en
Feedback
Chirchiq shahar hokimligi

Chirchiq shahar hokimligi

Open in Telegram

Chirchiq shahar hokimligining rasmiy sahifasi Sayt: https://gov.uz/oz/chirchiq Manzil: Chirchiq shahri Amir Temur koʻchasi 1. Yagona ishonch raqami: (71) 716-38-25 Murojaat uchun: @Chirchiqhokimigamurojaat_bot

Show more
6 176
Subscribers
+124 hours
-327 days
-9130 days
Posts Archive
Repost from Малика | MEA
5-сентябрь куни ўтказган Шанбалигимизда қатнашганларга каттадан-катта раҳмат. Сизларни Қиблагоҳим дастурхон бошида гўзал дуолар қилдилар. Ўша куни иш бошлашимиз билан айланишга келган 2 ёш жуфтлик ҳам қарашиб, ишимизни анча енгил қилиб беришди. Бундан ташқари ўша атрофда юрган миллий гвардиянинг 2 ҳодими ҳам бизга кўмаклашишди. Балиқ тутгани келган бир йигит чин кўнгилдан раҳмат айтгани эса ёқимли бўлди. Қўлимиздан келгунча, кучимиз етгунча тозалашга ҳаракат қилдик. Қатнашган барча инсонлардан Аллоҳ рози бўлсин. Ерни юзини очдинглар, Ўзи сизларни юзларингни ёруғ қилсин. Шу кичкина жойдан чиққан чиқинди ҳажми жуда катта бўлиб кетди. Океанлардан чиқадиган пластик чиқиндилар бир неча тонна эканлигига энди ҳам ишоняпман. Бу каби егулик-ичимликлар организмни заҳарлайди, қадоғи эса табиатни. Бундай маҳсулотлар ҳам танани, ҳам онгни, ҳам қалбни ўлдиради. Инсонларни онги уйғонишини дуо қилайлик. Ўз Она Заминимизни асрайлик.

#Bildirish Hurmatli hamshaharlar ‼️ 📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doi
#Bildirish Hurmatli hamshaharlar ‼️   📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan. 🔈 Sizning muammolaringiz yuzasidan murojaatlaringizni 👉 https://t.me/murojaathokimlik ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va tez fursatda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиеев провел расширенное совещание по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения. #Mirziyoyev #yigilish #kambagallik #bandlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Rasmiy axborot
⚡ Yangi mehmonxonalar qurish va mavjudlarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida mehmonxona subyektlari uchun imtiyozli kr
Yangi mehmonxonalar qurish va mavjudlarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida mehmonxona subyektlari uchun imtiyozli kreditlash tartibi joriy etildi.
➡️ Kreditlash shartlari: 🔷 Mehmonxona qurish uchun — 50 milliard so‘mgacha; 🔷 Mehmonxonani rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun — 20 milliard so‘mgacha; 🔷Kredit muddati — 10 yil (120 oy)gacha; 🔷Imtiyozli davr — 2 yil; 🔷Kreditlar tijorat banklari tomonidan ajratiladi. ➡️ Foiz xarajatlarini qoplash: Kreditlarning milliy valyutada yillik 16 foizdan, xorijiy valyutada esa SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi. ➡️ Murojaat tartibi: Kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy turizm boshqarmalari orqali yig‘iladi va Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markaziga taqdim etiladi.
📌Batafsil ma’lumot uchun: Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi, Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi: ☎️ Tel.: +99877 448 77 88. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

🚫💊Chirchiq shahrida qalbaki va sifatsiz kimyoviy preparatlar savdosiga qarshi nazorat kuchaytirilmoqda Toshkent viloyati Oz
+7
🚫💊Chirchiq shahrida qalbaki va sifatsiz kimyoviy preparatlar savdosiga qarshi nazorat kuchaytirilmoqda Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Bosh boshqarmasi Chirchiq shahar inspektorlari tomonidan hududdagi sotuvchi va tadbirkorlar o‘rtasida profilaktik va tushuntirish ishlari olib borildi. 🎯Maqsad: Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan sifatsiz, hujjatlashtirilmagan va qalbaki kimyoviy preparatlarning bozorga kirib kelishi hamda sotilishining oldini olish. ⚠️Nima uchun bu muhim? Sifatsiz yoki qalbaki preparatlar: Kutilgan hosilning keskin kamayishiga; Tuproq tarkibining buzilishiga; Fermer va dehqonlarimizning katta moliyaviy zarar ko‘rishiga olib keladi. 📝Inspeksiya tomonidan: Barcha davlat inspektorlariga hududiy nazoratni kuchaytirish, aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan zudlik bilan qonuniy choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 💡Fermer va dehqonlar diqqatiga! Kimyoviy preparatlarni xarid qilishda albatta muvofiqlik sertifikati va ishlab chiqarish muddatini talab qiling.

📣 Чирчиқ шаҳрида ҳайдовчилик гувоҳномасига эга бўлмаган ҳайдовчи ЙПХ инспекторини тўхташ ишорасига бўйсунмасдан ҳаракатланди. ▶️ Батафсил видеода 📱Телеграм 📱 Instagram 📱 Youtube

Repost from Ziroat Mirziyoyeva
O‘zbekiston va Serbiya Birinchi xonimlarining Belgraddagi uchrashuvi do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. 2026-yil 8-sentabr. — Встреча Первых леди Узбекистана и Сербии в Белграде прошла в теплой и дружественной атмосфере. 8 сентября 2026 года. Facebook | Instagram

#Sessiya Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining 30-sessiyasi o‘tkazildi Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining
+6
#Sessiya Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining 30-sessiyasi o‘tkazildi Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tegishli idoralar mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi: 🔹 Chirchiq shahar budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida; 🔹 Chirchiq shahrida 2026-yil 2-mavsumi doirasida o‘tkazilgan “Tashabbusli budjet” jarayonlari yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida; 🔹 Chirchiq shahar hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida; 🔹 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 14-avgustdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi KQ-379-V-sonli qarori to‘g‘risida; 🔹 Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining 2026-yil 7-maydagi VII-25-32-10-150-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida. Sessiyada kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site

Repost from Rasmiy axborot
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda Davlat aktivlari va y
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:
🔵Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi. 🔵To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi. 🔵7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).
📖 “Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikatsiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi. Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Chirchiq shahridagi “Nuroniylar maskani” atrofini obodonlashtirish va hududning ko‘rkamligini ta’minlash maqsadida hashar tas
+9
Chirchiq shahridagi “Nuroniylar maskani” atrofini obodonlashtirish va hududning ko‘rkamligini ta’minlash maqsadida hashar tashkil etildi. Mazkur xayrli tashabbusda shahar mahallalaridagi faol va fidoyi nuroniylar faol ishtirok etib, maskan atrofi hamda unga tutash hududlarda obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlarini amalga oshirdilar. Hashar jarayonida nuroniylar o‘zlarining mehnatsevarligi, jamoatchilik ishlaridagi faolligi va yurt obodligiga befarq emasligini yana bir bor namoyon etdilar. Ularning ezgu ishlari, avvalo, yosh avlodga ibrat va o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Zero, mahalla va hududlarni obod qilish, atrof-muhitni asrab-avaylash, el-yurt ravnaqi uchun birgalikda mehnat qilish — barchamiz uchun savobli va sharafli vazifadir. Bunday xayrli hasharlarda nuroniylarning ibratli faoliyati yoshlarni ham mahalla va jamiyat hayotida faol bo‘lishga, atrof-muhit obodligi va yurt farovonligiga o‘z hissasini qo‘shishga chorlaydi.

photo content
+7

Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kiradi. — Первый визит Президента Узбекистана в Сербию войдет в историю как начало нового этапа в отношениях между двумя странами. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#shtab_faoliyatidan Chirchiqda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi O
+2
#shtab_faoliyatidan Chirchiqda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov rahbarligida maxsus shtab yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar rahbariyati, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shtab a’zolari hamda 39 ta mahallaning “yettiligi” ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi. Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi. Joriy yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin. ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

#Bildirish Hurmatli hamshaharlar ‼️ 📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doi
#Bildirish Hurmatli hamshaharlar ‼️   📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan. 🔈 Sizning muammolaringiz yuzasidan murojaatlaringizni 👉 https://t.me/murojaathokimlik ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va tez fursatda koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi. Har bir murojaat shahar hokimi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi. 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site

Davlat rahbarlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar. — Главы государств приняли участие в совместном бизнес-форуме. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#fursat | 8.09.2026 | 18:00 📌CHIRCHIQ SHAHRI
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! Telegram | Instagram YouTube | Facebook

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublika
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #mukofot Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Hamkorlik 🇺🇿🇹🇷 TURKIYA DELEGATSIYASI — CHIRCHIQ SHAHRIDA Bugun Chirchiq shahriga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi d
+9
#Hamkorlik 🇺🇿🇹🇷 TURKIYA DELEGATSIYASI — CHIRCHIQ SHAHRIDA Bugun Chirchiq shahriga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi delegatsiyasi vakillari shahardagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida mehmonlar 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Shuningdek, Turkiyada malaka oshirib, ilg‘or tajribalarni o‘rgangan Chirchiq shahridagi maktab direktorlarining faoliyati, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda ilg‘or metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Delegatsiya a’zolari ta’lim muassasalarida yaratilgan imkoniyatlar va yangicha yondashuvlarni yuqori baholadilar. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limdagi hamkorlik — taraqqiyot sari mustahkam qadam! #Chirchiq #Ta’lim #Turkiya #Hamkorlik #TajribaAlmashish #Ta’limSifati #XalqaroHamkorlik 💬 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌎 Web-site

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sherikl
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич подписали Совместную декларацию об установлении отношений стратегического партнерства. В присутствии лидеров состоялась церемония обмена двусторонними документами. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hujjatlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X