlik nima? 💡 Umidsiz qarzdorlik — belgilangan qonuniy sabablarga ko‘ra undirilishi yoki to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarzdorlik. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar qarzni undirishning qonuniy imkoniyati qolmagan bo‘lsa, bunday qarzdorlik umidsiz qarzdorlik hisoblanadi. 📌 Masalan: Qarzdor bankrot deb topilgan, tugatilgan yoki vafot etgan bo‘lsa, sud qaroriga ko‘ra majburiyat bekor qilingan bo‘lsa yoki da’vo muddati o‘tgan bo‘lsa, qarzdorlik umidsiz deb e’tirof etilishi mumkin. ❗️ Muhim: Qarzdorlik, shuningdek, Majburiyatlar reyestriga kiritilgan kundan boshlab 10 yil davomida to‘lanmagan bo‘lsa ham umidsiz qarzdorlik sifatida e’tirof etiladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🐎 Bir vaqtlar ayrim davlatlarda ot saqlash yoki undan foydalanish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar mavjud bo‘l
Bilasizmi? 🐎 Bir vaqtlar ayrim davlatlarda ot saqlash yoki undan foydalanish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar mavjud bo‘lgan. 💵 Bunday to‘lovlar otlardan transport vositasi sifatida foydalanish, ularni saqlash yoki xo‘jalik faoliyatida qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin edi. 🚗 Avtomobillar ommalashishidan oldin otlar asosiy transport vositalaridan biri bo‘lgan. Shu sababli ayrim soliq tizimlarida otlar va ot-aravalar ham soliqqa tortish obyekti sifatida ko‘rilgan. 📌 Bugungi kunda esa bunday to‘lovlar ko‘plab mamlakatlarda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, otlar bilan bog‘liq soliqlar o‘rnini zamonaviy transport va mulk soliqlari egallagan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🐎 Когда-то в некоторых странах существовали налоги и сборы, связанные с содержанием или использованием лошадей. 💵 Такие платежи могли быть связаны с использованием лошадей в качестве транспорта, их содержанием или применением в хозяйственной деятельности. 🚗 До массового распространения автомобилей лошади были одним из главных средств передвижения. Поэтому в некоторых налоговых системах лошади и конные экипажи становились объектом налогообложения. 📌 Сегодня подобные налоги в основном имеют историческое значение, уступив место современным транспортным и имущественным налогам. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

⌛ Soliq qonunchiligidagi muhim qoidalar bo‘yicha savollaringizga aniq va tushunarli javoblar berishda davom etamiz. 🎥 Bu galgi videoda: ✔️ Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan soliq to‘lovchilar uchun 0 foizli soliq stavkasi qancha muddatga va qanday daromadlarga nisbatan qo‘llanilishi; ✔️ Kameral soliq tekshiruvida qaysi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanishi; ✔️ Qaysi holatlarda soliq organi soliq to‘lovchini oldindan xabardor qilmasdan soliq auditini boshlashi mumkinligi haqida ma’lumot beriladi. 📌 Soliq qonunchiligidagi yangilik va muhim o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatib boring! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi nima va u qanday ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi nima va u qanday ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, kameral soliq tekshiruvi — soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek, soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjat va ma’lumotlarni tahlil qilish asosida o‘tkaziladigan tekshiruvdir. 📌 Ushbu tekshiruv soliq hisobotlaridagi xatolar, tafovutlar va soliq majburiyatlarining to‘g‘ri hisoblanganligini aniqlashga qaratilgan. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Yakka tartibdagi tadbirkor kim? 💡 Yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkor
Soliq oddiy tilda ⁉️ Yakka tartibdagi tadbirkor kim? 💡 Yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar jismoniy shaxs o‘z nomidan biznes yuritsa, lekin buning uchun alohida korxona yoki yuridik shaxs tashkil qilmasa — u yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. 📌 Masalan: Siz belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tdingiz va o‘z nomingizdan savdo yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanyapsiz. Bunda siz yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) hisoblanasiz. ❗️ Muhim: Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, ammo YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham soliq solish va javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? ⭐ XVIII asrda Buyuk Britaniyada dori vositalariga maxsus soliq solingan. 💊 💵Dorilarni sotish va ayrim tibbiy vos
Bilasizmi? ⭐ XVIII asrda Buyuk Britaniyada dori vositalariga maxsus soliq solingan. 💊 💵Dorilarni sotish va ayrim tibbiy vositalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarga gerb yig‘imi (stamp duty) undirilgan. 🎯Maqsad: Ushbu to‘lov davlat xazinasiga qo‘shimcha daromad keltirish va dori vositalari savdosini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan. 📌 Bunday gerb yig‘imlari XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘llanilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? ⭐ В XVIII веке в Великобритании существовала гербовая пошлина на лекарства. 💊 💵 Сбор взимался с документов, связанных с продажей лекарств и оформлением некоторых медицинских средств. 🎯Цель: Такой сбор приносил дополнительные доходы государственной казне и использовался для регулирования торговли лекарствами. 📌 Подобные гербовые пошлины действовали в Великобритании в XVIII веке. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 Savol: Sayyor soliq tekshiruvi nima va uning asosiy maqsadi nimadan iborat? Javob: Soliq kodeksining 139-modda
#KUN_SAVOLI 📚 Savol: Sayyor soliq tekshiruvi nima va uning asosiy maqsadi nimadan iborat? Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, sayyor soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlarni hisoblash hamda to‘lash, shuningdek, soliq qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishini tekshirishdir. Tekshiruv davomida hisob hujjatlari, tovar-moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari harakati hamda soliq to‘lovchining faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar tahlil qilinadi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — bu nima? 💡Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalang
Soliq oddiy tilda ⁉️Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — bu nima? 💡Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — tegishli shartnoma asosida ixtiyoriy ravishda birlashadigan yuridik shaxslar guruhi bo‘lib, uning maqsadi guruh ishtirokchilarining xo‘jalik faoliyatidagi umumiy moliyaviy natijani hisobga olgan holda foyda solig‘ini hisoblash va to‘lashdan iborat. 💬Oddiy qilib aytganda: o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta kompaniyalar soliqqa tortish maqsadida birlashadi va foyda solig‘ini hisoblashda ularning umumiy moliyaviy natijasi hisobga olinadi. 📌Muhim: bunday guruh yangi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi. Ishtirokchilardan biri mas’ul ishtirokchi etib belgilanadi. Aynan u butun guruh bo‘yicha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash uchun javob beradi. 🔗Guruhni tashkil etish uchun, jumladan, bir yuridik shaxs boshqa ishtirokchilarning ustav fondi (ustav kapitali)da bevosita yoki bilvosita kamida 90 foiz ulushga ega bo‘lishi kerak. 🔗Ishtirokchilar tomonidan to‘langan ayrim soliqlarning jami summasi kamida 100 mlrd so‘m, tushum va boshqa daromadlarning jami hajmi kamida 500 mlrd so‘m, aktivlarning jami qiymati esa kamida 1 trln so‘m bo‘lishi kerak. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 61–64-moddalari. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🔖 “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun malaka oshirish mashg‘ulotlari yakunlandi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida tashkil etilgan ikki kunlik malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilarning faoliyatida bevosita qo‘llaniladigan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari mustahkamlandi. Xususan, quyidagi mavzularga alohida e’tibor qaratildi: 🔺 “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalarida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar; 🔺 Fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya xizmati ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish, xizmat turlari hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari; 🔺 Soliq to‘lovchilarni jalb qilish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, samarali kommunikatsiya va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 🔺 Buxgalteriya xizmatlari sifati va ichki nazorat tizimini tashkil etish, hujjatlarni tekshirish, hisobotlarni nazorat qilish hamda xatolarning oldini olish; 🔺 Xizmat ko‘rsatish madaniyati, brendni to‘g‘ri namoyon qilish, mijoz ehtiyojlarini aniqlash va xizmatlarni professional tarzda taqdim etish; 🔺 “Soliq-servis” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan markaziy xizmatlar, jumladan, markshederlik va Tax Free yo‘nalishlari; 🔺 Ichki nazorat tizimlari, komplayens nazorat va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish; 🔺 Jamiyatning ichki tartib-qoidalari, EDO tizimi va mehnatga oid masalalar. 🎯 Mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy bilimlarini mustahkamlash, aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash borasida yangi bilimlarga ega bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish asnosida faoliyatdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🧤 XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘lqoplarga maxsus soliq solingan. 💵Qo‘lqop sotib olishda xaridorlardan belgila
Bilasizmi? 🧤 XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘lqoplarga maxsus soliq solingan. 💵Qo‘lqop sotib olishda xaridorlardan belgilangan miqdorda qo‘shimcha soliq undirilgan. 🎯Maqsad: Ushbu soliq davlat xazinasiga qo‘shimcha daromad keltirish maqsadida joriy etilgan. 📌 Qo‘lqoplarga solinadigan soliq XVIII asrda Buyuk Britaniyada amal qilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🧤В XVIII веке в Великобритании существовал специальный налог на перчатки. 💵 При покупке перчаток с покупателей взимался дополнительный налог. 🎯Цель: Налог был введён для пополнения государственной казны. 📌 Налог на перчатки действовал в Великобритании в XVIII веке. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga qanday soliq imtiyozlari beriladi? ✔️ Javob: Soliq ko'deksini
#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga qanday soliq imtiyozlari beriladi? ✔️ Javob: Soliq ko'deksining 473-moddasiga asosan investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilish, shuningdek, foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi. 📌Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga soliq imtiyozlari — investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda foyda solig‘i bo‘yicha taqdim etiladigan imtiyozlardan iborat. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram