ch
Feedback
Soliq Servis

Soliq Servis

前往频道在 Telegram

"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

显示更多

📈 Telegram 频道 Soliq Servis 的分析概览

频道 Soliq Servis (@soliqservis) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 34 860 名订阅者,在 经济与金融 类别中位列第 3 447,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 2 229

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 34 860 名订阅者。

根据 26 八月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -1 430,过去 24 小时变化为 -37,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 13.15%。内容发布后 24 小时内通常能获得 8.41% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 4 591 次浏览,首日通常累积 2 937 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 6

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
"Soliq-servis" AJ https://soliqservis.taplink.ws/ "Soliq-servis" jamiyatining rasmiy kanali soliq-servis.uz soliqservis.uz 📞1198

凭借高频更新(最新数据采集于 27 八月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 经济与金融 类别中的关键影响点。

34 860
订阅者
-3724 小时
-3517
-1 43030
帖子存档
🚀 Biznesingiz uchun zamonaviy kassa izlayapsizmi? Savdo, restoran yoki xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritasizmi? Unda “Soliq-servis”ning POS Virtual kassasi siz uchun qulay yechim! 📱 Smartfon uchun mobil kassa ⌨️ Kompyuter va noutbuk uchun virtual kassa 🍽 Restoran va umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun qulay yechim POS Virtual kassa orqali: ✅ Tovarlarni hisobvaraq-faktura asosida kassaga kirim qilish; ✅ Markirovkalangan mahsulotlarni sotish; ✅ Fiskal QR-kodli cheklarni tezkor shakllantirish; ✅ Zarur hollarda chek ma’lumotlarini tahrirlash; ✅ Cheklarni avtomatik ravishda soliq organlarining axborot tizimiga yuborish mumkin. 🎁 Yangi foydalanuvchilar uchun birinchi oy — mutlaqo bepul! Bugungi kunda 4 mingdan ortiq foydalanuvchi POS Virtual kassadan foydalanmoqda. ☄️ POS Virtual kassa — kamroq vaqt, ko‘proq qulaylik va zamonaviy biznes! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Tekshiruvdan oldingi tahlilda tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi nima qilishi kerak? ✔️J
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Tekshiruvdan oldingi tahlilda tafovut yoki xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchi nima qilishi kerak? ✔️Javob: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, soliq organi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tuzatish kiritish haqida xabarnoma yuboradi. 📌 Soliq to‘lovchi xabarnomani olgan kundan boshlab belgilangan muddatda aniqlangan tafovutlarning asosini taqdim etishi yoki soliq hisobotiga tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim. Mazkur talab bajarilmasa, kameral soliq tekshiruvi tayinlanishi mumkin. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Fidokorona xizmatning munosib e’tirofi! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Soliq qo
+3
Fidokorona xizmatning munosib e’tirofi! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Soliq qo‘mitasi Markaziy apparatining bir guruh xodimlarini “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Soliq qo‘mitasi raisi, rais o‘rinbosarlari, tarkibiy tuzilmalar rahbarlari hamda Markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi. Tantanali marosim davomida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘li, yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, soliq tizimida olib borilgan tub o‘zgarishlar va yangilanishlar alohida ta’kidlandi. Ko‘p yillik samarali mehnati, yuksak kasbiy mahorati, xizmat vazifalarini sidqidildan va vijdonan bajarib kelayotgani, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti va soliq xizmati tizimi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida “Soliq-servis” AJning 4 nafar xodimi ham bor: 🔹 Boytemirov Abror Mahammadi o‘g‘li — direktor o‘rinbosari; 🔹 Xakimov Shuhrat Toshpulatovich — Strategik rejalashtirish va yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i; 🔹 Xudayberdiyev Umid Quvondiqovich — Surxondaryo viloyat markazi bo‘lim boshlig‘i; 🔹 Hasanov Suhrob Quvvatovich — Qashqadaryo viloyat markazi bo‘lim boshlig‘i. “Soliq-servis” AJ jamoasi nomidan hamkasblarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning ko‘p yillik fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi barchamiz uchun ibratdir. Taqdirlangan hamkasblarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilaymiz! Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Umidsiz qarzdorlik nima? 💡 Umidsiz qarzdorlik — belgilangan qonuniy sabablarga ko‘ra undirilishi yoki t
Soliq oddiy tilda ⁉️ Umidsiz qarzdorlik nima? 💡 Umidsiz qarzdorlik — belgilangan qonuniy sabablarga ko‘ra undirilishi yoki to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarzdorlik. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar qarzni undirishning qonuniy imkoniyati qolmagan bo‘lsa, bunday qarzdorlik umidsiz qarzdorlik hisoblanadi. 📌 Masalan: Qarzdor bankrot deb topilgan, tugatilgan yoki vafot etgan bo‘lsa, sud qaroriga ko‘ra majburiyat bekor qilingan bo‘lsa yoki da’vo muddati o‘tgan bo‘lsa, qarzdorlik umidsiz deb e’tirof etilishi mumkin. ❗️ Muhim: Qarzdorlik, shuningdek, Majburiyatlar reyestriga kiritilgan kundan boshlab 10 yil davomida to‘lanmagan bo‘lsa ham umidsiz qarzdorlik sifatida e’tirof etiladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🐎 Bir vaqtlar ayrim davlatlarda ot saqlash yoki undan foydalanish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar mavjud bo‘l
Bilasizmi? 🐎 Bir vaqtlar ayrim davlatlarda ot saqlash yoki undan foydalanish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar mavjud bo‘lgan. 💵 Bunday to‘lovlar otlardan transport vositasi sifatida foydalanish, ularni saqlash yoki xo‘jalik faoliyatida qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin edi. 🚗 Avtomobillar ommalashishidan oldin otlar asosiy transport vositalaridan biri bo‘lgan. Shu sababli ayrim soliq tizimlarida otlar va ot-aravalar ham soliqqa tortish obyekti sifatida ko‘rilgan. 📌 Bugungi kunda esa bunday to‘lovlar ko‘plab mamlakatlarda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, otlar bilan bog‘liq soliqlar o‘rnini zamonaviy transport va mulk soliqlari egallagan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🐎 Когда-то в некоторых странах существовали налоги и сборы, связанные с содержанием или использованием лошадей. 💵 Такие платежи могли быть связаны с использованием лошадей в качестве транспорта, их содержанием или применением в хозяйственной деятельности. 🚗 До массового распространения автомобилей лошади были одним из главных средств передвижения. Поэтому в некоторых налоговых системах лошади и конные экипажи становились объектом налогообложения. 📌 Сегодня подобные налоги в основном имеют историческое значение, уступив место современным транспортным и имущественным налогам. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

⌛ Soliq qonunchiligidagi muhim qoidalar bo‘yicha savollaringizga aniq va tushunarli javoblar berishda davom etamiz. 🎥 Bu galgi videoda: ✔️ Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan soliq to‘lovchilar uchun 0 foizli soliq stavkasi qancha muddatga va qanday daromadlarga nisbatan qo‘llanilishi; ✔️ Kameral soliq tekshiruvida qaysi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlanishi; ✔️ Qaysi holatlarda soliq organi soliq to‘lovchini oldindan xabardor qilmasdan soliq auditini boshlashi mumkinligi haqida ma’lumot beriladi. 📌 Soliq qonunchiligidagi yangilik va muhim o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatib boring! 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi nima va u qanday ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining
#KUN_SAVOLI 📚 ⁉️Savol: Kameral soliq tekshiruvi nima va u qanday ma’lumotlar asosida o‘tkaziladi? ✔️Javob: Soliq kodeksining 138-moddasiga asosan, kameral soliq tekshiruvi — soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek, soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjat va ma’lumotlarni tahlil qilish asosida o‘tkaziladigan tekshiruvdir. 📌 Ushbu tekshiruv soliq hisobotlaridagi xatolar, tafovutlar va soliq majburiyatlarining to‘g‘ri hisoblanganligini aniqlashga qaratilgan. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Yakka tartibdagi tadbirkor kim? 💡 Yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkor
Soliq oddiy tilda ⁉️ Yakka tartibdagi tadbirkor kim? 💡 Yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs. 🙂 Oddiy qilib aytganda: Agar jismoniy shaxs o‘z nomidan biznes yuritsa, lekin buning uchun alohida korxona yoki yuridik shaxs tashkil qilmasa — u yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. 📌 Masalan: Siz belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tdingiz va o‘z nomingizdan savdo yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanyapsiz. Bunda siz yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) hisoblanasiz. ❗️ Muhim: Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, ammo YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar ham soliq solish va javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? ⭐ XVIII asrda Buyuk Britaniyada dori vositalariga maxsus soliq solingan. 💊 💵Dorilarni sotish va ayrim tibbiy vos
Bilasizmi? ⭐ XVIII asrda Buyuk Britaniyada dori vositalariga maxsus soliq solingan. 💊 💵Dorilarni sotish va ayrim tibbiy vositalarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarga gerb yig‘imi (stamp duty) undirilgan. 🎯Maqsad: Ushbu to‘lov davlat xazinasiga qo‘shimcha daromad keltirish va dori vositalari savdosini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan. 📌 Bunday gerb yig‘imlari XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘llanilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? ⭐ В XVIII веке в Великобритании существовала гербовая пошлина на лекарства. 💊 💵 Сбор взимался с документов, связанных с продажей лекарств и оформлением некоторых медицинских средств. 🎯Цель: Такой сбор приносил дополнительные доходы государственной казне и использовался для регулирования торговли лекарствами. 📌 Подобные гербовые пошлины действовали в Великобритании в XVIII веке. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 Savol: Sayyor soliq tekshiruvi nima va uning asosiy maqsadi nimadan iborat? Javob: Soliq kodeksining 139-modda
#KUN_SAVOLI 📚 Savol: Sayyor soliq tekshiruvi nima va uning asosiy maqsadi nimadan iborat? Javob: Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan, sayyor soliq tekshiruvi — soliq to‘lovchining soliqlar va yig‘imlarni hisoblash hamda to‘lash, shuningdek, soliq qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarishini tekshirishdir. Tekshiruv davomida hisob hujjatlari, tovar-moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari harakati hamda soliq to‘lovchining faoliyatiga oid boshqa ma’lumotlar tahlil qilinadi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — bu nima? 💡Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalang
Soliq oddiy tilda ⁉️Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — bu nima? 💡Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalangan guruhi — tegishli shartnoma asosida ixtiyoriy ravishda birlashadigan yuridik shaxslar guruhi bo‘lib, uning maqsadi guruh ishtirokchilarining xo‘jalik faoliyatidagi umumiy moliyaviy natijani hisobga olgan holda foyda solig‘ini hisoblash va to‘lashdan iborat. 💬Oddiy qilib aytganda: o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta kompaniyalar soliqqa tortish maqsadida birlashadi va foyda solig‘ini hisoblashda ularning umumiy moliyaviy natijasi hisobga olinadi. 📌Muhim: bunday guruh yangi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi. Ishtirokchilardan biri mas’ul ishtirokchi etib belgilanadi. Aynan u butun guruh bo‘yicha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash uchun javob beradi. 🔗Guruhni tashkil etish uchun, jumladan, bir yuridik shaxs boshqa ishtirokchilarning ustav fondi (ustav kapitali)da bevosita yoki bilvosita kamida 90 foiz ulushga ega bo‘lishi kerak. 🔗Ishtirokchilar tomonidan to‘langan ayrim soliqlarning jami summasi kamida 100 mlrd so‘m, tushum va boshqa daromadlarning jami hajmi kamida 500 mlrd so‘m, aktivlarning jami qiymati esa kamida 1 trln so‘m bo‘lishi kerak. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 61–64-moddalari. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🔖 “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun malaka oshirish mashg‘ulotlari yakunlandi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq oliy maktabida tashkil etilgan ikki kunlik malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilarning faoliyatida bevosita qo‘llaniladigan muhim yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari mustahkamlandi. Xususan, quyidagi mavzularga alohida e’tibor qaratildi: 🔺 “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalarida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar; 🔺 Fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya xizmati ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish, xizmat turlari hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari; 🔺 Soliq to‘lovchilarni jalb qilish, ularning ehtiyojlarini o‘rganish, samarali kommunikatsiya va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 🔺 Buxgalteriya xizmatlari sifati va ichki nazorat tizimini tashkil etish, hujjatlarni tekshirish, hisobotlarni nazorat qilish hamda xatolarning oldini olish; 🔺 Xizmat ko‘rsatish madaniyati, brendni to‘g‘ri namoyon qilish, mijoz ehtiyojlarini aniqlash va xizmatlarni professional tarzda taqdim etish; 🔺 “Soliq-servis” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan markaziy xizmatlar, jumladan, markshederlik va Tax Free yo‘nalishlari; 🔺 Ichki nazorat tizimlari, komplayens nazorat va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish; 🔺 Jamiyatning ichki tartib-qoidalari, EDO tizimi va mehnatga oid masalalar. 🎯 Mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy bilimlarini mustahkamlash, aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash borasida yangi bilimlarga ega bo‘lib, o‘zaro tajriba almashish asnosida faoliyatdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🧤 XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘lqoplarga maxsus soliq solingan. 💵Qo‘lqop sotib olishda xaridorlardan belgila
Bilasizmi? 🧤 XVIII asrda Buyuk Britaniyada qo‘lqoplarga maxsus soliq solingan. 💵Qo‘lqop sotib olishda xaridorlardan belgilangan miqdorda qo‘shimcha soliq undirilgan. 🎯Maqsad: Ushbu soliq davlat xazinasiga qo‘shimcha daromad keltirish maqsadida joriy etilgan. 📌 Qo‘lqoplarga solinadigan soliq XVIII asrda Buyuk Britaniyada amal qilgan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🧤В XVIII веке в Великобритании существовал специальный налог на перчатки. 💵 При покупке перчаток с покупателей взимался дополнительный налог. 🎯Цель: Налог был введён для пополнения государственной казны. 📌 Налог на перчатки действовал в Великобритании в XVIII веке. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga qanday soliq imtiyozlari beriladi? ✔️ Javob: Soliq ko'deksini
#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga qanday soliq imtiyozlari beriladi? ✔️ Javob: Soliq ko'deksining 473-moddasiga asosan investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilish, shuningdek, foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar beriladi. 📌Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga soliq imtiyozlari — investitsiyalar hajmiga qarab mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda foyda solig‘i bo‘yicha taqdim etiladigan imtiyozlardan iborat. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Bilasizmi? 🧼Buyuk Britaniyada bir vaqtlar sovunga maxsus soliq joriy etilgan. 💵Ushbu soliq sababli kundalik gigiyenada ishl
Bilasizmi? 🧼Buyuk Britaniyada bir vaqtlar sovunga maxsus soliq joriy etilgan. 💵Ushbu soliq sababli kundalik gigiyenada ishlatiladigan sovun narxi oshgan. 🎯Maqsad: Soliq davlat byudjetiga qo‘shimcha daromad keltirish uchun undirilgan. 📌 Sovunga solinadigan soliq 1833-yilda bekor qilingan. ⏰⏰⏰⏰⏰⏰⏰ Знаете ли вы? 🧼В Великобритании когда-то существовал специальный налог на мыло. 💵 Из-за этого налога обычное средство для гигиены становилось дороже для покупателей. 🎯Цель: Налог вводился для получения дополнительных доходов государством. 📌 Налог на мыло был отменён в 1833 году. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ REPO — bu nima? 💡 REPO — qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan bitim bo‘lib, unga ko‘ra bitimni
Soliq oddiy tilda ⁉️ REPO — bu nima? 💡 REPO — qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan bitim bo‘lib, unga ko‘ra bitimning bir tomoni ikkinchi tomonga qimmatli qog‘ozlarni sotadi va ma’lum muddatdan so‘ng ularni oldindan belgilangan narxda qayta sotish yoki sotib olish majburiyatini oladi. Bunda shartnomadagi narx qimmatli qog‘ozlarning bozor narxidan farq qilishi mumkin. 💬Oddiy qilib aytganda: REPO — qimmatli qog‘ozlarni vaqtincha sotish va kelishilgan muddatdan keyin ularni oldindan belgilangan shartlarda qayta sotib olishga asoslangan moliyaviy bitim. 📌Masalan: korxona vaqtincha mablag‘ga muhtoj bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlarini REPO orqali sotadi va belgilangan muddatdan keyin ularni qayta sotib oladi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 52-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🔖 Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘z yakuniga yetdi! “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun tash
+3
🔖 Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlari o‘z yakuniga yetdi! “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun tashkil etilgan ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlarining ikkinchi kuni ham mazmunli va samarali tarzda yakunlandi. 🔺Ikki kun davomida ishtirokchilar kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, zamonaviy yondashuvlar, amaliy masalalar va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan mavzular bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 🤝 Mashg‘ulotlar nafaqat yangi bilim va tajriba, balki hamkasblar bilan fikr almashish va o‘zaro tajriba ulashish uchun ham yaxshi imkoniyat bo‘ldi. 🏛️ O‘quv dasturining mazmunli qismi sifatida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markaziga ham tashrif buyurdilar. Markazda ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi, islom olamining sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishildi. ✨ Ikki kun — yangi bilimlar, yangi taassurotlar va yangi maqsadlar sari muhim qadam!Soliq-servis” AJ jamoasi uchun bunday o‘quv va rivojlanish dasturlari kelgusida ham davom etadi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

🔖 Bilim — rivojlanishning eng muhim omili! ➡️ “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun ikki kunlik o
+6
🔖 Bilim — rivojlanishning eng muhim omili! ➡️ “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlari uchun ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi. 🔺 Ikki kun davomida ishtirokchilar kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, yangi yondashuvlarni o‘rganish hamda kundalik faoliyatda samaradorlikni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. 🎯 Maqsad bitta — bilimni oshirish, tajribani boyitish va natijadorlikni yanada yuksaltirish! 💡 Ikki kun — yangi bilimlar, amaliy tajriba va foydali muloqotlar uchun yangi imkoniyat. 👨‍💻 O‘quv mashg‘ulotlari davomida dolzarb masalalar muhokama qilinib, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashadilar. Ikki kunlik intensiv mashg‘ulotlar boshlandi! 🚀 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning qanday turlari bor? ✔️ Javob: Alko
#KUN_SAVOLI 📚 ❓ Savol: Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning qanday turlari bor? ✔️ Javob: Alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im undiriladi. 📌Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im — alkogol mahsulotlarini chakana sotish yoki umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘im hisoblanadi. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 455-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram

Soliq oddiy tilda ⁉️ Xedjirlash — bu nima? 💡 Xedjirlash — soliq to‘lovchi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay moliya
Soliq oddiy tilda ⁉️ Xedjirlash — bu nima? 💡 Xedjirlash — soliq to‘lovchi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay moliyaviy oqibatlarni kamaytirish yoki qoplash maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar (yoki operatsiyalar majmui). Bunday noqulay oqibatlarga zarar ko‘rish, tushum yoki foydaning kamayishi, mol-mulkning bozor qiymati pasayishi, majburiyatlarning ortishi, shuningdek narx, foiz stavkasi yoki valyuta kursining o‘zgarishi sababli yuzaga keladigan yo‘qotishlar kiradi. 💬Oddiy qilib aytganda: xedjirlash — bu bozor sharoitlarining noqulay o‘zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlardan oldindan himoyalanish usuli. 📌 Masalan: korxona valyuta kursining o‘zgarishi sababli zarar ko‘rishidan xavotirda bo‘lsa, ehtimoliy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun tegishli moliyaviy vositadan foydalanishi mumkin. 🔖Asos: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 51-moddasi. 📝Тelegram | 🌐Veb-sayt| 📱Instagram